Научная статья на тему 'SARIMSOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR'

SARIMSOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

168
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Sarimsoq / oʻtsimon / tishcha / lentasimon / efir moyi / fitonsidlar / ertapishar nav / Davlat reestiri / somonli goʻng. / Garlic / herbaceous / clove / ribbon / essential oil / phytoncides / early variety / State Register / straw manure.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jasur Baxtiyor O‘G‘Li Fayzimurodov, Dilyorbek Elyorbek O‘G‘Li Mirzaraximov, Jasurbek Ikrom O‘G‘Li Sakibayev

Hozirgi kunda organik oziq-ovqat yetishmasligi sababli ham har-xil kasalliklar ko‘payib bormoqda. Shu bois ham insonlar dori-darmonga bo‘lgan ehtiyojlari ortib bormoqda. Lekin sarimsoq piyozning qaysi kasallikga davo ekanligi ko‘pchilik bilishmaydi. Sarimsoq piyozni aholi salomatligi uchun foydali xususiyatlari va Respublikamizda yetishtirilayotgan navlarni bilib olish maqsadga muvofiq bo‘ladi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Nowadays, various diseases are increasing due to the lack of organic food. That is why people's need for medicine is increasing. But many people do not know which disease garlic and onions are a cure for. It would be appropriate to learn about the beneficial properties of garlic and onions for public health and the varieties grown in our country.

Текст научной работы на тему «SARIMSOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SARIMSOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA

YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR

Jasur Baxtiyor o'g'li Fayzimurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti j fayzimurodov91 @gmail .com

Dilyorbek Elyorbek o'g'li Mirzaraximov, Jasurbek Ikrom o'g'li Sakibayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabalari

ANNOTATSIYA

Hozirgi kunda organik oziq-ovqat yetishmasligi sababli ham har-xil kasalliklar ko'payib bormoqda. Shu bois ham insonlar dori-darmonga bo'lgan ehtiyojlari ortib bormoqda. Lekin sarimsoq piyozning qaysi kasallikga davo ekanligi ko'pchilik bilishmaydi. Sarimsoq piyozni aholi salomatligi uchun foydali xususiyatlari va Respublikamizda yetishtirilayotgan navlarni bilib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Kalit so'zlar: Sarimsoq, o'tsimon, tishcha, lentasimon, efir moyi, fitonsidlar, ertapishar nav, Davlat reestiri, somonli go'ng.

ABSTRACT

Nowadays, various diseases are increasing due to the lack of organic food. That is why people's need for medicine is increasing. But many people do not know which disease garlic and onions are a cure for. It would be appropriate to learn about the beneficial properties of garlic and onions for public health and the varieties grown in our country.

Keywords: Garlic, herbaceous, clove, ribbon, essential oil, phytoncides, early variety, State Register, straw manure.

Kirish. Muxtaram Prezidentimiz ham aynan Sarimsoq yetishtirish bo'yicha ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shu jumladan sarimsoqpiyoz yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko'paytirish, kambag'allikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni qabul qildi. [1, 6-b]

"SARIMSOQ'' (Allium sativum) foydali xususiyatlari

May 12-13

516

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Sarimsoqpiyoz o'zida fitonsidlar, efir moylari va antioksidantlarni saqlashi sabab ham, u shamollashda, qon bosimini tushirishda yordam berib, organizmning uzoq vaqtgacha yosligini saqlab qolishini ta'minlaydi.

Agarda siz allergiyadan aziyat cheksangiz, unda sarimsoqpiyozni ehtiyotkorlik bilan iste'mol qiling. Oshqozon va ichak yarasi, sariq kasalligi, epilepsiya va migren bilan og'riganlar sarimsoqpiyozni faqatgina shifokor ko'rigidan so'ng iste'mol qilish tavsiya qilinadi, chunki u kasallikni xuruj qilishi mumkin.

