Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA DORIVOR O'SIMLIKLAR TEXNOLOGIYASI (BAMIYA, HAMDA GANDANA) O'SIMLIGI HAQIDA'

O'ZBEKISTONDA DORIVOR O'SIMLIKLAR TEXNOLOGIYASI (BAMIYA, HAMDA GANDANA) O'SIMLIGI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Клиническая медицина»

CC BY
133
37
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
giyohlar / alkaloidlar / edir moylari / flavanoidlar / trisiklik diterpenlar / bamiya / gandana.

Аннотация научной статьи по клинической медицине, автор научной работы — Hakimova Sharofat Abdusattorovna

Ushbu maqolada dorivor o'simliklar ahamiyati va qo'llanishi haqida bir qancha ma’lumotlar keltirilgan hamda ushbu maqolada keltirilgan ma’lumotlar tahlil etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA DORIVOR O'SIMLIKLAR TEXNOLOGIYASI (BAMIYA, HAMDA GANDANA) O'SIMLIGI HAQIDA»

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGI RESPUBLIKA ILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

O'ZBEKISTONDA DORIVOR O'SIMLIKLAR TEXNOLOGIYASI (BAMIYA, HAMDA

GANDANA) O'SIMLIGI HAQIDA Hakimova Sharofat Abdusattorovna

Termiz davlat pedagogika insituti Pedagogika va san'at fakulteti Texnologik ta'lim kafedrasi

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10040991

Annotatsiya: Ushbu maqolada dorivor o'simliklar ahamiyati va qo'llanishi haqida bir qancha ma'lumotlar keltirilgan hamda ushbu maqolada keltirilgan ma'lumotlar tahliletilgan.

Kalit so'z: giyohlar, alkaloidlar, edir moylari, flavanoidlar, trisiklik diterpenlar, bamiya, gandana.

Ma'lumki, dunyo miqyosida farmatsevtika sanoati ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50-60 % dorivor o'simliklar xom-ashyosidan tayyorlanmoqda. O'zbekiston Respublikasida ham farmatsevtika sanoatining jadal rivojlanishi dorivor o'simliklar xom-ashyosiga bo'lgan talabni keskin ortishiga sabab bo'lmoqda. Ta'kidlash jiozki, respublikamizda tabiiy holda o'sadigan orivor o'simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o'simliklar xom-ashyosiga bo'lgan talabini, asosan, dorivor o'simliklar yetishtirish orqaligina qondirish mumkin. Ammo, dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi ma'lum agronomik va agroximik, biologik, ekologik, botanik va boshqa bilimlarni umum metodologik qoidalarnini bilish zarurligini taqozo etadi. Hozirgi vaqtda dorivor o'simliklar mamlakatimizning ixtisoslashgan, fermer, o'rmon, dehqon va boshqa mulkchilik shaklidagi xo'jaliklarida yetishtirilmoqda. Lekin, ularni yetishtirish va yetishtirish texnologiyalari mukammal ishlab chiqilmaganligi sababli, ayrim yechilishi va ishlab chiqilishi lozim bo'lgan muammolarni keltirib chiqilmoqda. SHu bois, ham farmatsevtika sanoatini sifatli, mo'l, tannarxi arzon va ekologik sof xom-ashyo bilan ta'minlash dolzarb vazifalardar biri bo'lib qolaveradi Bu holat, albatta, dorivor o'simliklar xom-ashyosi yetishtirish bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklarni dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyalarini puxta egallagan mutaxassislar bilan ta'minlashni taqozo qiladi. Dorivor o'simliklarni yetishtirish texnologiyasi qishloq xo'jaligining asosiy yo'nalishlaridan biri bo'lib, farmatsevtika sanoati hamda dorixonalarni sifatli shifobaxsh o'simliklar xom-ashyosi bilan ta'minlashda asos bo'lib xizmat qiladi. Ma'lumki, qishloq xo'jaligi ishlarining mavsumiyligi sababli xar bir tur o'simlikka agrotexnika tadbirlarni aniq belgilangan muddatlarda yetkizish lozim.

Iqlim (ob-havo) sharoitining keskin kontinentalligi va tuproq sharoitlarinig bir biridan farq qilishi xamda boshqa ko'p omillar dorivor o'simliklar yetirshtirish texnologiyasini ishlab chiqishda nazariy va amaliy bilimlar uyg'unligini toqozo qiladi. O'zbekistonda dorivor o'simliklar yetishtiruvchi xo'jaliklar tarmog'ining oldida turgan hozirgi dolzarb vazifa bu har gektar yerdan olinayotgan hosil salmog'ini oshirish, uning sifatini yaxshilashdir. Bu vazifalarni hal etishda ilg'or tajriba va ilmfan yutuqlari katta ahamiyat kasb etadi. SHuningdek, dorivor o'simliklar yetishtirish samaradorligini ortishi bu yetishtirilayotgan dorivor o'simliklarni yetishtirish agrotexnikasiga, zararli organizmlardan himoya qilish bilan ham bevosita bog'liqdir.

