Научная статья на тему 'ZA’FARON O’SIMLIGINING AYOLLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI'

ZA’FARON O’SIMLIGINING AYOLLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
662
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
an’anaviy kosmetologiya / erkin radikal hosil qiluvchi moddalar / antioksidant / za’faron stigmalari. / traditional cosmetology / substances that generate free radicals / antioxidant / saffron stigmas.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — G. Ho’Sinova, S. Madaminov, G. Karimova, D. Nurullayev

Ushbu maqolada za’faron o’simligining kosmetologiyadagi ahamiyati, qadimdan ayollar tomonidan turli parvarishlar uchun qo’llanilib kelingan parvarish retseptlari, za’faron o’simligi yordamida go’zallik sirlarini ochish haqida ma’lumotlar berib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE VALUE OF SAFFRON IN A WOMEN'S LIFE

This article provides information about the significance of the saffron plant in cosmetology, care recipes used by women since ancient times for various types of care, and revealing the secrets of beauty with the help of the saffron plant.

Текст научной работы на тему «ZA’FARON O’SIMLIGINING AYOLLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ZA'FARON O'SIMLIGINING AYOLLAR HAYOTIDAGI AHAMIYATI

Ho'sinova Gulasal

UrDU, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya yo'nalishi, IV bosqich talabasi

Madaminov Sulaymon

UrDU, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya yo'nalishi, IV bosqich talabasi

Karimova Gulnoza

UrDU, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya yo'nalishi, IV bosqich talabasi

Nurullayev Davron

UrDU, Tabiiy fanlar fakulteti, Biologiya yo'nalishi, III bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7072393

Annotatsiya. Ushbu maqolada za'faron o'simligining kosmetologiyadagi ahamiyati, qadimdan ayollar tomonidan turli parvarishlar uchun qo'llanilib kelingan parvarish retseptlari, za'faron o'simligiyordamidago'zalliksirlarini ochish haqida ma'lumotlar berib o'tilgan.

Kalit so'zlar: an'anaviy kosmetologiya, erkin radikal hosil qiluvchi moddalar, antioksidant, za'faron stigmalari.

ЗНАЧЕНИЕ ШАФРАНА В ЖИЗНИ ЖЕНЩИН

Аннотация. В данной статье представлена информация о значении растения шафран в косметологии, рецептах ухода, используемых женщинами с древних времен для различных видов ухода, и раскрытии секретов красоты с помощью растения шафран.

Ключевые слова: традиционная косметология, вещества, генерирующие свободные радикалы, антиоксидант, рыльца шафрана.

THE VALUE OF SAFFRON IN A WOMEN'S LIFE

Abstract. This article provides information about the significance of the saffron plant in cosmetology, care recipes used by women since ancient times for various types of care, and revealing the secrets of beauty with the help of the saffron plant.

Keywords: traditional cosmetology, substances that generate free radicals, antioxidant, saffron stigmas.

KIRISH

Xalqimiz azal-azaldan Ona siymosini, Ayol zotini Yaratganning ulug' ne 'mati, tengsiz mo'jizasi, deb biladi, uni hamisha ardoqlab-asrab yashaydi. Yurtimiz zaminidagi "Bibixonim ", "Qizbibi", "Modarixon", "Qirqqiz" majmuasi kabi tabarrukme 'moriy obidalar ham ana shunday azaliy

yuksak e 'tibordan dalolat beradi.

Ayni paytda biz insoniyat taraqqiyotiga unutilmas va beqiyos hissa qo'shgan buyuk ajdodlarimizni dunyoga keltirib, mehr bilan tarbiyalagan, ularni ulug'vor ishlarga ruhlantirib,

kamarbasta bo'lgan fozila ayollarimiz bilan albatta faxrlanamiz.

Shavkat Mirziyoyev

Asrlar davomida Osiyo xalqlarining ko'z nur bo'lib kelgan za'faron o'simligi ziravorlar sultoni bo'libgina qolmay, an'anaviy kosmetalogiyada qirolicha ham hisoblanadi.

