Научная статья на тему 'NA’MATAK (ROSA) NING SIZ VA BIZ BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI'

NA’MATAK (ROSA) NING SIZ VA BIZ BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
912
65
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
na’matak / dorivor / meva / urug‘ / damlama / ekstarkt / sharbat / hab dori / xolosis / vitamin. / plant / medicine / fruit / seed / tincture / extract / juice / drug / holosis / vitamin.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — A. Saminov, H. Komilov, D. Nasriddinova

Maqola shuni ko‘rsatadiki na'matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho'l mevasidan sharbat, hab dori va xolosis kabilarni dorivorlik xususiyatlarini o‘ragnish hamda soxalarda qo’llash yo’llari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MEDICINAL PROPERTIES OF FELT (ROSA) THAT YOU AND WE DID NOT KNOW

The article shows that the methods of researching the medicinal properties of namatak fruit tincture, extract and wet fruit juice, pills, and kholosis and using them in the fields are highlighted.

Текст научной работы на тему «NA’MATAK (ROSA) NING SIZ VA BIZ BILMAGAN DORIVORLIK XUSUSIYATLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

NA'MATAK (ROSA) NING SIZ VA BIZ BILMAGAN DORIVORLIK

XUSUSIYATLARI Saminov Avazbek Alimardon o'g'li

Farg'ona davlat universiteti zootexniya va agronomiya kafedrasi o'qituvchisi Komilov Husniddin Akromjon o'g'li

FarDU, talabasi Nasriddinova Dilnavoz Kamoliddin qizi

FarDU, talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.7083174

Annotatsiya. Maqola shuni ko'rsatadiki na'matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho'l mevasidan sharbat, hab dori va xolosis kabilarni dorivorlik xususiyatlarini o'ragnish hamda soxalarda qo'llash yo'llari yoritilgan.

Kalit so'zlar: na'matak, dorivor, meva,urug', damlama, ekstarkt, sharbat, hab dori, xolosis, vitamin.

ЛЕЧЕБНЫЕ СВОЙСТВА ВОЙЛОКА (РОЗЫ), О КОТОРЫХ ВЫ И МЫ НЕ ЗНАЛИ

Аннотация: В статье показано, что освещены методы исследования лечебных свойств настойки, экстракта и влажного фруктового сока, драже, холоса и применения их в полевых условиях.

Ключевые слова: растение, лекарство, плод, семя, настойка, экстракт, сок, препарат, холозис, витамин.

MEDICINAL PROPERTIES OF FELT (ROSA) THAT YOU AND WE DID NOT KNOW

Abstract. The article shows that the methods of researching the medicinal properties of namatak fruit tincture, extract and wet fruit juice, pills, and kholosis and using them in the fields are highlighted.

Key words: plant, medicine, fruit, seed, tincture, extract, juice, drug, holosis, vitamin.

KIRISH

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020 yil 4 apreldagi "Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish choratadbirlari to'g'risida"gi № PQ-4670-sonli qaror qabul qilindi. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10—12 ming turlari borligi aniqlangan. Shundan 1000 dan ortiq o'simlik turining kimyoviy, farmakologik xossalari tekshirilgan. O'zbekistonda dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud. Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.

Odamlar qadimdan dorivor o'simliklardan foydalanib kelgan. Bundan 3—4 ming yil ilgari Hindiston, Xitoy, Qadimgi Misr mamlakatlarida dorivor o'simliklar haqida kitoblar yozilgan. O'rta Osiyo xalq tabobati bu boradi yetakchi hisoblanib bu haqida bizning Buyuk allomamiz Abu Ali Ibn Sinoning "Tib qonunlari (Kitob al-Qonun fit tib)" asarida 476 ga yaqin o'simlikning shifobaxsh xususiyatlari va ularni ishlatish usullari to'g'risida ma'lumotlar aniq va ravshan tarzda ko'rsatilgan. Dorivor o'simliklarning deyarli barcha qismidan xususan: quritilgan poyasi, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, g'unchasi, mevasi (urug'i), danagi, sharbati, qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan ko'plab dori-darmon sifatida foydalanib kelinmoqda.

