Научная статья на тему 'ИЗУЧЕНИЕ ПЕРВИЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ В КОЛЛЕКЦИЯХ ПИТОМНИКОВ МАША'

ИЗУЧЕНИЕ ПЕРВИЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ В КОЛЛЕКЦИЯХ ПИТОМНИКОВ МАША Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
29
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Маша / белок / витамины / Азия / сорт / элита / коллекция / селекция / питомник / болото / почва / песок / цветение / опрыскивание.

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Идрисов Хусанжон Абдужабборович

В данной статье описаны результаты изучения сортообразцов моша в коллекционном питомнике мира. По результатам исследований выделено 7 сортов моши с высокими основными хозяйственными показателями. Для дальнейшего исследования образцы сортов с лучшими хозяйственными показателями передаются из коллекционного питомника в селекционный питомник для изучения.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «ИЗУЧЕНИЕ ПЕРВИЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ В КОЛЛЕКЦИЯХ ПИТОМНИКОВ МАША»

УДК: 631.633:853

ИЗУЧЕНИЕ ПЕРВИЧНЫХ ИСТОЧНИКОВ В КОЛЛЕКЦИЯХ

ПИТОМНИКОВ МАША

Идрисов Хусанжон Абдужабборович

Ферганский государственный университет

В данной статье описаны результаты изучения сортообразцов моша в коллекционном питомнике мира. По результатам исследований выделено 7 сортов моши с высокими основными хозяйственными показателями. Для дальнейшего исследования образцы сортов с лучшими хозяйственными показателями передаются из коллекционного питомника в селекционный питомник для изучения.

Ключевые слова: Маша, белок, витамины, Азия, сорт, элита, коллекция, селекция, питомник, болото, почва, песок, цветение, опрыскивание.

MOSHNING KOLLEKSIYA KO'CHATZORIDA BOSHLANG'ICH

MANBALARNI O'RGANISH

Ushbu maqolada moshning jaxon kolleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarni o'rganish natijalari bayon etilgan. Tadqiqotlar natijasiga ko'ra asosiy xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan moshning 7 ta nav namunalari tanlab olindi. Keyingi tadqiqot uchun kolleksiya ko'chatzoridan seleksiya ko'chatzoriga eng yaxshi xo'jalik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan nav namunalari o'rganish uchun o'tkaziladi.

Kalit so'zlar: Mosh, oqsil, vitaminlar, Osiyo, nav, elita, kolleksiya, seleksiya, ko'chatzor,botqoq, tuproq, qum,gullash, dukkaklash.

THE STUDY OF PRIMARY SOURCES IN THE COLLECTIONS OF MUNG

NURSERIES

This article describes the results of the study of mung bean variety samples in the jakhan collection nursery. According to the results of the research, 7 varieties of mung bean with high main economic indicators were selected. For further research,

samples of varieties with the best economic indicators are transferred from the collection nursery to the selection nursery for study.

Keywords: Mung bean, protein, vitamins, Asia, variety, elite, collection, selection, nursery, swamp, soil, sand, flowering, podding.

Kirish. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishganidan keyin iqtisodiy, siyosiy, ijtimoiy, madaniy va boshqa yo'nalishlardagi muammolarni hal etish borasida dadil qadamlar qo'yildi. Respublikamiz qishloq xo'jaligi sohasida o'tkazilayotgan islohatlar asosida hozirgi zamon bozor iqtisodiyoti mexanizmlarini tadbiq etish natijasida qishloq xo'jaligi korxonalari, fermer va dehqon xo'jaliklari bozor iqtisodi sharoitlariga moslashib o'z o'rinlarini topayotganligi va ishlab chiqarishni rivojlantirayotganliklari albatta katta yutuqlardan biridir.

Serquyosh zaminimizda juda ko'plab qishloq xo'jaligi ekinlaridan jumladan dukkakli don ekinlardan mo'l va sifatli xosil yetishtirish uchun juda qulay iklim sharoiti mavjud. Aholini o'sib borayotgan talab va ehtiyojidan kelib chiqqan xolda tarkibida oqsil, vitaminlarga boy ekinlarni parvarishlab, ekologik toza maxsulotlar yetishtirish bugungi kunning eng dolzarb masalasidir.

