INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
SOYANING NAZORAT KO'CHATZORIDA O'TKAZILGAN TADQIQOT NATIJALARINI O'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA BAHOLASH 1Atabaeva Xalima Nazarovna, 2Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, 3Ergashev Nodirbek
Yuldashalievich
1q.x.f.d., professor, Toshkent Davlat Agrar Universiteti 2 dosent., q.x.f.f.d (PhD), Farg'ona Davlat Universiteti, Farg'ona 3 q.x.f.f.d (PhD), k.i.x, Paxta seleksiyasi, urug'chiligi va yetishtirish agrotexnologiyalari ilmiy-tadqiqot instituti Farg'ona ilmiy-tajriba stansiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo'yicha
direktor o'rinbosari idrisovhusanzon@gmail. com https://doi.org/10.5281/zenodo.7999234
Annotatsiya. Maqolada soyaning nav tanlov ko'chatzorida o'tkazilgan tadqiqot natijalarini bayon etilgan. O'tkazilgan tadqiqot natijalarida aniqlanishicha, nazorat namunaga nisbatan tanlab olingan nav namunalarini bimetrik ko'rsatkichlarinini tahliliga ko'ra, qimmatli xo'jalik belgilari bo'yicha ustunligi aniqlangan.
Kalit so'zlar: Soya, moy, oqsil, vitamin, tuganak, biometriya, ko'chatzor, hosildorlik
Aholini to'yimli oziq-ovqat maxsuloti bilan ta'minlash, oqsil defitsitini hal qilish, o'simlik moyini ishlab chiqarishni ko'paytirish, urug'lik sifatini va tuproq unumdorligini oshirish lozim. Bu muammolarni echish uchun soya ekinini etishtirish texnologiyasini yaratish va takomillashtirish zarurdir.
Fermer xo'jaliklarida muntazam soya va mosh maxsulotini etishtirish, xozirgi oziq-ovqat mahsulotlariga mavjud talablarni qondirishni, va bu bilan birga kelajak avlod talabini ham qondirish imkoniyati yaratiladi: yangi ekologik texnologiyalar joriy etiladi, maxsuldorlik oshadi, insonning salomatligi oshadi, havfsiz, to'yimli oziq-ovqatlar bilan ta'minlash evaziga qishloq xo'jaligining ijtimoyi va iqtisodiy holati yaxshilanadi.
Shu masaladan kelib chiqib, oziq-ovqat maxsulotlarini ishlab chiqarishni keskin o'zgartirish talab qilinadi. Oziq- ovqat maxsulotlari bilan ta'minlash xozirgi davrda bu iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy muammoga aylangan, chunki aholining o'sishi bilan baravar oziq-ovqat mahsulotiga talab tobora oshmoqda. Bu muammoni hal qilish bo'yicha o'tkazilgan tadbirlar evaziga sug'oriladigan maydonlarda kuzgi don ekinlaridan don etishtirish 1372,7 ming gektarni tashkil qildi. Shu borada muhim e'tibor o'simlik oqsili bilan ta'minlanishiga axamiyat berilmoqda. O'simlik oqsili bilan ta'minlash esa har xil usullarda xal qilinmoqda. Shu usullardan biri-seroqsilli ekinlarni ko'proq ekish, bu ekinlarning orasida oqsilining miqdori va sifati bilan soya va mosh ekinlarii alohida ajralib turadi.
Soya er yuzi dehqonchiligida muxim o'rinni egallagan moyli hamda don-dukkakli ekindir. 2018 yilgi FAO ma'lumoti bo'yicha er yuzida soya o'simligi 99,0 mln.ga maydonga ekilgan, o'rtacha xosildorligi gektaridan 22,1 sentnerni tashkil qilgan va yalpi hosili 182,5 mln. t/ga teng bo'lgan [1, 2].
Soya donining tarkibida 30-52 % oqsil, 17-27 % moy va 20% karbon suvlari mavjud. Soya ekinining er yuzida ko'p tarqalishi donining va oqsilining sifatliligi bilan bog'liqdir. Doni tarkibidagi oqsil, moy va bo^qa muxim organik va ma'dan moddalarning miqdori va nisbati uni xar xil tarmoqlarda ko'llashga imkon beradi. Soya donidan moy, margarin, pishlok, sut, un,
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
kandolat maxsulotlari, konservalar ishlab chikariladi. Er yuzida ishlab chiqarilayotgan o'simlik moyining 40% ini soya moyi tashkil kiladi [1, 2].
