Научная статья на тему 'QOVUN NAVLARINI CHATISHTIRIB, YANGI DURAGAY AVLOD YARATISH'

QOVUN NAVLARINI CHATISHTIRIB, YANGI DURAGAY AVLOD YARATISH Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
105
15
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
qovun / chatishtirish / urug` / kuzatuv / gramm / madan o`g`it / go`ng. / melon / breeding / seeds / observation / gram / mineral fertilizer / manure.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Egamov Xusanboy, Nabiev Baxtiyor Nazirovich, Qoʼshaqov Nematillo Jumaniyoz Oʼgʼli, Solijonov Shoxboz Zafarjon Oʼgʼli, Ergashbotirov Samandar Muxiddin Oʼgʼli

Maqolada, qovun navlarini chatishtirib, yangi duragay avlod yaratish usuli keltirilgan. Chatishtirilgan kombinatsiyalardan 223 gramm duragay urug` tayyorlangani bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MIXING MELON VARIETIES AND CREATING A NEW GENERATION

The article describes a method for creating a new generation of hybrids by crossing melon. Varieties, 223 grams of hybrid seeds were obtained from crossed combinations.

Текст научной работы на тему «QOVUN NAVLARINI CHATISHTIRIB, YANGI DURAGAY AVLOD YARATISH»

УУТ:633.511.631.526.32:631. QOVUN NAVLARINI CHATISHTIRIB, YANGI DURAGAY AVLOD

YARATISH Egamov Xusanboy

Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining dotsenti, q.x.f.n.

Nabiev Baxtiyor Nazirovich Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining assistenti Qo'shaqov Nematillo Jumaniyoz o'g'li Solijonov Shoxboz Zafarjon o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining magistirantlari Ergashbotirov Samandar Muxiddin o'g'li Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar institutining talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6628208 Annotatsiya. Maqolada, qovun navlarini chatishtirib, yangi duragay avlodyaratish usuli keltirilgan. Chatishtirilgan kombinatsiyalardan 223 gramm duragay urugs tayyorlangani bayon etilgan.

Kalit so^zlar: qovun, chatishtirish, urug\ kuzatuv, gramm, madan ogit, go ng.

СМЕШИВАНИЕ СОРТОВ ДЫЖИ И СОЗДАНИЕ НОВОГО ПОКОЛЕНИЯ Аннотация. В статье, описан способ создания нового поколения гибридов путем скрещивания сортов дыни, из скрещенных комбинаций было получено 223 грамма гибридных семян.

Ключевые слова: дыня, скрещивание, семена, наблюдение, грамм, минералние удобрение, навоз.

MIXING MELON VARIETIES AND CREATING A NEW GENERATION Abstract. The article describes a method for creating a new generation of hybrids by crossing melon. Varieties, 223 grams of hybrid seeds were obtained from crossed combinations. Keywords: melon, breeding, seeds, observation, gram, mineral fertilizer, manure.

KIRISH

O'zbekistonda dehqonchilik tarixiga nazar tashlasak, polizchilik qadimiy sohalardan hisoblanadi. Xorazmda olib borilgan arxeologik qazilmalar natijasida qovunchilik bilan vohada eramizgacha bo'lgan davrlarda ham shug'ullanilgani to'g'risida ma'lumotlar bor.

Hozirgi kunda Respublikamiz qishloq xo'jaligida bo'layotgan o'zgarishlar tufayli polizchilikka ham e'tibor kuchaydi. Ayniqsa bozor iqtisodiyoti davrida, oziq-ovqat muammo bo'lib turganda qimmatbaho ekinlardan bo'lgan tarvuz, qovun va qovoq ishlab chiqarishni kuchaytirish ham taqazo etilmoqda.

O'zbekistonda mavjud poliz ekinlari maydoni 42-45 ming gektar hosildorligi 200 sentner atrofida bo'lsa, yaqin kelajakda bu ko'rsatkichni 60 ming gektarga va yalpi hosilni 1,5 mln tonnaga yetkazish ko'zda tutilmoqda. Respublikamizda har yili aholi jon boshiga poliz mahsulotlari ishlab chiqarish yaqin yillarda 98,7 kilogrammga yetkazishim, shuning 54,8 kilogrammini qovun tashkil etishi rejalashtirilgan.

O'zbekiston Respublikasining 2017-2021 yillarda yanada rivojlantirish bo'yicha Xarakatlar strategiyasi bu borada, muhim dasturu amaldir. Mazkur hujjatga asosan, 2021 yilga qadar tuproq unumdorligi nisbatan past, suv ta'minoti og'ir, past rentabelli paxta va g'alla ekin

maydonlarini bosqichma bosqich qisqartirish orqali, ular o'rniga meva-sabzovot, dukkakli-don, kartoshka, moyli va boshqa ozuqabop ekinlarni joylashtirish, ko'plab dolzarb vazifalarni hamjihatlikda, ma'sulyat bilan belgilangan muddatlarda ado etmog'imiz lozim [1] .

