Научная статья на тему 'TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolus aireis Piper ) NAVLARINI O’RGANISH'

TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolus aireis Piper ) NAVLARINI O’RGANISH Текст научной статьи по специальности «Строительство и архитектура»

CC BY
34
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mosh / nav / Radost / Durdona / Zilola / oqsil / moy / kraxmal / vitamin / tuproq / tipik bo‘z / azot / fosfor / kaliy / gul / dukkak

Аннотация научной статьи по строительству и архитектуре, автор научной работы — Atabaeva Xalima Nazarovna, Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Darmonov Dilmurodjon Yoqubjonovich, Ahmadjonov Avazbek Akmaljon

Maqola takroriy ekilgan mosh navlari “Radost”, “Durdona”va Zilola”ning poya balandligiga ekish muddati va me’yorlari ta’siri bayon etilgan. Tajriba natijalariga ko‘ra, barcha hisoblash muddatlarida navlarda ekish me’yori oshgansari poya balandligi ham oshib borishi kuzatildi. Ikkinchi ekish muddatida poyalar oldingi ekish muddatiga nisbatan past bo‘lgani kuzatildi. Buni yozning ikkinchi yarmidagi xarorat moshning o‘sishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatganligidir. Oxirgi ekish muddatida poya balandligini kamayishi kuzatildi. Yozning ikkinchi yarmida vujudga keladigan tashqi muhit omillarining ta’siridir

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TIPIK BO‘Z TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolus aireis Piper ) NAVLARINI O’RGANISH»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

TIPIK BO'Z TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolus aireis Piper )

NAVLARINI O'RGANISH 1Atabaeva Xalima Nazarovna, 2Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 3Darmonov Dilmurodjon Yoqubjonovich, 4Ahmadjonov Avazbek Akmaljon

1Toshkent davlat agrar universiteti q.x.f.d., professor 2Dosent., q.x.f.f.d (PhD), FarDU Agrar qo'shma fakulteti, idrisovhusanzon@gmail.com 3Dosent., b.f.f.d PhD), FarDU Agrar qo'shma fakulteti 4O'g'li 1-bosqich tayanch doktorant, FarDU Agrar qo'shma fakulteti https://doi.org/10.5281/zenodo.8002166

Annotatsiya. Maqola takroriy ekilgan mosh navlari "Radost", "Durdona"va Zilola"ning poya balandligiga ekish muddati va me 'yorlari ta 'siri bayon etilgan. Tajriba natijalariga ko'ra, barcha hisoblash muddatlarida navlarda ekish me 'yori oshgansari poya balandligi ham oshib borishi kuzatildi. Ikkinchi ekish muddatida poyalar oldingi ekish muddatiga nisbatan past bo'lgani kuzatildi. Buni yozning ikkinchi yarmidagi xarorat moshning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganligidir. Oxirgi ekish muddatida poya balandligini kamayishi kuzatildi. Yozning ikkinchi yarmida vujudga keladigan tashqi muhit omillarining ta'siridir. .

Kalit so'zlar: Mosh, nav, Radost, Durdona, Zilola, oqsil, moy, kraxmal, vitamin,tuproq, tipik bo'z,azot, fosfor, kaliy, gul, dukkak

Kirish Moshning (Rhaseolus aigeum L.) vatani-janubiy g'arbiy Osiyo bo'lib, ushbu ekin dehqonchilikka bundan 5-6 ming yil oldin kirib kelgan . Moshning kelib chiqishi bo'yicha munozarali fikrlar mavjud bo'lib, moshni va boshqa dukkakli-don o'simliklarini mimozasimonlardan kelib chikqan degan fikrni ilgari suradi.

