Научная статья на тему 'DORIVOR MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL)NI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI'

DORIVOR MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL)NI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
705
54
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tipik bo‘z tuproq / Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill) / bargi / poyasi / azotli o‘g‘itlar. / typical gray soil / Datura innoxia Mill / leaves / stems / nitrogen fertilizers.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — S M. Po‘latov, K M. Mo‘minov, S.Ganiev

Keltirilgan maqolada Toshkent viloyatining tipik bo‘z tuproqlari sharoitida dorivor Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ni madaniylashtirish va etishtirishda, uning urug‘larini 3-4 sm chuqurlikda aprel oyining ikkinchi yoki uchinchi o‘n kunligida tuproq harorati (0-10 sm.da) 15-17 0S bo‘lganda, 70x70-20-1 sxemasida ekish, uni parvarishlashda azotli o‘g‘itlarni (N120 kg/ga) me’yorida R-90, K-90 kg/ga fonida ammoniy sulfat [(NH4)2SO4] shaklida qo‘llash, o‘simlikning o‘sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratib, farmatsevtika sanoati talablariga javob beradigan ekologik toza 11,6-12,0 s/ga dorivorlik xususiyati yuqori bo‘lgan quruq barg hamda 17,4-18,5 s/ga meva va urug‘ etishtirishni resurstejamkor agrotexnikasi bo‘yicha ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

AGROTECHNOLOGY AND EFFICIENCY OF DRUG MEXICAN BANGIDEVONA (DATURA INNOXIA NATION)

The article describes the cultivation and cultivation of the medicinal Mexican bangidevona (Datura innoxia Mill) in the typical gray soils of Tashkent region, sowing its seeds at a depth of 3-4 cm in the second or third decade of April at a soil temperature (0-10 cm. ) At 15-17 0S, sowing in the scheme 70x70-20-1, ammonium sulfate on the background of R-90, K-90 kg / ha in the amount of nitrogen fertilizers (N120 kg / ha) in its care [(NH4 ) In the form of 2SO4], creating optimal conditions for plant growth and development, ecologically clean 11.6-12.0 s / ha of dry leaves with high medicinal properties, which meet the requirements of the pharmaceutical industry, and 17.4 Data on resource-efficient agrotechnics of fruit and seed production at -18.5 s / ha are given.

Текст научной работы на тему «DORIVOR MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL)NI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI»

Scientific Journal Impact Factor

UDK:633.88

DORIVOR MEKSIKA BANGIDEVONASI (DATURA INNOXIA MILL)NI YETISHTIRISH AGROTEXNOLOGIYASI VA SAMARADORLIGI

12 ?

1S.M.Po'latov, KM.Mo'minov, 3S.Ganiev

1Samarqand veterinariya meditsinasi institutining Toshkentfiliali, 2Samarqand veterinariya meditsinasi instituti Toshkent davlat agrar unversiteti

Annotatsiya. Keltirilgan maqolada Toshkent viloyatining tipik bo 'z tuproqlari sharoitida dorivor Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ni madaniylashtirish va etishtirishda, uning urug'larini 3-4 sm chuqurlikda aprel oyining ikkinchi yoki uchinchi o'n kunligida tuproq harorati (0-10 sm.

da) 15-17 0S bo 'lganda, 70x70-20-1 sxemasida ekish, uni parvarishlashda azotli o'g'itlarni (N120 kg/ga) me'yorida R-90, K-90 kg/ga fonida ammoniy sulfat [(NH4)2SO4] shaklida qo'llash, o'simlikning o 'sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratib, farmatsevtika sanoati talablariga javob beradigan ekologik toza 11,6-12,0 s/ga dorivorlik xususiyati yuqori bo 'lgan quruq barg hamda 17,4-18,5 s/ga meva va urug' etishtirishni resurstejamkor agrotexnikasi bo 'yicha ma 'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: tipik bo'z tuproq, Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill), bargi, poyasi, azotli o'g'itlar.

