Научная статья на тему 'SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI'

SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

84
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o„tloqi-bo„z tuproqlar / fosfor saqlovchi o„g„it / o„g„it me‟yori / shirin qalampir / hosildorlik / korrelyatsiya / regressiya bog„liqlik / meadow-gray soils / phosphorus-retaining fertilizer / fertilizer rate / sweet pepper / yield / correlation / regression relationship

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Sh. Sh. Normamatov, M. I. Mashrabov

Ushbu maqolada Samarqand viloyati o„tloqi-bo„z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o„g„it me‟yorlarini shirin qalampir hosildorligiga ta‟siri va ular orasidagi korrelyatsion bog„liqlik keltirilgan. Eng yuqori ishonarli hosil fosfor saqlovchi o„g„itlarni N200K90 fonida 100 kg/ga qo„llanilganda olingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

In this article, the effect of different phosphorus-retaining fertilizer rates on the yield of sweet pepper in the conditions of meadow-gray soils of Samarkand region and the correlation between them are presented. The highest reliable yield was obtained when 100 kgG„ha of N200K90 fertilizers were used.

Текст научной работы на тему «SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

SHIRIN QALAMPIRDAN YUQORI HOSIL YETISHTIRISH IMKONIYATI

M. I. Mashrabov

ToshDAU SF agrokimyo, tuproqshunoslik va o'simliklar himoyasi kafedrasi dotsenti,

q.x.f.f.d. (PhD)

Ushbu maqolada Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o'g'it me'yorlarini shirin qalampir hosildorligiga ta'siri va ular orasidagi korrelyatsion bog'liqlik keltirilgan. Eng yuqori ishonarli hosil fosfor saqlovchi o'g'itlarni N200K90 fonida 100 kg/ga qo'llanilganda olingan.

Kalit so'zlar: o'tloqi-bo'z tuproqlar, fosfor saqlovchi o'g'it, o'g'it me'yori, shirin qalampir, hosildorlik, korrelyatsiya, regressiya bog'liqlik

In this article, the effect of different phosphorus-retaining fertilizer rates on the yield of sweet pepper in the conditions of meadow-gray soils of Samarkand region and the correlation between them are presented. The highest reliable yield was obtained when 100 kgG'ha of N200K90 fertilizers were used.

Keywords: meadow-gray soils, phosphorus-retaining fertilizer, fertilizer rate, sweet pepper, yield, correlation, regression relationship

Kirish. Shirin qalampir ituzumdoshlar oilasi - Solanaceae Pers., Capsicum Tourn. turkumiga mansub bir yillik ekin sifatida yetishtiriladi. Ammo, u tropik mamlakatlarda va himoyalangan maydonlarda ko'p yillik ekin sifatida yetishtirilishi mumkin. Uning vatani Meksika va Gvatemala mamlakatlaridir. Madaniy turlardan C.annuum L. juda polimorf bo'lib eng keng tarqalgan hisoblanadi. Bizning mamlakatimiz sabzavotchiligida ham u amaliy ahamiyatga ega bo'lgan yagona tur hisoblanadi.

Shirin qalampir tarkibida C vitamini boshqa sabzavotlarga nisbatan ko'p bo'lib, texnik pishganda uning miqdori 150-170 mg-%, biologik pishganda yoki qizil mevalarida esa 480 mg-% gacha bo'ladi.

Sh. Sh. Normamatov ToshDAU SF 2 kurs magistratni

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

Karotin miqdori (9-12 mg-%) jihatidan u sabziga tenglashtiriladi.

October 5-6

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Google Scholar indexed

Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Theoretical and Practical Principles of Innovative Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

V guruhga kiruvchi vitaminlar miqdori jihatidan sabzavot ekinlari lar orasida yetakchi o'rinni egallaydi. Tarkibidagi Vitamin - antioksidantlar A, C, E va boshqalar inson immun tizimini shakllantirishda juda katta yordam beradi.

Dunyo bo'yicha 2020-yilda shirin qalampir yetishtirish bo'yicha Xitoy 16,65 mln tonna (53 %) bilan birinchi o'rinda turadi, Meksika 2,82 mln tonna (9 %), Indoneziya 2,77 mln tonna (8,8 %, Turkiya 2,64 (8,4%) 5 talikda o'rin egallaydi.

