Научная статья на тему 'EKOLOGIK XAVFSIZ MAHSULOTLAR YETISHTIRISHDA ORGANIK DEHQONCHILIKNING TUTGAN O’RNI'

EKOLOGIK XAVFSIZ MAHSULOTLAR YETISHTIRISHDA ORGANIK DEHQONCHILIKNING TUTGAN O’RNI Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
304
35
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Ekologik xavfsizlik / dehdonchilik / "Xarakatlar strategiyasi" / Dukkaklik (Fabaceae)

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Nazarov Mamadal, To’ychiyev Akramjon

Dukkakli, don-dukkakli, organik va siderat o’simliklar tuproq unumdorligini oshirishda muhim azot to’plovchi asosiy o’simliklardan bo’lib organik dehqonchilikda muhim ahamiyatga egadir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «EKOLOGIK XAVFSIZ MAHSULOTLAR YETISHTIRISHDA ORGANIK DEHQONCHILIKNING TUTGAN O’RNI»

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

EKOLOGIK XAVFSIZ MAHSULOTLAR YETISHTIRISHDA ORGANIK DEHQONCHILIKNING TUTGAN O'RNI

Nazarov Mamadali, professor, To'ychiyev Akramjon, magistr, Farg'ona davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Dukkakli, don-dukkakli, organik va siderat o'simliklar tuproq unumdorligini oshirishda muhim azot to'plovchi asosiy o'simliklardan bo'lib organik dehqonchilikda muhim ahamiyatga egadir.

Kalit so'zlari: Ekologik xavfsizlik, dehdonchilik, "Xarakatlar strategiyasi", Dukkaklik (Fabaceae).

O'zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh.M.Mirziyoyevning 2017-2021 yillarga mo'ljallangan "Xarakatlar strategiyasi"da ko'rsatilgan beshta yo'nalish bo'yicha har bir sohadagi vazifalarimizni qayta ko'rib chiqishni taqazo etmoqda. 2013 yilda mamlakatimiz Vazirlar Mahkamasi tomonidan paxta maydonlarini yildan yilga kamaytirib borilishi, ushbu maydonlarga boshqa ekinlar va bog'lar tashkil etib fermerlarni ko'p tarmoqli sohalar bo'yicha dehqonchilik qilishga o'tishlari ko'rsatilgan. Ammo qanday ekin turi ekilishidan qat'iy nazar ekin tuproq gumusi hamda undagi ozuqa moddalari darajasi hal qiluvchi omil bo'lib hisoblanadi shularni inobatga olib biz tuproqdagi chiqindini ko'paytirish dolzarbligiga asosiy e'tibor berish zarurligini, buning uchun yangi innovatsion g'oyalardan ba'zilarii ko'rsatib o'tamiz.

Dukkaklilarni (Fabaceae) barchasi yorug'sevarligi, namsevarligi, ildizi 2 metrgacha borsada, asosiy ildiz qismi 30 sm yuqori qavatdan joy olgan, ildizlaridagi tuganak azot to'plovchilar ham aynan shu qavatda ko'p rivojlanadi ayniqsa ko'k no 'xat 150 kg, 250 kg/ga azot to'playdi, don hosili 3-4 Uga. Agar tuproq va texnologiyalar vaqtida o'tmasa 20-30 kg, hosili 1,5-2 tonnadan ortiq kamayadi. Agar gullash davrida namlik yetishmasa tuganak qurib qoladi. Demak, dukkakli o'simliklarga ekologik muhitdagi omillar yetishmasa, ya'ni tuproq donadorligi, namligi, P (fosfor) va K (kaliy), molibden kabilar yetarli bo'lishi ko'p azot to'plashga va don hosilini oshirishga imkon yaratiladi. (M. Nazarov.2014 y)

Adabiyotlarda ko'rsatilishicha, dukkakli ekinlar adirli yerlarda g'o'zaga o'tmishdosh bo'la olishligi hamda gumusi kam yerlarni unumdorlikka boshlovchi ekin ekanligi, bunda tuproq unumdorligi 2 xii yo'I bilan ko'payishi ko'zda tutiladi:

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

a) Fitomeliorativ usullardan samarali bo'lgan tuproq biomassa salmog'ini oshiruvchi ekinlarni almashlab ekishga olib kirish, ya'ni javdar, tritikali, raps kabi o'simliklarni ko'proq ekib (ayniqsa, sho'rlangan maydonlarda) 50-60 st ga massani maydalab haydab yuborish.

b) Don dukkakli ekinlarning azot to'plovchi tuganak bakteriyalaridan foydalanish istiqbollari katta bo'lib, qizilmiya, soya, no'xat, mosh, loviya, vika kabi 17 turdan ortiq o'simliklardagi ildizlar 150-300 kg/ga cha sof azotni yerda to'plashga erishish lozim.

