Научная статья на тему 'BEHI O’SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI'

BEHI O’SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1573
81
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
behi / ranoguldoshlar / rosaceae / shilliq eritma / dori tayyorlanish jarayoni / pectin / fruktoza. / quince / daisies / rosaceae / mucous solution / drug preparation process / pectin / fructose.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Anvarbek Nishonboy O’g’li Ibrohimov, Madina Ilhomjon Qizi Rahimjonova

Maqolada behi o’simligining biologik xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, ranodoshlar oilasiga mansub jihatlari, xalq tabobatida shifobaxsh tomonlarining ayrim jihatlari, dori tayyorlash jarayonlaridagi ishtiroki yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The article describes the biological properties of the quince plant, its composition, aspects of the genus Quince, some aspects of its medicinal properties in folk medicine, its participation in the preparation of drugs.

Текст научной работы на тему «BEHI O’SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021

ISSN: 2181-1601

BEHI O'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

Anvarbek Nishonboy o'g'li Ibrohimov Madina Ilhomjon qizi Rahimjonova

NamDU o'qituvchisi Kosonsoy tumani 18-sonli maktab

o'quvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada behi o'simligining biologik xususiyatlari, tarkibiy tuzilmasi, ranodoshlar oilasiga mansub jihatlari, xalq tabobatida shifobaxsh tomonlarining ayrim jihatlari, dori tayyorlash jarayonlaridagi ishtiroki yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: behi, ranoguldoshlar, rosaceae, shilliq eritma, dori tayyorlanish jarayoni, pectin, fruktoza.

BEHI O'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINING ILMIY ASOSLANGANLIGI VA XALQ TABOBATIDAGI AHAMIYATI

ABSTRACT

The article describes the biological properties of the quince plant, its composition, aspects of the genus Quince, some aspects of its medicinal properties in folk medicine, its participation in the preparation of drugs.

Keywords: quince, daisies, rosaceae, mucous solution, drug preparation process, pectin, fructose.

O'simlik tasnifi: ranoguldoshlar - "Rosaceae" oilasiga mansub, boyi 1.5-6 m gacha etadigan daraxt. Tanasi qorantir kulrang postloqli, ser shoh. Kesib turilmasa, ildiz ko'plap bachikli novdalar chiqarib kedadi. Dastlab ular ko'z ilg'amas mayda tukli bo'ladi, ammo keyinchalik ular to'kilib ketib, yalang'och mayda tukli bo'ladi, barglari tuxumsimon yoki cho'ziq tuxumsimon, pastgi tomoni sertuk, kulrang, usti to'q yashil, qisqa bandi bilan poya va shoxlarida ketma-ket joylashgan. Gullari och pushti, besh bo'lakli, yakka, yirik, gul kochasasi mevasi uchida saqlanib qoladi. Mevasi har xil shaklda katta kichikligi har xil. Sariq, to'q sariq, bazan qizg'ish, beshta uychasida urug'i joylashhgan. Behi suvsiz, shirin burushturuvchi ta'mga ega bo'lib, hidi yoqimli. Aprel oyida gullab oktyabr - noyabrda mevasi pishib yetadi.

Geografik tarqalishi, behi O'rta osiyo, Qirim va boshqa yerlarda mevali daraxt sifatida o'stiriladi. Hozirgi vaqtda uning bir qator yangidan-yangi navlari yetishtirilib behizorlar tashkil qilingan.

Xalq tabobatida mevasining o'zi va urug'i ishlatiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601

Kimyoviy tarkibi va ishlatilishi. Urug'i tarkibida 20% gacha shilliq modda 0,58% amygdalin glikozidi 8,15% yog' va boshqa birikmalar bor. Yetilgan mevasi tarkibida 10% gacha qandlar (6,2% fruktoza), 5% atrofida pectin va 0,6 % oshlovchi moddalar, 3% dan ortiqroq organik (olma, vino va limon) kislotalar, efir moyi,10-20 mg vitamin C, temir, MS tuzlari va boshqa birikmalar bo'ladi .

Urug'ining qaynatmasi o'rab oluvchi vosita sifatida meda va ichak devorlari tasirlanashini kamaytirish hamda dori moddalarning so'rilishini [shimilinishini] cho'zishda qo'llaniladi. Bundan tashqari, qabziyatda, sudurgi, nafas yo'llari kasilliklarida (ayniqsa bolalar kasallanganda) ko'krakni yumshatuvchi va balg'am ko'chiruvchi dori sifatida ishlatiladi.

