Научная статья на тему 'SIZ BILMAGAN POMIDORNING FOYDALI JIHATLARI HAMDA ORGANIK QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH.'

SIZ BILMAGAN POMIDORNING FOYDALI JIHATLARI HAMDA ORGANIK QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH. Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

56
8
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Pomidor / organik / eksport geografiyasini / likopin / antioksidant / arterial qon / qandli diabet / moskit setka / Davlat reestri / Tomato / organic / export geography / lycopene / antioxidant / arterial blood / diabetes / mosquito net / State Register

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — Jasurbek Ikrom O‘G‘Li Sakibayev, Elnurbek Sobir O‘G‘Li Toshmurodov

Respublikamizda oziq-ovqat muamosi va organic 2020-2025-yillarda qishloq xo‘jaligi va o‘rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o‘tish bo‘yicha qarorlar va farmonlar keltirilgan. Bundan tashqari pomidorning foydali hususiyatlari, ochiq maydonlarda ekologik toza mahsulot olish usullari hamda pomidorning Davlat reestriga kiritilgan navlar to‘g‘risida ma’lumotlar berilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

The food problem and organics in our republic in 2020–2025, decisions and decrees on the step-by-step transition to organic production on the lands of the agricultural and forest funds are presented. In addition, useful properties of tomatoes, methods of obtaining ecologically clean products in open fields, and varieties included in the State Register of Tomatoes are given.

Текст научной работы на тему «SIZ BILMAGAN POMIDORNING FOYDALI JIHATLARI HAMDA ORGANIK QISHLOQ XO‘JALIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH.»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

SIZ BILMAGAN POMIDORNING FOYDALI JIHATLARI HAMDA ORGANIK QISHLOQ XO'JALIK MAHSULOTLARNI YETISHTIRISH.

Jasur Baxtiyor o'g'li Fayzimurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali assistenti j fayzimurodov91 @gmail .com

Jasurbek Ikrom o'g'li Sakibayev, Elnurbek Sobir o'g'li Toshmurodov

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali 1-bosqich talabalari

ANNATATSIYA

Respublikamizda oziq-ovqat muamosi va organic 2020-2025-yillarda qishloq xo'jaligi va o'rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o'tish bo'yicha qarorlar va farmonlar keltirilgan. Bundan tashqari pomidorning foydali hususiyatlari, ochiq maydonlarda ekologik toza mahsulot olish usullari hamda pomidorning Davlat reestriga kiritilgan navlar to'g'risida ma'lumotlar berilgan.

Kalit so'zlar: Pomidor, organik, eksport geografiyasini, likopin, antioksidant, arterial qon, qandli diabet, moskit setka, Davlat reestri.

ABSTRACT:

The food problem and organics in our republic in 2020-2025, decisions and decrees on the step-by-step transition to organic production on the lands of the agricultural and forest funds are presented. In addition, useful properties of tomatoes, methods of obtaining ecologically clean products in open fields, and varieties included in the State Register of Tomatoes are given.

Keywords: Tomato, organic, export geography, lycopene, antioxidant, arterial blood, diabetes, mosquito net, State Register.

Kirish. Hozirgi kunda eng dolzarb masaladan biri bu organik qishloq xo'jalikga etibor kuchayib bormoqda shuning uchun ham bir nechta Prezident qarorlari va farmonlari ishlab chiqilga. Respublikada organik va global xalqaro standartlari talablariga muvofiq mahsulot ishlab chiqarish, tartibga solish va muvofiqlashtirish tizimlarini rivojlantirish, qishloq va o'rmon xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlarini yaxshilash, eksport geografiyasini kengaytirish, shuningdek, mamlakatimizning organik mahsulot ishlab chiqarish salohiyatidan to'liq foydalanish

May 12-13

527

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

imkoniyatini oshirish 2020-2025 - yillar uchun yo'l haritasi tuzilgan.

Jahon organik qishloq xo'jaligi statistikasi bo'yicha 2019-yildagi nashrida O'zbekiston Respublikasi meva yetishtirish bo'yicha qulay sharoitga ega bo'lgan dunyodagi 10 ta davlat qatoriga kiritilgan va respublikamiz organik meva ishlab chiqarish uchun qulay yer maydonlariga ega ekanligi qayd etilgan.

