Научная статья на тему 'SHOLI SELEKSIYASI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI TAHLILIY O‘RGANISH'

SHOLI SELEKSIYASI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI TAHLILIY O‘RGANISH Текст научной статьи по специальности «Энергетика и рациональное природопользование»

CC BY
178
22
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
sholi / uglevod / seleksiya / ko‘chatzor / nav namuna / nav / Mustaqillik / Iskandar / Alanga / rice / carbohydrate / selection / nursery / variety sample / variety / Mustaqillik / Iskandar / Alanga

Аннотация научной статьи по энергетике и рациональному природопользованию, автор научной работы — Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xabibullaev Abdulxamid Muzaffar O‘g‘li

Maqolada eng muxim oziq-ovqat maxsuloti bo‘lgan sholi seleksiyasi bo‘yicha o‘tkazilgan tadqiqot natijalari bayn etilgan bo‘lib, tadqiqot natijalariga ko‘ra, kolleksiya ko‘chatzorida 19 ta namunalar morfobiologik va qimmatli xo‘jalik belgilariga qarab tanlab olingan. Tanlab olingan namunalar orasida 1000 dona vazni yirik bo‘lgan VIR 7690 (37,6 gr), WAB 880-56-43 (39,0 gr) va 329-01 x 267-01 (40,0 gr) namunalar mavjudligi aniqlangan bo‘lib, tanlangan namunalar kelgusi yili chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatida jalb etilishi belgilab olingani aniqlangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ANALYTICAL STUDY OF RICE BREEDING RESEARCH RESULTS

The article describes the results of the research on rice selection, which is the most important food product. According to the results of the research, 19 samples were selected in the nursery of the collection based on morphobiological and valuable economic characteristics. Among the selected samples, it was determined that there are 1000 pieces of large weight VIR 7690 (37.6 g), WAB 880-56-43 (39,0 g) and 329-01 x 267-01 (40,0 g) samples. It was determined that the selected samples will be involved in breeding next year as parental forms.

Текст научной работы на тему «SHOLI SELEKSIYASI BO‘YICHA O‘TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI TAHLILIY O‘RGANISH»

SHOLI SELEKSIYASI BO'YICHA O'TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI

TAHLILIY O'RGANISH Idrisov Xusanjon Abdujabborovich

q.x.f.f.d (PhD), Mevachilik va sabzavotchilik kafedrasi mudiri Xabibullaev Abdulxamid Muzaffar o'g'li

Farg'ona Davlat Universiteti, Uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik qo'shma fakulteti,

Agronomiya(anorchilik) 4-bosqich talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.6786816

Annotatsiya. Maqolada eng muxim oziq-ovqat maxsuloti bo'lgan sholi seleksiyasi bo'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalari bayn etilgan bo'lib, tadqiqot natijalariga ko'ra, kolleksiya ko 'chatzorida 19 ta namunalar morfobiologik va qimmatli xo'jalik belgilariga qarab tanlab olingan. Tanlab olingan namunalar orasida 1000 dona vazni yirik bo'lgan VIR 7690 (37,6 gr), WAB 880-56-43 (39,0 gr) va 329-01 x 267-01 (40,0 gr) namunalar mavjudligi aniqlangan bo'lib, tanlangan namunalar kelgusi yili chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatida jalb etilishi belgilab olingani aniqlangan.

Kalit so'zlar: sholi, uglevod, seleksiya, ko'chatzor, nav namuna, nav, Mustaqillik, Iskandar, Alanga

АНАЛИТИЧСКОЕ ИЗУЧЕНИЕ РЕЗУЛТАТОВ ИССЛЕДОВАНИЙ ПО СЕЛЕКЦИИ

РИСА

Аннотация. В стате описаны резултаты исследований по селекции риса, yaвлyayuщегосya важнейшим продуктом питаниya, по резултатам которого в питомнике коллекции по морфобиологи^еским и ценностно-хозyaйственным признакам отобрано 19 образцов. Среди отобранных образцов было определено, скто имеетсya 1000 штук крупногабаритных образцов ВИР 7690 (37,6 г), ВАБ 880-56-43 (39,0 г) и 329-01 х 267-01 (40,0 г). chто отобранные образцы будут задействованы в селекции в следуyuщем году в качестве родителских форм.

