Научная статья на тему 'INFLUENCE OF MACRO- AND MICRO-ORGANISMS ON THE FLOWERING AND FORMATION OF LEGUMES OF AYETTED MOSH IN AUTUMN BUG'DOY ANGIZI IN THE CONDITIONS OF KARBONATLI MEADOW-BURZ SOILS OF SAMARKAND REGION'

INFLUENCE OF MACRO- AND MICRO-ORGANISMS ON THE FLOWERING AND FORMATION OF LEGUMES OF AYETTED MOSH IN AUTUMN BUG'DOY ANGIZI IN THE CONDITIONS OF KARBONATLI MEADOW-BURZ SOILS OF SAMARKAND REGION Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
13
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ANGINA / MOSH / MICROELEMENT / GROWTH / DEVELOPMENT / PRODUCTIVITY / YIELD QUALITY

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Kubayeva M.T.

In this article, the factors affecting macro-and micro-organisms on the flowering and formation of legumes of mosh grown in the autumn Anoy Angi in the conditions of karbonatli Meadow-Burz soils of Samarkand region are seen. Also in the article, the use of microbial molybdenum against the background of macro-organisms in the cultivation of mosh in autumn crops, in particular, fertilization of seeds in 0,05% molybdenum solution, application of normative soil to 0,5 kg / ha in different periods, leaf feeding in the budding and flowering phases were tested and the results obtained were statistically analyzed.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INFLUENCE OF MACRO- AND MICRO-ORGANISMS ON THE FLOWERING AND FORMATION OF LEGUMES OF AYETTED MOSH IN AUTUMN BUG'DOY ANGIZI IN THE CONDITIONS OF KARBONATLI MEADOW-BURZ SOILS OF SAMARKAND REGION»

UDK 004.02:004.5:004.9

Kubayeva M. T.

Samarqand veternariya meditsinasi institute

O'zbekiston, Samarqand

SAMARQAND VILOYATINING KARBONATLI O'TLOQI-BO'Z TUPROQLARI SHAROITIDA KUZGI BUG'DOY ANG'IZIDA AYETISHTIRILGAN MOSHNING GULLASHI VA DUKKAK HOSIL QILISHGA MAKRO- VA MIKROO'G'ITLARNING TA'SIRI

Annotatsiya: Ushbu maqolada Samarqand viloyatining karbonatli o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirilgan moshning gullashi va dukkak hosil qilishga makro va mikroo'g'itlarning ta'sir qilish omillari ko'riladi. Shuningdek maqolada kuzgi bug'doy ang'izida mosh yetishtirishda makroo'g'itlar fonida molibden mikroo'g'itidan foydalanish, xususan urug'likni molibdenning 0,05% li eritmasida ivitish, turli davrlarda 0,5 kg/ga me'yorda tuproqqa qo'llash hamda g'unchalash va gullash fazalarida barglan oziqlarntirishlar sinalgan va olingan natijalar statistik tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Ang'iz, mosh, mikroelement, o'sish, rivojlanish, hosildorlik, hosil sifati.

Kubayeva M.T.

Samarkand veternary Medical Institute Uzbekistan, Samarkand

INFLUENCE OF MACRO - AND MICRO-ORGANISMS ON THE FLOWERING AND FORMATION OF LEGUMES OF AYETTED MOSH IN AUTUMN BUG'DOY ANGIZI IN THE CONDITIONS OF KARBONATLI MEADOW-BURZ SOILS OF SAMARKAND REGION

Annotation: in this article, the factors affecting macro-and microorganisms on the flowering and formation of legumes of mosh grown in the autumn Anoy Angi in the conditions of karbonatli Meadow-Burz soils of Samarkand region are seen. Also in the article, the use of microbial molybdenum against the background of macro-organisms in the cultivation of mosh in autumn crops, in particular, fertilization of seeds in 0,05% molybdenum solution, application of normative soil to 0,5 kg / ha in different periods, leaffeeding in the budding and flowering phases were tested and the results obtained were statistically analyzed.

Keywords: angina, mosh, microelement, growth, development, productivity, yield quality.