Mosh ko'proq Osiyo mamlakatlarida yetishtirilib, uning o'zbekcha nomi mosh, ruscha nomi esa fasol zolotistaya deb yuritiladi. Moshning lotincha nomi barcha ilmiy manbalarda Rhaseolis aireis deb yuritiladi Mosh oziqlik qiymati jihatidan muhim rol o'ynaydi. Uning tarkibida ko'p miqdorda oqsil vitaminlar bo'lishi to'yimliligi tez pishishi bilan boshqa o'simliklar burchoq, loviya, no'xot va ko'k no'xotdan ustun turadi. Mosh tarkibida oqsil 2428%, lizin-8%, argin-7% bo'lib, vitamin V1 RRlar ko'pdir. Tarkibida ko'p miqdorda oqsili bo'yicha mosh, bug'doy va javdar donlaridan 1,5-2,0 barobar, to'yimligi bo'yicha don ekinlaridan 1,5 barobar kartoshkadan 3,5, karamdan 5 barobar yuqoridir.

Mosh tarkibidagi oqsil yosh bolalar uchun foydalidir. Moshda bo'lgan triptofan tanada oqsilni sintez qilishga yordam berib, qonda gemoglabinning xosil bo'lishida qatnashadi. To'la yetilgan mosh urug'ida kalsiy, fosfor tuzlari, go'sht va nondagiga qaraganda ikki barobar ko'p. Qandolat mahsulotlariga 30% miqdorda moshni unidan qo'shiladi. Mosh urug'ini (donini) meditsinada shifobaxsh, dori-darmon sifatida ishlatiladi asabni, tinchlantirish ish ketishni to'xtatish, jigar va buyrak faoliyatini yaxshilash, donni po'sti ko'z kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Quritilgan barglari oshqozon, me'da a'zolarini, donidan tayyorlangan uni kuygan a'zolarini va shikastlangan joylarni davolashda qo'llaniladi. Mosh yem-xashak sifatida ham katta ahamiyatga ega. Chorva mollariga berish uchun asosan uning ko'k massa va quritilgan pichanidan foydalaniladi. Mosh pichani takribida 15% oqsil bo'ladi, shuningdek mosh ko'katini ko'k o'g'it (siderat) sifatida yerga qo'shib xaydab yuborish mumkin. Chunki u tuganak bakteriyalar yordamida tuproqni azotg bilan boyitadi. Sug'oriladigan sharoitida o'suv davrini

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

ikki oyi mobaynida ang'izga ekilgan mosh gektariga 200-250 sentnergacha ko'k massa hosili beradi.

Tajribaning maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy ishning maqsadi-mosh nav namunalarining sug'oriladigan tipik bo'z tuproqlar sharoitida don hosilini va sifatini oshiradigan maqbul ekish muddati va me'yorini aniqlash, takroriy ekishda mosh navlarini yetishtirish texnologiyalarini tadqiqot qilish va takomillashtirishga qaratilgan.

Tajriba o'tkazish sharoiti va uslubi. Ilmiy tadqiqotlar Toshkent Davlat Agrar Universiteti tajriba stansiyasida o'tkazildi. Tajriba xo'jaligi tuprog'i qadimdan sug'orib kelinadigan tipik bo'z tuproqdir. Tipik bo'z tuproq tarkibida 1,0-1,3% chirindi, 0,089%-0,102 atrofida azot, 0,141-0,184% ga yaqin fosfor va 1,70-1,80% kaliy mavjud. Bu esa o'simlik o'suv davrida foydalanadigan ozuqa unsurlarining yetarli emasligidan dalolat berib turibdi. Bundan tashqari bu tuproqlar suv o'tkazuvchanligi, yumshatishning murakkabligi bilan farq kiladi. Cyg'opish natijasida tuproq qatlami zichlashib boradi. Sug'orishdan va bo'lib o'tgan yog'ingarchilikdan keyin qatqaloq hosil bo'ladi. Tajriba kuzgi bug'doydan bo'shagan yerga ekildi.

Tajriba uslubi Tajriba dala va laboratoriya uslubida olib borildi. Dala tajribalarida soyaning navlari yozda har xil me'yorda va usulda ekib o'rganildi. Dala tavjribalari O'zPITI (2007) va Dospexov (1985) uslublarida olib borildi. Tajriba maydoni 0,4 ga ni tashkil qildi.