Behi mevasi xalq tabobatida turli kasalliklarni davolash uchun qadimdan ishlatib kelinadi. Behi mevasining damlama va qaynatnatmasini Abu Ali Ibn Sino ich ketish, qon aralash ich ketish kasalliklarini davolashda ishlatgan. Ishtaha ochuvchi, burushtiruvchi va siydik xaydovchi dori sifatida ichishda bergan. Meva shirasi bilan qon tupurish, astma va boshqa kasalliklarni, urug' qaynatmasi bilan o'pka va yuqori nafas yo'llari kasalliklarini davolagan.

Behi mevasi qaynatmasi hamda dimlab pishirilgan behi jigar, qon tupurish, yo'tal va boshqa ko'krak kasalliklarini davolash, ovqat hazmini yaxshilash, qusish va qonoqishini to'xtatish uchun ishlatiladi. Shu bilan birga undan yana siydik haydovchi va burushturuvchi vosita sifatida urug' qaynatmasidan esa ich etish, qon tupurish va bachadondan qon oqishini to'xtatish maqsadida foydalaniladi.

Oziq-ovqat sanoatida behi mevasidan murabbo, kompot va konservalar tayorlanadi.

DORI TAYORLASH VA FOYDALANISH.

1. Behi dimlamasi tayyorlash uchun uning mevasi uchki tomondan ozgina o'yiladi va urug'i olib tashlanadi. Hosil bo'lgan kovakchaga sariyog' yoki asal (har ikkalasi bo'lsa yana ham yaxshi), dumba yog'i solib duxovkaga to hil-hil bo'lib pishib yetulguncha qo'yib qo'yiladi. Uni kunda, kun ora kechquron ovqatdan oldin yeb turish yaxshi foyda qiladi.

2. Urug'idan yelimshak (shilliq eritma) tayorlash uchun esa 5 g (1 qoshiq) behi urug'ini 1 l qaynab turgan suvga solib damlanadi. Hosil bo'lgan yelimshak eritmani ichak yo'llarini yumshatish uchun har kuni bir piyoladan 3-4 mahal ichiladi. Dokani unga botirib kuygan joyga ko'yilsa, o'g'riqni qoldirib tuzalishini tezlashtiradi.

BEHI MEVASINING FOYDASI.

Behi mevalarining shifobaxshligi qadim zamonlardan ma'lum. O'simlik mevalari tarkibida 12% ga qadar qand, 5%ga yaqin organik kislotalar (olma, uzum, limon kislotalari), efir moylari, pekting va oshlovchi moddalar vitamin C, temir, mis, kalsiy tuzlari mavjud. Behi urug'larida 20% ga qadar shilliq, glikozid aigdalin, 8% dan oshiq moy, bo'yoq moddalar bor. Xalq tobobatchiligida behi mevasining sharbati bilan,

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 ISSN: 2181-1601

astma, yurak, sariq, fiqichoq, qorin og'rig'i izenteriya kasalliklarini davolashgan. Bundan tashqari behidan bedarmondlik, kamqonlik, yo'tal, me'da jigar va buyrak kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan.

Abu Ali ibn Sino behi mevasidan tayyorlangan damlamani dizenteriya, yog'on ichakning yallig'lanishing davolashda, behi shirasi bilan astma, qon tupurish va qayd qilishni to'xtatishda chanqoq hamda miya og'rig'ni qoldirishda ishlatgan. Behi urug'i asosida dori-darmon tayyorlab o'pka va nafas yo'li kasalliklarini davolagan. Xalq tabobatida behi urug'i bilan sharbatining qaynatmasi kamqonlikda, ich burug'da, bavosil kasalliklarini davolashda yaxshi ta'sir qiladi. Ilmiy medetsinada behi urug'idan tayyorlangan qaynatmadan ko'z shamollaganda davo sifatida ishlatiladi.

Behi mevasi tarkibida temir moddasi borligi tufayli u kam qonlik bilan og'rigan bemorlarga juda foydalidir. Behidan turli shirinliklar tayyorlanadi, oziq-ovqat sanoatida konservalar ishlab chiqariladi. O'zbekiston sharoitida yetishtiriladigan behi navlari quyidagilardan iborat: behi, nonbehi, quva behisi, nok behisi.

BEHIDAN FOYDALI DAMLAMALAR

Qadimgi tabiblar bepushlikda behi sharbati bilan davolashni tavsiya etishgan. Unga ko'ra, sharbat yangi oy chiqqanidan boshlab 20 kun davomida har kuni kechqurun bir osh qoshiqdan ichiladi.