Ma'lumki, o'simlikni biologik jihatdan eng yetuk davri uning gullagan davri hisoblanadi. Tuproqda oziqa elementlari va namlik yetarlicha bo'lsa, o'simlikda ushbu jarayon maqbul tarzda kechadi, hosil elementlari ko'payadi. Lekin, o'simlikda hosil bo'lgan gullarning barchasi bir tekis changlanmaydi, changlanib ulgurgan hosil elementlarining bir qismi oziqa moddalar va namlikning yetishmasligi oqibatida to'kilib ketadi. Shunisi ahamiyatliki, o'simlik hosilini qanchalik miqdorda saqlab qolishi va to'plashi uning ekish muddatlari va me'yorlari bilan bevosita bog'liqdir (M.T.Kogay, 1966; K.Krivoruchko, 1983; M.M.Mirzovaliyev, 1987, 1988; D.K.Kasimov, U.M.Maxmaderov, M.D.Nasirova, 2001). Ayniqsa, mosh ang'izga takroriy ekin sifatida ekilganda, uning makro- va mikroo'g'itlar bilan oziqlanishiga aniqlik kiritish kelgusida moshdan yuqori va sifatli hosil olishni ta'minlab beradi.

Odatda, mosh 6-7 bo'g'in oralig'idan gullay boshlaydi, guli dastlab yuqoriga tomon ko'tarilib boradi va keyinchalik pastga tushadi. Moshning bosh poyasidan avval birinchi shoxlari pastda bo'lib, ulardan ikkinchi tartibdagi shoxlari yuzaga keladi. Lekin, moshning faqat birinchi tartibdagi shoxlaridagi gullari gullaydi. Aniqlanishicha, mosh ang'izga ekilganda ekish muddatlari va me'yorlariga bog'liq ravishda gullashi 10-15 kun davom etadi (A.P.Pilov, 1978).

Samarqand viloyatining karbonatli o'tloqi-bo'z tuproqlari sharoitida kuzgi bug'doy ang'izida mosh yetishtirilganda uning gullashi, gullarining changlanib dukkak hosil qilish makro- va mikroo'g'itlarga bog'liq ravishda o'zgarib borishi kuzatildi. Tajribadan olingan ma'lumotlar 1-jadvalda keltirildi.

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, kuzgi bug'doy ang'iziga mosh urug'lari molibdenning 0,05 %li eritmasida ivitilib ekilganda gullar va shakllangan dukkaklar soni urug'lar oddiy suvda ivitilib ekilgandagiga (nazorat) qaraganda yuqori ko'rsatkichga ega bo'ldi. Lekin, molibdenni tuproqqa berishning keyinga surilishi hamda bargdan oziqlantirilganda gullar va shakllangan dukkaklar soni kamayib bordi.

1-jadval

Ang'izda yetishtirilgan moshning gullashi va dukkaklar tugishi, bir tupda _ (2018-2019 yy.)_

№ Gullar soni, dona Dukkaklar soni, dona Gullar soniga nisbatan hosil bo'lgan dukkaklar, %

1 47,8 12,3 25,7

2 51,6 13,6 26,4

3 53,7 15,4 28,7

4 52,8 15,0 28,4

5 53,0 15,1 28,5

6 51,8 14,7 28,3

Hosil bo'lgan gullardan dukkaklar tugishi tajriba variantlariga bog'liq ravishda 25,7 foizdan 28,7 foizgacha o'zgardi. Mosh ang'izga iyul oyining boshida ekilganda (1.07) tajriba variantlariga bog'liq ravishda har bir tupdagi

gullar soni 47,8-53,7 donani tashkil etib, eng yuqori ko'rsatkich N35P70K40+urug'ni (0,05 %li Mo) ivitish+5-6 barglik fazasida (0,5 kg/ga Mo) tuproqqa qo'llash variantida aniqlandi va 53,7 donaga teng bo'ldi. N35P70K40+urug'ni (0,05 %li Mo) ivitish+shoxlanishda (0,5 kg/ga Mo) tuproqqa qo'llash variantida gullar soni nisbatan kam bo'lib, har bir tup moshda o'rtacha 52,8 donani tashkil etganligi aniqlandi. N35P70K40+urug'ni (0,05 %li Mo) ivitish+shoxlanishda (0,05 %li Mo) bargdan oziqlantirish variantida 53,0 dona, N35P70K40+urug'ni (0,05 %li Mo) ivitish+gullashda (0,05 %li Mo) bargdan oziqlantirish variantida esa 51,8 dona bo'lganligi kuzatildi. Yuqoridagilarga mutanosib holda shakllangan dukkaklar soni ham o'zgarganligi aniqlandi.