2020-2025-yillarda qishloq xo'jaligi va o'rmon fondi yerlarida bosqichma-bosqich organik ishlab chiqarishga o'tishning prognoz ko'rsatkichlari Sabzavot-poliz yetishtiriladigan umumiy maydonga nisbatan 3 % gacha yer maydonlari kengayshi mo'ljangan. [1]

Quyidagilarni nazarda tutuvchi organik qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi nizom ilovasiga muvofiq tasdiqlash ham belgilangan. [2]

Shuning uchun ham hozirgi kunda eng ko'p istimol qilinayotgan sabzavot ekinlaridan bu pomidordir. Pomidor istalgan faslda do'kon rastalaridan topish mumkin bo'lgani bilan mutaxassislar tomonidan tabiiy pishib yetiladigan mavsumda yeyish tavsiya qilinadi. Chunki tabiiy yorug'lik, issiqlik va namlikda ushbu mahsulotda ozuqa moddalari to'planadi. Issiqxonada pishib yetilgan pomidor tabiiy pishgani singari vitamin va foydali moddalarga boy bo'lmaydi.

Foydali jihatlari

Pomidor o'zining boy tarkibi tufayli yurak qon tomir kasalliklarining oldini oladi. Likopinning manbayi bo'lgan ushbu mahsulot eng yaxshi antioksidant hisoblanadi va arterial qon bosimining me'yorlashtirish, aterosklerozni rivojlanishiga to'sqinlik qilish hamda qondagi "yomon xolesterinni" kamaytirish xususiyatiga ega.

Pomidor qondagi qand miqdorini nazorat qiladi, inson o'zini yaxshi his qilishiga hissa qo'shib ochlik, qandli diabet hamda boshqa surunkali kasalliklarni oldini oladi. Ushbu mahsulot tarkibida C vitamini miqdori limondagidan ham ko'proq bo'ladi. Ushbu vitamin to'qima hujayralari, milk, qon tomir hamda tish suyaklarining o'sishi va tiklanishi uchun muhim sanalib, immunitetni mustahkamlaydi. Antiokislitel va yallig'lanishga qarshi xususiyatga ega bo'lgan C vitamini hujayralarni shikastlanishdan himoya qilib, qarish jarayonini sekinlashtiradi.

Pomidorni muntazam iste'mol qilish teri holatiga ham ijobiy ta'sir ko'rsatadi. Ayniqsa, yozga xos bo'lgan jazirama kunlarida quyoshning ultrabinafsha nurlaridan zararlanish ehtimoli yuqori. Ushbu mahsulot pulpasida kartanoidlarning boyligi, terini keng spektrli ultrabinafsha nurlaridan himoya qiladi. Ammo bu SPF-kremlarni qo'llamasa ham bo'ladi degani emas.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Pomidor, hazm qilish tizimi uchun ahamiyatli bo'lgan klechatkaning koni. Uning iste'molidan keyin ichaklar perestaltikasi va ovqat hazm bo'lishi yaxshilanishiga sabab bo'ladi. Bu esa o'z navbatida teri salomatligi va inson kayfiyatiga yaxshi ta'sir ko'rsatadi. [3] Hozirgi kunda

Ochiq maydonlarda ekologik toza mahsulot olish usullari. Pomidor kuyasi ochiq dalalarda va issiqxonalardagi ituzumdoshlar oilasiga mansub madaniy va yovvoyi ekinlarni zararlaydi. Uning eng sevimli ekini pomidor hisoblanib, hosilini 100% gacha nobud qilishi aniqlangan. Bu zararkunanda o'simliklarning ko'chatligidan boshlab o'sish davrining oxirigacha, barcha rivojlanish fazalarida zarar keltirib, lichinkasi barg, poya, gul va mevaning ichiga kirib olib zararlaydi va kuchli zararlangan o'simliklar kirib qoladi. Har bir moskit setka yopilgan variantlarda (2,1 metrga x 25 metr) pomidor kuyasi (T.Absoluta)ning rivojlanishi aniqlash uchun 1 tadan feromon tutqich qo'yiladi va har 3 kunda hisob kitob ishlari olib boriladi, dalalarga kimyoviy ishlov berilmaydi. [4, 342-b; 10, 245-251-b]

Bu olimlarning pomidorni kimyoviy moddalarsiz aholiga yetgazib berishi kengroq qilib aholi xonadonlariga yetgazish va yillidan yilga zararkunandalarning ko'payib borishni oldini olish maqsadga muvofiq bo'ladi.

