Научная статья на тему 'MOSH SELEKSIYASIDA ISTIQBOLLI MANBAALARNI TANLASH'

MOSH SELEKSIYASIDA ISTIQBOLLI MANBAALARNI TANLASH Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

206
31
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
mosh / nav va namunalar / ertapisharlik / mexanizatsiya / takroriy muddat / mahsuldorlik / oʻsuv davri.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Oybek Normumin Oʻg‘li Xurramov, Dilshod Yesirgapovich Musirmanov, Xusniddin Gaprashidovich Mansurov

Maqolada Mosh seleksiyasi yoʻnalishi boʻyicha ATSIRO xalqaro ilmiy markazi orqali keltirilgan 50 dan ortiq namunalarda tabiiy iqlim sharoitga moslashuvchanlik, oʻsuv davri hamda oʻsimlik pishib yetilganda mexanizatsiya yordamida yig’ishtirib olishga moslashgan manbaalarni tanlab olish boʻyicha tajriba natijalari namoyon qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SELECTION OF PROMISING SOURCES IN MUNG BEAN SELECTION

The article presents the results of experiments on the adaptability to natural climatic conditions, selection of sources suitable for harvesting with the help of mechanization during the growing period and ripeness of the plant in more than 50 samples provided by the ATSIRO International Research Center on the direction of mung bean selection.

Текст научной работы на тему «MOSH SELEKSIYASIDA ISTIQBOLLI MANBAALARNI TANLASH»

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-220-224

MOSH SELEKSIYASIDA ISTIQBOLLI MANBAALARNI

TANLASH

Oybek Normu min o'g' li Xurramov

O'simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti stajyor

tadqiqotchisi oybekxurramov [email protected]

Dilshod Yesirgapovich Musirmanov

O'simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti q.x.f.f.dok. [email protected]

Xusniddin Gaprashidovich Mansurov

O'simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti kich.i.x.

mansurov-husniddin@mail .ru

ANNOTATSIYA

Maqolada Mosh seleksiyasi y o'nalishi b o'yicha ATSIRO xalqaro ilmiy markazi orqali keltirilgan 50 dan ortiq namunalarda tabiiy iqlim sharoitga moslashuvchanlik, o'suv davri hamda o'simlik pishib yetilganda mexanizatsiya yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan manbaalarni tanlab olish b o'yicha tajriba natijalari namoyon qilingan.

Kalit so'zlar: mosh, nav va namunalar, ertapisharlik, mexanizatsiya, takroriy muddat, mahsuldorlik, o'suv davri.

SELECTION OF PROMISING SOURCES IN MUNG BEAN

SELECTION

ABSTRACT

The article presents the results of experiments on the adaptability to natural climatic conditions, selection of sources suitable for harvesting with the help of mechanization during the growing period and ripeness of the plant in more than 50 samples provided by the ATSIRO International Research Center on the direction of mung bean selection.

Keywords: mung bean, varieties and specimens, early ripening, mechanization, repetitive period, productivity, growing period.

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-220-224

KIRISH

Bugungi kunda dunyoning barcha davlatlarida oziq-ovqat taminoti masalasi ustuvor vazifalardan biri xisoblanadi. Xususan, tabiiy iqlim sharoitining o'zgarishi tufayli ba'zi xududlarda suv toshqinlari, ba'zi xududlarda esa xaddan ziyod suv tanqisligi yuz berayotganligi, turli tabiiy ofatlarning ko'payishi, birinchi navbatda qishloq xo'jaligi sohasiga o'zining salbiy ta'sirini ko'rsatmoqda.

Dunyoda bugungi kunda takroriy ekin sifatida dukkakli-don ekinlari 91,6 mln. gektar maydonga ekilib, o'rtacha don hosildorligi 12,0 s/ga, yalpi hosil 206,4 mln tonnani tashkil etadi. Dukkakli-don ekinlar maydonining hajmi jihatidan mosh jahonda soyadan keyin ikkinchi o'rinda turadi (25 mln gektar). Respublikamizda esa har yili takroriy ekin sifatida 200 ming gektardan ortiq maydonlarda yetishtirilmoqda. Mosh dunyo bo'yicha 5,3 mln. tonnani tashkil etib, moshni yetakchi yetishtiruvchi va iste'molchi davlat Xindiston hisoblanadi. Shuningdek, jahon bozorida mosh eksportida O'zbekistonning ham o'rni katta bolib, yiliga 67 ming tonnagacha mosh eksport qilinmoqda.