Abstract: The article describes the cultivation and cultivation of the medicinal Mexican bangidevona (Datura innoxia Mill) in the typical gray soils of Tashkent region, sowing its seeds at a depth of 3-4 cm in the second or third decade of April at a soil temperature (0-10 cm. ) At 15-17 0S, sowing in the scheme 70x70-20-1, ammonium sulfate on the background of R-90, K-90 kg / ha in the amount of nitrogen fertilizers (N120 kg / ha) in its care [(NH4 ) In the form of 2SO4], creating optimal conditions for plant growth and development, ecologically clean 11.6-12.0 s / ha of dry leaves with high medicinal properties, which meet the requirements of the pharmaceutical industry, and 17.4 Data on resource-efficient agrotechnics of fruit and seed production at -18.5 s / ha are given.

Keywords: typical gray soil, Datura innoxia Mill, leaves, stems, nitrogen fertilizers.

O'zbekistonda dorivor o'simliklaming ko'plab yovvoyi va madaniy turlari o'sib, rivojlanadi va hosil beradi. Ulardan bir qator kasalliklarga qarshi kurashda foydalanish mumkin. SHunga muvofiq holda, turli tuproq-iqlim sharoitlarida o'sadigan yovvoyi dorivor o'simliklarni madaniylashtirish, ularni etishtirish agrotexnikasini ishlab chiqish asosida dori mahsulotlari xom-ashyosini sanoat miqiyosida ishlab chiqarish davr talabi hisoblanadi [1,3].

KIRISH.

Scientific Journal Impact Factor

Dorivor o'simliklarning shifobaxshligi - bu ularning tarkibida inson organizmiga ijobiy ta'sir ko'rsatuvchi kimyoviy moddalar: alkaloidlar, flavanoidlar, glikozinlar, efir moylari, vitaminlar va boshqalar mavjudligi bilan baholanadi [13]. Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri ularning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq bo'ladi. Bu birikmalar o'simliklarning vegetativ va generativ organlarida to'planadi. Dori tayyorlash uchun o'simliklarning kerakli qismlari turli muddatlarda yig'ishtirib olinadi. Masalan, pustlog'i, kurtagi, erta bahorda; barglari o'simlik gullashi oldidan yoki gullaganda; meva va urug'lari pishganda; ildiz, ildizpoyasi bahorda yoki kech kuzda olinadi [8,9].

Bugungi kunda o'simliklardan olinadigan dori-darmon preparatlari ko'plab kasalliklarning oldini olish va davolashda muhim ahamiyatga ega. Masalan, yurak-qon tomir, nerv sistemasi va asab kasalliklari, buyrak, jigar, oshqozon-ichak yo'llari, og'riq qoldiruvchi va boshqalardir. Hozirgi paytda barcha dori vositalarining 30 %dan ko'prog'i dorivor o'simliklardan olinadi va dehqon bozoridagi har uch preparatdan bittasi o'simlik kelib chiqishiga ega. SHu bilan birga, o'simliklardan tayyorlangan dori vositalarining bahosi ham sun'iy yoki sintetik yo'l bilan olingan dorilarga nisbatan bir necha bor arzon turadi [7,11].

O'zbekiston respublikasi florasida mavjud dorivor o'simliklar zahirasini asrash va introdutsent hisobiga boyitish mutaxassislar oldida turgan eng muhim vazifalardan biri bo'lib hisoblanadi. Keyingi yillarda respublikamizda farmatsevtika sanoati jadallik bilan rivojlanmoqda va dorivor o'simliklarga bo'lgan talab kun sayin ortmoqda. Bu esa, yovvoyi holda hsayotgan dorivor o'simliklarning madaniylashtirishni taqoza etmoqda. SHu sababdan, tabiatda uchraydigan hamda chet el florasiga mansub dorivor o'simliklarni introduksiya qilish, introduksiya sharoitida ularning bioekologik xususiyatlari, ko'paytirish usullarini o'rganish hamda etishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish muhim va dolzarb masala hisoblanadi.

