Научная статья на тему 'SABZAVOT BAMIYA (BAMIYA ESCULENTUS L.)NING MORFOBIOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI'

SABZAVOT BAMIYA (BAMIYA ESCULENTUS L.)NING MORFOBIOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

329
48
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Bamiya / sellyuiloza tolasi / lipidlar / aminokislotalar / vitaminlar / mineral tuzlar / parhezbop / biomoslashuvchan / Okra / cellulose fiber / lipids / amino acids / vitamins / mineral salts / dietary / biocompatible

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Karimjon Abduraximovich Mutalov, Mirjalol Raxmonovich Hayitov

Organilayotgan Bamiya (Hibiskus esculentus (L.) turi bir yillik oʻsimlik. Vatani tropik Afrika. Eng foydali parhezbop sabzavot ekini. Juda ham foydali hususiyatlari ko„p. Respublikamizning aholisi va tuproq iqlim sharoiti uchun yangi, foydali sabzavot ekini hisoblanadi. Agar Bamiya o„simligimligini ekib o„stirishni, kundalik ozit-ovqat ratsionimizda undan parhezbop sabzavot sifatida foydalanishni bilib olsak bizning dasturhonimiz yana bitta yangi sabzavot o„simlik bilan boyiydi. Aholini ortiqcha vazndan holi bo„lishiga va sog„ligini yaxshilashga o„z hissamizni qo„shgan bo„lamiz. Chunki parhezbop, biomoslashuvchan polimerlarga boy sabzavotligi sababli oshqozon yarasi, gastrit kabi kasalliklarni oldini olishi haqidagi ma‟lumotlar bor

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Bamiya Okra (Hibiscus esculentus L.) is an annual plant. Its homeland is tropical Africa. It is the most useful dietary vegetable crop. If we learn how to plant and grow sycamore and use it as a nutritious vegetable in our daily diet, our table will be enriched with one more new vegetable plant. Because dietary is a vegetable rich in biocompatible polymers, it is reported in scientific literature that it can prevent diseases such as stomach ulcers and gastritis

Текст научной работы на тему «SABZAVOT BAMIYA (BAMIYA ESCULENTUS L.)NING MORFOBIOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 9 | 2022

SABZAVOT - BAMIYA (BAMIYA ESCULENTUS L.)NING MORFOBIOLOGIYASI VA YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI

Karimjon Abduraximovich Mutalov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti biologiya kafedrasi dotsenti

Mirjalol Raxmonovich Hayitov

Chirchiq davlat pedagogika universiteti biologiya kafedrasi II-bosqich magistranti

mutalovkarimjan@gmail.com

ANNOTATSIYA

Organilayotgan Bamiya (Hibiskus esculentus (L.) turi bir yillik o'simlik. Vatani tropik Afrika. Eng foydali parhezbop sabzavot ekini. Juda ham foydali hususiyatlari ko'p. Respublikamizning aholisi va tuproq iqlim sharoiti uchun yangi, foydali sabzavot ekini hisoblanadi. Agar Bamiya o'simligimligini ekib o'stirishni, kundalik ozit-ovqat ratsionimizda undan parhezbop sabzavot sifatida foydalanishni bilib olsak bizning dasturhonimiz yana bitta yangi sabzavot o'simlik bilan boyiydi. Aholini ortiqcha vazndan holi bo'lishiga va sog'ligini yaxshilashga o'z hissamizni qo'shgan bo'lamiz. Chunki parhezbop, biomoslashuvchan polimerlarga boy sabzavotligi sababli oshqozon yarasi, gastrit kabi kasalliklarni oldini olishi haqidagi ma'lumotlar bor.

Kalit so'zlar: Bamiya, sellyuiloza tolasi, lipidlar, aminokislotalar, vitaminlar, mineral tuzlar,parhezbop, biomoslashuvchan.

ABSTRACT

Bamiya Okra (Hibiscus esculentus L.) is an annual plant. Its homeland is tropical Africa. It is the most useful dietary vegetable crop. If we learn how to plant and grow sycamore and use it as a nutritious vegetable in our daily diet, our table will be enriched with one more new vegetable plant. Because dietary is a vegetable rich in biocompatible polymers, it is reported in scientific literature that it can prevent diseases such as stomach ulcers and gastritis.

