Научная статья на тему 'DORIVOR O‘SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI'

DORIVOR O‘SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
1472
51
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
o‘simlik / o‘simlik / gul / barg / meva / urug‘ / dori. / plant / herb / flower / leaf / fruit / seed / medicine / drug.

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — M. Abdurahimova, D. Mamadaliyeva, G. Siddiqova

Oxirgi yillarda O‘zbekiston respublikasida bioxilma-xillikni o‘rganishga juda katta ahamiyat berilayapti. Tabiatda yildan-yil o‘simliklarning turlari o‘zgaradi, bir xil turlar yo‘qoladi, ularning o‘rniga yangi turlar paydo bo‘ladi Dorivor o‘simliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o‘simliklar— giyohlardur. Yer yuzida Dorivor o‘simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o‘simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O‘zbekistonda dorivor o‘simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o‘sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o‘simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo‘llaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% o‘simlik xom ashyolaridan olinadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MEDICINAL PROPERTIES OF HERBAL INCENSE

In recent years, great importance has been attached to the study of biodiversity in the Republic of Uzbekistan. In nature, the types of plants change from year to year, the same species disappear, new species appear in their place. Medicinal plants for treating people and animals, preventing diseases, as well as food, are plants-herbs used in the perfumery and cosmetics industry. It has been determined that there are 10-12 thousand species of medicinal plants on earth. The chemical, pharmacological and medicinal properties of more than 1000 plant species have been investigated. There are more than 700 species of medicinal plants in Uzbekistan. Of these, about 120 species of plants grown in natural conditions and cultivated are used in scientific and folk medicine. Currently, about 40-47% of medicines used in medicine are obtained from raw plant materials.

Текст научной работы на тему «DORIVOR O‘SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

DORIVOR O'SIMLIK ISIRIQNING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI Abdurahimova Muhabbatxon Alijonovna

FarDU Zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Mamadaliyeva Durdona Obidjon qizi

DFU talabasi Siddiqova Gulzira Sadullo qizi

FDU talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7158511 Annotatsiya. Oxirgi yillarda O'zbekiston respublikasida bioxilma-xillikni o'rganishga juda katta ahamiyat berilayapti. Tabiatda yildan-yil o'simliklarning turlari o'zgaradi, bir xil turlar yo'qoladi, ularning o'rniga yangi turlar paydo bo'ladi Dorivor o'simliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar— giyohlardur. Yer yuzida Dorivor o'simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi. Kalit so'zlar: o'simlik, o'simlik, gul, barg, meva, urug', dori.

ЛЕКАРСТВЕННЫЕ СВОЙСТВА ТРАВЯНЫХ ЛАМИНОВ Аннотация. В последние годы изучению биоразнообразия в Республике Узбекистан придается большое значение. В природе виды растений из года в год меняются, одни и те же виды исчезают, а на их месте появляются новые.Растениями, используемыми в парфюмерно-косметической промышленности, являются травы. Установлено, что на земле насчитывается 10-12 тысяч видов лекарственных растений. Исследованы химические, фармакологические и лечебные свойства более 1000 видов растений. В Узбекистане насчитывается более 700 видов лекарственных растений. Из них около 120 видов растений, выращенных в естественных условиях и культивируемых, используются в научной и народной медицине. В настоящее время около 40-47% лекарственных средств, используемых в медицине, получают из растительного сырья.

Ключевые слова: растение, трава, цветок, лист, плод, семя, лекарство.

THE MEDICINAL PROPERTIES OF HERBAL INCENSE Abstract. In recent years, great importance has been attached to the study of biodiversity in the Republic of Uzbekistan. In nature, the types of plants change from year to year, the same species disappear, new species appear in their place. Medicinal plants - for treating people and animals, preventing diseases, as well as food, are plants-herbs used in the perfumery and cosmetics industry. It has been determined that there are 10-12 thousand species of medicinal plants on earth. The chemical, pharmacological and medicinal properties of more than 1000 plant species have been investigated. There are more than 700 species of medicinal plants in Uzbekistan. Of these, about 120 species of plants grown in natural conditions and cultivated are used in scientific and folk medicine. Currently, about 40-47% of medicines used in medicine are obtained from raw plant materials.