Dorivor o'simliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar — giyohlar. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va is xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlarning qaryib 40—47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi. O'simliklar murakkab tuzilishiga ega bo'lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo'lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o'simliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (ur'ugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan doridarmon tarzida foydalaniladi.

Dorivor o'simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2) farmakologik ko'rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og'riqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor o'simliklarning ta'sir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikozidlar (antraglikozidlar, yurakka ta'sir etuvchi glikozidlar, saponinlar va boshqalar), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, bo'yoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaharidlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar bo'lishi mumkin. Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlikning qismlarida turli miqdorda to'planadi. Dorining ta'sirchanlik quvvati hamda sifati yuqori bo'lish davri ularning gullash hamda urug'lash davrining boshlanishi vaqtiga to'g'ri keladi. Dorivor moddalar ba'zi o'simliklarning kurtagi, bargi yoki poyasida, ba'zi o'simliklarning guli yoki mevasida, ba'zilarida ildizi yoki po'stlog'ida to'planadi.

Bamiya ekinidan ozuqa sifatida va sanoatda keng qo'llaniladi. Uning yetilgan mevalari va poyasidan qog'oz sanoatida ishlatiladigan xom tolalar olinadi. Mevalari tarkibidagi shilimshiq moddalarni esa, sanoatda qog'ozlarni yopishtirish uchun ishlatiladi. Hozirgi kunda respublikamizning janubiy va markaziy hududlarida bamiya yetishtirish bo'yicha tadqiqotlar olib borilmoqda. Tajribalar o'z natijasini bersa, O'zbekiston Respublikasi Q'ishloq xo'jaligi vazirligi huzuridagi Sabzavot, poliz ekinlari va kartoshkachilik ilmiy-tadqiqot instituti olimlari tomonidan yaratilgan bamiyaning "Toshkent tuhfasi", "Zamin" va "Shafaq" kabi navlari iqlimlashtirilib, uning mevasini boshqa davlatlarga eksport qilish imkoniyati yaratiladi. Uning iste'molga yaroqli mevalari tarkibida uglevod, oqsil, moy, temir, kalsiy, tola, tiamin, nikotinamid, riboflavin va askorbin kislotasi mavjud. 100 gramm bamiyaning pishgan urug'larida 20% gacha yog' va 2023% xom borlizin miqdori yuqori bo'lgan protein hamda C vitamini mavjud. Bamiyani quritilgan urug'laridan sabzavotli tvorog, qovurilgan, maydalangan urug'laridan esa, qahva o'rnini bosuvchi vosita sifatida ishlatish mumkin. Shuningdek, qandolat mahsulotlarini tayyorlash uchun foydali bioabsorbent kabi vositalar aynan bamiya tarkibida mavjud. Uni poyasidan tola olish maqsadida ham yetishtiriladi. Shuningdek, bamiya inson salomatligi uchun juda foydali. U oshqozon-ichak kasalliklarini, gipertoniyani, organizmda qon aylanishini, jinsiy-siydik tizimining buzilishlarini, yaralarni va bavosilni davolashda samarali vosita hisoblanadi. Bamiyaning texnik yetilgan mevalarini qaynatib, qovurib, dudlab boshqa sabzavotlar bilan pishirib yoki o'zini ham iste'mol qilsa bo'ladi. Bundan tashqari bamiyadan turli xildagi konservalar tayyorlasa bo'ladi.

Ingliz tilidan tarjima qilingan-Chives, ilmiy nomi Allium schoenoprasum, amaryllidaceae oilasiga mansub gulli o'simlik turi bo'lib, qutulish mumkin bo'lgan barglar va gullarni hosil qiladi. Ularning yaqin qarindoshlariga oddiy piyoz, sarimsoq, piyoz, piyoz, piyoz va xitoy piyozi kiradi. Birinchi marotaba Xitoyda pidey piyoz (yoki piyoz, shuningdek, deyiladi) bo'lgan ko'p yillik

