Научная статья на тему 'TEXNIK KANNABIS NAVLARINING O’SISHI VA RIVOJLANISHI'

TEXNIK KANNABIS NAVLARINING O’SISHI VA RIVOJLANISHI Текст научной статьи по специальности «Сельскохозяйственные науки»

25
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TEXNIK KANNABIS NAVLARINING O’SISHI VA RIVOJLANISHI»

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

TEXNIK KANNABIS NAVLARINING O'SISHI VA RIVOJLANISHI

B. Eshonkulov, G' G'aybullayev, J. Fayzimurodov

TDAU Samarqand filiali

Respublikamiz qishloq xo'jaligida texnik kannabis o'simligi yangi ekin hisoblanadi. O'zbekiston Respublikasida sanoatbop kannabis o'simligi ekilib o'rganilmagan. Mamlakatimizda texnik kannabis o'simligi bo'yicha fundamental, amaliy va inovatsion loyixalar amalga oshirilmagan. O'zbekistonda yangi o'simlik texnik kannabisni har taraflama o'rganish muhim hisoblanadi va bugungi kunda qishloq xo'jaligi sohasida bu ekin yangilik va uni yetishtirish dolzarbligi yuqoridir. Kannabis seleksiyasi bo'yicha ilg'or davlatlar yutuqlari o'rganilishi va O'zbekistonda Jaxon kolleksiyasi asosida tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi miqdori 0,2 foizdan kam bo'lgan bo'lgan texnik kannabisning boshlang'ich materiali nav namunalari olib kelinishi zarur. Kolleksiyadan seleksiya usullaridan foydalanib har tomonlama koleksion pitomniklarda o'rganilib Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitimizga mos nav va namunalar tanlanadi.

Kannabis o'simligi nafaqat bahorgi o'simlik sifatida, balki kuzda ekilsa ham bo'ladigan o'simlik hisoblanadi. Kannabisning bo'yi 3-6 metrgacha bo'lib, quyoshdan olingan energiyani to'liq qayta ishlay oladi. Bu degani yillik yog'in miqdori 250-500 mm bo'lgan hududlarda yaxshi o'sa oladi. O'simlikning yirik barglari begona o'tlanring o'sishiga kuchli qarshilik qila oladi. Bu orqali esa begona o'tlarga mexanik-ximik qarshi kurash kamayadi. Uning katta ildizlari tuproqning chuqur qayta ishlanishini talab qiladi. Undan tashqari ildizlar qumoq yarlarda tez rivojlanadi. Uni o'g'itlashda azotli o'g'itlarning ahamiyati kattadir. Azot urug' ekilgandan so'ng 6-8 hafta ichida berilishi muhimdir. Azotning kechiktirilib berilishi o'simlik rivojlanishiga salbiy tasir ko'rsatadi.

O'zbekiston hududida bu soha yangiligi uchun raqobatchilar yo'q. Dunyo miqyosida raqobatchilarni oziq-ovqat va meditsina yo'nalishida topish mumkin. Xitoy bugungi kunda Yevropaga eng ko'p kannabis moyi taklif qilayotgan mamlakat hisoblanadi. 2021 yilda oziq-ovqat sotish markazlaridagi 250 ml. moy narxi 10 € gacha (1000 ml. 40 €) organik kannabis moyi esa 250 ml. 20 € gacha (1000 ml. 80 €) kuzatildi. Bu esa har bir kannabis moyi ishlab chiqaruvchi e'tiborini tortadi.

Xitoy dunyodagi eng yirik sanoat kannabis import qiladigan

davlat ham hisoblanadi. Ushbu yirik sanoat davlatidagi ishlab

May 12-13

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xo'jaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

chiqariladigan transport extiyot qismlari kelajakda 10-20 yil ichida barqaror resurslardan olinishini ko'zda turilganligini ko'rish mumkin.

Germaniyada kannabisning narkotik takibini hisobga olgan olgan holda, 1982 yilda Germaniyada uni ekish keskin ta'qiqlanadi. 1996 yilga kelib kannabisning tolali va donli navlarini ekish uchun qonununiy tomonidan kuchli nazorat ostida ruxsat berildi. Qonunga ko'ra, faqat Yevropa Ittifoqi tomonidan ruxsat etilgan navlargina ekilishi mumkin. O'simlik gullagach, Germaniya nazorat tashkilotlari uning guli tarkibidagi tetragidrokannabinol miqdorini o'lchaydi. Faqat tetragidrokannabinol miqdori 0,2% dan kam bo'lgan o'simlik maydonlari yetishtirishga ruxsat beriladi. Aks holda, butun maydon nazorat ostida o'rib tashlanib, o'g'it sifatida yerda qoldiriladi.

