Научная статья на тему 'PHASEOLUS VULGARIS O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI'

PHASEOLUS VULGARIS O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

649
41
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fitogen viruslar / mozaika / nekroz / xloroz / xlorofilning yemirilishi / Ph. vulgaris / virus kasalliklari / loviya mazaikasi.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Nazira Baxromovna Fayziyeva, Qunduz Tog‘ayevna Normurodova

Loviya o‘simligini ham so‘ngi yillarda qator viruslar kasallantirib, hosildorlikni pasaytriish bilan bir qatorda mahsulot sifatini ham yomonlashuviga olib keladi. Bu viruslaning har biri o‘ziga xos kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi, ayniqsa bunday kasallik alomatlar o‘simlik navi, ekologik sharoit kabi bioekologik xususiyatlarga qarab farqlanadi. Ushbu maqolada loviya o‘simligini (Phaseolus vulgaris) kasallantiruvchi viruslar va virusli kasalliklarning umumiy xarakteristikasi haqidagi fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «PHASEOLUS VULGARIS O‘SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI»

PHASEOLUS VULGARIS O'SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING UMUMIY XUSUSIYATLARI

Nazira Baxromovna Fayziyeva

Chirchiq davlat pedagogika instituti magistranti [email protected].

Qunduz Tog'ayevna Normurodova

O'zMU Mikrobiologiya va biotexnologiya kafedrasi mudiri, b.f.d., prof.

ANNOTATSIYA

Loviya o'simligini ham so'ngi yillarda qator viruslar kasallantirib, hosildorlikni pasaytriish bilan bir qatorda mahsulot sifatini ham yomonlashuviga olib keladi. Bu viruslaning har biri o'ziga xos kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi, ayniqsa bunday kasallik alomatlar o'simlik navi, ekologik sharoit kabi bioekologik xususiyatlarga qarab farqlanadi. Ushbu maqolada loviya o'simligini (Phaseolus vulgaris) kasallantiruvchi viruslar va virusli kasalliklarning umumiy xarakteristikasi haqidagi fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: fitogen viruslar, mozaika, nekroz, xloroz, xlorofilning yemirilishi, Ph. vulgaris, virus kasalliklari, loviya mazaikasi.

Bugungi kunda qishloq xo'jaligi ekinlaridan yuqori hosil olishga katta e'tibor qaratilmoqda. Hosildorlikni oshirishning asosiy tamoyülaridan biri virusli kasalliklarga chidamli bo'lgan navlarni yaratishdir. Buning uchun avvalo kasallik keltirib chiqaruvchi viruslarni belgi va xususiyatlarini ilmiy jihatdan o'rganish maqsadga muvofiqdir.

Loviya (Phaseolus) — dukkaklilar oilasiga mansub bir yoki, ko'p yillik o'simliklar, lianalar, chala butalar turkumi; dukkakli don ekini. Tropik va subtropiklarda, asosan, Amerikada 200 dan ortiq turi uchraydi.

Jahon dehqonchiligida loviyaning oddiy (P. vulgaris) turi (vatani — Markaziy va Janubiy Amerika) eng ko'p tapqalgan. Shuningdek, ko'p gulli loviya, lima loviyasi, ingichka bargli loviya, osiyo loviyasi, adzuki loviya, guruchsimon loviya va boshqa turlari ham ekiladi. Yer yuzida Loviya ekiladigan maydonlar 22 mln.ga

KIRISH

(1999). Hindiston, Braziliya, Xitoyda katta

maydonlarda

February, 2022

yetishtiriladi. O'zbekistonda qadimdan oddiy loviya ekiladi. Ildizi — o'q ildiz, yaxshi rivojlanadi, tuproqqa 1,5-2 m chuqurlikkacha kirib boradi. Ildizida tuganaklar rivojlanadi. Poyasi o'tsimon, shoxlanadi, ayrim turlari chirmashib, 3-4 m gacha yetadi. Bargi murakkab, toq, patsimon, uch bo'lakli. Guli ikki jinsli, barg qo'ltiqlarida bittadan yoki shingil to'plam hosil qilib joylashadi. Mevasi dukkak, rangi och pushti yoki to'q jigarrang, qora. Dukkagida 6—12 ta urug' bo'ladi. Urug'i buyraksimon, rangi oq, sariq, pushti va boshqa rangda. 1000 donasi 50—370 g.

