Научная статья на тему 'TRITIKALE OZIQ-OVQAT, YEM-XASHAK EKINI'

TRITIKALE OZIQ-OVQAT, YEM-XASHAK EKINI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

154
34
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tritikale / yangi oziq-ovqat / yem-xashak ekini / kelib chiqishi / ahamiyati / hosildorlik / biologiya / seleksiya. / тритикале / новый продовольственный / кормовая культура / происхождение / значение / урожайность / биология / селекция.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Sh. Sh Berdiqulov, P. X Bobomirzaev, Sh. N Tursunov, X. F Botirov

Maqolada tritikale ekini kelib chiqishi, biologiyasi ustida olib borilayotgai tadqiqotlarni adabiyotlar tahlili bo‘yicha olingan ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье изложены сведения, полученные в результате анализа литературы исследований по происхождению и биологии культур тритикале.

Текст научной работы на тему «TRITIKALE OZIQ-OVQAT, YEM-XASHAK EKINI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TRITIKALE OZIQ-OVQAT, YEM-XASHAK EKINI

Sh. Sh Berdiqulov

TDAU Samarqand filiali 1-bosqich, magistranti,

P. X Bobomirzaev

TDAU Samarqand filiali prof.v.b, q.x.f.d (DSc),

Sh. N Tursunov DDEITI SF direktori

X. F Botirov

DDEITI SF direktori o'rinbosari

ANNOTATSIYA

Maqolada tritikale ekini kelib chiqishi, biologiyasi ustida olib borilayotgai tadqiqotlarni adabiyotlar tahlili bo'yicha olingan ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: tritikale, yangi oziq-ovqat, yem-xashak ekini, kelib chiqishi, ahamiyati, hosildorlik, biologiya, seleksiya.

АННОТАЦИЯ

В статье изложены сведения, полученные в результате анализа литературы исследований по происхождению и биологии культур тритикале.

Ключевые слова: тритикале, новый продовольственный, кормовая культура, происхождение, значение, урожайность, биология, селекция.

ABSTRACT

The article presents information obtained as a result of the analysis of the literature on the origin and biology of triticale cultures.

Keywords:, triticale, new feed, fodder crop, morphobiology, origin, value, productivity, biology, breeding.

Kirish. Dunyoda 2004 yilda 3,04 mln. ga ekinlar, yalpi hosili 13,7 mln. tonna, hosildorlik 11,1 s/ga tashkil etgan. O'zbekistonda tritikale asosan kuzda sug'oriladigan va lalmikor yerlarda yetishtiriladi.

May 12-13

469

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Sug'oriladigan yerlarda, Surxandaryo viloyati sharoitida gektaridan 350-600 s yashil massa hosili olingan. Don hosili suvlikda 50-60 s/ga yetadi. Lalmikorlikda doni uchun yetishtiriladi [1].

R.Siddiqov va boshqalarning ma'lumotiga ko'ra, hozirgi kunda dunyoda 90 foizga yumshoq bug'doy, 9-9,5 foizga qattiq bug'doy, 0,5-0,7 foiziga tritikale ekiladi

O'zbekistonda tritikale 4,0 ming gektar maydonga ekilib, asosan Sirdaryo, Samarqand viloyatlari va Koraqalpog'iston respublikasida ko'proq ekiladi.

Dunyoda oziq-ovqat xavfsizligini yanada mustahkamlash hamda aholini parhez mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qondirishda boshoqli don ekinlari, jumladan tritikale navlari hosildorligi va sifatini oshirish maqsadida tritikale yetishtirish agrotexnologiyalarini to'g'ri va o'z muddatida olib borish kerak. Tritikale navlaridan turli tuproq-iqlim sharoitlarga mos yetishtirish agrotexnologiyalarini to'g'ri olib borish hisobiga yuqori va sifatli don hosili olishga erishilmoqda. Bunda navlar biologik xususiyatlariga mos maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini to'g'ri tanlash o'simliklarning qishga chidamligi va yotib qolishga bardoshligini oshirib, ulardan yuqori va sifatli don hosili olishni ta'minlaydi. Ayniqsa, tritikale (lat. xTriticosecale, lat. triticum - bug'doy va lat. secale - javdar) -amfidiploid javdar va bug'doy )ning biologik kuzgi navlarini sug'oriladigan yerlar sharoitida maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini o'rganish asosida yetishtirish agrotexnologiyalarini takomillashtirish bo'yicha olib boriladigan tadqiqotlar muhim ahamiyatga ega.

