Научная статья на тему 'SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI'

SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
10512
286
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
dorivor / dorivor o’simliklar / bangidevona / bargizub / bargizo’t / isiriq / isiriqdon / kavrak / kuchala / “O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-3968-sonli / “O’zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4668-sonli qarorlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nosir Numonovich Mirjonov

Maqolada o’zbek tilida qo’llanadigan bangidevona, bargizub, isiriq, kavrak va kuchala kabi shifobaxsh (dorivor) o’simliklarning nomlari, ularning tilimizda qo’llanilishi, kelib chiqish asoslari, leksik va morfologik xususiyatlari haqida atroflicha so’z yuritiladi. Shu bilan birga shifobaxsh o’simlik nomlarini tadqiq etish zarurati haqida bir qator dalillar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «SHIFOBAXSH O’SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI»

SHIFOBAXSH O'SIMLIK NOMLARINING LINGVISTIK XUSUSIYATLARI

Nosir Numonovich Mirjonov

Buxoro davlat universiteti O'zbek tilshunosligi kafedrasi magistranti

ANNOTATSIYA

Maqolada o'zbek tilida qo'llanadigan bangidevona, bargizub, isiriq, kavrak va kuchala kabi shifobaxsh (dorivor) o'simliklarning nomlari, ularning tilimizda qo'llanilishi, kelib chiqish asoslari, leksik va morfologik xususiyatlari haqida atroflicha so'z yuritiladi. Shu bilan birga shifobaxsh o'simlik nomlarini tadqiq etish zarurati haqida bir qator dalillar keltirilgan.

Kalit so'zlar: dorivor, dorivor o'simliklar, bangidevona, bargizub, bargizo't, isiriq, isiriqdon, kavrak, kuchala, "O'zbekiston Respublikasida Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3968-sonli, "O'zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4668-sonli qarorlar.

Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlarning deyarli 40—47% i o'simlik xom ashyolaridan olinadi.

Dorivor1- [f. j1 -shifobaxsh, dori bo'ladigan], sifat. Turli kasalliklarga dori bo'ladigan yoki dori olinadigan. Ishlatilishi: dorivor moddalar, dorivor o'simliklar.

Adabiyotda: 1) U dorivor giyohlarni tog'ma-tog' yurib topib kelar, quritar, katta-kichik honchalarda yanchib tuyar—dori tayyorlar edi. (K.Yashin, Hamza) 2) Ular (savdogarlar) Rossiya bozorlariga Hindiston dorivorlari, Samarqand, Buxoro kosiblar to'qiganshoyi, atlas, zarbof, kimxob, baxmal olib borardilar. (M.Osim, Elchilar)

Dorivor o'simliklar - odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar — giyohlar.

Dorivor o'simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan: 1) ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli va boshqalar; 2) farmakologik ko'rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi,

og'riqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv

"5

sistemasini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar.

1 O'zbek tilining izohli lug'ati (1-jild)

2 Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo'stoni-2018.

Odamlar tabiat ne'matlaridan foydalana boshlaganidan buyon dorivor o'tlardan kasalliklarni davolashda foydalanib kelganlar. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida shifobaxsh o'simliklar haqida ma'lumotlar beruvchi asarlar yozilgan. Sharqda, xususan O'rta Osiyo xalq tabobatida dorivor o'simliklardan foydalanib davolash o'zining qadimiy an'analariga ega.

Shifobaxsh o'simliklardan tibbiy maqsadlarda foydalanish borasida Abu Ali Ibn Sinoning "Al-qonun fit-tib" asarida 476 ga yaqin o'simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to'g'risida ma'lumotlar keltiriladi.

Abu Ali ibn Sino yashil olam mahsuli bo'lgan shifobaxsh o'simliklardan turli tuman xastaliklarni davolashda muvaffaqiyatli foydalangan. Olim o'z asarlarida muayyan o'simlikning ajoyib xossalarini qayd etish bilan bir qatorda, qanday kasallikka davo bo'lishi, undan qanday foydalanish kerakligi haqida ham yo'l-yo'riqlar bergan. Bugungi kunda ulug' alloma foydalangan dorivor o'simliklarning yuzdan ortig'i turli zamonaviy tibbiyot amaliyotida samarali qo'llanilmoqda.

