Научная статья на тему 'OʻZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI NAVLARINI YARATISH'

OʻZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI NAVLARINI YARATISH Текст научной статьи по специальности «Агробиотехнологии»

134
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «OʻZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI NAVLARINI YARATISH»

g

O'ZBEKISTONDA TEXNIK KANNABIS YETISHTIRISH VA YANGI

NAVLARINI YARATISH

B. M. Eshonkulov

Sh. T. Hasanov G'. S. G'aybullayev

Toshkent davlat agrar universiteti Samarqand filiali

R. Ibragimova

"RS Success Agro JV LLC" qo'shma korxonasi bosh direktori

Texnik yoki sanoat maqsadlarida foydalaniladigan kannabis meditsina sohasida, tola va moy olish maqsadlarida ham dunyoda keng foydalanib kelinmoqda. Texnik kannabisning asosan ikkita turi Cannabis sativa va Cannabis indica turlari keng tarqalgan. Xozirda dunyoning 40 dan ortiq mamlakatlarida bu o'simlik keng maydonlarda yetishtirish yo'lga qo'yilgan. Misol uchun Yevroppa ittifoqi davlatlarida texnik kannabisning 50 dan ortiq nav va duragaylari ekib yetishtiriladi.

Texnik kannabis yetishtirish bo'yicha Xitoy, Rossiya, Kanada va Frantsiya yetakchi hisoblanadi. Dunyo bo'yicha taxminan 130 ming gektar maydonda bu ekin turi yetishtirilayotgan bo'lsa, shundan 90 ming gektar Osiyoda (asosan Xitoy va Shimoliy Koreyada), 16 ming gektar Yevropa ittifoqi mamlakatlarida, 6 ming gektar boshqa Yevropa mamlakatlarida, 13 ming gektar Shimoliy Amerikada (Kanadada), 4,5 ming gektar Janubiy Amerikada va 500 gektar Avstraliyada yetishtirilmoqda.

Respublikamizda ham texnik kannabis yetishtirish, qayta ishlashga hamda

yangi navlari selektsiyasi va urug'chiligini yo'lga qo'yish bo'yicha Vazirlar Mahkamasining 2020 yil 7 dekabrda "Kannabis

o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan

bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish va foydalanish

October 5-6

g

faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" 770-son qarori qabul qilindi.

Qarorda texnik kannabis «Giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar to'g'risida»gi O'zbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq, tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizgacha bo'lgan kannabis o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarni ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirishga, olib kirishga (olib chiqishga), qayta ishlashga, saqlashga, realizasiya qilishga (berishga), olishga va tashishga yuridik shaxslarga mazkur faoliyat turi uchun Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilangan tartibda berilgan lisenziyaga asosan ruxsat etildi.

Shu bilan birga kannabis o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun qishloq xo'jaligida foydalanishdan chiqarilgan yerlar ajratib berilishi, kannabis o'simligini giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalar ishlab chiqarish hamda tayyorlash bilan bog'liq bo'lmagan sanoat maqsadlarida yetishtirish uchun ekin navining uchinchi va undan keyingi reproduksiyadagi urug'liklarini ekishga yo'l qo'yilmasligi, kannabis o'simligi va uni qayta ishlashdan olinadigan mahsulotlar tarkibida tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasining miqdori 0,2 foizdan oshgan hollarda, ushbu o'simlik, shuningdek, uni qayta ishlashdan olingan mahsulotlar belgilangan tartibda olib qo'yiladi va yo'q qilinishligi belgilab berildi.

Lisenziyalangan yuridik shaxslar texnik kannabis yetishtirish, uni sanoat asosida qayta ishlash, sotish va boshqalar bilan bog'liq faoliyat turlari bilan shug'ullanishlari mumkin. Lisenziyalar O'zbekiston Respublikasi Qishloq xo'jaligi vazirligi tomonidan beriladi. Ushbu turdagi faoliyat bilan shug'ullanish uchun lisenziyalar olish maqsadidagi bojlar miqdori 2020 yil 3 dekabrdagi O'RQ-653-sonli "O'zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o'zgartish va qo'shimchalar kiritish to'g'risida"gi Qonunining 17-moddasida ko'rsatilgan.

