Научная статья на тему 'TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN TARIQNING SARATOVSKOE 853 NAVINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISh MUDDATLARI VA ME’YoRLARINING TA’SIRI.'

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN TARIQNING SARATOVSKOE 853 NAVINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISh MUDDATLARI VA ME’YoRLARINING TA’SIRI. Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

48
13
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
don / oddiy tariq / bo‘yi / muddat / o‘sish / hosil / me’yor / so‘k / nav / tuproq. / зерно / просо обыкновенное / высота / срок / рост / урожайность / стандарт / семена / сорт / почва.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Nasriddin Xalilov, Anvar Jurakulovich Omonov, Jasur Baxtiyor O‘G‘Li Fayzimurodov

Ushbu maqolada tariq (Panicum miliaceum L.) ning takroriy ekin sifatida yetishtirish imkoniyatlari, ekish muddati va me’yorlarning o‘simlikning o‘suv davri va don hosildorligiga ta’siri maqolada bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье описаны возможности выращивания проса (Panicum miliaceum L.) как повторной культуры, влияние сроков и норм посева на период роста и урожай зерна растения.

Текст научной работы на тему «TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN TARIQNING SARATOVSKOE 853 NAVINING O‘SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISh MUDDATLARI VA ME’YoRLARINING TA’SIRI.»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TAKRORIY EKIN SIFATIDA EKILGAN TARIQNING SARATOVSKOE 853 NAVINING O'SUV DAVRI DAVOMIYLIGIGA EKISh MUDDATLARI VA ME'YoRLARINING TA'SIRI.

Nasriddin Xalilov

Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va biotexnologiyalar

universiteti, q.x.f.d,. professor,.

Anvar Jurakulovich Omonov

q.x.f.f.d.(PhD), assistent. Samarqand davlat veterinariya meditsinasi, chorvachilik va

biotexnologiyalar universiteti,

Jasur Baxtiyor o'g'li Fayzimurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada tariq (Panicum miliaceum L.) ning takroriy ekin sifatida yetishtirish imkoniyatlari, ekish muddati va me'yorlarning o'simlikning o'suv davri va don hosildorligiga ta'siri maqolada bayon etilgan.

Kalit so'zlar: don, oddiy tariq, bo'yi, muddat, o'sish, hosil, me'yor, so'k, nav, tuproq.

АННОТАЦИЯ

В статье описаны возможности выращивания проса (Panicum miliaceum L.) как повторной культуры, влияние сроков и норм посева на период роста и урожай зерна растения.

Ключевые слова: зерно, просо обыкновенное, высота, срок, рост, урожайность, стандарт, семена, сорт, почва.

ABSTRACT

In this article, the possibilities of growing millet (Panicum miliaceum L.) as a repeated crop, the effect of planting period and norms on the growth period and grain yield of the plant are described in the article.

Keywords: grain, common millet, height, term, growth, yield, standard, seed, variety, soil.

May 12-13

510

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Tahlillar ko'rsatishicha, bugungi kunga kelib insoniyat 2 mlrd. gektar hosildor erlarni yo'qotib bo'ldi. 2050 yilga borib dunyo aholisi soni 9,6 milliard bo'lishini inobatga olganda, ularni sifatli oziq-ovqat mahsulotlari bilan ta'minlashda mavjud agrar resurslardan tejab kam suv talab qilishi, tuproq va havo qurg'oqchiligiga hamda issiqlikka o'ta bardoshliligi, tuproq muhitiga uncha talabchan bo'lmagan yuqori sifatli don hosil olish imkoni bo'lgan o'smliklarni ekish juda muxum axamiyatga ega. Dunyoda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashda agrar sohaning o'rni va ahamiyati kundan-kunga oshib bormoqda. O'zbekistonda ham mavjud imkoniyatlardan oqilona foydalanib, aholini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan kafolatli ta'minlash, hosildorlik va manfaatdorlikni yanada oshirish, sohaga ilm-fan yutuqlari hamda zamonaviy yondoshuvlarni joriy etish dolzarb masaladir. Sug'oriladigan dehqonchilikda har bir viloyatning hududiy joylashuvi va mintaqalariga ko'ra o'ziga xos tuproq va iqlim sharoitiga ega. Shu bilan bir qatorda, yangi istiqbolli navlar uchun qo'llaniladigan yangi agrotexnologik tadbirlar tizimi shu joyning tabiiy sharoitidan kelib chiqqan holda ishlab chiqilib, hosildorlikni oshirish o'zining yuqori samarasini beradi. Ekish muddatlari va me'yorlari bo'yicha o'tkazilgan ilmiy tadqiqotlarda tariqning o'sish davriga urug'larni ekishdan unib chiqishgacha bo'lgan davr o'z ta'sirini ko'rsatib, bo' davrning davomiyligi bevosita haroratga, tuproq namligiga bog'liq holda o'zgarib boradi.