Ключевые слова: рис, углевод, селекциya, питомник, сортообразец, сорт, Мустакиллик, Искандар, Аланга

ANALYTICAL STUDY OF RICE BREEDING RESEARCH RESULTS

Abstract. The article describes the results of the research on rice selection, which is the most important food product. According to the results of the research, 19 samples were selected in the nursery of the collection based on morphobiological and valuable economic characteristics. Among the selected samples, it was determined that there are 1000 pieces of large weight VIR 7690 (37.6 g), WAB 880-56-43 (39,0 g) and 329-01 x 267-01 (40,0 g) samples. It was determined that the selected samples will be involved in breeding next year as parental forms.

Keywords: rice, carbohydrate, selection, nursery, variety sample, variety, Mustaqillik, Iskandar, Alanga

KIRISH

Respublikamiz aholisini tobora ortib borishi aholini oziq-ovqat maxsulotlari bilan yanada ta'minlash masalasini yuzaga keltirmoqda. Barcha oziq-ovqat maxsulotlari singari guruch mahsulotiga xam talab ortib bormoqda. Davlatimiz mustaqillikka erishgandan so'ng barcha

qishloq xo'jalik ekinlari qatori sholi ekini maydonlarini ham kengaytirish, hosildorligini oshirish va pirovardida yalpi mahsulot miqdorini keskin ko'paytirish masalalari kechiktirib bo'lmaydigan dolzarb vazifalar sifatida xukumatimiz tomonidan bir qancha qonun va qarorlar qabul qilindi.

ADABIYOTLAR SHARHI

O'zbekistonning turli sholichilik tumanlarida sholini sug'orish uchun 1 ga yerga 20-30 ming m3 gacha suv sarf etiladi. Hozirgi kundagi suv taqchilligi sharoitida sholichilikka ixtisoslashgan fermer xo'jaliklari oldida bunday suv sarfida sholini yetishtirish qiyinchilik tug'dirmoqda. Suv sarfi kamaytirish uchun seleksioner olimlar avvalom bor ertapishar navlarni yaratishi lozim. Ushbu yaratiladigan ertapishar navlar vegetatsiya davrini qisqaligi hisobiga suv sarfi kamayishiga olib keladi hamda kuzgi g'alla ekinlaridan bo'shagan maydonlarda takroriy ekin sifatida ekib qo'shimcha hosil olish imkoniyatini yaratadi.

Suv sarfidan tashqari mintaqamizda xozirgi kundagi eng dolzarb masala yer zaxirasini turli darajada sho'rlanishi hisoblanmoqda. Rasmiy ma'lumotlarda keltirilishicha Respublikamiz yer zaxirasining 60-70%i sho'rlangan bo'lib, shundan 15%i kuchli sho'rlangandir. Mana shu sho'rlangan hududlarda sholidan yuqori hosil olishning garovi etib kelgusida sho'rga chidamli navlarni yaratish hisoblanadi.

Iqtisodiyotimizni yanada rivojlantirish, aholini kundalik ozuqasi bo'lmish guruch maxsuloti bilan ta'minlash maqsadida mintaqaning noqulay iqlim sharoitiga (sho'rlanish) chidamli, asosiy va takroriy ekin sifatida ekishga moslashgan, don sifati a'lo, yuqori hosilli sholi navlari va duragaylarini yaratish maqsadga muvofiqdir.

Bugungi kunga kelib institutda sholining 18 ga yaqin navlari yaratilgan bo'lib, ulardan yuqori hosilli UzROS 7-13, Lazurniy, Mustaqillik, Iskandar, Nukus-2 navlari Respublikamizning sholi ekiladigan asosiy maydonni egallagan.

