Научная статья на тему 'ARTISHOK-CYNARA SCOLMYMUS L. O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANILISHI'

ARTISHOK-CYNARA SCOLMYMUS L. O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

880
141
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
acteracea oilasi / cynara–scolymus / cynara turkumi / dicotyledones sinfi / angiospermae bo„limi / flora / Acteracea family / cynara-scolymus / cynara family / dicotyledones class / Angiospermae division / flora

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Dildora Оdilbek Qizi Ergasheva, Baxtiyor Ramazonovich Ramazonov

Maqolada Artishok o„simligining kelib chiqishi, tarqalishi, anatomiyasi, morfologiyasi, ko„payish usullari, xalq tabobatidagi foydali xususiyatlari, qadim zamonlarda xalqlarninig bu o„simlik turidan qay darajada foydalanilganliklari kabi ma‟lumotlar hamda bugungi kunda jamiyatimizda va jahonda dorivor o„simliklarga juda katta e‟tibor qaratilayotganligi, o„rmon xo„jaligi davlat qo„mitasi huzurida davlat muassasi shaklidagi dorivor o„simliklarini yetishrirish va qayta ishlash ilmiy–ishlab chiqarish markazi tashkil etilganligi va hokazolar to„grisida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES AND APPLICATIONS OF ARTISHOK-CYNARA SCOLMYMUS L. PLANT

The article provides information on the origin, distribution, anatomy, morphology, methods of reproduction of artichoke plants, useful properties in people medicine, the extent to which this species was used by peoples in ancient times, as well as medicinal plants in our society and the world today. Great attention is paid to the establishment of a research and production center for the cultivation and processing of medicinal plants in the form of a state institution under the State Committee for Forestry, and so on.

Текст научной работы на тему «ARTISHOK-CYNARA SCOLMYMUS L. O‘SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA QO‘LLANILISHI»

ARTISHOK-CYNARA SCOLMYMUS L. O'SIMLIGINING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA QO'LLANILISHI

Dildora Odilbek qizi Ergasheva

Toshkent viloyati Chirchiq Davlat pedagogika Instituti talabasi

Baxtiyor Ramazonovich Ramazonov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti Instituti dotsenti

ramazonov_74 @mail.ru

Alisher Nuralievich Xujanov

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti dotsenti

ANNOTATSIYA

Maqolada Artishok o'simligining kelib chiqishi, tarqalishi, anatomiyasi, morfologiyasi, ko'payish usullari, xalq tabobatidagi foydali xususiyatlari, qadim zamonlarda xalqlarninig bu o'simlik turidan qay darajada foydalanilganliklari kabi ma'lumotlar hamda bugungi kunda jamiyatimizda va jahonda dorivor o'simliklarga juda katta e'tibor qaratilayotganligi, o'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi huzurida davlat muassasi shaklidagi dorivor o'simliklarini yetishrirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etilganligi va hokazolar to'grisida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: acteracea oilasi, cynara-scolymus, cynara turkumi, dicotyledones sinfi, angiospermae bo'limi, flora.

MEDICINAL PROPERTIES AND APPLICATIONS OF ARTISHOK-CYNARA

SCOLMYMUS L. PLANT

Dildora Odilbek kizi Ergasheva

Tashkent region Chirchik State Pedagogical Institute student

Bakhtiyor Ramazonovich Ramazonov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Natural Sciences,

Department of Biology, (PhD) ramazonov_74 @mail.ru

Alisher Nuralievich Xujanov

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region, Faculty of Natural Sciences

Department of Biology, (PhD) plant_74 @mail .ru

ACADEMIC RESEARCH IN EDUCATIONAL SCIENCES VOLUME 2 | SPECIAL ISSUE 2 | 2021

ISSN: 2181-1385

Scientific Journal Impact Factor (SJIF) 2021: 5.723 ABSTRACT

The article provides information on the origin, distribution, anatomy, morphology, methods of reproduction of artichoke plants, useful properties in people medicine, the extent to which this species was used by peoples in ancient times, as well as medicinal plants in our society and the world today. Great attention is paid to the establishment of a research and production center for the cultivation and processing of medicinal plants in the form of a state institution under the State Committee for Forestry, and so on.

