Научная статья на тему 'URUG‘ SIFATINI KUZGI BUG‘DOY DON HOSILIGA TA’SIRI'

URUG‘ SIFATINI KUZGI BUG‘DOY DON HOSILIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
445
39
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kuzgi bug‘doy / don / hosil / sifat / nav / urug‘ sifati / urug‘ o‘lchami / unuvchanlik / o‘sish va rivojlanish. / winter wheat / grain / yield / quality / variety / seed quality / seed size / seed germination / growth and development.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Baxrom Muzaparovich Azizov, Baxtiyor Abdullayevich Isroilov, Zuxra Asqarova, Munisa Baxtiyor Qizi Nazarova

O‘simlikning jadal o‘sib rivojlanishi, hosil elementlarining maqbul shakllanishi uchun kuzgi bug‘doyning Chillaki va Kroshka navlarida yirik 3,0 mm urug‘lar, qattiq bug‘doyning Qaxrabo navida o‘rtacha 2,5 o‘lchamdagi urug‘lar ekilishi maqsadga muvofiq. Tajriba natijalari urug‘ sifati kuzgi bug‘doy don hosildorligiga ijobiy ta’sir etishini ko‘rsatdi. Kuzgi bug‘doy don hosildorligi bo‘yicha nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar o‘rtacha 2,5 mm va yirik 3,0 mm fraksiyali urug‘lar ekilgan variantlarda qayd etildi. Eng yuqori don hosili 70,3 s/ga kuzgi bug‘doyning Kroshka navida yirik 3,0 mm o‘lchamli urug‘lar ekilgan sharoitda kuzatildi. Urug‘ sifati hisobiga yetishtirilgan qo‘shimcha don hosili 18,1-48,7 s/gani tashkil etdi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

INFLUENCE OF SEED QUALITY GRAIN YIELD OF WINTER WHEAT

For intensive growth and development, for the formation of fruit elements of winter soft wheat varieties Chillaki and Kroshka, it is advisable to sow high-quality seeds with a fraction of 3,0 mm, for durum wheat varieties Kakhrabo, a seed fraction of 2,5 mm. It has been established that the quality of seeds has a positive effect on the yield of winter wheat grain. Relatively high yields of winter wheat grain were noted when sowing seeds with a fraction of 2,5-3,0 mm. The highest grain yield of 70,3 c/ha was noted in the Kroshka variety when sowing collebrated high-quality seeds of 3,0 mm, the increase in yield due to seed quality was 18,1-48,7 c/ha.

Текст научной работы на тему «URUG‘ SIFATINI KUZGI BUG‘DOY DON HOSILIGA TA’SIRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

URUG' SIFATINI KUZGI BUG'DOY DON HOSILIGA TA'SIRI

Baxrom Baxtiyor Zuxra Asqarova Munisa Baxtiyor

Muzaparovich Abdullayevich qizi Nazarova

Azizov Isroilov

Toshkent davlat agrar universiteti

ANNOTATSIYA

O'simlikning jadal o'sib rivojlanishi, hosil elementlarining maqbul shakllanishi uchun kuzgi bug'doyning Chillaki va Kroshka navlarida yirik 3,0 mm urug'lar, qattiq bug'doyning Qaxrabo navida o'rtacha 2,5 o'lchamdagi urug'lar ekilishi maqsadga muvofiq.

Tajriba natijalari urug' sifati kuzgi bug'doy don hosildorligiga ijobiy ta'sir etishini ko'rsatdi. Kuzgi bug'doy don hosildorligi bo'yicha nisbatan yuqori ko'rsatkichlar o'rtacha 2,5 mm va yirik 3,0 mm fraksiyali urug'lar ekilgan variantlarda qayd etildi.

Eng yuqori don hosili 70,3 s/ga kuzgi bug'doyning Kroshka navida yirik 3,0 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi. Urug' sifati hisobiga yetishtirilgan qo'shimcha don hosili 18,1-48,7 s/gani tashkil etdi.

