Научная статья на тему 'MOSHNING DURDONA NAVI ILDIZIDA TUGANAKLARNING RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI'

MOSHNING DURDONA NAVI ILDIZIDA TUGANAKLARNING RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

150
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Almashlab ekish / dukkakli don ekinlari / mosh / tuproqning biologik-fizik-kimyoviy xossalari / biologik azot / tuganak bakteriya / tuproq unumdorligi. / crop rotation / leguminous crops / bean / biological physico-chemical properties of the soil / biological nitrogen / nodule bacteria / soil fertility

Аннотация научной статьи по агробиотехнологии, автор научной работы — Z. R. Bobokulov, M. A. Xolmurodova

Hozirgi kunda dunyo aholisining turmush farovonligini yuksaltirishda, daromadlarini oshirishda hamda chorvachilikni yuqori oqsilli to„yimli ozuqalar bilan ta‟minlashda dukkakli don ekinlari alohida o„rin egallaydi. Dehqonchilikda bu ekinlar tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda, o„zida biologik sof azot to„plovchi vazifasini bajarib qolmasdan sifatli siderat o„g„itlar sifatida ham qo„llanilmoqda. Ushbu maqolada takroriy ekilgan moshning Durdona navi ildizida tuganaklarning rivojlanishiga ekish muddatlari va usullarining ta‟siri o„rganilgan va xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Currently, legumes occupy a special place in improving the well-being of the world's population, increasing incomes and providing livestock with nutritious feed with a high protein content. In agriculture, these crops are also used as high-quality mineral fertilizers to maintain and increase soil fertility, not only acting as a biologically pure nitrogen accumulator. In this article, the influence of planting dates and methods on the development of shoots in the tuber of the re-planted variety of bean Durdana has been studied and conclusions have been drawn.

Текст научной работы на тему «MOSHNING DURDONA NAVI ILDIZIDA TUGANAKLARNING RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA’SIRI»

MOSHNING DURDONA NAVI ILDIZIDA TUGANAKLARNING RIVOJLANISHIGA EKISH MUDDATI VA USULINING TA'SIRI

Z. R. Bobokulov

TDAU Samarqand filiali o'qituvchisi, q.x.f.d (PhD)

M. A. Xolmurodova

TDAU Samarqand filiali magistranti

ANNOTASIYA

Hozirgi kunda dunyo aholisining turmush farovonligini yuksaltirishda, daromadlarini oshirishda hamda chorvachilikni yuqori oqsilli to'yimli ozuqalar bilan ta'minlashda dukkakli don ekinlari alohida o'rin egallaydi. Dehqonchilikda bu ekinlar tuproq unumdorligini saqlash va oshirishda, o'zida biologik sof azot to'plovchi vazifasini bajarib qolmasdan sifatli siderat o'g'itlar sifatida ham qo'llanilmoqda.

Ushbu maqolada takroriy ekilgan moshning Durdona navi ildizida tuganaklarning rivojlanishiga ekish muddatlari va usullarining ta'siri o'rganilgan va xulosalar berilgan.

Kalit so'zlar: Almashlab ekish, dukkakli - don ekinlari, mosh, tuproqning biologik-fizik-kimyoviy xossalari, biologik azot, tuganak bakteriya, tuproq unumdorligi.

Currently, legumes occupy a special place in improving the well-being of the world's population, increasing incomes and providing livestock with nutritious feed with a high protein content. In agriculture, these crops are also used as high-quality mineral fertilizers to maintain and increase soil fertility, not only acting as a biologically pure nitrogen accumulator.

In this article, the influence of planting dates and methods on the development of shoots in the tuber of the re-planted variety of bean Durdana has been studied and conclusions have been drawn.

Keywords: crop rotation, leguminous crops, bean, biological physico-chemical properties of the soil, biological nitrogen, nodule bacteria, soil

ABSTRACT

fertility.