Ko'pgina shifobaxsh o'simliklar tibbiyotda qo'llaniladi va hozirgi kunda ham kishilar o'simliklarning kimyoviy tarkibini o'rganish bo'yicha izlanishlarni olib borishmoqda. Bu esa o'z navbatida yangi-yangi kashfiyotlarga olib keldi. Hozirgi kunda mog'or zamburug'i deb ataladigan zamburug'dan penitsillin dorisi tayyorlanmoqda.

Ba'zi dorivor o'simliklar, jumladan, yalpiz plantatsiyalarda ko'paytirilmoqda; Yalpiz moyining asosiy qismini tashkil etgan modda - mentol tish poroshogini xushbo'y qiladi. Mentol validol va boshqa yurak kasalligi dorilari, tinchlantiruvchi dorilarga, kosmonavtlarning ovqatlanish ratsioniga kiradigan yalpizli karamelga ham qo'shiladi.

Mamlakatimiz yovvoyi holda o'sadigan dorivor o'simliklarga ham boy. O'rmonlarda marvaridgul o'sadi, undan yurak kasalligi bilan og'riganlarga dori tayyorlanadi, o'rmon etagi va nam o'tloq yerlarda o'sadigan valeriana o'simligildan tinchlantiruvchi dori ishlanadi. O'tloq yerlarda har qadamda dalachoy (uni xalq orasida 95 dardga davo bo'ladi deyishadi), bo'yimodaron, ko'ko't, gazako't, qora andiz va boshqa dorivor o'simliklar o'sib yotadi.

Farmatsevtikaning jadal suratlar bilan rivojlanishi va yangi, yuqori samarali sintetik dorilar yaratilishiga qaramay dorivor o'simliklar va dorivor mahsulotlarga bo'lgan ehtiyojlar kundan kunga ortib bormoqda. Bu sohadagi qator muammolarni hal etish maqsadida O'zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan 2018-yil 12-oktabrdagi "O'zbekiston Respublikasida Xalq tabobati sohasini tartibga solish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-3968-sonli, 2020-yilning 10-aprelidagi "O'zbekiston Respublikasida Xalq tabobatini rivojlantirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4668-sonli, 2020-yil 10-apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan

3 Pratov.O'.P, Nabiyev.M.M. O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent . O'qituvchi- 2007.

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 215

oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4670-sonli qarorlari qabul qilindi.4

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi PQ-4670-sonli qaroriga asosan respublikada so'nggi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, tabiiy resurslardan oqilona foydalanish, dorivor o'simliklar yetishtiriladigan plantatsiyalar tashkil etish va ularni qayta ishlash borasida izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Prezident Qarorida "Mahalliy floraga mansub 4,3 mingdan ortiq o'simliklarning 750 ta turi dorivor hisoblanib, ulardan 112 ta turi ilmiy tibbiyotda foydalanish uchun ro'yxatga olingan, shundan 70 ta turi farmatsevtika sanoatida faol qo'llanib kelinmoqda"5-deyiladi.

Qarorda ilmiy-tadqiqot va oliy ta'lim muassasalari tomonidan amalga oshirilgan dorivor o'simliklarga doir ilmiy tadqiqotlar, yangi innovatsion ishlanmalar bo'yicha ma'lumotlar bazasini shakllantirsin, shuningdek, ularning tizimli ravishda yangilab borilishini ta'minlash; O'zbekiston Respublikasi Xalq ta'limi vazirligi hamda Oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirliklariga 2020/2021 o'quv yilidan boshlab 2025/2026 o'quv yiliga qadar o'rta, o'rta maxsus va oliy ta'lim tizimida dorivor o'simliklarga oid maxsus soatlarni o'quv rejalariga kiritsh (16-band); 2020/2021 o'quv yili boshlangunga qadar Qishloq xo'jaligi vazirligi, O'rmon xo'jaligi davlat qo'mitasi, Sog'liqni saqlash vazirligi bilan birgalikda o'quv dasturlari, darsliklar va qo'llanmalarga dorivor o'simliklar haqida ma'lumotlar kiritilishini ta'minlash; 2020/2021 o'quv yilidan boshlab maktab va oliy ta'lim muassasalarida fitobarlar tashkil etish kabi vazifalar belgilab berildi. Bundan tashqari qaror ilovasida 50 nomdagi dorivor o'simliklar va ularning hududlar kesimida plantatsiyalarini tashkil etish bo'yicha ko'rsatmalar berilgan.