Mamlakatimiz aholisining hozirgacha import qilinayotgan oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojini qisman bo'lsada qondirish uchun tritikalening yangi navlarini yaratish, maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini to'g'ri belgilash hamda yetishtirish agrotexnologiyalarini ishlab chiqish va mavjudlarini takomillashtirish bo'yicha olib boriladigan ilmiy-tadqiqotlar dolzarb hisoblanadi. Rossiyada G. M. Meyster, V. N. Lebedov, V. Ye. Pisarov, A.I. Derjavinlar (1939) tritikaleni hosil bo'lishini o'rganishgan va duragaylarini yaratishgan.

Tritikalenini sug'oriladigan yerlarda yetishtirish bo'yicha ilmiy tadqiqot ishlari A.Ye.Aydiev, V.T.Novikova, V.M.Dudkin, A.M.Amelin, Ye.F.Azarova, A.I.Graboves, A.V.Kroxmal, L.G.Gruzdev, Jebrak E.A., Novikov N.V, R.Oripov, N.Xalilovlar ilmiy izlanishlar olib borishgan. Hozirda tritikaleni yangi serhosil,

[2].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kasalliklarga, yotib qolishga chidamli navlarini yaratish va ularni yetishtirish texnologiyasini takomillashtirish bo'yicha dunyoning turli mamlakatlarida ilmiy-tadqiqot ishlari olib borilmoqda[3;4;5;7;1].

Adabiyotlar tahlili va biologik xususiyatlari. Tritikale bug'doy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi o'simlik avlodi. Tritikale o'simligida bug'doy donining sifati va javdar o'simligining noqulay sharoitga chidamlilik hususiyatlari mujassamlashgan. Triticale nomi Triticum (bug'doy) va Secale (javdar) so'zlarining birinchi qismlarini qo'shilishidan hosil bo'lgan. Tritikale bug'doy-javdar duragayi amfidiploidlarga mansub. Dastlab bug'doy-javdar duragayi Germaniyada yaratilgan[1].

Tritikale O'zbekistonda keng tarqalgan yangi oziq-ovqat, yem-xashak ekini. U serhosil, kasalliklarga, yotib qolishga va boshqa noqulay sharoitlarga chidamli o'simlik. Doni oqsil va lizin, triptofan singari almashtirilmaydigan aminokislotalarga boy. Bug'doy va javdarga nisbatan donida oqsil 1-4 % ko'p. Kleykovinaning miqdori bug'doynikiga teng yoki 3-4 % ko'p, ammo sifati past. Shuning uchun tritikale donining non yopish hamda tegirmonboplik sifatlari bug'doynikidan past. Bug'doy uniga tritikale uni 20-30 % qushilib non yopilsa, non sifati yaxshilanadi. Tritikale doni konditer sanoatida, pivo pishirishda, omixta yem tayyorlashda foydalaniladi. O'zbekistonda tritikale oraliq ekin sifatida, yashil massasi uchun ham o'stiriladi. Erta bahorda yetishtirilgan yashil massasi bevosita oziqa sifatida hamda, ertagi silos, o't uni, briket, granula tayyorlashda ishlatiladi. Uning silosi va yashil massasi tarkibida hazmlanadigan oqsil bug'doy va javdarnikiga nisbatan 1 % ko'p, yaxshi hazmlanadi, xushxo'r [1].

Tritikale donlarining unib chiqishi uchun bug'doynikiga qaraganda kamrok suv talab etiladi. aynan shu bilan tritikaleda unib chiqishning tez bo'lishi (2-3 kun oldin) kuzatiladi. Unib chiqish uchun optimal sharoit 18-250S va tuproqda 25 mm namlikning mavjudligi sanaladi. Tritikalening ko'karish jarayoni bug'doyniki kabi kechadi. Murtak ildizchalari paydo bo'ladi dastlab asosiysi keyin ketma-ketlikda ildizning 1 va 2 juftliklari va ulardan keyingina koleoptile bo'g'imiga tegishli ildizchalar o'sa boshlaydi. Keyin bug'doynikiga qaraganda ancha tezroq murtak ildizlarining keyingi juftligi paydo bo'ladi [8].

