Научная статья на тему 'O’TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA SOYANING KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI'

O’TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA SOYANING KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
19
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Soya / moy / oqsil / vitamin / коллекция / biometriya / ko‘chatzor / hosildorlik

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Atabaeva Xalima Nazarovna, Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Ergashev Nodirbek Yuldashalievich

Maqolada soyaning коллекция ko‘chatzorida o‘tkazilgan tadqiqot natijalarini bayon etilgan. Танлаб олинган нав намуналар морфологик ва биологик кўрсаткичлари билан назорат навига нисбатан яхши бўлиб, пояси тик ўсувчан, бир ўсимликда дуккаклар сони юқори, шохлар сони ва пастки дуккакни жойланиши юқори бўлганлиги билан ажралиб турганлиги кузатилди

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA SOYANING KOLLEKSIYA KO‘CHATZORIDA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

O'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA SOYANING KOLLEKSIYA KO'CHATZORIDA O'TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARI 1Atabaeva Xalima Nazarovna, 2Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 3Ergashev Nodirbek

Yuldashalievich

1q.x.f.d., professor, Toshkent Davlat Agrar Universiteti 2 dosent., q.x.f.f.d (PhD), Farg'ona Davlat Universiteti, Farg'ona 3 q.x.f.f.d (PhD), k.i.x, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha

direktor o'rinbosari idrisovhusanzon@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.7999299

Annotatsiya. Maqolada soyaning коллекция ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini bayon etilgan. Танлаб олинган нав намуналар морфологик ва биологик курсаткичлари билан назорат навига нисбатан яхши булиб, пояси тик усувчан, бир усимликда дуккаклар сони юцори, шохлар сони ва пастки дуккакни жойланиши юцори булганлиги билан ажралиб турганлиги кузатилди.

Kalit so'zlar: Soya, moy, oqsil, vitamin, коллекция, biometriya, ko'chatzor, hosildorlik

Dunyo bo'yicha ishlab chiqiladigan o'simlik moyining 35 foizi soya donidan olinadi. Soya doni va izolyati oziq-ovqat sanoatida eng yaxshi xomashyo, shroti chorvachilik, parrandachilik, baliqchilikda oqsilga boy to'yimli ozuqadir. Ma'lumotlarga ko'ra, bugungi kunda jahonda soya 107 mln. gektardan ziyod maydonda etishtirilmoqda. Shundan qariyb 36,3 mln. getari AQSH, 33,7 mln. gektari Braziliyaga to'g'ri keladi. Soya doni serhosilligi jihatdan ham ko'pgina ekinlarga nisbatan yuqori hisoblanadi. Bu o'simlik donidan 400 dan ziyod turli mahsulotlar olinadi. Moyidan tashqari, soya suti, soya oqsili, soya izolyati va boshqa mahsulotlar bugungi kunda dunyo oziq-ovqat sanotida keng qo'llanilmoqda. Oziq-ovqat sanoatida yog'sizlan tirilgan soya unidan non, bulochka va boshqa konditer sanoati uchun mahsulotlar olinadi. Soya izolyatidan to'qimachilik, tekstil, qog'oz va sanoatning texnik sohalarida foydalaniladi. Soya moyidan sovun va lak bo'yoq ishlab chiqarishda keng foydalaniladi. Dunyoda soya 2014/2015 yilda 118,14 mln. ga maydonga ekilib, 317,25 mln. tonna soya doni yig'ib olingan. Eng yuqori hosil AQSH fermerlariga tegishli bo'lib, o'rtacha 3,21 t/ga. dan xirmon ko'tarilgan bo'lsa, eng kam hosil Hindistonda etishtirilib, o'rtacha 0,9 t/ga. dan hosil olingan. Dunyo bo'yicha ishlab chiqarilgan soya doni 2017/2018 yilda 146 mln. tonna bo'lib, oldingi yilga qaraganda 5 mln. tonnaga ko'paygan. AQSHda soya maydonlari yanada kengaytirilmoqda, chunki fermerlar makkajo'xoriga qaraganda soyadan ko'proq daromad olishgan.

Butun dunyo dexqonchiligida dukkakli don ekinlaridan hisoblangan soya va mosh o'simligining kundan kunga ekin maydonlari kengayib bormoqda, sababi donidan olinadigan qimmat baho oziq- ovqat maxsulatlarining turlari ko'payib, qayta ishlashning qamrovi yuqori bo'lgan texnik ekin hisoblanadi.