Ushbu topshiriqlar tilshunoslar zimmasiga ham bir qator vazifalar yuklaydi, jumladan, shifobaxsh o'simlik nomlarining lingvistik jihatini mukammal tadqiq etish, tibbiyotda va xalq tabobatida qo'laniladigan o'simlik nomlarini barcha soha vakillari uchun tushunarli variantlarini taqdim etish, lug'atlarini yaratish kabilar.

Bangidevona-[hindcha, bang- (nasha, kanopi) so'zidan forscha bangi-^ (nasha chekuvchi, narkoman) +forscha, devona- ^^-telba, aqlsiz (bangi+devona)]

Sinonim: Barsh [arabcha. -afyun, bang, bangidevona];

Omonim: Bangidevona-bangilik kasaliga duchor bo'lgan shaxs, narkoman, nashavand (kam qo'llaniladigan so'z). Masalan, "Isfandiyor Madrayimxon emas, bu bangidevonadan har narsa kutsa bo'ladi." S.Siyoyev, Avaz

4 www.lex.uz

5 O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori, www.lex.uz

Botanikada: Ituzumdoshlar sinfiga mansub bir yillik zaharli o'simlik. Ituzumning pishmagan mevasi va yer ustki qismi tarkibida glikoalkaloidlar, vitaminlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

Tabobatda: O'simlik bargi spazmalitik dori sifatida qorin sanchiqlarida mingdevona barglari bilan birga astmaga qarshi qo'llaniladigan sigaret (astmotin) tarkibiga qo'shiladi. Asosan, skopolamin gidrobromin (0,5-1 ml) ampula ko'rinishida ishlab chiqariladi. Aeron tabletkasi tarkibida skopolamin va giossiamin bor. Tabletka (0,0005g) qusishga qarshi qo'llanadi.

Adabiyotda: 1) Adonis, angishvonagul, bangidevona, belladonna, issiriq, kuchala, marvaridgul, mingbosh, mingdevona va boshqalar shunday zaharli dorivor o'simliklar jumlasidandir. Shuning uchun o'simliklarni og'izga olmaslik, shuningdek ularni yig'ib olayotgan paytda qo'lni ko'zga urmaslik kerak. O'simliklarni yig'ib olgandan keyin qo'lni yaxshilab yuvish lozim.6 2) Mirvali bangining ko'magida aravadan zambilg'altakni tushirib oladilar. Qodiriy, Mirvonlik Mallavoy.

Bargizub-[forscha- vj^j^ .] o'zlashtirilgan so'z.

Sinonim: bargizo't (qo'shma so'z, qo'shib yoziladi), baqayaproq (qo'shma so'z, qo'shib yoziladi, sof o'zbekcha so'zlardan yasalgan)

Botanikada: Yirik bargli kalta poyali, gullari mayda ko'p yillik o't va uning xalq tabobatida ishlatiladigan bargi. Uning barglari nashtarsimon, tekis qirrali, gullari mayda,

n

ko'rimsiz bo'lib, bargsiz poyaning uchida boshoqsimon to'pgul hosil qiladi. Bargizub ikki xil, ya'ni katta-kichik bo'ladi. Kattasining barglari yirikroq, kichigining barglari maydaroq bo'ladi. Bargizubni eng foydali xili kattasidir.