G'alla ekinlari salmog'ida dukkakli don ekinlari, jumladan moshning o'rni alohida hisoblanadi. Mosh o'zining tarkibida arzon oqsilga boyligi va tuproqni sof azot elementi bilan boyitishi, tabiatdagi erkin azotni o'zlashtiruvchi bo'lganligi tufayli dehqonchilikda muhim ahamiyatga ega.

Mosh-bu loviyaning Osiyo turlaridan bo'lib, doni oziq-ovqatda keng qo'llanilishi, yuqori sifatli va mazali taomlar tayyorlanishi bilan ajralib turadi. O'zbekistonda qadimdan ekib kelinayotgan va oqsilli manbalardan biri bo'lib hisoblanadi. Mosh biologiyasi bo'yicha ang'izga ham ekilishi mumkin.

Mosh o'z-o'zidan changlanuvchi o'simlik. Changlanishi guli ochilmay o'tadi. Gullash o'simlikning pastki yarusidan boshlanib yuqoriga qarab boradi.

Mosh seleksiyasining asosiy yo'nalishi- yukori simbiotik faolli va mahsuldorli hamda vegetatsiya davri qisqa (70-90 kun), sovuqqa chidamli, mexanizatsiyaga mos,

kasalliklarga chidamli, yukori kulinarli yaxshi ta'mli va oziqali xususiyatlarga ega navlarni yaratish.

Mosh seleksiyasining muxim yo'nalishi-tezpishar navlarni yaratish. Tezpisharlikni baholashda unib chiqishdan-gullashgacha bo'lgan davr asos kilib olinadi. Tezpisharlik past xaroratga chidamli xususiyati bilan chambarchas bog'liq. Xaroratni qisqa muddatda 5 gradusdan 0°S gacha pasayishi aksariyat navlar o'simliklarning fiziologik faolliyatida chuqur o'zgarishlarga olib keladi. Natijada vegetatsiya davri uzayadi, mahsuldorlik pasayadi. Shuning uchun past xaroratga chidamli navlar yaratish seleksiyaning muxim vazifasiga kiradi.

Mosh seleksiyasining asosiy yo'nalishlari - yuksak simbiotik faolli va yukori maxsuldor, vegetatsiya davri kiska (70-90 kun), past xaroratga chidamli, neytral fotoperiodik xususiyatli, mexanizatsiya usulida xosilni yig'ishgirishga mos, zamburug' va bakterial kasalliklarga immunitetli, yukori kulinar, yaxshi ta'mli va ozikali xususiyatli navlarni yaratish. Mosh seleksiyasining muxim yo'nalishi -ergapishar navlarni yaratish. Tez pisharlikning quyidagi ko'rsatkichi bo'lib unib chiqishdan-gullashgacha davr xisoblanadi. Tez pishar navlarda u 35-45 kunni, gullashdan pishishgacha 35-40 kun.

Tajribamiz sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanib asosiy va takroriy ekish uchun moshning yangi nav namunalarini tanlash, yangi navlar yaratish. Moshdan yuqori xosil olish uchun bir qancha texnologik tadbirlar majmuasining muammolarini xal qilish talab qilinadi. Ammo olinadigan hosilni 20-30% nav xususiyatiga bog'liqdir.

Tajribamiz sug'oriladigan yerlardan oqilona foydalanib asosiy va takroriy ekish uchun moshning yangi nav namunalarini tanlash, yangi navlar yaratish. Tajribaning maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy ishning maqsadi aholini to'yimli oziq-ovqat maxsuloti bilan ta'minlash, oqsil tanqisligini hal qilish uchun soya va mosh ekinlarining noqulay sharoitlarga chidamli, serhosil, don tarkibi oqsil va moy moddalariga boy, kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratish.