Inrodutsent o'simlik turlaridan biri, Meksika bangidevonasi tabobatda keng qo'llanib kelinadigan dorivor o'simlik hisoblanadi. Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida bu o'simlikning bioekologik xususiyatlari va etishtirish agrotexnologiyalarini o'rganish, ilmiy-tadqiqot ishimizning asosiy maqsadi hisoblanadi.

Materialni metodi: ilmiy tadqiqotlarimizda asosiy material sifatida Toshkent viloyatida keng tarqalgan tipik bo'z tuproqlar, Meksika bangidevonasi, azotli o'g'itlarning har xil me'yor va shakllari olindi.

O'zbekistonning turli hududlarida o'sadigan yovvoyi dorivor o'simliklarni madaniylashtirish, ularni etishtirish agrotexnikasini ilmiy asosda ishlab chiqish asosida dori mahsulotlari xom-ashyosini sanoat miqiyosida ishlab chiqarish va qayta ishlash, ilmiy tibbiyotda turli xil kasalliklarning oldini olish va davolashda keng

MUHOKAMA

Scientific Journal Impact Factor

qo'llanüadigan dorivor o'simliklarni ekib o'stirish va etishtirish uchun ekologik toza hududlarda ularning plantatsiyalarini yaratish talab etiladi. Bunday dorivor o'simliklardan biri Meksika bangidevonasi o'simligi hisoblanadi.

Dorivor Meksika bangidevonasi ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga mansub bir yillik o'simlik bo'lib, bo'yi 60-150 sm.ga etadigan o't o'simlikdir. Poyasi tik o'suvchi, yashilroq yoki qizg'ish-binafsha rangli, sertuk, ayrisimon shoxlangan. Bargi oddiy bandli, kulrang-yashil, tuxumsimon yoki cho'ziq-tuxumsimon, o'tkir uchli, tekis qirrali yoki cheti bir oz o'yilgan va poyada ketma-ket joylashgan bo'lib, boshni aylantiruvchi yoqimsiz hidi bor. Gullari yirik, oq, faqat bir kecha gullaydi. Gulkosachasi sertuk, besh tishli, shishgan va uzun naysimon, asos qismi meva bilan birga qoladi, gultojisi naycha shaklida varonkasimon, besh tishli bo'lib, uchlari qayrilgan, otaligi beshta, onalik tuguni yuqorida joylashgan. Mevasi - ko'p urug'li, sharsimon, kulrang-yashil yoki qo'ng'ir rangli va tikanli ko'sakcha. Meksika bangidevonasi iyul-oktyabr oylarida gullaydi, mevasi avgust oyidan boshlab pishadi. O'simlikning hamma qismi zaharli [2,12].

Meksika bangidevonasining Vatani Markaziy va Janubiy Amerika. U Evropada, Afrikada, Eronda, Rossiyada, Ukrainada, Molaviyada va O'rta Osiyoda keng tarqalgan bo'lib, uning dunyoda ikkita turi ma'lum. U yovvoyi holda o'sadi.

Meksika bangidevonasining bargidan olinadigan preparatlar xalq tabobatida nevrozlar, psixozlar va nevrolgiyada, og'riqni qoldiradigan, uxlatadigan, tinchlantiruvchi vosita sifatida qadimdan ishlatilib kelingan. O'simlikning barcha qismi zaharli bo'lib, undan giossiamin, atropin, skopolamin va turli xil alkoloidlar olinadi. Uning barglarida 0,041 % efir, 0,1 %gacha karotin, 1,7 %gacha oshlovchi moddalar, urug'ida 25 %gacha qurib qolmaydigan moy saqlaydi va bargi nafas siqilishi, og'ir yo'tal va boshqa kasalliklarda qo'llaniladi. Asosiy alkoloidi skopolamin. Mevasi tarkibida 0,38-0,55 % va urug'ida 0,31-0,77 % skopolamin mavjud. Skopolamin markaziy nerv sistemasini tinchlantiruvchi ta'sirga ega (atropindan farqi). SHuning uchun, skopolamin gidrobromid ba'zan xirurgik operatsiyadan oldin markaziy nerv sistemasini tinchlantirish uchun teri ostiga yuboriladi. Bundan tashqari, asab kasalliklarini davolashda, shuningdek, dengiz kasalligi va boshqa kasalliklarda tinchlantiruvchi, qusishni to'xtatuvchi vosita sifatida (aeron tarkibida) qo'llaniladi. Dorivor preparati - skopolamin gidrobromid [10].