Loviya issiqsevar o'simlik, urugi kamida 8—10°C da unib chiqadi. Maysasi — 0,5, — 1,0°C da nobud bo'ladi. Maysalanishi uchun 15—18°C, gullashi uchun eng qulay harorat 18—25°C, meva hosil qilishi uchun 20—23°C. Loviya namsevar, O'zbekistonda suvli yerlarga ekiladi. Unumdor tuproq sharoitlariga talabchan. O'suv davri 75—120 kun. Yormasi oqsilga boy, yuqori kaloriyaga ega. To'la pishmagan dukkaklari va donlaridan konserva ishlab chiqariladi. Doni tarkibida 20—31% oqsil, 0,7-3,6% moy, 50% kraxmal, 2,3—7,1% kletchatka, alkil kislotalar mavjud. Poyasi chorva mollari uchun yaxshi ozuqa hisoblanadi. Ayrim turlari manzarali o'simlik sifatida ekiladi. Tuproqni azot bilan boyitadi. Asosiy ekin tarzida bahor (aprelning oxiri yoki may oyi)da va takroriy ekin sifatida iyun oyida ekiladi. 1 ga maydonga 60250 kg urug'lik sarflanadi. Ekish 3—5 sm chuqurlikda ekiladi. Hosil dukkaklari 75— 80% pishganda, dukkaklar kam chatnaydigan vaqtda yig'iladi, xirmonda quritiladi, tozalanadi. Hosildorligi 25—40 s/ga. Navlari. O'zbekistonda sug'oriladigan yerlarda Navro'z, Kaxrabo va boshqa navlari ekiladi [9].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METADOLOGIYA

Loviya o'simligini (Phaseolus vulgaris) quyidagi viruslar kasallantirishi aniqlangan. Bularga misol qilib, loviya o'simligida keng tarqalgan loviya sariq mazaik virusi (BGMV), loviya oddiy mazaika virusi (BCMV), loviya umumiy mozaik nekrozi virusi (BCMNV), yashil no'xat oddiy virusi (CPMMV), bodring mozaika virusi (CMV), yashil no'xat mazaika virusi (CABMV), sariq rangli yengil xira virusi (SYMMoV), loviya endornavirus-1(PvEV-1), loviya endornavirus-2 (PvEV-2) muhim bo'lgan oddiy loviya ( Phaseolus vulgaris ) ning muhim patogenlari hisoblanadi[4]. Virusli kasalliklar loviya o'simligini hosildorligini sezilarli darajada kamaytirishi, loviya mevasi sifatining buzilishi va bundan tashqari loviya o'simligini erta qurib qolishiga sabab bo'ladi [2].

Loviya sariq mozaik virusi (BGMV) Phaseolus, Macroptilium, Vigna, (Glycine max), loviya (Phaseolus vulgaris)

va yaqin turdosh madaniy turlarida kasallik keltirib chiqaradi. Bu

February, 2022

virusning belgilari kasallik barglardagi yorqin sariq mozaika, tomirlarning sarg'ayishi, o'simlik organlarida xlorotik dog'lar shaklidagi dog'larni namoyon qiladi (1-rasm, a ). Birinchi alomatlari boshlanganidan keyin paydo bo'lgan barglar pastga qarab egilib, qattiq va dag'allashadi. Ustki qismi deformatsiyalanadi, o'simlik esa o'sishdan to'xtaydi. Loviyadagi urug'lar soni sezilarli darajada kamayadi.

Loviya oddiy mazaik virusi ( BCMV) keng tarqalgan mozaika kasalligi bilan bog'liq ikkita asosiy simptom turi mavjud: loviya oddiy mozaika belgilari va umumiy mozaika belgilari. Ikkala turdagi simptomlarning paydo bo'lishi ma'lum virusga va loviya navi dominant I geniga ega yoki yo'qligiga bog'liq. Agar nav dominant I genga ega bo'lsa, u loviya oddiy mozaika virusi shtammlariga chidamli, ammo loviya umumiy mozaika virusi shtammlariga o'ta sezgir. Loviya oddiy mozaika virusi ikkita patogendan ko'proq tarqalgan, chunki u urug' va shira bilan tarqaladi. Loviya keng tarqalgan mozaika virusi sezgir navlarga yuqtirganda, sariq va yashil mozaikaning aralashib kelishi kabi kasallik alomatlarini namoyon qiladi. Barglarning rangi o'zgarishi, odatda, burishish, qabariq, buzilish, pastga qarab burishish va bargning buralishi kabilar bilan keladi (1-rasm, b.).