Muxtaram Prezidentimiz SH.M.Mirziyoev respublikamiz viloyatlarida iqtisodiy-ijtimoiy isloxotlarni borishi hamda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirishda xalqimizni oziq-ovqat maxsulotlari bilan ta'minlabgina qolmay uni eksport qilish bo'yicha aniq va eng zarur vazifalarni belgilab bermoqda. Respublikamizda sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini etishtirish bilan shug'ullanuvchi dexqon, fermer xamda mutaxassislarning asosiy maqsad va vazifalari xar gektar sug'oriladigan erdan olinadigan sabzavot, poliz, kartoshka maxsulotlari miqdorini yuqori va sifatli xosil etishtirish xisobiga keskin oshirishdan iborat.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Qishloq xo'jaligi - O'zbekiston iqtisodiyotining muhim tarmog'i hisoblanadi. Bu tarmoq mamlakat aholisining oziq-ovqat mahsulotlariga, qayta ishlash sanoati tarmoqlarining esa xomashyoga bo'lgan talabini qondiradi. Oziq-ovqat mahsulotlarining 90 foizga yaqini agrar tarmoqda tayyorlandi.

Inson uchun sabzavot, poliz, kartoshka maxsulotlarinini etarli ravishda ishlab chiqarish muxum axamiyatga egadir. Axoli sabzavot, poliz, kartoshka maxsulotlari bilan ta'minlashni keskin yaxshilash xamda uzluksizligini yaratish xozirgi davrning dolzarb masalalaridan xisoblanadi. Sabzavot maxsulotlarining qimmati va inson ovqatlanishdagi bebaxo axamiyati ularining tarkibidagi odam tanasining meyori rivojlanishi va xarakat qilishi uchun zarur bo'lgan vitaminlar, fermentlar, oqsil moddalar.yog'lar,uglevodlar va mineral tuzlar ko'p miqdorda borligidadir.

Dexqonchilikda ishlar avvalo ekiladigan sabzavot, poliz va kartoshka ekinlarini tuproq turiga qarab joylashni rejalashtirishdan boshlanadi. Bunda ushbu ekinlarni biologik xususyatlarini inobatga olgan xolda bajariladi.

SHuni alohida ta'kidlash joizki, mustaqillik yillarida qishloq xo'jaligi mahsulotlari hajmining oshishi faqat ekin maydonlarini kengaytirish evaziga emas, balki asosan intensiv rivojlanish, ya'ni ekinlar hosildorligini oshirish hisobidan ta'minlanmoqda.

TADQIQOT NATIJALARI

Poliz mahsulotlari tarkibidagi quruq moddalarning asosiy qismi uglevodlarga to'g'ri keladi. Uglevodlardan, glyukoza, fruktoza va saxaroza kabi eruvchan qand moddasi ko'p uchraydi. Poliz mahsulotlarining oziq-ovqatlik qimmati bebahodir. Ularda turli tuman organic va madan moddalarning borligini ta'kidlash bilan birga dorivorlik xususiyatini ham qayd etish lozim.

Poliz mahsulotlari tarkibida ko'p miqdorda suv va uglevodlar bo'lganligi sababli ularda chirituvchi mikroorganizmlar tez rivojlanadi. Ularning ko'pchilik navi olis joylarga tashishga va uzoq saqlashga yaramaydi. SHu sababli ularni qayta ishlashga (konservalashga) to'g'ri keladi. Qayta ishlash jarayonida albatta mahsulotlarning kimyoviy tarkibini ham hisobga olish lozim. Bu esa mahsulotning konservalashning qulay va uning sifatini uzoq vaqt buzmasdan saqlash imkonini beradigan usulini tanlashda muhim ahamiyatga ega. [2,3.]

SHunday qilib, O'zbekiston sharoitida eng keng foydalaniladigan poliz mahsulotlaridan qovun mevasini duragay urug'larini yaratib, uni ekib duragay avlod etishtirib hosildorligi

bo'yicha mavjud navlarga nisbatan yuqorilarini ishlab chiqarishga tavsiya etish maqsad va vazifa qilib qo'yildi.

Duragay avlod qovunlari urug'larini har xil me'orida sug'orib, yuqori natija qayd etgan variantlar ishlab chiqarishga tavsiya qilinadi. SHuningdek, tezpishar duragaylar yangi navlarni yaratish uchun seleksiyachilarga tavsiya etildi.