Bugungi kunda O'zbekiston tibbiyoti uchun zarur bo'lgan, tarkibida alkolloid saqlovchi, farmatsevtika sanoatida nevrozlar, og'riqni qoldiruvchi, uxlatadigan va tinchlantiruvchi dori vositalari olish mumkin bo'lgan tabiiy sharoitda o'sadigan Meksika bangidevonasi o'simligini madaniylashtirish, uni

parvarishlashagrotexnikasini ishlab chiqish maqsadida, Toshkent davlat agrar universiteti ilmiy-o'quv tajriba xo'jaligining tipik bo'z tuproqlari sharoitida dala tajribalari olib bordik. Ushbu tuproqlar mexanik tarkibiga ko'ra, o'rtacha qumoq,

Scientific Journal Impact Factor

grunt suvlari sathi 9-12 metr chuqurlikda joylashgan bo'lib, tuproqning haydalma (030 sm) qatlamida gumus 0,98-1,05 %, umumiy azot 0,118-0,125, fosfor 0,131-0,143, kaliy 1,98-2,26 %ni va ularning harakatchan shakllari miqdori yuqoridagilarga mutonosib ravishda 12,3-13,7, 28,6-30,5 va 194-236 mg/kg tuproqda mavjudligi aniqlandi.

Tajriba dalasida har bir delyankaning umumiy maydoni - 140 m (uzunligi 50 m, eni 4 qator x 0,7 = 2,8 m), shundan hisobga olingani - 70 m ni tashkil etib, variantlar soni 8 ta, tajriba 4 takrorlashda bo'lib, variantlar ketma-ket sxematik usulda bir yarusda joylashtirildi. Tadqiqotlarda azotli o'g'itlarning: ammiakli selitra (NH4NO3 - 34,6 % N), ammoniy sulfat [(NH4)2SO4 - 20,5 % N], mochevina (cO(NH2)2 - 46 % N) va ularning 90, 120, 150 kg/ga me'yorida R90K90 kg/ga fonida o'rganildi.

Dala tajribalarida fosforli o'g'itlarning yillik me'yorini 60 %, kaliyni 50 % shudgor ostiga solindi. Fosforli va kaliyli o'g'itlarning qolgan 40 va 50 % azotli o'g'itlar bilan birinchi oziqlantirishda (4-6ta barg hosil bo'lganda) va ikkinchi oziqlantirishda (o'simlikni shonalash davrida) qator oralariga tegishlicha 10-12 va 16-18 sm chuqurlikka KNU - 2,4 kultivatori yordamida berildi.

Tuproq tarkibidagi gumus miqdori - I.V.Tyurin (Metod osnovan na okislenii ugleroda gumusa rastvorom xromovogo angidrida v sernoy kislote i titrovanii neispolzovannogo xromovogo angidrida solyu Mora) usulida, ya'ni NPK miqdorini bitta namunada - I.M.Malseva, L.P.Gretsenko (Metod osnovan na s pitanie 2 g. Pochvti na 5 ml smesi sernoy (N2SO4) i xlornoy (NClO4) kislot) tadqiqoti bo'yicha, (Soderjanie nitratnogo azota (NO3-N) - ionoselektivntim metodom) harakatchan fosfor (R2O5) - B.P.Machigin (podvbimntie fosfata vtidelyayutsya 1 %-nLim uglekisltim ammoniem ((NH4)2CO3) - pri 18-20 chasovom nastaivanii suspenzii i atnoshenii pochvti k rastvoru 1:20) usulida, almashinuvchan kaliy (K2O) -P.V.Protasov usulida (Metod osnovan na vtitesneniya obmennogo kalie v karbonatnLix pochvax s ispolzovaniem rastvora uglekislogo ammoniya) aniqlandi [6].

