Научная статья на тему 'YASHIL LOVIYA BILAN BAMIYA TUZLAMASINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI'

YASHIL LOVIYA BILAN BAMIYA TUZLAMASINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

15
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bamiya / gossipol moddasi / parhezbop / tola / bamiya konservasi. / Okra / fiber / a dieter / canned okra / gossypol subsance.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Marg‘Iyona Xusniddin Qizi Abdunazarova

Maqolada O‘zbekistonda kam uchraydigan va yaqinda kirib kelib hozirgi kunda yetishtirilayotgan ekzotik bamiya to‘g‘risida, uning botanik ta'rifi, yetishtirish agrotexnikasi hamda o‘simlikning barcha qismlaridan olinadigan mahsulotlar haqida adabiyotlardan olingan ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Bamiyaning foydali xususiyatlari, sog‘lom ovqatlanish va parxezbop ratsionda tutgan o‘rni, inson organizmiga ta’siri to‘g‘risida maslahatlar berilgan. Shuningdek bamiya tuganagi va poyasidan sanoatda foydalanilishi haqidagi qimmatli ma'lumotlar ham bayon etilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article is about the exotic okra, which is rare and recently introduced to Uzbekistan, and is currently being cultivated, its botanical description, agrotechnics of cultivation, and products obtained from all parts of the plant. In addition, information from the literature is presented. Tips are given on the beneficial properties of okra, its role in a healthy diet and diet, and its effect on the human body. Valuable information on the industrial use of okra nodules and stalks is also provided.

Текст научной работы на тему «YASHIL LOVIYA BILAN BAMIYA TUZLAMASINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI SAMARQAND FILIALI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

YASHIL LOVIYA BILAN BAMIYA TUZLAMASINI TAYYORLASH TEXNOLOGIYASI TOSHKENT DAVLAT AGRAR UNIVERSITETI

SAMARQAND FILIALI

Marg'iyona Xusniddin qizi Abdunazarova

Agrobiznes va logistika fakulteti 21109-guruh talabasi

Maqolada O'zbekistonda kam uchraydigan va yaqinda kirib kelib hozirgi kunda yetishtirilayotgan ekzotik bamiya to'g'risida, uning botanik ta'rifi, yetishtirish agrotexnikasi hamda o'simlikning barcha qismlaridan olinadigan mahsulotlar haqida adabiyotlardan olingan ma'lumotlar keltirib o'tilgan. Bamiyaning foydali xususiyatlari, sog'lom ovqatlanish va parxezbop ratsionda tutgan o'rni, inson organizmiga ta'siri to'g'risida maslahatlar berilgan. Shuningdek bamiya tuganagi va poyasidan sanoatda foydalanilishi haqidagi qimmatli ma'lumotlar ham bayon etilgan.

Kalit so'zlar. Bamiya, gossipol moddasi, parhezbop, tola, bamiya konservasi.

The article is about the exotic okra, which is rare and recently introduced to Uzbekistan, and is currently being cultivated, its botanical description, agrotechnics of cultivation, and products obtained from all parts of the plant. In addition, information from the literature is presented. Tips are given on the beneficial properties of okra, its role in a healthy diet and diet, and its effect on the human body. Valuable information on the industrial use of okra nodules and stalks is also provided.

Keywords. Okra, fiber, a dieter, canned okra, gossypol subsance.

Kirish. Bamiya, Gambo (Hibiscus esculentus L.) - gulxayridoshlar oilasiga mansub bir yillik o'simlik. Bo'yi 2,5 m gacha boradi. Tashqi ko'rinishi va gullashi bilan g'o'zaga o'xshaydi. Vatani Sharqiy Afrika. Ildizi oq rangli o'q ildiz, poyasi tik, barg plastinkasi yirik, eng yirik barg plastinkasining sathi 850-950 sm gacha, barg bandining uzunligi 40 sm, ko'kimtir qizg'ish tomirlanishga ega, mayda tukchalar bilan qoplangan. Gullari yirik rangi sariq, qizg'ish, gutoji barglari asosi qo'ng'ir dog'li, changchilari cheksiz, tugunchasi bitta, 5 uyachali. Mevalari 5 qirrali uzunchoq, tuklar bilan qoplangan, yetilgan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mevasi rangi nav xususiyatiga qarab oqish va qizg'ish bo'ladi. Mevasi 17-18 sm uzunlikda, iste'mol uchun 5-8 sm uzunlikdagisi yuqori sifatli hisoblanib yaxshi baholanadi.

Bamiyaning iste'mol qilish mumkin bo'lgan mevalari tarkibida uglevod 8%, oqsil 3%, yog' 0.5% , shuningdek yana temir(Fe), kalsiy (Ca), tola, tiamin, nikotinamid, riboflavin, askorbin kislotasi mavjud hisoblanadi. 100 gramm bamiyaning pishgan urug'larida 20 % gacha yog' va 20-23 % xom borlizin miqdori yuqori bo'lgan protein hamda C vitamini mavjuddir. Bamiya mevasi achchiq qalampirga o'xshab ketadi va qutisimon piramida shakliga ega. Ta'mi yosh baqlajon hamda qovoqchanikiga yaqin.

Poyasida 11 % gacha tola uchraydi. Urug'i tarkibida gossipol moddasi kam. Shu sababli zararsiz moy sifatida foydalansa bo'ladi.

Mavzuning dolzarbligi. G'ayrioddiy va istiqbolli o'simliklarni mamlakatimizda yetishtirish, aholimizga bunday noyob, yuqori hosildor, iqlim va kasalliklarga chidamli, vitaminlarga boy bo'lgan sabzavotlarni yetkazib berish. Nafaqat aholini balki sanoat uchun xom ashyo bo'ladigan hamda chorvachilikda to'yimli oziqa hisoblanadigan sabzavotlar bilan ta'minlash bugungi kunni muhim vazifasidir.