Soya don, o'simlik moyi, sifatli oqsil, to'yimli ko'kat beradigan va tuproq unumdorligini oshiradigan o'simlikdir. Soyaning muhim biologik xususiyati evaziga tuproq ekologik toza azot bilan, inson esa har xil to'yimli oziq-ovqat maxsuloti bilan ta'minlanadi. Soya etishtirishni oshirish talab qilinadi, buning uchun soyadan don va urug' etishtirish texnologiyasini yangi texnologik tadbirlarni qo'llab, takomillashtirish lozim [3,4 ].
Tajribaning maqsadi va vazifalari. Ushbu ilmiy ishning maqsadi aholini to'yimli oziq-ovqat maxsulati bilan ta'minlash, oqsil tanqisligini hal qilish uchun soya ekinining noqulfy sharoitlarga chidamli, serhosil, don tarkibi oqsil va moy moddalariga boy, kasalliklarga chidamli yangi navlarini yaratish.
Tajribalar Sholichilik ilmiy-tadqiqot institutining tajriba uchastkasi dalalarida olib borildi. Soya seleksiyasi qishloq xo'jalik ekinlarining Davlat Nav Sinov komissiyasi va O'zShITI tomonidan ishlab chiqilgan tavsiyanomalar, dala tajriba metodikasi asosida olib borildi.
Soyaning nav tanlov ko'chatzorida 32 ta nav- namuna sinab o'rganildi. Nazorat uchun soyaning «O'zbek-2» va "O'zbek-6" navlari ekildi. Namunalar 50 m2 maydonda 4 qaytariqda, qator orasi 60 sm oralig'ida ekildi. Ko'chatzorida sinalgan nav namunalardan ko'rinib turibdiki o'simlik o'suv davrida 3-ta namuna (6310. 464170.7213.) nazoratga nisbatan 6-10 kun oldin pishib etildi. Barcha nav namunasida bir o'simlikdagi dukkak soni 5-10 gacha, 1000 don og'irlig'i 9-34g.ga, pastki dukkak joylanish balandligi esa 2-6 sm.ga nazoratga nisbatan yuqoridir.
Tanlab olingan namunalarni vegetatsiya davri bo'yicha ertapishar, o'rtapishar va kechpishar nav namunalarga quyidagicha bo'lib chiqildi: Ertapishar navlar: 464170, 9177, 6310, 1-0128790, O'rtapishar navlar: 7213, 3926, 5382, Kechpishar navlar ; K-2, K-15. Bu nav tanlov ko'chatzoridan ajratib olingan nav namunalar morfologik va biologik ko'rsatkichlari bilan nazorat naviga nisbatan yaxshi bo'lib, poyasi tik o'suvchan, bir o'simlikda dukkaklar soni yuqori, shoxlar soni va pastki dukkakni joylanishi yuqori bo'lganligi bilan ajralib turadi.
Tanlab olingan namunalar ichida o'simlikning o'sishi - bo'yicha VNIIMK (Rossiya) namunasida o'simlik bo'yi nazoratga nisbatan 5 sm ga; K-2 namunasida 28 sm.ga; K-15 namunasida 39sm ga; 5382 namunasida 8 sm ga balandligi kuzatildi.
Shoxlanishi bo'yicha yuqori ko'rsatkichlar ertapishar: 6310 (VNIIMK), 9177 (Rossiya va o'rtapishar 7213 (O'zbekiston) nav namunalarida kuzatildi.
1000 ta don vazni bo'yicha esa faqat 5382 (KNR) nav namunasida ko'rsatkich nazoratga nisbatan 17 grammga kam bo'lganligi kuzatildi. Qolgan namunalarda donlarning mutloq vazni nazoratga nisbatan o'rtapishar namunalarda (464170, 39265382) 17- 32 g.ga, kechpishar namunalarda(K-2 K-15) 3,0-16,3 g.ga yuqori bo'lganligi qayd qilindi.