Yuqorida bayon etilgan loyihalarda olib borilgan ilmiy izlanishlar natijasida 2008 yilda sholining 2 ta "Guljaxon", "Ilg'or", 2012 yilda "Tarona", "Tantana" istiqbolli tizmalari Davlat nav sinoviga topshirilgan. "Guljaxon" va "Ilg'or" navlari 2012 yilda Davlat reestriga kiritilib rayonlashtirilgan.

Guruchning kraxmali to'qimachilik sanoatida, parfyumer, meditsina soxasida ishlatiladi. Guruch qaynatmasi tabobatda davolash maqsadida ko'p ishlatiladi. Sholining 1 kg somonida 22 g xom oqsil va 0,24 oziqa birligi mavjud bo'lib yem-xashak sifatida chorvachilikda keng ishlatiladi. Bundan tashqari sholi somoni kiyim kechak sanoatida, oyoq kiyim, ip, qop, qogoz va kompas tayyorlashda ishlatiladi. Sholi somonida 1% protein, 0,55% moy, 30% uglevod bor. Sholi somoni o'git sifatida xam ishlatiladi, chunki 1 t somonda 8 kg azot, 1 kg fosfor va 12 kg kaliy mavjud.

Bir kilogramm guruch tarkibida 4000 kaloriya bo'lar ekan. Sholini oqlaganda o'rtacha 48% guruch ,16% maydalangan don, 13% qoldiqlari, 3% un va 20% qipiq chiqadi. Sholini oqlab guruch olganda don ishqalanadi natijada guruchning sifati o'zgaradi. Ishqalanish natijasida oqsil miqdori 8,44 dan 7,75% gacha, moy miqdori 1,82 dan 0,53% gacha, kul miqdori 1,29 dan 0,64 %gacha, to'qima 0,35 dan 0,18 % gacha kamayadi.

TADQIQOTNING USULLARI VA METODLARI

Tajriba dala va laboratoriya uslubida olib borildi. Sholi seleksiyasi qishloq xo'jalik ekinlarining yangi navlarini yaratish bo'yicha umum ishlab chiqilgan uslublar asosida olib

borildi. Sholi o'zidan changlanuvchi o'simliklar sirasiga kirgani uchun tadqiqotlar quyidagi kabul kilingan sxema asosida olib borildi.

O'tmishdosh ekin - soya. Kolleksiya ko'chatzorida paykalchalar maydoni 1m2 (1m x 1m), seleksiya ko'chatzorlarida esa paykalchalar maydoni 2m2 (1m x 2m) ga teng. Bu ko'chatzorlarda namunalar qaytariqsiz (takrorsiz) har 10-20 ta namunadan keyin standart Guljaxon, Ilg'or, UzROS 7-13, Lazurniy navlari joylashtirilib qo'lda shablon orqali ekildi. Urug' ekish normasi 500 dona/m2 . Dala tajribalari Butunrossiya sholichilik ilmiy tadqiqot institutining usulnomasi asosida, olingan natijalarni statistik taxlili Dospexov B.A. uslubi [6] asosida o'tkazildi.

Tadqiqotlarda quyidagi fenologik kuzatuv va o'lchov ishlari olib borildi:

1. Butun maydon bo'ylab xaydov qatlamidagi chirindi, umumiy azot, fosfor va kaliy elementlari miqdori aniqlandi.

2. Tajriba paykallariga mos xolda urug'lar ekildi.

Tajribaga mos xolda azotli ma'dan o'g'it me'yori bilan oziqlantirildi

3. Fenologik kuzatishlar "Qishloq xo'jalik ekinlari Davlat nav sinash nazoratidan o'tkazish" qo'llanmasiga asosan olib borildi.