Rivoyatlarga ko'ra, qadimda kibor xonadon vakilalari tug'ish oldidan za'faron choyini iste'mol qilishgan. Buning asosiy sababi za'faronli choy tug'ruq jarayonidagi og'riqlarni biroz bo'lsada kamaytirardi va tug'ruqdan keyingi bo'ladigan holsizlik hissini oson yo'q qilardi.

Bundan tashqari za'faron ayollarning sevimli kosmetik yordamchisi ham bo'lgan. Za'faron va asaldan tayyorlangan niqob yuzlardagi ajinlarni tekislaydi va yuzni namlantiradi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ayollar za'faronli niqoblarning parvarishlovchi xususiyatidan unumli foydalanganlar. Za'faronli niqob yuz terisi rangini yaxshilaydi, teridagi tirnalgandan hosil bo'lgan chandiqlarni bartaraf qiladi, husunbuzarlar va turli dog'lardan qolgan izlarni yo'qotadi, qurigan va rangsizlangan terini qayta tiklaydi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Uzoq asrlar davomida za'faron ayollarga tetiklashtiruvchi, hayz jarayonidagi og'riqlarni qoldirish va jarayonni mo'tadillashtirish, tug'ruq jarayoni va undan keyingi og'riqlarni qoldirish, qonli ich ketishni oldini olish, tuxumdon shamollashini davolash, ko'z xiraligi va ko'zga parda kelishi, kabi muhim ko'maklarni berib kelgan.

Za'faron tarkibida C vitamin va antioksidantlar mavjudligi sababli terini kuchli ultrabinafsha nurlardan himoya qiladi va tozalaydi. Natijada yuzning oqarishi va tiniqlashiga sabab bo'ladi. Antioksidantlar yordamida esa erkin radikallar hosil qiluvchi moddalar erib, yuvilib ketadi. Buning natijasida yuzlarga tushishi mumkin bo'lgan dog'lar va husnbuzalardan forig' bo'lish mumkin.

Agar sizning yuzingizda uzoq muddatli giperpigmentatsiya mavjud bo'lsa, za'faron siz uchun ajoyib yechim bo'la oladi. Chunki za'faron yuqori vitamin tarkibiga ega, hamda uning bu kuchi sizda hech qanday allergik holatlar keltirib chiqarmaydi. Sababi, za'faron stigmalari yig'ib olingach eng kamida 6 oy davomida maxsus quritiladi. Bu jarayon uning tarkibidagi aksi ta'sir qiluvchi moddalarning parchalanishiga sabab bo'ladi.

Za'faron tarkibidagi 4-ketoizoforon va digidrooksoforon, karotinoidlar zeaksantin, likopen, turli a- va b-karotinlar, shuningdek, eng biologik faol komponentlar bo'lgan krosetin va uning glikozid krosein bo'lganligi sababli esa erta qarishni oldini oladi. Za'faron tarkibida o'nlab tinchlantiruvchi moddalar, glyukozid pikrokrotsin bo'lib, insondagi stress holatini bostiradi.

Ma'lumki, ayollar doimiy mehnat bilan band bo'ladilar. Ulardagi horg'in chehrani bartaraf qilishda ham za'faronning kuchini yaqqol ko'rish mumkin. Sandal daraxti, atirgul suvi va za'faron stigmalari qo'shib tayyorlangan niqob yuzdagi horg'inlik alamotlari va ko'z osti qorayishlarini yashiradi. Undagi tinchlantiruvchi moddalar teri orqali qon tomirlarga tushib, horg'inlik hissini bosadi va tinchlantiradi. Natijada siz bemalol kun davomida tetik va bardam, horg'inlik alomatlarisiz yurishingiz mumkin bo'ladi.

TADQIQOT NATIJALARI

Jigarrang shakar bilan aralashtirib tayyorlangan za'faron stigmalari esa tizza va tirsaklarni tozalashga, tananing shu qismidagi dag'al terini oson tushirishga va porlashiga olib keladi.