Bamiya 2018-yildan O'zbekistonda yetishtirib kelinmoqda. Bu o'simlik yuqorida keltirilgan xususiyatlarning barchasini o'zida mujassamlashtirgan hisoblanadi. Bamiya noyob va noan'anaviy hamda yuqori hosilga ega, iqlim sharoitlariga bardoshli qisqa qilib aytganda yetishtirishda joy tanlamaydi. Vitaminlarga boy parhezbop sabzavot sifatida iste'mol qilinadi.

Bamiyani muhim xususiyati shundaki uning barcha qismlaridan foydalansa bo'ladi. Poyasidan sanoatda tola, urug'idan zararsiz moy olinadi. Katta gullari esa asalarilar nektar olishida xizmat qiladi va keng sathli barglari chorvalar uchun to'yimli oziqa bo'la oladi. Boshqacha qilib aytganda "chiqindisiz" sabzavot ekini hisoblanadi.

Mevasini xomligacha yeyish, pishirish, qovurish va konservalash mumkin. Quritilgan urug'laridan sabzavotli tvorog, qovurilgan, maydalangan urug'laridan sun'iy kofe tayyorlanadi. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vosita bamiya tarkibida mavjud. Har qanday sabzavotlar bilan aralashtiriltirilib turli salatlar tayyorlashda, qaynatilgan, dimlangan, qovurilgan holda, sho'rvalar va souslar tayyorlashda foydalanish mumkin. U oshqozon - ichak kasalliklari, gipertoniya, organizmda qon

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

aylanishi, jinsiy-siydik tizimining buzilishi, yaralarni va bavosilni davolashda foydali vosita hisoblanadi.

Yetilgan mevalari va poyasidan qog'oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar olinadi.Mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalar sanoatda qog'ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Yetilgan mevalari va poyasidan qog'oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar olinadi.

Bamiyani iyun oyidan oktiyabrgacha terib olib har xil ko'rinishda iste'mol qilishimiz mumkin. Lekin uni saqlash muddati kam bo'lganligi uchun qish mavsumida topish qiyin. Shu sababli bamiyani marinadlab ya'ni tuzlama tayyorlab istalgan mavsumda foydali xususiyatlaridan bahramand bo'lish imkoni bor. Bamiyani dukkaklilar bilan va o'zini ham marinadlasa bo'ladi.

Yashil loviya bilan marinadlanadigan bamiyani tayyorlash uchun kerak bo'ladigan ingridientlar ( 1 litr banka hisobida):

170 g kesilgan yashil loviya, 200 g bamiya, 1 novda arpabodiyon, 1 bosh sarimsoq, 1 osh qoshiq koriander urug'i, 1 osh qoshiq sirka, 1 osh qoshiq shakar 1 ch qoshiq qizil qalampir, 1 choy qoshiq dudlangan paprika.

Marinadlash uchun bankalar shisha bo'lishi kerak. Idishlarni yoriqlarsiz bo'lishiga e'tibor berish lozim. Bankalarni og'zi metall qopqoqlar bilan yopiladi. Marinadlashdan avval banka va qopqoqlarni sterilizatsiya qilish uchun issiq suv bilan yuviladi. Sterillangan idishlarni qaynoq suvdan olish uchun qisqichlardan foydalanish kerak. Shuni aytib o'tish lozimki, issiq mahsulotlar issiq idishlarga, sovuq mahsulotlar sovuq idishlarga joylanadi.

Dastlabki ish o'rtacha olovda suvga tuz qo'shib qaynatib olishdan boshlanadi. Keyingi bosqichda yashil loviya tiniq va yumshoq bo'lguncha qaynatiladi va bamiya qo'shib 30 soniya davomida pishiriladi. Suv to'kib tashlanib sabzavotlar to'liq sovitiladi. Unga arpabodiyon va sarimsoq qqo'shiladi O'rtacha olovda qizdirilib, koriander urug'ini ham qo'shib 2 daqiqa davomida pishiriladi. Sirka, shakar, qizil qalampir, dudlangan paprika solinib shakar eriguncha aralashtiriladi. Tayyor bo'lgan aralashma bankalarga joylanib ustiga qaynatib olingan sho'r suv quyiladi. Xona haroratiga qadar sovitilib so'ngra bankalarni og'zi yopiladi va kamida 6 soat muzlatgichga qo'yiladi. 3 haftalardan keyin bemalol iste'mol qilish mumkin.

Xulosa: Hozirgi kunda bamiya organizmga foydali xususiyatlari, olinadigan mahsulotlari va bir muncha oson agrotexnikasi bilan boshqa sabzavotlarga nisbatan ajralib turmoqda. Uni O'zbekistonda yetishtirib sanoat uchun xom-ashyo olish, parhezbop konservalar tayyorlash qishloq

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

xo'jaligimiz uchun kattagina yangilik hisoblanib hamda yaxshigina daromad olib keladi.

Dukkaklilardan yashil loviya bilan tuzlangan bamiya dasturxonimizdagi hamma taomga o'zgacha va mukammal uyg'unlasha oladi. Ular bilan salatlar va sendvichlar tayyorlash mumkin. Shuningdek bunday tuzlangan bamiya kaloriyasi past bo'lib, achchiq gazak sifatida ham iste'mol qilsa bo'ladi.

REFERENCES

1. Mutalov K.A., Hayitov M.R. (2022). SABZAVOT - BAMIYA (BAMIYA ESCULENTUS L.)NING MORFOBIOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI. Academic Research in Educational Sciences, 3(9), 245-249. 2.O'ktam Xudoyberdiyev.Qachongacha mosh, loviya ekamiz? Bamiya eksak-chi?

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.