TADQIQOT NATIJALARI VA MUHOKAMASI

Hisobot yilida kolleksiya ko'chatzoriga jami 327 ta namuna ekilib o'rganildi. Standart nav sifatida Guljaxon, Ilg'or, UzROS 7-13 navlari joylashtirildi. O'suv davrida barcha fenologik kuzatishlar olib borildi shu jumladan o'simlikning unib chiqish, tuplanish, naychalash, gullash va pishish davrlari qayd etildi. Olib borilgan kuzatuvlar natijasida 306 ta paykalda urug'lar qiyg'os, 21 ta paykalda siyrak unib chiqqanligi ma'lum bo'ldi. O'suv davriga qarab namunalar 3 ta guruxga ertapishar (o'suv davri 110 kungacha bo'lgan), o'rtapishar (o'suv davri -115- 125 kungacha bo'lgan) va kechpishar (o'suv davri -130 va undan yuqori bo'lgan) nav namunalarga ajratildi. Pishish davrida ko'chatzorining har bir nav namunasidan o'simliklar olinib biometrik taxlillar (o'simlik o'suv davri, bo'yi, donlar soni, 1000 ta don og'irligi) o'tkazildi va morfologik, biologik va qimmatli xo'jalik belgilariga qarab tanlab olindi.

Maxsuldor tuplanish navning eng asosiy qimmatli-xo'jalik belgilariga kiradi. Maxsuldor tuplanish nazorat Guljaxon, Ilg'or va Uzros 7-13 navlarida mos ravishda 2,4; 2,6; va 2,8 bo'lsa, tanlab olingan Tahngkn, D-195, F2-D-3, VIR 141 2006, 389 x UeROS 7/13, IR-3 namunalarda esa bu ko'rsatkichlar nazorat navlar ko'rsatkichi bilan bir xil bo'ldi.Tanlab olingan namunalari orasida 1000 dona vazni yirik bo'lgan VIR 7690 (37,6 gr), WAB 880-56-43 (39,0 gr) va 329-01 x 267-01 (40,0 gr) namunalar mavjudligi aniqlandi.

Ushbu tanlangan namunalar chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatida foydalanishga tavsiya etildi.

XULOSALAR

Kolleksiya ko'chatzorida 19 ta namunalar morfologik, biologik va qimmatli xo'jalik belgilariga qarab tanlab olindi. Tanlab olingan namunalar orasida 1000 dona vazni yirik bo'lgan VIR 7690 (37,6 gr), WAB 880-56-43 (39,0 gr) va 329-01 x 267-01 (40,0 gr) namunalar mavjudligi aniqlandi. Tanlangan namunalar kelgusi yili chatishtirishda ota-onalik shakllari sifatida jalb etilishi belgilab olindi.

1.

2. 3.

4.

5.

6.

9.

Foydalanilgan adabiyotlar:

Atabaeva X.N, Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. Toshkent 2019 Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya". 2018 Atabaeva X.N.. Idrisov X.A Vliyanie srokov seva na formirovanie urojaynosti sortov masha. Aktualnie problemi sovremennoy nauki. Informatsionno-analiticheskiy jurnal Rossiya.Moskva 2019 g, № 4 (107) 118-121 str.

Atabaeva X.N.. Idrisov Opit vozdelivaniya masha v Uzbekistane. evelopment Evraziyskiy sentr innovatsionnogo razvitiya actual questions and Innovations in science ii Mejdunarodnaya nauchnaya Konferensiya Balikesir 9 oktyabrya 2019 g, Tursiya 231234 str.

Atabaeva X.N., Xudoyqulov J.B., Anorboev A.R.. Idrisov X.A. Mosh etishtirish. Qo'llanma Toshkent.2021 yil.

Atabaeva X.N.. Idrisov Mosh etishtirish texnologiyasini takomillashtitrish. Monografiya. Far'gona. 2021 yil.

7. Dospexov B.A. Metodika polevogo opwta. - M.: Kolos, 1985. - 317 s.

8. Dala tajribalarini olib borish metodikasi 0'zPITI.2007 yil . Idrisov X.A, Nurmatov U.O Sug'oriladigan maydonlarda mosh hosildorligiga ekish muddati va me'yorining ta'sirini o'rganish. Academic Research in Educational Sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 | 2021 ISSN: 2181-1385 Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 Directory Indexing of International Research Journals-CiteFactor 2020-21: 0.89 DOI: 10.24412/2181-1385-2021-10-31-37.