Respublikamizda 2021 yilda jami 9629 ga asosiy ekin sifatida, 1799 ga maydonga takroriy ekin sifatida, bog' va uzumzor qator oralariga esa 1272 ga maydonga ekilgan.

Sabzavot ekinlaridan, jumladan shirin qalampirdan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda mineral o'g'itlarning ahamiyati juda katta. Shirin qalampirning oziqlanishida fosfor, oltingugurt saqlovchi o'g'itlarni turli tuproq iqlim sharoitlarida qo'llash muddatlari va me'yorlarni o'rganish dolzarb masalalardan biri hisoblanadi.

Shirin qalampir o'simligi fosforni qiyin o'zlashtiriluvchi shakllaridan umuman o'zlashtira olmaydi. Bir qarashda shirin qalampir uncha ko'p fosforni o'zlashtirmasada, butun o'suv davrida fosforning ta'minoti bir xil darajada bo'lishi lozim. Shuning uchun o'tloqi - bo'z tuproqlar sharoitida fosfor saqlovchi o'g'itlarni muddat va me'yorlarini o'rganish ilmiy va amaliy axamiyatga ega.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Tajribalar 8 variant 4 takrorlikda,

л

dalaning uzunligi 20 m, eni 2,8 m, bitta paykalning maydoni 56 m , hisobga

л

olinadigan maydon esa 28 m , paykallar to'rt yarus qilib joylashtirildi.

Tajriba ob'yekti - Tadqiqot ob'yekti sifatida fosfor saqlovchi o'g'itlardan ammofos (Ram) 11-12 % N, 46 % - R2O5, Ps-agro (Pps-agro) 4-6 % N, 41-44 %, R2O5, 5-7 % SO3 saqlaydi. Azotli o'g'it sifatida NH4NO3 (N - 34,5) va kaliyli o'g'it sifatida KCl (K2O - 56-60 %) ishlatildi.

Dala tajribalari umumqabul qilingan «Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi», «Методика полевого опыта в овощеводстве» asosida olib borildi. Olingan ma'lumotlar B.A.Dospexov bo'yicha dispersion, korrelyatsion, resression va V.G.Mineyev bo'yicha bioenergetik samaradorlik tahlil qilindi.

Olingan natijalar va ularning ma'nosi: Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida turli fosfor saqlovchi o'g'it turlari va me'yorlari shirin qalampir hosildorligiga ijobiy ta'sir ko'rsatar ekan. Jumladan, nazorat-o'g'itsiz variantida o'rtacha 146,7 sG'ga hosil olingan bo'lsa, N200K90 variantida 268,1 sG'ga hosil olindi. Turli fosfor saqlovchi o'g'itlarning

me'yorlari qo'llanilganda o'rtacha hosildorlik 326,6 - 369,7

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

sG'ga hosil olindi. Nazorat - o'g'itsiz variantiga nisbatan 180,6 - 223,7 sG'ga qo'shimcha hosil olindi. Eng yuqori ishonarli hosil N200K90 fonida fosfor saqlovchi o'g'itlarni 100 kg/ga qo'llanilgan variantlarda aniqlandi. (1-jadval).

1 - jadval

Turli fosfor saqlovchi o'g'it turlari va me'yorlarining shirin qalampir hosildorligiga ta'siri, s/ga