October 5-6

Kirish. Respublikamizning sug'oriladígan yerlaridan samarali foydalanish, bir yilda ikki hosil olib tuproq unumdorligini oshirish, tuproqda biologik azot fiksasiyasini oshirib bir gektar maydondan olinadigan mahsulotni kam energiya va resurslar sarflab tannarxi past biologik toza mahsulot olish, aholini o'simlik moyi hamda oqsilga bo'lgan talabini qondirish hozirgi kunda dehqonchilikdagi eng dolzarb muammolardan biridir.

O'zbekiston Respublikasini Prezidentining 2022-2026 yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning Taraqqiyot strategiyasi Farmoni 30-maqsadida: Qishloq xo'jaligini ilmiy asosda intensiv rivojlantirish orqali dehqon va fermerlar daromadini kamida 2 baravar oshirish, qishloq xo'jaligining yillik o'sishini kamida 5 foizga yetkazish belgilangan. Ushbu maqsaddan kelib chiqib, eksportbop mahsulotlar yetishtirishni ko'paytirib, eksport salohiyatini yanada oshirish, tuproq unumdorligini oshirish va muhofaza qilish hamda aholi tomonidan tomorqalardan samarali foydalanilishi uchun sharoitlar yaratish va boshqa vazifalar belgilangan.

Ushbu vazifalardan kelib chiqqan holda, respublikamizning aholisini qishloq xo'jalik mahsulotlari bilan yetarlicha ta'minlash borasida agrar sohadagi islohotlarni yanada chuqurlashtirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga qaratilgan tadbirlarning samarali tizimini yaratishni taqozo etadi.

Bugungi kunda respublikamizda kuzgi boshoqli don ekinlaridan bo'shagan maydonlarga takroriy ekin sifatida dukkakli don ekinlarining ekilishi tuproq unumdorligining oshishida muhim ahamiyat kasb etadi. Dukkakli-don ekinlar boshqa guruh ekinlardan farq qilib, tuganak bakteriyalar bilan simbioz hayot kechirib atmosfera azotini fiksasiyalash va tuproqdagi qiyin o'zlashtiriladigan fosforli birikmalarni o'zlashtirish qobiliyatiga ega. Ana shunday dukkakli don ekinlaridan biri mosh ekini hisoblanadi.

Mavzuga oid adabiyotlar tahlili: Dukkakli don ekinlari ildizida yashovchi tuganak bakteriyalar biologik azot to'playdi va ular tuproqda organik moddalar miqdorini, tuproqni suv-fizik xossalarini yaxshilaydi, tuproq unumdorligini oshiradi. Dukkakli ekinlar to'plagan azot - biologik azot bo'lib, ular o'simlik mahsulotlarida nitratlarni to'planishini, tuproqda organik moddalarni tez parchalaydigan zararli mikroflorani ko'payishini oldini olishga hamda toza mahsulot yetishtirishga imkon beradi [1].

Dukkakli don ekinlardan biri hisoblangan mosh don olish uchun ekilganda bu ekin tuproqni organik moddalarga va biologik azotga boyitadi. Natijada, tuproq unumdorligi ortadi va keyingi ekinlarning o'sish va rivojlanishini yaxshilaydi, hosildorligini oshiradi [2].

October 5-6

Dukkakli don ekinlaridan bin bo'lgan mosh ekini o'zining vegetasiya davrida tuproqda 50-100 kg/ga sof azot va o^anik modda^ to'plab, tuproqning tabiiy unumdoriigini oshirishi bilan biïga oqsil va vitaminlaгga boy bo'lgan shifobaxsh don beradigan ekin hisoblanadi [3].

N.A.Ravshanovaning fikгicha, sug'oгiladigan yerlar va suv ta'minoti chegaгalangan sharaitda g'o'za-boshoqli don ekinlari almashlab ekish tizimida tuproq unumdoriigini saqlash va oshirishda mosh ekinining o'mi juda katta ekanligi ko'гsatgan [4].