464170 (AQSH) - o'suv davri-118 kun, o'simlik bo'yi -139 sm, pastki dukkak joylanishi-16,0 sm, 1000 don og'irligi -178,8 g, bir o'simlikdagi dukkak soni -72 ta, vazni -24,1, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
9177 (Rossiya) - o'suv davri-117 kun, o'simlik bo'yi -151 sm, pastki dukkak joylanishi-18,0 sm, 1000 don og'irligi -171,4g, bir o'simlikdagi dukkak soni -71 ta, vazni -24,4g,, poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
I0128790 (Odessa) - o'suv davri-119 kun, o'simlik bo'yi -144 sm, pastki dukkak joylanishi-16 sm, 1000 don og'irligi -166,0 g, bir o'simlikdagi dukkak soni -67 ta, vazni -21,8 poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
6310 (VNIIMK) -o'suv davri -121 kun, o'simlik bo'yi 144 sm, pastki dukkak joylashish balandligi -17,0 sm, 1000 ta don og'irlig'i -169,5.g bir o'simlikdagi dukkak soni 64 ta, vazni -21,7 Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
7213 (O'zbekiston)-o'suv davri- 131 kun, o'simlik bo'yi -135 sm, pastki dukkak joylanishi -17,0 sm,1000 don og'irligi 178,1 g. bir o'simlikdagi dukkak soni -71 ta, vazni -26,1 Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
3926 (Primorsk o'lka)-o'suv davri -127 kun, o'simlik bo'yi -137 sm, pastki dukkak joylanishi -17,0 sm, 1000 don og'irlig'i- 172,2 g. bir o'simlikdagi dukkak soni -70 ta, vazni -22,9 Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
5382 (KNR)- o'suv davri-129 kun, o'simlik bo'yi -147 sm, pastki dukkak joylanishi-16,0 sm, 1000 don og'irligi -159,6 g, bir o'simlikdagi dukkak soni -83 ta, vazni -25,7 poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
K-2 (AQSH) - o'suv davri-133 kun, o'simlik bo'yi -145 sm, pastki dukkak joylanishi-14,0 sm, 1000 don og'irligi -168,3 g, bir o'simlikdagi dukkak soni -63 ta, vazni -23,2 poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan.
K-15 (AQSH) - o'suv davri-135 kun, o'simlik bo'yi -154 sm, pastki dukkak joylanishi-17,0 sm, 1000 don og'irligi -163,0 g, soni -63 ta, vazni -23,8 bir o'simlikdagi dukkak poyasi tik o'suvchan. Mexanizm yordamida yig'ishtirib olishga moslashgan
O'tkazilgan tajriba natijalariga ko'ra xo'jalik ko'rsatkichlari yuqori bo'lgan kolleksiya ko'chatzoridan 9 ta namuna tanlab olingan va bu nav namunalarning ichidan 4 ta nav namunalarini-464170 (AQSH), I0128790 ( Odessa), K-15 (AKSH), 3926 (Primorsk) barcha ko'rsatkichlari yuqori bo'lganligi uchun keyingi bosqichda sinash uchun seleksiya ko'chatzoriga o'tkazildi. Nazoratga ekilgan soyaning O'zbek-2 navining o'rtacha biologik hosili 37,8 s/ga, O'zbek-6 navida -40,8 s/ga ni tashkil qilgan. Tanlangan nav namunalarida faqat K-2 (AQSH) namunasining hosili nazorat naviga nisbatan 0,3 s/ga kam hosil olingan. Qolgan nav namunalarida 43,4 dan 51,2 s/ga cha biologik hosil olingan.
Xulosalar Soya tezpisharligi bo'yicha nav namunalari ajratilib, seleksiya ishlariga boshlang'ich manba yaratildi. Soyaning yuqori hosildorligi bo'yicha nav namunalari aniqlandi va seleksiya ishlarini davom ettirishga manba bo'ladi. Soya nav namunalarining orasida nazoratga nisbatan oqsilli yuqori bo'lgan nav namunasi ajratildi.
REFERENCES
1. Atabaeva X.N, Isroilov I.A Takroriy ekilgan soya navlarining o'sishi, rivojlanishi va hosildorligiga mineral o'g'itlarning ta'siri.//Sholichilik va dukkakli-don ekinlarini rivojantirishning istiqbollari: Xalqaro simpozium materallari Toshkent, 1998. B.27-28.
2. Dospexov B.A. Metodika polevogo opita. - M.: Kolos, 1985. - 317 s.
3. Izrailskiy V.P, Runov Ye.V., Bernard V.V., Klubenkovie bakterii nitragin.-M: Selxozgiz, S.1983.-480.
4. Idrisov, X. A va boshq. "Agro bisnes" inform iqtisodiy-ijtimoiy jurnali. "Dukkakli ekinlar tuproq unumdorligini oshiradi". №07/90-2014y
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
5. Idrisov, X. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).
6. Idrisov, X. A., Atabayeva, X. N. (2022, may). Loviya va mosh ekinlarining umumiy ahamiyati va biologik xususiyatlarini tahliliy o 'rganish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 8, pp. 644-651).