Kalit so'zlar: kuzgi bug'doy, don, hosil, sifat, nav, urug' sifati, urug' o'lchami, unuvchanlik, o'sish va rivojlanish.

INFLUENCE OF SEED QUALITY GRAIN YIELD OF WINTER WHEAT

Bakhrom Bakhtiyor Zukhra Askarova Munisa Bakhtiyor

Muzaparovich Abdullaevich kizi Nazarova

Azizov Isroilov

Toshkent davlat agrar universiteti

ABSTRACT

For intensive growth and development, for the formation of fruit elements of winter soft wheat varieties Chillaki and Kroshka, it is advisable to sow high-quality seeds with a fraction of 3,0 mm, for durum wheat varieties Kakhrabo, a seed fraction of 2,5 mm.

It has been established that the quality of seeds has a positive effect on the yield of winter wheat grain.

Relatively high yields of winter wheat grain were noted when sowing seeds with a fraction of 2,5-3,0 mm. The highest grain yield of 70,3 c/ha was noted in the Kroshka variety when sowing collebrated high-quality seeds of 3,0 mm, the increase in yield due to seed quality was 18,1-48,7 c/ha.

Keywords: winter wheat, grain, yield, quality, variety, seed quality, seed size, seed germination, growth and development.

KIRISH

Olib borilgan ko'plab ilmiy tadqiqot natijalariga ko'ra sifatli urug' ekilishi eng kam sarf xarajat hisobiga yuqori va sifatli hosil yetishtirishni ta'minlaydi.

Sifatli urug' ekilishi qishloq xo'jalik ekinlarining o'sish va rivojlanishini ta'minlash bilan bir qatorda o'simlikda hosil elementlarining shakllanishi va don hosildorligiga ijobiy ta'sir etadi.

Urug' sifati turli yillarda V.V Gritsenko, G'. Qurbonov, Y.Uzoqov, B.Azizov va boshqa olimlarning ilmiy ishlarida o'rganilgan. Biroq u ilmiy ishlarda asosan urug' sifat ko'rsatkichlariga izox berilgan, urug' sifatini don sifatiga ta'siri to'g'risida tajriba ma'lumotlari keltirilmagan.

Shu tufayli, sug'oriladigan bo'z tuproqlar sharoitida urug' sifatini don hosiliga ta'sirini o'rganishni o'z oldimizga maqsad qilib oldik.

TAJRIBA METODIKASI

Ta'ribada turli o'lchamdagi urug'larni o'simlikda hosil elementlarini shakllanishi va don hosildorligiga ijobiy ta'siri o'rganildi. Dala tajribalari Toshkent viloyati Qibray tumanining qadimdan sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlari sharoitida olib borildi.

Tajribada kuzgi bug'doyning Kroshka, Chillaki va qattiq bug'doyning Qaxrabo navlarining har xil 1,7; 2,0; 2,5; 3,0 mm fraksiyali urug'larini turli kuzgi bug'doy navlarining o'sishi, rivojlanishi va hosil elementlarining shakllanishiga ta'siri o'rganilgan. Tajriba 12 ta variantdan iborat o'lib, to'rtta takrorlanishda olib borildi.

Tajribalar B.A.Dospexovning (1981) "Dala tajribalari olib borish metodikasi" asosida olib borildi.

TAJRIBA NATIJALARI

Olib borilgan tajriba natijalari urug' sifati donlarning yirikligi, ya'ni 1000 donadon vazniga ijobiy ta'sir etishini ko'rsatdi. O'rganilayotgan barcha variantlarda 1000 dona don vazni bo'yicha nisbatan yuqori ko'rsatkichlar yirik 3,0 mm fraksiyali urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi.

