Научная статья на тему 'NO‘XATNING O‘SIShI, RIVOJLANIShIGA EKISh MUDDATLARI VA SXEMASINING TA’SIRI'

NO‘XATNING O‘SIShI, RIVOJLANIShIGA EKISh MUDDATLARI VA SXEMASINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

706
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ekish muddati / ekish sxemasi / no‘xat / dukkakli-don ekin / nav / oqsil / vegetatsiya davri / rivojlanish fazasi / o‘nib chiqish / g‘unchalash / pishish / gullash / dukkak hosil bo‘lish / hosildorlik. / сроки посева / схема посадки / горох / бобовая культура / сорт / белок / период вегетации / фаза развития / всхожесть / бутонизация / цветение / бобообразование / созревание / урожайность

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — M. A. Narbayeva, P. X. Bobomirzaev, Z. R. Boboqulov

Ushbu maqolada lalmikorlik sharoitida no‘xatni Xalima va Mal’xotra navlarining o‘sishi, rivojlanishiga ekish muddatlari va sxemasining ta’siri keltirilgan va xulosa berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В данной статье работе представлено в богарной условиях влияние сроков и схемы посева на рост и развитие сортов нута Халима и Мальхотра и дано заключение

Текст научной работы на тему «NO‘XATNING O‘SIShI, RIVOJLANIShIGA EKISh MUDDATLARI VA SXEMASINING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

NO'XATNING O'SIShI, RIVOJLANIShIGA EKISh MUDDATLARI VA

SXEMASINING TA'SIRI

M. A. Narbayeva

TDAU Samarqand filiali 2-bosqich, magistranti,

P. X. Bobomirzaev

TDAU Samarqand filiali prof.v.b, q.x.f.d (DSc),

Z. R. Boboqulov

TDAU Samarqand filiali dotsenti, q.x.f.f.d (PhD).

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada lalmikorlik sharoitida no'xatni Xalima va Mal'xotra navlarining o'sishi, rivojlanishiga ekish muddatlari va sxemasining ta'siri keltirilgan va xulosa berilgan.

Kalit so'zlar: ekish muddati, ekish sxemasi, no'xat, dukkakli-don ekin, nav, oqsil, vegetatsiya davri, rivojlanish fazasi, o'nib chiqish, g'unchalash, pishish, gullash, dukkak hosil bo'lish, hosildorlik.

АННОТАЦИЯ

В данной статье работе представлено в богарной условиях влияние сроков и схемы посева на рост и развитие сортов нута Халима и Мальхотра и дано заключение.

Ключевые слова: сроки посева, схема посадки, горох, бобовая культура, сорт, белок, период вегетации, фаза развития, всхожесть, бутонизация, цветение, бобообразование, созревание, урожайность.

ABSTRACT

In this article, under rainfed conditions, the influence of the timing and sowing scheme on the growth and development of chickpea varieties Halima and Malhotra is presented and a conclusion is given.

Keywords: sowing time, planting scheme, peas, legume, variety, protein, vegetation period, development phase, germination, budding, flowering, bean formation, maturation, yield.

May 12-13

642

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Kirish. Bugungi kunda no'xat ekini maydoni dunyo bo'yicha 14573 ming gektar bo'lib, 2007 yilga nisbatan 3,3% kengaygan[12]. No'xat yetishtiruvchi asosiy davlatlar - Hindiston, Avstraliya, Pokiston, Argentina, Afrika davlatlari va Meksika hisoblanadi, no'xat ishlab chiqarish bo'yicha Hindiston (10984 ming/ t) yetakchilik qilib, uning ulushi 73 foizga to'g'ri keladi. Ikkinchi o'rinni Avstraliya (661 ming/t) va uchinchi o'rinni Pokiston (601 ming/t) egallaydi. Hozirgi vaqtda no'xat hosildorligi 10 s/ga ni tashkil etib, 2007 yilga nisbatan 2,2 foizga oshgan.

Dunyo dehqonchiligida no'xat 10,2 mln ga ekilgan, shundan 8 mln. gektari Hindistonda. Ekilish maydoni bo'yicha dukkakli don ekinlari orasida uchinchi o'rinni egallaydi. O'zbekistonda no'xat lalmikor va suvli yerlarda 4-5 ming ga maydonga ekiladi

Hozirgi kunda dunyoning turli yirik ilmiy-tadqiqot markazlarida no'xatning ekstremal sharoitlarga chidamli navlarini yaratish, yaratilgan navlarning morfofiziologik xususiyatlarini o'rganish, ularning oziqaviylik qiymatini oshirish, hosilining shakllanishi, ekinboplik sifatlarining yetishtirish usullariga bog'liqligini aniqlash, yetishtirish texnologiyasi elementlarini takomillashtirishga katta e'tibor qaratilmoqda. Bu borada, ularning tuproqni biologik azot bilan boyitishi evaziga unumdorligini oshirish, organik va mineral o'g'itlarni tejashga imkon berishi, ushbu muammolarni hal etishda ekinning biologik xususiyatlari, navlarning hududni gidrotermik omillariga reaksiyasi va fotosintetik faoliyatiga bog'liq tadqiqotlarni chuqurlashtirish dolzarb masalalardan hisoblanadi.