Keywords: Acteracea family, cynara-scolymus, cynara family, dicotyledones class, Angiospermae division, flora.

KIRISH

Teofrastning eramizdan oldingi (341 yil) oldin ma'lumotlarida artishok Yunoniston va Sisiliyada juda qadimdan madaniy holda ekib kelinayotgan o'simliklardan biri ekanligi qayd etilgan. Dioskorid, Galen, Ateniylar fikricha, Gresiyada bir qancha grek yozuvchilarining asarlarida artishok ancha qadimdan ma'lum bo'lganligi ko'rsatilgan.

Artishokni keng holda madaniylashtirish O'rta yer dengizi atrofi mamlakatlaridan Ispaniya orqali Meksikaga o'tgan. U ekvatorga yaqin Chili, Peru va Braziliya hamda Argentinaning ba'zi bir rayonlarida odatiy sabzavot ekini sifatida ekib kelingan. So'ngi 100 yillikda AQSHda artishokni madaniylashtirish ustida bir necha urinishlar bo'lgan. Dastlab u Yangi Orleanadan Nyu-Yorkkacha bo'lgan maydonlarda, so'ngra XIX asrda Kaliforniyada ekila boshlangan va uni o'stirish bilan jiddiy shug'ullanish avj oldi. Masalan, 1904 yildan boshlab artishok sanoat xomashyosi sifatida ekilib, maydoni 4,800 gektargacha yetkazilgan.

Fransuz olimi Pirre Lebovenerning fikricha, artishok O'rta yer dengizi atrofidagi mamlakatlarda tabiiy sharoitda o'sgan. Faqat XV asrdan bu o'simlik madaniy holda ma'lum bo'lganligi, Italiyada 1446 yildan buyon ekib kelinayotganligi, Fransiyaga XVI asrda, Angliyaga esa 1550 yildan keyin tarqalgani haqida yozib qoldirgan. Fransuz olimi Ravel esa artishok XV asrda Italiyadan Yevropaning boshqa mamlakatlariga tarqalgan, 1830 yili Rossiyada ekilganligi va o'sha vaqtlar yiliga 32 ming tonnagacha artishok savatchasi yig'ib olinganligi ma'lum deb yozadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

A.A. Tavernete fikricha, artishok bundan 2000 yil muqaddam sabzavot o'simliklari orasida keng tarqalgan. Italiyada (Rim imperiyasi) 5000 yildan buyon artishokni madaniy o'simlik sifatida ekib kelmoqdalar. Artishok haqidagi dastlabki ma'lumot eramizdan avvalgi 100 yillarga to'g'ri keladi.

Artishok Rossiyaga 1715 yilda Gollandiyadan keltirilib ekila boshlangan. Lekin u Rossiya iqlimiga moslashmaganligi tufayli keng tarqalmadi. XX asr boshlarida artishok Qora dengiz hududlarida asosan manzarali o„simlik sifatida oz miqdorda ekilgan. M.A. Ragimovning ta'kidlashicha, artishok Ozarbayjonga birinchi marta manzarali o„simlik sifatida 1914 yilda keltirilgan, 1943 yildan boshlab esa, sabzavot o„simligi sifatida madaniylashtirilgan.

