Научная статья на тему 'TALABALARGA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI DORIVORLIK XUSUSIYATINI O‘RGATISH ORQALI TIBBIY TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH (ZA’FARON O‘SIMLIGI MISOLIDA)'

TALABALARGA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI DORIVORLIK XUSUSIYATINI O‘RGATISH ORQALI TIBBIY TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH (ZA’FARON O‘SIMLIGI MISOLIDA) Текст научной статьи по специальности «Фундаментальная медицина»

CC BY
10
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Аннотация научной статьи по фундаментальной медицине, автор научной работы — Abdurahimova M.A, O’rmonova Yoqutoy, Sayramov Fayzullo, Yo’lchiyev Sherzodbek

Hozirgi kunga kelib dorivor o’simliklarga bo’lgan talab yanada ortib bormoqda. Shuning uchun dorivor o’simliklarni o‘rganish, ularning kasalliklarga ta’sir kuchini bilish, ulardan dori-darmon vositalarini tayyorlash dolzarb mavzulardan hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «TALABALARGA DORIVOR O‘SIMLIKLARNI DORIVORLIK XUSUSIYATINI O‘RGATISH ORQALI TIBBIY TA’LIMINI RIVOJLANTIRISH (ZA’FARON O‘SIMLIGI MISOLIDA)»

TALABALARGA DORIVOR O'SIMLIKLARNI DORIVORLIK XUSUSIYATINI O'RGATISH ORQALI TIBBIY TA'LIMINI RIVOJLANTIRISH (ZA'FARON

O'SIMLIGI MISOLIDA) 1Abdurahimova M.A., 2O'rmonova Yoqutoy, 3Sayramov Fayzullo, 4Yo'lchiyev Sherzodbek

1FarDU o'qituvchisi 2,3,4FarDU, Agrar qo'shma fakulteti talabalari https://doi.org/10.5281/zenodo.11210279

Annotatsiya. Hozirgi kunga kelib dorivor o'simliklarga bo'lgan talab yanada ortib bormoqda. Shuning uchun dorivor o'simliklarni o 'rganish, ularning kasalliklarga ta'sir kuchini bilish, ulardan dori-darmon vositalarini tayyorlash dolzarb mavzulardan hisoblanadi.

Аннотация. На сегодняшний день спрос на лекарственные растения продолжает расти. Поэтому изучение лекарственных растений, знание их силы воздействия на болезни, приготовление из них лекарственных средств являются актуальными темами.

Abstract. To date, the demandfor medicinal plants is increasing even more. Therefore, the study of medicinal plants, knowledge of the power of their influence on diseases, the preparation of medicines from them are considered topical topics.

Dorivor o'simliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar — giyohlar. Yer yuzida Dorivor o'simliklar ning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda Dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va adaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi. Za'faron (Crocus sativus - lotin.) -sapsarguldoshlarga mansub ko'p yillik o'tsimon tuganak piyozli o'simlik. Yovvoyi holda uchramaydi. Hindiston, Pokiston, Xitoy, Janubiy Yevropa, Ozarbayjonda katta maydonlarda ekiladi. Piyozining diametri 1-2 santimetr. Bargi 5-15 ta, och sariq rangda; eni 2 mm, tuksiz. Guli 1-4 ta, gultoji oqish, pastki qismi (tashqi tomondan) binafsha rang, uzunligi 2-4 sm. Changchilari gulqo'rg'ondan qisqa. Ko'sagi cho'ziq, eni 6-7 mm. Fevral-iyulda gullaydi, aprel—avgustda meva beradi. Tarkibida efir moyi bo'lgani uchun hidi juda o'tkir va yoqimli. 90-100 ming dona za'faron gulidan 1 kg qurigan gul tumshuqchalari olinadi. Za'faron gulining quritilgan tumshuqchalari murabbo, tortlar rangi va ta'mini yaxshilash, oziq-ovqat (pishloq, sariyog', likyor va boshqalarda rang berish uchun), parfyumeriya (atir-upa) sanoatida ishlatiladi. Tabobatda dori-darmon sifatida qo'llaniladi.Za'faron o'rta asrlardan beri bahosi va qadri tushmay kelayotgan yagona ziravordir. O'rta asrlarda bir qadoq (450 g) za'faronni zotli arab chopqir otiga ayirboshlash mumkin bo'lgan.

