Научная статья на тему 'MOYLI KUNGABOQARNING NAV-NAMUNALARINI OʻSUV DAVRI BOʻYICHA BAHOLASH'

MOYLI KUNGABOQARNING NAV-NAMUNALARINI OʻSUV DAVRI BOʻYICHA BAHOLASH Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

28
6
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по Сельскохозяйственные науки, автор научной работы — A. B. Xayitov, B. M. Eshonqulov

The article provides brief information about the oilseed sunflower plant, its place in the world, its productivity, and the results of scientific observations of its varieties and growth period.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

В статье приведены краткие сведения о масличном подсолнечнике, его месте в мире, продуктивности, а также результаты научных наблюдений за его сортами и периодом вегетации.

Текст научной работы на тему «MOYLI KUNGABOQARNING NAV-NAMUNALARINI OʻSUV DAVRI BOʻYICHA BAHOLASH»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

MOYLI KUNGABOQARNING NAV-NAMUNALARINI O'SUV DAVRI

BO'YICHA BAHOLASH

A. B. Xayitov

TDAUSF doktaranti

B. M. Eshonqulov

TDAUSF O'simlikshunoslik va meva-sabzavotchilik kafedra dotsenti, q.x.f.f.d.

ABSTRACT

The article provides brief information about the oilseed sunflower plant, its place in the world, its productivity, and the results of scientific observations of its varieties and growth period.

АННОТАЦИЯ

В статье приведены краткие сведения о масличном подсолнечнике, его месте в мире, продуктивности, а также результаты научных наблюдений за его сортами и периодом вегетации.

Dunyoda yiliga o'rtacha 56 mln. tonna kungaboqar yetishtiriladi. Shundan Rossiya Federatsiyasi yiliga 15,3 mln. tonna kungaboqar ishlab chiqarish bilan eng yirik kungaboqar ishlab chiqaruvchi hisoblanadi. Ukrainada ham 15,2 mln. tonna ishlab chiqarish bilan ikkinchi o'rinda turadi. Bu ikki davlat dunyio bo'yicha yetishtiriladigan kungaboqarining 50% dan ortig'ini ishlab chiqaradi.1

Qishloq xo'jaligi vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2022-yilda respublikada 61,7 ming gektar maydonga kungaboqar ekib yetishtirilgan bo'lib, hhundan 25,7 ming gektar asosiy, 36 ming gektari ikkinchi darajali maydonlarga to'g'ri keladi. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi "2023-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"dagi "PQ-113-son qaroriga2 asosan 2023 yilda Respublikamizda 338,7 ming tonna yetishtirish prognoz qilingan. Respublikamizda kungaboqar asosan Qoraqalpog'iston, Buxoro, Qashqadaryo, Namangan, Jizzax, Farg'ona va Samarqand viloyatlarida yetishtiriladi. Bugungi kunga qadar respublikamizning turli tuproq-iqlim sharoitlariga

1 https://www.atlasbig.com/en-us/countries-sunflower-production

2 https://lex.uz/uz/docs/-6424449

May 12-13

404

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

mos kungaboqarning 51 navi Qishloq xo'jaligi ekinlari davlat reestriga kiritilgan.

O'simlik moyiga bo'lgan talabning yuqoriligi hamda ichki bozordahi narxlarni barqaror ushlab turish maqsadida Davlatimiz rahbarining joriy yil 31-maydagi "Iste'mol bozorlarida narxlar barqarorligini ta'minlash va monopoliyaga qarshi chora-tadbirlar samaradorligini oshirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qarori bilan 1 iyundan boshlab o'simlik moyi, jumladan, paxta va kungaboqar moyini eksport qilish vaqtincha taqiqlandi. Shu bilan birgalikda ushbu qararor bilan kungaboqar urug'lari, shuningdek, boshqa moyli o'simliklarning urug'lari va mevalari eksporti to'xtatildi. Bundan maqsad axolini sifatli oziq ovqat maxsulotlariga bo'lgan talabini qondirishdan iborat.