Jamiyatimizda va jahonda dorivor o„simliklarga juda katta e'tibor qaratilmoqda, chunonchi ularni ko„paytirish, tarqalgan joylarini aniqlash hamda foydali xususiyatlarini aniqlash, ularni tabiatga tadbiq qilish chora tadbirlari bo„yicha qarorlari tasdiqlangan. Shuningdek, O„rmon xo„jaligida davlat qo„mitasi, Qishloq xo„jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, sog'liqni saqlash vazirligi va fanlar akademiyasining "Shifobaxsh dorivor o„simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida O„rmon xo„jaligi davlat qo„mitasi huzurida davlat muassasi shaklidagi dorivor o„simliklarini yetishrirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish to„g„risida qarori mavjud. Shuningdek o„rmon xo„jaligida davlat qo„mitasi, Qishloq xo„jaligi vazirligi, Innovatsion rivojlanish vazirligi, Sog„liqni saqlash vazirligi ba fanlar akademiyasining "Shifobaxsh dorivor o'simliklarni yetishtirish va qayta ishlash markazi negizida O„rmon xo„jaligi davlat qo„mitasi huzurida davlat muassasi shaklidagi dorivor o„simliklarni yetishrirish va qayta ishlash ilmiy-ishlab chiqarish markazi tashkil etish to„g„risida"gi qarori tasdiqlangan.

Amerikalik faylasuf Ralf Emersanning so„zlariga muvofiq har qanday begona o„t qadr qimmatga ega bo„lgan o„simlikdir. Artishoklar VIII-asrda Rossiyaga Gollandiyadan keltirilgan. Bu o„simlikning tug„ilgan joyi Kaneyeriklar orollari hisoblanadi. Klassfikatsiyasi Tur-species-cynara; scolymus; Turkum-Genus-cynara Oila-Family-Asteraceae Sinf-clases-Dicoltyledones (ikki urug„ pallalilar). Bo„lim-Divisio-Angiospermae (yopiq urug„lilar) turkumiga mansub o„simlik hisoblanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Artishokning yer ustki massasi yirik o„simlik bo „lib uning balandligi va kengligi 2metrga yetishi mumkin. Uning erta navlari "erta binafsharang", o„rta navlari-chiroyli qurmon "sulton" va kech navlari mavjud. Gullari savatga o„xshaydi, ko„k rangli ranglar bor, bir boshining diametri 8 smdan 25 smgacha, og„irligi esa 200 g gacha bo„lishi mumkin. Artishokning jami 140 dan ortiq turlari mavjud. Bu o„simlikning hamma navlarining uchdan bir qismi iste'molga yaroqli Artishok o„simligining yaproqlardagi barmoqlarning mavjudligi yoki yo„qligi bilan ajralib turadi. Artishokni o„stirish uchun begona o„tlardan tozalash va tez-tez sug„orish zarur. Artishokni o„stirishda o„stiroyatgan tuproqning namlik bilan

ta'minlanganligiga, organik moddalarga boyligiga e'tibor qaratishimiz kerak. O'stirayotgan zonamiz shimoliy shamollardan himoya qilinishi kerak. Tuproq yaxshi isitilganda ekiladi. Bu vaqt may oyining o'rtalariga to'g'ri keladi. Sovuq hududlarda qishlash paytida er ostidagi artishok muzlaydi, shuning uchun uni ko'paytirishda ko'chatlar orqali yetishtiriladi. Rossiyaning Janubiy viloyatlarida va Ukrainada Artishok ochiq maydonda 3-4 yilda maksimal mahsuldorlikka yetadi. Qishlashdan oldin 25 sm balnadlikda gumus, quruq barg bilan qoplangan, somon chiqib ketishi bilan kesiladi. Ekishda 30-35sm gacha chuqurliqda qazilgan bo'lishi kerak. Qo'shimcha ravishda superfosfat yoki NH4NO3 qo'shish maqsadga muvofiqdir. Ko'chat olish uchun olingan urug'lar 2,5 sm chuqurlikda ko'miladi O'simlik o'sishi uchun teshiklar orasidagi ma'sofa 60 sm bo'lishi kerak. Bu o'simlikni urug'idan ham ko'paytirish mumkin. Sotib olingan urug'lar 6-8 soat davomida namlanadi. Ekish uchun 15 sm uzunlikdagi urug' olish kerak. Ekkandan so'ng zaharli hasharotlardan himoya qilish kerak. Bu o'simlikning o'zi ham arabchadan tarjima qilinganda "artishok-tuproqli tikan" degan ma'noni anglatadi. Artishok o'simligiga sabazavot o'simligi sifatida qarashimiz maqasadga muvofiq bo'ladi. Bu o'simlikda A, B1, B2, B6, B9, PP, C, E va K vitaminlari mavjud. Artishok oson parchalandigan diatali sabzavot bo'lib-1darajaga bo'lgan haroratda nobud bo'ladi. Artishokdan tibbiyotda diuretik, xoleretik, veantiroleatik dorilar sifatida ishlatiladi. XIX asrga qadar artishok sariqlik, shilliq, yurak-qon tomir kasalliklarini davolash uchun asosiy manba bo'lgan. K vitaminga boy bo'lgani uchun qon ketishining oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblanadi. Artishok Janubiy, Markaziy Evropa, Janubiy Amerika, Shimoliy Afrika va Avstraliyada keng tarqalgan. Yosh artishoklarning barcha a'zolari, kattaroqlarini esa barglari va go'shtli dukkaklari iste'mol qilinadi. Gullari iste'mol qilinmaydi. Ildizi barglari tibbiyotda qo'llaniladi. Artishok siydik yo'llari, ich qotish kassaliklarida, buyrak va jigarni tozalashda keng foydalaniladi. Rimda Artishok boylarning taomi hisoblangan. Askarlarga iste'mol qildirilgan va kuchlarning to'planishiga yordam bergan. Tarkibida yana insulin, karatin, vitamin c kabi mahsulotlar bo'ladi.