Simptomlarning intensivligi va yuqumliligi virusi shtammiga, loviya naviga va kasallangan o'simlikning yoshiga bog'liq. Yoshligida virus bilan chalingan o'simliklar o'sishdan to'xtaydi.

Loviya umumiy mozaik nekrozi virusi (BCMNV). Loviya o'simligida nekroz belgilari faqat virus dominant I geniga ega bo'lgan navlarni yuqtirganda rivojlanadi. Simptomlar shira bitlari orqali virus tarqaladi, dastlab belgilar uchki barglarda, kichik, qizil-jigarrang dog'lar sifatida boshlanadi. Bu dog'lar atrofidagi tomirlar jigarrang-qora rangga kiradi va bu tomir nekrozi keyin o'simlikning floema to'qimalariga tarqalib, avval so'lib ketishiga, so'ngra yosh barglar va o'sish nuqtasining qurib qolishiga olib keladi. Poya va dukkaklarning ko'ndalang kesimlarida tomirlar bo'ylab qizil-jigarrang chiziq paydo bo'ladi (1-rasm, c). Bu alomatlar ko'pincha ildiz chirish bilan adashtirish mumkin (ildiz chirshini zamburug' keltirib chqaradi).

Yashil no'xat oddiy virusi (CPMMV), CPMMV 1973 yilda Kanada birinchi aniqlangan. Infektsiyalangan o'simliklar barg qirralarining tashqi tomonga o'ralishi va qattiq bo'yli bo'lishi bilan ko'zga tashlanadi. Yosh varaqalar ko'pincha tomirlar chizig'ini ko'rsatadi va eski varaqalar qurib ketishi mumkin (1-rasm, d). Infektsiyalangan soya va no'xat, ikkita o'ta sezgir ekinlarga qo'shni ekilgan bo'lsa, CMMV bilan kasallanish 30% gacha bo'lishi mumkin.

February, 2022

https://t.me/ares uz Multidisciplinary Scientific Journal

O'simliklar jiddiy ravishda zaiflashadi. Yashil no'xat oddiy virusi (CPMMV) keng doiradagi madaniy dukkakli o'simliklarni zararlaydi. U loviya (Phaselous), sigir (Vigna) va soya (Glycine max) barglari va poyalarida kuchli mozaika yoki nekrozga olib keladi. Bu virus bilan kasallangan o'simliklarning hosildorlik ko'rsatkichi 7580% gacha pasayishi kuzatilgan. Virus oq qanot (Bemisia tabaci) tomonidan turg'un bo'lmagan tarzda uzatiladi [2].

Bodring mozaika virusi (CMV) birinchi bo'lib 1934 yilda mozaik belgilarini ko'rsatadigan bodringda (Cucumis sativus) aniqlangan , shuning uchun bodring mozaikasi nomini olgan. O'shandan beri u ko'plab boshqa turdagi o'simliklarni ham zararlashi aniqlandi. Bularga qovoq, qovun, qalampir, pomidor, loviya, sabzi, selderey, salat, ismaloq,lavlagi kabi boshqa sabzavotlarda ham aniqlandi [12].

Bodiring mozaika virusi (CMV) infektsiyasi bilan bog'liq belgilar quyidagicha: bo'yning o'sishi, barglardagi ochiq va to'q yashil (yoki sariq va yashil) mozaikali naqsh, barglar yoki o'sish nuqtalarining noto'g'ri shakllanishi, barglarning sariq chiziqlari, barglar yoki mevalarda halqali dog'lar yoki chiziqli naqshlari, gul rangini o'zgarishi, tomirlarning aniq sarg'ayishi kuzatiladi (1-rasm).

Yuqoridagi belgilarning ba'zilari yuqori harorat, hasharotlarning ko'payishi, o'sish stimulyatorlari, gerbitsidlar, minerallarning yetishmasligi va minerallarning ortiqcha bo'lishi bilan ham yuzaga kelishi mumkin.Virusli kasalliklarni faqat simptomlar asosida, yoki boshqa sezgir usullar yordamida aniqlash mumkin [11].