S.T.Negmatova Qashqadaryo viloyatining tog' oldi tekisligi tipik bo'z tupraqlari shaгoitida g'o'za kuzgi bug'doy ang'iziga mosh iyul oyining boshida (1.07) ekib o^ganganda dukkaklash fazasida o'гta hisobda bitta o'simlikdagi tuganaklaг soni uгug'ni ekish me'yoriariga bog'liq гavishda 26-28 donani, iyul oyining o'rtasida ekilganida (15.07) 24-26 donani va avgust oyining boshida (1.08) ekilganida 20-23 donani tashkil etishini va mosh ang'izga ertachiroq 400 ming/dona/ga gacha ekilsa, bitta o'simlikda shakllanadigan tuganaklaming qumq modda hisobidagi o'гtacha miqdori 16,6 grammni tashkil etgani holda, kech ekilgandagiga nisbatan 3,3 gramm yuqori bo'lishini. aniqlangan [5].

Tadqiqot metodologiyasi: Dala tajribalarimizni Don-dukkakli ekinlar ilmiy tadqiqot instituti Samarqand ilmiy tajriba stansiyasining bo'z tupraqlari sharoitida olib boráik. Tajribada moshning Duгdona navini kuzgi bug'doydan bo'shagan maydonda ang'izda takrariy ekin sifatida 25 iyun, 5 iyul va 15 iyul muddatda qatoriab (60x15) va sochma usulda ekib o^ganildi.

Tajribada moshni Durdona navi har xil (25.06; 5.07; 15.07) ekish muddati va (qatoriab (60x15) va sochma) usullarida ekilgan variantlari bo'yicha 4 chi chin ba^, gullash va dukkaklash fazalarida o'rtacha Ыг tup o'simlik ildizida hosil bo'lgan tuganaklar soni aniqlandi. Ildizdagi tuganaklar sonini aniqlashda har bir variantdan o'simlik namunalari olinib tuganaklar soni o'гganildi.

Dala tajribalari tadqiqotlaг va boshqa tahlillaг umumqabul qilingan O'zPITI va O'zDITI, Davlat nav sinash komissiyasi va B.A.Dospexov uslublaгi bo'yicha o'tkazildi. Hosildoгlik bo'yicha olingan ma'lumotla^a B.A.Dospexovning dispeгsion tahlil usulida ishlov berildi.

Tahlil va natijalar: Mosh ildizidagi tuganak bakteriyalar tuproq unumdorligini oshirishda muhim ahamiyat kasb etib, ular dukkakli ekinlar bilan simbioz yashab ularning faoliyati bevosita tuproqdagi mavjud s^amm^ga ula^a ta'siï qiluvchi omillaгga xususan tupгoqning

suv, havo, issiqlik va boshqa ko^satkichlariga bog'liq.

October 5-6

Samarkand branch of Volume 3 | SB TSAU Conference | 2022

Tashkent State Agrarian University Theoretical and Practical Principles of Innovative

Google Scholar indexed Development of the Agricultural Sector in Uzbekistan

O'tkazilgan tajribalarimizda bu bevosita mosh navlari urug'lari ekish muddatlari va usullariga bog'liqligi o'z isbotini topdi ya'ni optimal ekish muddati (25 iyul) va usuli (qatorlab (60x15))ning boshqa variantlarga nisbatan mosh navlari ildizlaridagi tuganak soni ko'pligi aniqlandi (1-jadval).

Tajribada o'rganilgan moshning Durdona navida bir tup o'simlik ildizida hosil bo'lgan tuganaklar soni 25 iyunda qatorlab (60x15) ekilgan variantda 4 chi chin barg davrida aniqlanganda 6,7 dona, gullash fazasida 18,6 dona va dukkaklash fazasida 23,2 donani tashkil etgan bo'lsa, sochma usulida ekilgan variantda esa bu ko'rsatkich 4 chi chin barg davrida 6,7 dona, gullash fazasida 18,6 dona, dukkaklash fazasida 23,2 donani tashkil etdi.