Tajribada yirik urug'lar ekilgan sharoitda 1000 dona don vazni kuzgi bug'doyning Chillaki navida 45,0 gramm, Kroshka navida 41,5 gramm, Qaxrabo navida 39,0 gramga teng bo'ldi. O'lchami 2,5 mm bo'lgan urug'lar ekilgan sharoitda 1000 dona don vazni Chillaki navida 42,0 gramm, Kroshka navida 38,0 gramm, Qaxrabo navida 36,0 grammni tashkil etdi. O'lchami 2,0 mm fraksiyali urug'lar ekilgan sharoitda bu ko'rsatkichlar mos ravishda Chillaki navida 39,5 gramm, Kroshka navida 36,0 gramm, Qaxrabo navida 33,5 grammni tashkil etdi. 1000 dona don vazni bo'yicha nisbatan past

ko'rsatkichlar mayda o'lchamli 1,7 mm fraksiyali urug'lar ekilgan variantlarda kayd etildi. Mayda urug'lar ekilganda 1000 dona don vazni Chillaki navida 37,0 gramm, Kroshka navi ekilganda 33,5 gramm, Qaxrabo navi ekilganda 30,5 grammni tashkil etdi.

Demak, sug'oriladigan sharoitda qanchalik yirik urug'lar ekilsa, yirik donlar yetishtiriladi. Sug'oriladigan sharoitda kuzgi bug'doy navlarida 1000 dona don vaznini oshirish uchun yirik 2,5-3,0 mm o'lchamli urug'lar ekish tavsiya etiladi.

Kuzgi bug'doy don hosildorligini belgilovchi muhim elementlaridan biri boshoqdagi don soni hisoblanadi. Shu tufayli barcha dala tajribalarda bir dona boshoqdagi don soni asosiy ko'rsatkichlardan biri.

Boshoqdagi don soni o'simlikni mineral ozuqalar va namlik bilan ta'minlanish darajasiga, iqlim sharoitiga, ekish muddati va boshqa agrotexnik tadbirlarga bog'liq.

Agrotexnik tadbirlarni boshoqdagi don soniga ta'siri G'. Qurbonov, A. Omonov, R. Siddiqov va boshqa ko'plab olimlar tomonidan o'rganilgan. Biroq urug' sifatini boshoqdagi don soniga ijobiy ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar yetarli emas. Shu tufayli biz tajribada turli o'lchamdagi urug'lar ekishni boshoqdagi don soniga ta'sirini o'rgandik.

Tajribada boshoqdagi don soni bo'yicha nisbatan past ko'rsatkichlar mayda urug'lar ekilgan variantlarda, nisbatan yuqori ko'rsatkichlar esa yirik urug'lar ekilgan variantlarda qayd etildi.

Mayda o'lchami 1,7 mm fraksiyali urug'lar ekilgan sharoitda boshoqdagi don soni: Chillaki navida 28,5 dona, Kroshka navida 30,0 dona, Qaxrabo navida 27,5 donani tashkil etdi. O'lchami 2,0 mm bo'lgan urug'lar ekilganda bu ko'rsatkichlar kuzgi bug'doyning Chillaki navida 30,5 dona, Kroshka navida 33,0 dona, qattiq bug'doyning Qaxrabo navida 30,0 donaga teng bo'ldi. O'rtacha kattalikdagi 2,5 o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda boshoqdagi don soni: kuzgi bug'doyning mahalliy Chillaki navida 32,5 dona, Kroshka navida 34,0 dona, qattiq bug'doyning Qaxrabo navida 34,0 donani tashkil etdi.

Tajribada boshoqdagi don soni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 35,5 dona Kroshka navida yirik, o'lchami 3,0 mm fraksiyali urug'lar ekilgan variantda kuzatildi.

Olingan tajriba natijalariga asoslanib kuzgi bug'doy navlarida boshoqdagi don sonini oshirish uchun 2,5-3,0 o'lchamli urug'lar ekilishi maqsadga muvofiq.