Keywords: Okra, cellulose fiber, lipids, amino acids, vitamins, mineral salts, dietary, biocompatible.

KIRISH

Gulxayridoshlar oilasiga mansub Bamiya o'simligi, dunyo bo'yicha bugungi kunda jami 120 ming gektardan ortiq

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

245

maydonlarda etishtirilib kelinadi. Undan yengil hazm bo'luvchi shirali oziq ovqat-sabzavot mahsuloti tayyorlanadi. 2019 yilda "Hidistonda 6,5 mln, Xitoyda 6,0 mln, Nigeriya va boshqa manlakatlarda 3,6 mln, tonnadan ortiq maxsulot etishtirilgan" bu ma'lumotlar o'simlikning etarlicha ahamiyatga ega ekenligidan dalolat beradi.

O'zbekistonda bu oilaga mansub 7 turkumga oid o'simlikning 27 turi o'sadi. Oila vakillari asosan o'tlar, qisman butalar va daraxtlardan iborat. Bamiyaning balandligi 2,5 m gacha boradi. Tashqi ko'rinishi va gullashi bilan g'o'zaga o'xshaydi. Ildizi oq rangli o'q ildiz, poyasi tik, barg plastinkasi yirik, eng yirik bargi plastinkasining sathi 850-950 sm gacha, barg bandining uzunligi 40 sm, ko'kimtir qizg'ish tomirlanishga ega, mayda tukchalar bilan qoplangan. Gullari yirik, rangi sariq, qizg'ish, gultoji barglari asosi qo'ngir dog'li changchilari cheksiz, tugunchasi bitta, 5 uyachali (1-rasm). Mevalari 5 qirrali uzunchoq, tuklar bilan qoplangan, etilgan mevasi rangi nav hususiyatiga qarab oqish va qizgish bo'ladi, mevasi 17-18 sm uzulikda bo'ladi. Istemol uchun 5-8 sm uzunlikdagisi yosh mevasi yuqori sifatli hisoblanib yaxsi baholanadi. Bamiya etishtirish uchun nav tanlash, maqbul ekish sxemalari, ekish muddatlari va o'simlik tuplarni joylashish qalinligi va ularning urug'chiligini tashkil etish usullari yevropa mamlakatlarida ishlab chiqilgan. Mamlakatimiz tuproq-iqlim sharoitlari uchun yangi hisoblangan ushbu sabzavot turning hosildorligi yuqori, kasalliklarga chidamli, sifatli va tarkibi qimmatli moddalarga boy navlarini introduksiya qilish, yangi navlarini yaratish va etishtirish texnologiyalarini ishlab chiqish mamlakatda sog'lom ovqatlanish asosi bo'lgan sabzavot ekinlarini turlarini yanada kengaytirish imkonini beradi [2].

Respublikamiz sharoitida o'simlikning vegetatsiya davrining uzoq davom etadshi hisobiga u serhosil sabzavotlar guruhuga kiradi. Uning yosh mevalari yangiligicha iste'mol qilinadi (3-rasm). Ulardan har qanday zabzavotlar bilan aralashtiriltirilib turli salatlar tayyorlashda, qaynatilgan, dimlangan, qovurilgan, holda sho'rvalar va souslar tayyorlashda foydali parhezbop zabzavot o'rnida foydalanish mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Mevasida oqsil 3%, yog' 0,5%, uglevodlar 8%, pishgan urug'i tarkibida 18% moy bor. Mevasini yangiligicha iste'mol qilish, pishirish, qovurish, konservalash mumkun. Qovurilgan urug'idan sun'iy kofe tayyorlanadi, bundan tashqari, ular quritilgan, muzlatilgan, konservalangan holda ham foydalaniladi. Yevropa oshhonalarida Bamiya ishtirokida tayyorlanadigan juda ko'p taomlarning ko'plab retseptlar mavjud va ular bamiya bilan hushxo'r va mazali bo'lishini ta'kidlaydilar. Bizda ham bamya

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

246

mevalari bilan, faqat vitamin va minerallarga boy parhezbop taomlar tayyorlashingiz mumlin. Bamiya ekin maydonlarini kengautirish va hosildorligini osirish maqsadida dunyoda uning qurg'oqchilikka chidamli, yuqori hosildor yangi nav namunalarini yaratish, in-vitro usulida ko'paytirish, maqbul ekish sxemalari, muddati va mevalarining biyokimyoviy tarkibini yaxshilash bo'yicha ilmiy-tadqiqotlar olib borilmoqd [1].

