Научная статья на тему 'EKISh SXEMALARINING NO‘XAT HOSILDORLIGIGA TA’SIRI'

EKISh SXEMALARINING NO‘XAT HOSILDORLIGIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

239
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — S. B Mustasnov, Z. S. Mustanova

Samarqand viloyati o‘tloqi-bo‘z tuproqlar sharoitida no‘xatning turli ekish sxemalarini hosildorlikka bog‘liqligi o‘rganilgan. No‘xat 45x9 sxemada ekilgan variantda o‘rtacha 23,9 s/ga hosil olingan bo‘lsa, qator orasi kengayishi, ya’ni 60, 70 va 90 sm qator orasi bo‘lganda mos ravishda 22,8; 22,4 va 18,5 s/ga hosil olinganligi bo‘yicha ma’lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The dependence of different planting schemes of peas on productivity in the conditions of meadow-gray soils of Samarkand region was studied. In the case of chickpeas planted in the 45x9 scheme, the average yield was 23.9 s/ha, and 22.8 when the row spacing was 60, 70, and 90 cm, respectively; Data on the yield of 22.4 and 18.5 s/ha are presented.

Текст научной работы на тему «EKISh SXEMALARINING NO‘XAT HOSILDORLIGIGA TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

EKISh SXEMALARINING NO'XAT HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

S. B Mustasnov

q.x.f.n., dotsent ToshDAU SF

Z. S. Mustanova

SamDU mustaqil tadqiqotchisi

ANNOTATSIYA

Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida no'xatning turli ekish sxemalarini hosildorlikka bog'liqligi o'rganilgan. No'xat 45x9 sxemada ekilgan variantda o'rtacha 23,9 s/ga hosil olingan bo'lsa, qator orasi kengayishi, ya'ni 60, 70 va 90 sm qator orasi bo'lganda mos ravishda 22,8; 22,4 va 18,5 s/ga hosil olinganligi bo'yicha ma'lumotlar keltirilgan.

ABSTRACT

The dependence of different planting schemes of peas on productivity in the conditions of meadow-gray soils of Samarkand region was studied. In the case of chickpeas planted in the 45x9 scheme, the average yield was 23.9 s/ha, and 22.8 when the row spacing was 60, 70, and 90 cm, respectively; Data on the yield of 22.4 and 18.5 s/ha are presented.

Keywords. Planting scheme, leguminous grain, pea, variety, grass-gray soil, growing season, legume, productivity, high yield.

Kirish. No'xat (Siser) dukkakdoshlar (Fabaceae) oilasiga mansub bir yillik o'simlik bo'lib, ko'plab mahalliy nomlarga ega. Masalan, O'zbekiston, Tojikiston, Turkmaniston, Qirg'iziston, Armanistonda no'xat, naxo't, naxot, nuxut deb nomlanadi.

O'zbekistonda eng keng tarqalgan dukkakli don ekinlaridan biri no'xat ekinidir. Donidan turli taomlar tayyorlanadi, oq donli navlari oziq-ovqat, qora donli navlari yem-xashak uchun o'stiriladi.

Doni tarkibida 25-30 % oqsil, 4-7 % yog', 47-60 % azotsiz ekstraktlanadigan moddalar, 2,4-12,8 % sellyuloza, 4,0 % kul, vitamin V1 hamda ma'danli tuzlar bo'ladi. Uning doni omixta yemga qo'shilsa ularning hazmlanishi osonlashadi. Poya va barglarida otquloq va olma kislotalari ko'p.

May 12-13

670

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Somonini qoramollarga berib bo'lmaydi, qo'ylar uchun yaxshi oziqa hisoblanadi [2,

Dunyo dehqonchiligida no'xat 10,2 mln ga ekilgan, shundan 8 mln. gektari Hindistonda. Ekilish maydoni bo'yicha dukkakli don ekinlari orasida uchinchi o'rinni egallaydi. O'zbekistonda no'xat lalmikor va suvli yerlarda 4-5 ming ga maydonga ekiladi. Sug'oriladigan yerlarda gektaridan 20-25 s, lalmikorlikda 8-10 s don hosili yetishtiriladi [4, 5].

Almashlab ekish dalalarida no'xat don dukkakli ekinlar uchun ajratilgan dalalarga bir yil ekiladi. No'xat bahorda yoki kuzda ekilganda hosildan bo'shagan maydonlar darhol haydalib takroriy ekinlar ekish imkoniyati mavjud. Bundan tashqari no'xat o'zidan keyin tuproqda 40-80 kg/ga sof biologik azot qoldiradi. Bu esa tuproq unumdorligini yaxshilaydi. Azotli o'g'itlarni tejashga, keyingi ekiladigan ekinlardan yuqori va sifatli hosil yetishtirish mumkin.