Bu maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni bajarish talab etildi:

Moshning kolleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarni ekish, kuzatish, erta, o'rta, kechpishar guruhlarga ajratish, talabga javob beradigan xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan nav namunalarni baholash, tanlash;

Tajriba o'tkazish joyi, sharoiti va uslubi. Tajribalar Sholichilik ilmiy tadqiqot instituti tajriba dalasi 12 kartaning 2 chekida olib borildi. Tajriba uchastkasi Toshkent viloyatining janubiy sharqiy qismida, Toshkent shaxridan 15 km uzoqlikda Chirchiq daryosining chap qirg'og'ida geografik o'rni bo'yicha Grinvich shkalasida 69018' Sharqiy uzunlikda va 41020' Shimoliy kenglikdagi tekisliklarda joylashgan.

Tuproq qatlamlari voha uchun harakterli bo'lib botqoq tipidagi to'proqlardir. Har xil chuqurlik qatlamlarida esa katta va kichik toshlar va qum aralashmalari ham mavjud. Ushbu tuproqlar daryoning chap qirg'og'idagi tipik ortiqcha namlik sharoitlaridan kelib chiqqan holda bo'lib, sholi ekish uchun juda mosdir. Tuproq-o'tloqi. Tajriba dalasining tuprog'i sho'rlanmagan, xaydov qatlami 30-40 sm. Tuproqdagi eritmalarning rN miqdori 6,8-7,3 birliklarida bo'lib, mexanik tarkibi bo'yicha og'ir loylidir. Xavodagi foydali xavo harorati yig'indisi bo'yicha O'zbekistondagi qishloq xo'jalik ekinlarni sug'oriladigan mintaqalarda yetishtirish bo'yicha shartli ravishda 3 ta guruxga ajratilgan (bunda 10 gradusdan yuqori sutkalik o'rtacha harorat hisoblangan). Toshkent viloyatining iqlimi ham keskin kontinental bo'lib, yozi nihoyatda issiq, qishi esa sovuq, hamda havosi quruq va tabiiy yog'ingarchiliklar o'simliklar o'sib rivojlanishi uchun nixoyatda kamligi bilan ta'riflanadi.

Tajriba uslubi. Soya va mosh seleksiyasi qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat Nav Sinov komissiyasi va O'zShlTI tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar, dala tajriba metodikasi asosida olib borildi Kolleksiya ko'chatzorida har bir nav namuna uchun ekin maydoni 1,8 m2. (takroriysiz). Tahlilga 5 tadan o'simlik olindi.

Kuzatuv va hisob-kitoblar. Moshning kolleksiya ko'chatzorlarida fenologik kuzatuvlar o'tkazildi. Bunda moshning o'suv davridagi asosiy: unib chiqishi,

g'unchalash, gullash, dukkak hosil qilish va pishish fazalari kuzatildi va amal davrining davomiyligi aniqlandi;

Tajriba natijalari. Kolleksiya ko'chatzorida yangi keltirilgan seleksion materallar o'rganiladi va ularning ichidan eng yaxshilari (elita o'simliklari) tanlanib seleksiya ko'chatzorida o'rganish uchun o'tkaziladi. Kolleksiyada materiallar doim to'ldirilib, yangilanib turadi. Hisobat yilda jahon kolleksiyasi nav namunalaridan tashkil topgan kolleksiya ko'chatzorida moshning146-ta nav namunasi tadqiqot qilinib o'rganildi.Namunalarining xar birining ekish maydoni 1,8 m2 bo'lib qaytariqsiz, ekish me'yori moshda esa 18 kg/ga, qator oralig'i 60x10-2 sxemasida aprel oyining uchinchi, may oyining birinchi dekadasida qo'lda ekildi. Ekilgan nav namunalar bilan taqqoslash uchun moshning "Radost" navlari nazorat kilib har 10 ta namunadan keyin ekildi.

O'simlikning o'suv davrida nav sinov komissiyasi tomonidan ishlab chiqarilgan qo'llanma asosida barcha fenologik kuzatishlar olib borildi shu jumladan o'simlikning unib chiqishi, shoxlanishi, gullashi, dukkaklashi va pishish davrlari qayd etildi. Pishish davrida biometrik taxlil uchun moshning har bir nav namunasidan 5-tadan o'simlik olindi. Bu taxlilda nav namunalarning o'suv davri, bo'yi, pastki dukkak joylanishi, shoxlar soni, bir o'simlikda dukkak soni, bir o'simlikdagi don vazni, 1000 ta don og'irligi aniqlandi. Qimmatli xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan moshning 7 ta nav namunalari tanlab olindi va to'liq tavsifnomasi 1. jadvalda keltirildi.