Keywords: plant, herb, flower, leaf, fruit, seed, medicine, drug.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

KIRISH

Dorivor o'simliklar — odam va hayvonlarni davolash, kasalliklarning oldini olish uchun, shuningdek, oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklar— giyohlardur. Yer yuzida Dorivor o'simliklarning 10—12 ming turi borligi aniqlangan. 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik va dorivorlik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda Dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi. Hozirgi davrda tibbiyotda qo'llaniladigan doridarmonlarning qariyib 40—47% o'simlik xom ashyolaridan olinadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

O'simliklar murakkab tuzilishiga ega bo'lgan jonli tabiiy kimyoviy laboratoriya bo'lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki birikmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o'simliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (urugi), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi doridarmon tarzida foydalaniladi.Dorivor o'simliklarni 2 xil tasniflash qabul qilingan:1) ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab — alkaloidli, glikozidli, efir moyli, vitaminli 2) farmakologik ko'rsatkichlariga qarab — tinchlantiruvchi, og'riqqoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, marka-ziy nerv sistemasini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar. Dorivor o'simliklarning ta'sir etuvchi moddalari alkaloidlar, turli glikokozidlar (antraglikozidlar, yurakka ta'sir etuvchi glikozidlar, saponinlar b.), flavonoidlar, kumarinlar, oshlovchi va shilliq moddalar, efir moylari, vitaminlar, bo'yoq moddalar, fermentlar, fitonsidlar, kraxmal, oqsillar, polisaxaridlar, azotli moddalar, moy hamda moy kislotalari va boshqa birikmalar bo'lishi mumkin

TADQIQOT NATIJALARI

Shifobaxsh isiriqni tanimaydiganlar oramizda bo'lmasa kerak . Lekin uning tibbiy xususiyatlarini to'la biladaginalar kam topiladi. isiriqning tibbiy xususiyalarini o'rganadigan bo'lsak, avval o'simlikning biologik tuzilishi bilan tanishib olamiz. Isiriq 30-70 sm bo'lib o'sadigan ko'p yillik o'simlikdir. Poyasi bir nechta, ko'p tukli, poyasi atrofga yoyilib o'sadi. Oq sarg'ish gullari poyada yakka-yakka o'rnashgan. Mevasi sharsimon, ko'p urug'li. U erta bahordan o'sa boshlaydi.Issiriqning tabobatdagi o'rni haqida gapiradigan bo'lsak, sir emaski bu o'simlik "tabiat gavharlaridan" biri hisoblanadi. U tabobatda keng miqyosda ishlatiladi. O'simlikning bunday keng miqyosda ishlatilishiga sabab, uning tarkibida alkaloidlar, peganol, peganidin, garmin, garmalin, turli moylar, oshlovchi moddalarning mavjudligidir. Yuqoridagi moddalardan misol tariqasida oladigan bo'lsak, garmin asab tizimini tinchlantiradi, bosh miya yallig'lanish asorati - qaltirashni davolashda va uxlatuvchi modda (dori) sifatida ishlatilgan.Endi esa qanday holatlarda isiriqdan foydalangan holatda darddan forig' bo'lish mumkinligini birma-bir sanab o'tsak (Qancha sanasak ham sanog'iga yetish qiyin)Foydali jihatlari

Isiriq o'tini kuydirib, biroz hidlansa bosh og'rig'i yo'qoladi;

Isiriq urug'I qaynatmasi nafas olishi qiyinlashganda , nafas qisishida zig'ir urug'i bilan bilan araashtirib ichilsa yuqoridagi dardlarga davo bo'ladi;

Isiriqning shonalash davrida olinadigan o'ti va urug'lari davolashda ancha samarali hisoblanadi;

Isiriqni tinchlantiruvchi vosita sifatida ham qo'llash mumkin. Bu xususiyati uyqusizlikda ajoyib foyda beradi;

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'simlikning shirasi - katarakda ancha samara beradi (Qaynatmasi bilan yuz yuviladi); Uy-joylarni dezinfeksiya qilish maqsadida tutatib qo'yish mumkin; Isiriqning sut shirasi tibbiy paxtaga shimdirilib, qichimadan qiynalgan joylarga 10 kun davomida davomida surtilsa, qichimani tuzatadi;

Yurak faoliyatini yaxshilsh maqsadida isiriq urug'I, sedana, kamfora, murch, petrushka, qora zira, za'faron teng miqdorda olinib, aralashtiriladi. Hamda asal yoki shaker qo'shilib kuniga bir mahal ichiladi;

Ich dam bo'lganda isiriqga, petrushka urug'ini hamda yalpiz, zanjabil kabilarni aralshtirilib ichilsa, shifo bo'ladi; MUHOKAMA

Isiriq peshob haydovchi, tish og'rig'i, terlatuvchi, grippni oldini oluvchi, oshqozon-ichak tizimi kasalliklarini davolovchi xususiyatlari ham mavjud!