Tajriba dalasidagi barcha fenologik kuzatuvlar (urug'larni unib chiqishi, o'simlikning bo'yi, shoxlar va barglar soni, meva soni), biometrik o'lchashlar, barg va urug' hosilini hisobga olishlar "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" [3], tajriba natijalariga matematik-statistik ishlov berish Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexov [4] uslubiy qo'llanmalari asosida amalga oshirildi.

tadqiqotlar o'tkazilgan tipik bo'z tuproqlar sharoitida Meksika bangidevonasining o'sishi, rivojlanishi, bargi va urug'lari tarkibidagi biologik faol moddalarning ko'plab to'planishi, uni parvarishlash jarayonida qo'llanilgan azotli o'g'itlarning me'yor va shakllariga bog'liq ekanligi aniqlandi.

NATIJA:

Scientific Journal Impact Factor

O'simlikni birinchi oziqlantirish, unda 4-6 ta barg paydo bo'lganda N45,60,75P36 kg/ga me'yorida variantlar bo'yicha o'simlikni sug'orishdan oldin o'tkazildi.

Tajriba natijalariga qaraganda, Meksika bangidevonasining urug'larini unib chiqishidan to pishib etilishigacha bo'lgan davrlardagi o'sish jadalligi, qo'llanilgan azotli o'g'itlarning shakli va me'yorlariga bog'liq holda sezilarli o'zgarganligi kuzatildi. Masalan, o'simlikning bo'yi, shonalash davrida o'g'it qo'llanilmagan -nazorat variantida o'rtacha uch yilda 50,8-54,2 sm bo'lgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar faqat R90K90 kg/ga ishlatilgan variantda 65,4-68,6 sm.ni, ko'rsatib o'tilgan (R90K90) fonida azotli o'g'itlar (N90 kg/ga) me'yorida - ammiakli selitra (NH4NO3), mochevina (CO(NH2)2), ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida qo'llanilgan delyankalardagi o'simliklarning bo'yi, yuqoridagilarga mos ravishda 80,3; 84,7; 86,2 sm.ni tashkil etganligi qayd etildi. Tadqiqotlarimizda ko'rsatib o'tilgan fosfor va kaliy (R90K90 kg/ga) fonida azot me'yori (N120-150 kg/ga) oshirib qo'llanilgan variantlardagi o'simliklarning bo'yi, azot me'yoriga mutanosib holda 89,5-93,6; 95,4-102,3 sm.ga teng ekanligi aniqlandi.

Tadqiqotlarimizda sentyabr oyida o'tkazilgan fenologik kuzatuvlarda Meksika bangidevonasining jadal sur'atlarda o'sishi va hosil tugishi, qo'llanilgan azotli o'g'itlar me'yori va shakllarining ta'siri bo'yicha eng yuqori (1.IX), o'simlikning bo'yini balandligi o'g'itsiz - nazorat variantda 62,5-64,3 sm.ga teng bo'lgan bo'lsa, faqat fosfor va kaliy (R90K90 kg/ga) qo'llanilgan fonda, bu ko'rsatkichlar 74,8-76,4 sm.ni tashkil etganligi aniqlandi. Ushbu sharoitda va muddatda o'simliklarning bo'yini balandligi, ko'rsatib o'tilgan (R90K90 kg/ga) fonida azotli o'g'itlar (N120 kg/ga) me'yorida ammiakli selitra (NH4NO3), mochevina (CO(NH2)2) va ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida qo'llanilgan variantlarda tegishlicha 107,6; 101,4 va 118,3 sm tashkil etganligi hisobga olindi. Bunda, o'simlikning bo'yini balandligi bo'yicha variantlar o'rtasidagi tafovutlar, qo'llanilgan azotli o'g'itlar shakllari ta'sirida yuzaga keldi va xuddi shunday holat bir tup o'simlikdagi barg sonida ham kuzatilib, eng yuqori barg miqdori ham (11,6 -12,0 s/ga quruq holda) fosfor va kaliyni (R90K90 kg/ga) fonida azotli o'g'itlar (N120 kg/ga) me'yorida ammoniy sulfat shaklida qo'llanilgan delyankalardagi o'simliklardan yig'ishtirib olindi. SHuni alohida ta'kidlash kerakki, ushbu sharoitda azotli o'g'itlar me'yorini 120 kg/ga.dan 150 kg/ga.gacha oshirib, R90K90 kg/ga fonida qo'llaganda, o'simlikning bo'yini balandligiga va undagi barg soniga sezilarli ta'sir ko'rsatmaganligi tadqiqot natijalari asosida aniqlandi.