10. Idrisov X.A M.A.Yusupova, M.A.G'aziev, J.J.Qodirov, R.F.Akbarov, Z.T.Sodiqova. Results of Analytical Study of Growth, Development, Grain Yield and Quality of Mung Bean varieties as main and Reproductive crops. National Volatiles & Essent. Oils (NVEO), SCOPUS. 8(4): 12574-12585, 2021 y.

11. Idrisov X.A , Darmonov D.Y, Gaziev M. A, Kodirov J. J, Muqimov Z. A, N. Z Sotvoldiev, Nurmatov U. O. Mamatkulov O.O. Rasulov A..Asqarov H. Results of analytical study of growth, development and grain yield of mung bean (Phaseolis aireis Piper) varieties. INTERNATIONAL JOURNAL OF SPECIAL EDUCATION, SCOPUS. Vol.37, No.3, 2022.8880-8886 betlar.

12. Idrisov X.A Muhammadjonova Sh. Moshning kolleksiya (Phaseolus aureus piper) ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli xo'jalik belgilarini o'rnanish natijalari. "International conference on learning and teaching-1" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan 15-February. 2022 y, 111-115 betlar.

13. Idrisov X.A, Soliev A. Moshning (Phaseolus aureus Piper) nav tanlov ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqot natijalari. "International conference on learning and teaching-1" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-February.2022 y, 116-122 .betlar.

14. Idrisov X.A Abduraximova M. Moshning (Phaseolus aureus Piper) "Navro'z" navi boshlang'ich urug'chiligini o'tloqo-botqoq tuproqlar sharoitida tashkil etish. "International conference on learning and teaching-1" mavzusida respublika ilmiy-amaliy

anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-February. 2022 y, 123-127 betlar.

15. Idrisov X.A, Soliev A. Qishloq xo'jalik ekinlari xosildorligini oshirishda asalarilar yordamida changlatishning ahamiyati. "International conference on learning and teaching-2" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 28-February.2022 y, 294-299 betlar.

16. Idrisov X.A, Soliev A. Moshning (Phaseolus aureus piper) takroriy ekin sifatida o'rni va ahamiyati. "International conference on learning and teaching-4" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 30-Mart. 2022 y, 134138 betlar.

17. Idrisov X.A, Soliev A. Mosh (Phaseolus aureus Piper)etishtirish agrotexnikasi to'grisida fermerlarga zarur tavsiyalar. "International conference on learning and teaching-4" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 30-Mart.2022 y, 139-143 betlar.

18. Idrisov X.A, Soliev A. Soya ekininig inson salomatlogida tutgan o'rni va ahamiyati. "International conference on learning and teaching-5" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-aprel.2022 y, 27-32 betlar.

19. Idrisov X.A, Soliev A. Toshkent viloyati tuproq-iqlim sharoiti va soya (glycine hispida l) ekinining mahalliy navlari. "International conference on learning and teaching-4" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-aprel.2022 y, 20-26 betlar.

20. Idrisov X.A, Usmonaliyev X.I.,.Abdug'opporova D.A, Yusupova M.N, Murodov A.A Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. "Research and education" scientific journal volume 1, issue 2, iyun, 2022, 157-162^https://doi.org/10.5281/zenodo.6636337

21. Idrisov X.A, Ahmadjonov O., Xoshimov N., Abdullayev A Sug'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me'yorining ta'sirini o'rganish. "SCIENCE AND INNOVATION" xalqaro ilmiy jurnali, 2022 yil, 1-son, ISSN: 2181-3337, Toshkent. 616-624 betlar. https://d0i.0rg/l0.5281/zenodo.6529068

22. Idrisov X.A, Baxramov R.M.. Soyaning yangi navlarini yaratish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar.l "SCIENCE AND INNOVATION" xalqaro ilmiy jurnali, 2022 yil, 1-son, ISSN: 2181-3337, Toshkent.776-786 betlar. https://d0i.0rg/l0.5281/zenodo.6535751

23. Idrisov X.A, Atabaeva X.N., Soliyev A. O'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi."Research and education" scientific journal volume 1, issue 2, may, 2022, 373-382. https://t.me/Researchedu journal/1171.