Xukumatimiz tomonidan 2017 yil 14 fevraldagi 2017-2021 yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga doir tashkiliy chora-tadbirlar to'g'risidagi PF-4849 sonli farmonida aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bo'lgan ehtiyojlarini to'la qondirish va bozorlarda qishloq xo'jaligi mahsulotlari narxlarini barqarorligini ta'minlash maqsadida boshoqli don ekinlaridan bo'shay digan maydonlarga takroriy ekinlarni ekish kabi muhim vazifalar qo'yilgan. Shu bilan bir qatorda tuproq unumdorligini oshirish, aholini oziq-ovqat mahsulotlariga bolgan talabini qondirish dolzarb masalalardan biri bo'lib qolmoqda.

Respublikamiz tuproq iqlim sharoitida kuzgi bug'doydan 60-70 s/ga, takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan mosh, soya va loviya ekinlaridan esa 15-25 s/ga don hosili yetishtirilib, bir mavsum davomida olinadigan don hosilini 85-95 s/ga yetkazish imkoniyatlari mavjud. Shu nuqtai nazardan qaraganda, kuzgi bug'doydan bo'shagan maydonlarda dukkakli-don ekinlari maydonlarini kengaytirish evaziga, avvalo, aholini to'yimli va sifatli mahsulotlar, chorva hayvonlarini esa servitamin, mineral moddalarga boy ozuqa bilan ta'minlash imkonini beradi. Mana shunday dukkakli don ekinlaridan soya, loviya, no'xat kabilar qatorida mosh ham muhum axamiyatga ega.

Xalikov B.M., S.T.Negmatovalarning takidlashicha mosh boshqa ko'pgina dukkakli don ekinlariga qaraganda tezroq hazm bo'lish xususiyatiga ega bo'lib,

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-220-224

odam tanasini yengilgina sovitish ta'siriga ega. Moshning 100 gr doni 105 kg/kl quvvatga ega. [1; 14 b. ]

Mosh Phaseolus aureus loviyaning (Phaseolus) bir turi bo'lib qimmatli oziq - ovqat ekinlaridan hisoblanadi. Uning oziqalik qiymati tarkibida ko'p miqdorda oqsil va vitaminlar bo'lishi, kaloriyasining kuchli hamda tez hazm bo'lishi bilan belgilanadi.

Avstriyalik olim K.Binder [3; 45 b.] fikricha takroriy muddatlarda ekilgan ekinlar, qishloq xo'jaligini intensifikatsiyalash uchun muhim omillardan biri deb hisoblaydi.

Dukkakli-don ekinlar takroriy ekin sifatida ekilganda o'suv davri davomida o'zini azot bilan ta'minlabgina qolmay, ildizida 90-100 kg gacha sof azot qoldirishi bilan birga tuproqdagi mikroorganizmlarning yashashi uchun qulay sharoit ham yaratadi [2; 50 b].

Mosh (Vigna radiate (L.) Wilczek) O'zbekistonda yildan-yilga ommalashib bormoqda, chunki bu aholining oziqlanishi, tuproq unumdorligini oshirish, shuningdek respublikaning eksport salohiyati uchun muhim axamiyatga egadir. Mahalliy bozorni mosh mahsulotlari bilan ta'minlash va don eksportini ko'paytirish uchun erta pishar, yuqori mahsuldor, sifati yuqori va ekologik stress omillariga chidamli hamda mexanizatsiya yordamida yg'ishtirib olishga moslashgan yangi navlarni joriy etish orqali assortimentni kengaytirish va mosh ishlab chiqarishni ko'paytirish zarur.

Yuqorida keltirib o'tilgan dalzarb muammolardan kelib chiqqan holda o'simliklar genetik resurslari ilmiy tadqiqot instituti ATSIRO halqaro ilmiy markazi bilan xamkorlikda Tayvant mamlakatidan 50 ta dan ortiq istiqbolli mosh nav va namunalari olib kelindi. Ilmiy tadqiqotlar ushbu institutning tajriba maydonida olib borildi.

TADQIQOTLAR DAVOMIDA FOYDALANILGAN USLUBLAR

Tajribani joylashtirish, hisob va tahlillar VIR (Sobiq Butunittifoq O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot instituti) uslubi bo'yicha (1984), biometrik tahlillar va fenologik kuzatuvlar qishloq xo'jalik ekinlari Davlat nav sinash komissiyasining (1985, 1989) uslubi, (To'rtinchi nashr) bo'yicha olib borildi.

TADQIQOT NATIJALARI

Tadqiqotlar davomida takroriy muddatlar uchun asosiy ko'rsatkichlar sifatida ertapishar, o'simlikda 1 shoxning yer sathidan balandligi yuqori, yotib

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-220-224

qolishga chidamli, hamda hosildor namunalami tanlash bo'yicha ilmiy tad qiqotlar olib borildi.

