Научная статья на тему 'SANO O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI'

SANO O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
11987
329
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Makkai sano / Aleksandr bargi / padagra / bod / oq dog’lar / Cassia.Q / Makkai sana / Alexander leaf / padagra / bod / white spots / Cassia.Q

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Abdunazar Eshqobilovich Sharipov, Bahriddin Sobirjon O’g’li Rajabov, Xurshida Abdunazar Qizi Berdimuratova, Muxlisa Jalol Qizi Jalolova

Maqolada Sano shifobaxsh o’simligining insoniyat uchun foydali xususiyatlari, undan xalq tabobatida keng foydalanilishi to’grisida ma’lumotlar keltirilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

HEALING PROPERTIES OF INDUSTRIAL PLANT

The article provides information about the beneficial properties of the medicinal plant Sano for mankind, its widespread use in folk medicine.

Текст научной работы на тему «SANO O’SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI»

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

SANO O'SIMLIGINING SHIFOBAXSHLIK XUSUSIYATLARI

Abdunazar Bahriddin Xurshida Muxlisa Jalol qizi

Eshqobilovich Sobirjon o'g'li Abdunazar qizi Jalolova

Sharipov Rajabov Berdimuratova

Termiz davlat universiteti

ANNOTATSIYA

Maqolada Sano shifobaxsh o'simligining insoniyat uchun foydali xususiyatlari, undan xalq tabobatida keng foydalanilishi to'grisida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Makkai sano, Aleksandr bargi, padagra, bod, oq dog'lar, Cassia.Q

HEALING PROPERTIES OF INDUSTRIAL PLANT

Abdunazar Bahriddin Khurshida Mukhlisa Jalol kizi

Eshkobilovich Sobirjon ugli Abdunazar kizi Jalolova

Sharipov Rajabov Berdimuratova

Termez State University

ABSTRACT

The article provides information about the beneficial properties of the medicinal plant Sano for mankind, its widespread use in folk medicine.

Keywords: Makkai sana, Alexander leaf, padagra, bod, white spots, Cassia.Q

KIRISH

Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan. Hozirgi kunda 1000 dan ortiq(50-60%) o'simlik turining kimyoviy,farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Muhtaram! Prezidentimiz Sh. Mirziyoyevning 2020-yil 10-apreldagi PQ-4670-sonli qaroriga muvofiq "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish,madaniy holda yetishtirish , qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari" asosida tavsiya etilgan o'simliklardan biri sezaljindoshlar oilasiga mansub Sano o'simligidir [1].

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Sano (cassia)-dorivor o'simliklar ichida shifobaxshligi va darmondorligi bilan alohida ajralib turadigan o'simlik hisoblanadi.Sano o'simligi tabobatda makkai sano , Aleksandr bargi va senna nomlari bilan mashhur .Bu o'simlik dukkaklilar-fabaceae qabilasiga mansub bo'lib ko'p yillik o't,buta yoki kichik daraxtlar ko'rinishida

■ p.ge „ -

SCIENTIFIC PROGRESS

VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021 ISSN: 2181-1601

uchraydi. Uning poyasi shoxlangan,pastki qismidagi barglari yerga tegib o'sadi. Bargi murakkab juft patsimon , 5-10 juft ingichka bargchali, guli oq yoki qizg'ish , to'pguli shingilsimon ko'rinishda. Mazkur o'simlikning 500-600ta turi mavjud . Masalan:to'mtoq bargli,ingichka bargli, o'tkir bargli kabi turlari ahamiyatga molik hisoblanadi [2-7].

Makkai sano tabiiy holda ko'pincha, Arabistonda,O'rta Osiyoda, Qozog'istonda, Ukrainada uchraydi [8-14]. Shuningdek, mamlakatimizning Buxoro viloyatidagi Qorako'l, G'ijdivon, Shofirkon tumanlarida hamda, Toshkent viloyatining Piskent,O'rtachirchiq,Quyichirchiq tumanlarida ham uchratish mumkin.

Abu Ali Ibn Sino tavsiyasidan: sano bargining shifobaxsh choylari.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Sano bargining bir turi-o'tkir bargli sanoning bargi tarkibida ichni yumshatuvchi antraglikozidlar bor. Tibbiyotda surgi dori sifatida, qabziyatda esa ichni yumshatuvchi dori sifatida, surunkali atonik qabziyatlarni, homiladorlikdagi qabziyatlarni davolashda va bavosil kasalligida qo'llaniladi [15-19]. Tibbiyot ilmining asoschisi hisoblanmish mashhur olim Abu Ali Ibn Sino ham ushbu o'simlikning barglaridan tayyorlangan damlama padagra, bod, sariq kasallik, jigar og'riqlarida shuningdek, surgi dori sifatida o'ta muhim va shifobaxsh malham deb tavsiya etganlar.

Uy sharoitida sano bargidan shifobaxsh damlamalar tayyorlash.

1. Sano bargining quritilganidan 2.5 misqol olib asal bilan yeyilsa , tanaga kuch beradi va baquvvat qilib , yaxshi kayfiyat baxsh etadi;

2. Sanoni sut bilan ichilsa yuzni oqartiradi;

3. Yog' bilan yeyilsa - pesdan ( oq dog'lardan) xalos etadi;

4. Kashnich bargi shirasida ivitilsa sano bargi tomoq og'rig'ida yaxshi naf beradi;

5. Tuya suti bilan ichilsa, kishini hushvaqt qiladi va asablarni tinchlantiradi.

6. Uning oddiy damlamasi ham varikoz kasalligida ancha samarali vosita hisoblanadi;

Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 216

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 2 I ISSUE 3 I 2021

ISSN: 2181-1601

7. Oshqozon-ichak faoliyatini yaxshilaydi;

8. Ortiqcha semizlikdan forig' qiladi;

9. Ovqat hazmi hamda moddalar almashinuvini yaxshilaydi;

10.Qonni tozalaydi.

Sano o'simligidan oddiy damlama tayyorlash.

XULOSA

Sano o'simligining 10-20 gramm quritilgan bargini 200ml qaynoq suvga solib, 5 daqiqa qaynatib, so'ngra 1 soat davomida damlanadi. Kun davomida 1 osh qoshiqdan 23 mahal, asosan ertalab va kechqurun ichish tavsiya etiladi. Bir ichishda 30ml dank am bo'lmagan holda ichilsa kishini tezda tetiklashtirib , xush kayfiyat baxsh etadi [20-24]. Lekin, bu o'simlikning foydali jihatlari bo'lishi bilan birga zararli tomonlari ham mavjud. Jumladan, sano bargidan tayyorlangan damlama yoki surgi vositalarining dozasi oshirib yuborilganda ta'sir kuchi ortib qorinda sanchiqsimon og'riqlar va meteorizm kuzatiladi [25-30]. Bunday nojoyi holatlar kuzatilmasligi uchun har qanday damlama va dori vositalarini me'yorida iste'mol qilish tavsiya etiladi. Xulosa qilib aytganda ushbu o'simlik 1000 dardga davo bo'luvchi shifobaxsh hisoblanadi.

REFERENCES

[1] Mirziyoyev SH.M. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10- apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida"gi PQ-4670-sonli qarori.2

[2] Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va kologiya. Toshkent. Tafakkur bo'stoni-2018.

[3] Muxamedova M.SH, Xodjayeva M.A, Komilov X.M, "Tarkibida alkoloidlari bo'lgan dorivor o'simliklar va mahsulotlar" Toshkent-2009.

Uzbekistan

www.scientificprogress.uz

Page 217 |

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.