Artishok o'simligi ustida olib borilgan ilmiy tadqiqotlar natijasi shuni ko'rsatadiki bu o'simlikni o'z vatanimizda ham yangi navlarni yaratish, yangi ko'paytirish usullarini o'rganishimiz zarur. O'simlikning dorivor xususiyatlarni tibbiyotda tadbiq etishimiz kerak.

Cynara L. (Artishok) turkumi qoqio'tdoshlar (Asteraceae) oilasiga mansub ko'p yillik o'simlikdir, uning 11 turi ma'lum. Shu turlardan biri - Cynara scolymus L. dir (tikanli artishok). Artishokning vatani O'rta yer dengizi mamlakatlari hisoblanib, eramizdan 600 yillar ilgari Misrda foydali o'simlik sifatida keng ishlatilgan. Uning

yovvoyi turlari, ayniqsa Kanar orollari, Afrikaning shimoliy qismida, madaniy holda esa Yevropa va janubiy mamlakatlarda ko'p uchraydi.

Cynara (L.) turkumi birinchi marta 1753 yilda K. Linney tomonidan aniqlanib fanga kiritilgan. S.G. Tamamshyan ma'lumotiga ko'ra, artishok turkumi 11 turni o'z ichiga olib, ular asosan O'rta yer dengizi atrofida va Kanar orolida, Janubiy Amerikada keng tarqalgan. Ayrim turlari G'arbiy Yevropa mamlakatlari va Markaziy Amerikada madaniy holda uchraydi.

Tikanli artishok Cynara scolymus L. - vatanida hozirgi davrda yovvoyi holda uchramaydi. U yerda uning ajdodi-kardon yoki Ispan artishok (C. cardunculus) o'sadi. Ikkala tur ham janubiy Yevropada sabzavot ekini sifatida o'stiriladi. Lekin MDH da juda kam maydonlarda madaniy holda ekiladi.