Kuzgi bug'doyning eng muhim hosil elementlariga o'simlikning mahsuldor tuplanuvchanligi, bitta boshoqdagi don vazni va bitta o'simlikdagi don vazni hisoblanadi.

Tajribada urug' sifatini kuzgi bug'doyning mahalliy navlarida hosil elementlariga ijobiy ta'siri to'g'risidagi ma'lumotlar 1-jadvalda keltirilgan.

1-jadval

Urug' sifatini kuzgi bug'doyning hosil elementlariga ta'siri

№ Navlar Urug' fra-ktsiya mm Max. tupla nish 1000 ta don vazni, g 1 ta boshoqdagi don 1 ta o'simlik dagi don vazni, g Don hosili, s/ga

soni Vazni, g

1 Chillaki 1,7 1,0 37,0 28,5 1,05 1,05 20,0

2 2,0 1,1 39,5 30,5 1,20 1,32 33,1

3 2,5 1,2 42,0 32,5 1,36 1,63 48,7

4 3,0 1,3 45,0 34,0 1,53 1,98 66,8

5 Kroshka 1,7 1,1 33,5 30,0 1,00 1,09 21,6

6 2,0 1,2 36,0 33,0 1,17 1,40 35,0

7 2,5 1,3 38,0 34,0 1,29 1,60 52,2

8 3,0 1,3 41,5 35,5 1,43 1,86 70,3

9 Qaxrab o 1,7 1,1 30,5 27,5 0,83 0,91 18,1

10 2,0 1,2 33,5 30,0 1,01 1,21 31,2

11 2,5 1,3 36,0 34,0 1,22 1,58 53,0

12 3,0 1,2 39,0 33,0 1,28 1,53 51,0

Urug'ning sifati kuzgi bug'doyning mahsuldor tuplanuvchanlik, bitta boshoqdagi don vazni, bitta o'simlikdagi don vazni singari hosil elementlarida namoyon bo'ldi.

Urug' sifati kuzgi bug'doyning maxsuldor tuplanuvchanligiga ijobiy ta'sir etishini ko'rsatdi. Maxsuldor tuplanuvchanlik ko'rsatkichi bo'yicha nisbatan past ko'rsatkichlar 1,0-1,1 mayda o'lchamli 1,7 mm fraksiyali urug'lar ekilgan variantlarda, nisbatan yuqori ko'rsatkich 1,3 Chillaki va Kroshka navida yirik 3,0 mm fraksiyali, Qaxrabo navida o'rtacha kattalikdagi 2,5 fraksiyali urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi.

Bitta boshoqdagi don vazni mayda 1,7 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda: kuzgi bug'doyning Chillaki navida 1,05 gramm, Kroshka navida 1,00 gramm, Qaxrabo navida 0,83 gramm, bitta o'simlikdagi don vazni esa mos ravishda Chillaki navida 1,05 gramm, Kroshka navida 1,09 gramm, Qaxrabo navida 0,91 grammga teng bo'ldi.

Tajribada bitta boshoqdagi va bitta o'simlikdagi don vazni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkichlar 1,53 va 1,98 gramm kuzgi bug'doyning Chillaki navida yirik 3,0 mm o'lchamli urug'lar ekilgan variantlarda qayd etildi.

Yirik urug'lar ekilganda kuzgi bug'doyning Kroshka navida bitta boshoqdagi don vazni 1,43 va bitta o'simlikdagi don vazni 1,86 grammni tashkil etdi. Qattiq bug'doyning Qaxrabo navida esa o'rtacha bitta boshoqdagi don vazni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 1,36 gramm yirik 3,0 mm o'lchamli urug'lar ekilganda, bitta o'simlikdagi don vazni bo'yicha yuqori ko'rsatkich 1,58 gramm o'rtacha yiriklikdagi 2,5 o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi.