Mamlakatimiz qishloq xo'jaligini rivojlantirish, ushbu tarmoqda ilmiy yondoshuvlar va ilg'or zamonaviy texnologiyalarni keng joriy etish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, meva-sabzavot, poliz, don va don mahsulotlarini ko'paytirishga, import-eksport masalalariga alohida e'tibor qaratilmoqda. Bu borada samarasiz g'o'za maydonlari qisqartirilib, tok va bog'zorlar kengaytirilishi bilan birga don dukkakli ekin maydonlari kengaytirilib, yuqori va sifatli mahsulotlar olishga erishilmoqda. Prezidentning 07.06.2022 yildagi "O'zbekiston Respublikasi qishloq xo'jaligini rivojlantirishning 2020-2030 yillarga mo'ljallangan strategiyasida belgilangan vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori qabul qilindi. Ushbu qaror vazifalaridan kelib chiqqan holda, aholining don va don mahsulotlariga bo'lgan talabini qondirishda turli ekologik sharoitlarga mos no'xat navlarini tanlash, ularni yetishtirish texnologiyasini nav

[1].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

xususiyatlari asosida muvofiqlashtirish muhim hisoblanadi. Ekish muddati va sxema(ekish me'yori)larini to'g'ri tanlash orqali ulardan yuqori va sifatli don hosiliga erishish dolzarb muammolardan hisoblanadi.

No'xat ekini don ekinlariga nisbatan oqsilga boy, hazmlanishi oson, sifatli, arzon don hosili beradi va tuganak bakteriyalar yordamida havodagi azotni o'zlashtirish xususiyatiga ega. No'xat ekinini yetishtirish qishloq xo'jaligidagi uchta asosiy muammoni hal qilishga imkon beradi: 1) Don yetishtirishni ko'paytirish; 2) O'simlik oqsili muammosini hal etish; 3) Tuproq unumdorligini oshirish[1].

No'xat - O'zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri Donidan turli taomlar tayyorlanadi, ayniqsa, sho'rva, palovga ko'p solinadi. Donlari go'sht bilan alohida dimlanib ham pishiriladi, qovurilib don holatida ham iste'mol qilinadi. Oq donli navlari oziq-ovqat, qora donli navlari yem-xashak uchun o'stiriladi. Doni tarkibida 25-30 % oqsil, 4-7 % yog', 47-60 % azotsiz ekstraktlanadigan moddalar, 2,4-12,8 % sellyuloza, 4,0 % kul, vitamin V1 hamda ma'danli tuzlar bo'ladi. Uning doni omixta yemga qo'shilsa ularni hazmlanishi osonlashadi. Poya va barglarida otquloq va olma kislotalari ko'p. Somonini qoramollarga berib bo'lmaydi, qo'ylar uchun yaxshi oziqa. No'xatdan Hindistonda olma va otquloq kislotalari olinadi. No'xat uni 10-12 % bug'doy uniga qo'shilsa, noni to'yimli va mazali bo'ladi. No'xat o'rta va kichik Osiyoning qurg'oqchil mintaqalarida eramizdan oldin ekilib boshlangan. No'xat vatani Tojikiston va O'zbekistonning tog'li tumanlari deb taxmin qilinadi [1].

Dukkakli don ekinlaridan keyin ekiladigan barcha qishloq xo'jalik ekinlari yaxshi samara beradi. Fermer xo'jaliklarida bedaning o'rnini qoplash vazifasini bemalol dukkakli don ekinlari bajarishi mumkin. Ular birinchi navbatda tuproq unumdorligini yaxshilashga, ikkinchidan aholini qimmatli, oqsilga boy mahsulotlar hamda chorvachilikni to'yimli yem-xashak bilan ta'minlashga xizmat qiladi [4;5;6].

O'zbekistonda dukkakli o'tlar, dukkakli don ekinlari qancha ko'p ekilsa, yetishtiriladigan oqsil miqdori shuncha ko'payadi, tuproq unumdorligi ortadi, ekologik muammolar hal qilinadi. Biologik azotni o'zlashtirilishi ma'lum sharoitlardagina faol o'tadi. Dukkakli ekinlarda yashaydigan bakteriyalarining 11 turi mavjud. Ularning har bir turi alohida o'simlik turiga moslashgan. R. jponica -soyada, R. legiminozarum - vika, ko'k no'xat, yasmiq, burchoqda, R. lupunus -lyupinda rivojlanadi[1].