Tajribaning maqsadi Halqimizni oziq ovqat bilan ta'minlash, oqsil tanqisligini hal etish, yog' ishlab chiqarishni ko'paytirish, chorvani to'yimli ozuqa bilan ta'minlash va er unumdorligini oshirish uchun soya va mosh ekinlarining, serhosil, don tarkibi oqsil va moy moddalariga boy, kasallik va zararkunandalarga chidamli hamda har xil tuproq-iqlim sharoitlarga mos, asosiy va takroriy ekin uchun yangi navlarini yaratishdan iborat.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Soya donini ishlab chiqishdagi asosiy muammo-bu mavjud navlarning maxsuldorliini pastligi, tez aynishi, o'z xususiyatlarini noqulay sharoitda tez yo'qotishidir. Shu tufayli soyaning yangi navlarini yaratish dolzarb masalalardan biri deb hisoblanadi. Umuman soyadan tabiiy sharoitda duragay olish juda qiyin. YAngi namunalarni yaratish uchun madaniy, yarim madaniy va yovvoyi turaridan foydalanilgan. Bu shakllarni yaqinlashtirish uchun oldin madaniy shakllari yarim madaniy shakllari bilan chatishtirilgan. Olingan oraliq duragay keyingi yillarda yovvoyi shakl bilan chatishtirilgan. Bu ishlarni natijasida 350 ta duragay yaratilgan, ulardan aksariyat xolda yuqori hosil olingan. Bu duragaylarning bo'yi past, oqsili ko'p va mexanizatsiya yordamida hosilni yig'ib olish mumkin - bu Kolxida, Komsomolka va Kubanskaya duragaylari. Tajribalar Gruziyaning dehqonchilik ITI da olib borilgan. Chatishtirish ishlarini kastratsiyaning ikkinchi kuni olib borilganda eng yuqori (40%) natija olingan [1.4].

Soyaning shakl va turlarining xilma xilligini olimlar o'rganishib, ular asosan uchta markazda Janubiy-Sharqiy Osiyo, Avstraliya va Sharqiy Afrikada shakllangan deb hisoblagan. Soya o'simligining kelib chiqishi markazi - Xitoy, Koreya, Hindiston, Yaponiya. [2.2].

Ilmiy izlanishlar Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba maydonining 12 karta 2 chekida olib borildi. Soya seleksiyasi qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat Nav Sinov komissiyasi va O'zShlTI tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar, dala tajriba metodikasi asosida olib borildi.

Soyaning kolleksiya, seleksiya, nazorat va nav tanlov ko'chatzorlarida fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Bunda soyaning o'suv davridagi asosiy: unib chiqishi, g'unchalash, gullash, dukkak hosil qilish va pishish fazalari kuzatildi va amal davrining davomiyligi aniqlandi. Biometrik ko'rsatkichlar aniqlandi. Olingan bog'lamlarda o'simlik bo'yi, pastki dukkak joylashishi, shoxlar soni, bir o'simlikdagi dukkak soni, don vazni, 1000 ta don og'irligi aniqlandi. Har bir namunaning hosili aniqlandi. Buning uchun har namunaning hosili o'rib olindi, yanchildi, tortildi. Olingan natijalarda hosildorlik ko'rsatkichlari B.A.Dospexov qo'llanmasi asosida tahlil qilindi.

Kolleksiya ko'chatzorida yangi keltirilgan seleksion materallar o'rganiladi va ularning ichidan eng yaxshilari (elita o'simliklari) tanlanib seleksiya ko'chatzorida o'rganish uchun o'tkaziladi. Kolleksiya ko'chatzorida manbalar doimo to'ldirilib, yangilanib turiladi. Hisobot yilda jahon kolleksiyasi nav namunalaridan tashkil topgan kolleksiya ko'chatzorida soyaning 123 ta moshning170 ta nav namunasi tadqiqot qilinib o'rganildi. Namunalarining har birining ekish maydoni 1,8 m2 bo'lib qaytariqsiz, ekish me'yori soyada 60 kg/ga, moshda esa 18 kg/ga, qator oralig'i 60x10-2 sxemasida aprel oyining uchinchi, may oyining birinchi dekadasida qo'lda ekildi.

Ekilgan nav namunalar bilan taqqoslash uchun soyaning «O'zbek-2», «O'zbek-6» navlari nazorat qilib har 10 ta namunadan keyin ekildi.

O'simlikning o'suv davrida nav sinov komissiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qo'llanma asosida barcha fenologik kuzatishlar olib borildi. SHu jumladan o'simlikning unib chiqishi, shoxlanishi, gullashi, dukkaklashi va pishish davrlari qayd etildi. Pishish davrida biometrik taxlil uchun soya va moshning har bir nav namunasidan 5 tadan o'simlik olindi. Bu tahlilda nav namunalarning o'suv davri, bo'yi, pastki dukkak joylanishi, shoxlar soni, bir o'simlikda dukkak soni, bir o'simlikdagi don vazni, 1000 ta don og'irligi aniqlandi. Qimmatli xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan soyaning 10 ta va moshning 7 ta nav namunalari tanlab olindi va to'liq tavsifnomasi 3.1.1-jadvalda keltirildi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan ajratib olingan nav namunalari morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o'suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan ajralib turadi. O'suv davri bo'yicha nazoratga nisbatan tanlab olgan nav namunalar 4-10 kun oldin pishib etildi. Pastki dukkak joylashishiga kelsak eng yuqori ko'rsatkichlar K-9195 (AQSH), 0128859, (VNIIMK), I-512829 (AQSH) nav namunalarida bo'lib nazoratga nisbatan 2-3 smni tashkil etdi. Bu esa o'z navbatida mexanizatsiya yordamida yig'ishtirib olish imkoniyatini beradi. Bir o'simlikdagi don vazni bo'yicha yaxshi ko'rsatkichlar K-7 AQSH, CHTilin43(021) Koreya va K-26 AQSH namunalarida kuzatildi. Bu o'z navbatida nazorat naviga nisbatan 9-12 grammga og'irligi kuzatildi. 1000 ta vazni bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich, K-19 Odesa, 537071 AQSH nav namunalarida bo'lib 179,8 -187,0 grni tashkil etdi.