Hozirgi vaqtda dunyo bo'yicha 78 ta botanik oilaga mansub bo'lgan 1200 dan ortiq tur o'simlik sabzavot ekini sifatida etishtiriladi. Jumladan: Yaponiyada sabzavot turlari 180-200, Yevropada 100-120, Rossiyada 80-90, xilga yetkazilgan. Mamlakatimizda 40 ga yaqin turi ekiladi. Respublikamiz iqlim sharoiti yangi-yangi sabzavot turlarini introduktsiya qilish imkonini beradi.

Respublikamizda so'ngi yillarda aholining oziq-ovqat xavfsizligini ta'minlash, sabzavot mahsilotlariga bo'lgan ehtiyojini to'la qondirish, qishloq xo'jaligida er-suv resurslaridan yanada oqilona foydalanish, eksportbob mevali mahsulotlar etishtirish orqali dehqon va fermer xo'jaliklarining daromadini oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

1-rasm. 2-rasm. 3-rasm.

Shu o'rinda aholi orasida soglom turmush tarzini sakllantirish, to'gri ovqatlanish tushunchasini singdirish va ommalashtirish borasida ovqat ratsionoiga parhezbop sabzavot bo'lgan bamiya o'similgi mevalaridan ham sabzavot mahsuloti sifatida foydalanishni tavsiya qilamiz. Respublikamizda Toshkent viloyati sharoitida ushbu noan'anaviy sabzavot bo'lgan Bamiyani biologiyasini o'rganish uni etishtirish bo'yicha yuzaga keladigan qator muammoli masalalarni hal qilishga imkon beradi. O'zbekiston sabzavotchilik va kartoshkachilik, polzchilik institutida bamiyaning 11 ta nav namunalarini o'rganilgan [1,2].

Bamiya o'simligini Toshkent viloyati Chirchiq shahri iqlim sharoitida (dengiz sathidan 730 m.balandlikda) o'rganish maqsadida uning 3 ta navi urug'i namunasi o'rganildi. Urug'ini

September, 2022 Multidisciplinary Scientific Journal

247

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 9 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

laboratoriyada unuvchanligi aniqlandi.Uning unuvchanligi 87% ni tashkil etdi. Bamiyadan erta, yuqori va sifatli xosil olish uchun maqbul ekish muddatlari,sxemalari va oziqlanish maydonini aniqlash, urig' na'munalarini turli muddatlarda va ekish sxemalarida ekib o'rganilgan, lekin keng ommalashmagan. Noan'anaviy sabzavot ekinlaridan bamiyani etishtirish texnologiyasining ayrim elementlarini takomillashtirish bo'yicha ilmiy tadqiqotlar olib borilgan [2]. Bamiyani etishtirishni o'rganish maqsadida Toshkent viloyati Chirchiq shahri "Chirchiq davlat pedagogika instituti dala amaliyot maydonchasi 0,005ga",Chinoz va Qibray tumani yer uchaskalarga 0,001 ga. yer maydonga namuna sifatida bamiyaning "Shafaq", "Toshkent tuhfasi navlari ekildi ."Chinoz tumani tajriba maydonchasiga 12-aprel kuni 32 dona ekilgan urug'dan 24 donasi unib chiqdi. 22-may kuni o'simlikning bo'yi 34 sm (40 kun), 29-may kuni bo'yi o'rtacha 39 sm. ni tashkil etib, gul kurtaklari paydo bo'la boshladi (1-2rasm), 12-iyunda o'simlikning balandligi 45-52 sm., bo'lganda dastlabki mevalari hosil bo'ldi, 21-iyulda mevalari etildi (3-rasm). Keyinchalik har barg qo'ltig'idan gul va meva hosil bo'laveradi. O'suv davrida hosil organlari hosil bo'lguncha 4-5 marta sug'orildi. O'simlik suvga talabchan hisoblanadi, chunki Qibray tumani tuproq sharoitida namiqtirib 4 marta sugorilganda o'simlikning balandligi 175 sm. ni tashkil etdi. Uning uchki qismi chilpib (chekanka) tashlanganda yon shohlari o'sib gul va mevalari ko'payishi kuzatildi.