Sarimsoq (Allium sativum) — piyozdoshlar oilasi piyozlar turkumiga mansub ikki va ko'p yillik o'tsimon o'simliklar turi, sabzavot ekini. Vatani O'rta Osiyo, Hindiston, O'rta dengiz atroflarida, Qozog'iston, Sibir, Kavkaz va O'rta Osiyoda uchraydi. O'zbekistonda yovvoyi tog'li mintaqalarda o'sadi. Jahondagi deyarli barcha mamlakatlarda yetishtiriladi. Madaniy Sarimsoqning 2 turi mavjud bo'lib, biri gulpoya chiqarmaydi, ikkinchisi gullab, urug' hosil qiladi. Sarimsoqning O'zbekistonda tarqalgan gulpoya chiqaruvchi navlari serhosil, qishga chidamli. Bargi lentasimon, ildizi patak. Gullari mayda, ikki jinsli, qo'ng'iroqsimon, oq yoki binafsharang. Piyozi murakkab, pardasimon umumiy qobiq ichida 7-30 dona mayda piyozchalari bo'ladi. Tarkibida qand, S, V vitaminlari, efir moyi, fitonsidlar bor. Oziq-ovqatga, tibbiyotda, veterinariyada, sabzavotlarni konservalashda ishlatiladi.

Sarimsoqpiyoz boshqa sabzavotlarga nisbatan tez o'sadi. -7, -8 sovuqqa chidamli, 10-12 issiqda yaxshi o'sib rivojlanadi, 20-25° da pishib, yetiladi. Sarimsoqpiyoz ikki marta - bahorda va, asosan, kuzda ekiladi. Kuzda ekilganidan kelgusi yili bahorda hosil olinadi. Madaniy sarimsoqpiyoz urug' bermaydi, balki piyozidan tashqari gulpoyasi to'pguli 10 dan 45 tagacha poya sarimsoqchalari hosil qiladi. Sarimsoqpiyoz

May 12-13

517

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

vegetativ yo'l bilan, kuzda va bahorda piyozini bo'laklarga ajratib ekib ko'paytiriladi. 100 m2 yerga shunday piyozchalardan 10-15 kg sarf qilinadi. Sug'oriladigan unumdor yerlarga qator oralarini 45 sm, o'simlik oralig'ini 4-8 sm qilib, 4-6 sm chuqurlikka ko'miladi. Ekib bo'lingach, tuproq, somonli go'ng, chirindi bilan mulchalanadi. O'suv davrida 5-6 marta sug'oriladi, oziqlantiriladi, parvarishi piyozga o'xshash. Xom sarimsoqpiyozni ko'p miqdorda ise'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bir kunda 5 ta tishcha va undan ortiq iste'mol qilinganda, me'da qaynashi, oshqozonda noxush holatlar va meteorizmga duch kelish mumkin. Shifokorlar bir kunda 1 -2 dona sarimsoqpiyoz tishchasini iste'mol qilishni tavsiya qiladilar. Shu miqdorda ham sarimsoqpiyoz juda foydali sanaladi.

Xom sarimsoqpiyozni ko'p miqdorda iste'mol qilish tavsiya qilinmaydi. Bir kunda 5 ta tishcha va undan ortiq iste'mol qilinganda, me'da qaynashi, oshqozonda noxush holatlar va meteorizmga duch kelish mumkin. Shifokorlar bir kunda 1 -2 dona sarimsoqpiyoz tishchasini iste'mol qilishni tavsiya qiladilar. Shu miqdorda ham sarimsoqpiyoz juda foydali sanaladi. Ko'pincha sarimsoqpiyoz qurib, uchidan poyacha o'sib chiqqahniga ko'zimiz tushadi. Bu holat kuzatilmasligi uchun uni quyidagi holatda saqlash kerak bo'ladi:

Respublikasi yetishtirilayotgan navlar tavsifi.