Xulosalar Tanlab olingan nav namunalar morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o'suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori, shoxlar soni va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan aalib turdi.

REFERENCES

1. Atabaeva X.N, Isroilov I.A Takroriy ekilgan soya navlarining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral o'g'itlarning ta'siri.//Sholichilik va dukkakli-don ekinlarini rivojantirishning istiqbollari: Xalqaro simpozium materallari Toshkent, 1998. B.27-28.

2. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. - M.: Kolos, 1985. - 317 s.

3. Izrailskiy V.P, Runov Ye.V., Bernard V.V., Klubenkovie bakterii nitragin.-M: Selxozgiz, S.1983.-480.

4. Idrisov, X. A va boshq. "Agro bisnes" inform iqtisodiy-ijtimoiy jurnali. "Dukkakli ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi". №07/90-2014y

5. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

7. .Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144148).

19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

27. Isag'aliyev, M., Obidov, M., & Matholiqov, R. (2019). Morphogenetic and biogeochemical features of the medicinal capparis spinosa. Scientific journal of the Fergana State University, 2(4), 46-49. https://scholar.google.com/citations

28. Matholiqov, R Argic dasturidan foydalangan holda qishloq xo'jalik yerlarini tahliliy o'rganish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2022 yil. https://scholar.google.com/citations

34. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕССЫ ХРАНЕНИЯ ЗЕРНА И НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 75-78.

29. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ПРЕИМУЩЕСТВА НОВОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ПРИЕМКЕ ЗЕРНА. Universum: технические науки, (12-2 (81)), 96-99.

30. Davronov, Q. A.,& Xoliqov, M. B.O', (2021). The effect of grain moisture on grain germination during grain storage. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal (11-5), 418-421.

31. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseo1is aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 7(2), 373-381.

32. Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399

33. Idrisov, X. A., Qashqaboeva, C. L. T. L., & Xalbaev, A. N. (2022). SOYANING NAZORAT KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI TAHLILIY ORGANISH. Results of National Scientific Research International Journal, 7(5), 134-139.

34. Idrisov, X. (2022). MOSH: RESEARCH, EXPERIENCE AND RESULTS. Science and Innovation, 7(7), 182-186.

35. Idrisov, X., Matxoliqov, R. Z., & Xoliqov, M. (2022). KUZGI BUG 'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH. O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 7(2), 51-56.

36. Ibragimov, O. O., & Idrisov, X. A. (2022, October). OLMA NAVLARINI NAV TAVSIFINI O 'RGANISH ASOSIDA TAXLIL ETISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 4, pp. 20-27).

37. Atabaeva, X. N., & Abdujabborovich, I. X. (2022). MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA'SIRI. Science and innovation, (Special Issue), 540-544.

38. Idrisov, X. (2022). MOSH: TADQIQOT, TAJRIBA VA NATIJA. Science and innovation, 7(D7), 182-186.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

39. Idrisov, X. (2022). EKISH MUDDATLARI VA ME'YORLARINI MOSH (Rhaseolis aireis Riper) NAVLARI POYA BALANDLIGI VA HOSILDORLIGA TA'SIRINI O 'RGANISH. Science and innovation, 1(D7), 176-181.

40. Abdujabborovich, I. X., Maxliyoxon, A., Muslima, A., & Gavhanso, A. (2022, November). TOSHKENT VILOYATI O 'TLOQI BOTQOQ TUPROQLARI SHAROITIDA SOYA (GLYCINE HISPIDA L) NING KOLLEKSIYA KO 'CHATZORIDA O 'TKAZILGAN TADQIQOT. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 1, No. 2, pp. 98-104).

41. Abdujabborovich, I. X., & Teshaboyev, A. (2022). UDK: 633.853. 52 SOYANING YANGI ISTIQBOLLI NAVLARINI YARATISH NATIJALARINI TAXLILIY O'RGANISH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(3), 8-14.

42. Idrisov, H., & Madalova, M. (2022). ANALYTICAL STUDY OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF A VARIETY OF MUNG BEAN (RHASEO1IS AIREIS PIPER). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 97-101.

43. Idrisov, X., & Xalbaev, A. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25.

44. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolis aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.