Yashil no'xat mazaika virusi (CABMV). Ushbu kasallik mevalarning kichrayishi va deformatsiyasiga olib keladi va barglarning noto'g'ri shakllanishi, barglar va poyada pufakchalar, o'simliklar rivojlanishining sezilarli pasayishi va meva shaklining o'zgarishi kabi alomatlarni keltirib chiqaradi [13]. Bunday belgilar odatda barglarning rangsizlanishidan iborat bo'lib, ular mozaika, barg rangining ochlashishi, tomirlar xlorozi, sarg'ayishi, barglarning deformatsiyasi va sariq dog'lar ham ushbu virus belgilari hisoblanadi (1-rasm, f). Zararlangan o'simliklarda o'sish va hosildorlikning pasayishini kuzatish mumkin. No'xat o'simliklariga bu virus mexanik usul yordamida yuqadi [7].

Och sariq rangli mozaika virusi (SYMMoV), ushbu alomatni begomoviruslar bilan kasallangan o'simliklarda kuzatilgan alomatlar sariq mozaika, sariq tomirlar, barg hajmi va morfologiyasining o'zgarishi, barglarning dag'allashishi, tomirlarning sarg'ishi va burishishi natijasida barg chetlarining jingalaklanishi kabi alomatlarni namoyon bo'ladi. Begomoviridae oilasiga mansub bu virus pomidor, qalampir, qovoq kabi o'simliklarda ham aniqlangan (1-

February, 2022

rasm, j). Bu virusi ko'pgina dukkakli o'simliklardan ham topilgan, virus asosan mexanik va oq qanot orqali yuqadi [10].

1-rasm. Loviya o'simligini (Phaseolus vulgaris) viruslarining o'simliklardagi

kasallik alomatlari

Loviya endornavirus-1 (PvEV-1) Endornaviridae oilasi endornavirus avlodiga mansub viruslar ekanligini tasdiqladi. Endornaviruslar an'anaviy viruslardan farq qiladigan umumiy xususiyatlarga ega, ularga xos o'simliklarning fenotipiga aniq ta'sir qilmaydi[3]. Bu virus bir zanjirli RNK tutuvchi viruslarga mansub bo'lib, bodring mozaikasi virusi singari, xo'jayin o'simliklarda juda ko'p va tizimli ravishda tarqalib, oxir-oqibat o'z xo'jayin o'simliklarini quritadi [8].

MUHOKAMA VA NATIJALAR.

Hozirgi kungacha mamlakatimizda loviya (Phaseolus vulgaris) o'simligida kasallik hosil qiluvchi fitoviruslar ustida ilmiy izlanishlar olib borilmagan. Shuning uchun ushbu yo'nalishda olib borilayotgan ilmiy tatqiqot ishlari dolzarb hisoblanadi.Tatqiqot uchun Toshkent viloyati hududida

February, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

603

yetishtirilayotgan loviya o'simliklarida fenologik kuzatuvlar olib borildi. Virusli kasallanish natijasida o'simliklarda, virusning belgilari kasallik barglardagi yorqin sariq mozaika, tomirlarning sarg'ayishi, o'simlik organlarida xlorotik dog'lar ko'rinishida o'zini namoyon qiladi (1-rasm).

Kasallik alomatlari boshlanganidan keyin paydo bo'lgan barglar pastga qarab egilib, qattiq va dag'allashib qoladi. Ustki qismi deformatsiyalanadi, o'simlik esa o'sishdan to'xtaydi. Loviya urug'lar soni sezilarli darajada kamayadi. Yuqorida takidlanganidek, respublikamiz sharoitida loviya o'simligini kasallantiruvchi virus kasalliklarini o'rganish ustida ilmiy tatqiqotlar olib borilmagan. Shuning uchun bu ishda yuqoridagi muammolarni hal etish uchun quyidagicha maqsad qo'yildi. Virusli kasalliklarda asosan barglarni buralishi holatlari, sariq xloroz va barg deformatsiyalanishi, barglarni qurishi, o'simlik o'sishdan to'xtaydi [6].

Ayrim hollarda o'simlikda kasallik alomatlari namoyon bo'lmasdan yashirin holatda ham o'tishi mumkin. Tabiatda viruslarni aylanish tipi, saqlanishi, tabiiy o'choqlarini aniqlash qarshi kurash choralarini ishlab chiqishda muhim hisoblanadi. Fitoviruslarni identifikatsiyasi va ayrim biologik xususiyatlarini o'rganishda OSD (oxirgi suyuqlanish darajasi) va HTFY (harorat ta'sirida faolligi yo'qotish) kabi xususiyatlarini o'rganish muhim sanaladi [1].