O'simlik ildizida 3,3 % gacha , poyasida 3,57 % gacha , bargida 4,96 % va urug'ida 6,60 % gacha alkaloidlar borligi qayd qilingan bo'lib , ular yig'indisidan garmalin , garmin, peganol , dezoksipeganin kabi moddalar ajratib olingan . Isiriq qadim zamonlardan beri sharq xalqlari medesinasida qo'llanilib kelinayotgan shifobaxsh giyohlardan hisoblanadi . XULOSA

Xalq medesinasida isiriqning yer ustki qismining qaynatmasidan teri kasalliklarida ,bodni davolashda vanna qilish yo'li bilan foydalanish tavsiya etilgan. Shuningdek , isiriqdan tayyorlangan qaynatma va damlamalardan bezgak , tutqanoq, nevrasteniya, shamollash bilan bog'liq bo'lgan kasalliklarda foydalaniladi . Isiriqdan tayyorlangan qaynatma bilan og'iz chayiladigan bo'lsa , og'iz bo'shlig'i va tomoqning shamollashiga barham beriladi Abu Ali Ibn Sino isiriqni kuymich asablari shamollaganida , tizza va suyaklar qaqshab og'riganida , og'riq qoldiruvchi omil sifatida ishlatishni tavsiya etgan . U isiriqdan kuchli siydik haydovchi omil sifatida foydalangan . Isiriqning sut shirasiga 10 kun davomida shimdirilgan bir tutam paxta yoki junli mato qichma bilan og'rigan bemorlarga surtilsa , ular anchagina taskin topishi haqidagi ma'lumot ulkan ensiklopedist olim Abu Rayhon Beruniyning «Kitob as-saydana fit-tibb» asarida keltirilgan . Isiriq va zig'ir urug'ining qaynatmasi nafas olishining qiyinlashishida , qalampir urug'i qaynatmasi bilan birga zahm, bod kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ilmiy medesinada isiriqning dorivor preparatlari qo'l, oyoq va boshqa yerlarning doim titrab turishi hamda tutqanoq kasalliklarini davolashda ishlatiladi .

REFERENCES

1. Милаханова С.А, Ю.А.Дударь «Выращивание и использование целебных растений» Нальчик 1990.

2. Курмуков А.Г, Белолипов И.В. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. Монография. Ташкент. 2012. - С.

3. Alimova R.A., Sagdiev M.T. O'simliklar fiziologiyasi va biokimyosi. Qo'llanma. Toshkent. 2013.

4. O'.Ahmedov, A.Ergashev, A.Abzalov, M.Yulchiyeva, D.Mustafakulov. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekologiya «tafakkur-bo'stoni» nashriyoti Toshkent - 2018

5. Б.Ё.Тухтаев, Э.ТАх,медов Доривор усимликларни устириш ва етиштириш. Нашриёт уйи "тасвир" - 2021

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

6. Hojimatov Q., Olloyorov M. ,O'zbekistonning shifobaxsh o'simliklari va ularni muhofaza qilish, T., 1988;

7. Xoliqov K., O'zbekiston janubidagi dorivor o'simliklar, T., 1992;

8. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). Ecological culture is a demand of today. In Конференции.

9. Абдурахимова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42

10. Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых, 2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины

11. Тешабоев, Н., Мукимов, З., & Абдурахимова, М. (2021, August). THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1351. In RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES (No. 18.06).

12. SPIRITUAL AND MORAL CRITERIA AS A SYMBOL OF PERFECTION DA Abdurahimova, MA Abdurahimova Экономика и социум, 27-31 Agrotechnics of grape growing on stone gravely black gray soils

13. M Abdurahimova, Z Rajavaliyeva, M Alijonova ACADEMICIA: An International Multidisciplinary Research Journal 11 (9), 614-617

14. THE EFFECT OF DEEP PROCESSING ON COTTON YIELD BETWEEN COTTON ROWS: https://doi. org/10.47100/conferences. v1i1. 1351 Н Тешабоев, З Мукимов, М Абдурахимова RESEARCH SUPPORT CENTER CONFERENCES

15. Хайдаров М. М., Турдалиев А. Т. Саминов ААУ Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах //Тенденции развития науки и образования. - 2021.

- №. 80-3. - С. 45-47.

16. Turdaliev A. T. et al. Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil //IOP Conference Series: Earth and Environmental Science. - IOP Publishing, 2022. - Т. 1068. - №. 1. - С. 012047.

17. Saminov A., Ismoiljonova D., Rahmataliyeva M. DORIVOR SUT QUSHQO'NMAS OSIMLIGINING FOYDALI XUSUSIYATLARI VA UNDAN OQILONA FOYALANISH //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D4. - С. 155-159.

18. Anvarjonovich D. Q., O'g'li S. A. A., O'g'li X. The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains //Asian journal of multidimensional research. - 2021. - Т. 10. - №. 4. - С. 415-419.

19. O'G'Li S. A. A., Qizi A. A. D. O. K., Qizi N. B. H. DOLLAR DARAXTINING YETISHTIRISH TEXNOLOGIYASI //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. -С. 297-300.

20. Mukhtarovna N. R., Alimardonugli S. A., Botiraliyevich U. N. Features of treatment of winter wheat seeds by different processors //International Engineering Journal For Research & Development. - 2021. - Т. 6. - С. 3-3.

21. Saminov A., Sodiqova M., Rahmataliyeva M. DORIVOR TOPINAMBUR O 'SIMLIGINI YETISHTIRISH VA UNING O 'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI //Science and innovation.

- 2022. - Т. 1. - №. D6. - С. 116-119.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.