Научная статья на тему 'MOSH POYASINING BO’YINING BALANDLIGIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI'

MOSH POYASINING BO’YINING BALANDLIGIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

47
14
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Almashlab ekish / dukkakli don ekinlari / mosh / tuproqning biologik-fizik-kimyoviy xossalari / biologik azot / tuganak bakteriya / tuproq unumdorligi. / crop rotation / leguminous crops / bean / biological physico-chemical properties of the soil / biological nitrogen / nodule bacteria / soil fertility.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — M. A.Xolmurodova, Z.R.Bobokulov

Bugungi kunda dunyo aholisining turmush farovonligini yuksaltirishda, daromadlarini oshirishda hamda chorvachilikni yuqori oqsilli to‘yimli ozuqalar bilan ta’minlashda dukkakli don ekinlarining o‘rni katta. Dehqonchilikda bu ekinlar tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda, o‘zida biologik sof azot to‘plovchi vazifasini bajarib qolmasdan sifatli siderat o‘g‘itlar sifatida ham qo‘llanilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, legumes occupy a special place in improving the well-being of the world's population, increasing incomes and providing livestock with nutritious feed with a high protein content. In agriculture, these crops are also used as high-quality mineral fertilizers to maintain and increase soil fertility, not only acting as a biologically pure nitrogen accumulator

Текст научной работы на тему «MOSH POYASINING BO’YINING BALANDLIGIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MOSH POYASINING BO'YINING BALANDLIGIGA EKISH MUDDATI VA

USULINING TA'SIRI

Bugungi kunda dunyo aholisining turmush farovonligini yuksaltirishda, daromadlarini oshirishda hamda chorvachilikni yuqori oqsilli to'yimli ozuqalar bilan ta'minlashda dukkakli don ekinlarining o'rni katta. Dehqonchilikda bu ekinlar tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda, o'zida biologik sof azot to'plovchi vazifasini bajarib qolmasdan sifatli siderat o'g'itlar sifatida ham qo'llanilmoqda.

Kalit so'zlar: Almashlab ekish, dukkakli - don ekinlari, mosh, tuproqning biologik-fizik-kimyoviy xossalari, biologik azot, tuganak bakteriya, tuproq unumdorligi.

Currently, legumes occupy a special place in improving the well-being of the world's population, increasing incomes and providing livestock with nutritious feed with a high protein content. In agriculture, these crops are also used as high-quality mineral fertilizers to maintain and increase soil fertility, not only acting as a biologically pure nitrogen accumulator.

Keywords: crop rotation, leguminous crops, bean, biological physico-chemical properties of the soil, biological nitrogen, nodule bacteria, soil fertility.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 16 yanvardagi "Mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash chora-tadbirlari to'g'risida" gi PF-5303-son Farmonida mamlakatning oziq-ovqat xavfsizligini yanada ta'minlash, bozorni sifatli, xavfsiz va arzon oziq-ovqat mahsulotlari bilan to'ldirish, aholining xarid imkoniyatlarini mustahkamlash, tashqi iqtisodiy faoliyatni

M. A.Xolmurodova

TDAU Samarqand filiali magistranti

Z.R.Bobokulov

TDAU Samarqand filiali dotsenti v.v.b, q.x.f.d (PhD)

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

liberallashtirish va sog'lom raqobat muhitini rivojlantirish, shuningdek, mazkur sohadagi mavjud tizimli muammolarga barham berish masalalari bo'yicha vazifalar belgilab berilgan.

Bugungi kunda respublikamizning sug'oriladigan yerlaridan samarali foydalanish, bir yilda ikki hosil olib tuproq unumdorligini oshirish, tuproqda biologik azot fiksatsiyasini oshirib bir gektar maydondan olinadigan mahsulotni kam energiya va resurslar sarflab tannarxi past biologik toza mahsulot olish, aholini oqsilga bo'lgan talabini qondirish hozirgi kunda dehqonchilikdagi eng dolzarb muammolardan biridir. Ana shunday muammolarni hal qilishda dukkakli don ekinlari o'rni bo'lib, bu ekinlaridan biri mosh ekini hisoblanadi.

