Научная статья на тему 'DORIVOR SHOTARA-FUMARIA OFFICINALIS'

DORIVOR SHOTARA-FUMARIA OFFICINALIS Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
574
86
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Dorivor / o’simlik / xalq tabobati / tur / gullari / ildiz / tibbiyot. / Medicinal / herbal / folk medicine / species / flowers / roots / medicine.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Julmatova Dilnoza Ju’ratjon Qizi

Ushbu maqolada dorivor Shotara-fumaria officinalis o’simligi va uning turlari, xususiyatlari, tabiatda tarqalishi va formakologik xususiyatlari tibbiyotda qo’llanilishi va ishlatilishi xalq tabobatida qo’llanilishi usullari haqida va bu o’simlikning yurtmizda uchrashi mumkin bo’lgan turlari haqida ma’lumotlar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL SHOTARA-FUMARIA OFFICINALIS

This article is about the medicinal plant Shotara-fumaria officinalis and its species, properties, distribution in nature and pharmacological properties. data are given.

Текст научной работы на тему «DORIVOR SHOTARA-FUMARIA OFFICINALIS»

DORIVOR SHOTARA-FUMARIA OFFICINALIS

Julmatova Dilnoza Ju'ratjon qizi Samarqand davlat universiteti talabasi [email protected]

Annotatsiya: Ushbu maqolada dorivor Shotara-fumaria officinalis o'simligi va uning turlari, xususiyatlari, tabiatda tarqalishi va formakologik xususiyatlari tibbiyotda qo 'llanilishi va ishlatilishi xalq tabobatida qo 'llanilishi usullari haqida va bu o'simlikning yurtmizda uchrashi mumkin bo'lgan turlari haqida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Dorivor,o'simlik, xalq tabobati, tur, gullari, ildiz, tibbiyot.

Abstract: This article is about the medicinal plant Shotara-fumaria officinalis and its species, properties, distribution in nature and pharmacological properties. data are given.

Keywords: Medicinal, herbal, folk medicine, species, flowers, roots, medicine.

KIRISH

Aholining salomatligini saqlash va ularga kerakli bo'lgan yuqori malakali tibbiy yordamni o'z vaqtida ko'rsatish hamda kasalliklarni oldini olish tibbiyotning asosiy masalalaridan biridir. Turli kasalliklarni davolashda qo'llaniladigan dorivor vositalar o'simlik va hayvonlardan tayyorlanadi yoki kimyoviy sintez yo'li bilan olinadi. Dorivor priparatlar olinadigan dorivor o'simliklar va ularning mahsulotlarini o'rganish farmakognaziya fanining asosiy maqsadi va vazifasidir. Ma'lumki xalq tabobatida qo'llaniladigan dorivor o'simliklar soni ilmiy tibbiyotda ishlatiladiganlaridan ancha ko'p. Masalan, O'zbekiston xalq tabobatida 500dan ortiq o'simliklardan shifobaxsh vosita sifatida foydalaniladi, lekin shulardan 100 dan ortig'i ilmiy tibbiyotda ishlatiladi. Agar xalq tabobatida qo'llaniladigan o'simliklar har taraflama va chuqur o'rganilsa, ular ichidan shifobaxsh xususiyatiga ega bo'lganlarini topishimiz aniqdir. Bugun hikoya qilmoqchi bo'lgan o'simligimiz dorivorlik hususiyati mavjud bo'lgan, Shotara (Fumaria officinalis) dir.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Klassifikatsiyasi. Shotaradoshlar oilasi (Fumariaceae) Ko'knornamolar qabilasi (Papaverales) vakili hisoblanadi. Bu qabila hozirgi sistematik tahlilga ko'ra uchta: Ko'knordoshlar (Papaveraceae), Nashadoshlar (Cannabaceae), Shotaradoshlar (Fumariaceae) oilalarini o'z ichiga oladi. Ushbu o'simligimiz Shotaradoshlar oilasi, Shotora turkumi vakilidir. Shotaradoshlar oilasi (Fumariceae) 17 ta turkumga mansub 470 ta turni o'z ichiga oladi. Bu oila vakillaridan Turkiston shotarasi (Fumariola

1064

turkestanica) va Seversov burmaqorasi (Corydalis severzovi) nomli turlari O'zbekiston Respublikasi "Qizilkitobi" ga kiritilgan.

MUHOKAMA

Morfologik tasnif.

Bu oila vakillari morfologik belgilariga ko'ra ko'knordoshlarga yaqin. Dorivor Shotara poyasi ko'tarilib, tik o'suvchi bazan yotib o'suvchi, bo'yi 20-30 smgacha, kulrang-yashil mum bilan qoplangan bir yillik o't o'simlik. Barglari ildiz bo'g'zida joylashgan, murakkab, ikki-uch qirrali, bo'laklarga bo'lingan. Gullari cho'zilgan, 7-9 mm, pushti binafsha rangda, to'pguli shingilsimon. Gullari ikki tomonlama nosimmetrik (zigomorf). Gultojbarglari ikkita tashqi va ikkita ichki barglardan iborat. Ikki jinsli. May-iyun oylaridan gullay boshlab oktabroyigacha gullab meva beradi. Mevasi avgust oyidan boshlab pisha boshlaydi. Mevasi yaxlit yong'oqcha. Umumiy gul formulasi: Ca2, Co4 A6 G2.