Bu kolleksiya ko'chatzoridan ajratib olingan nav namunalari morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o'suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan ajralib turadi. O'suv davri buyicha nazoratga nisbatan tanlab olgan nav namunalar 3-15 kun oldin pishib yetildi.

1-jadval

Moshning kolleksiya ko'chatzoridan tanlab olingan namunalarning tavsifnomasi

№ Katalog paqaMH Kelib chiqishi O'suv davri, kun O'simlik bo'yi, sm Pastki dukkak joyla-nishi Soni, dona Vazni, g

shox bir o'sim. dukkak soni bir o'sim. don vazni, g. 1000 don og'irligi Poyasining shakli

Mosh

1. Radost-St O'zbekiston 105 124.4 11.8 2,5 43.7 34,2 40.4 Yotib o'suvchan

2. 231796 Qozog'iston 101 135.0 10,2 3,5 54,6 23,5 45.7 Yotib o'suvchan

3 320558 Xindiston 97 150.4 54.4 4.0 71,4 27,9 40.0 Yotib o'suvchan

4 412804 Fillipin 95 145.0 10.4 4.1 84,2 25,7 46.5 Yotib o'suvchan

5 K-832 Tailand 93 145.6 10,6 4 .3 75.7 25.1 33,2 Yotib o'suvchan

6 Qo'yliq O'zbekiston 92 136.4 12.5 2 .6 58.4 27.3 41.5 Yotib o'suvchan

7 Maxalliy O'zbekiston 100 135.3 10.6 3 .6 77.6 26.1 42.0 Yotib o'suvchan

8 597 O'zbekiston 102 135.3 12.7 2 .7 42.6 28.0 47.2 Yotib o'suvchan

LSA №3 (11) - 2022

26

Xulosalar. Moshning kollekmya ko'chatzorida asosiy xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan moshning 7 ta nav namunalari tanlab olindi. Keyingi tadqiqot uchun kollekцiya ko'chatzoridan seleksiya ko'chatzoriga eng yaxshi xo'jalik ko'rsatkichlarga ega bo'lgan nav namunalari o'rganish uchun o'tkaziladi.

ADABIYOTLAR:

1. Atabaeva X.N,Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. 2019 yil.Toshkent

2. Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya".2018

3. Gulyaev G.V., Gushov Yu.L., Seleksiya i semenovodstvo polevix kultur. M.Kolos. 1976, 284 s.

4. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. M., Kolos, 1979

5. Kogay M.T. Sroki seva nekotorix zernobobovix kultur. Avtoreferat na soiskanie uchenoy stepeni kandidata nauk. Tashkent. 1967, 2 s

6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseo1is aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

14. Abdujabborovich, i. X., & Teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, X. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo'yicha o'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144-148).

19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

20. Abdujabborovich, i. X., & Teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286-290.

21. Idrisov, X. A., & Karimov, A. A. (2022, july). Mosh (Phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (Phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

22. Xusanjon, i., & Abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

24. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO 'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. MODELS AND METHODS IN MODERN SCIENCE, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

27. Soyaning nazorat ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini tahliliy organish. https://academicsresearch.com/index.php/rnsr. "Results of national scientific rasearch" scientific-methodical journal. Volume 1, Issue 4, ISSN:2181-3639, Toshkent 2022 y 5-son,.134-139 betlar, https://academicsresearch.com/index.php/rnsr/ind.

28. Khojamkulova Yulduzoy Jahonkulovna, Kashkaboeva Chulpanoy Tulkunovna, Ibragimov Feliks Yuldashevich. in rice (oriza sativa) varieties the plant grows at different water thicknesses, water consumption during development periods, m3,_ solution of social problems in management and economy International scientific-online conference. https://doi.org/10.5281/zenodo.7028149.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.