Odatda ayollar yuzni oqartirish uchun turli toniklardan foydalanadilar. Biroq nozik yuz sohibalari turli toniklardan keyin husnbuzarlardan aziyat chekadilar. Za'faron stigmalari atirgul suvida biroz qoldirilib yuzga surilganda ajoyib tonik effektini berishi tajribalarda kuzatilgan.

Bodom moyining sochlarni rag'batlantiruvchi xususiyati hammamizga ma'lum. Agar bu parvarish jarayonida bodom moyiga za'faron stigmalarini solib qo'llasak, bosh terisidagi qon tomirlar kengayishiga, terining erkin nafas olishiga ko'maklashadi. Agar aralashmani ko'proq tayyorlab qo'ygan bo'lsangiz tashlab yuborishga shoshilmang. Sababi bu aralashma yuzlarni ham to'yintirish xususiyatiga ega.

MUHOKAMA

Dunyodagi ko'plab parfumeriya va kosmetologik vositalar ishlab chiqaruvchi korxonalar ro'yxatida doimo za'faronni uchratish mumkin. Chunki za'faron yuzlar, tirnoqlar, sochlar uchun

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 5 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

rag'batlantiruvchi, hamda allergik holatlar keltirib chiqarmaganligi sababli qulay va ajoyib tanlov hisoblanadi.

Bundan tashqari za'faron tarkibidagi shafranal, 4-ketoizoforon va digidrooksoforon, 8,8-diapo-8,8-karotin kislotasi, krotsin karotinoid krosetinning digentiobiyoz efiri o'zidan o'ta hushbo'y va yoqimli ifor tarqatadi. Za'faron niqoblari va aralashmalaridan foydalanganda uning hushbo'yi teriga singadi va biroz muddat uning o'tkir ifori taralib turadi.

Za'faron stigmalarini yig'ib olish murakkab jarayonligi va ko'plab mehnat va sarf -harajat talab qilishi unga bo'lgan talabni kamayishiga sabab bo'la olmaydi. Aksincha yildan-yilga za'faron stigmalariga bo'lgan talab ortib bormoqda va dunyo bozorlarida za'faron yuqori o'rinlarda sotilmoqda. XULOSA

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, za'faron o'simligi turli hastaliklarga da'vo, og'riqlarni yengillashitiruvchi, tana va teri uchun ajoyib parvarishchi. Bugungu kunda za'faron o'simligiga bo'lgan talabning ortishi uni ko'plab hududlarda plantatsiyalarini yaratishga, yetkazib berish xizmatlari va qadoqlash, ishlov berish kabi jarayonlarni olib borishga undamoqda. Bu esa o'z navbatida xalqimiz uchun tabiiy vositalardan foydalish, kimyoviy moddalar orqali zaharlanishni oldini olishga ko'mak bermoqda.

REFERENCES

1. Lak, Daniel (11 November 1998). "Kashmiris pin hopes on saffron".

2. Hosseini A, Razavi BM, Hosseinzadeh H (2018). "Pharmacokinetic Properties of Saffron and its Active Components". European Journal of Drug Metabolism and Pharmacokinetics.

3. Verjee S, Garo E, Pelaez S, Fertig O, Hamburger M, Butterweck V. Saffron flower extract promotes scratch wound closure of keratinocytes and enhances VEGF production.

4. Sobirov J. X. O., Komiljanova E. U. Q., Sharifboyeva H. I. Q. XORAZM VILOYATIDA AGRAR SOHANING EKSPORT SALOHIYATINI KENGAYTIRISHDA AYRIM NOAN'ANAVIY TARMOQLARDAN FOYDALANISH ISTIQBOLLARI VA RIVOJI //Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences. - 2022. - Т. 2. -№. 1. - С. 38-42.

5. www.byrdie.com.

6. wikipedia.org.

7. www.healthline.com.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.