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

o'simlik o'simlik paydo bo'ldi. Yevropada bu o'simlik o'simlik sifatida ishlatilgan. Bugungi kunda u Osiyo va Uzoq Sharq, Shimoliy Amerika va hatto Hindistonda mavjud . Rossiyada bu o'simlik tez-tez chop etish yoki Sibir piyozi deb ataladi. Bu nomlar bo'yicha piyoz rus tiliga bo'linadi, kichik barglari va Sibir (alpin) chives. Chivesdan farqli o'laroq, katta lampalar hosil qilmaydi. Chivesni yetishtirish faqat ko'katlar olish uchundir. Rezanning barglari uzunligi 40 sm gacha o'sadi, ular bo'sh va ingichka. Gullash vaqtida kamon uzoq o'qlarni chiqarib tashlaydi, ularda binafsha rangning turli xil soyalari qalin shabbalar gullab-yashnamoqda. Barglarning chivesdan kesilganidan keyin tezda tezda o'sib chiqadi. O'simliklarning boshida barglar xushbo'y, xushbo'y va shirali bo'lib, ular salat yashilligida o'sha paytda ularni oziq-ovqat uchun ishlatadi. Bundan tashqari, u turli xil idishlarga, masalan, okroshke yoki issiq oshlarga tayyorlanadi. Gullash davrida piyoz barglari juda qattiq bo'lib, ayni paytda o'zgacha ta'mini yo'qotadi. Siz barglarni kelajakda ishlatish uchun tayyorlashingiz yoki ularni quritishingiz mumkin. Piyozning o'sishi tobora ortib borayotganiga qaramay, somon bilan kuchli bog'lar va ko'plab surgunlar paydo bo'ladi. Bu soda tufayli o'simlik begona o'tlardan qo'rqmaydi. O'simliklar xushbo'y gullarni o'ziga tortadigan asalarichilik urug'larni yaxshi bog'lashga hissa qo'shadi.

O'zbekiston sharoitida dorivor o'simliklarni yetishtirish, ulardan sifatli dorivor mahsulot tayyorlash hamda mahalliy florani yangi introdusent o'simlik turlari bilan boyitish yurtimizda dorivor o'simliklar turlarini soni ortishiga va introduksiya- iqlimlashtirish orqali dorivor o'simliklar xilma-xilligini ta'minlashga erishiladi. Dorivor o'simliklarni ko'paytirish va yetishtirishdan asosiy maqsad ona tabiatga zarar yetkazmaslik, farmasevtika sanoati korxonalari ehtiyojini qondirish, madaniy holda yetishtirish, Yurtimiz tabobat amaliyotida mavjud bo'lmagan dorivor o'simliklarni iqlimlashtirib madaniy holda yetishtirishdir. Xulosa qilib aytganda, tabiiy giyohlardan va ulardan tayyorlagan dori vositalari tabiiy va xavfsiz bo'lganligi bois bemorlarga o'z samarasini beradi. Bu esa dorivor o'simik turlarini tanlash, introduksiya qilish mahalliy floradagi turlar xilma-xilligini ko'paytirish va plantatsiyalarini tashkil etish bugungi kunning asosiy vazifalari hisoblanadi.

REFERENCES

1. B.Yo. To'xtayev, T.X. Mahkamov, A.A. To'laganov, A.I. Mamatkarimov, A.V. Maxmudov, M.O'. Allayarovlar "Dorivor va ozuqabop o'simliklar plantatsiyalarini tashkil etish va xom-ashyosini tayyorlash" bo'yicha yo'riqnoma - Toshkent, 2015.-137 b.

2. Ergashevna, S. N. (2021). LATEST DEVELOPMENT OF THE ART OF BAKHSHI IN UZBEKISTAN. ANGLISTICUM. Journal of the Association-Institute for English Language and American Studies, 10(8), 49-55.

3. Ismadiyarov, Y., Nabiulina, L., Matnazarova, M., Mulahmetov, R., Suleimenova, U., & Satimbekova, A. (2021). Multicomponent Structural and Logical Model of Innovative Management in Higher Education and the Mechanisms for its Implementation. Известия высших учебных заведений. Технология текстильной промышленности, (3), 187-195.

4. Kayumov, N., Uzokov, J., Alyavi, B., Bekzod, K., Madjidov, I., & Mukhamedova, M. (2022, June). Circulating exosomal biomarkers in patients with coronary artery disease and metabolic syndrome. In European journal of clinical investigation (Vol. 52). 111 RIVER ST, HOBOKEN 07030-5774, NJ USA: WILEY.

5. Khujaev, O., Obidjanov, D., Tursunov, O., & Nazarova, O. (2021, December). Types and composition of diseases and pests of restructured forest and pasture plants in the dry part of

"RAQAMLI TA'LIMNING ZAMONAVIY TENDENTSIYALARI VA ULARNI TA'LIM-TARBIYA

JARAYONIGA TADBIQ QILISH YO'LLARI" MAVZUSIDAGIRESPUBLIKAILMIY-AMALIY KONFERENSIYASI

25-oktabr 2023-yil

the Aral Sea. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 939, No. 1, p. 012084). IOP Publishing.

6. Mukhitdinova, O., Alyavi, B. A., Ubaydullaeva, Z. Z., Uzokov, J. K., Mukhamedova, M. G., Rakhimova, D. A., ... & Orziev, D. Z. (2022). Changes of blood D-dimer level after COVID-19 in patients with coronary heart disease. European Heart Journal: Acute Cardiovascular Care, 11(Supplement_1), zuac041-136.

7. Nazarova, O., Khujaev, O., & Jumanazarov, G. (2023, March). Septoria (Septoria pistaciae Desm.) pathogen infecting pistachio nuts in Uzbekistan and its biological characteristics. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1142, No. 1, p. 012051). IOP Publishing.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.