MUHOKAMA

Andijon viloyatining tuproq - iqlim sharoitida:

-tajriba qo'yishdan oldin tuproqqa dastlabki agrokimyoviy tavsif berish;

-tajriba maydonidan belgilangan kesimida tuproq namunalari olish va bu tuproq namunalari tarkibida chirindi, yalpi azot, umumiy fosfor, tuproqdagi ozuqa unsurlarini harakatchan formalaridan nitratli va ammoniyli azot, harakatchan fosfor va almashinuvchi kaliy miqdorlarini aniqlash;

Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqiqot institutining Andijon filiali dalasi, o'tloqi tuproq, qovun navlari: Saxovat, Dilxush, Obi novvot, Roxat, SHakar palak, To'yona, Suyunchi- 2, ekildi.

Dala tajribalari Andijon viloyatining Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy tadqidot institutining Andijon filiali tajriba xo'jaligida otkazildi.

Tajriba xo'jaligining tuproq sharoiti va iqlimi Andijon viloyatining o'tloqi tuproqlari mintaqasiga mos keladi. Tajribadagi har bir bo'lakcha uzunligi 10 m, eni 3,0 m, bo'linmalar maydoni 30 m2 ni tashkil etib, 1 yarusda, 4 qaytariqda joylashtirildi. Jami 4 variantni tashkil qildi. Variantlar 1 qatordan iborat bo'ldi. Qovun etishtirishda avvalo uning o'sishi va yaxshi rivojlanishi, undan yuqori hosil olish uchun erni haydov oldidan 0-30 sm va 30-50 sm tuproq qatlamlaridan olingan namunalarni agrokimyoviy tahlil qilinib, fosfor va kaliy bilan tabminlanganligini hisobga olgan holda xaydov oldidan erga fosforning yillik mebyorini 75% va Kaliyning 100% ini NRU moslamasi yordamida sepildi. (1-jadval).

Er «Klaas» ARES 697 rusumli ag'darma omoch tirkalgan traktori bilan 30-35 sm chuqurlikda haydaldi. Dala tajribalarini sifatli olib borish va to'g'ri va ishonchli ilmiy ma'lumotlarga erishish uchun avvalo haydov qatlamini sifatli shudgor qilindi.

1-jadval. Tajriba tartibi.

Har xil qovun navlarini duragay urug' olish uchun chatishtirish

№ Onaligi Otaligi YOrliq nomeri Chatishtir-ilgan soni, dona Tutgan gullar soni, dona

1. Shakar palak, Suyunchi 2. 1 30 19

2. To'yona, Saxovat, 2 25 21

3. Suyunchi 2. Dilxush, 3 28 17

4. Obi novvot, Roxat, 4 30 24

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Tajriba maydonlarida amalga oshirilgan agrotexnik tadbirlar er tekislash, mola bosish ishlari o'tkazildi. Qovun navlarini urug'liklarini joylashtirish maqsadida bo'lakchalarga (delyanka) bo'lish ishlari amalga oshirildi. Qovun urug'liklarini qo'l kuchi yordamida ekish ishlari amalga oshirildi va ko'chatlarni bir tekist undirib olish maqsadida urug' suvi berildi.

To'la unib chiqqan maydonlarda qator orasini yumshatish va I-oziqlantirishni agrotexnika tadbirlari boyicha amalga oshirildi. Tajriba maydonidagi er etilgandan keyin qator oralariga ishlov berildi va begona o'tlardan sifatli tozalandi. Bundan tashqari, xasharot va kasalliklarga qarshi kimyoviy ishlov chora tadbirlar va ishlovlar olib borildi.

Barcha agrotexnik tadbirlar optimal deb qabul qilingan muddat va uslublarda shu joyning tuproq-iqlim sharoitini to'liq hisobga olgan holda amalga oshirilib borildi.

Qovun ekinida fenologik kuzatuvlarni bajarilishi.

-qovunni unib chiqishi har bir variantda hisoblandi.

-har variantda yorliq osilgan o'simliklarda qovunni o'sishi va rivojlanishi 1.06. (chinbarg soni va palagini uzunligi,), 1.07. (palagini uzunligi, hosil tugunchalari soni), 1.08. (palagini uzunligi, mevalar soni),

-hosilini aniqlash uchun har bir terimda barcha variantlarda jami pishgan qovunlarni yig'b olinib, uning og'irligi aniqlandi.

- qovunning ko'chat qalinligi yaganadan so'ng va amal davri oxirida aniqlandi;

- variantlar bo'yicha olingan qovun hosili ma'lumotlari B.P. Dospexov usuli bo'yicha matematik tahlil qilindi;

Tajriba natijalariga qaraganda, 16-aprel kuni ekilgan qovun urug'lari 21-23-aprelda to'liq unib chiqdi. Unib chiqqan ko'chatlarning hisob-kitobiga qaraganda, 1-variantda 86,7% i unib chiqqanligi aniqlandi. Ammo 4-varianda 23-aprelda hisoblanganda 81,3% unib chiqib, boshqa variantlarga nisbatan 4-5 kunga kechroq unib chiqqanligi kuzatildi (2-jadval).