Xulosa qilib aytganda, loviya o'simlikligini loviya sariq mazaika virusi (BGMV), loviya oddiy mazaika virusi (BCMV), loviya umumiy mozaik nekrozi virusi (BCMNV), yashil no'xat oddiy virusi (CPMMV), bodring mozaika virusi (CMV), yashil no'xat mazaika virusi (CABMV), sariq rangli yengil xira virusi (SYMMoV) kabi o'ndan ortiq viruslar kasalantirishi aniqlangan bo'lib, ularning har biri o'ziga xos kasallik alomatlarini keltirib chiqaradi. Toshkent viloyatida olib borilgan fenologik kuzatuvlar bir qator virusli kasalliklarga oid bo'lgan alomatlar, jumladan kasallik belgilari barglardagi yorqin sariq mozaika, tomirlarning sarg'ayishi, o'simlik organlarining xlorotikligi ko'rinishida o'zini namoyon qiladi. Virusli kasalliklar alomatlarini o'rganishi, bu virusga qarshi kurash choralarini ishlab chiqish uchun oldini olish uchun muhim hisoblanadi. Virusli kasalliklarga qarshi kurash choralarini olib borish, virusolog, biotexnolog, seleksioner kabi ilmiy yo'nalishida ilmiy-tadqiqot olib borayotgan mutaxassislarning birgalikda kompleks holda ish olib borishni talab etadi.

XULOSA

February, 2022

REFERENCES

1. Aminjonova, G. K., & Fayziev, V. B. (2021). GILOS (PRUNIS AVIUM) O'SIMLIGINI KASALLANTIRUVCHI VIRUSLAR VA ULARNING QISQACHA TAVSIFI. Academic Research in Educational Sciences, 2(12), 26-32 b.

2. А. Кириченко (2017) Вирусы семейства Geminiviridae //Пропозиция. — 2016. — № 12. — С. 60-62.

3. Alcala-Briseno RI, Escalante C, Sabanadzovic S, Valverde RA.Genomic sequence of a novel endornavirus from Phaseolus vulgaris and occurrence in mixedinfections with two other endornaviruses. //Virus Res. 2018, 257, pp 75-77.

4. Beatrice Mwaipopo, Susan Nchimbi-Msolla, Paul Njau, Fred Tairo1, Magdalena William,Papias Binagwa, Elisiana Kweka1, Michael Kilango and Deusdedith Mbanzibwa.Viruses infecting common bean (Phaseolus vulgaris L.)in Tanzania:A review on molecular characterization,detection and disease management options //African Journal of Agricultural Research,.Vol. 12(18), pp. 1486-1500, 4 May, 2017

5. Fayziev, V., Jovlieva, D., Juraeva, U., Shavkiev, J., & Eshboev, F. (2020). Effects of PVXN-UZ 915 necrotic isolate of Potato virus X on amount of pigments of Datura stramonium leaves // Journal of critical reviews, 7(9), 400-403

6. Можаева К.А. Вирусные болезни злаков. // Защита и карантин растений. -2003. №6. - С. 35-37.

7. Miranda, GS, Yamanishi, OK, Peixoto, JR, Vilella, M. de S., Pires, M. de C. and Nobrega, D. da S. (2020). Reaction of genotypes of yellow passion fruit to forest disease in field conditions (mosaic virus transmitted by Cowpea aphid) // Plant Pathol J. 2013, Volume 29 (3), pp. 285-293

8. Okada R, Alcala-Briseno RI, Escalante C, Sabanadzovic S, Valverde RA. Genomic sequence of a novel endornavirus from Phaseolus vulgaris and occurrence in mixed infections with two other endornaviruses. //Virus Res. 2018, 257,. pp 63-67.

9.Yaqubjonov O., S.Tursunov. O'simlikshunoslik (amaliy mashg'ulotlar). Т., «Fan va texnologiya», 2008. 303 bet

10. https://pubmed.ncbi.nlm.nih.gov/25623050/

11. https: //doi.org/10.17660/ActaHortic.2020.1282.64

12.https://extension.psu.edu/cucumber-mosaic-virus

February, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.