Kungaboqar urug'i 4—6°da 10—15 kunda unib chiqadi. Maysasi — 6° sovuqqa bardoshli (qisqa qorasovuqlarga chidaydi). Issiqlikka talabchan, yorug'sevar, qisqa kunli, qurg'oqchilikka chidamli, namsevar o'simlik. Soya joyda yaxshi rivojlanmaydi. Kungaboqarning o'suv davri ertapishar navlari uchun vegetatsiya davrining umumiy davomiyligi 70-90 kun, o'rtapishar navlari uchun 90-120 kun, kechpishar navlari uchun 120 kundan ortiq davom etadi. Yuqoridagilardan kelib chiqib o'simlik moyiga bo'lgan talabning yuqoriligi dan kelib chiqib kungaboqar nav-namunalari orasidan respulikamiz tuproq iqlim sharoitlarida mos, sug'oriladigan sharoitlarida yuqori va sifatli xosil olishni ta'minlaydigan bir butun va o'zaro uyg'unlashgan texnologik elementlar: ekish muddati, sxemasi, oziqlantirish me'yori, sug'orish rejimi kabilarning birgalikdagi ta'siri mujassamlashgan tejamkor yetishtirish texnologiyasini ishlab chiqish va uni ilmiy asoslash istiqbolli va maxalliy sharoitga mos navlarni yuqori reproduksiyali sara urug'ini yetishtirishning takomillashgan usulini joriy etish, yangi, tezpishar, pakana bo'yli, urug'ida moy chiqimi yuqori bo'lgan, qurg'oqchilikka, kasallik va zararkunandalarga bardoshli navlarni tanlash maqsadida ilmiy tadqiqotlar olib borilmoqda.

Tajribalarimiz natijasida moyli kungaboqarning 10 ta nav-namunalari orasidan o'suv davri davomiyligi standart navga nisbatan qisaqa, ikkinchi ekin sifatida yetishtirishga mos namunalarni tanlandi.

Barcha nav namunalar o'n birinchi aprelda Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali o'quv tajriba xo'jaligiga ekildi. Nav namunalar o'n to'rtinchi aprelda unib chiqdi. Tajribadagi nav namunalar o'suv davri xar xilligi kuzatildi.

Biz dala tajribalarida o'rgangan ma'lumotlar ko'rsatishicha kungaboqar navlari unib chiqish fazasida farqlanishlar kuzatilmadi. Navlarining savatcha hosil bo'lish fazasi turli muddatlarda sodir bo'ldi. Заря,

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Donjose,CMeHa, Nomsiz, Talxe, Mahalliy, Ilm F1, Kalta poya, hamda Adozi namunalarda standart navga nisbatan savatacha paydo bo'lish fazasi 4-10 kun oldin sodir bo'lishi kuzatildi. Aksincha Karakabey namunasida standart navga nisbatan savatacha paydo bo'lish fazasi 3 kun keyin sodir bo'lishi kuzatildi. Navlararo o'zgarishlar so'ngi gullash va pishish fazalarida ham shunday navlararo farqlanishlar kuzatildi. Gullash fazasi nav namunalarda 14 maydandan to 19 iyun kunigacha davom yetishi kuzatildi Pishish fazasi esa 16-iyundan 23- iyulgacha sodir bo'lishi kuzatildi. O'suv davri davomiyligi dala tajribalarida o'rganilgan ma'lumotlar ko'rsatishicha kungaboqar namunalari 68-100 kunni tashkil etdi.

O'tkazilgan tajribalarda kungaboqarning Samarqand viloyatining sug'oriladigan sharoitida asosiy ekin sifatida ekilib, takomillashgan texnologiya asosida o'stirilganda unda 38 sentnergacha urug' xosil olish mumkinligi, yozda takroriy ekin sifatida anigizga ekilganda uning urug' xosildorligini 25 sentnerga va gektaridan moy chiqimini gektaridan 2,0-2,5 tonnaga yetkazish mumkinligi o'rganildi.