TADQIQOT MATERIALLARI

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ko'p izlanishlar oqibarida hozirgi vaqtda juda ko'p dorivir o'simliklar aniqlanib ularni tarkibi tekshirilib tabobatda juda ko'p kasalliklarga qarshsi foydalanib kelinmoqdan.Shunday dorivor o'simliklardan biri bu -Na'matak shipovnik-Rosa Namatak-ra'nodoshlar oilasiga mansub. Bo'yi 3 m ga yetadigan buta. Bargi toq patsimon murakkab, poyada ketma -ket joylashadi. Guli xushbo'y, rangi har xil, yakka yoki 2-3 tadan o'rnashgan. Mevasi shirali, shakli va rangi har xil, gul o'rnidagi soxta meva ichida tukli, bir urug'li yong'oqchalar joylashgan. Mevasi qizil va soxta mevadir. Mevasi kuz faslining oxirida pishadi. TADQIQOT NATIJALARI

Mevasi tarkibida 4-6%, ba'zan 18% cha S, R2, K, R vitaminlari, 18 mg % cha karotin, 18% cha qand, 2% cha limon kislota,flavanoidlar, organik kislotalar, qand, pektin, oshlovchi moddalar, liko'p in, tuzlardan kaliy, temir, marganes, fosfor, kalsiy, magniy tuzlari bor. Meva urug'ida E vitamini va moylar bor. Oziqaviy qiymati

100 gr mahsulotning oziqaviy qiymati Kaloriyasi-162 kkal Yog'lar-0.3 g Uglevodlar-38g Oqsil-1,6 g Nartiy-4 mg Kaliy-429 mg Temir-1,1 mg Magniy-69 mg Vitamin A-217 mg Vitamin B-60,1 mg Vitamin C-426 mg Namatakning dorivor xususiyatlari

1-Avitaminoz kasalligini oldini olishda foydalaniladi.

2-Organizmning himoya kuchlarini mushtahkamlaydi va kuchaytiradi;

3-Qon tomirlarini mustahkamlaydi;

4-Yurak ishini barqarorlashtiradi;

5-Qon bosimini pasaytiradi;

6-Hazm qilish tizimini me'yorga keltiradi;

7-Xolesterin darajasini pasaytiradi;

8-Organizmni hujayra darajasida intoksikatsiya qiladi (na'matak kuchli antioksidant ta'sirga ega);

9-Barcha a'zolar regeneratsiyasini rag'batlantiradi.

10-Teri kuyishida,tropik yaralari ekzema,teri kasalliklarida, rentgenda kuygan joylarda, yarali kolitda foydalaniladi

11- Jigar kasalliklarini davolashda

12-Meda-ichak kasalliklarini davolashda

13-Tana haroratini pasaytirishda

14-Bachadondan qon ketishini to'xtatishda

15-O't va siydik haydovchi vosita sifatida

16-Milklarning shamollashida

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

17-Siydik yollarini haydashda

18-kuzda avjiga chiqadigan shamollash va viruslarni oldini olishda

19-Immunitetni mustahkamlashda

20-Kamqonlikda

21-Tinchlantiruvchi vosita sifatida

22-Talvasalarga qarshi

23-Lavsa kasalligida

24-Quloq shamollashida

25-Burundagi hafli o'smada

26-Qovuq kasalliklarida

27-O'n ikki barmoqli ichak yarasida

28-Ko'ngil aynishda

29-Tamoq og'rig'ida

30-Qayd qilishni to'xtatishda

31-Surgi vosita sifatida

32-Qorason xastalida

33-Mushaklar shamollaganda

34-Jinsiy quvvatni saqlashda

35-Inson umrini uzaytishda

Dori tayyorlash va foydalanish.

Og'zi yopiladigan idishdga 2 stakan suv quyiladi va ustiga 1 osh qoshiq maydalangan (danagidan xolos etilgan) mevadan solib, 10 minut davomida qaynatiladi. So'ngra 1 sutka davomida qo'yiladi. Qaynatma dokada suzib, unga shakar qoshib shira beriladi. Qaynatmadan kuniga 3 mahal ovqatdan oldin yarim stakandan ichiladi.

Pishib yetilgan mevadan 2 osh qoshiq olib, 2 stakan qaynagan suvga 10 minut past olovda qaynatiladi. Keyin olib 1 soat sovutiladi. Dokadan suzib olib kuniga 3-4 mahal yarim stakandan ichiladi.

Na'matak suvli ekstrakti. " Xolosas"ni dorixonadan olib, bolalarga choy qoshiqda, kattalarga osh qoshiqda kuniga 3 mahal beriladi. Na'matak ozishga yordam beradi, ammo faqatgina unga ishonib, ozib bo'lmaydi. Ozmoqchi bo'lganlar avval shifokor ko'rigidan o'tib, undan so'nggina uni quyidagicha damlab ichish kerak bo'ladi: 3 osh qoshiq na'matak ustidan 1 litr qaynagan suv solinadi va damlab qo'yiladi. Kelasi kuni esa yarim stakandan kuniga 4-5 marta ovqatdan so'ng iste'mol qilinadi. Na'matak damlamasi tayyorlash uchun esa yarim litrli termosga to'rt-beshta na'tak mevasidan solib, bir kecha-kunduz qaynagan suv quyib qoldirib, keyin tezda suzib olasiz. Damlama ovqatdan yigirma daqiqa oldin kuniga uch mahaldan ichiladi.