Ma'lumki, no'xat navlaridan yuqori hosil va sifatli urug'lik yetishtirishda asosiy agrotexnologik tadbirlardan biri urug'larni o'z vaqtida va me'yorida ekish orqali sog'lom maysalarni undirib olish

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

hisoblanadi. Chunki, kuzda ekilgan no'xatning o'sishi, rivojlanishi, qishga chidamliligi va boshqa hosilga ta'sir qiluvchi omillar orasida kuzgi ekish muddati muhim ahamiyatga ega [7;8;9;10;11;13;14;15].

No'xat erta bahorgi ekin. U erta bahori don ekinlari bilan bir vaqtda ekiladi. Tuproqni urug' ekiladigan qatlamida harorat 6-70S yetishi urug' ekish uchun eng qulay muddat hisoblanadi [1].

Materiallar va usullar. Paykalchaning umumiy maydoni - 60 m3, hisobga olinadigan maydoni - 50 m3. Tajriba 4 takrorlikda quyildi. Tajriba quyidagi bahorda 20.02; 12.03 va 01.04 uchta muddatda, 60x3; 60x6; 60x9 va 60x12 sm sxemalarda ekildi.

Dala tajribalarida fenologik kuzatishlar va boshqa tahlillar umumqabul qilingan PSUEAITI, DDEITI, Davlat nav sinash komissiyasi va B.A.Dospexov uslublari bo'yicha o'tkazildi [2,3].

Hosildorlik bo'yicha olingan ma'lumotlarga B.A.Dospexovning dispersion tahlil usulida ishlov berildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Olib borgan tajribalarimizda no'xatning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga bahorda har xil ekish muddati va sxemalari sezilarli ta'sir ko'rsatdi.

Tajribamizda no'xat navlarining o'sishi tezligi maysa hosil bo'lgach, 25 tadan modul o'simlikni xar 10 kunda o'simlik bo'yining balandligi o'lchab borildi. Tajriba natijalari shuni ko'rsatdiki, no'xat o'simligi o'zining butun vegetatsiya davrida kun sayin bo'yiga o'sib bordi. No'xatning Malxotra va Xalima navlarida dastlabki o'suv davrini birinchi un kunligida o'sish sur'ati sekin borib to g'unchalash davrigacha jadallashib bordi. Masalan, 20-fevral 60x3 sm ekish sxemasida uchinchi un kunlikda

20-martdan 30-martgacha navlarga muvofiq holda 8,5; 8,7 santimetrgacha o'sgan bulsa, aprel oyining birinchi un kunligida 1-apreldan 10- aprelgacha 9,9; 10,2 sm, ikkinchi un kunlikda 11-apreldan 20-aprelgacha 10,5; 10,8 sm ni keyingi un kunlikda

21-apreldan-30-aprelgacha 12,5; 12,9 sm gacha o'sdi. Keyingi un kunliklarda ya'ni dukkaklash fazasidan to donning pishib yetilish fazasigacha bo'lgan davrlarda o'sish sur'ati sekinlashib bordi. Ya'ni 1-maydan 10-maygacha 10,5; 10,8 sm, 11-maydan 20-maygacha 8,5; 8,9 sm, may oyi uchinchi o'n kunligida 3,4; 3,7 sm.gacha o'sishi kuzatildi. Xuddi shunday qonuniyat barcha ekish muddatlari va sxemalari bo'yicha xam kuzatildi.

Tadqiqot natijalari tahliliga ko'ra, No'xatning Malxotra navi fevral oyi uchinchi dekadasida (20.02)da ekilganda ekish

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

sxemasiga bog'liq holda urug'larning dala unuvchanligi eng yuqori 80,1 -84,6 % ni tashkil etgan bo'lsa, mos holda Xalima navida 80,9-85,8 % ni tashkil etib, bahorda ekilgan no'xat urug'larining dala unuvchanligi yuqori bo'lishi Xalima navida 20 fevralda turli sxemalarda ekilgan variantlarda kuzatilib, Malxotra navidan 0,9-1,2 % ga yuqori bo'lishi kuzatildi.

No'xatni o'sishi, rivojlanishi, hosildorligiga ekish muddati va sxemasining ta'siri bo'yicha olib borilgan tajribada ekish muddati va sxemalari o'rtasida farq sezilarli bo'lib, ekish usullari bo'yicha qatordagi ko'chat orasi zich joylashsa o'simlik yorug'likka nisbatan intiluvchan bo'lib eng yuqori o'sish sur'ati ekish muddatlari buyicha 20-fevralda kuzatildi. Ekish sxemalari bo'yicha esa yuqori o'sish sur'ati barcha muddatlarda 60x3 sxemasida ekilgan variantda aniqlandi. No'xatni Malxotra va Xalima navlarida kechki ekish muddati (01.04) va ekish sxemasi 60x12 sm ekilganda o'suv davri qisqa bo'lishi aniqlandi.