т/ p Nav va namunalar Ekish mudda ti, oy, kun Maysalash oy, kun Savatcha hosil qilish. oy, kun Gullash. oy, kun. Pishish. oy, kun. O'suv davri, kun.

bosh. to'l bosh. to'l bosh. to'l bosh. to'l

1. Jaxongir (st) 11.04 13.0 4 17.04 18.05 23.05 02.06 13.06 04.07 09.07 89

2. Заря 11.04 13.0 4 17.04 14.05 19.05 21.05 25.05 23.06 28.06 75

3. Donjose 11.04 14.0 4 18.04 13.05 17.05 21.05 25.05 23.06 28.06 75

4. Смена 11.04 13.0 4 16.04 11.05 16.05 19.05 23.05 21.06 26.06 73

5. Nomsiz 11.04 14.0 4 16.04 10.05 15.05 22.05 26.05 24.06 29.06 76

6. Talxe 11.04 14.0 4 16.04 16.05 20.05 18.05 22.05 20.06 25.06 72

May 12-13

406

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

7. Mahalliy 11.04 14.0 4 16.04 06.05 12.05 14.05 18.05 16.06 21.06 68

8. Karakabe y 11.04 15.0 4 20.04 21.05 27.05 15.06 19.06 18.07 23.07 100

9. Ilm F1 11.04 14.0 4 18.04 11.05 15.05 18.05 22.05 20.06 25.06 72

10 Kalta poya 11.04 14.0 4 18.04 13.05 17.05 22.05 26.05 24.06 29.06 76

11 Adozi 11.04 13.0 4 18.04 16.05 20.05 19.05 23.05 21.06 26.06 73

XULOSA

Qisqacha xulosa qilinganda, kungaboqar navlari, navning biologiyasiga bog'liq holda rivojlanish fazalari turli muddatlarda sodir bo'ladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 5-apreldagi "2023-yilda qishloq xo'jaligi mahsulotlari ishlab chiqarish, qayta ishlashni kengaytirish va qo'llab-quvvatlashning qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida"dagi "PQ-113-son qarori.

2. B.Eshonqulov, A.Hayitov. Boshoqli don ekinlaridan keyin moyli kungaboqar o'stirish texnologiyasi. O'zbekiston qishloq va suv xo'jaligi jurnali. Maxsus son. Toshkent 2022.-№№2.

3. Xayitov, A. B., & Eshonqulov, B. M. (2022). KUNGABOQARNING KALTA POYALI NAV NAMUNALARINI TANLASH. Academic research in educational sciences, (Conference), 188-193.

4. Eshonkulov, B. M., Hasanov, S. T., & Ibragimova, R. (2022). O'ZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI NAVLARINI YARATISH. Academic research in educational sciences, (Conference), 203-206.

5. Abdug'aniyeva, M. (2022). ANG 'IZGA EKILGAN KUNGABOQAR O 'SIMLIGINI KO 'CHAT QALINLIGIGA EKISH TIZIMLARI VA MINERAL O 'G 'ITLAR BILAN OZIQLANTIRISH ME' YORLARINING

TA'SIRI. Journal of Integrated Education and Research, 1(5), 418-421.

May 12-13

407

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

6. Fayzimurodov, J., & Toshmurodov, E. (2023). BEDA O 'SIMLIGINING CHORVACHILIKKA VA TUPROQ UNUMDORLIGIGA FOYDALI XUSUSIYATLARI. Science and innovation in the education system, 2(4), 76-78.

7. Eshonkulov, B. M., Ergashev, I. T., & Normurodov, D. S. (2015). The effective method of potato cultivation. African Journal of Plant Science, 9(3), 193-195.

8. Ermatova, D. E., Nematov, U. M., Lukov, M. K., & Rahimova, H. M. (2021). Уртача шурланган тупрокларда соя навлари баргида хлорофилл пигментининг фазалари буйича шаклланиши. Молодой ученый, (22), 586-589.

May 12-13

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.