O'zbekiston sharoitida sarimsoqdan yuqori sifatli hosil olish navlarni tog'ri tanlash-mo'l hosil yetishtirish garovi. O'zbekiston Respublikasi xududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestiriga kiritilgan sarimsoq navlarining tavsifi quyidagi jadvalda keltirilgan:

Navning O's Pishi Piyoz- Piyozbo Piyozbo Saqlani

nomi: uv b boshni sh sh shi

May 12-13

518

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

davr i, kun yetilis hi ng o'rtach a vazni, gr shakli rangi

"Yojo-fioletovi y" 9094 kechpi -shar 23-25 Yassi yumalo q Siyohra ng Yaxshi saqlanad i

"Chidam li" 95100 Ertapi - shar 15-18 Yassi yumalo q Oq- sarg'ish Yaxshi saqlanad i

"Mayisk iy VIR" 99103 Ertapi -shar 18-20 yumalo q Oq Yaxshi saqlanad i

"Mayskiy VIR" va "Yojno-fiolitoriy" navlari respublikamizning barcha viloyatlarida bir qancha yillardan buyon ekib kelinadi. Har ikki nav ham kuzgi muddatda yetishtirishga moyil, gulpoya hosil qiluvchi navlar hisoblanadi.

"Mayskiy VIR" - ertapishar nav, ammo piyoz boshlari yetilishi bilanoq yig'ishtirib olinishi maqsadga muofiq, chunki bu ish kechiktirilsa, hosil yig'ishda sarimsoq piyoz pallalariga ajralib sochilib ketadigan bo'lib qoladi, hosil sifati pasayadi. Butunittifoq O'simlikshunoslik ilmiy tadqiqot institutining O'rta Osiyo tajriba stansiyasida maxalliy navdan tanlov usuli bilan yaratrilgan. Muallif: Shukurov A.M

1978 yilda Respublika bo'yicha Davlat reestiriga kiritilgan. Ertapishare nav. Bargining rangi och yashil, eni 3sm, piyozbosh shakli yumalaoq, ba'zan yassi yumaloq. Ko'ylak qobig'i 2-3 ta binafsha rangda. Piyozbosh 15-18 ta bo'lakchadan iborat. Bo'lakchalar rangi qizg'ish. Hosildorligi gektariga 11-13 t, piyozboshning o'rtacha vazni 18-20 ta'mi achchiq. O'suv davri 99-103 kun. Ayrim belgilari: qo'rg'ochilikka, sovuqqa chidamli, yaxshi saqlanmaydi. Hasharot va kassaliklarga bardoshli.

"Yojno-fiolitoriy"- kechpishar nav, saqlanishi yaxshi. Xalq seleksiyasi navi. 1972 yildan Respublika bo'yicha Davlat reestiriga kiritilgan. Kechpishar nav. Bargining rangi och yashil, ingichka, uzunligi 30-40 sm, eni 2,02,5 sm. Piyozbosh shakli yassi yumaloq, ko'ylak qobig'i 2-3 ta,

May 12-13

519

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

rangi pushti , piyozbosh bo'lakchalari rangi sarg'ish. Xosildorligi gektariga 10-12 t. Pizobosh vazni 23-25 g, ta'mi achchiq. O'suv davri 90-94 kun.

"Chidamli"- 2016 yili sarimsoqning "Chidamli" navi Surxondaryo viloyatida ekish uchun Davlat reestiriga kiritildi. Ushbu nav ham ertapishar, hosildorligi gektariga 28-30 tonnani tashkil etadi. [3; 2, 55-b]