7. Xalima, A., Xusanjon, I., & Abdulvosid, S. (2022). O 'tloqi-botqoq tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolis aireis piper) ning o 'sishi, rivojlanishi va don hosildorligi. Research and education, 1(2), 373-381.
8. Xusanjon, I., & Abduxolik, K. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
9. Abdujabborovich, I. X., Ozodbek, A., Nodirbek, X., & Abrorbek, a. (2022). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (Phaseolus aureus Piper) navlarining simbiotik faoliyatiga ekish muddati va me 'yorining ta'sirini o 'rganish. Science and innovation, 1(1), 615-624.
10. Abdujabborovich, I. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (Phaseolus aireus Piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
11. Abdujabborovich, i. X. (2022). Qozoqi anorning biologik xususiyatlari. Models and methods for increasing the efficiency of innovative research, 2(13), 396-400.
12. Idrisov, X. A., & o'g'li Soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda soya etishtirish texnologiyasini takomillashtirish. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 286-295).
13. Abdujabborovich, i. X., & Gofurovna, r. F. (2022, may). Soya (Glycine hispida l) ning bilogik xususiyatlari va tashqi muxit omillari. In e conference zone (pp. 1-5).
14. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.
15. Abdujabborovich, i. X., & o'g'li, x. A. M. (2022). Sholi seleksiyasi bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqot natijalarini tahliliy o 'rganish. Science and innovation, 1(d3), 276-281.
16. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
17. Abdujabborovich, i. X., & Mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
18. Idrisov, x. A. (2022, june). Osiyo loviyasi-mosh (phaselus aureus piper.)-biologik xususiyatlari. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 9, pp. 144148).
19. Abdujabborovich, i. X., o'gli, u. X. I., qizi, a. D. A., qizi, y. M. N., & ogli, m. A. A. (2022). Tipik bo'z tuproqlar sharoitida mosh (rhaseolus aireus piper) navlarini tadqiq etish. Science and innovation, 1(d2), 160-165.
20. Abdujabborovich, i. X., & teshaboyev, a. (2022). Soyaning kolleksiya ko'chatzoridan samarali va maqsadli foydalanishning ilmiy axamiyati. Science and innovation, 1(d3), 286290.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
21. Idrisov, x. A., & karimov, a. A. (2022, july). Mosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyatimosh (phaselus aureus piper.) Dan yuqori hosil olishda agrotexnik omillarning ahamiyati. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 11, pp. 106-111).
22. Xusanjon, i., & abduxolik, k. (2022). Moshning yangi navlarini yaratishda seleksiya ko 'chatzorida o 'tkazilgan tadqiqotlar. Research and education, 1(4), 50-56.
23. Abdujabborovich, i. X., o'g, p. J. G. A., o'g'li, e. K. E., & o'g, d. O. N. M. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratishda nav namunalaridan samarali va maqsadli foydalanishning ahamiyati. Science and innovation, 1(d3), 269-275.
24. Abdujabborovich, i. X., & mirzamaxsudavich, b. R. (2022). Soyaning yangi navlarini yaratish bo 'yicha o 'tkazilgan tadqiqotlar. Science and innovation, 1(1), 776-785.
25. Idrisov, x. A., & o'g'li soliyev, a. M. (2022, may). Sug 'oriladigan maydonlarda mosh (phaselus aureus piper.) Navlarining tavsifi. In international conferences on learning and teaching (vol. 1, no. 7, pp. 17-23).
26. 31. Idrisov Xusanjon Abdujabborovich, Xalbaev Akbar Namozovich. (2022). Soyaning seleksiya ko'chatzoridagi nav namunalarini qimmatli-xo'jalik xususiyatlarini o'rganish. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25. https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183.https://doi.org/10.5281/zenodo.7032183
27. 32. Isag'aliyev, M., Obidov, M., & Matholiqov, R. (2019). Morphogenetic and biogeochemical features of the medicinal capparis spinosa. Scientific journal of the Fergana State University, 2(4), 46-49. https://scholar.google.com/citations
28. 33. Matholiqov, R Argic dasturidan foydalangan holda qishloq xo'jalik yerlarini tahliliy o'rganish. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences 2022 yil. https://scholar.google.com/citations
29. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ПРОЦЕССЫ ХРАНЕНИЯ ЗЕРНА И НА ПОКАЗАТЕЛИ КАЧЕСТВА. Universum: технические науки, (12-4 (81)), 75-78.