Yer yuzida bugungi kunda yiliga faqat uch yuz tonna za'faron yetishtiriladi.Ma'lumki, za'faron insoniyatga ziravorsifatida iste'mol qilinishi to'rt ming yildan ko'proq tarixga ega bo'lib, bo'yoq sifatida neolit davrida tog'larda qoya toshlariga rasm chizishda ishlatilgan. Qadimgi Mesopotamiyada uni taomda ishlatilgan izlari arxeologlar tomonidan aniqlangan. Yozuvlarda u haqda birinchi eslatmalar Shumer sivilizatsiyasi qoldiqlarida kuzatiladi. Eronda eramizdan avvalgi

X asrda za'faron tolalarini qurbonlik o'raladigan matolarni bo'yashda ishlatilgan, undan shuningdek kuchli tomizg'i sifatida foydalanib, attorlik mollari va lazzatli yog'lar tayyorlashgan. Iskandar Zulqarnayn armiyasida jarohatlarni davolashda ishlatilgan.Qadimgi Ahdda (Tavrotda) za'faron qurbonlik qilishda yordamchi vosita, bo'yoqchilik va attorlik moddasi sifatida ishlatilishi haqida bitilgan. Qadimgi Xitoy manbalarida shifobaxsh dori vositasi sifatida eslatilgan. Sharqda budda monaxlari liboslarini bo'yash uchun ishlatilgan. Yevropada uni ishlatgan boylar jamiyatda kiborlar tabaqasiga mansubligini ifodalagan. Rim arkoni davlati za'faronni dori sifatida, teri va matolarga bo'yoq, attorlik moddasi sifatida ishlatgan. U - eng mazali ziravor, sifatli tabiiy bo'yoq moddasi va qimmatbaho attorlik vositasi, hamma dardlarga davo bo'luvchi moddadir.Sharqda ilgarilari u "qizil oltin" deb nomlangan. Zafaron qim-matbaholigining sababi ikkita: birinchidan, uni yetishtirish juda mashaq-qatli ish, ikkinchidan, xushbo'yligi, ta'mi va davolash xususiyatlari bo'yicha za'faron ziravorlar orasida tengsizdir. Za'faron - yiliga bir marta 10-15 kun ommaviy gullaydigan, har bir gul ochilishining davomiyligi faqat 2-3 kun bo'lgan qirmizi "krokus" (lotincha nomi) onalik guli tumshuqlari-ning quritilganidir.Za'faron gullari va xususan onalik gullarini qayta ishlash faqat qo'l mehnati bilan amalga oshiriladi. Onalik gullari tum-shug'i faqat gullarning birinchi ochilgan kuni qirqib olinishi lozim. Uning sifati terim va uni quritishning tezligi bilan bog'liqdir. Bir kilogramm za'faron yig'ish uchun tongda quyosh hali onalik gullarini quritib ulgurmasidan, 150 ming dona atrofidagi guli terib olinishi lozim. Bir gektar yer maydonidan terimchilarning mahorati va ob-havoning munosib sharoitiga qarab 8-12 kilogramm za'faron yig'ib olish mumkin.Zafaronning kimyoviy tarkibi 10-12 % suv, 5-7 % mineral moddalar, 5-8 % moy va mo'm , 12-13 % oqsil va eng oz miqdorda yog' ekstraktidan iborat o'ziga xos va xushbo'y yoqimli moddalardan tarkib topgan.Qadimgi zamonlardan ma'lumki, u nodir va bemisl xususiyatlarga ega. U og'riqni qoldiruvchi, quvonch va xursandchilik baxsh etuvchi, tushkunlikdan chiqaruvchi, quvonch gormoni - serotonin ishlab chiqarish xususiyatiga egadir. Shunday qilib, za'faron - inson doimiy iste'mol qilishga o'rganib qolmaydigan, yengil psixotrop moddadir. Hakim Ayurveda za'faronni hazm taomni yaxshilashga, sezgi va nafas olish organlarini mustahkamlashga, jigar, buyraklar, limfa bezlarini tozalashga, titroqni bosishga, tomirlarda to'xtagan qonni yurgizishga, yuz rangini tiniqlashga, jinsiy quvvatni faollashtirishga ham xizmat qilishini ta'kidlagan. Qadimda kiborlar jamiyatiga mansub ayollar tug'ish oldidan og'riqni yengillashtirish maqsadida zafaron eritilgan suvni ichishgan.Zamonaviy tibbiyotda u ko'zga tomiziladigan dori tayyorlashda va umumiy quvvatlantiruvchi turli dori-darmonlar tayyorlashda ishlatiladi. Zafaronning antikanserogen va antimutagen xususiyatlarga egaligi isbotlangan. Uni qaynoq sut bilan ichilsa, bosh miya faoliyatini mustahkamlab, xotirani kuchaytiradi. Agar asal bilan iste'mol qilinsa, buyrakdagi toshlarni maydalanishiga yordam beradi. Za'faron guli tumshuqlari eritmasi inson organizmiga zarur bo'lgan karotin, tiamin, riboflamin, flavonoidlar, kalsiy, fosfor kabi moddalarga va turli vitaminlarga boy.To'rt ming yillik ishlatish tarixida uning to'qson xil turli kasalliklarni davolashda qo'llanishi aniqlangan.Za'faronning xushbo'y hidini hidlash insonni nafas olish organlariga ijobiy ta'sir qilib tinchlantiradi va uyqusizlikdan qutilishga yordam beradi. Kuchli bosh og'rig'ida va quloq shamollaganida za'faron suvida paxta yoki yumshoq matoni ho'llab kasal a'zoga bosilsa, og'riqni qoldiradi. Bundan tashqari u qorin ochish hissini ham kamaytiradi. Za'faron meyoridan oshirib ishlatilsa, sezgi organlarini qattiq zo'riqishiga olib kelishi mumkin. Meyordan ko'p ovqatga qo'shilgan za'faron taomni buzishdan tashqari insonni zaharlanishga olib kelishi mumkin. Bir necha gram yangi uzilgan sifatli za'faron iste'mol qilinsa, o'limga ham sabab bo'lishi mumkin. Mutaxassis maslahatisiz homilador ayollarga tinchlantiruvchi vosita sifatida iste'mol qilish tavsiya etilmaydi.

