Научная статья на тему 'OQ JO‘XORINING HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA ME’YORILARINING TA’SIRI'

OQ JO‘XORINING HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA ME’YORILARINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

378
42
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Oq jo‘xori / ekish muddati / ekish me’yori / tup son qalinligi / o‘simlik bo‘yi / mahsuldor tuplanish / hosildorlik. / white sorghum / planting period / planting rate / stalk thickness / plant height / productive stand / productivity.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jasur Baxtiyor O‘g‘li Fayzimurodov

Respublikamizda oq jo‘xori еtishtirish surati, O‘zbekiston 5 va O‘zbekiston 18 navlarini kuchsiz sho‘rlangan tuproqlari sharoitida uch muddat va to‘rtta ekish me’yorini o‘simliklarning morfologik va biometrik ko‘rsatkichlariga ta’siri bayon qilingan. Olingan ma’lumotlarga ko‘ra, oq jo‘xori urug‘larni ushbu sharoitda aprel oyinig 2-o‘n kunligida, shuningdek O‘zbekiston 5 navini 138 ming, O‘zbekiston 18 navini esa 110 ming tup qalinligida ekish yuqori hosil olishni taminlashi yoritilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The picture of white sorghum cultivation in our republic and the effect of three periods and four planting rates on the morphological and biometric indicators of plants under conditions of slightly saline soils of Uzbekistan 5 and Uzbekistan 18 varieties are described. According to the received information, planting white sorghum seeds under these conditions in the second ten days of April, as well as 138,000 Uzbek 5 varieties and 110,000 Uzbek 18 varieties, ensures a high yield.

Текст научной работы на тему «OQ JO‘XORINING HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA ME’YORILARINING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

OQ JO'XORINING HOSILDORLIGIGA EKISH MUDDATI VA ME'YORILARINING TA'SIRI

Jasur Baxtiyor o'g'li Fayzimurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti [email protected]

Dilyorbek Elyorbek o'g'li Mirzaraximov , Jasurbek Ikrom o'g'li Sakibayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabalari

ANNOTATSIYA

Respublikamizda oq jo'xori etishtirish surati, O'zbekiston 5 va O'zbekiston 18 navlarini kuchsiz sho'rlangan tuproqlari sharoitida uch muddat va to'rtta ekish me'yorini o'simliklarning morfologik va biometrik ko'rsatkichlariga ta'siri bayon qilingan. Olingan ma'lumotlarga ko'ra, oq jo'xori urug'larni ushbu sharoitda aprel oyinig 2-o'n kunligida, shuningdek O'zbekiston 5 navini 138 ming, O'zbekiston 18 navini esa 110 ming tup qalinligida ekish yuqori hosil olishni taminlashi yoritilgan.

Kalit so'zlar. Oq jo'xori, ekish muddati, ekish me'yori, tup son qalinligi, o'simlik bo'yi, mahsuldor tuplanish, hosildorlik.

ABSTRACT

The picture of white sorghum cultivation in our republic and the effect of three periods and four planting rates on the morphological and biometric indicators of plants under conditions of slightly saline soils of Uzbekistan 5 and Uzbekistan 18 varieties are described. According to the received information, planting white sorghum seeds under these conditions in the second ten days of April, as well as 138,000 Uzbek 5 varieties and 110,000 Uzbek 18 varieties, ensures a high yield.

Keywords: white sorghum, planting period, planting rate, stalk thickness, plant height, productive stand, productivity.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son "Tadbirkorlik subyektlari tomonidan O'zbekiston Respublikasi hududiga olib kirilganda qo'shilgan qiymat solig'ini to'lash muddati uzaytiriladigan tovarlar" qaroriga asosan yaynan oq jo'xori urug'ligi (sorgo) hamda oq jo'xorining boshqa turlariga(sorgo) ham imtiyozlar berilmoqda.

May 12-13

522

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Bu degani oq jo'xori urug'lari va mahsulotlari chet mamlakatdan anchagina Respublikamizga import bo'lib kelayotgan ma'lum. [1, 5-8]

Respublikamizda oq jo'xori asosan 2018 yildan buyon etishtirib kelinmoqda, birgina misol qilib aytadigan bo'lsak Qoraqalpog'iston Respublikasida 2018 yili 18120 tonna oq jo'xori ishlab chiqarilgan bu ko'rsatkich 2021 yilga kelib 19987 tonnani tashqil qilmoqda. Buxoro viloyatida 2018 yil 155 tonna 575 to nnani, Jizzax viloyatida 2018 yil 5 tonna 13 tonnani, Toshkent viloyatida 2018 yil 25 tonna 227 tonnani etishtirib hozirgi kunda o'sish suratlari shu viloyatlarda ko'rinib turibdi. Respublikamiz miqyosida olib qaraydigan bo'lsak 2018 yil 18 339 tonna eti shtirgan bo'lsa bu ko'rastkich 2021 yilga kelib 20980 tonnani tashkil etdi. Bu etishtirilgan hosil aholi istimoli uchun etarli emas.[3, 45-50-b]