Ammo dukkakli ekinlar Farg'ona viloyatida xanuzgacha asosiy bahorgi ekinga kam kiritilgan, ikkilamchi ekin sifatida ekilgan mosh loviyalar 2017 yilda ijobiy samarasi kam bo'ldi, buning sababi bug'doyni yig'ishtirib olishi kechikkanligi, tuproq namligini yetarli bo'lmasligi, vegetativ davri qisqarib qolishligidir. Dastlabki natijalarga ko'ra oqsil miqdori quyidagi jadvalda keltirildi.

Dukkakli ekinlar urug'ida oqsil miqdori

Ekinlar nomi Oqsil Protein Hujayra

Nohat 24 50 1,2

Loviya 23 55 1,8

So'ya 39 3 20,0

Demak, bu ekinlarni tarkibida inson va hayvonlar organizmi uchun eng zarur bo'lgan moddalar ko'p ekan, shuningdek, vitaminlar ham A, 81,82,C,D ko'plab uchraydi. Bundan tashqari bu ekinlar to'yimli ozuqa manbai bo'lib, tuproqlardagi makro va mikroelementlar bilan boyitib beradi.

Atmosferadagi erkin (N) azotni to'play olishi ildizlar tomonidan amalga oshirilishini inobatga olsak Farg'onaning turli tuproq sharoitlarida tajribalar o'tkazilishi zarur bo'ladi, chunki atmosfera havosini 78% erkin azotdan iborat, aslida bu katta hajmdagi azot bo'lib, barcha yuksak va tuproq suvo'tlari uchun asosiy ozuqadir. Dukkakli o'simliklarni ildizidagi tuganak bakteriyalar atmosfera azotini faol o'zlashtirilishi uchun tuproq hajm og'irligi 1,18-2,2 g/sm3 bo'lishi talab

etiladi, namligi

70 % dan kam bo'lmasligi ko'chat sonlarini 60 sm qator orasida ekilganda har 20 sm dan 30 sm gacha tashkillansa bir gektarda 116666 n/m, ya'ni egatlarni jami uzunligi 83 ming va 50 ming tup o'simlik hosil qiladi, tosh-shag'alli

tuproqlarda 15-20 % ko'chat ortiq qoldirish mimkin, ya'ni quyosh nuridan foydalanish turlar soni ortishi bilan kamayadi, har tup hisobiga hosildorlik kamayishi kuzatiladi.

Agar dukkakli ekinlarning N,P,K o'g'itlarga bo'lgan biologik talabni quyidagicha bo'lishini nazarda tutsak: ko'k no'xat-150 kg, oddiy no'xat -149 kg, loviya - 131 kg, soya - 155 kg talab etadi, hosil bilan chiqib ketishi esa ..

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. quyidagicha: ko'k no'xat - 90 kg, oddiy no'xat -122 kg, loviya-104 kg, soya-133

kg N,P,K ni tuproqdan olib chiqib ketadi. Demak, yuqoridagi biologik talab bilan

hosil bilan chiqib ketgan N,P,K o'rtasidagi farq 90:122, 104,133 kg/ga tuproqda

qoladi. Bu ko'rsatkichlar tuproq unumdorligiga 1,5-2 martagacha ortishi mumkin,

albatta yangi g'oyada bu dala tajribalarida aniqlanishi zarur.

Eslatish joizki, dukkakli o'simliklar ildizi va ildiz atrofidagi tuproq keyingi ekinlar uchun yerda o'z tuganaklarini qoldiradi va o'zidan keyin ekilgan o'simlik ildiziga yuqtiradi. Bu xususiyatni oshirish uchun statsionar dala tajribalari kamida 3 yil o'tkazilishi shart, chunki maydon tuprog'ini strukturasi buzilmay hech bo'lmaganda 0,2-0,6 g/sm3 dan ortiq zichlashmasligi lozim.