Tajriba agrotexnikasi.Tajriba maydonida kuzgi bug'doyni o'rib-yig'ib olish ishlari olib borildi. Bu ishlar 15-17 iyun kunlari bajarildi. Kuzgi bug'doyni o'rib olingandan so'ng ang'iz qismi sug'orildi. Tuproq yetilgandan so'ng keyin xaydov traktori bilan yerni 20-22 sm chuqurlikda 2-yarusli plugda xaydaldi. So'ng yer chizellandi, borona yurgizildi, so'ng 70 sm kengligida egat olib borildi, shundan so'ng urug'lar ekishga tayyorlandi. Mosh navlari belgilangan chuqurlikka 3-4 sm qilib, keng qator qilib, qator orasi 70 sm qilib ekildi. Urug'lar unib chiqqandan so'ng kator oralariga ishlov berildi. Begona o'tlarga qarshi kurash chora-tadbirlari bajarildi. Mosh navlarini xolatiga qarab 3-4 marta sug'orildi. Sug'orish ishlari mosh shonalaganda, gullaganda va hosil elementlari shakllana boshlagan davrda bajarildi. Dukkaklar pishib yetilishi bilan hosil yig'ishtirib olindi.

Tajriba natijalari O'simlikning xosildorlik ko'rsatkichlarini yaxshi bo'lishida o'simlikning vegetativ organlarini alohida o'rni bor. Shu jumladan poya balandligini ko'rsatib o'tish mumkin bo'ladi. Ma'lumki, dukkakli-don ekinlarining poya balandligi bo'yicha moshda 60-120 sm atrofida bo'ladi. Bu esa navlar bo'yicha agrotexnik tadbirlariga, tuprok- iklim sharoitlariga bog'liq bo'ladi. Xususan bizning tadqiqot ishimizda ham buni kuzatish mumkin. Mosh navlarini poya balandligi bo'yicha farqlarini ekish muddati va me'yorida bilish mumkin.

Takroriy ekin sifatida mosh navlarini 4-chin bargi rivojlanganda "Radost" navida poya balandligi 18-27 sm, "Durdona" navida 17-22 sm, "Zilola" navida 20-24 sm ga teng bo'lgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda poya balandligi 1-4 sm ga ortiq bo'lgan, ekish me'yori 40 kg/ga bo'lganda -2-7 sm ga ortiq bo'lganligi kuzatildi.

Bu ma'lumotlarda poya o'sishiga ekish me'yorining ta'siri ko'rinmoqda. Navlar bo'yicha amal davrining boshlanishida bu 2-9 sm ni tashkil qildi. Ekish me'yori oshgansari poya balandligi oshib borganligi kuzatildi.

Mosh navlari gullash davriga yetganda poya balandligi ekish me'yoriga bog'liq xolda "Radost" navida 27-35 sm, "Durdona" navida 23-33 sm va "Zilola " navida 35-39 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori oshgansari poya balandligi oshib borgan, sababi qalin ekinzorda yorug'lik

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

yetishmaydi va poyalar yorug'likka intilib balandroq bo'ladi. Ekish me'yori oshganligi tufayli poya balandligi 4-10sm ga yuqori bo'lganligi aniqlandi. Mosh navlari dukkaklanish fazasida poyalar balandligi navlarga xos balandlikka ega bo'ladi. "Radost" navida 20 kg urug' ekilganda poya balandligi 68 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori 30 kg.ga bo'lganda poya balandligi 2 sm ga oshdi.