No'xat ekinidan yuqori va sifatli hosil yetishtirishda turli ekish sxemalarini ta'sirini o'rganish dolzarb hisoblanadi. Samarqand viloyati o'tloqi - bo'z tuproqlar sharoitida turli ekish sxemalarining no'xatning o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga ta'sirini o'rganish ilmiy-amaliy ahamiyatga ega.

Foydalanilgan materiallar va usullar. Dala tajribalar umumqabul qilingan "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari", O'simlikshunoslikda ilmiy tadqiqot ishlari" uslublari asosida olib borildi. Tajribada olingan ma'lumotlar "Metodika polevogo optita" bo'yicha dispersion tahlil qilindi. Tuproq va o'simlik tahlillari "Metodti agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivntix xlopkovtix rayonax", "Praktikum po agroximii", "Tuproqning tarkibi, xossalari va analizi" kabi ilmiy ko'llanmalar asosida bajarildi.

Tajribalar 4 variant 4 takrorlikda, dalaning uzunligi 10 m, eni ekish sxemasi (qator orasi bilan farq qiladi) 45x9 sm bo'lganda, 18 m2; 60x9 sm da 24 m2, 70x9 sm (standart) bo'lganda 28 m2 va 90x9 sm sxemada esa 36 m2. Tadqiqot variantlari sistematik bir yarusda qilib joylashtirildi. Har bir variantga N20P90K60 kg/ga berildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili. Camarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida turli ekish sxemalari no'xat hosildorligiga turlicha ta'sir ko'rsatdi, 45x9 sxemada ekilgan variantda o'rtacha 23,9 s/ga hosil olingan bo'lsa, qator orasi kengayishi, ya'ni 60, 70 va 90 sm qator orasi bo'lganda mos ravishda 22,8; 22,4 va 18,5 s/ga hosil olindi (1 rasm.).

3]

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

30

25

23,9

22,8

22,4

a 20 m

- 15

© ■a

o

M

10

45 x 9

60 x 9 70 x 9

Ekish sxemasi

5

0

18,5

90 x 9

1 -rasm. Ekish sxemalarini no'xatning hosildorligiga ta'siri, s/ga (2021 y.)

Eng yuqori hosil 23,9 s/ga 45x9 sxemada ekilganda olingan bo'lsa, ishonarli qo'shimcha hosil 60x9 va 70x9 sxemada ekilganda olindi. Eng past hosil 90x9 sxemda ekilgan variantda 18,5 s/ga bo'lgan bo'lsa, 45x9 sxemaga nisbatan 5,4 s/ga kam hosil olindi

Xulosa. Samarqand viloyati o'tloqi-bo'z tuproqlar sharoitida no'xatdan yuqori va sifatli hosil olishda ekish sxemasini 60x9 va 70x9 qilib belgilash tavsiya etiladi. No'xatni 60x9 va 70x9 sxemalarda ekilganda 22,8 va 22,4 s/ga hosil yetishtirish mumkin ekan.

REFERENCES

1. Dospexov. B. A. Metodika polevogo opbita" Moskva, Agropromizdat, 1985. - S. 350.

2. Mustanov S.B., Umurzakova U.E. Deyatelnost klubenkovtix bakteriy na kornyax nuta v usloviyax Uzbekistana // Inovasionntiye podxodti v sovremennoy nauke // -5(41), - Moskva, - 2019.- S. 45-48.

3. Otaqulova D.A., Amanov O.A., Jabborov F.B. Och tusli bo'z tuproqlar sharoitida no'xat o'simligining ekish sxemasi va o'g'itlash me'yorlarining o'suv davri hamda o'simlikbo'yiga ta'siri. AGRO ILM. Toshkent. 2021 y. - № 3. - 21-23

May 12-13

672

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

4. Umurzakova Umida Mustanov Sobir Kuldashov Bobomurod Xusanovich. AGROTEXNIChESKIYe OSOBENNOSTI VLIRA^IVANIYa NUTA V USLOVIYaX UZBEKISTANA. LIFE SCIENCES AND AGRICULTURE №1-2022. -S. 26 - 30.

5. Umurzakova U., Mustanov S., Kuldashov B. Agrotexnicheskiye osobennosti vbira^ivaniya nuta v usloviyax Uzbekistana. LIFE SCIENCES AND AGRICULTURE. - №1. -2022. -S. 26 - 30.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.