30. Маматожиев, Ш. И., Тожимаматов, Д. Д. У., Камолов, З. В. У., & Холиков, М. Б. У. (2020). ПРЕИМУЩЕСТВА НОВОЙ СИСТЕМЫ ПРИ ПРИЕМКЕ ЗЕРНА. Universum: технические науки, (12-2 (81)), 96-99.
31. Davronov, Q. A.,& Xoliqov, M. B.O', (2021). The effect of grain moisture on grain germination during grain storage. ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal (11-5), 418-421.
32. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseo1is aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.
33. Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399Идрисов , Х. А., & Мадалова , М. (2022). МАША (PHASELUS AUREUS PIPER.) И АГРОТЕХНИКА ВОЗДЕЛЫВАНИЯ . Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 77-86. извлечено от https://in-academy.uz/index.php/EJMNS/article/view/4399
INTERNATIONAL SCIENTIFIC-PRACTICAL CONFERENCE ACTUAL ISSUES OF AGRICULTURAL DEVELOPMENT: PROBLEMS AND
SOLUTIONS
JUNE 6-7, 2023
34. Idrisov, X. A., Qashqaboeva, C. L. T. L., & Xalbaev, A. N. (2022). SOYANING NAZORAT KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI TAHLILIY ORGANISH. Results of National Scientific Research International Journal, 1(5), 134-139.
35. Idrisov, X. (2022). MOSH: RESEARCH, EXPERIENCE AND RESULTS. Science and Innovation, 1(7), 182-186.
36. Idrisov, X., Matxoliqov, R. Z., & Xoliqov, M. (2022). KUZGI BUG 'DOYDAN KEYIN EKILGAN MOSH NAVLARINING SIMBIOTIK FAOLIYATINI O'RGANISH. O'rta Osiyo ta'lim va innovatsiyalar jurnali, 1(2), 51-56.
37. Ibragimov, O. O., & Idrisov, X. A. (2022, October). OLMA NAVLARINI NAV TAVSIFINI O 'RGANISH ASOSIDA TAXLIL ETISH. In INTERNATIONAL CONFERENCES (Vol. 1, No. 4, pp. 20-27).
38. Atabaeva, X. N., & Abdujabborovich, I. X. (2022). MOSH NAVLARI BARG YUZASI RIVOJLANISHIGA AGROTEXNIK OMILLARNING TA'SIRI. Science and innovation, (Special Issue), 540-544.
39. Idrisov, X. (2022). MOSH: TADQIQOT, TAJRIBA VA NATIJA. Science and innovation, 1(D7), 182-186.
40. Idrisov, X. (2022). EKISH MUDDATLARI VA ME'YORLARINI MOSH (Rhaseolis aireis Riper) NAVLARI POYA BALANDLIGI VA HOSILDORLIGA TA'SIRINI O 'RGANISH. Science and innovation, 1(D7), 176-181.
41. Abdujabborovich, I. X., Maxliyoxon, A., Muslima, A., & Gavhanso, A. (2022, November). TOSHKENT VILOYATI O 'TLOQI BOTQOQ TUPROQLARI SHAROITIDA SOYA (GLYCINE HISPIDA L) NING KOLLEKSIYA KO 'CHATZORIDA O 'TKAZILGAN TADQIQOT. In Proceedings of International Conference on Modern Science and Scientific Studies (Vol. 1, No. 2, pp. 98-104).
42. Abdujabborovich, I. X., & Teshaboyev, A. (2022). UDK: 633.853. 52 SOYANING YANGI ISTIQBOLLI NAVLARINI YARATISH NATIJALARINI TAXLILIY O'RGANISH. Новости образования: исследование в XXI веке, 1(3), 8-14.
43. Idrisov, H., & Madalova, M. (2022). ANALYTICAL STUDY OF THE GROWTH AND DEVELOPMENT OF A VARIETY OF MUNG BEAN (RHASEO1IS AIREIS PIPER). Eurasian Journal of Medical and Natural Sciences, 2(11), 97-101.
44. Idrisov, X., & Xalbaev, A. (2022). SOYANING SELEKSIYA KO'CHATZORIDAGI NAV NAMUNALARINI QIMMATLI-XO'JALIK XUSUSIYATLARINI O'RGANISH. Models and methods in modern science, 1(12), 22-25.
45. Nazarovna, A. X., & Abdujabborovich, I. X. (2022). O 'TLOQI-BOTQOQ TUPROQLAR SHAROITIDA MOSH (Rhaseolis aireis Piper) NING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA DON HOSILDORLIGI. Research and education, 1(2), 373-381.