Tadqiqotning usullari. Tadqiqotlarda o'simlikning biometrik o'lchovlari, o'simlik namunalari, laboratoriya tahlillari, fenologik kuzatuvlar «Dala tajribalari o'tkazish uslublari», «Metodika polevogo optita» uslubiy qo'llanmalar asosida, dala tajribalaridan olingan ma'lumotlarga matematik-statistik ishlov berish Microsoft Excel dasturi yordamida B.A.Dospexov uslubi asosida dispersion usulda matematik tahlil qilingan.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Tadqiqotlarimiz Samarqand veterinariya meditsinasi instituti o'quv-tajriba xo'jaligida 2018-2019 yillarda tariqning Saratovskaya 853 navining takroriy ekishda maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini aniqlash buyicha tajribalar o'tkazdik.

Samarqand viloyatining sug'oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlari sharoitida ang'izga ekilgan tariqning Davlat reestriga kiritilgan Saratovskaya-853 navining eng

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

yuqori don hosil olishni ta'minlaydigan maqbul ekish muddatlari va me'yorlarini aniqlash hamda ishlab chiqarishga joriy etishdan iborat.

Tajribalarimizda tariqning ekish muddatlarini va meyorini aniqlash uchun urug'lar 20 iyun, 5 iyul, 20 iyulda 1,5; 2,0; 2,5; 3,0 mln dona /ga urug' xisobida turli ekish meyorlari o'rganildi.

Ekish me'yori 1,5 mln dona urug'/ga bo'lgan paykalchalarda ekish muddatlari 20 iyun, 5 iyul, 20 iyulda bo'lganda hosildorlik muvofiq holda 24,9;24,1;20,2 s/ga bo'lishi aniqlandi.

Takroriy ekilgan tariq 20 iyunda ekilganda ekish meyori 2,0 mln dona urug' ekilganda gektaridan 26,7 s/ga, 5 iyulda ekilganda 25,0 s/ga, 20 iyulda ekilganda 21,0 s/ga don hosili olindi va 2,5 mln dona urug' ekilganda 31,8, 37,8, 22,5 s/ga don hosil olingan bo'lsada 3,0 mln dona urug' ekilganda 29,0, 25,5, 24,8 s/ga don hosil olindi.

Tajribalarda erta (20.06) muddatda ekilgan urug'larning to'liq unib chiqish davri 9 kunni tashkil qildi. Tariqni ekish-unib chiqish davrining davomiyligi bo'yicha sezilarli farqlar kuzatilmadi. Ekish muddatni kechikishi bilan esa urug'larning unib chiqish davri 8 kunni tashkil qildi.

Birinchi (20.06) muddatda ekilgan variantlarda maysalash-tuplanish davri 21-22 kunni, ikkinchi (5.07) muddatda ekilgan variantlarda 16-18 kunni tashkil etgan bo'lsa, uchinchi (20.07) muddatda ekilgan variantlarda esa birinchi ekish muddatiga nisbatan 7-8 kunga kamayishi aniqlandi.

Birinchi (20.06) muddatda gektariga 1,5 va 2,0 mln. dona unuvchan urug' ekilgan variantlarda o'suv davri 85-87 kunni tashkil qildi. Ekish me'yori 2,5 mln. dona unuvchan urug' ekilganda o'suv davri 83 kunni, 3,0 mln. dona unuvchan urug' ekilganda esa o'suv davri 80 kunni tashkil qildi. Bundan ko'rinib turibdiki, ekish me'yorini oshirish o'simlikda rivojlanish fazalarini davomiyligini uzaytirmadi. ekanligi aniqlandi. Ekish me'yori kamaygan variantlarda esa o'suv davrini uzayishi kuzatildi. Ekish muddatlarini kechikishi bilan o'suv davrini qisqarishi, shuningdek, don hosilning kamayishi kuzatildi.

