Научная статья на тему 'QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SARIMSOQ PIYOZNI URUG' VA TISHCHALARIDAN EKISH USULLARINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI'

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SARIMSOQ PIYOZNI URUG' VA TISHCHALARIDAN EKISH USULLARINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
244
30
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Qoraqalpog’iston iqlimi / suv taqsimoti / poliz ekinlari / sarimsoq piyoz / qishloq infrastrukturasi va h.k. / Karakalpak climate / water distribution / melons / garlic / rural infrastructure / etc.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — A. Sayimbetov, Dilshodbek Shavkat Ogli Sherimov, Jasurbek Jabborberganov

O’zbekiston iqlimi quyoshli va meva-sabzavotlarni yetishtirish uchun ancha qulay, qolaversa hosildor hisoblanadi. Shu boisdan poliz ekinlarini yetishtirish yuzasidan Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan qaror ijrosi yuzasidan joylarda poliz ekinlarini yetishtirish bo’yicha ancha katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog’iston Respublikasi bu borada o’z iqlimi bilan boshqalaridan tubdan farq qiladi. Ushbu maqolada Qoraqalpog’iston iqlimida poliz ekinlarini, xususan, sarimsoq piyozni ekish va uning hosildorligi haqida batafsil bayon qilinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EFFECT OF GARLIC ONION ON SOWING FROM SEEDS AND TEETH IN YIELD IN KARAKALPAKSTAN

The climate of Uzbekistan is sunny, favorable for growing fruits and vegetables, as well as productive. Therefore, in accordance with the decision of the Cabinet of Ministers on the cultivation of melons, significant reforms are being carried out in the field of melons. The Republic of Karakalpakstan is radically different in its climate. This article describes in detail the cultivation and yield of melons, especially garlic and onions in the climate of Karakalpakstan.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SARIMSOQ PIYOZNI URUG' VA TISHCHALARIDAN EKISH USULLARINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021

ISSN: 2181-1601

QORAQALPOG'ISTON SHAROITIDA SARIMSOQ PIYOZNI URUG' VA TISHCHALARIDAN EKISH USULLARINING HOSILDORLIGIGA TA'SIRI

A. Sayimbetov Dilshodbek Shavkat o'g'li Jasurbek Jabborberganov

Sherimov

Qoraqalpog'iston qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalari instituti

ANNOTATSIYA

O'zbekiston iqlimi quyoshli va meva-sabzavotlarni yetishtirish uchun ancha qulay, qolaversa hosildor hisoblanadi. Shu boisdan poliz ekinlarini yetishtirish yuzasidan Vazirlar mahkamasi tomonidan qabul qilingan qaror ijrosi yuzasidan joylarda poliz ekinlarini yetishtirish bo'yicha ancha katta islohotlar amalga oshirilmoqda. Qoraqalpog'iston Respublikasi bu borada o'z iqlimi bilan boshqalaridan tubdan farq qiladi. Ushbu maqolada Qoraqalpog'iston iqlimida poliz ekinlarini, xususan, sarimsoq piyozni ekish va uning hosildorligi haqida batafsil bayon qilinadi.

Kalit so'zlar: Qoraqalpog'iston iqlimi, suv taqsimoti, poliz ekinlari, sarimsoq piyoz, qishloq infrastrukturasi va h.k.

EFFECT OF GARLIC ONION ON SOWING FROM SEEDS AND TEETH IN

YIELD IN KARAKALPAKSTAN

ABSTRACT

The climate of Uzbekistan is sunny, favorable for growing fruits and vegetables, as well as productive. Therefore, in accordance with the decision of the Cabinet of Ministers on the cultivation of melons, significant reforms are being carried out in the field of melons. The Republic of Karakalpakstan is radically different in its climate. This article describes in detail the cultivation and yield of melons, especially garlic and onions in the climate of Karakalpakstan.

Keywords: Karakalpak climate, water distribution, melons, garlic, rural infrastructure, etc.

Mamlakatimiz agrar siyosati qishloq xo'jaligi va qishloq infrastrukturasini barqaror rivojlantirish, ya'ni qishloqlarning ijtimoiy-iqtisodiy qiyofasini o'zgartirish, qishloq xo'jalik mahsulotlari yetishtirish hajmi va samaradorligini oshirish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, qishloq aholisi bandligini ta'minlash va ularning turmush farovonligi darajasini ko'tarishga qaratilgan. Oxirgi yillarda yopiq gruntda yetishtirishga katta ahamiyat berildi. Ayniqsa sabzavotlarning kam hajmli texnologiyadan foydalanib yetishtirilishi yopiq gruntda sabzavotlar ishlab chiqarishini sezilarli oshishiga olib keladi. Bu texnologiya bilan yetishtirish hosildorlikni 1,-1,7