Sarimsoqning aksariyat navlari erta, kuzgi va qish oldi (to'qsonbosti) muddatlarda ekiladi. Ammo bahorda ekilishida yaxshi rivojlanadigan (bahorgi) navlari serhosil hisoblanadi. Sarimsoq piyoz kuzda, sentabr-oktabrning boshlarida ekiladi. Bundan kechiktirilib ekilsa , kuzda yaxshi ildiz olishiga ulgura olmaydi. Shu sababdan kishki sovuqlardan va kasaliklardan shikaslanib hosil kamayadi. Sarimsoqpiyoz asosan pallasidan ekiladi. Ekish uch-to'rt kun oldin pallalarga ajratiladi, saralanadi, kasallangan, ezilgan xamda maydalari ajratib tashlanadi. Sarimsoqni o'rtacha va o'tachadan kattaroq, yani og'irligi 2-6 gr dan kam bo'lmagan pallalari ekiladi. Shuni aytish kerakki , qancha yirik pallalari ekilsa, hosil shuncha yuqori bo'lishi tajribalarda isbotlangan.

Xulosa

Hozirgi kunda organik oziq-ovqat kamligi sababli ham har-xil kasalliklar ko'payib bormoqda. Shu bois ham insonlar dori-darmonga bo'lgan ehtiyojlari ortib bormoqda. Lekin sarimsoq piyozning qaysi kasallikga davo ekanligi ko'pchilik bilishmaydi. Shuning uchun ham muxtaram Prezidentimiz ham aynan Sarimsoq yetishtirish bo'yicha ekin maydonlari va aholi tomorqalaridan oqilona foydalanish, eksportbop qishloq xo'jaligi mahsulotlari, shu jumladan sarimsoqpiyoz yetishtirish va eksport qilish hajmlarini ko'paytirish, kambag'allikni qisqartirish va aholining moddiy manfaatdorligini oshirish borasidagi ishlarni tizimli davom ettirish maqsadida chora-tadbirlari to'g'risidagi qarorni qabul qilganlar. Sarimsoq piyozni aholi salomatligi uchun foydali xususiyatlari va Respublikamizda yetishtirilayotgan navlarni bilib olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

REFERENCES:

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "Sarimsoq piyoz xamda to'qsonbosti usulida sabzavot mahsulotlarini yetishtirish va eksport qilishni ko'paytirish chora tadbirlari to'g'risida" gi 2020-yil 15-oktabrdagi PQ-4863-son qarori.

2. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalig ekinlari davlat reestri. Toshkent, 2020 -.b .55.

May 12-13

520

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

3. Respublikasi "Oziq-ovqat qishloq xo'jaligi vazirligi" hamda "Agrobank" xamkorligida tayorlangan "100-ta kitobdan" iborat to'plami.

4. Ostonaqulov T.E., Zuyev V.I ., Qodirxo'jayev O.Q. Sabzavotchilik T., " Navzruz" 2018 - b 497- 505.

5. Fayzimurodov, J., & Sakibayev, J. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRAYOTGAN POLIZ EKINLARI VA SHU BILAN BIRGALIKDA QOVOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR. Science and innovation in the education system, 2(5), 45-50.

6. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

7. Fayzimurodov, J., & Mirzaraximov, D. (2023). OQ JO 'XORI AHAMIYATI VA RESPUBLIKAMIZDA HOZIRGI KUNDA YETISHTIRILISH SURATI. Science and innovation in the education system, 2(4), 32-35.

8. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). BEDA O 'SIMLIGINING CHORVACHILIKKA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA FOYDALI XUSUSIYATLARI. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

9. Санаев, С. Т., & Файзимуродов, Ж. (2016). Технология возделывания сортов кукурузы как повторной посевной овощной культуры.

10. Bozorov, K., & Boybo'Riyev, D. S. (2022). BEGONA O'TLARGA QARSHI KURASHISH TADBIRLARINING G 'O 'ZANING O 'SISHI, RIVOJLANISHI VA HOSILDORLIGIGA TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 572-576.

11. Bozorov, K. S. (2022). SUG 'ORISH EROZIYASIGA UCHRAGAN TIPIK BO 'Z TUPROQLAR SHAROITIDA MINERAL O 'G 'ITLARNING G 'O 'ZA HOSILDORLIGI VA SIFATIGA TA'SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 567-571.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.