1-jadval

Mosh navlarini poya o'sishi rivojlanish davrlar bo'yicha 05.07 ekilgan, sm

№ HaB^ap Экнm Me'yori 4 ta barg Gullash Dukkaklar

1 Radost 20 18 27 68

30 20 30 70

40 27 35 72

2 Durdona 20 17 23 59

30 21 32 61

40 22 33 63

3 Zilola 20 20 35 77

30 22 37 79

40 24 39 81

Ekish me'yori 40 kg ga oshirilganda poya balandligi 72 sm ga teng bo'lib, kam ekilgan ko'rinishga nisbatan 4 sm yuqori bo'lganligi aniqlandi. "Durdona" navida eng kam ekilgan ko'rinishda poya balandligi 55 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda poya balandligi 59 sm ga teng bo'lgan. Eng yuqori me'yorda ekilganda poya balandligi 63 sm ga teng bo'lib, oldingi ko'rinishlarga nisbatan 2-4 sm ga ortiq bo'lganligi aniqlandi. "Zilola" navida poya balandligit kam ekilgan ko'rinishda 77 sm ni tashkil qildi. O'rtacha me'yorda ekilganda poya balandligi 2 sm ga ortiq bo'lib, 79 sm ni tashkil qilgan. Eng ko'p ekilgan ko'rinishda poya balandligi 81 sm ga yetadi. Oldingi ko'rinishlarga nisbatan 2- 4 sm ga ortiq bo'lganligi kuzatildi.

Navlarning orasida Zilola navining poya balandligi yuqori bo'lganligi kuzatildi. Umuman, barcha navlarning o'sish dinamikasi ikkinchi ekish mud datida yuqori bo'lganligi kuzatildi.

Barcha hisoblash muddatlarida navlarda ekish me'yori oshgansari poya balandligi ham oshib borishi kuzatildi. Bu tabiiy hol, chunki qalin ekilganda ekinzorda yorug'lik barcha o'simliklarga etmaydi, o'simlik balandroq o'sib, yorug'lik bilan o'zini ta'minlaydi.

Mosh navlari uchinchi ekish muddatida, yoki 15 iyulda ekilganda amal davrining boshlanishida poya balandligi ekish me'yoriga bog'liq xolda "Radost" navida 16-19 sm ni, "Durdona" navida 16-19 sm sm ni va "Zilola" navida 20-23 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori oshgansari poya balandligi oshib borgan, sababi qalin ekinzorda yorug'lik etishmaydi va poyalar yorug'likka intiladi. Mosh navlari gullash fazasida poyalar balandligi navlarga xos balanlikka ega bo'ladi. "Radost" navida 24-29 sm ga, "Durdona" navida 23-27 sm ga va "Zilola" navida 3035 sm ga etdi.

2 -jadval

Mosh navlarini poya balandligi, rivojlanish davri 15.07 ekilgan,sm

№ Navlar Ekish me'yori 4 ta barg Gullash Dukkaklar

20 16 24 65

1 30 17 27 70

Radost 40 19 29 74

2 20 16 23 58

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

_JUNE 6-7, 2023_

Durdona 30 18 25 60

40 19 27 62

3 Zilola 20 20 30 72

30 22 33 75

40 23 35 79

Dukkaklanish fazasida poya balandligi "Radost" navi kam ekilganda 65 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori 30 kg bo'lganda 5 sm ga oshgan. Oxirgi ekish muddatida poya yana 4 sm ga yuqori bo'lgan. Durdona navida dukkaklanish fazasida eng kam ekilganda poya balandligi 58 sm ni tashkil qilgan. Ekish me'yori 30-40 kg oshirilganda poya 2-4 sm ga yuqori bo'lganligi aniqlandi.

Xulosalar l.Barcha hisoblash muddatlarida navlarda ekish me'yori oshgansari poya balandligi ham oshib borishi kuzatildi. Bu qalin ekilganda ekinzorda yorug'lik barcha o'simliklarga etmaydi, o'simlik balandroq o'sib, yorug'lik bilan o'zini ta'minlaydi. 2.Ikkinchi ekish muddatida poyalar oldingi ekish muddatiga nisbatan past bo'lgani kuzatildi. Buni yozning ikkinchi yarmidagi xarorat moshning o'sishiga ijobiy ta'sir ko'rsatganligidir. Oxirgi ekish muddatida poya balandligini kamayishi kuzatildi. Yozning ikkinchi yarmida vujudga keladigan tashqi muhit omillarining ta'siridir.