REFERENCES

1. Ibrohimov B.A. Bahorda bamiya (Hibiscus esculentus L.) ni ko'chatidan ochiq maydonlarda ekish muddatlari. // O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnalining "Agro ilim" ilmiy ilovasi. - Toshkent, 2020. -№ 5 (69). - B. 48-51.

2. Nizomov R.A., Ibrohimov B.A. Turli ekish sxemalarida bamiya xosildorligi va meva tarkibidagi biyokimiyoviy moddalarning o'zgarishi. // O'zbekiston agrar fani xabarnomasi. - Toshkent, 2020. №5 (83). - B. 109-113.

3. Рамазонов Б.Р., Муталов К.А., Файзиев В.Б., Кораев С.Б. (2019). МОРФОГЕНЕТИЧЕСКАЯ ХАРАКТЕРИСТИКА И БИОЛОГИЧЕСКАЯ АКТИВНОСТЬ ТАКЫРНЫХ И ЛУГОВЫХ ПОЧВ РЕСПУБЛИКИ КАРАКАЛПАКСТАН (НА ПРИМЕРЕ ПОЧВ ЧИМБАЙСКОГО РАЙОНА)

. Журнал критических обзоров , 7 (5), 2020.

4. Рамазонович, Р.Б., и Рамазон, К. (2018). Эволюция почв Приаралья под влиянием антропогенного опустынивания. Обзор европейской науки , (1-2), 24-

28.

5. Рамазонов, Б. Р., Рахимов, А. К., & Муталов, К. А. (2020). Районирование сельскохозяйственных культур на

September, 2022 t ©

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 9 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

территориях Приаралья их эффективность и улучшение экологического состояния аральского РЕГИОНА. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

6. Ramazonov, B. R., & Kuziev, R. K. (2020). Soils of the dried part of the aral sea and problems of desertification. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 565-577.

7. Муталов, К. А., Рамазонов, Б. Р., & Гулматова, М. К. (2020). КЕЙРЕУКОВАЯ ФОРМАЦИЯ ЮГО-ЗАПАДНОГО КЫЗЫЛКУМА. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

8. Ramazonov, B. R. (2018). Plant world of the drained bottom of the Aral Sea. Current ecological state of the environment and scientific and practical aspects of rational nature management. In III International Scientific and Practical Internet Conference/Compilation NA Shcherbakova/FSBSI" Caspian Research Institute of Arid Agriculture", p. Salty Loan.-2018. S (pp. 716-718).

9. Бахтиёр Рамазонович Рамазонов (2021). ПРОЦЕССЫ ЭРОЗИИ, ОПУСТЫНИВАНИЕ В ПРИРОДЕ И ИХ ОСНОВНЫЕ ХАРАКТЕРИСТИКИ. Academic research in educational sciences, 2 (5), 386-396. doi: 10.24411/2181-13852021-00903

10. бурбонов, Ш. Ш., & Рамазонов, Б. Р. (2021). ^ИШЛОК ХУЖАЛИК ФАНЛАРИНИ У^ИТИШ МЕТОДИКАСИНИНГ ПЕДАГОГИКА ВА БОШ^А ФАНЛАР БИЛАН БОГЛЩЛИГИНИНГ ИЛМИЙ-АМАЛИЙ АХДМИЯТИ. Academic research in educational sciences, 2(9), 51-59.

11. uz.m.wikipedia.org

12. https://www.shkolazhizni.ru/plants/articles/32487

13. Shkolazhizni.ru

https://t.me/ares uz

Multidisciplinary Scientific Journal

September, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.