Xulosalar. Samarqand viloyati lalmikor yerlarida bahorda ekilgan no'xat urug'larining dala unuvchanligi yuqori bo'lishi Xalima navida 20 fevralda turli sxemalarda ekilgan variantlarda kuzatilib, Malxotra navidan 0,9-1,2 % ga yuqori bo'lib, no'xatning Malxotra va Xalima navlari ekish muddatlari kechikgan sari o'simlik buyining pasayib borishi aniqlandi. Eng baland bo'yli o'simlik erta eki lgan muddatda ya'ni 20-fevralda bo'ldi va o'rtacha o'simlik bo'yining balandligi navlarga muvofiq holda 80,4; 84,2 santimetrga teng bo'lib, kech 1 aprel muddatda ekilgandagiga nisbattan 10,2; 10,4 sm baland bo'lishi qayd etildi. Ekish sxemalari buyicha esa xar qaysi muddatlarda xam eng baland bo'yli o'simlik 60x3 sm ekish sxemasida ekanligi aniqlandi. No'xatning Malxotra va Xalima navlarida kechki ekish muddati (01.04) va ekish sxemasi 60x12 sm ekilganda o'suv davri qisqa bo'lishi aniqlandi.

REFERENCES

1. Орипов Р.О., Халилов Н.Х. "Усимликшунослик"- Самарканд, 2005.194 б.

2. Дала тажрибаларини утказиш услублари.- УзПИТИ, -Тошкент, 2007.-145 б.

3.Доспехов Б.А. Методика полевого опыта. -М., 1985. -356 с.

4.Х,амдамов И., Мустонов С., Бобомуродов З. Сугориладиган ерларда нухат етиштиришнинг илмий асослари. Монография. Тошкент-2007. - 106 б.

5. Бобомирзаев, П. Х., & Рахимов, А. Р. (2017). Фотосинтетическая активность твердой пшеницы в зависимости от сроков и норм

посева. Аграрная наука, (7), 12-14.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

6.Tursunov Sh. Bobomirzayev P.X. Dates and norms of sowing new varieties of winter wheat on irrigated lands of the Zarafshan valley. Journal of Hunan University

(Natural Scienc) Vol. 49. No. 01. January 2022.

7. Sharifov, K. F., Djuraev, A. M., & Rizaev, S. (2016). THE INFLUENCE OF THE DEPTH OF PLOWING ON WATER AND PHYSICAL PROPERTIES OF THE SOIL IN FIGHTING AGAINST WEEDS IN THE WHEAT FIELDS. In WORLD SCIENCE: PROBLEMS AND INNOVATIONS (pp. 135-137).

8. Bobokulov, Z., & Botirov, A. (2022). Teaching agricultural sciences: essence and teaching technology. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban). Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition), 42(03), 12-17.

9. S.T.Sanaev., Kh.Kh.Khonkulov., I.Kh.Amanturdiyev "Yield And Marketability Of Potato Varieties With Different Numbers Of Irrigation Schemes And Fertilizer Standards In Case Of Uzbekistan." European Journal of Agricultural and Rural Education, vol. 2, no. 8, 2021, pp. 5-8.

10. G'.G'aybullayev, M.Hazratqulov, M.F. Abdurashidova samarqand viloyati sharoitida xo'raki ko'k no'xat nav va na'munalaridan eng yaxshi boshlang'ich materialni tanlash. Journal of new century innovations, 2022, 91-95 pp.

11. Nurkabulov, S. (2022). KUZGI BUG'DOY URUG'LARINING DON SIFATLARIGA MAKRO VA MIKRO O'G'ITLAR HAMDA O'STIRUVCHI STIMULYATORLARGA BOG'LIQLIGI. Academic research in educational sciences, 3(11), 617-622.

12. http: //www.fao.org.fao stat.

13. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). Beda o'simligining chorvachilikka va tuproq unumdorligiga foydali xususiyatlari. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

14. Бозоров, К. Ш., & Муминова, З. К. (2019). Продуктивность озимой пшеницы в зависимости от способа основной обработки почвы и норм фосфорных удобрений на эродированных типичных сероземах. Актуальные проблемы современной науки, (2), 127-130.

15. Mashrabov, M. I., Makhmatmurodov, A. U., & Kadirova, G. A. (2022). THE CHANGING OF PHOSPHATE REGIME OF SOILS WITH CARBONMAGNESIA SALTING UNDER THE INFLUENCE OF NEW COMPLEX FERTILIZERS AT COTTON CULTIVATION. Academic research in educational sciences, 3(Speical Issue 1), 64-74.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.