Ma'lumki, Meksika bangidevonasining barcha qismida (bargida 0,23-0,39 %, poyasida 0,15-0,24 %, ildizida 0,21-0,46 %, mevasida 0,76-0,83 % va urug'ida 0,83 %gacha) alkolodilar bo'ladi. Asosiy alkoloidi skopolamin bo'lib, mevasi tarkibida 0,38-0,55 % va urug'ida 0,31-0,77 % skopolamin mavjud bo'lib, bulardan tashqari, mevasida giotsiamin, norgiossiamin va boshqalar ajratib olingan

Scientific Journal Impact Factor

[11]. Tadqiqotlarimiz maqsadi Meksika bangidevonasini madaniylashtirishda uning dorivorlik xususiyatlariga va ekologik muhitga zararli ta'sir ko'rsatmaydigan etishtirish agrotexnikasini ilmiy asosda ishlab chiqishga qaratilgan.

Tajriba dalasida etishtirilgan Meksika bangidevonasining hosili (mevalar soni va ularning massasi) qo'llanilgan azotli o'g'itlar me'yori va shakllariga bog'liq holda turlicha bo'lganligi qayd etildi. Masalan, tajriba dalasida azotli o'g'itlardan ammiakli selitra (NH4NO3) shaklida 90, 120, 150 kg/ga me'yorida qo'llanilgan varianlar o'simliklardagi mevalarini va ularning massasi azotli o'g'it me'yoriga muvofiq holda 16; 19; 24 dona va 33,9; 45,8; 52,6 g.ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkichlar mochevina (CO(NH2)2) shaklida qo'llanilgan variantlarda tegishlicha 18; 25; 22 dona va 37,3; 54,2; 51,6 g., ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida yuqorida ko'rsatilgan azot me'yorida qo'llanilgan variantlardagi o'simliklarda mutonosib ravishda 20; 28; 26 dona va 42,2; 60,8; 55,5 g.ga teng bo'lganligi aniqlandi. SHuni alog'ida ta'kidlash kerakki, azotli o'g'itlar shaklidan qat'iy nazar ularning me'yorini ortib borishi bilan o'simliklardagi mevalar soni va ularning massasini ham ortib borishi kuzatildi. Bunda, o'simlikning o'sishi, rivojlanishi, meva to'planishi va ularning massasi bo'yicha eng maqbul sharoit N120 kg/ga me'yorida P9oK90 kg/ga fonida ammoniy sulfat shaklida qo'llanilgan variantlarda hisobga olindi. Ushbu sharoitda o'g'itsiz -nazorat variantda etishtirilgan bir tup o'simlikdagi mevalar soni 9-11 donani va ularning massasi 19,3-22,4 g.ni tashkil etganligi aniqlandi.

Shunday qilib, Meksika bangidevonasini Toshkent viloyatining tipik bo'z tuproqlari sharoitida madaniylashtirishda hamda dorivorlik xususiyatini oshirishda va farmatsevtika sanoatini etarli xom-ashyo bilan ta'minlashda uni oziqlantirishda azotli o'g'itlarni (N120 kg/ga) me'yorida ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida P90K90 kg/ga fonida qo'llash maqsadga muvofiq ekanligi tadqiqot natijalari asosida aniqlandi.