Mosh respublikaning barcha hududlarida asosiy va takroriy ekin sifatida ekiladi. Ushbu ekin almashlab ekish tizimida barcha ekinlar uchun eng yaxshi o'tmishdosh hisoblanadi. Oziq-ovqat uchun moshning urug'laridan foydalaniladi. Donning tarkibida yaxshi hazm bo'ladigan ko'p miqdorda qimmatli oqsil (24-28 %) azotsiz ekstrakt moddalar, yog'lar (1-2 %), klechatka (4-6 %), qand moddasi, moy (24 %), kraxmal (46-50 %), askorbin kislotasi, tiamin, provitamin A, Ye va K darmon dorilari, V guruhi vitaminlari, nikotin va pantoten kislotalari, sitosterinlar, stipmasterin, flavonoidlar, leykoantosianlar, viteksin, izoviteksin, organik kislotalar (olma, limon va malon), lizin, arginin, Mg, Ca, S, Na, Fe, Ma, Cu, B, Co, Ni, I kabi makro-mikroelementlar va fosfor tuzlari mavjud. Mosh tarkibidagi oqsilning hazm bo'lishi 86 foizga yetadi. Mosh doni ozuqalik qiymati bilan bug'doy, loviya, no'xat, ko'k no'xat va javdar donlaridan 1,5-2 baravar, to'yimliligi bilan esa 1,5 baravar ustun turadi [3].

Foydalanilgan materiallar va usullar: Dukkakli - don o'simliklari yer ustki vegetativ organi poyasining yuqori qismi gul bilan tugamaydi, shuning uchun no'xat o'simligi tashqi muhitni qulay sharoitiga qarab cheklanmagan holda uzoq vaqt o'sishi mumkin. O'simliklarda tashqi muhit omillari ta'sirida ya'ni, tuproq namligining pasayishi va havo haroratining ko'tarilishi hamda o'simlik rivojlanishining generativ fazasining boshlanishi bilan o'sish sur'ati (tezligi) sezilarli darajada qisqaradi. O'simlikning o'sish tezligiga tashqi muhit omillaridan ko'proq yorug'lik, issiqlik va namlik ta'sir etishi kuzatiladi[1;2].

Moshni takroriy ekin sifatida kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirishda poyasining balandligi va ostki birinchi dukkaklarining yerdan qanday darajada baland bo'lishi moshning ekish muddatlari va me'yorlariga bog'liq ravishda o'zgaradi [3].

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Dukkakli don ekinlaridan biri bo'lgan mosh ekini o'zining vegetasiya davrida tuproqda 50-100 kg/ga sof azot va organik moddalar to'plab, tuproqning tabiiy unumdorligini oshirishi bilan birga oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan shifobaxsh don beradigan ekin hisoblanadi [6].

Sug'oriladigan yerlar va suv ta'minoti chegaralangan sharoitda g'o'za-boshoqli don ekinlari almashlab ekish tizimida tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda mosh ekinining o'rni juda katta ekanligi ko'rsatgan [5].

S.T.Negmatovaning tadqiqotlarida, mosh ang'izga iyul oyining boshida ekilganida (1.07) urug'ini ekish me'yorlariga mutanosib holda 57-60 sm ni tashkil etib, iyul oyining o'rtasida (15.07) ekilganida 55-58 sm va avgust oyining boshida (1.08) ekilganda 53-56 sm ni tashkil etishi kuzatilgan bo'lib, mosh ang'izga iyul oyining boshida ekilgandagi (1.07) bo'yi iyul oyining o'rtasida (15.07) ekilgandagiga nisbatan 2-3 sm; avgust oyining boshida (1.08) ekilgandagiga nisbatan esa 3-4 sm baland bo'lishi aniqlangan [4].

Dala tajribalarimiz Don-dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasining bo'z tuproqlari sharoitida olib borildi. Tajribada moshning Radost va Durdona navini kuzgi bug'doydan bo'shagan maydonda ang'izda takroriy ekin sifatida 25 iyun, 5 iyul va 15 iyul muddatda qatorlab (60x15) va sochma usulda ekib o'rganildi.

Tajribada moshni Radost va Durdona navlari har xil (25.06; 5.07; 15.07) ekish muddati va (qatorlab (60x15) va sochma) usullarida ekilgan variantlari bo'yicha moshning bo'yi va ostki dukkaklarining yerga nisbatan balandligi tajriba variantlarining barcha qaytariqlarida 5 ta joydan 100 tadan o'simlikda dukkaklar to'liq shakllanganidan so'ng, o'rtacha bitta o'simlikning bo'yi va dukkaklarining yerdan balandligi aniqlandi.

Dala tajribalari tadqiqotlar va boshqa tahlillar umumqabul qilingan O'zPITI va O'zDITI, Davlat nav sinash komissiyasi va B.A.Dospexov uslublari bo'yicha o'tkazildi. Hosildorlik bo'yicha olingan ma'lumotlarga B.A.Dospexovning dispersion tahlil usulida ishlov berildi.

Olingan natijalar va ularning tahlili: Mosh o'simligining o'sish tezligi navlarining biologik xususiyatlariga, tuproqni nam bilan ta'minlanishiga, mosh ekinini ekish muddatiga va usuliga bog'liq.

