Научная статья на тему 'АНАЛИТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ СОРТОВ МАШ'

АНАЛИТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ СОРТОВ МАШ Текст научной статьи по специальности «Сельское хозяйство, лесное хозяйство, рыбное хозяйство»

CC BY
32
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Маша / соя. кукуруза / горох / зерновые / бобовые / белок / цельные бактерии / азот / витамины / лугово-болотное / почва.

Аннотация научной статьи по сельскому хозяйству, лесному хозяйству, рыбному хозяйству, автор научной работы — Идрисов Хусанжон Абдужабборович

В статье анализируется влияние сроков и норм посадки на урожайность растений. В результате исследования урожайность сорта Навруз увеличилась на 6,3-9,0% в соответствии с нормами высева по сравнению с периодом весеннего сева при пересеве 20 июня. Когда в июле были посажены сорта мош, урожайность снизилась на 2,4-3,9 и 12,8-33,0%. 300 тыс. Штук сортов Навруз в мае (25,4 ц/га) и в июне (26,3 ц/га). Семена высевают и получают высокие урожаи.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «АНАЛИТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ СОРТОВ МАШ»

УДК: 631.633

АНАЛИТИЧЕСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ ВЛИЯНИЯ АГРОТЕХНИЧЕСКИХ МЕРОПРИЯТИЙ НА ПРОДУКТИВНОСТЬ СОРТОВ МАШ

Идрисов Хусанжон Абдужабборович

Ферганский государственный университет

В статье анализируется влияние сроков и норм посадки на урожайность растений. В результате исследования урожайность сорта Навруз увеличилась на 6,3-9,0% в соответствии с нормами высева по сравнению с периодом весеннего сева при пересеве 20 июня. Когда в июле были посажены сорта мош, урожайность снизилась на 2,4-3,9 и 12,8-33,0%. 300 тыс. Штук сортов Навруз в мае (25,4 ц/га) и в июне (26,3 ц/га). Семена высевают и получают высокие урожаи.

Ключевые слова; Маша, соя. кукуруза, горох, зерновые, бобовые, белок, цельные бактерии, азот, витамины, лугово-болотное, почва.

MOSH NAVLARI HOSILDORLIGIGA AGROTEXNIK TADBIRLAR TA'SIRINI TAHLILIY O'RGANISH

Maqolada mosh hosildorligiga ekish muddati va me 'yorlari ta 'siri tahlil etilgan. O 'tkazilgan tadqiqotlar natijasida Navro 'z navining don hosili takroriy 20 iyunda ekilganda bahorgi ekish muddatiga nisbatan ekish me'yorlari bo'yicha 6,3-9,0% ga oshgan. Mosh navlari iyul oyida ekilganda hosil 2,4-3,9 va 12,8-33,0 % ga kamaygan. Navro'z navidan may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug' ekib yuqori hosil olingan.

Kalit so'zlar: Mosh, soya, makkajo 'xori, no 'xat, hosil, dukkak, oqsil, tuganak bakteriya, azot, vitamin,o'tloqi-botqoq, tuproq.

ANALYTICAL STUDY OF THE INFLUENCE OF AGROTECHNICAL MEASURES ON THE PRODUCTIVITY OF MUNG BEAN VARIETIES

The article analyzes the impact of planting dates and rates on plant productivity. As a result of the study, the yield of Navruz cultivar increased by 6.3-9.0% in accordance with the seeding rate compared with the spring sowing season when replanting on June 20. When mung bean varieties were planted in July, yields decreased by 2.4-3.9 and 12.8-33.0%. 300 thousand Pieces of Navruz varieties in May (25.4 c/ha) and in June (26.3 c/ha). Seeds are sown and get high yields.

Key words: Mung bean, soybean. corn, peas, cereals, legumes, protein, whole bacteria, nitrogen, vitamins, meadow-marsh, soil.

Kirish. Dunyoda aholini oziq-ovqat mahsulotlari bilan muntazam ta'minlash borasida respublikamizda qulay tuproq-iqlim sharoitlaridan kelib chiqqan holda har yili boshoqli don ekinlaridan bo'shaydigan bir milliondan ortiq sug'oriladigan maydonlarida 120-130 kun davomida takroriy ekin sifatida makkajo'xori, mosh, soya, sholi, tariq, kunjut, yem-xashak ekinlari, kartoshka va turli xil sabzavotlar ekilib, bir yilda ikki martagacha yuqori va sifatli hosil yetishtirish imkoniyatlari mavjud [1].

Hozirgi vaqtda yurtimizda donli, dukkakli, moyli ekinlarga katta e'tibor qaratilib ekin maydonlari kengaytirilmoqda. Dexqonchilikni rivojlantirish va yerdan unumli foydalanish uchun katta imkoniyatlar ochildi. Bugungi kunda eng asosiy muammolardan biri bu oqsil masalasi, ya'ni insoniyatni oqsilga bo'lgan talabini qondirish. Bu masalani yechishda dukkakli don ekinlaridan mosh o'simligining ahamiyati katta.