2-jadval. Qovun ekinining unib chiqishi

№ Unib chiqishi, % hisobida Kalendar kun

21.04 23,04 100% unib chiqqan muddati, sana Kun

1 44,4 86,7 26,04 10

2 49,6 86,3 28,04 12

3 52,5 85,7 25,05 9

4 47,3 81,3 24,05 8

1-15-may kungi kuzatuvlarga qaraganda, qovun ekini variantlarida o'simliklarning o'sish va rivojlanishda variantlar bo'yicha sezilarli farqlar qayd etilmadi. 1-iyun kungi kuzatuvlarda 3-4-variantlardagi qovunning palagini uzunligi 65.4 sm ni tashkil etdi. 1-2-variantlardagi qovunning palagini uzunligi 69.6 sm ni tashkil qilib, 3-4-variantlarda parvarish

SCIENCE AND INNOVATION 2022

№ 2

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qilinayotgan qovunning palagini uzunligiga nisbatan 5,2 sm ga uzunroq o'sib rivojlandi (3-jadvali).

3-jadval. Qovun ekinining o'sishi va rivojlanishi

№ Qovunning palagini uzunligi, sm Ko'chat qalinligi, ming tup/ga

1.06 1.07

1 65,4 105,2 8,8

2 65,0 109,1 9,1

3 69,6 115,8 8,6

4 69,3 114,2 7,9

Qovun ekinining o'sishi va rivojlanishi 1-iyulga kuzatilganda eng palagi uzun 3- variant ( 115,8 sm) ekanligi aniqlandi.

4-jadval. Tajribadagi variantlarda ekilgan qovun navlarini hosildorligi. (3-marta uzish bo'yicha variantdagi hosildorlik, o'rtacha)

Tartib raqami Qovun navlari Xosildorligi, kg

1 Saxovat 16

2 Dilxush 14

3 Obi novvot 12

4 Roxat 17

5 SHakar palak 19

6 To'yona 11

7 Suyunchi 2 18

Tajribada o'rganish uchun bir necha qovun navlari ekilib ularni maxsuldorligi 3 terim bo'yicha hisoblanganda har bir navning bir tupidan har xil og'irlikda hosil olindi. 4-jadval ma'lumotlariga asosan eng yuqori hosil SHakar palak navida (19 kg ) ekanligi aniqlandi. Pasroq hosil To'yona (11kg) navidan olindi.

5 jadval. Tajribada chatishtirib olingan duragay urug'lar miqdori, g.

Tartib raqami Duragay kombinatsiyalar Olingan durugay urug'lar og'irligi, g

1 SHakar palak x Suyunchi-2 67

2 To'yona 2 x Saxovat 54

3 Suyunchi-2 x Dilxush 46

4 Obi novvot x Roxat 56

jami 223

Tajribaning asosiy maqsadi qovun navlarini o'zaro chatishtirib, duragay urug'lar etishtirish bo'lganligi uchun qovunning birnecha navlari o'zaro chatishtirilib, jami bo'lib 223 gramm duragay urug' tayorlandi. Eng yuqori duragay urug' qovunning SHakar palak navi bilan Suyunchi 2 navi (67 g) o'zaro chatishtirilganda olindi.

XULOSA

1-iyun kungi kuzatuvlarda 3-4-variantlardagi qovunning bo'yi 35.2 sm ni tashkil etdi. 1-2-variantlardagi qovunning bo'yi 39.0-39.3 sm ni tashkil qilib, 3-4-variantlarda parvarish qilinayotgan qovunning bo'yiga nisbatan 4.1-4.2 sm ga balandroq o'sib rivojlandi.

Tadqiqot natijasida qovunning har xil navlarni o'zaro chatishtirib, 223 gramm duragay urug' olindi. Eng yuqori duragay urug' qovunning SHakar palak navi bilan Suyunchi-2 navi (67 g) o'zaro chatishtirilganda olindi. Chatishtirish natijasida olingan 223 gramli duragay urug'ni ishlab chiqarishda ekib yuqori hosil olish tavsiya etildi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishlari bo'yicha "HARAKATLAR STRATEGIYASI". Toshkent, 2017.

2. Bo'riev X.CH., Ashurmetov O.A. Poliz ekinlari biologiyasi va etishtirish texnologiyasi. T.: «Mehnat», 2000.

3. Bo'riev X.CH., Do'smuratova S.I. Polizchilik. Ma'ruzalar matni. T.: ToshDAU, 2000.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.