Tabobatda: Bargizub qon ketishini to'xtatadi, quritilgan holda esa achishtirishlik xususiyatini yo'qotadi. Shu sababli eski, yangi yaralarni bitirishga foyda qiladi va bu jihatdan undan yaxshi dori yo'q. Barguzub issiq shishlar va olovdan kuygan joylarga, uchuqqa, quloq osti shishlariga foyda qiladi. Bargizub barglarining shirasini og'rig'iga qarshi tomizilsa, og'riqni bosadi, ildizi chaynalsa yoki qaynatmasi bilan og'iz chayilsa, tish og'rig'ini to'xtatadi. Barglarini suvi og'iz chaqalanishini davolaydi. Barguzub ichaklardagi yaralarga va safroli ich ketishlariga foyda qiladi.

Adabiyotda: 1) Qoravoyni uyga opkelib, ayvonga yotqizdik. Yarasiga barguzub qo'yib, otquloq bosdik. Sh. Xolmirzayev, Yo'llar, yo'ldoshlar. 2) Yara-chaqa bo'lganlarga kampirning otquloq, zig'irak, bargizo'tlardan "dori" tayyorlab berishi-chi... H. Nazir, So'nmas chaqmoqlar.

Isiriq (Peganum harmala-lotincha) o'simligi dunyoga mashhur giyohlardan biri bolib, adrasman, adraspan, adiraspan, hazorispand, dasht hovlisi, yovvoyi hovli, qabriston o'simligi, belobok, it iksiri, bibik, spand, isirik, harmal kabi nomlar bilan ataladi.

6 Bolalar ensiklopediyasi

7 УзМЭ

Eng keng qo'llaniladigan shakli isiriq atamasi bo'lib, uning shakli sodda ko'rinishda bo'lsada, kelib chiqishi bu o'simlikning urug'lari tutatilishi va o'tkir hid (is) ga egaligi sababli is+urug' yoki is+ur+iq shaklida bo'lgan taxminlar ham yo'q emas.

Xalq bu o'simlik, uning hidi kishini balo-qazodan, ko'z tegishdan arraydi deb hisoblaydi. Shu tufayli uning ismand, isfand kabi nomlari chaqaloqqa ism sifatida qo'yiladi: Isfandiyor, Isfand, Ismand kabi.

Botanikada: Isiriq (Peganum) — isiriqdoshlar oilasiga mansub ko'p yillik o'simliklar turkumi. Bo'yi 60-70 sm bo'lib o'sadigan, ko'p yillik o'simlikdir. Poyasi bir nechta, ko'p tukli, poyasi atrofga yoyilib o'sadi, sershox. Barglari kulrang yoki yashil. Oq sarg'ish gullari poyada yakka-yakka o'rnashgan. Mevasi sharsimon ko'sakcha, ko'p urug'li. U erta bahordan o'sa boshlaydi. 6 turi ma'lum. O'zbekistonda 1 turi (Peganum harmala) o'sadi. Cho'l va yarim cho'llarda, aholi yashaydigan yerlarda, ekinlar orasida va tog' yon bag'irlarida uchraydi. Tarkibida alkaloidlar (garmin, garmalin, peganin va b.), yog', bo'yoq va boshqa moddalar bor. O'simlik ildizida 3,3 % gacha, poyasida 3,57 % gacha, bargida 4,96 % va urug'ida 6,60 % gacha alkaloidlar borligi qayd qilingan bo'lib, ular yig'indisidan garmalin, garmin, peganol, dezoksipeganin kabi moddalar ajratib olingan. Urug'idan jun gazlama va shoyilar uchun bo'yoq olinadi.

Tabobatda: qadimdan turli kasalliklar (tutqanoq, tomoq og'rig'i, zaxm)ni davolashda, siydik haydovchi, terlatuvchi vosita sifatida ishlatiladi. U tabobatda keng miqyosda ishlatiladi. O'simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo'lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig'lanish asorati - qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.

Xalq tabobatida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida, bodni davolashda vanna qilish yo'li bilan foydalanish tavsiya etilgan. Shuningdek, isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak, tutqanoq, nevrasteniya, shamollash bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda foydalaniladi. Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og'iz chayiladigan bo'lsa, og'iz bo'shlig'i va tomoqning shamollashiga barham beriladi.

Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida, tizza va suyaklar qaqshab og'riganida, og'riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan. U isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalangan.

Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og'rigan bemorlarga surtilsa, ular anchagina taskin topishi haqidagi ma'lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fit-tibb» asarida keltirilgan.

Adabiyotda isiriq so'zidan unumli foydalaniladi: 1) Isiriq-grippga qarshi yaxshi narsa. Kim uni eskilik desa, xato qiladi. Mirmuhsin, Umid. 2) U yoz bo'yi Mansur

uchun ataylab yalpiz, «sariqbosh», isiriq, yana allaqanaqa giyohlami yig'ib yurar, «ih» desa, hozir undan ayrilib qolayotganday, boshida ming rabbanno bo'lardi. O'.Hoshimov, Qalbingga quloq sol. 3) Uzoqlarda sarob jimirlaydi. Ko'l betida qovjiragan yantog'u isiriq suzib yurganday.. S. Nurov, Narvon. 4) Taypoq tobokda isiriq tutatdi. T. Murod, Ot kishnagan oqshom. 5) Har qanday yomon nazarni daf qiladi bu isiriq. S. Ahmad, Ufq. 6) Balo-qazoni hozir daf qilamiz. Bitta tovoqqa kul solib, tikanak tuz bilan bir kaft isiriqning donidan olib keling. R. Fayziy, Hazrati inson. 7) -Shoshilma, bolam, - kampir tandir tomonga yugurdi va xokandozda isiriq tutatib keldi, Normatning boshidan aylantirdi. I. Rahim. Chin muhabbat. 8) Jizzali non, isiriq, qalampir,, meva hidi dimog'iga urildi. A. Muxtor, Opa-singillar. 9) U isiriq tutatib, qo'lim engil, kimgaki uchoq kirsa, o'zim silab qo'yganman... dedi. Sh. Bo'taev, Qo'rg'onlangan oy. 10) Yog'ochga qistirib qo'yilgan isiriqdan bir changal solib chiqdi. Sh. Xolmirzaev, Og'ir tosh ko'chsa. 11) Devorlarda, chordevorlarda isiriqning bo'ylarin tuydim. A.Mahkam. 12) [Shafoat xola] Bir bog'lam isiriqni ochib: -Yomon ko'zdan asrasin, tezroq imi-dimini qilmasam bo'lmaydi, - dedi. G'ayratiy, Dovdirash. 13) Eski irimlardan qutulib ketmagan ba'zi bo'ltaklar... xodaning ustiga isiriq bog'lab qo'yadilar. A. Qodiriy, Obid ketmon.

O'zbek tilida "isiriq" atmasi bilan yasalgan isiriqchi, isiriqdon, isiriqfurush, isiriq solmoq, isiriq tutatmoq kabi so'z va so'z birikmalarni ko'plab uchratish mumkin.

Q

Isiriq solmoq (yoki tutatmoq): 1) turli mikrob (kasalik) larga qarshi, dezinfeksiya maqsadida isiriqning qurug'ini tutatmoq. Xonalarni tez-tez shamollatib turish, kuniga ikki marta isiriq tutatish ham maqsadga muvofiqdir. Gazetadan; 2) etn. ins-jinsni qochirish, «yomon ko'zdan saklash» va sh. k. maqsadda isiriq tutatib, kishi boshi (atrofi) dan, xona ichida aylantirmoq. Kampir, mehmonlar chiqib ketishi bilan, suyukli kuyoviga isiriq soldi. S. Zunnunova, Go'dak hidi. Lutfiniso dam o'tmasdan kelib, goh «yomon ko'zdan saqlasin» uchun isiriq tutattirar, goh qizini quchib yig'lar.. edi. Oybek, Tanlangan asarlar.

Isiriqdon - isiriqchining isiriq solib tutatadigan mis idishi. Do'kon og'zida boshiga kuloh kiygan. qalandar hadeb aylanishib, isiriqdonini u yoqdan-bu yoqqa silkitaverdi. A. Muxtor, Opa-singillar.