Biz Farg'ona viloyatni dasht tuproqlarida 2018-2019 yillarda bahorda ekilgan mesh va loviya o'simliklarini birgalikda 6 ta variantli qilib mutloq o'g'it solmay va qolgan variantlarda N,P,K va bahorgi hamkor dukkaklilarni dukkaklar yetila boshlaganda kir bilan maydalab 32-35 sm chuqurlikda haydaldi. Yer yetilgach boronalab, o'rniga no'xat ekiladi. Qolgan variantlarda N,P,K; N,P2,Os, K2O shoxida alohida - alohida ekish oldidan turli dozalarda ekishdan oldin solinadi. Natija ko'rsatishicha no'xat xosildorligi nazoratda nisbatan 2,5 marta ortadi. Tajribalar baxorgi no'xat+moshni iyul oyida yerga biomassa sifatida xaydalishi, yozgi ekinlar karam va tarvuz ekilganda nitratsiz maxsulot olishga imkon berdi. Tajribalar turli variantlarda 2020-2021 yillarda davom ettirilib oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlashga imkon yaratadi, bunda asosiy ko'rsatkich qilib fotosintez jadalligi hamda maxsuldorligini turlicha orgona mineral o'g'itlar ta'siri sharoitida olib borildi.

Fotosintez dunyoda quyosh nuridan to'liq foydalana oladigan o'simliklar dunyosidan ro'y beradi, shuning uchun ekologiya fanidan uni produtsentlar (nurni o'ziga singdirib olish qobilyatiga bor bo'lgan xloroplastlarga ega deb nomlangan, bu jarayon quruqlikdagi va suv o'simliklari uchun organik dunyoni boshqarishga qodir bo'lgan yagona tizimli jarayon xisoblanadi.

Farg'ona viloyatining adirli bo'z turlari sharoitida don dukkakli o'simliklardan eng ko'p ekiladigan soya doni insoniyatning oqsilga bo'lgan talabini, chorva mollarini xam proteyin bilan, tuproqli azot bilan boyitib, o'zidan keyingi ekinlar uchun ekologik sof maxsulot olishga yaroqli tuproq muxiti yaratilishida tengi yo'q o'simlikdir. Dunyo axolisini oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, sifatli oqsil va yog' muammolarini xal etishdi.Soya no'xat,lyupin kabi dukkaklilar muxim dexqonchilikda yerlarni boyituvchi vazifani o'taydi.

Soya ekining turli muddatlarida yetishtirish uchun o'g'itsiz, azot o'g'iti 60, 90, 120kg ga lekin fosfor, kaliy o'g'iti bir xil meyorda solish variantlarida sinab ko'rildi,o'simliklarni bakteriyalarga xavo erkin azotini o'zlashtirib olish jarayonlarini taxlil qilish orqali baxo berildi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

Soya (clycine max(l)Merrill) oziq ovqat, chorvachilikda yer yuzidagi muxim

o'simlik bo'lib tuproq va iqlim sharoitiga bog'liq bo'lib juda o'zgaruvchan bo'ladi, masalan, Tojikistonda 0,82 t/ga Indiyada 1,23 t/ga,Turkiyada 3,50 t/ga, Aqsh, Braziliya, Argentinada 3t/ga boradi, ammo O'zbekistonda yalpi maydonlar necha gektarga borishligi xaqida ma'lumotida 5,0, 6,3 ming gektardan oshmaydi.

Barcha dukkakli o'simliklar tuproq muxitida nisbatan RN-7,5 gacha bo'lganda yuqori xosil beradi. Biz 2017 yildan buyon Farg'ona viloyati Farg'ona tumanidagi "Chashma" fermer yerlarida azot, fosfor, kaliy meyorlarini urug'ini yerni ekishdan oldin tayyorlashda xaydalgan yerga kul'tivator o'g'itlagich bilan 14-16 sm chuqurlika solindi. So'ngra "Orzu" navini 3 kun o'tgach 4-5sm chuqurlikka ekildi. Vegetatsiya davrlarida begona o'tlarni qo'l bilan o'toq qilindi, 2 marta kultivatsiya qilindi.

Soya ildizi yulib olinganda taxminan 12-15sm yulindi shuning uchun vegetatsiya oxirida monolit usulida 40 sm chuqurlikgacha atrofini kavlanib, suvga to'ldirildi, ertasiga avtomaks yordamida suvda yuvildi, RN 7,5 bo'lgani uchun 20,0 donadan tuganak xosil bo'lganligi aniqlandi Ma'lumki o'simlikdagi organik moddalr barg faoliyati va ildiz orqali yetkazib beriladigan moddalar evaziga xosil bo'ladi, buning 100% xosil bo'ldi deb xisoblasak fotosintezda 95% gacha bargda ro'y beradi, 5-10% ildiz faoliyatiga bog'liqdir (Nichiporovich, 1963)

Barg yuzasini shakllanishi, o'sishi, (uzunasiga va ko'ndalangiga) kengayishi g'o'za o'simligining turli navlarida o'rgangan M.Nazarov barg satxini miqdori xamda ma'lum muddatlada jaddalligi va maxsuldorligini vegetatsiya davomida 10 tup o'simlikda o'rgangan.