REFERENCES

1. Atabaeva X.N,Sattarov M.A, Idrisov X.A Sug'oriladigan maydonlarda mosh etishtirishning intensiv texnologiyasi bo'yicha tavsiyanoma. 2019 yil.Toshkent

2. Atabaeva X.N, Xudoyqulov J.B O'simlikshunoslik.T "Fan va texnologiya". 2018

3. Dospexov B,A, "Metodika polevogo opwta", Izd-vo «Kolos» Moskva 1985g

4. Dala tajribalarini o'tkazish uslublari.Toshkent.2007 y.

5. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).

7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.

8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.

10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).

13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).

14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.

16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144148).

19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.

20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.

21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).

22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.

23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.

24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.

25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).

26. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

27. Isag'aliyev, M., Obidov, M., & Matholiqov, R. (2019). Morphogenetic and biogeochemical features of the medicinal capparis spinosa. Scientific journal of the Fergana State University, 2(4), 46-49. https://scholar.google.com/citations

28. Matholiqov, R Argic dasturidan foydalangan holda qishloq xo'jalik yerlarini tahliliy o'rganish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2022 yil. https://scholar.google.com/citations

29. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕССЫ ХРАНЕНИЯ ЗЕРНА И НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 75-78.

30. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ПРЕИМУЩЕСТВА НОВОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ПРИЕМКЕ ЗЕРНА. Universum: технические науки, (12-2 (81)), 96-99.

31. Davronov, Q. A.,& Xoliqov, M. B.O', (2021). The effect of grain moisture on grain germination during grain storage. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal (11-5), 418-421.

32. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolis aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 7(2), 373-381.

33. Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399

34. Idrisov, X. A., Qashqaboeva, C. L. T. L., & Xalbaev, A. N. (2022). SOYANING NAZORAT KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI TAHLILIY ORGANISH. Results of National Scientific Research International Journal, 7(5), 134-139.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

35. Idrisov, X. (2022). MOSH: RESEARCH, EXPERIENCE AND RESULTS. Science and Innovation, 7(7), 182-186.

36. Idrisov, X., Matxoliqov, R. Z., & Xoliqov, M. (2022). KUZGI BUG 'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH. O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 7(2), 51-56.

37. Ibragimov, O. O., & Idrisov, X. A. (2022, October). OLMA NAVLARINI NAV TAVSIFINI O 'RGANISH ASOSIDA TAXLIL ETISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 4, pp. 20-27).

38. Atabaeva, X. N., & Abdujabborovich, I. X. (2022). MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA'SIRI. Science and innovation, (Special Issue), 540-544.

39. Idrisov, X. (2022). MOSH: TADQIQOT, TAJRIBA VA NATIJA. Science and innovation, 7(D7), 182-186.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND

SOLUTIONS

JUNE 6-7, 2023

40. Idrisov, X. (2022). EKISH MUDDATLARI VA ME'YORLARINI MOSH (Rhaseo1is aireis Riper) NAVLARI POYA BALANDLIGI VA HOSILDORLIGA TA'SIRINI O 'RGANISH. Science and innovation, 1(D7), 176-181.

41. Abdujabborovich, I. X., Maxliyoxon, A., Muslima, A., & Gavhanso, A. (2022, November). TOSHKENT VILOYATI O 'TLOQI BOTQOQ TUPROQLARI SHAROITIDA SOYA (GLYCINE HISPIDA L) NING KOLLEKSIYA KO 'CHATZORIDA O 'TKAZILGAN TADQIQOT. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 1, No. 2, pp. 98-104).

42. Abdujabborovich, I. X., & Teshaboyev, A. (2022). UDK: 633.853. 52 SOYANING YANGI ISTIQBOLLI NAVLARINI YARATISH NATIJALARINI TAXLILIY O'RGANISH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(3), 8-14.

43. Idrisov, H., & Madalova, M. (2022). ANALYTICAL STUDY OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF A VARIETY OF MUNG BEAN (RHASEO1IS AIREIS PIPER). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 97-101.

44. Idrisov, X., & Xalbaev, A. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25.

45. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolis aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.