Научная статья на тему 'XORIJDAN KELTIRILGAN “LATONA” NAVLI KARTOSHKANING UNIB CHIQISHIGA MINERAL O’G’ITLARNING TA’SIRI'

XORIJDAN KELTIRILGAN “LATONA” NAVLI KARTOSHKANING UNIB CHIQISHIGA MINERAL O’G’ITLARNING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
54
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
kartoshka / mineral o’g’itlar / hosildorlik / nav / kartoshkaning“Latona” navi / oziq-ovqat xavfsizligi / dolzarb muammolar / agrotexnik tadbirlar. / potatoes / mineral fertilizers / yield / variety / Latona potato variety / food safety / current issues / agro-technical measures.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — K.S.Komilov, M.A.Egamberdiev

Maqolada kartoshkaning unib chiqishi, o’sib rivojlanishiga mineral o’g’itlarning hamda bargidan oziqlantirishning unib chiqishiga ta’siri to’g’risidagi qimmatli ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GERMINATION OF IMPORTED LATONA POTATOES

The article provides valuable information on the effects of mineral fertilizers and leaf nutrition on potato germination and growth

Текст научной работы на тему «XORIJDAN KELTIRILGAN “LATONA” NAVLI KARTOSHKANING UNIB CHIQISHIGA MINERAL O’G’ITLARNING TA’SIRI»

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 2

XORIJDAN KELTIRILGAN "LATONA" NAVLI KARTOSHKANING UNIB CHIQISHIGA MINERAL O'G'ITLARNING TA'SIRI

K.S.Komilov

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti rektori, q.x.f.n., dotsent

M.A.Egamberdiev Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.6618767

Annotasiya. Maqolada kartoshkaning unib chiqishi, o'sib rivojlanishiga mineral o'g'itlarning hamda bargidan oziqlantirishning unib chiqishiga ta'siri to'g'risidagi qimmatli ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: kartoshka, mineral o'g'itlar, hosildorlik, nav, kartoshkaning"Latona" navi, oziq-ovqat xavfsizligi, dolzarb muammolar, agrotexnik tadbirlar.

ВЛИЯНИЕ МИНЕРАЛЬНЫХ УДОБРЕНИЙ НА ВСХОЖЕСТЬ ИМПОРТНОГО КАРТОФЕЛЯ ЛАТОНА

Аннотация. В статье приведены ценные сведения о влиянии минеральных удобрений и листовой подкормки на всхожесть и рост картофеля.

Ключевые слова: картофель, минеральные удобрения, урожайность, сорт, сорт картофеля Латона, продовольственная безопасность, актуальные вопросы, агротехнические мероприятия.

THE EFFECT OF MINERAL FERTILIZERS ON THE GERMINATION OF IMPORTED LATONA POTATOES

Abstract. The article provides valuable information on the effects of mineral fertilizers and leaf nutrition on potato germination and growth.

Keywords: potatoes, mineral fertilizers, yield, variety, Latona potato variety, food safety, current issues, agro-technical measures.

KIRISH

Hammamizga ma'lumki, bugungi kunda oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash dunyoning eng muhim, hal qilinishi dolzarb bo'lgan muammolardan biri hisoblanadi. Mustaqil davlatimiz axolisini oziq-ovqat mahsulotlari bilan etarli ta'minlash bugungi kunning eng muxim talabi bo'lib turibdi. Bu masalani hal qilishda kartoshka xosildorligini oshirish katta ahamiyatga ega. Hozirgi kunda kartoshka hosildorligini oshirish uchun uni yuqori agrotexnika qoidalari asosida o'stirish kerak. Shunindek, kartoshkadan yuqori xosil olishda unga beriladigan mineral o'g'itlarning yillik normasini to'g'ri belgilashni axamiyati katta. Biz kartoshkani o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral va organik o'g'itlarni ta'sirini o'rganish maqsadida quyidagicha tajriba olib bordik..