Respublikamiz sharoitida kuzgi bug'doydan 60-70 s/ga, takroriy ekin sifatida yetishtiriladigan mosh ekinidan esa 15-20 s/ga don hosili yetishtirilib, bir mavsum davomida yetishtiriladigan don hosilini 75-90 s/ga yetkazish imkoniyatlari mavjud. Yer yuzida dukkakli-don ekinlari 135 mln.gektar maydonga ekiladi. Dukkakli-don ekinlari orasida mosh ekiladigan maydon hajmi jihatidan jahonda soyadan (dunyo

bo'yicha soya maydoni 74 mln gektarga yaqin) keyin ikkinchi o'rin (25 mln gektarga yaqin) ni egallab, uchinchi o'rinda no'xot (dunyoda jami 10 mln gektarga yaqin) turadi [2].

Markaziy Osiyo va Kavkazorti respublikalarida moshdan oziq-ovqat sanoatida keng foydalaniladi. Moshdan tayyorlangan un makaronga qo'shilsa uning to'yimliligi yanada ortadi. Mosh dukkakli-don ekinlar guruxiga mansub bo'lib, donida ko'p mikdorda 24-28 % oqsil to'planadi. Undan oziq-ovqat sanoati bilan birga chorva xayvonlari uchun to'yimli yem-xashak xam yetishtirish mumkin. Shuningdek moshning ildizlarida tuganak bakteriya rivojlanib, erkin azotni o'zlashtirib, tuproq unumdorligini oshiradi [3].

Ilmiy manbalardan ma'lum bo'lishicha, mosh vegetatsiya davri davomida tuproqda 50-100kg/ga biologik azot va organik moddalar to'plab, yerning tabiiy unumdorligini oshirishi bilan birga oqsil va vitaminlarga boy bo'lgan shifobaxsh don beradigan ekindir [4].

Moshning kelib chiqishi Xindiston bilan bog'liq. Hozirgi paytda mosh juda ko'p mamlakatlarda ekiladi. Chunonchi, O'zbekiston, Turkmaniston, Ozarbayjon, Gurjiston, Xitoy, Koreya, Yaponiya, Hindiston, Pokiston, Misr, Efiopiya va boshqa davlatlarda katta maydonlarda yetishtiriladi. Qishloq xo'jaligi vazirligidan olingan ma'lumotlarga ko'ra, Respublikamizda har yili takroriy ekin sifatida 23-27 ming gektardan ortiq maydonlarda mosh yetishtiriladi.

Tadqiqotning maqsadi. Sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanish va ekologik muammolarni yechadigan, mosh navlarining o'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida yuqori don hosili va sifatini ta'minlaydigan ekish muddati va me'yorlarini aniqlashdan iborat.

Tadqiqot tuproq-iqlim sharoiti va uslublari Tadqiqot ishi Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti tajriba maydonlarida olib borildi. Sholichilik ilmiy-tadqiqot instituti Toshkent viloyatining janubiy-sharqiy qismida, Chirchiq vohasida, Toshkent shahridan 15 km uzoqlikda, Chirchiq daryosining chap qirg'og'ida joylashgan. Joyning relefi tekis, tajriba olib boriladigan dalalardagi tuproq daryo

bo'yidagi territoriyalar tuprog'iga mos, hududning tuproq qatlami o'tloqi botqoq tuproqdan iborat.

Bu tipdagi tuproqning paydo bo'lishiga sabab asosan institutga biriktirilgan yerlar Chirchiq daryosining qirg'og'iga yaqin joylashganligi, atrofidagi xo'jaliklar ham sholichilik bilan shug'ullanishi va haddan tashqari tuproqda namlikning ko'p bo'lishidir.

Tajriba maydonidagi tuproq qatlami o'tloqi botqoq, loysimon qumoq tuproqdir. Ma'lumki bo'z tuproqlar qatlamlarga kam tabaqalangan bo'lib, gumusning kamligi bilan xarakterli, bu o'tloqi botqoq tuproqlarda bo'ladigan o'ziga xos rangidan ham ko'rinib turadi.

Ilmiy tadkikot ishlarida olib borilgan fenologik kuzatuvlar va biometrik o'lchovlar "Metodika Gosudarstvennogo sortoispitaniya selskoxozyaystvennix kultur", "Dala tajribalarini o'tkazish uslublari" (O'zPITI, 2007) asosida o'tkazilgan.. O'simlik va tuprok agrokimyoviy taxlillari «Metodi agroximicheskix, agrofizicheskix i mikrobiologicheskix issledovaniy v polivnix xlopkovix rayonax» (1963) va N.N.Tretyakov uslubi bo'yicha (M.: «Kolos»,1982) fotosintez sof mahsuldorligini aniqlash, olingan natijalar Microsoft Excel dasturi, B.A.Dospexov (1985) uslubida asosida statistik matematik tahlil kilindi [5,6].