Demak, kuzgi bug'doy ang'iziga makroo'g'itlar fonida mosh urug'larini molibdenning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish hamda 5-6 barglik fazasida molibdenni 0,5 kg/ga me'yorda qo'llash o'simlikda gullar va dukkaklar ko'proq hosil bo'lishga, natijada hosildorlikning yuqori bo'lishini ta'minladi.

Kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirilgan moshning dukkaklari va dukkaklaridagi donlarini shakllanishiga oid ma'lumotlar 3.4-jadvalda keltirilgan.

Moshda dukkaklarning shakllanishiga oid ma'lumotlarga asoslanib, shu narsani alohida ta'kidlash joizki, dukkaklar moshning yuqori va pastki yaruslarida bo'lsa-da, asosiy qismi o'rta yarusda joylashgan bo'ladi (S.Powar, C.Bhatia, 1981; BrA.Satyan, K.S.Prakash, 1988; M.Altab Hossian, M.Fazlul Karim, 1991; M.D.Nosirova, 2008).

2-jadval

Kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirilgan moshning umumiy dukkaklari soni

(bir tupda)

Tajriba variantlari Dukkaklarning umumiy soni, dona

2015 yil 2016 yil o'rtacha

N35P70K40 (fon)+urug'ni suvda ivitish (nazorat) 9,3±0,6 9,1±0,5 9,2

Fon+urug'ni (0,05 % li Mo) ivitish 11,6±0,4 12,6±0,6 12,1

Fon+urug'ni (0,05 % li Mo) ivitish +5-6 barglikda (0,5 kg/ga Mo) tuproqqa 16,4±0,6 17,4±0,5 16,9

Fon+urug'ni (0,05 % li Mo) ivitish +shoxlanishda (0,5 kg/ga Mo) tuproqqa 14,2±0,4 15,3±0,6 14,8

Fon+urug'ni (0,05 % li Mo) ivitish +shoxlanishda (0,05 % li Mo) barg orqali 14,7±0,5 15,2±0,4 15,0

Fon+urug'ni (0,05 % li Mo) ivitish + gullashda (0,05 % li Mo) barg orqali 12,5±0,6 13,4±0,5 13,0

Olingan ma'lumotlarga qaraganda, ang'izda yetishtirilgan mosh dukkaklarining shakllanishi makro- va mikroo'g'itlarga mutanosib ravishda o'zgardi. Dukkaklar soni tajriba variantlarida o'rta hisobda har bir o'simlikda 12,3 donadan 15,4 donagacha bo'lishini ko'rsatdi. Masalan, N35P70K40(fon)+urug'ni suvda ivitish (nazorat) variantda dukkaklar soni o'rtacha 12,3 donani tashkil etgan

bo'lsa, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish variantida 13,6 dona yoki nazorat variantga nisbatan 10,6 % ko'p bo'lishi ta'minlandi. Eng yuqori ko'rsatkich makroo'g'itlar fonida urug'ni ammoniy molibdatning0,05 %li eritmasida ivitish bilan birga 5-6 barglik fazasida ammoniy molibdatni 0,5 kg/ga me'yorda tuproqqa qo'llash variantida kuzatilib, dukkaklar soni 15,4 donani tashkil etdi yoki nazorat variantga qaraganda 25,2 %ga ko'p bo'ldi (2-jadval).

Demak, moshni kuzgi bug'doy ang'iziga ekishda, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitish bilan birgalikda o'simlikning shoxlanish fazasida ammoniy molibdatni 0,5 kg/ga me'yorda qo'llash o'simlikda dukkaklar soni oshishini ta'minlaydi.

Dukkakli ekinlarning hosildorligi don soni va donning massasi bilan ham bevosita bog'liqdir. Lekin, donlarning ko'p bo'lishi doim ham yuqori hosil yetishtirishga asos bo'lolmaydi. Chunki, donlarning soni bilan birga salmog'i ham talablar darajasida bo'lsagina, yetishtirilgan hosilning mo'l va sifatli bo'lishi ta'minlanadi (M.D.Nosirova, 2003, 2012; M.Altab Hossian, M.Fazlul Karim, 1991; S.Powar, C.Bhatia, 1981; Br.A.Satyan, K.S.Prakash, 1988; N.Ravshanova, M.Atamurodova, 2012). Shu sababli ham kuzgi bug'doy ang'izida takroriy ekin sifatida yetishtirilgan moshning dukkaklaridagi donlar soni va don massasining agrotexnologik tadbirlarga bog'liqligini o'rganish muhim ilmiy va amaliy ahamiyat kasb etadi.