marta oshirish, suv sarfini 20-30% , bitta o'simlikni beriladigan substratlar sarfini 6 marta tejash imkonini beradi. Mamlakatimizda 2013 yili 7 million 800 ming tonna g'alla, 3 million 360 ming tonnadan ortiq paxta, 8 million 400 ming tonnadan ortiq sabzavot va poliz, 2 million tonnadan ortiq kartoshka, qariyib 3 million tonnadan ortiq go'sht, 3 milliard 500 million donadan ziyod tuxum tayyorlangan. Meva-sabzavot mahsulotlari ishlab chiqarish darajasini yanada oshirish maqsadida, joylarda fermer xo'jaligi negizida hamda aholi tomorqalarida ko'plab issiqxonalar tashkil etildi.

Qoraqalpog'iston O'zbekiston Respublikasining Shimoliy-G'arbiy tekislik hududida Amudaryoning quyi bo'limida joylashgan bo'lib, uning umumiy yer maydoni 166,6 ming kvadrat kilometrni tashkil qiladi. Qishloq xo'jaligi uchun yaroqli bo'lgan yer maydonlari Amudaryo deltasida joylashgan bo'lib, ular iqlim sharoiti bo'yicha cho'liston zonaning shimoliy hududlariga kiradi. Qoraqalpog'istonning iqlimi keskin kontinental va haddan tashqari qurg'oqchilligi bilan xarakterlanadi. Yoz oylari juda issiq, qishi sovuq bo'lib keladi. Respublika hududining iqlim sharoitlari har tomonlama o'rganilgan. Dj. Matmuratovning ma'lum qilishicha, respublika hududi iqlim sharoitiga ko'ra to'rt zonaga bo'ladi: Janub (To'rtkul, Ellikqala, Beruniy va Amudaryo tumanlari); Markaziy (Xo'jayli, Sho'manay, Kegayli va Nukus tumanlari); Shimol (Qanliko'l, Chimboy, Qo'ng'irot, Qorao'zak va Taxtako'pir tumanlari) va Orol dengiz bo'ylari (Bo'zatov va Mo'ynoq tumanlari). Bu zonalar ob-havo, tuprog'ining tarkibi, yer osti suvlarining joylashishi va oqin suv bilan ta'minlanishi bo'yicha bir xil ahvolda emas. O'simliklarining o'sib-rivojlanishida issiqlik rejimi muhim omillardan bo'lib hisoblanadi. Hududda to'planadigan issiqlik jami o'simliklarning meva urug'larning to'liq pishib yetilishini ta'minlay oladi. Janubiy tumanlarda ob-havo boshqa zonalarga qaraganda issiqroq bo'lib keladi. Hududning iqlim sharoitining yana bir o'zgachaligi boshqa hududlarga nisbatan bahor fasli kech boshlanib, u qisqa vaqt ichida o'tadi. Bahorning dastlabki oylari salqin keladi. Markaziy zona (Nukus shahri) hududlarida mart oyida havoning o'rtacha harorati +4,10C bo'ladi, aprelda esa, u 13,90C gacha ko'tariladi. Havoning o'rtacha harorati yoz oylari 24-280C, kuz faslining sentyabr oyida 19,40C va oktyabr oyida 10,70C atrofida bo'ladi. Qoraqalpog'iston Respublikasi hududida ko'pincha ob-havo ochiq bo'ladi. Bulutli kunlarning ko'pchilik qismi qish fasliga (dekabr-fevral) to'g'ri keladi. Kun radiatsiyasining yil davomidagi miqdori 168,9 kkal/kv sm. Respublikaning sug'orib ekiladigan yerlari asosan o'tloq, o'tloqli-taqir, o'tloqli-cho'l, o'tloqli-allyuvial tuproq tiplaridan tashkil topgan. Yer fondi hisobidagi 500,1 ming gektar maydonlar sug'oriladigan yerlar bo'lib, shundan 419,4 ming gektari surilib ekinlar ekiladigan dalalarni quraydi. Keyingi yillari hududning ekologiyasida yuz berayotgan salbiy ta'sirlarga ko'ra ekin maydonlarning unumdorligi pasayib bormoqda. Ko'pchilik ekin maydonlarning tuprog'ining tarkibida gumusning miqdori kam (0,41-0,80%) ko'rsatkichlarda bo'lib qolmoqda. Professor U.E. îsmaylov ekin maydonlarning tuprog'ining unumdorligini orttirishga qaratilgan ilmiy-tadqiqot

ishlarida ko'pchilik tumanlarda ekin yerlarning tarkibidagi chirindining, harakatchang fosfor va o'zgarmali kaliy miqdorining asta-sekin pasayib borayotganligini ko'rsatish bilan birga, tuproq unumdorligini orttirishda ekinlarni almashlab ekishning ahamiyati haqida qimmatli ma'lumotlar beradi. Sho'r yerlarda ekinlarni ekib, ulardan hosil yetishtirish katta qiyinchilik keltirmoqda. Ma'lumotlarga qaraganda (KKGME, 2012 y) sug'orilib ekiladigan yerlarning (515,1 ming ga) ko'pchilik maydonlari turli darajada sho'rlangan.

