Научная статья на тему 'SIRLI ZAFARON O'SIMLIGI VA UNING DORIVOR XUSUSIYATLARI'

SIRLI ZAFARON O'SIMLIGI VA UNING DORIVOR XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
4896
153
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ziravorlar sultoni / aromo-birikma / za’faron yog’i / zotiljam / ketonlar va aldegidlar / shafranal. / spice sultan / aromatic compound / saffron oil / zotilam / ketones and aldehydes / safranal.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — G. Hosinova

Ushbu maqolada za’faron o’simligining amaliy ahamiyatini o’rganish haqida yoritilgan. Shuningdek, za’faron o’simligi, uning sistematik o’rni, uning amaliy ahamiyati, qadimda da’vo bo’lgan kasalliklari haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MYSTERIOUS SAFFRON PLANT AND ITS MEDICINAL PROPERTIES

This article discusses the practical significance of the saffron plant. Information was also given about the saffron plant, its systematic place, practical significance and diseases, which were approved in antiquity.

Текст научной работы на тему «SIRLI ZAFARON O'SIMLIGI VA UNING DORIVOR XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

SIRLI ZAFARON O'SIMLIGI VA UNING DORIVOR XUSUSIYATLARI

Ho'sinova Gulasal

UrDU Biologiya yo'nalishi III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7068368 Annotatsiya. Ushbu maqolada za'faron o'simligining amaliy ahamiyatini o'rganish haqida yoritilgan. Shuningdek, za'faron o'simligi, uning sistematik o'rni, uning amaliy ahamiyati, qadimda da'vo bo'lgan kasalliklari haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: ziravorlar sultoni, aromo-birikma, za'faron yog'i, zotiljam, ketonlar va aldegidlar, shafranal.

РАСТЕНИЕ ЗАГАДОЧНЫЙ ШАФРАН И ЕГО ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА Аннотация. В данной статье рассматривается практическое значение растения шафран. Также были даны сведения о растении шафран, его систематическом месте, практическом значении и болезнях, которые утверждались еще в древности.

Ключевые слова: султан пряностей, ароматическое соединение, шафрановое масло, зотилям, кетоны и альдегиды, сафраналь.

MYSTERIOUS SAFFRON PLANT AND ITS MEDICINAL PROPERTIES Abstract. This article discusses the practical significance of the saffron plant. Information was also given about the saffron plant, its systematic place, practical significance and diseases, which were approved in antiquity.

Keywords: spice sultan, aromatic compound, saffron oil, zotilam, ketones and aldehydes, safranal.

KIRISH

Dorivor o'simliklar xomashyo bazasidan samarali foydalanish, kasalliklarning oldini olish va davolashda dorivor o'simliklarni keng qo'llash, dorivor o'simliklarning madaniy plantatsiyalarini barpo etayotgan tadbirkorlik subyektlarini qo'llab-quvvatlash orqali chuqur qayta ishlashni tashkil etish hamda qo'shimcha qiymat zanjirini yaratish maqsadida tumanlar qizilmiya, za'faron, kavrak, lavanda, steviya, moychechak, na'matak, ravoch, mavrak, dalachoy, tog'rayhon, bo'ymadaron, kiyik o'ti, kovul, qalampir yalpiz va boshqa dorivor o'simliklar yetishtirish bo'yicha hududlar kesimida ixtisoslashtiriladi. Bunda, 2022-yildan 2026-yilgacha 36000 gektar maydonda yangi dorivor o'simliklar plantatsiyalari tashkil etiladi.