CT

^p? i

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

Scientific Journal Impact Factor

R

VOLUME 1 | ISSUE 4 ISSN 2181-1784 SJIF 2021: 5.423

Tarqalishi: O'rta yer dengizi, Yevropa mamlakatlari va Shimoliy Afrikada keng tarqalgan. Tundra zonalarida kam uchraydi. Urug'i 3-5 yil davomida tuproqda yashovchan bo'lib qoladi. Urug'I ma'lum haroratda unib chiqadi. Optimal unib chiqish harorati 18-200C ga teng.Oziq moddalarga boy bo'lgan, yumshoq, ko'pincha past karbonatli qumli tuproqda yaxshi o'sadi. Shotara ekilsh uchun bahorgi shudgorga qatiy e'tibor berish lozim. Bitta o'simlikning maximal unumdorligi 15000 urug'gacha.

Tarkibi: O'simlikning gullagan vaqtidagi yerustki qismi dorivor homashyodir. Barglarining hidi yo'q, ammo achchiq va sho'r tami bor. Yerustki qismida 0,690,76% alkaloidlar, C vitamini, Flavanoidlar, izoviteksin, rutin, fitosterollar, organic kislotalardan fumarik kislota uchraydi. Dorivor Shotara (Fumaria officinalis) quyidagi fenolik kislota va flavanoidlardan: sinarin, ferul, izoxlorogen, xlorogen, kofein kislotalar, izoviteksin, izokersitrin uchrashi aniqlangan. Alkaloidlardan: protopin, kritopin, stilopin, skulerin, radikulit, fumarifitsin, kriptokavin, N-metilgidrastinlar topilgan.

Ishlatilishi: Qadimdan asosan an'anaviy tibbiyotda O'rta yer dengiziga yaqini mamlakatlarda foydalanilgan. Hozirgi kungi ilmiy tadqiqotlar natijalari bu o'simlikni ilmiy tibbiyot uchun muhim hisoblandi. Bolgariyada xalq tabobatida gepatit (sariq) kasalligini davolashda, terida paydo bo'lgan yaralar, toshmalar uchun foydalaniladi.

Tibbiyotda Gemeopatiyada (bunda sog'lom kishida muayyan kasallik belgisini keltirib chiqarishi mumkin bo'lgan dorilarning kichik dozasi bilan bemorlarni davolash), o't pufagi yo'llari va oshqazon ichak faoliyati buzilishi bilan og'rigan bemorlarni davolashda, ich qotishi, sistit, va bir qancha infeksiya haydovchi vosita sifatida ishlatiladi.

Tutunli ekstraktlar (ko'knordoshlar oilasining vakillarida ishlatiladigan kabi) o't yo'llarini bo'shatishda foydali tasir ko'rsatadigan faol moddalarni o'z ichiga olganligi aniqlangan, bundan tashqari mahsulot spazmlarni yo'qotadi va o't suyuqligi ajralishini tartibga soladi. O't pufagining o'tkir va surunkali kasalliklarida ushbu o'simlik ekstraktlarini tavfsiya etish mumkin. Ushbu ekstraktlar tasirida qorinning yuqori qismidagi og'riqlar yo'qoladi, istemol qilingan ozuqa yaxshi so'riladi, ko'ngil aynishi, qusish va bosh og'rig'i yo'qoladi. Sanoatda jun mahsulotlarini rangini sariq rangga bo'yashda foydalaniladi

Algaloid tutuvchi mahsulotlar bronxial astma kasalligida qo'llaniladi.Fenol saqlovchi o'simliklardan tayyorlangan preparatlar buyrak-tosh kasalligida, siydik

XULOSA

yo'llari va qovuq kasallanganda dezinfeksiya qiluvchi, siydik haydovchi dori sifatida ishlatiladi. Bulardan tashqari bod kasalligini davolashda ham foydalansa bo'ladi. Flavonoidlar asosan P vitamin ta'siriga ega bo'lib, qon tomirlarining o'tkazuvchanligini yaxshilaydi, mo'rtligini kamaytiradi. Ba'zi falavonoidlar o't va siydik haydash xossasiga ega. Flavonoidlar shuning uchun ayrim vaqtlarda qon bosimni pasaytiruvchi, tinchlantiruvchi sifatida ham ishlatiladi.

Biz dorivor shotarani dorivorlik hususiyatini ilmiy tibbiyotdagi o'rnini yaratish va mustahkamlash, farmatsevtika sohasiga tadbiq qilish va undan yangi turdagi foydali dori vositalarni olish.

ADABIYOTLAR RO'YXATI(REFERENCES)

1. Холматов Х.Х., Ахмедов У.А., Фармакогнозия: дарслик, Тошкент, Ибн Сино номидаги НМБ, 1995.

2. Долгова А.А., Ладыгина Е.Я., Руководство к практическим занятиям по фармакогнозии., М. Медицина, 1977.

3. Хазанович Р.Л., Алимходжаева Н.З., Курс лекций по фармакогнозии с основами биохимии лекарственных растений, Ташкент "Медицина" УзССР, 1987.

4. Муравьева Д.А., Фармакогнозия, учебник, М.Медицина, 1991 И.Э.Акопов, Валенейшие отечественные лекарственные растения и их применение, -Т.Медицина, 1986.

5. Государственная фармакопея СССР: вып. 1,2 общие методы анализа лекарственное-растительное сырье, мз СССР. - 11 - е изд., доп. - М: Медицина, 1987, 1989.

6. Абу Али Ибн Сино, Тиб конунлари, II - китоб, Тошкент 1982.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.