Dala tajribalarimizda mosh o'simligining o'sish dinamikasini unib chiqqandan boshlab har 10 kunda barcha variantlarni takrorlanishlari bo'yicha modul o'simlikda kuzatildi. Bu sohada olib borilgan tajriba

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

natijalaridan ma'lum bo'lishicha navlar bo'yicha o'simlik bo'yining balandligi va ostki birinchi dukkakning yerdan balandligi bo'yicha farqlar kuzatildi. Tadqiqotlardan olingan ma'lumotlarga qaraganda, takroriy yetishtirilgan moshning bo'yi va ostki birinchi dukkaklarining yerdan balandligi uning ekish mudd atlari va usullari bilan bevosita bog'liq ekanligini ko'rsatdi.

Tadqiqotlardan olingan ma'lumotlar tahlil qilinganda, moshning Radost navining bo'yining balandligi ekish muddatlari bo'yicha 69,7 sm dan 74, 2 sm gacha bo'lishi aniqlanib, bunda moshning ekish muddatlari kechikishi bilan o'simlik bo'yining balandligiga ta'sir ko'rsatib, 25 iyun muddatda ekilgan variantda 74,2 sm ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 5 iyul va 15 iyul muddatlarda ekilgan variantlarga nisbatan 0,8-2,5 smgacha yuqori bo'lishi aniqlandi. Ekish usullari bo'yicha tahlil qilinganda esa, sochma usulida ekilgan variantlar qatorlab ekilgan variantlarga nisbatan variantlar bo'yicha 1,3-2,6 sm gacha o'simlik bo'yi balandroq bo'lganligi kuzatildi.

Bu ko'rsatkich mutanosib ravishda Durdona navida ekish muddatlari bo'yicha 65,7 sm dan 70,4 sm gacha bo'lishi aniqlanib, bunda ekish muddatlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 25 iyun muddatda ekilgan variantda kuzatilib, 70,4 sm ni tashkil etgan bo'lsa, bu ko'rsatkich 5 iyul va 15 iyul muddatlarda ekilgan variantlarga nisbatan 1-5 smgacha yuqori bo'lishi aniqlandi. Ekish usullari bo'yicha tahlil qilinganda esa, qatorlab ekilgan variantlar sochma usulida ekilgan variantlar nisbatan variantlar bo'yicha 1,6-36 sm gacha o'simlik bo'yi past bo'lishi aniqlandi. Bu holatni ekish muddatining kechikishi va ekish me'yorini kamayishi natijasida o'simlik bo'yining past bo'lishiga sabab bo'lishi bilan izohlash mumkin.

O'simlik bo'yining balandligini navlar bo'yicha tahlil qilinganda, eng baland bo'yli o'simlik Radost navida kuzatilib, bu ko'rsatkich 25 iyun sochma usulida ekilgan variantda kuzatilib 74,2 sm ni tashkil etdi. Eng past bo'yli o'simlik Durdona navida 15 iyulda qatorlab ekilgan variantda kuzatilib, uning balandligi 65,7 sm ga teng bo'ldi bu ko'rsatkich Radost navidan 8,5 sm past bo'lishi aniqlandi.

Xulosalar. Xulosa qilib aytganda, moshni kuzgi bug'doy ang'izida takroriy ekin sifatida bo'shagan dalalarga erta muddatda (25.06) ekilganganida o'simlik bo'yining oshib borishi bilan birga ostki birinchi dukkaklarining yerga nisbatan balandligi ham yuqorida bo'lib, hosilni yig'ishtirib olishda bir muncha qiyinchiliklarni to'g'dirmaydi.

REFERENCES

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

1. Bobokulov Z., Bobomurodov Z. Productivity of chikpea varieties and the effect of different planting times and depths on grain quality indicators. Nveo - natural volatiles & essential oils. 2021, 8(5): 7524- 7532.

2. Atabayeva H. N. O'simlikshunoslik. - Toshkent : Mehnat, 2000. - b.134-136.

3. Xalikov B.M., Negmatova S.T. Mosh. Monografiya Toshkent - 2020 yil

4. Negmatova S.T. Turli muddatlarda va me'yorlarda ang'izga ekilgan moshning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi. Avtoreferat. q.x.f.n. -Tashkent.: 2010. 24-b.

5. Nurniyozov A.A. B.S.Mamatov. Ang'izga yekilgan moshning o'sishi va rivojlanishi. O'zbekistonda oziq-ovqat dasturini amalga oshirishda qishloq xo'jalik fani yutuqlari va istiqbollari. 2015/11/20 114-118 b.

6. Bobokulov, Z. R., & Xolmurodova, M. A. (2022). MOSHNING DURDONA NAVI ILDIZIDA TUGANAKLARNING RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 326-330.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.