Shavkat Mirzayev

Qadimiy xalqlar dasturxoni bezagi, ziravorlar sultoni, bir urug'palli o'simliklar sinfi Gulsafsardoshlar Iridaceae oilasi vakili bo'lgan beqiyos hidga va ta'mga ega bo'lgan za'faron o'simligi O'rta yer dengizining noma'lum turidan kelib chiqqan deb tahmin qilinadi. Za'faron -crocus sativus o'simligi uchta gomologik xromosomalar yig'indisini o'zida jamlaganligi (24 ta xromosoma) va har bir xromosoma to'plami o'ziga xos shaklga va hajmga ega ekanligi sababli uni urug'idan ko'paytirish imkoni mavjud emas. Za'faron piyozchalari orqali vegetativ usul orqali ko'paytiriladi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Juda erta asrlardan tabiblar za'faron o'simligini tinchlantiruvchi, og'riq qoldiruvchi vosita sifatida qo'llab kelganlar. Buyuk ajdodimiz Ibn Sino za'faron haqida: «...Burishtiruvchi va erituvchidir. Bunda burishtirish va yelimlar xususiyati bo'lganidan yetiltiruvchi hamdir. Issiqligi mo'tadil bo'lib, tiqilmalarni ochadi: Sasishni tuzatib, ichki a'zolarni kuchaytiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Za'faron ichish rangni chiroyli, ko'zni ravshan, yurakni quvvatli qiladi. Balg'am ko'chishini osonlashtiradi va nafas a'zolarini kuchli qiladi».

Kundalik ovqat tarkibiga o'simlik ziravoridan solish orqali aqliy faoliyatni faollashtirish, terlashni pasayishiga erishish, ishtahani yaxshilash, ovqat hazm qilishni yaxshilash va metabolizmni jadallashtirishga erishish mumkin. Muntazam ravishda za'faronli choydan ichib borish jigar va buyrakni tozalanishiga va ish faoliyatini yaxshilanishiga, jigar sohasidagi shishlarni qaytishiga ko'mak beradi. Hatto za'faron suvini asal bilan qo'shib tayyorlangan darmon yordamida buyrak va o't qopidagi toshlarni erishiga ham guvoh bo'lishimiz mumkin.

Za'faron o'simligidan tayyorlangan damlamani doimiy qabul qilish bosh og'riqlari, yurak va jigar sanchiqlarini kamayishiga va qolib ketishiga olib keladi. Organizmda serotonin garmoni ishlab chiqarilishini jadallashtirganligi sababli xursandchilik kayfiyatini hosil qiladi va yurak siqilishi, g'ashlikni ketkazadi. Stress holatidan chiqishga yordam beradi, miyadagi turli hayollar va qo'rquv, vasvasa holatlarini bosilishiga sabab bo'ladi. Za'faron tarkibida eng muhim biologik faol moddalardan krosetin va glikozid krosein mavjudligi sababli tezda so'riladi va miya, qon-tomirlar tiqinlarini ochadi, qotib qolgan qonlarni eritadi, natijada qon bosimi mo'tadillashadi, umumiy tana qon aylanishi yaxshilanadi, miyaga toza qon va kislorodning yetib borishi qulaylashadi.

TADQIQOT NATIJALARI

Za'faron tarkibida krotsin karatinoid krosetinning digentibiyoz efiri borligi sababli uni xushbo'yligi ta'rifiga til ojiz. Shu sababdan zotiljam kasalligida bemorga za'faron hidlatish samarali hisoblanadi. Za'faron hidlagan bemor tinchlanadi va osuda uyquga ketadi. Za'faron yog'i yordamida nafas yo'llarini tozalash va ravonlashtirish, nafas olish sistemasi a'zolarini ish faoliyatini kuchaytirishga erishish mumkin.

Za'faronning xushbo'yligini ta'minlovchi yana bir muhim modda 2-gidroksi-4,4,6-trimetil-2,5-siklogeksadien-1-on bo'lib, bu modda yordamida za'faron quritilganda pichanga o'xshash hid beradi. Natijada za'farondan o'ziga xos ta'm kelib chiqadi va uning vositasida yeguliklarga maza kiritadi. Za'farondan tayyorlangan ziravor ta'mi o'tkirligini achchiq glyukozid pikrokrotsin ta'minlaydi. a-krotsin karotenoid pigment va a-krosin yordamida qaynatilgan va dimlangan guruchga o'ziga xos ta'm bilan birgalikda yorqin rang ham hosil qilish mumkin.