Soya xam yuqori sifatli oqsil va yog'ga serob o'simlikdir, yerni esa tuganak bakteriyalar bilan boyitadi, o'zlashtirilgan erkin azotni yarmini o'zi uchun,sarflaydi, yarmini tuproqda qoldiradi, demak o'zidan keyingi ekilgan o'simliklar uchun zaruriy moddalar qildirish bilan xam boshqa o'simliklardan farq qiladi.Tajriba maydonida o'stirilgan o'simliklarning fenologik kuzatuvlarda barg satxini shakllanishini ko'rsatishiga tuganak ildizidagi bakteriyalari agar namlik darajasi 70%dan 60%ga tushib qolsa tuganaklar xosil bo'lishi sustlashdi.

Soya yuqori xosili, oqsil va yozga serob o'simlikdir, yerni esa tuganak bakteriyalarga serob, o'zlashtirilgan erkin azotni yarmini o'zi uchun, sarflaydi, yarmini tuproqda qoldiradi, demak o'zidan keyingi ekilgan o'simliklar uchun zaruriy moddalr qoldirishi bilan xam boshqa o'simliklardan farq qiladi. Tajriba maydonida o'stirilgan o'simliklarning fenologik kuzatuvlarda barg satxini shakllanishi tezligini ko'rsatishicha tuganak ildizidagi bakteriyalari agar namlik darajasi 70%dan 60% ga tushib qolsa tuganaklar hosil bo'lishi sustlashdi, sug'orilmasa tuganak qayta shakllanishi juda ro'y bermadi. V. Federov taxliliga ko'ra no'xat, mosh, soya, lyupin 100kg dan, Ammo bu jarayon sug'oriladigan yerlarda azotli o'g'itlar 80-100 kg/ga solinganda bu miqdorlar sezilarli o'zgardi.(300-400) dona vazni xam 25-282 kg gacha

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ortgani kuzatildi. Tajribalarda soyani xlorofil miqdori o'sish-rivojlanish gullash

davrlarida azotli o'g'itlarga talabi keskin ortadi yuqori miqdordagi o'g'itlar miqdoriga talab 60-70%ortdi, xosil elementlarini 2-2,5 barobar ko'paydi, ya'ni o'g'itlar miqdori ortishi bilan barglar satxi xam ortadi ngatijada fotosintez maxsuldorligi 2 barobar ortgan, bu xam fotosintez tezligini yosh barglar o'sishiga olib keladi, xosildorlik 32-35% ortdi. Fotosintez maxsuldorligini rivojlantirishning ayrim bosqichlarida nazorat variantida eng kam bo'lsa eng yuqorisi azot o'g'itlari 90kg fosfor, kaliy o'g'itlari 100 va 75 kg ga solinganda butun vegetatsiya davomida yuqori ekanligi don xosilini xam ortishiga olib keldi. Agar variantlar aralashtirilsa nazoratda, ya'ni mutloq o'g'it solinmaganda 12,3-14,4 s ga xosil olindi, azot miqdori 60 kg va RK 100-75 kg solinganda 245 s yoki ikki baravariga ortdi, 90 kg/ga berilganda 28,4 xamda 120 kg/ga berilsa 32,3 s\ganligi tashkil qildi. Bunday natijalarni M.Nazarov va bosh (1994) Nazarov M va bosh (2014), Nazarov M, Gaybullayeva M(2017-2018-2019-2020) tomonidan adirli yerlarda no'xat o'simligini yetishtirishda kuzatilgani ta'kidlab o'tish lozim.

Ekologik taalblar bo'yicha tuproq o'z-o'zini tozalash REM( MDK) ko'rsatkichlarida qayd etilishicha tirik organizmlarga tuproqqa solinayotgan azot, fosfor, kaliy madan o'g'itlari 0,001 mg/kg tuproqda topilsa bu tuproqda oziq-ovqat maxsulotlarini qayta ishlashdan so'ng istemol qilish mumkin. Xozircha dexqonchilik qilinayotgan bo'z tuproqlarda fosfor o'g'itida uchraydigan ftor stansiy, keziy, azot o'g'itini ko'ptirishdan kelib chiqqan nitrozomin kabi zaxarli moddalrdan qutilish uchun soya, no'xat kabi o'simliklarni xavo erkin azotidan foydalanib, sof maxsulot olish ni tashkil etishda asosiy rol o'ynashi lozim.Dukkakli o'simliklardagi xavo erkin azoti faol tarzda namoyon bo'lishi uchun urug'larini nitroginlash , chunki adirli yerlarga bu ekinlar kam ekilganidan tuproqda ular bo'lmaydi.