Foydalanilgan materiallar va usullar. Tajribalarimiz Jizzax viloyatining kuchsiz sho'rlangan tipik bo'z tuproqlari sharoitida oq jo'xorining quydagi navlarini asosida o'tkazildi. Davlat reestriga kiritilgan "O'zbekiston-5" va "O'zbekiston-18" navlari urug'lari aprel oyida, ya'ni uch muddatda (1 aprelning 1-o'n kunligi, 2-o'n kunligi va mayning 1-o'n kunligi) asosiy ekin sifatida, ekish me'yorlari 92, 110, 138, 184 ming tup hisobidan ekildi. Mineral o'g'itlar N150P110K50 kg/ga me'yorida qo'llanildi.

Dala tajribalarini qo'yish, o'simlik va tuproq tahlillari, o'simlikning o'sishi-rivojlanishini hisobga olish, fenologik kuzatishlar "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari"[2] va "Методика Государственного сортоиспытания селскохозяйственных култур" [6] uslublari bo'yicha amalga oshirildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili: F.T.Zangieva olimning o'rganilgan uchta ekish muddatidan ikkinchi ekish davrida, nav va duragaylar bo'yicha eng yaxshi ko'rsatkichlar olinganini ko'ramiz. Shunday qilib, 10 may kuni ekish urug'larning yanada do'stona unib chiqishi, jo'xori o'sishi va rivojlanishi bilan ajralib turardi. Erta va kech ekish sanalariga ko'ra, don hosili mos ravishda sezilarli darajada past bo'ldi: 5,1 t/ga, 6,8; 8,4 t/ga va 5,1 t/ga, 6,4; 8,0 t/ga. [4. 52-55-b].

Tajribalarimizda shuni aniqladiki ekish muddati va me'yori o'simlikning unib chiqishi uchun sezilarli darajada o'z tasrni ko'rsatdi. Jo'xori navlari genotipi va tuproq-iqlim sharoitiga bog'liq ravishda urug'larni ekish-unib chiqish davomiyligi "O'zbekiston-5" navida 10-13 kun, "O'zbekiston-18" navida 9-12 kunni tashkil etdi. Shunigdek urug' ekish me'yorining ortib borishi bilan maysalarning barvaqt unib chiqishi hamda ekish muddatining uzayib borishi bilan unib chiqishi bir necha kunga tezlashgani kuzatildi. Urug'larning unib

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

chiqishi tup son qalinligiga bog'liq holda 1-2 kun oldin kuzatildi. Ekish muddati may oyiga yaqilashgan sari harorat ko'tarilishi bilan 2-3 kun oldiroq bo'lishi kuzatildi.

Oq jo'xorining o'sishi va rivojlanishiga navlarning biologik hususiyati, ekish muddati va me'yori, sug'orish, o'g'itlash va boshqa omillar kuchli ta'sir ko'rsatadi. Huddi shunday ekish muddati va me'yori navlar kesmida vegitatsiyasiga quydagicha ta'sir etgani ma'lum bo'ldi. O'zbekiston 5 navida bu ko'rsatkich 104-117 kungacha, O'zbekiston 5 navida esa 126-146 kungacha o'zgargani ma'lum bo'ldi. Vegetatsiya davri O'zbekiston 5 navda ekish muddatining kechikishi bilan vegetatsiya davri qisqarib borganligi va bu ko'rsatk O'zbekiston 8 navida xuddi shunday ekish muddati kechikishi bilan vegetatsiya davri qisqarib boshladi hamda variantlar ortasida ham ekish me'yorining ortishi bilan ham o'simlikning vegetatsiya davri qisqarishi ma'lum

Ekish muddatlari va me'yorlariga o'simlik bo'yinning ko'rsatkichlari o'zgarishi quyidagicha bo'lishi ma'lum bo'ldi. O'zbekiston 5 navida aprel oyining birinchi o'n kunligida bugun ko'rsatkich 183,6-189,0 sm gacha, aprelning ikkinchi o'n kunligida 186,5-191,9 sm, may oyining boshlarida ekilganda bu ko'rsatgich 184,7-190,1 sm bo'lganligi aniqlandi. Ozbekiston 5 navida eng yuqori ko'rsatkich aprel oyining ikkinchi o'n kunligida ekish me'yori 92 ming tup sonni bo'lganda yuqori ekanligini ko'rsatdi. O'zbekiston 18 navda bu ko'rsatkichlar variantlar o'rtasida 333,8-342,1 sm gacha o'zgarib turdi. Aprel oyining ikkinchi o'n kunligida ekish me'yori 92 ming tup son bo'lganda eng yuqori ko'rsatkich ekanligi ma'lum