Mamlakatimizda boshpiyoz maydoni va hosili jihatidan pomidordan keyingi o'rinda turadi. Uning sabzavot ekinlari orasidagi ulushi 23-24 %, yalpi mahsulot bo'yicha 18-19 % va hosildorliga o'rtacha gektaridan 35-40 tonnani tashkil qiladi. Har yili 48-50 ming gektar maydonda piyoz yetishtiriladi, shundan 30-35 foiziertapishar piyoz navlardir. Piyoz va sarimsoq yetishtirish uchun mexanik tarkibi yengil, qumoq, begona o'tlardan toza bo'z tuproqlar tanlanadi. Piyozdan yuqori hosil olishda och tusli bo'z tuproqli, shuningdek, daryo sohillaridagi loyqa o'tirgan, mineral moddalarga boy va suv ta'minoti yaxshi bo'lgan maydonlar hisoblanadi. Dalani begona o'tlardan tozalovchi kartoshka, karam, pomidor, baqlajon, qalampir va g'alladan bo'shagan maydonlar mazkur ekinlarga mosdir. Tanlangan maydon o'tmishdosh ekin qoldiqlari va begona o'tlardan sifatli tozalanadi, tuproq 28-30 sm chuqurlikda yumshatiladi, katta kesaklar maydalanadi, yaxshilab tekislanadi va sug'orish egatlari olinadi.

Qattiq bo'yli sarimsoq navlari lampochkaning o'rtasidan o'sadigan qattiq poyani hosil qiladi. Yumshoq navlar bilan taqqoslaganda, ular yanada xushbo'y ta'mga ega bo'lib, navlar orasida ta'mi xilma -xil bo'ladi. Ular ham qattiqroq, qishi juda sovuq bo'lgan hududlar uchun yaxshi tanlovdir. O'rim -yig'imdan so'ng, lampochkaning saqlash muddati yumshoq navlarga qaraganda ancha qisqa. Ekiladigan sarimsoq piyoz urug'i toza, yuqori unuvchan, kasalliklardan holi, butun bo'lishi zarur. Sarimsoqning urug'ligi kasallik va zararkunandalar bilan zararlanmagan, o'rtacha kattalikdagi sifatli va yirik pallalilari tanlab olinadi. Erta kuzgi muddatda ekish uchun sarimsoq piyozni mahalliy sharoitda yaratilgan ertapishar Sumbula, Oq dur, chet elning G'1 duragaylaridan Sibir, Manas, Xalsidon kabi ertapishar navlar, sarimsoqning Mayskiy VIR, Yujniy fioletoviy va Chidamli navlarini ekish tavsiya etiladi. Bahorda sarimsoq piyoz niholari yagana qilinadi va o'simliklar bog'lam ko'k piyoz holatida iste'molga chiqariladi. Erta kuzgi sarimsoq piyoz yetishtirishning o'ziga xos xususiyatidan yana biri bu parvarishlashda bahorda shakllana boshlagan "karnaylarni" - gulpoyani o'z vaqtida sindirishdir. Bu tadbirni kechiktirish piyozboshining maydalashib, hosildorligini pasayishiga sabab bo'ladi. Urug' unib chiqayotgan va piyoz boshi shakllanayotgan davrda ekinning suvga talabi kuchayadi. O'suv davrining oxiri va piyoz boshlari yetilgan paytda talabi bir oz kamayadi. Sizot suv chuqur bo'z tuproqli yerlarda ko'klamning oxiri va yozning boshlarida piyoz har 7-10 kunda sug'oriladi. Iyunning ikkinchi yarmidan boshlab, ya'ni piyozboshining o'sishi to'xtagandan keyin 12-14 kun

oralatib ikki marta sug'oriladi va yig'ib-terib olishga bir oy qolganda sug'orish to'xtatiladi. Sizot suv chuqur joylashgan bo'z tuproqli yerlarda qishga yaqin va ko'klamda piyozni o'suv davrida 11-13 marta, sizot suv yaqin bo'lgan uchastkalarda 79 marta sug'oriladi.