Tadqiqot natijalariga ko'ra yotib qolishga chidamlilik darajasi eng yuqori bo'lgan 7 ta namunada kuzatilgan bo'lsa, vi003019 BG namunasi chidamli ekanligi aniqlandi.

Nav va namunalarda o'simlik diometri ko'rsatkichi taxlil qilinganda andoza Durdona navida 45 sm ni tashkil etgan bo'lsa, andoza navga nisbatan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan quydagi vc2778 A, vi001211 AG, vi001268 BG, vi002206 AG, vi002672 AG, vi004024 AG namunalar tanlab olingan bo'lsa, eng

Nav va namunalarning qimmatli xo'jalik belgilarini baholash.

№ Nav namunalar nomi Kellb chiqishi Poya shakli 1) yarim yoyilgan 2) yoyilgan O'simlik bo'yi, sm Yotib qolishi: 1) y°'q 2) kiichsiz 3) o'rta 4) kuchli O'simlik diametiri, sm 1-shoxning yer satxidan balandligi, sm O'suv davri, kun

1 Durdona st O'zbekisto n 1 50 1 45 5.0 75

2 avmu1622 ATSIRO 1 50 1 41,8 5,5 75

3 vc2778A ATSIRO 1 55 1 55 5 86

4 vi001211 AG ATSIRO 2 62 1 66.5 8 100

5 vi001268 BG ATSIRO 1 61 1 48 6 72

6 vi002206 AG ATSIRO 1 38,3 1 63,3 7 96

7 vi002672 AG ATSIRO 2 54 1 56.5 8.5 100

8 vi004024 AG ATSIRO 2 67,5 1 66.5 8,5 114

9 vi003019 BG ATSIRO 2 60.0 2 67.2 8.5 90

yuqori ko'rsatkich vi003019 BG namunasida 67.2 sm ni tashkil etdi. Andoza navga nisbatan 22.7 sm gacha yuqori ekanligi aniqlandi.

Tadqiqotlar davomida navning asosiy mahsuldorlik ko'rsatkichlari sifatida baholangan o'simlikda birinchi shohning yer sathidan balandlik ko'rsatkichi tahlildan o'tkazildi, olingan natijalarga ko'ra andoza Durdona navida 5.0 sm ni tashkil etgan bo'lsa, andoza navga nisbatan yuqori ko'rsatkichga ega bo'lgan

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | ISSUE 8 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89

DOI: 10.24412/2181-1385-2021-8-220-224

quyidagi avmu 1622, vi001211 AG, vi001268 BG, vi002206 AG, namunalarda kuzatilgan bo'lsa, ushbu parametr bo'yicha eng yuqori ko'satgich vi002672 AG, vi004024 AG, vi003019 BG namunalarda 8.5 sm ekanligi kuzatildi.

Shuningdek ekinlarni takroriy muddatlarda yetishtirishda navning ertapisharlik ko'rsatkichi muhim ahamiyatga ega xisoblanadi. Mamlakatimizda xozirgi kunda takroriy muddatlar uchun eng ertapishar nav sifatida tavsiya qilinayotgan Durdona navi andoza nav sifatida foydalanildi. Tadqiqot natijalariga ko'ra andoza Durdona navida o'suv davri 75 kunni tashkil etgan bo'lsa, andoza navga nisbatan ertapisharinamuna sifatida 1 ta vi001268 BG namunasida pishish kuni 72 kunni tashkil etdi, ushbu namuna o'rganilgan asosiy ko'rsatkichlar bo'yicha ham andoza navga nasbatan 3 kun oldin pishganligi kuzatildi.

XULOSA

Xulosa o'rnida takidlab o'tish zarurki tadqiqotlar davomida o'rganilgan parametrlar bo'yicha yuqori ko'rsatkichlarga ega bo'lgan namunalar mosh seleksiyasi bilan ishlovchi seleksiya maskanlariga ertapishar, tabiiy iqlim sharoitga moslashgan, o'simlikda birinchi shoxning yer sathidan balantligi yuqori moshning yangi istiqbolli navlarini yaratish uchun taqdim etildi.

REFERENCES

1. Xalikov B.M., Negmatova S.T. Mosh monografiya Navruz nashriyoti Toshkent 2020 14 bet.

2. Namangan viloyati sharoitida kuzgi bug'doydan keyin don dukkakli, moyli ekinlarni takroriy ekin sifatida ekib O'stirish agrotexnikasi. Tavsiyanomalar. Namangan-2014.-50 bet.

3. Binder K. Zueishen-Fruchtbou verfessert der Boden-Land-wirt schaft, 1969. r. 45.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.