Isiriqchi - kishilarga isiriq solib, shundan tushgan sadaqa bilan kun ko'ruvchi shaxs. Yo'lchi qarab, kinoya bilan qoshlarini chimirdi: -Men xo'jayinlarning bo'yinturug'iga kallamni tiqay, ishlay, ular obdan moyimni shilsin, keyin meni «husht!» deb haydasin, men gadoy bo'lay, isiriqchi bo'lay. Oybek, Tanlangan asarlar.

Kavrak, kovrak, roba, sassiq kavray, sassiq kavrak, ko'histon kovragi, Sumbul (Ferula sumbul) nomlari bilan ataluvchi mazkur o'simlik ferula nomi bilan fanga tanilgan (Sassiq kovrak — Ferula assa-foetida, lotinchada).

8 O'zbek tilining izohli lug'ati

Botanik ta'rifi. Kovrak - (Ferula) turkumi selderdoshlar (soyabonguldoshlar) -Apiaceae (Umbelliferae) oilasiga mansub bo'lib, ko'p yillik o't o'simligi. Kovrakning yer yuzida 160 dan ziyod turlari, O'rta Osiyo respublikalarida 104, mamlakatimizda esa 50 turi uchraydi. Smola - yelim olishda sassiq kovrak, Kuhiston kovragi kabi turlari ishlatiladi.9

Tabiatda sassiq kovrak (Ferula assa-foetida L.) keng tarqalgan bo'lib, yelim-smola asosan shu turdan olinadi. Bu Dorivor o'simlik Tabobatda bemor organizmiga ijobiy ta'sir etuvchi biologik faol modda hisoblanadi. Dorivor vositalar sifatida o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi, shirasi va boshqa qismlaridan foydalaniladi.

Ta'siri va ishlatilishi. Bu o'simlik ildizlarining havoda qotib qoladigan yelimi xalq tabobatida ba'zi asab kasalliklarida talvasaga qarshi vosita tariqasida, shuningdek, gijja haydaydigan dori sifatida qadimdan ishlatilib kelinadi. O'rta Osiyo xalq tabobatida undan bronxial astma, sariq kasalligi, ko'kyo'tal, o'pka sili, o'lat, tish og'rig'i, zaxmda foydalaniladi, shuningdek, u diabetga qarshi, qon to'xtatadigan, quvvat beruvchi, balg'am ko'chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida, o't suyuqligini haydaydigan vosita tariqasida buyuriladi.

Ilmiy meditsinada kovrak yelim-smolasi - "assafetida" nomi bilan kukun, emulsiya va tindirma (nastoyka) holida og'riq qoldiruvchi, balg'am ko'chiruvchi, quvvat beruvchi va tinchlantiruvchi vosita sifatida ishlatiladi va ko'pgina davlatlar farmokopeyasiga kiritilgan.

Kovrak o'simligidan tayyorlangan galen preparatlarning arterial bosimni pasaytirishi, qiltomirlarning mo'rtligini bartaraf etib, bir qancha mikroblarning ko'payishiga yo'l qo'ymasligi tajriba sharoitida aniqlangan.

Ibn Sino kovrak yelimini bo'g'im og'riqlari davosiga ishlatish, ishtaha ochadigan va siydik haydaydigan vosita sifatida tavsiya etgan, lekin u kovrak yelimi qovuqqa zarar qiladi, deb hisoblagan.

Ibn Sino bobomiz bu o'simlikka shunday ta'rif berganlar: Kovrak urug'ining qaynatmasi (urug'i xuddi supurginikiga o'xshash malla rang, shakli ham shunga o'xshab ketadi) 3 mahal 50 grammdan ichilsa, ona suti ko'payadi. Shirasiga anjir qo'shib yeyilsa, sariq (gepatit) kasalligini tuzatadi. Yelimiga murch, sirka qo'shib, yomon sifatli yaralarga surilsa, foyda qiladi. Soch to'kilishiga ham o'ta foydalidir.