Tritikale juda qisqa vaqt ichida inson ko'li bilan yaratilgan ekin hisoblanadi. Boshqa barcha qishloq xo'jaligi ekinlari shakllanishiga asos bo'lgan ming yillik evolyusiya jarayonlari uni chetlab o'tgan. Shuning uchun seleksionerlar oldida tritikale genofondani sezilarli darajada oshirish vazifasi turibdi. Buning uchun olimlar embrionii suniy ozuqa muhitida

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yetishgirish, duragaylash va xromosomalar sonini ikki barobar oshirish usullaridan foydalanadilar [13].

Kuzgi tritikalsiiig yangi yig'ib olingan urug'lari Rostov viloyatining sharoitlarida kuzgi bug'doynikiga qaraganda kamrok tinim davriga ega (15 kun). Bunaqa sharoitlarda tritikaleda yig'ib olishgacha bo'lgan davrda onalik o'simligida don unib chiqishi kabi xavfli xodisa kuzatilishi mumkin [12] .

Kuzgi tritikale hosili tarkibining asosiy elementlari navning genetik xususiyatlariga va hosil yegishtirishdagi tabiiy-iqlim sharoitiga bog'liq. Aytish mumkinki hosilni shakllantirishda ekologik sharoit muhim omil hisoblanadi [7;12].

Ko'pgina tadkikotchilarning fikriga ko'ra. aynan tritikaleda xosilning oshirish imkoniyati bug'doyga qaraganda ancha yukori [9].

Tritikale kuzgi bug'doyga qaraganda qish va ayozga chidamliroq. Qurg'oqchilik yillarida vegetatsion davrida 250 mm yog'ingarchilik kuzatilganda ko'p hosil bera oladi. Past haroratda to'plash va barcha vegetativ organlarining rivojlanishini kuchaytiradi [10].

Kuzgi tritikale navlarining muhim ko'rsatkichlaridan biri erta pisharlik xususiyatidir. Ertapishar nav - bu ontogenezning barcha bosqichlarida o'simliklarning jadal rivojlanishi, generativ organlarning erta shakllanishi, gullashi va don hosil qilishidir. Erta pishadigan navlarni yetishgirish, maqbul vaktda yig'ib olish. hosilni yig'ib olgandan keyin donni samarali qayga ishlash va yuqori sifatga ega urug'larni olish imkonini beradi [11].

Tritikale urug'lari 3-5 0S una boshlaydi. Haroratning ko'tarilishi bilan ekish unib chiqish davri tezlashadi. Unib chiqishi uchun o'rtacha optimal havo harorati 20-22 0S. Urug'lar ekilgandan keyin 6-8 kunda unib chiqadi. Harorat 35 0S oshsa urug'lar unib chiqishi to'xtaydi. Kuzgi tritikale 18-20 0S sovuqqa bardosh beradi. Sovuqqa chidamligi kuzgi bug'doynikidan yuqori, O'zbekiston sharoitida bahori shakllari ham yaxshi qishlab chiqadi. O'zbekistonda tritikale asosan kuzda tuplanadi va bir tup o'simlikda 2-6 ta poyalar hosil qiladi. Tup qalinligi kam bo'lganda tuplanish kuchayadi. Tritikale asosan o'zidan changlanadi, ammo havo issiq, quruq bo'lganda chetdan changlashi ham kuzatiladi. O'zbekistonda navlar, ekish muddatlari, qo'llanilgan agrotexnikaga bog'liq holda o'sish davri 220-250 kunni tashkil qiladi. Kuzgi tritikale, kuzgi bug'doyga nisbatan 5-10 kun kech yetiladi. Namlikka talabchan. Yetarli issiqlik, havo bo'lganda urug'lari o'z og'irligiga nisbatan 55-60 % namlikni yutib una boshlaydi. O'simlikning namlikka eng talabchan davri naychalashdan donning to'lishigacha. O'suv davrida tuproqda namlik tuproq cheklangan dala nam sig'imining 70-75 %

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

kam bo'lmasligi kerak. O'zbekiston sharoitida tritikale bo'z, o'tloq-bo'z tuproqlarda o'sadi. Mexanik tarkibi yengil, qumoq qumloq tuproqlar ham tritikale yetishtirish uchun qulay. Faqat botqoqlashgan og'ir hamda sho'r tuproqlar tritikale uchun yaroqsiz. Tuproq muhiti rN 6-7 bo'lishi ma'qul[1].