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Tajribalarimiz Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy tadqiqot institutining Farg'ona tajriba stansiyasining mexanik tarkibi og'ir, o'tloqi soz tuproqlar sharoitida va quyidagi quyidagi tajriba tizimi asosida olib borildi. Tajriba 4 qaytariqda o'tkazilib bitta bo'linmani egallagan maydoni 20mx5,6m=112m2 Tajribada kartoshkani (Latona) navi ekildi. Tajribada quyidagi kuzatishlar o'tkazildi:

1.Kartoshkani unib chiqishi aniqlandi;

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2.Kartoshkani o'sish va rivojlanishi kuzatildi. Bu ish chopiq qilishda va gullagan vaqtda tupdagi poyalar sonini sanash va poyaning balandligini o'lchash orqali amalga oshirildi. Bu ish bajarish uchun har bitta variantdan 25 tupdan o'simliklarga raqamlangan yorliqlar osib qoyildi. Har bir kuzatish shu o'simliklar ustida o'tkazildi.

3.Kartoshka tuganaklarni hosil bo'lishini aniqladik. Buning uchun har bir variantadan 5 tupdan o'simlikni xosil qilgan tuganaklarni sonini xisobladik va tarozida tortib ularni o'rtacha vaznini aniqladik;

4.Tajriba variantlari bo'yicha kartoshka xosildorligi aniqlandi. Buning uchun har bitta variantdagi kartoshkani kovlab oldik va ttortdik xamda gektaridan olinadigan xosildorlik aniqlandi;

5.Tajribani iqtisodiy samaradorligini aniqlandi;

6.Tajriba natijalari matematik tahlil qilindi.

Tajriba tizimi

Variant Ekish sxemasi Oziqlantirish me'yori Qo'shimcha oziqlantirish

1 70x30x1 o'g'itsiz -

2 70x30x1 N150P90K60 -

3 70x30x1 N150P90K60 bargidan oziqlantirish 1,0-1,5 l/ga novogumiy bilan

Tajribada ekilgan kartoshkani Latona navining tavsifi.

TADQIQOT NATIJALARI

Gollandiyaning "Griko" firmasi navi, Andijon, Namangan, Buxoro, Jizzax, Samarqand, Sirdaryo, Toshkent viloyatlari bo'yicha davlat reyestriga kiritilgan. O'rtacha ertapishar nav. Palagi o'rtacha kattalikda, barglanishi o'rtacha, tuganak shakli ovalsimon, po'stining va etining rangi sariq, yuzagi to'rsimon. O'suv nuqtalari yarim chuqur joylashgan, soni ko'p, rangi sarg'ish. Hosildorlik 1999-2000 yillarda gektaridan 39 t, tovar xosil 97%, tuganakning o'rtacha vazni 110-115 g., ta'mi 5,0 ball. O'suv davri 80-90 kun.

Ayrim belgilari: hosildor, kasalliklarga chidamliligi sababli ximiyaviy ishlov emas, ovqatbop. Tajribada dalasining 19 noyabr kuni 30 sm chuqurlikda shudgor qilindi. Erta bahorda bu yil 22 fevral kuni etildi 23 fevral kuni kartoshka ekiladigan maydon variantlarga ajratildi, ikkinchi va uchinchi variantlarga gektariga 150 kg dan fosforli 90 kg dan kaliyli o'g'itlar solindi tajribaning uchinchi variantiga bargidan oziqlantirish 1,0-1,5 l/ga novogumiy bilan ishlov berildi. Kartoshka ekilgunga qadar kartoshka tuganaklari bir bor qo'ldan o'tkazilib, xar bir ekiladigan tuganakni o'rtacha vazni taxminan 55 gramm qilib qo'yildi va issikxonalarga o'simta paydo qilish uchun yashiklarga solinib yarovizatsiya qilindi. O'rtacha xar bir gektar erga 3 tonnadan urug'lik ekildi. Kartoshkani ekish 25 fevralda amalga oshirildi ko'chatlar bir tekkiz ko'ringandan keyin kultuvatsiya qilindi va ketmon bilan chuqur chopiq qilindi, so'ngra o'g'itlash bilan birgalikda kultuvatsiya qilinib sug'orishga tayyorland. Sug'orish vaqtida suv o'rtacha 1 ga maydon uchun bir sutka oqizildi, sug'orib bo'lingandan keyin erni obi tobida ikkinchi kultuvatsiya o'tkazildi oradan 10 kun o'tkazib kultuvatsiya organlariga vospanjalar o'rnatilib

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

egat olindi. Kartoshkani ikkinchi marta sug'orilgandan keyin uchunchi kultuvatsiya o'tkazildi. Uchunchi sug'orishdan sung begona o'tlardan tozalandi.