Texnik kannabis yetishtirishda urug'ning sifati muhim ko'rsatkichlardan biri bo'lib, urug'lik sifatlari (unuvchanlik va begona urug'larning aralashmasi)ga ko'ra uchta klassga bo'linadi, 75%dan kam unuvchanlikka ega urug'lar konditsion hisoblanmaydi. Urug'larning kata-kichikligi ham muhum ko'rsatkich bo'lib, o'lchami 3 dan 4 millimetrgacha, jigarrangdan yashil-kulranggacha bo'ladi. Doni tarkibida 2835% moy, 30-35% uglevodlar, 20-24% oqsillar saqlaydi shu bilan birga E vitamin, kaltsiy, magniy, kaliy va temir, ayniqsa yuqori darajadagi B vitamini, xususan, B1 va B2 vitaminlari mavjud. Odatda madaniy

navlarida 1000 ta don vazni 9-26 ggammni tashkil etadi. Agra

October 5-6

g

mingta don vazni 8 grammdan kam bo'lsa nav yovoyilashganligidan dalolat beradi. Yovvoyi shakllarda 1000 ta don vazni 2-8 grammni tashkil etadi. Konditsion urug'lari 10-12% dan ko'p bo'lmagan namlik bilan saqlanganda 3-4 yil unuvchanligi yuqori darajada saqlashi mumkin.

Biz olib borayotgan tadqiqotlarimizda kannabis yetishtirish agrotexnologiyasini ishlab chiqish va introduktsiya qilingan nav va duragaylar orasidan tanlash usullaridan foydalanilgan holda tola va moy uchun mos yangi nav va namunlarni ajratib olish hamda ularning urug'chiligini yo'lga qo'yishni maqsad qilib olganmiz. Buning uchun xozirda Xitoy va Evroppadan keltirilgan Rodnik, Firemon 12, Felina 32, Fedora 17, Santicha S27 kabi texnik kannabisning bir qancha navlari ustida ilmiy tadqiqotlar Sirdaryo viloyati Xavos tumanida joylashgan O'zbekiston-Birlashgan Arab Amirliklari bilan tuzilgan «RS Success Agro LLC» qo'shma korxonasi bilan hamkorlikda olib borilmoqda.

Olib borilayotgan dala tajribalarimizda ekinni turli ekish muddatlari sinab ko'rilmoqda. Odatda O'zbekiston sharoitida mart oyining oyining o'rtalaridan aprel oyining o'rtalariga qadar 4-6 sm. chuqurlikda ekish tavsiya etiladi. Tola maqsadlarida yetishtirilayotgan kannabis uchun gektariga 100-150 kg azotli, 80-140 kg fosforli va 90-120 kg kaliyli o'g'itlar berish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Texnik kannabis nav va duragaylarining vegitatsiya davri davomyligi 80-120 kunni tashkil etadi.

Olib borilayotgan tadqiqotlar natijasida xulos qilib shuni ta'kidlashimiz mumkunki O'zbekistonda tarkibida 0,2 foizgacha miqdorda tetragidrokannabinol giyohvandlik moddasi mavjud texnik kannabis o'simligini sanoat maqsadlarda yetishtirish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Xozirda Respublikamiz tuproq-iqlim sharoitlariga mos ekinning yangi navlarni yaratish maqasadida olib borilayotgan ishlarning natijasida texnik kannabisning 1 ta navi Qishloq xo'jaligi ekinlari navlarini sinach markaziga topshirishga tayyorlanmoqda.

REFERENCES

1. K.U.Heyland, H. Hanus, E.R. Keller: Ölfrüchte, Faserpflanzen, Arzneipflanzen und Sonderkulturen In: Handbuch des Pflanzenbaues, Bd. 4, S. 301 -307, ISBN 38001-3203-6

2. James D. House, Jason Neufeld, Gero Leson: Evaluating the quality of protein from hemp seed (Cannabis sativa L.) products through the use of the protein digestibility-corrected amino acid score method. In: Journal of

Agricultural and Food Chemistry. 58, Nr. 22, 24. November 2010,

doi:10.1021/jf102636b.

October 5-6

g

3. Frank Waskow: Hanf&Co.: die Renaissance der heimischen Faserpflanzen. Hrsg.: Katalyse-Institut für Angewandte Umweltforschung. Verlag Die Werkstatt, Göttingen 1995, ISBN 3-89533-138-4, S. 45.

4. Давидян Г.Г. Возделывание льна-долгунца и конопли. Л. «Колос», 1972.

5. https://lex.uz/docs/-5145446

6. https://www.agro.uz/texnik-kannabis/# 1627641888688-214be22c-b083.

7. https://www.agro.uz/11-0194/

8. https://yuz.uz/news

October 5-6

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.