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 20-martdagi "Respublikada kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash hajmlarini ko'paytirish xamda eksport qilish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-3617 Qarori asosida kavrak plantatsiyalarini tashkil etish va ularning xom ashyosini qayta ishlash uyushmasi tashkil etilgan.10

9 uzpharmagency.uz

10 https://lex.uz/docs/3602143

O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tomonidan Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari hududlarida o'suvchi, mahalliy tilda sassiq kovrak so'nggi yillarda yo'qolib ketish xavf vujudga kelganligi sababli, 2019-yilda "Qizil kitob"ga kiritilgan.

Badiiy adabiyotda ba'zi adiblarning asarlarida kavrak shaklida uchraydi: 1)

Bu yerda bulturdan qolgan kavrak, qurigan bodomcha, tag'in allaqanday tikanlar mo'l edi. Sh. Xolmirzaev, Saylanma. 2) Qarshi cho'li ko'klamda juda sero't bo'ladi, unda «kavrak» deb ataluvchi, kishining ishtahasini ochadigan o'tlar o'sadi. O. Husanov, Hayot ishqi. 3) Giyohlarning nomlari ham yodimdan chiqay degan ekan: yovshan, yantoq, kavrak, qushqo' nmas, chitir. M. M. Do st, Lolazor. 4) Kavrak, urug'idan yaxshi ko'karadigan ko'p yillik o'sishik bo'lib, bo'yi 1 metrga etadi. «Fan va turmush».

Xalq og'zaki ijodida "Uzun terak, ichi kovrak. (Uzum)" kabi topishmoqni ham uchratish mumkin.

Kuchala-(^rw^ korolkowii-lotincha), chayono't, chilibuha, qusish yong'og'i kabi nomlar zaharli, shu bilan birga, dorivor ayni bir xil o'simlikning turli nomlaridir. Sodda yasama shaklda bo'lgan kuch+an(l)+a=kuchala so'zi tilimizda ken qo'llaniladi. Bu so'zning kelib chiqishi uning tirishtiruvchi xususiyati bilan bog'liq bo'lib, tirishgan, jingalak holdagi narsalarga nisbatan ham qo'llaniladi.

Botanikada: 1) Guli sariq, ko'k, safsar o'tsimon o'simlik hamda uning tibbiyotda ishlatiladigan zaharli, tugmasimon mevasi. Kuchaladoshlar oilasiga mansub, tugunakli, ko'p yillik, zaharli o't. Bo'yi 40—50 sm. Bargi shapaloq, uzun bandli. Barg bandining ostki qismi qin hosil qilib, poyani o'raydi. Gullari ayrim jinsli, to'pguli so'tasimon. Yuqori qismida changchi, quyida esa urug'chi gullar joylashgan. Toshkent, Farg'ona va Samarqand viloyatlarining tog' o'rmonlaridagi zax yerdarda o'sadi. May oyida gullaydi, urug'i iyunda pishadi. Tugunagida saponin, kraxmal, mevasida karotinoid, likopin bor. 2) ko'pchilik daraxt o'simliklar (qayin, terak, tol) ning shingilsimon to'pguli; gullaganidan (urug'chi kuchala) yoki urug'laganidan keyin (changchi kuchala) yaxlit to'kiladi.11 Ular [daraxtlar] ham bo'rtib, kuchala chiqara boshlashibdi. T. To'la, Toshkent uylari.

Xalq tabobatida tugunagidan tayyorlangan tolqon ilon va chayon chaqqanda, kunjut moyiga qorilgan tolqonidan pishirilgan non bavosirni, asalga qorilgan kuchala tolqoni esa pesni davolashda qo'llanadi. Yanchilgan tugunagini unga qorib sichqon, kalamush va boshqa kemiruvchilarni zaharlaydigan xo'rak tayyorlanadi. Kuchaladan tayyorlanadigan ayrim dorilar diabetga, urologik kasalliklarga yordam beradi, hayotiy energiyani oshiradi, shuningdek, jinsiy a'zolardagi faollikni oshiradi.