Qolgan ikki marta sug'orish kartoshkani tuganaklari katta bo'lish davrilarida sug'orildi tuproqda 70% nam ushlab turildi. Kartoshkaning palaklari etilib kavlash oson bo'lishi uchun palagini KIR-1,5 bilan urib olindi va kartoshka kavlagich yordamida kavlab, yig'ishtirib olindi kartoshkani kavlab olish tuproqni obi tobida etiltirish bilan amalga oshirildi.

MUHOKAMA

Mineral va bargidan novogumiy bilan oziqlantirish kartoshka nixollarining unib chiqishiga ta'siri qay darajada ekanligini aniqlash uchun tajriba variantlari bo'yicha kartoshka nixollarining unib chiqishi aniqlandi. Buning uchun xar bir variantdan 14.2 metr ertaki unib chiqqan kartoshka tuplarini sanab chiqildi va foizini chiqardi. Tajribada birinchi kuzatish 15-mart kuni o'tkazildi. Bunda, tajribaning 1-variantda 18,1 foiz, faqat mineral o'g'itlar berilgan 2-variantda 22,7 foiz hamda mineral va novogumiy bilan birgalikda qo'llangan 3-variantda 26,2 foizni tashkil qildi. 1-variantga nisbatan 2-variantda kartoshka unib chiqishi 4,6 foiz uchinchi variantda esa 8,1 foiz unib chiqish yuqori bo'ldi.

Ta ribada kartoshkani unib chiqishi (%)

Variantlar Kuzatish muddatlari

15.03. 20.03 25.03 30.03

1. O'g'itsiz 18,1 48,2 74,4 92,5

2. N150, P90, K60 22,7 52,7 80,5 96,3

3. N150, P90, K60 bargidan oziqlantirish 1,0-1,5 l/ga novogumiy bilan 26,2 58,2 86,6 98,0

XULOSA

Bundan keyin har besh kunda variantlar bo'yicha kartoshka nihollarining unib chiqish daradasi kuzatildi.yuqoridagi jadval ma'lumotlaridan kurinib turdii, kartoshka nixollarining unib chiqishi minerai va novogumiy bilan birgalikda ko'langan variantda yuqori bo'ldi. Tajribada ohirgi kuzatuv 30 mart kuni o'tkazildi. Bunda tajribani o'g'it solinmagan variantida unib chiqish 92,5 foizni, faqat minéral o'g'itlar berilgan 2-variantda 96,3 foizni va mineral va novogumiy bilan birgalikda qo'llangan 3-variantda 98 foizni tashkil qildi. Kartoshkani unib chiqish darajasi 1-variantga nisbatan 3,8 foiz, 3-variantda esa 5,5 foiz yuqori bo'ldi. Demak tajribadan olingan natijalardan ko'rinib turibdiki, mineral o'g'itlarni ekish bilan qo'llashning unib chiqish ko'rsatkichlariga ijobiy ta'siri ko'rsatadi.

Foydalanilgan manbalar

1. X.CH.Buriev., V.I.Zuev, B.B. Azimov. Kartofelevodstvo v godo' nezavisimosti. V sb.st.

«Kartofelevodstvo Uzbekistana» Tashkent, MSVX, 2004, s.15-18.

2. I.Esonov, A.T.Xoliqov. Kartoshka etishtirishning intensive te[nologiyasi. Toshkent

Mexnat,1988 128-bet.

SCIENCE AND INNOVATION

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2022 № 2

3. D.Abdukarimov V.Vrediteli. kn. «Ranniy kartofel». Tashkent. Mexnat, 1997, s.78-89.

4. T.E.0stanakulov. Sabzavot ekinlar biologiyasi va ustirish texnologiyasi. - Toshkent, 1997. 115-120 betlar.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.