05 iyulda qatorlab (60x15) ekilgan variantda 4 chi chin barg davrida aniqlanganda 6,2 dona, gullash fazasida 17,9 dona va dukkaklash fazasida 22,4 donani tashkil etgan bo'lsa, sochma usulida ekilgan variantda esa bu ko'rsatkich 5,5 dona; 16,8, dona, 20,7 dona bo'lishi aniqlandi.

1-jadval

Mosh navlarining ildizida tuganaklar rivojlanishiga ekish muddati va usulining ta'siri, dona

hisobida

Ekish Ekish usullari 4 chi chin barg Gullash Dukkaklar

muddatlari hosil qilish

25.06 Keng qatorlab (60x15) 6,7 18,6 23,2

Sochma 5,9 17,3 21,5

05.07 Keng qatorlab (60x15) 6,2 17,9 22,4

Sochma 5,5 16,8 20,7

15.07 Keng qatorlab (60x15) 5,9 17,1 21,3

Sochma 4,7 15,9 19,7

Bir tup o'simlik ildizida hosil bo'lgan tuganaklar soni 15 iyul qatorlab (60x15) ekilgan variantda aniqlanganda, o'rganilgan 25 iyun va 5 iyulda ekilgan varianlarga nisbatan 4 chi chin barg davrida 0,5-0,8 dona, gullash fazasida 0,7-1,5 dona va dukkaklash fazasida 1,2-1,9 donagacha, sochma usulida ekilgan variantda esa bu ko'rsatkich 0,4-1,2 dona; 0,5-1,4 dona, 0,8-1,8 donagacha kam bo'lishi aniqlandi.

O'simlikni rivojlanish fazalari bo'yicha olingan natijalar tahlil qilinganda Durdona navini ildizida tuganaklar massasi hosil bo'lishi dukkaklash fazasiga borguncha tuganaklarni soni ortib borishi namoyon bo'ldi.

October 5-6

329

Xulosalar. Tajribada o'rganilgan Durdona navida ekish muddati va usuli bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 25 iyunda qatoriab (60x15) ekilgan usul variantida namoyon bo'ldi. Ushbu muddat va usulda ekilganda tuganaklar miqdori yuqori bo'lib 5.07 va 15.07 muddatlarda sochma usulida ekilgan variantlarga nisbatan tuganaklar soni 4 chi chinbarg, gullash va dukkaklash fazalarida 2-3,5 donagacha yuqori bo'lishi aniqlandi.

Xulosa qilib aytganda, moshni kuzgi bug'doy ang'izida takroriy ekin sifatida bo'shagan dalalarga ekish orqali mosh ekini ildizidagi tuganak bakteriyalar hisobiga tuproqni chirindi va asosiysi biologik azot bilan boyitadi.

REFERENCES

1. Bobokulov Z., Bobomurodov Z. Productivity of chikpea varieties and the effect of different planting times and depths on grain quality indicators. Nveo - natural volatiles & essential oils. 2021, 8(5): 7524- 7532.

2. Atabayeva H. N. O'simlikshunoslik. - Toshkent : Mehnat, 2000. - b.134-136.

3. Holiqov B., Iminov A. G'alladan bo'shagan maydonlarda mosh yetishtirish. "O'zbekiston qishloq xo'jaligi" jurnali. 2016 y. 6-son. 6 b.

4. Negmatova S.T. Turli muddatlarda va me'yorlarda ang'izga ekilgan moshning o'sishi, rivojlanishi, hosildorligi. Avtoreferat. q.x.f.n. -Tashkent.: 2010. 24-b.

5. Ravshanova N.A. Mosh va loviya istiqbolli ekinlar. "O'zbekiston qishloq xo'jaligi jurnali". - Toshkent, 2008. №8 - B 17 - 18.

6. Bobokulov, Z., & Botirov, A. (2022). TEACHING AGRICULTURAL SCIENCES: ESSENCE AND TEACHING TECHNOLOGY. Jilin Daxue Xuebao (Gongxueban)/Journal of Jilin University (Engineering and Technology Edition), 42(03):12-17.

https://iilindaxuexuebao.com/details.php?id=D0I:10.17605/0SF.I0/SWCTZ

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.