Ochiq maydon uchun pomidor navlari quyidagilarni tavsiya etilgan. Hozirgi kunda davlat reestriga kiritilgan Do'stlik erta pishar nav, o'suv davri 95-100 kun. Sevara erta pishar nav, o'suv davri 95-98 kun. Shafaq erta pishar nav, o'suv davri 88-100 kun. Saxin ertapishar nav, o'suv davri 100-105 kun. Surxon-142 o'rta pishar nav, 110-115 kun. Toshkent tongi o'rta pishar nav, o'suv davri 110-115 kun. Avitsenna o'rta pishar nav, o'suv davri 115-120 kun. Bahodir o'rta pishar nav, o'suv davri 115-120 kun. Sitora o'rta pishar nav, o'suv davri 118-120 kun. TMK-22 o'rta pishar nav, o'suv davri 120-125 kun. O'zbekiston o'rta pishar nav, o'suv davri 120-125 kun. Sharq yulduzi o'rta pishar nav, o'suv davri 117-120 kun. Oktiyabr kechpishar nav, o'suv davri 125-130 kun. Yusupov kechpishar nav, o'suv davri 125-130 kun. Doni kechpishar nav, o'suv davri 120-125 kun. [11, 43-46-b]

Xulosa: Sabzavot ekinlaridan biri pomidor yetishtiradigan fermer xo'jaliklari hamda tomarqa yer egalari zararkunandalardan aziyat chekib kelmoqdalar. Ochiq maydonda moskit setka yordamida pomidor yetishtirish hozirgi kunda dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi. Lekin ochiq maydonlarda moskit setkalaridan foydalanish tartibi va qo'llanishi bo'yicha fermer xo'jaliklari va tomorqa yer egalari ma'lumotga ega emas, shuning uchun ham

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

dehqonlarimizga bu moskit setkadan foydalanish tartibini joriy etadigan bo'lsin hozirgi kundagi bir nechta muammolarni hal qilishda ijobiy bo'lar edi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 18-maydagi "Qishloq xo'jaligi mahsulotlarining sifat va xavfsizlik ko'rsatkichlari xalqaro standartlarga muvofiqligini ta'minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida" PF-5995-son farmoni

2. O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021 yil 23-fevraldagi "Organik qishloq xo'jaligi va oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarishni ixtiyoriy sertifikatlashtirishdan o'tkazish tartibi to'g'risidagi" nizomni tasdiqlash haqida 96-sonli qarori.

3. https: //daryo .uz/2020/08/13/ pomidorning foydasi nimada va uni qanday istemol qilish kerak.

4. Zuyev V.I., Abdullayev A.G Sabzavot ekinlari va ularni yetishtirish texnologiyasi. T., O'zbekiston, 1997. 342 b

5. Fayzimurodov, J., & Sakibayev, J. (2023). RESPUBLIKAMIZDA YETISHTIRAYOTGAN POLIZ EKINLARI VA SHU BILAN BIRGALIKDA QOVOQNING SIZ BILMAGAN FOYDALI XUSUSIYATLARI HAMDA YETISHTIRILAYOTGAN NAVLAR. Science and innovation in the education system, 2(5), 45-50.

6. Rustamov, M., Bobomirzayev, P., & Fayzimurodov, J. (2022). KUZGI YUMSHOQ BUGDOYNING "JASMINA" NAVI DON HOSILDORLIGIGA EKISH MEYORLARNING TA" SIRI. Academic research in educational sciences, (Conference), 258-263.

7. Fayzimurodov, J., & Mirzaraximov, D. (2023). OQ JO 'XORI AHAMIYATI VA RESPUBLIKAMIZDA HOZIRGI KUNDA YETISHTIRILISH SURATI. Science and innovation in the education system, 2(4), 32-35.

8. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). BEDA O 'SIMLIGINING CHORVACHILIKKA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA FOYDALI XUSUSIYATLARI. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

9. Санаев, С. Т., & Файзимуродов, Ж. (2016). Технология возделывания сортов кукурузы как повторной посевной овощной культуры.

10. Bo'riyev B.S., Zuyev V.I., Qodirxo'jayev O.Q., Muhamadov M.M. Ochiq joyda sabzavot ekinlari yetishtirishning progressive texnologiyalari T.,

O'zbekiston milliy entsiklopediyasi. - Toshkent: 2002. - b. 245-

251.

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introduci^g^mmt^griculture in Uzbekistan

Volume 4 | SamTSAU Conference | 2023

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishningnazariyva amaliy asoslari

jy

11. O'zbekiston Respublikasi hududida ekish uchun tavsiya etilgan qishloq xo'jalik ekinlari Davlat reestri. - Toshkent, 2021. - 43-46 b.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.