№ Variantlar Takrorliklar bo'yicha hosildorlik O'rtacha hosildorlik

I II III IV

1. Nazorat-o'g'itsiz 148,7 140,5 150,3 147,2 146,7

2. N200K90 - fon 265,7 273,4 257,2 276,1 268,1

3. FonQ R ammofos (100 kgG'ga) 355,6 350,3 353,9 370,6 357,6

4. Fon Q R suprefos NS (100 kgG'ga) 346,5 352,3 354,4 358,7 353,0

5. FonQR ps-agro (80 kgG'ga) 335,4 334,4 326,5 310,2 326,6

6. FonQR ps-agro (100 kgG'ga) 354,1 361,7 359,3 351,1 356,6

7. FonQR ps-agro (120 kgG'ga) 372,4 355,3 350,1 362,3 360,0

8. FonQR ps-agro (140 kgG'ga) 377,3 369,7 379,6 352,1 369,7

Fosfor saqlovchi (PS-agro) o'g'it me'yorlari va shirin qalampir orasidagi korrelyatsion bog'liqlik tahlil qilindi. Tahlil natijalariga ko'ra ular orasidagi bog'liqlik to'g'ri chiziqli yqaxQb regressiya tenglamasiga bo'ysinib, korrelyatsiya koeffitsiyenti r=0,94 ga teng ekan (1 - rasm).

PS-agro yfMT меъёрлари, кг/ га

1 - rasm. Fosfor saqlovchi (PS-agro) o'g'it me'yorlari va shirin qalampir orasidagi korrelyatsion bog'liqlik

October 5-6

292

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022 Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative Google Scholar indexed_Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

Xulosalar: Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida shirin qalampirdan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda fosfor saqlovchi o'g'itlarni N200K90 fonida 100 kgG'ga (R2O5 hisobida) qo'llash tavsiya etiladi. Fosfor saqlovchi (PS-agro) o'g'it me'yorlari va shirin qalampir orasidagi korrelyatsion bog'liqlik to'g'ri chiziqli yqaxQb regressiya tenglamasiga bo'ysinib, ular orasidagi bog'liqlik tig'iz (korrelyatsiya koeffitsiyenti r q 0,94) bo'lganligi aniqlandi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 4 martdagi 121-son "Mavjud yer maydonlaridan samarali foydalanish va 2021 yil hosili uchun qishloq xo'jaligi ekinlarini oqilona joylashtirish to'g'risida"GI QARORI.

2. Azimov B.J., Azimov B.B. Sabzavotchilik, polizchilik va kartoshkachilikda tajribalar o'tkazish metodikasi. - Toshkent. 2002. - 224 b.

3. Dospexov B.A. Методика полевого опыта., Agropromxizmat. 1985.- 351 s.

4. Maxmatmurodov A.U., Umurzakov E. Влияние норм и форм фосфорных удобрений на ассимиляционную продуктивность кукурузы повторного посева. // Актуальные проблемы современной науки //Moskva, 2017.

5. Maxmatmurodov A.U., Umurzakov E. Рост и развитие корневой системы кукурузы при разных фосфатных режимах. // Актуальные проблемы современной науки. //Moskva, 2017.

6. Mineyev V.G. Agroximiya. M.: MGU, 2004. - S 710-714.

7. Xayitov M.A., Mashrabov M.I. Zarafshon vodiysi sug'oriladigan tuproqlari fosfat rejimi shakllanishining ilmiy asoslari. Monografiya. "Navro'z" 2018. 238 bet.

8. Shoniyozov B.K., Ortikov T.K Внесение удобрений и формирование урожая амаранта//Актуальные проблемы современной науки Ж,, Moskva № 2(125) 2022.35-39 s.

9. Bobomirzaev P.X., Tursunov Sh. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley Journal of Hunan University (Natural Sciences) Vol. 49. No. 01. January 2022

10. Rizayev Sh.X. Effektivnost agrotexnicheskix i ximicheskix mer borbo' s sornyakami na pshenichno'x polyax. Aktualno'ye voproso' sovremennoy nauki. Nauchno'y jurnal, Rossiya. № 1 (13), 2017.23-27 s.

11. Rizaev Sh.X. Effekt of agrotechnikal measures on the agrophysikal properties of the soil. International Journal of Innovation Engineering and Management Research [IJIEMR]". ISSN. 2456-5083. Vol-09, Issue-11 Nov-2020. -P: 64-67.

12. Rizaev Sh.X. The influence of agro-technical and chemical weeds control measures and yield of autumn wheat in Zarafshon valley of Uzbekistan. Plant Cell Biotechnology and Molecular Biology 22 (67&68): 38-46 England. 2021 ISSN: 0972-2025.

October 5-6

293

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.