Adabiyotda kuchala atamasi qatnashgan jumlalarni ko'plab uchratish mumkin: 1) ...baqqoldan yashirincha oldirilgan kuchala kichkinagina dekchada ertadan kechgacha qaynaydi; ertalab uning suvi bir choynakka solinib, Zebixonning uyiga olib kirilishi

11 O'zbek tilining izohli lug'ati

Uzbekistan www.scientificprogress.uz

mo'ljallandi. Cho'lpon, «Kecha va kunduz». 2) -[Bozordagi] Mollar ichida jahondagi attorlikning xamma jihozi topiladi: mozi, zanjabil, sanoyi makka, kuchala, ko'zmunchoq.. qo'ying-chi, hamma narsa bor, — dedi Shum bola. G'. G'ulom, Shum bola. 3) Bangidevona, yovvoyi nasha, kampirchopon, hatto kuchala bilan isiriqning ortiqchasi ham yosh vujudni zaharlab qo'yishi hech gapmas. Gazetadan.

Kuchala yegan joyingga borib tirish (qilig'ingni ichgan (kayf qilgan) joyingga borib qil), kuchala yegan itdek iboralari xalqimizda qadimdan qo'llaniladi. Masalan, "Agar ichkilik ichgan bo'lsang, kuchala yegan joyingga borib tirish", demoqchi bo'ldi-yu, aytmadi. R. Fayziy, «Hazrati inson» . Chakidaxo'r mulla Sodiqoxun.. tuzoqlariga tushadigan axmoq topolmasdan, kuchala egan itdek tirishib qoldilar. «Mushtum». Kuchala egan kabi tirishib, buzog'i teskari kelgan sigirdek to'lg'anadi va ihraydi. A. Qodiriy, Kichik asarlar. Kuchala yegan itdek buncha tirishasan (ibora).

Xulosa qilib aytganda shifobaxsh o'simlik nomlari tilimizda turli shaklda, shu jumladan, tub so'z, sodda yasama, qo'shma hamda boshqa tillardan o'zlashgan atamalar holatida uchraydi va xilma-xil variantlarda qo'llaniladi. Bu esa ayrim tushunmovchiliklar keltirib chiqaradi, dorilar tarkibini yoritishda, o'simliklarni bir-biridan farqlashda tushunarsiz lotin tilidan foydalanishga majbur bo'linadi. Bu kabi holatlarning oldini olish uchun tilshunoslar tomonidan tizimli ravishda shifobaxsh o'simlik nomlari tadqiq etilib, ularning ilmiy asoslarini, atamalarga oid lug'atlar va elektron ilovalarini yaratish zarurati yaqqol ko'zga tashlanadi.

REFERENCES

1. Mirziyoyev.Sh, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-son qarori, Lex.uz

2. Armando T. Hunziker: 'The Genera of Solanaceae' (o'zbek tilida: 'Ituzumdoshlarning Turkumi').

3. A.R.G. Gantner Verlag K.G., Ruggell, Liechtenstein 2001. ISBN 3-904144-77-4

4. Bolalar ensiklopediyasi, 2014, https://kitobxon.com/oz/company/ o'zbekiston -milliy-enciklopediyasi

5. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya. Toshkent. Tafakkur bo'stoni-2018.

6. Hojimatov Q., Olloyorov M. , O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;

7. Hojimatov Q., Yo'ldoshev K., Shog'ulomov U., Hojimatov O., Shifobaxsh giyoxlar dardlarga malham (Fitoterapiya), T., 1995;

8. Nabiyev M, Shifobaxsh giyoxlar, T., 1980;

9. Pratov.O'.P, Nabiyev.M.M. O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. Toshkent . O'qituvchi- 2007.

10. O'zbek tilining izohli lug'ati (1-tom), 2006-yil, 26-27-b

11. O'zME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

12. Tib qonunlari 3-4-tom,

13. Xoliqov K., O'zbekiston janubidagi dorivor o'simliklar, T., 1992;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

14. Xolmatov H.X., Habibov Z. H., Farmakognoziya [Darslik], T., 1967;

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.