Tadqiqotimizda urug'larning ekinboplik sifatlari laboratoriya sharoitida o'rganilganda urug'larning laboratoriya unuvchanligi navlar kesimida sezilarli farq kuzatilmadi. Navlar bo'yicha urug'larning laboratoriya unuvchanligi 95.4 % dan 96.1% gacha o'zgargan. Eng yuqori laboratoriya unuvchanligi Santicha S27 qo'llanilgan payklchalarda 96.1% bo'lishi aniqlandi. Urug'larning o'sish kuchi navlarga, 1000 ta urug' vazniga bog'liq holda o'zgardi. Navlar paykalchalardan olingan urug'larning o'sish kuchi 100 ta maysa massasi turlicha bo'ldi 4.3 gramdan 5.2 gramgacha, urug'larning o'sish kuchi maysalarning massasiga muvofiq holda 95 % va 96 % tashkil etdi.

Tajribada qo'llanilgan navlar urug'larining ekinboplik sifatlari.

(2022-yil, Xovos tumani.)

"ar

«

ITi

S o ITi « S

sa S* W)

La « s

> s

« z a ® o o ^H W)

'3

3

0s

«

M s

S3 &

'sa

^ to

M -S

= .ff

Unuvchanlik, % O'sish kuchi

laboratoriya Dala 100 ta maysa, massasi, g 0s

May 12-13

447

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

Rodnik 15,9 89.7 95.4 84,4 4.3 95

Ferimon 12 16,4 89.9 95.7 84,6 4.7 95

Fedora 17 16,8 89.9 95.8 84,8 4.8 95

Felina 32 17,1 90,1 95.7 85,0 5.1 96

Santicha S27 17,5 90.2 96.1 85,1 5.2 96

Tadqiqotda navlar kesimida qo'llanilgan paykalchalarda urug'larning ekinboplik sifatlari (1000 ta don massasi, urug'ning unib chiqish quvvati, laboratoriya unuvchanligi, o'sish kuchi) yuqori bo'lishi aniqlandi.

Biz o'tkazgan tajriba yillarida rivojlanish fazalari va o'suv davri davomiyligi navlar o'rtasida ajralib turdi.

Kolleksiya namunalarini o'rganish shuni ko'rsatadiki, o'simlik o'suv davrining davomiyligi muhim ko'rsatkich hisoblanadi. Nav namunalarni tajribalarimiz o'tkazilgan tuproq-iqlim sharoitidan kelib chiqqan holda o'rganish natijasida 3 guruxga ertapishar (100 kungacha), o'rtapishar (100-105 kungacha) va kechpishar (105-120 kungacha) navlarga ajratdik.

Ertapishar, o'rtapishar va kechpishar nav va namunalarning o'suv davri,

(Xovos 2022 yil)

T/r Nav namunalar nomi, kelib chiqishi O'suv davri, kun Rivojlanish fazalari (Ertapishar, o'rtapishar va kechpishar)

1 Rodnik (St) Rossiya 90-95 Ertapishar

May 12-13

448

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

2 Ferimon 12 (Fransiya) 100-103 O'rtapishar

3 Fedora 17(Fransiya) 100-105 O'rtapishar

4 Felina 32(Fransiya) 110-118 Kechpishar

5 Santicha S27(Fransiya) 105-115 Kechpishar

O'rganilgan nav namunalar standart Rodnik (Rossiya) naviga taqqoslanilib o'rganildi. Standart Rodnik navida o'suv davri 90-95 kunni tashkil etdi. Standart navga nisbatan Ferimon 12 (Fransiya), Fedora 17 (Fransiya), Felina 32 (Fransiya), Santicha S27 (Fransiya) nav namunalari 5-20 kun kech pishib yetildi va o'rtapishar, kechpishar navlar guruxiga kirganligi kuzatildi. Shunday qilib, Sirdaryo viloyati sharoitida Felina 32 (Fransiya), Santicha S27 (Fransiya), Rodnik, Ferimon 12 (Fransiya), Fedora 17 (Fransiya) navlarining o'suv davri, navlar ertapishar va kech pisharligidan kelib chiqib ekish 10-aprelda ekilganda 95 kundan 115 kungacha o'zgarishi aniqlandi.

Texnik kannabis navlarining biometrik o'lchov natijalari

(Xavos 2022 yil).