Ikkinchi ekish (5.07) muddati ekilganda variantlarda maysalar 8 kunda hosil bo'lgan bo'lsa, 16-18 kunda tuplanish fazasiga to'liq kirganligi kuzatildi. Tuplanish fazasidan nay o'rash fazasigacha 13 kun, naychalash fazasidan ro'vaklash fazasigacha 12-13 kun, ro'vaklashdan gullashgacha 5 kun, gullashdan pishishgacha 16-17 kun talab qilinib, tariq donlari bu ekish muddatidagi variantlarda 70-74 kunda

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

pishdi. Bunda o'simliklarning o'suv davri birinchi (20.06) ekish muddatida ekilgan variantlarga nisbatan 10-13 kunga qisqarishi kuzatildi.

Kechki (20.07) ekish muddati ekilganda variantlarda maysalar 8 kunda hosil bo'lgandan keyin 13-15 kunda tuplanish fazasiga to'liq kirganligi kuzatildi. Tuplanish fazasidan nay o'rash fazasigacha 11-12 kun, naychalash fazasidan ro'vaklash fazasigacha 11-12 kun, ro'vaklashdan gullashgacha 5 kun, gullashdan pishishgacha 13-14 kun talab qilinib, tariq donlari bu ekish muddatidagi variantlarda 61-66 kunda pishdi. Uchinchi (20.07) ekish muddati ekilganda variantlardagi o'simliklarning o'suv davri birinchi (20.06) ekish muddatida ekilgan variantlarga nisbatan 19-21 kunga qisqarishi kuzatildi.

Ekish muddatlari bo'yicha me'yorlarning ortib borishi hamda o'suv davri urtasidagi bog'liqli teskari proprsionallikka ega va chiziqli harakterga ega ekanligi, bog'liqlik qonuniyati xuddi asosiy poya balandligi kabi bo'lishi aniqlandi. Shuni alohida ta'kidlash lozimki, 20. VII muddatda o'suv davri davomiligi va ekish me'yorlari orasidagi bog'liqlik susayishi aniqlanda va korrelyatsiya koeffitsienti r = 0,84 teng bo'lishi kuzatildi.

May 12-13

513

Samarkand branch of Tashkent State

Agrarian University

Theoretical and practical foundations of

introd^cing^mmt^gric^tt^reAn^Uzbeksta^

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023 O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy

67 66 65 64 63 62 61 60 59 58

20.VII

May 12-13

514

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Samarqand viloyatining sug'oriladigan o'tloqi bo'z tuproqlarida takroriy ekin sifatida oddiy tariqning Saratovskoe 853 navidan yuqori va sifatli don hosili yetishtirishda maqbul ekish muddati va me'yorlarini samaradorligini aniqlash bo'yicha olib borgan ilmiy tadqiqotlar natijalari asosida: tariqni takroriy ekin sifatida ekish muddati 20 iyunda, gektariga 2,5 mln. dona unuvchan urug' (21 kg) me'yorida va kechki muddat 20 iyulda gektariga 3,0 mln. dona unuvchan urug' (25 kg) me'yorida ekish tavsiya etiladi.

REFERENCES

1. Abdukarimov D.T. Donli ekinlar seleksiyasi va urug'chiligi / D.T.Abdukarimov -Toshkent, 2010 yil 182-194 b.

2. Atabaeva X.N., Xudayqulov J.B. O'simlikshunoslik. / X.N.Atabaeva, J.B.Xudayqulov. Toshkent - "Fan va texnologiya" 2018 yil. 170-179 b

3. Oripov R.O O'simlikshunoslik./ R.O.Oripov, N.Xalilov - Toshkent: Faylasuflar jamiyati, 2007. -B.192 s

4. Сурков А.Ю. Влияние типа метелки на хозяйственно ценные признаки проса. / А.Ю.Сурков, И.В.Суркова // Научно - производственный журнал «Зернобобовые и крупяные культуры» №4 (24) 2017 г. 72 с

5. Юшкевич Л.В. Влияние технологических приёмов на урожайность проса. Вюжной лесостепи западной Сибири. / Л.В.Юшкевич, В.В.Чибис // Агрономия № 3 (56), 2019 г. 55 с

6. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

7. Fayzimurodov, J., & Mirzaraximov, D. (2023). OQ JO 'XORI AHAMIYATI VA RESPUBLIKAMIZDA HOZIRGI KUNDA YETISHTIRILISH SURATI. Science and innovation in the education system, 2(4), 32-35.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.