Demak soya o'simligini xosildorligini oshirish uchun barg yuzasini oshirish orqali o'sish, rivojlanish va ildizni rivojlanishiga imkon yaratish zarur, shuningdagina birinchi yil ekiladigan maydonlarda nitrogin bilan ishlash tavsiya etiladi.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda. ADABIYOTLAR:

1. Mirziyoyev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. T, O'zbekiston nashriyoti, 2017.

2. Mirziyoyev Sh.M. Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash-yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi. T, O'zbekiston nashriyoti, 2017.

3. Mirziyoyev Sh.M. Erkin va farovon, demokratik O'zbekiston davlatini birgalikda barpo etamiz. O'zbekiston nashriyoti, 2016.

4. Nazarov M., Mirzajonov K., Ibragimov О., Isayev S. Dehqonchilikning tejamkor texnologiyalari. Toshkent- 2014y.

5. Назаров M., Мирзажонов К. ва бошк. "Дехкончиликда тежамкор технологиялар.Тошкент, 2014.

6. Abdullaeva, M. T., & Usmanova, T. E. (2022). FUNDAMENTALS OF ORNAMENTAL PLANT PROTECTION. Eurasian Journal of Academic Research, 2(1), 104-104.

7. Abdullaeva, M. T., & Ibragimova, S. S. (2022, January). THE ROLE OF ECOLOGICAL EDUCATION IN THE DEVELOPMENT OF ECOLOGICAL CULTURE IN OUR YOUTH. In International journal of conference series on education and social sciences (Online) (Vol. 2, No. 1).

8. Abdullaeva, M. T., Usmonova, T. E., & Inomov, H. E. (2021). Influence of number of seedlings and amount of fertilizers on the development of root system of winter wheat. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(10), 805-809.

9. Abdullayeva, M. T. L., & Maqsudova, G. M. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(10), 159-165.

10. To'lanovna, A. M., & Maxammadjonovna, M. G. (2021). EKOLOGIK TA'LIM VA TARBIYADA XORIJIY TAJRIBA.

11. Зокирова, С. Х., Акбаров, Р. Ф., Кадирова, Н. Б., & Махсталиев, Н. С. У. (2020). Характеристика галечниковых почв Ферганской области и их пути к улучшению. Universum: химия и биология, (2 (68)).

12. Xolikulov, M. R. (2020). THE HERB (Capparis spinosa L) IS AN IMPORTANT HONEY PLANT. Scientific Bulletin of Namangan State University, 2(3), 165-170.

13. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Ахмедова, Д. М. (2020). ВЛИЯНИЕ ПИТАТЕЛЬНЫХ ЭЛЕМЕНТОВ ИСКУССТВЕННОГО И ЕСТЕСТВЕННОГО ЭКРАНОВ В ПЕСКЕ НА РОСТ, РАЗВИТИЕ ХЛОПЧАТНИКА. Universum: химия и биология, (12-1 (78)), 14-18.

CENTRAL ASIAN RESEARCH JOURNAL FOR INTERDISCIPLINARY STUDIES (CARJIS) ilmiy jurnali bilan hamkorlikda.

14. Зокирова, С. Х., Халматова, Ш. М., Абдуллаева, М. Т., & Хаджибалаева, Н. М. (2020). Изучение режима орошения хлопчатника в условиях гидроморфных почв. Universum: химия и биология, (2 (68)).

15. Kholikulov, M. R. (2019). Current Status of Plant Resources in The Ferghana Valley and Opportunities To Use Them. Indonesian Journal of Innovation Studies, 8.

16. Gaybullaeva M. F. The Role Of Biomass In Saving Natural Resources //The American Journal of Horticulture and Floriculture Research. - 2021. - Т. 3. - №. 02. - С. 1-6.

17. Saloydinov, S. Q. (2021). Creation of feasibility studies to reduce energy costs in ginneries. "Экономика и социум", 9(88), 147-149.

18. Салойдинов, C. К. (2021). Образовательные кредиты в Узбекистане. "Экономика и социум", 12(91), 470-472.

19. Салойдинов, C. К. (2021). Спрос на рынке дифференцированных продуктов. "Экономика и социум", 12(91), 473-476.

20. Салойдинов, С. К. (2022). С паровой турбиной 471 МВт на Талимарджанской ТЭЦ расчет электрических режимов при максимальной зимней нагрузке. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", Special issue, 116-121.

21. Сaлoйдинoв, С. К. (2022). Иннoвaциoннoе решение для пoлyчения биoгaзa. "Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS)", 2(3), 280-285.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.