REFERENCES

1. Burigin V.A., Jongurazov F.X. Bolanika. — Т.: ,,0'qituvchi", 1997.

2. Zokirov Q.Z., Jamolxonov X.A. O'zbek bolanika termino- logiyasi masalalari. — Т.: „Fan", 1966.

3. Zokirov Q.Z., Nabiyev MM., Pratov O'.P., Jamolxonov X.A. Ruscha-o'zbekcha botanika tcrminiarining qisqacha izohli lug'ati. Т.: O'z FA nashr., J963.

4. Kursanov L.I., Komarnitskiy N.A., Meyer K. /., Razdorskiy V.F., Uranov A. A. Bolanika. 2 torn. — Т.: O'zR, o'rta va oliy maktab davlat nashr., 1963.

5. Maxmedov A. 'I'og'ayev J. Yuksak o'simliklar bo'yicha amaliy mashg'ulollar. Т.: „Univcrsilct", 1994.

6. Nabiyev MM. Botanika atlas lug'ati. Т.: „Fan", 1969.

7. Pratov O'.P., Nabiyev M.M. O'zbckiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. ' Г.: ,,0'qituvchi", 2007.

8. Pratov O'.P., Odilov Т.О. O'zbckiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi va o'zbekcha nomlari. Т., 1995.

9. Sahobiddinov S.S. O'simliklar sistematikasi 'Г.: O'zb. davlat o'quv-ped. nashr., 1957.

10. Sahobiddinov S.S. O'simliklar sistematikasi. Т.: O'zb. davlal o'quv-ped. nashr., 1966.

11. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

12. Abdurahimova M. et al. HEALING PROPERTIES OF MEDICINAL WHITE AND BLACK (SESAME) SESAME //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 7. - С. 100-104.

13. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. DORIVOR ECHINACEA PURPUREA O 'SIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN HALQ TABOBATIDA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. -C. 197-201.

14. Abdurahimova M., Mamadaliyeva D., Siddiqova G. DORIVOR O 'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D6. - C. 185-188.

15. Abdurahimova M., Nazirjonov U., Muhammadjonov R. USEFUL PROPERTIES OF THE MEDICINAL PLANT ESHINACEA PURPUREA AND ITS USAGE IN FOLK MEDICINE //Science and Innovation. - 2022. - Т. 1. - №. 6. - C. 197-201.

16. Abdurahimova, M. A., & Muratova, R. T. (2023). ERMAK VA NA'MATAK O 'SIMLIGINING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARINI O 'RGATISH ORQALI TALABALARNING XALQ TABOBATIGA BO 'LGAN QIZIQISHLARINI OSHIRISH. PEDAGOG, 6(12), 42-46.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.