Kuzgi bug'doy ang'izida yetishtirilgan moshning dukkaklaridagi don soni va 1000 dona don massasi tahlili natijalari 3-jadvalda keltirilgan.

3-jadval

Ang'izda yetishtirilgan mosh dukkaklaridagi donlar soni va 1000 dona don _massasi (2018-2018 yy.)_

№ Takrorliklar bo'yicha dukkakdagi donlar soni, dona Takrorliklar bo'yicha 1000 dona don massasi, g

I II III o'rtacha I II III o'rtacha

1 13,7±0,5 13,4±0,3 13,1±0,4 13,4 41,5±1,2 41,3±0,9 41,1±1,1 41,3

2 14,4±0,4 13,9±0,3 13,7±0,5 14,0 40,7±1,1 40,3±1,2 40,2±1,0 40,4

3 14,6±0,4 14,8±0,5 14,4±0,4 14,6 38,4±1,1 38,8±0,9 38,9±1,2 38,7

4 14,2±0,5 14,1±0,7 13,7±0,4 14,0 38,0±1,2 38,4±0,8 38,5±1,2 38,3

5 14,4±0,3 14,9±0,5 14,2±0,3 14,5 38,9±1,3 38,5±1,0 38,4±1,2 38,6

6 13,8±0,6 13,6±0,6 14,30,4 13,9 38,4±1,2 38,7±1,1 38,1±1,3 38,4

Tadqiqotlar natijasiga qaraganda o'simlikni faqatgina makroo'g'itlar bilan o'g'itlashga qaraganda, makroo'g'itlar fonida ammoniy molibdatni turli usullarda qo'llash bilan dukkakdagi donlar soni va salmog'i biroz o'zgarishi hisobga olindi. Masalan, N35P70K40(fon)+urug'ni suvda ivitish (nazorat) variantda dukkakdagi donlar soni o'rtacha 13,4 donani tashkil etgan bo'lsa, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish variantida 14,0 dona yoki nazorat variantga nisbatan 4,5 % ko'p bo'lishi ta' minlandi. Eng yuqori

ko'rsatkich makroo'g'itlar fonida urug'ni ammoniy molibdatning0,05 %li eritmasida ivitish bilan birga 5-6 barglik fazasida ammoniy molibdatni 0,5 kg/ga me'yorda tuproqqa qo'llash variantida kuzatilib, dukkakdagi donlar soni 14,6 donani tashkil etdi yoki nazorat variantga qaraganda 9,0 %ga ko'p bo'ldi. Mikroo'g'itni tuproqqa qo'llash kechiktirilganda (gullashda) dukkakdagi donlar soni nisbatan kamayib, bitta o'simlikda 14,0 donani yoki nazoratga nisbatan 4,5 % ko'p bo'ldi (3.5-jadval).

Tajribada ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasini barg orqali purkash variantlarida ham dukkaklar soni ko'payishi ta'minlandi, biroq bu ko'rsatkich bo'yicha ham mikroo'g'itni tuproqqa qo'llashga qaraganda samaradorligi birmuncha kam bo'lganligi hisobga olindi. Masalan, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish bilan birgalikda shoxlanish fazasida uning 0,05 %li eritmasi barg orqali purkalgan variantda har bir dukkakda o'rta hisobda 14,5 dona don shakllangan bo'lib, nazoratga nisbatan 8,2 % ziyodligi, shuningdek, barg orqali oziqlantirishni keyinga surish, ya'ni gullash fazasida qo'llash variantida dukkakdagi donlar soni shoxlanish fazasida purkalgandagiga qaraganda biroz kamroq bo'lsa-da, har bir dukkakdagi don 13,9 donani tashkil etib, nazorat variantdagiga nisbatan 3,7 % ko'p bo'lganligi qayd etildi.

Dukkakdagi don massasini aniqlash bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlarda 1000 dona don massasi qo'llanilgan makro- va mikroo'g'itlarga bog'liqligini ko'rsatdi.