Tadqiqot natijasi va muxokamasi O'rganilgan texnologik tadbirlar mosh navlarining hosildorligiga ta'sir ko'rsatgan. O'rtacha uch yilgi tajribalardan olingan Navro'z navning hosildorligi eng kam me'yorda ekilganda 23,8 s/ga ni tashkil qilgan. Ekish me'yori 300 ming dona bo'lganda hosil 2,4 s ga yoki 6,7 % ga oshgan. Ekish me'yori 400 ming dona bo'lganda hosil birinchi variantga nisbatan 7,6% ga kamayganligi aniqlandi. Navro'z navi takroriy 20 iyunda gektariga 200 ming dona urug' ekilganda hosil 6,3% oshgan. Ekish me'yori 300 ming/ga bo'lganda hosil 9% ga oshganligi kuzatilgan. Ekish me'yori 400 ming dona bo'lganda hosil 1,7 s.ga oshgan, yoki bu 7,7 % ni tashkil qiladi. Ekish muddati kechiktirilib 1 iyulda ekilganda kam ekish me'yorida hosil oldingi ekish muddatiga nisbatan 2,4 % ga kamaygan; ekish me'yori o'rtacha 300 ming dona urug' ekilgandaoldingi muddatga

nisbatan 2,7 % ga kamayganligi kuzatilgan. Eng yuqori ekish me'yorida gektarga 400 ming dona urug' ekilganda 3,8% ga kamaygan. Oxirgi ekish muddati 10 iyulda 200 ming dona urug' ekilgan 21,2 s./ga hosil olingan, bu oldingi ekish muddatiga nisbatan 14,2% ga, 300 ming dona urug' ekilganda 23,9% va 400 ming urug' ekilganda 19,3% ga kamaygan. Navro'z navi may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug' ekib yuqori hosil olingan.

1-jadval

Navro'z navining hosildorligi (yillar bo'yicha)

Ekish muddati A Ekish me'yori ming/ga Tadqiqot yillari O'rtacha

2016 2017 2018

12 may 200 24.6 23.1 23,7 23.8

300 26.0 24.9 25,3 25.4

400 22.6 21.8 21,8 22.0

20 iyun 200 26.0 25.3 24,8 25.3

300 27.0 25.9 26,2 26.3

400 24.4 23.4 23,4 23.7

01 iyul 200 25.4 24.2 24,7 24.7

300 26.2 25.3 25,5 25.6

400 23.2 22.3 22,9 22.8

10 iyul 200 21.8 20.6 21,4 21.2

300 20.2 18.6 19,9 19.5

400 19.2 17.5 18,7 18.4

NSR05 s/ga % 1.06 4.40 0.61 2.65 1.43 3.51

A omil s/ga % 0.53 2.21 0.35 1.52 0.83 3.10

B omil s/ga % 0.61 2.54 0.31 4.35 0.71 2.70

Xulosalar Navro'z navining don hosili takroriy 20 iyunda ekilganda bahorgi ekish muddatiga nisbatan ekish me'yorlari bo'yicha 6,3-9,0% ga oshgan. Mosh

navlari iyul oyida ekilganda hosil 2,4-3,9 va 12,8-33,0 % ga kamaygan. Navro'z navidan may (25,4 s/ga) va iyunda (26,3 s/ga) 300 ming dona urug' ekib yuqori hosil olingan.

ADABIYOTLAR:

1. 1.Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik. T "Fan va texnologiya". 2018, 407 bet.

2. Atabaeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh yetishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. 2019 yil.Toshkent

3. Atabaeva H.N. O'simlikshunoslik.T.; Mehnat, 2000. 134-136 b.

4. 4.Jumaev Z, Sirimov A. Moshni ang'izda ekish agrotexnikasi. //Sug'oriladigan yerlarda boshoqli g'alladan keyin ekiladigan takroriy ekinlarni parvarishlash bo'yicha tavsiyalar Toshkent, 1995. 18-22 b.

5. 5.Dospexov B,A, "Metodika polevogo opita", Izd-vo «Kolos» Moskva 1985g

6. 6.Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.Toshkent.2007 y.

7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me'yorining ta'sirini o'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

11. 11.Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144-148).

19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

27. Soyaning nazorat ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. "Results of national scientific rasearch" scientific-methodical journal Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.

28. Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. In rice (oriza sativa) varieties the plant grows at different water thicknesses, water consumption during development periods, m 3,_ solution of social problems in management and economy International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.