Sarimsoqqa katta talabning asosiy boisi ham aynan uning bakteriya va viruslarga qarshi kurashi va ularni yengishi sabablidir. Tadqiqotlar shuni ko'rsatmoqdaki, yangi sarimsoq ovqatdan zaharlanishning oldini oladi va me'dadagi mikrob tayoqchalari va salmonellani o'ldiradi. Sarimsoq B6 vitamini manbai bo'lib, bu darmondori immun tizimi sog'lomligiga va yangi hujayralar o'sishi uchun kerakdir. V6 vitamini tushgan kayfiyatni ham ko'taradi. Sarimsoq yuragimizni miokard infarkti va aterskleroz kabi yurak-qon tomir kasalliklaridan himoya qiladi. Sarimsoq qondagi triglitserid, shuningdek, xolesterin miqdorini tushurish xususiyatiga ega.

Sarimsoq barcha xalqlarning milliy oshxonasida o'ziga xos o'ringa ega. O'tkir hidli bu mahsulot sog'lik uchun juda foydali. Sarimsoqdagi o'zgacha birikma bu allitsin bo'lib, u antibakterial, antivirusli, zamburug'larga qarshi va antioksidantlik xususiyatlariga ega. Shuningdek, u qon aylanishi, ovqat hazmi va immun tizimiga yaxshi ta'sir ko'rsatuvchi, qon bosimini tushiruvchi va tozalashga yordam beruvchi selen, alliin va adjoen kabi fitonutriyentlar manbaidir. Kuzda piyoz va sarimsoq ekish uchun avvalambor ekish materiallari ya'ni nav biologiyasi bo'yicha tanlash kerak. Qaysi maqsadda yetishtirishga qarab ekish muddatlari, sxemasi, usullari va parvarishlash chora-tadbirlari o'z vaqtida hamda sifatli o'tkazilsa ko'zlangan hosilga erishiladi. Urug' unib chiqayotgan va piyoz boshi shakllanayotgan davrda ekinning suvga talabi kuchayadi. O'suv davrining oxiri va piyoz boshlari yetilgan paytda talabi bir oz kamayadi. Sizot suv chuqur bo'z tuproqli yerlarda ko'klamning oxiri va yozning boshlarida piyoz har 7-10 kunda sug'oriladi. Iyunning ikkinchi yarmidan boshlab, ya'ni piyozboshining o'sishi to'xtagandan keyin 12-14 kun oralatib ikki marta sug'oriladi va yig'ib-terib olishga bir oy qolganda sug'orish to'xtatiladi. Sizot suv chuqur joylashgan bo'z tuproqli yerlarda qishga yaqin va ko'klamda piyozni o'suv davrida 11-13 marta, sizot suv yaqin bo'lgan uchastkalarda 7-9 marta sug'oriladi.

Xulosa o'rnida aytib o'tish joizki, yurtimizda meva-sabzavotlarni yetishtirish va poliz ekinlarini ekish ancha dolzarb mavzulardan biridir. Har bir viloyatning iqlimidan kelib chiqib viloyatlar ayni bir turdagi poliz mahsulotlarini yetishtirishga ixtisoslashadi. Buni aynin bir manbada tasdig'i topilmagan bo'lsa-da, statistika ma'lumotlarini ayni shunga ishora qiladi. Shu jumladan, Qoraqalpog'istonda nisbatan quruq iqlim bo'lishiga qaramasdan har qanday poliz ekinlarini ekishda yuqori natijalarga erishish mumkin. Biroq bunda hosildorlik darajasini yuqori deb ko'rsatish qiyin. Shunga qaramasdan bugun hosildorlikni oshirish uchun bugun ancha islohotlar o'tkazilmoqda.

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 6 I 2021 _ISSN: 2181-1601

REFERENCES

1. Ismoilov A., Murtazayev O. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. -T.: Moliya, 2005.

2. Ostonaqulov T.E. Meva - sabzavot va poliz mahsulotlarini yetishtirish, saqlash va qayta ishlash texnologiyasi. -S.: N.Doba, 2010. 251 b.

3. Ostonaqulov T.E.,Narziyeva S.X. Mevachilik asoslari. - T.: N.Doba, 2010. 283 b.

4. Zuyev V. Ataxo'djayev Asatulla. Qodirxo'jayev Orip. Himoyalangan yerlarda ko'chat va sabzavot yetishtirish. Toshkent 2007.

5. X.Cb. Bo'riyey, A.G. Abdullayev "Tomorqa sabzavotchiligi".T.Mehnat. 1994y.

6. X.Ch. Bo'riyev, G.A. Samatov, I.B. Ratuaov .Agrologistika asoslari . Toshkent, 2003-y

7. Ergashev R.X. Qishloq xo'jaligi iqtisodiyoti. -T.: EXTREMUM PRESS, 2011.41b

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.