Tajribada makroo'g'itlar fonida ammoniy molibdatni turli usullarda qo'llash bilan 1000 dona don massasi biroz o'zgarganligi qayd qilindi. Masalan, N35P70K40(fon)+urug'ni suvda ivitish (nazorat) variantda 1000 dona don massasi o'rta hisobda 41,3 g ni tashkil etgan bo'lsa, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish variantida 40,4 g yoki nazorat variantga nisbatan 2,2 % kam bo'lishiga olib keldi. Makroo'g'itlar fonida urug'ni ammoniy molibdatning0,05 %li eritmasida ivitish b ilan birga 5-6 barglik fazasida ammoniy molibdatni 0,5 kg/ga me'yorda tuproqqa qo'llash variantida 1000 dona don massasi 38,7 g ni tashkil etdi yoki nazorat variantga qaraganda 6,3 %ga kam bo'ldi. Mikroo'g'itni tuproqqa qo'llash kechiktirilganda (gullashda) 1000 dona don massasi yanada kamayib, 38,3 g ni tashkil etdi yoki nazoratga nisbatan 7,3 %ga kam bo'ldi (3-jadval).

Tajribada ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasini barg orqali purkash variantlarida ham 1000 dona don massasi kamayishi kuzatildi, shu o'rinda ta'kidlash lozimki, samaradorligi bo'yicha mikroo'g'it eritmasini barglarga purkash va tuproqqa qo'llash deyarli bir xil bo'lganligi qayd etildi. Masalan, makroo'g'itlar fonida urug'larni ammoniy molibdatning 0,05 %li eritmasida ivitib ekish bilan birgalikda shoxlanish fazasida uning 0,05 %li eritmasi barg orqali purkalgan variantda 1000 dona don massasi o'rta hisobda 38,6 g bo'lib, nazoratga nisbatan 6,5 % kamligi, shuningdek, barg orqali oziqlantirishni keyinga

surish, ya'ni gullash fazasida qo'llash variantida 38,4 g ni tashkil etib, nazorat variantdagiga nisbatan 7,0 % kam bo'lganligi qayd etildi.

Shu o'rinda ta'kidlash kerakki, mosh urug'lari ammoniy molibdat bilan ishlov berilib ekilganda o'simlik yaxshi o'sishi, rivojlanishi, gullarning yaxshi changlanishi kuzatilib, o'simlikda ko'plab dukkaklar paydo bo'ldi, ularda o'z navbatida ko'p sonli don shakllandi. Donlar sonining ortishi esa mutanosib ravishda 1000 dona don massasiga ta'sirni o'tkazganligi tajribada qayd etildi. Dukkakdagi donlar soni va 1000 dona don massasi o'rtasidagi korrelyasion bog'liqlik o'rganilganda, 1000 dona don massasining dukkakdagi donlar soniga bog'liqligi teskari aloqada ekanligi aniqlandi. Bunda bog'liqlik analitik ifodalanishiga ko'ra to'g'ri, yo'nalishining o'zgarishiga ko'ra teskari bo'lib, regressiya tenglamasi y=a-bx, korrelyasiya koeffitsiyenti r= - 0,62, determinasiya koeffitsiyenti R2=0,38 ga tengligi aniqlandi

Foydalanilgan adabiyotlar:

1. Кузиева А. Влияние различных форм фосфорных удобрений на агрохимические свойства сероземно-оазисных почв и урожайность хлопчатника // Автореф. дис. ... канд. с.-х. наук. - Т.: 1990. - 24 с. 55.

2. Мамасолиева Л.Э., Мячина О.В., Алиев А.Т., Яковлева И.А., Ким Р.Н., Исакова Д.Х. Изменение процессов минерализации и гумификации в сероземной почве под влиянием новых фосфорных удобрений // Тупрок унумдорлигини оширишнинг илмий ва амалий асослари: Халкаро илмий-амалий конференция материаллари туплами. - Тошкент, 2007. I-кисм. - Б. 122-125. 56.

3. Машрабов М.И., Хайитов М.А., Хошимов Ф.Х,. Турли yFrn1 меъёрларининг тупрок таркибидаги хдракатчан фосфор микдорига боFликлиги. // Агро илм. Тошкент, 2013. - № 3 (27). - Б. 66-67. 57. Машрабов М.И., Хайитов М.А. Тупрок фосфат режими ва Fyзанинг усиши-ривожланишида комплекс yFитларнинг таъсири. // Агро илм. Тошкент, 2015. - № 4 (36). - Б. 12-13.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.