Oq jo'xori ekish muddati 3 xil etilganda maxsuldor poyalar soni birmuncha bir-biridan farq qilishi quyidagicha bo'lganligi aniqlandi. Ozbekiston 5 navida 1,12,2 tagacha o'zgargani ma'lum bo'ldi. Bu ko'rsatkichlar ekish muddati va me'yoriga bog'liq holda eng yuqori ko'rsatkich aprel oyining ikkinchi o'n kunligida, tup sonni 92 ming etilganda 2,2 tagacha yuqori bo'lganligi aniqlandi. Xuddi shunday ko'rsatkich o'zbekiston 18 navda ham aprel oyining ikkinchi 10 kunlik 92 ming bolganda 2,4 ta mahsuldor poyalar borligi aniqlandi.

Oq jo'xori mahsuldorligi va hosildorligini belgilovchi asosiy ko'rsatkichlar sifatida tup son qalinligi, o'simliklarning hosilni yig'ishtirishgacha saqlanuvchaligi, umumiy va mahsuldor tuplanishi, 1000 dona don massasi kabilarni alohida ta'kidlash mumkin [5, 772-776-b.]

Oq jo'xori hosildorligi ikkala navlarda sezilarli darajada o'zgarib hosildorlik ko'rsatkichlari odatda ekin navlarining

bo'ldi.

boldi.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

biologik hususiyati, ekish muddati va me'yori, sug'orish, o'g'itlash va boshqa omillar kuchli ta'sir ko'rsatadi. Tajribada don hosildorligi O'zbekiston 5 navida ekish muddati va me'yoriga bog'liq holda 48,7-59,7 s/ga cha o'zgardi, O'zbekiston 18 navida esa bu ko'rsatkich 63,7-75,6 s/ga ni tashkil etdi. O'zbekiston 5 navda eng yuqori hosildorlik ekish muddati aprelning 2-o'n kunligida ekish variantlarida qayd etilib, 138 ming tup soni bo'lganda, O'zbekiston 18 navida esa eng yuqori hosildorlik ekish muddati aprelning 2-o'n kunligida, 110 ming tup son qalinligida olindi.

Xulosa qilib aytganda, oqjo'xori navlari (O'zbekiston 5, O'zbekiston 18) navlari urug'larini Jizzax viloyatining kuchsiz sho'rlangan tuproqlari sharoitida aprel oyinig 2-o'n kunligida, shuningdek O'zbekiston 5 navini 138 ming, O'zbekiston 18 navini esa 110 ming tup qalinligida ekish, ushbu navlardan yuqori hosil olishni ta'minlaydi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 3-martdagi PQ-5017-son qaroriga

2. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari. -T.: 2007. -146 b.

3. Fayzimurodov, J., & Sakibayev, J. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRAYOTGAN POLIZ EKINLARI VA SHU BILAN BIRGALIKDA QOVOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR. Science and innovation in the education system, 2(5), 45-50.

4. Зангдава Ф.Т. Фазы Роста И Развития Зернового Сорго При Разных Сроках Посева В Лесостепной Зоне Рсо-А - Вестник 2016. № Том 16 № 3. S. 52-55

5. Fayzimurodov J.B, Xalilov N, Sanaqullv A.L. Jo'xori ayrim navlarining biometrik va mahsuldorlik ko'rsatkichlari // Toshkent davlat agrar universiteti tashkil etilganligining 90 yilligiga" bag'ishlangan xalqaro konferensiyaning Materiallar to'plami 2020 yil 14-15 dekabr, -B. 772-776.

6. Методика Государственного сортоиспытания сельскохозяйственных культур. -М.: Колос, 1971. -239 с.

7. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

8. Fayzimurodov, J., & Sakibayev, J. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRAYOTGAN POLIZ EKINLARI VA SHU BILAN BIRGALIKDA QOVOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR. Science and innovation in the education system, 2(5), 45-50.

9. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). BEDA O 'SIMLIGINING CHORVACHILIKKA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA FOYDALI XUSUSIYATLARI. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

10. Санаев, С. Т., & Файзимуродов, Ж. (2016). Технология возделывания сортов кукурузы как повторной посевной овощной культуры.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.