Melanxoliya va ruhiy tushkunlik, qo'rquv holatlarini yengillashtirishda za'faron choyi tavsiya qilinadi. Za'faron antisplazmotik, diuretik va yallig'lanishlarga qarshi qo'llanilganda samarali foyda beradi. Quruq bronxit, qizamiq, ko'k yo'tal kabi surunkali kasalliklarni yengillashtirishda ham za'farondan bemalol foydalanish mumkin. Za'faron tarkibidagi antimutagen xususiyat saraton o'smalarini rivojlanishiga to'sqinlik qiladi va bir me'yorda ushlab turishga yordamlashadi. Ushbu xususiyatli birikma - kempferol za'faron gulbarglarida joylashgan.

MUHOKAMA

Za'faron tarkibidagi shafranal aromo-faol birikmalari inson kayfiyatini ko'taradi, xotirani yaxshilaydi, o'rganish ishtiyoqini oshiradi, miya hujayralarini oksidlovchi stressdan muhofaza qilib turadi. Qadimdan za'faron issiq sut bilan aralashtirilib ichilgan, bu o'z navbatida bosh miya to'qimalarining o'sishiga yordam beradi, xotirani kuchaytiradi va ko'rish qobiliyatiga ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Za'faronni suvda qaynatib iliq holida oz-ozdan boshdan quyish uyquni maromiga keltiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Za'faron tarkibida ketonlar va aldegidlar ustunlik qiladigan 28 ga yaqin uchuvchi va xushbo'y birikmalar bo'lib, uning ko'rish sistemasiga ham ijobiy ta'sirlari o'rganilgan. Yoshga bog'liq buzilishlarni oldini oladi, ko'rish sistemasidagi yo'qotilgan keskinlikni, shikastlangan fotoretseptorlar hujayralarini qayta tiklaydi. Ko'zga tushuvchi nazlalarni to'xtatadi va ko'zga tushgan pardaga qarshi foyda beradi. Keksalik yoshidagi insonlar doimiy za'farondan qabul qilishi esa kataraktani oldini olib turadi.

XULOSA

Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, ziravorlar sultoni va dorivor o'simliklar ko'rki bo'lgan za'faron crocus sativus asrlar davomida insonlarga turli hastaliklarda yordam berib kelgan. Ugungi kunga kelib prezidentimiz tasahbbusi bilan ushbu noyob o'simlik kata plantatsiyalarga ko'chirib o'tkazilmoqda va mamlakatimiz aholisi salomatligini tiklashda keng qo'llanilmoqda.

REFERENCES

1. Dhar, Manoj K; Sharma, Munish; Bhat, Archana; Chrungoo, Nikhil K; Kaul, Sanjana (28 March 2017). "Functional genomics of apocarotenoids in saffron: insights from chemistry, molecular biology and therapeutic applications (Review)". Briefings in Functional Genomics.

2. Musayeva, S., & Raxmanova, A. (2022). ANALYSIS OF MARKETING ACTIVITIES IN JSC" KHOVRENKO" OF SAMARKAND REGION. Science and innovation, 1(A5), 130134.

3. Amanpour, Asghar; Sonmezdag, A. Salih; Kelebek, Hasim; Selli, Serkan (2015). "GC-MS-olfactometric characterization of the most aroma-active components in a representative aromatic extract from Iranian saffron (Crocus sativus L.)". Food Chemistry.

4. Abdullaev 2002, p. 1.

5. Musayeva, S. (2022). WAYS TO ORGANIZE AND DEVELOP MARKETING RESEARCH IN THE LABOR MARKET. Science and innovation, 1(A5), 99-105.

6. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - T. 2. -№. 1. - C. 38-42.

7. Musayeva, S. (2022). PROBLEMS OF INNOVATION MARKETING DEVELOPMENT IN TEXTILE AND SEWING-KNITTING ENTERPRISES OF THE REPUBLIC OF UZBEKISTAN. Science and innovation, 1(A5), 28-32.

8. Hosseini A, Razavi BM, Hosseinzadeh H (2018). "Pharmacokinetic Properties of Saffron and its Active Components". European Journal of Drug Metabolism and Pharmacokinetics.

9. Avitsenna.uz

10. https://lex.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.