SHuni alohida ta'kidlash zarurki, Meksika bangidevonasining barglari avgust oyida uch marta terib olinadi va shu oydan mevasi pishib etila boshlaydi. Ular yig'ishtirib olingandan keyin, o'simlikning barcha qismi zaharli ekanligini e'tiborga olib, daladagi o'simliklar o'rib olinib, dala atrofiga chiqarilib yoqib yuborilishi talab etiladi.

O'zbekistonda mahalliy floraga mansub dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniylashtirish va ularni qayta ishlash asosida tabiiy dori vositalaritayrlashni rivojlantirishga alohida e'tibor qaratilayotganligini inobatga olib, bizlar ham Meksika bangidevonasini dorivorlik xususiyatini o'rganish, tabiiy holda o'sadigan ushbu o'simlikni madaniylashtirish, uni etishtirish ko'lamini kengaytirish va uni etishtirishni resurstejamkor agrotexnikasini ishlab chiqish bo'yicha tadqiqotlar amalga oshirilmoqda.

XULOSA

Scientific Journal Impact Factor

Toshkent viloyatining tipik bo„z tuproqlari sharoitida dorivor Meksika bangidevonasi (Datura innoxia Mill)ni madaniylashtirishda, tabiiy dori vositalari tayyorlashni rivojlantirish maqsadida, uning urug'larini 3-4 sm chuqurlikka, aprel oyining ikkinchi yoki uchinchi dekadasida tuproq harorati 0-10 sm chuqurlikda 15-17 0S bo'lganda, qator oralarini 70x70-20-1 sxemasida ekish, uni oziqlantirishda azotli o'g'itlarni (N120 kg/ga) me'yorida P90K90 kg/ga fonida ammoniy sulfat ((NH4)2SO4) shaklida qo'llash, o'simlikni o'sishi va rivojlanishi uchun maqbul sharoit yaratib, farmatsevtika sanoati talabiga mos keladigan 11,6-12,0 s/ga dorivorlik xususiyati yuqori bo'lgan quruq barg hamda 17,4-18,5 s/ga meva va urug„ etishtirishni resurstejamkor agrotexnikasi ishlab chiqildi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Губанов И.А. Лекарственные растения. М., 1993. 198 с.

2. Губанов И.А. Datura stramonium L. Дурман обыкновенный или вонючий //Иллюстрированный определитель растений Средней России. В 3т. М., Т-во науч. изд. КМК, Ин-т технолог. иссл., 2004. Т.3. с.164

3. Дала тажрибаларини утказиш услублари. Тошкент. УзНИИХ. 2007. 145.

4. Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. М., Агропромиздат. 1985. с. 240-

5. Матжанова X.K., Есемуратова Р.Х. Доривор мелиганинг фойдали хусусиятлари // Материалы VI Междунар.науч. прак. конф. Нукус, 2016. с. 173-

6. Методы агрохимических, агрофизических и микробиологических исследований в поливных хлопковых районах. Ташкент:, УзНИИХ, 1963. 435 с.

7. Насриддинова М.Р. Satureja Montana L. Междунар. науч. прак. конф. Нукус, 2016. с. 12-13.

8. Холикрв К. Узбекистан жанубидаги дориовр усимликлар. Тошкент:, 1980. 84 с.

9. Хожиматов К.Н., Юлдашев К.Ю., Шогуломов У.Ш., Хожиматов О.К. Шифобахш гиё^лар дардларга малкам. Тошкент:, "Узбекистон", 1995. б. 23-26.

10. Холматов Х.Х., Хабибов З.Х. Узбекистоннинг шифобахш усимликларию -Тошкент:, 1972. 148 б.

11. Холматов Х.Х., Косимов а.И. Доривор усимликлар. Тошкент:, 1994. 368 б.

12. Чиков П.С. Атлас ареалов и ресурсов лекарственные ратений СССР. М:, «Картография», 1983. 340 с.

13. Шарипова Ф.О. Доривор усимликларнинг шифобахшлик хусусиятлари // Респуб. Илм. Амал. Конф. Материал. Туп. Т. Урганч:, УрДУ, 2018. б. 67-68.

265.

174.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.