Navlarning nomi O'simlik balandligi, sm Bo'g'umlar soni, dona Ildiz uzunligi, sm Poya diametri, mm

Ferimon 12 138,4 7 22,4 6,2

Santicha S27 156,7 7 24,8 6,7

Felina 32 133,2 6 20,6 6,4

Fedora 17 127,6 7 18,3 6,9

Rodnik 92,7 5 16,7 5,6

May 12-13

449

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

z 648,6 32 102,8 31,8

X 129,7 6,4 20,6 6,4

Texnik kannabis navlarining biometrik ko'rsatkichlari taxlil qilganda eng yuqori o'simlik bo'yining balandligi Santhica navida 156,7 sm, bug'umlar soni 7 tani, ildiz uzunligi 24,8 sm, poya aylanasi 6,7 mm ni tashkil qildi. Ferimon navida esa bu ko'rsatkichlar ya'ni poya uznligi 138,4 sm, bug'umlar soni 7 tani, ildiz uzunligi 22,4 sm, poya aylanasi 6,2 mm, Felina navida o'simlik bo'yining balandligi 133,2 sm, bo'g'imlar soni 6 tani, ildiz uzunligi 20,6 sm, poya aylanasi 6,4 mm, Fedora navida esa o'simlik balandligi 127,6 sm, bo'g'imlar soni 7 ta, ildiz uzunligi 18,3 sm, poya aylanasi esa 6,9 mm bo'ldi. Rodnik navida o'simlik poyasining balandligi boshqa navlarga qaraganda ancha past bo'lib, o'simlikning balandligi 92,7 sm, bug'umlar soni 5ta, ildiz uzunligi 16,7 sm, poya aylanasi esa 5,6 mm ni tashkil qildi.

Texnik kannabis navlari urug'laridan chiqgan moy miqdori

(Xovos 2002 yil)

Navlarning nomi 1 kg umg'idagi moy miqdori/% Bir gektar maydondan olingan

Umg' /kg Moy/kg

Ferimon 12 27 672 181

Santicha S27 23 681 156

Felina 32 26 654 170

Fedora 17 25 683 171

Rodnik 24 661 159

1 kg umg'dan navlaTdan kelib chiqib 24 % dan 27% gacha moy chiqdi. Eng yuqori moy chiqimi Ferimon 12 navida 27% ni tashkil etdi eng kam moy chiqimi Rodnik navida 24% ni tashkil etdi. Bir gektar maydondan olingan umg' va moy miqdori aniqlanganda Santicha

May 12-13

450

Samarkand branch of Tashkent State Agrarian University Theoretical and practical foundations of introducing smart agriculture in Uzbekistan

O'zbekistonda aqlli qishloq xojaligini joriy etishning nazariy va amaliy asoslari

г

S27 navida gektaridan 681 kg urug' miqdori bo'lsa ham moy miqdori 23% bo'lganligi sababli 156 kg moy gektar hisobidan shakllandi. Ferimon 12 navi gektaridan 672 kg urug' miqdori bo'lsa ham moy miqdori 27% bo'lganligi sababli 181 kg moy gektar hisobidan olindi.

Xulosa qilib aytganda urug'larning ekinboplik sifatlari navlar bo'yicha urug'larning laboratoriya unuvchanligi 95.4 % dan 96.1% gacha o'zgargan. Eng yuqori laboratoriya unuvchanligi Santicha S27 qo'llanilgan payklchalarda 96.1% bo'lishi aniqlandi. O'suv davri bo'yicha esa Rodnik navida 90-95 kunni tashkil etdi. Standart navga nisbatan Ferimon 12 (Fransiya), Fedora 17 (Fransiya), Felina 32 (Fransiya), Santicha S27 (Fransiya) nav namunalari 5-20 kun kech pishib yetildi va o'rtapishar, kechpishar navlar guruxiga kirganligi kuzatildi. Biometrik ko'rsatkichlari taxlil qilinganda eng yuqori o'simlik bo'yining balandligi Santhica navida 156,7 sm, bug'umlar soni 7 tani, ildiz uzunligi 24,8 sm, poya aylanasi 6,7 mm ni tashkil qildi. Urag'lardagi moy chiqimi bo'yicha esa eng yuqori ko'rsatkich Ferimon 12 navida 27% ni tashkil.

REFERENCES

1. Г.И.Сенченко, В.Г.Вировес Исползование мировой коллексии конопли в селях селексии // Бюллетен / ВИР.- Л., 1977

2. В.А.Серков., М.Р. Александрова, А.Д.Смирнов. Развитие коноплеводства в России и мире // Сурский вестник: научный електронный журнал. - 2018. -Выпуск 3. - С. 29-36.

3. Eshonkulov, B. M., Hasanov, S. T., & Ibragimova, R. (2022). O'ZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI NAVLARINI YARATISH. Academic research in educational sciences, (Conference), 203-206.

4. А.А.Смирнов., В.А.Серков., О.Н.Зеленина. Селексия и семеноводство безнаркотических сортов конопли // Нива Поволжя. - 2009. - № 3 (12).

May 12-13

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.