D.J. Mabberleyning ma'lumotiga ko'ra artishokning yer yuzida 10 turi ma'lum, shundan Yevropada 7 turi mavjud. Artishok Rossiyaga XVII asrda kelib qolganligini, uni Moskva atrofidagi sabzavotkorlar issiqxonalarda o'stirib hosil olganliklarini, keyinchalik esa Moskvadan Kiyev, Odessa, Nijniy Novgorod, SankPeterburg, Rostov, Yaroslavl kabi guberniyalarga ham tarqalganligi qayd etilgan. 1918 yili Peterburg sabzavotkorlari artishokdan yuqori hosil olib, uni sentyabr-oktyabr oylarida bir necha tonnalab sabzavot bozorlariga chiqarib sotilgani bayon qilingan. 1914 yilda Rossiyada artishokning urug'i bo'lmaganligi sababli o'stirish to'xtab qoladi. Uning urug'i Yevropa mamlakatlari ayniqsa, Fransiya, Italiya, Portugaliyadan keltirilar edi. 1942-1944 yillarda Maykopda (Sobiq ittifoq sabzavotchilik tajriba stansiyasida) artishokning urug'chiligi va seleksiyasi bilan shug'ullana boshlandi. Natijada artishokning yangi navi yetishtirildi. Lekin urush davrida bu nav ham yo'qolib ketdi va artishok urug'ini yetishtirish ishlari to'xtab qoldi. Keyinchalik K.A. Timiryazev nomli Qishloq xo'jalik akademiyasi qoshidagi sabzavotchilik stansiyasida artishok o'stirishni qaytadan tiklash maqsadida, urug'chilik va agrotexnika ishlari amalga oshirila boshlandi. Moskva atrofidagi xo'jaliklarda ekilib, ishlab chiqarishga joriy etildi. Subtropik o'simligi hisoblangan artishok uchun Rossiya sharoiti noqulay bo'lganligi sababli uni faqat issiqxonalarda o'stirish imkoniyatiga ega bo'ldilar. Uning ildizi qishda yerto'lalarda saqlanib, bahor kelishi bilan tashqariga chiqarib ekilgan va vegetativ yo'l bilan ko'paytirilgan. Artishok hozirgi vaqtda mo'tadil subtropik iqlimga ega bo'lgan Kavkazorti davlatlari, Qora dengiz atrofida ko'p yillik o'simlik sifatida o'stirilmoqda.

XULOSA

Madaniy holda u dastlab Sisiliya, keyinchalik Gretsiya va Italiyada tarqalgan. Eramizdan 77 yil avval rimlik olim Pliniy artishokni yerdagi "bahaybat maxluq" deb

atagan. Yil davomida badavlat rimliklar artishokning bargini ko'proq asalga aralashtirib, sirkaga solib yeyishgan. Eramizdan 800 yil avval shimoliy Afrikalik murlar Grenada va Ispaniya yaqinida artishokni yetishtirishni boshlagan. Boshqa qabilalar - arablar, sarasinlar artishok bilan Sisiliyada tanishishgan. Artishok arabcha «Al-karshuv» so'zidan olingan bo'lib, "yertikan" degan ma'noni bildiradi. Artishokni Kaliforniyaga 1600 yilda ispaniyaliklar keltirgan, lekin u keng tarqalmagan. 1922 yilda Andru Molera Kaliforniyadagi Salina vodiysida, San-Fransiskoning janubiy tomonida fermerlarga yer ajratib bergan. Shu vaqtgacha bu yerlarda qand lavlagi yetishtirishgan, lekin artishokni yetishtirish kam xarajatli bo'lgani uchun fermerlar Mollerga uch barobar kam haq to'lashi mumkin bo'lgan. Kaliforniyada o'stiriladigan artishok plantasiyalarining o'rtasida joylashgan Kastrovil shahrida artishokni qayta ishlaydigan zavod qurilgan.

REFERENCES

1. Amirov B.A.Artishok qimmatli ozuqa o'simlik - Toshkent, fan 1976-17.

2. Namozova Z.B Artishok ko'p tomonlama foydali o'simlik. Ilmiy zakovatimiz senga Ona - vatan: // ilmiy - amaliy anjumani materiali Farg'ona, 2002- B 13 -14

3. Tamashshun S.G Artishok - Cynara L. / Flora SSSR. T.XXVIII - l izd AN SSSR.1963 - S- 225 - 226.

4. Normurodov X.N., Nomozova Z.B., Artishokning (cynara ) Samarqand viloyati sharoitida ba'zi bir biologik xususiyatlari // O'zb biol. jurnal.- Toshkent 2001 - No 4 -B 41 - 44.