Demak, hosil elementlarining normal shakllanishi uchun kuzgi bug'doyning Chillaki va Kroshka navlarida yirik 3,0 mm urug'lar, qattiq bug'doyning Qaxrabo navida o'rtacha 2,5 o'lchamdagi urug'lar ekilishi maqsadga muvofiq.

Tajriba natijalari urug' sifati kuzgi bug'doy don hosildorligiga ijobiy ta'sir etishini ko'rsatdi. Kuzgi bug'doy don hosildorligi bo'yicha nisbatan yuqori ko'rsatkichlar o'rtacha 2,5 mm va yirik 3,0 mm fraksiyali urug'lar ekilgan variantlarda qayd etildi.

Kuzgi bug'doyning maxalliy Chillaki navida nisbatan yuqori don hosili 66,8 s/ga yirik 3,0 mm o'lchamli, nisbatan past ko'rsatkich 20,0 s/ga mayda 1,7 mm o'lchamli urug'lar ekilganda kuzatildi. O'rtacha 2,5 mm o'lchamli urug'lar ekilganda don hosildorligi 48,7 s/ga ga teng bo'ldi. Chillaki navida urug' sifati xisobiga yetishtirilgan ko'shimcha don hosili 18,1-46,8 s/ga ni tashkil qildi.

Eng yuqori don hosili 70,3 s/ga kuzgi bug'doyning Kroshka navida yirik 3,0 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi. Urug' sifati xisobiga yetishtirilgan qo'shimcha don hosili 18,1-48,7 s/gani tashkil etdi.

Qattiq bug'doyning Qaxrabo navida esa nisbatan yuqori don hosili 53,0 s/ga o'rtacha 2,5 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda, yirik 3,0 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda hosildorlik 51,0 s/ga ga teng bo'ldi, nisbatan past ko'rsatkich esa 18,1 s/ga mayda 1,7 mm o'lchamli urug'lar ekilgan sharoitda kuzatildi. Urug' sifati xisobiga olingan qo'shimcha don hosili 2,0-39,9 s/ga ni tashkil etdi.

XULOSALAR

л

• Mayda 1,7 mm urug'lar ekilganda 1m maydonda 195-213 dona maysa unib chiqqan bo'lsa, yirik 3,0 mm urug'lar ekilganda 417-429 dona maysa unib chiqdi.

• Sifatli urug' xisobiga kuzgi bug'doyning Chillaki navida 18,1-46,8, Kroshka navida 18,0-48,7, Qaxrabo navida 2,0-39,9 s/ga qo'shimcha don hosili yetishtirildi.

• Urug' sifati xisobiga don tarkibidagi kleykovina miqdori 1,0-2,3 % ko'payishi kuzatildi.

REFERENCES

1. Азизов Б.М "Хранение семян и их жизнеспособност" Доклад на научной конференсии Андижанского ИЕИ к 10 летию Независимости Р. Узбекистан. Т., 2001 г.

2. Азизов Б.М., Урманов А., Неъматов Т "Урожайност и посевные качества семян озимой пшенитсы при разных нормах посева", "Актуалные прблемы земледелия и растениеводства" ИИИ-международная конференсия молодых ученных и аспирантов. Алмалыбак 2007 г. с 18-20.

3. Азизов Б.М. "Урожайност и посевные качества озимой пшенитсы при разных нормах посева" Т., ж "Агроилм" 2009 № 4. с 13-15

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 2 I 2021

ISSN: 2181-1601

4. Гритсенко В.В, Калошина З.М "Семеноведения полевых культур" изд. "Колос" Москва 1972 г, с 173-186.

5. Qurbonov G'.K. "Donli ekinlar urug'shunosHgi", "O'qituvchi", Toshkent 1998 yil.58-63 bet.

6. Uzoqov Y.F, Uzoqov U.Y "Sara urug' mo'l hosil garovi" j. "O'zbekiston agrar fani xabarnomasi" 2001 № 1, 49-51 bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.