Behi barglari qaynatib tindirilgan suv bironxial astma xurujini yengillatishga va hatto to'xtatishga da'vo bo'ldi. Buni tayyorlash uchun behining 5 gr bargi ustiga 1 l qaynoq suv quyiladi, 15 daqiqa past olovda qaynatiladi, barglarning siqib olib tashlanadi. Ikki osh qoshiqdan kuniga ovqatlanishdan oldin 3-4 mahal ichiladi. Bu qanyatmani muzlatgichda uch kungacha saqlash mumkin. Undan ko'p vaqt otsa, eskirib, ta'siri qolmaydi

Behining urug'I va barglaridan namlangan choy buyrak kasalaklarida peshop xaydovchi vositadir. Behining quritilgan barglaridan bir osh qoshiq olinadi, urug'idan ham shuncha miqdor qo'shiladi, ustidan 200gr qaynagan suv quyib, past olovda 5-6 daqiqa qaynatiladi, tindirib, dokadan o'tkazib, tabga ko'ra asal qo'shiladi. Kuniga uch-to'rt mahal bir osh qoshiqdan ichiladi.

ZARARLI TOMONLARI HAM BORMI?

Behining shifobaxsh xususiyatlari bilan bir qatorda ba'zi zararli xususiyatlari ham bor. Uning mevasi va urug'I biriktiruvchi va mustahkamlovchi faolligi bilan ajralib turadi. Kolid va oshqazon yarasi bor kishilarda behi ichak va yumshoq qobiqda tiqilma va sipazmani yuzaga keltirishi mumkin.

Shuningdek, pleyvird va qabziyatda behi iste'mol qilinmaslik lozim bo'ladi. Mevasi mayda tuk bilan qoplangani sababli, po'sti artilmasdan iste'mol qilinganda ovoz pardalariga va halqumiga zararli bo'lib, kishini yo'taltirib, tomog'ida ko'ngilsizlik uyg'otadi. Shu sababdan artilmagan yangi behini notiqlik bilan bog'liq kasb egalariga iste'mol qilishdan tiyilish tavsiya etiladi.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601

BEHI HAQIDAGI QIZIQARLI FAKTLAR.

1. Behi qadimgi meva hisoblanadi. Uni odamlar 4 ming yil oldin yetishtira boshlaganlar.

2. Behi yetishtirish bo'yicha dunyoda Turkiya yetakchi o'rinni egallaydi.

3. Behining mevalar va o'simliklar orasida yaqin qondishi yo'q.

4. Pishgan behining 10% qismi shakardan iborat.

5. Behi daraxti uzoq vaqt suvsiz yashay oladi.

6. Bitta behining vazni 2kgramgacha yetishi mumkin.

7. Behi yovvoyi tabiat qo'ynida ham uchraydi. Ammo daraxtda bir nechtagina meva mavjud bo'ladi. Ularning vazni 100grdan oshmaydi.

8. Behi danagining 20% shimilshiqdan tashkil topkan.

9. Behi mevasi, danagi va barglari tibbiyotda keng qo'llaniladi.

10. Navidan qat'iy nazar behi mevasi goh nok, goh olma shaklida bo'ladi.

12. O'z davrida Shikspir ham behini oshqazon faoliyati buzilishiga qarshi ajoyib malham sifatida qadrlagan.

13. Yaqin Sharqda behi urug'ini qaynatib, undan angina, oshqazon yarasi, tomoq og'rig'iga qarshi dori sifatida foydalanishadi.

14. Muhabbat ilohasi sanalmish afrodina behining ehtiroz mevasi deb atalgan.

REFERENCES

1. Pratov О', Shamsuvaliyeva L. va boshqalar. "Botanika". darslik. Toshkent 2010 28.5 V80 U-7056 94

2. G.S.Tursunboyeva, G.M.Duschanova, A.T.Abdullayeva, J.S.Sadinov Botanika o'simliklar morfologiyasi va anatomiyasi (darslik) darslik Toshkent 2019 28.5 U-8423 20.46 14

3. Мустaфaев С.М. "Ботаника" Дaрслик Тошкент 2002 28.5 М91 У-5807/11 100

4. Toshmuxamedov R.I. "O'simliklar sistematikasidan amaliy mashg'ulotlar" o'quv qo'llanma Toshkent 2006 28.59T78 U-6419/55 50

5. Тухтаев А.С "Усимликлaр aнaтомияси Ba морфологияси" Мaърузa мaтни Toshkent 2001 28.56 Т98 009486/11 10

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.