Xulosalar. Tritikale bug'doy va javdar avlodlarini chatishtirish natijasida olingan yangi o'simlik avlodi. Tritikale o'simligida bug'doy donining sifati va javdar o'simligining noqulay sharoitga chidamlilik hususiyatlari mujassamlashgan bo'lib uning tezpishar navlarnni yaratish respublika seleksioner olimlarining oldidagi asosiy muammolaridan hisoblanadi. Tezpishar navlar yerni tez bo'shatganligi sababli bir yilda yerdan 2-3 marta xosil olish imkoniyagini beradi.

Davlat reestriga kiritilgan tritikale navlarining nav agrotexnikalarini tuproq -iqlim sharoitlarini hisobga olgan holda ishlab chiqish va ishlab chiqarishga joriy etish muhim ilmiy-amaliy ahamiyatga egadir. REFERENCES

1. Oripov R.O., Xalilov N.X. "O'simlikshunoslik"- Samarqand, 2005.194 b.

2. Siddiqov R., Amanov A., Egamov I. Kuzgi bug'doy donining sifat ko'rsatgichlariga tasir etuvchi omillar// O'zbekiston qishloq xo'jaligi. -Toshkent, 2012. - № 10. -B. 26-27.

3. Айдиев А. Я., Новикова В. Т., Дудкин В. М. Экологическая селекция озимого тритикале И Роль тритикале в стабилизации производства зерна, кормов и технологии их использования: матер, межд. научно-практ. конф. Часть I. Ростов-на-Дону, 2016. - С.41-45.

4. Амелин А.В., Азарова Е.Ф. Роль сорта в формировании урожая // Земледелие. 2002 -№ 1.-С. 20.

5. Грабовец А.И.. Крохмаль А.В. Тритикале: монография // Ростовна-Дону: ООО «Издательство «Юг», 2019. С.240.

6. Груздев Л.Г., Жебрак Э.А., Новиков Н.В.Фракционный аминокислотный состав и биологическая ценность белков зерна тритикале в процессе его формирования // Известия ТСХА. - 1976. - № 2. - С. 98-109.

7. Дивашук М.Г.. Карлов Г.И., Соловьев А.А. Использование микросателлитных маркеров для идентификации пшенично-ржаной транслокации у гексаплоиднон тритикале - М.: Известия Тимирязевской сельскохозяйственной академии. 2007. - Выпуск № 1. - С. 61- 65.

8. Ригин В.Н., Казаков Е.Д.. Кретович В.Л. Биохимия зерна и продуктов его переработки // - М.: Колос, 1980. С.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

32O.Triticale: a promising addition to the world's cereal grains // Report National Academies. 1989. P. 105.

9. Мироненко Н.Н., Мироненко Д.Н. Долгогвечность семян озимой тритикале // Сб. науч. тр. —Нетрадиционные природные ресурсы, инновационные технологии и продукты!. Вып. 12. Москва. 2005. С. 181-187.

10. Николаева М. Г. Физиология глубокого покоя семян Л.: Наука, 1967. С. 207.

11. Федорова Т.Н., Проблемы селекции и цитогенетики тритикале // Сельскохозяйственная биология. 1983. - №10. - С. 95-101.

12. Botirov, A., An, S., Arakawa, O., & Zhang, S. (2022). Application of a visible/near-infrared spectrometer in identifying flower and non-flower buds on 'Fuji'apple trees. Indian Journal of Agricultural Research, 56(2), 214-219.

13. Cairns A.L.P., Kritzinger J.H. The effect of molybdenum on seed dormancy in wheat // Plant and Soil. 1992. - Vol. 145(2). - P. 295-297.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.