24. Idrisov X.A, Xaliljonov D. Dukkakli ekin-mosh (Phaselus aureus Piper.)-morfologiyasi. "International conference on learning and teaching-9" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-june.2022 y, 139-143 betlar. https://researchedu.uz/wp content/uploads/2022/06/CQNFERENCE-2022-9-full-2.pdf

25. Idrisov X.A, Xaliljonov D Osiyo loviyasi-mosh (Phaselus aureus Piper.)-biologik xususiyatlari. "International conference on learning and teaching-9" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-june.2022 y, 144-148 betlar. https://researchedu.uz/wp-content/upl oads/2022/06/CONFERENCE-2022-9-full-2.pdf.

26. Idrisov X.A, Xaliljonov D Mosh qimmatbaho dukkakli ekin. "International conference on learning and teaching-9" mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari to'plami Tashkent, Uzbekistan, 15-june.2022 y, 149-153 betlar. https://researchedu.uz/wp-content/uploads/2022/06/CONFERENCE-2022-9-full-2.pdf

27. Sattarov M.A., Axmedova Z.R., Idrisov X.A J.U.Hamdamov. Different new variaties of soybean (Glycine hispida l) and mungbean Phaselus aureus piper) plants' tuber production abilities and primary indicators of symbiotic activity EPRA International Journal of Multidisciplinary Research (IJMR) SJIF Impact Factor:7.032 ISI I.F.Value:1.188 ISSN(Online): 2455-3662 DOI:10.36713/epra 2013, Volume-6, Issue-9, September 2020, 377-391 betlar.

28. Ubaydullaev MM., & Sultonov S T. (2022). DEFOLIATION IS AN IMPORTANT MEASURE. European International Journal of Multidisciplinary Research and Management Studies, 2(05), 44-48. https://doi.org/10.55640/eijmrms-02-05-11

29. Ubaydullaev, M. M. (2020). The importance of sowing and handling of c-8290 and c-6775 seeds in the conditions of the meadow soils of the Fergana area. In International conference on multidisciplinary research (p. 11).

30. Тешаев, Ф. Ж., & Убайдуллаев, М. М. (2020). Определение эффективных норм новых дефолиантов в условиях лугово-солончаковых почв Ферганской области при раскрытии коробочек 50-60% сортов хлопчатника с8290 и с6775. Актуальные проблемы современной науки, (5), 62-64.

31. Ubaydullaev M.M, & Nishonov I.A. (2022). The Benefits of Defoliation. Eurasian Journal of Engineering and Technology, 6, 102-105. Retrieved from https://www.geniusjournals.org/index.php/ejet/article/view/1408

32. Ubaydullayev Madaminjon Mo'minjon o'g'li, & Ma'rufjonov Abdurahmon Mo'sinjon o'g'li. (2022). BIOLOGICAL EFFICIENCY OF FOREIGN AND LOCAL DEFOLIANTS. "science and innovation" international scientific journal, 1(2). https://doi.org/10.5281/zenodo.6569808

33. Бекмирзаев, Ш., Саидмахамадов, Н., & Убайдуллаев, М. (2016). ПОЛУЧЕНИЯ ЛИТЬЕ В ПЕСЧАНО-ГЛИНИСТЫЕ МЕТОДОМ. Теория и практика современной науки, (6-1), 112-115.

34. Кодиров, З. З., Ирискулов, Ф. С., Пулатов, А., & Убайдуллаев, М. (2018). ELECTRONIC LIBRARIES AS A FACT OF CONTEMPORARY INFORMATION LANDSCAPE. Экономика и социум, (3), 629-633.

35. Ubaydullayev, Мadaminjon Muminjonovich. (2021). G'o'zada defoliatsiya o'tkazishning maqbul me'yor va muddatlari. Monografiya. - Corresponding standards and terms of defliation of cotton. Monograph. - . Соответствующие нормы и сроки дефолиации хлопка. Монография. Zenodo. https://doi.org/10.5281/zenodo.5722721

36. Aluminum-based composition materials for processing aluminum scrap

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.