5. Ashurmetov A.A. Metodika izucheniya semennoy produktivnosti rasteniy na primer vidov roda Glycyrrhiza L .// Uvelichinie kormoproizvodstva na nauchnoy osnove. - Tashkent, 1982. -S. 50-51.

6. Amirov B.A. Artishok Qimmatli ozuqa. - Toshkent, Fan, 1976. - 17 b.

7. Lukanets V.N. Taqvim ogorodnika. - Alma-Ata: Qayner. Sarjaylov, 1992. -S.57-59.

8. Medvedov P.F., Smetannikova A.I. Kormoviye rasteniya Evropeyskoy chasti SSSR. Spravochnik. - L .: Kolos, 1981. -S.21-22.

9. Nomozova Z.B. Biologicheskie osobennosti Cynara scolymus L. v usloviyax Samarqandskoy oblasti. Razvitie botanicheskoy nauki v Tsentralnoy Azii i eyo integratsiya v proizvodstvo: Materyali mejdunarodnoy nauchnoy konferentsiya. -Tashkent, 2004. - S. 175-177.

10. Nomozova Z.B. Cynara scolymus L. -stiqbolli o'simlik. Fan yutuqlari va qishloq xo'jaligini rivojlantirish istiqbollari: Ilmiy - amaliy anjuman materiallari. -Samarqand, 2005. - B. 49-50.

11. Nomozova Z.B. Samarqand viloyatida sharoitida Cynara scolymus L. tupgullarining morfologik xususiyatlari. Botanika, ekologiya, zamonaviy mavzular: Xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya materiallari. - Andijon, 2007. - B. 105-107.

12. Normormodov X.N., Nomozova Z.B. Artishokning (Cynara L.) Samarqand viloyati sharoitida bazi bir biologik xususiyatlar // O'zb. biol. jurn. - Tashkent, 2001. -№4 - B.41-44.

13. Ragimov M.A. Artishok // Kolxozno - sovxoe proizvodstvo // - Tadjikistana, 1969. -№4. -S.18-19.

14. Ragimov M.A. Pyaty simozium po novym silosnym rasteniyam. Chast 1. -L .: Nauka, 1970. -S.42.

15. Xaydarov R.S. Qishni menisimaydigan artistshok // Fan va hayot. - Tashkent, 1971.-№6. - S.8-9.

16. Xaydarov R.S. Artishok // Selskoe xozyaystva Uzbekistana. - Tashkent, 1971. -№10.- S.50-51.

17. Xanlarova A.G., Ragimov M.A. Artishok, kak maslichnoe rastenie // AN AzSR. -Baku, 1951. T.7. -№2.- S.69-71.

18. Chikov P.S., Laptev Yu.P. Vitaminnye va lekarstvennye rasteniya. - M .: Kolos, 1976.- S.58-319.

19. Hamdamova E.I., Nomozova Z.B., Qurbonova G. Adirlarda yasov tashkil etishni texnologik usullari. // Dostijeniya biotexnologii i budushchee chelovecestva. -Samarqand, 2001.- S.75.

20 .. Foury C. Etude de biologie florale de Partichaut (Cynara scolymus L.); dastur tanlovi. Ann. Amelior. Planetlar 17, 1967. - p. 357-373.

21. Ramazonov, B. R. (2021). CELSKOHOZYAYSTVENNYE KULTURY I IX PRODUKTIVNOST V NIJNE AMUDARINSKOM REGIONE. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar, 2 (1), 1001-1006.

22. Alimova, X. B., & Ramazonov, B. R. (2021). INTERFAOL TA^IM YORDAMIDA MAKTAB O'QUVCHILARINING QOBILIYATLARINI RIVOJLANTIRISH. Ta'lim fanlari bo'yicha akademik tadqiqotlar, 2 (1), 937-943.21. Uz.crushingplants .info

22.uz.yellowbread shorts.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.