Bu damlamaga quvvat beradi, uni butun tanaga quvvat beradi, uni butun tanaga quvvat beradi, yo'talni ketkazadi, hazm yo'llari yallig'lanishini davolaydi, jigar og'rig'idan xalos qiladi.

Og'iz shamollaganida u bilan bir necha bor g'ar-g'ara qilib tashlansa, foydasi tegadi. Ayollarda joylashgan bachadondan qon ketish kasalligida na'matakni uzoq qaynatib, sharbati ichiriladi, mevasi qaynatilgan suvda a'zoni yuvish ham foyda beradi. Chipqonni davolashda xam na'matak qaynatmasi eng yaxshi davo sanaladi. Undan bemorga choy qilib ichirilsa, qoni tozalanib, yaradan qutuladi, yaraning tez ketishi uchun esa uning shirasini surtgan ma'qul.

Sovuq mizojli va qon quyilgan bemorlarga past bo'lgan bemorlarga eng shifobaxsh choy o'rnini bosadi. Qattiq sovuqda qo'l, o'roq va boshqa a'zolarini shamollatgan kishilar uning

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

qaynatmasini tez-tez ichib turishsa, tanani qizdirib, zaharli ovqatni peshobga haydaydi. Ko'z shamollab yoshlanganida, shapoqlansa yoki govmijja chiqsa na'matak qaynatmasi bilan ko'zni ko'p yuvish tavsiya etiladi. Qovuq, shamol shamollaganda ham na'matak qaynatmasidan betobga botbot issig'ida ichirilsa, shifo bo'ladi. Qaynatmada qovuq ustini bir necha bor yuqish ham mumkin. Mushaklar shamollaganda, qorason xastaligida na'matak qaynatmasini og'riq qo'zg'olgan, xasta joylarga surtish dardni engillashtirish. Bu qaynatmadan, bolalardan shamollashi tufayli toshgan mayda qizil, suvsiz toshmalarni davolashda ham qo'l keladi. Buning uchun bola qaynatmada cho'miltiriladi yoki kun yoki u bilan bir necha bor emlanadi. Na'matak mevasi bolalar ishtahasini ochadi va ularga quvvat bo'ladi. Bu ne'mat semizlikni asta-sekin daf qiladi, chunki u ichni surib, yuvibtozalaydi, kichik tahoratni tezlashtirish. Kamquvvat, qurigan odamlarni ishlatishini choy o'rniga damlab ichishsa, foyda qiladi. Undan har kuni ikki-uch mahal ovqatdan oldin IGG ml. Bir osh qoshiqdagi maydalangan na'matak bargini 300 ml. suv suvda ikkiuch soati idishda damlab va suziladi. Buni ikki osh qoshiqdagi asal bilan ikki-uch mahal ovqatdan oldin ichilsa, bitishi qiyin yaralarni davolashda qo'l keladi. Aga kuniga ikki gramm quvvatlangan na'matak mevasidan maydalab iste'mol qilinsa, inson umrini saqlash, jinsiy quvvatini saqlashga yordam beradi.

Issiq mizoj kishi esa na'matak damlamasi va qaynatmasi to'g'ri kelmaydi, chunki u bunday odamlarning oziq-ovqat osti beziga ta'sir ko'rsatadi. Qon zarar - xafaxon, qand kasalligi, shaqiqa, jigar kasalliklari, taxt, bavosir, temiratki kabi issig'i oshib ketishi tufayli paydo bo'ladigan xastaliklarda ham na'matak qaynatmasi foyda bermaydi. Na'matakdagi S darmonisi tishning emal yaratishni emirishi bois uni iste'mol qilgandan keyin og'izni albatta suv bilan chayib turish kerak.

MUHOKAMA

Zamonaviy tibbiyotda na'matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho'l mevasidan sharbat hamda hab dori va xolosis kabi dorivor tayyorlash mumkin bo'ladi. Ushbu mahsulotlar avitaminoz xastaligi va aterosklerozni davolashda o't haydash idishlarda. Karotolin preparati bitmaydigan yaralar, dermatitlar, qo'tir, qichima, ekzema, psoriaz kabi teri kasalliklarini davolashda qo'l keladi. Na'matak turlari mevasidan vitaminli va polivitaminli yig'ma choylar, oziq-ovqat sanoatida esa vitaminga boy aralashma, konfetlar va qandolat mahsulotlari ishlab Na'matakni har qanday shaklda qabul qilish quyidagi hollarda tavsiya etilmaydi:

1-Oshqozon sekretsiyasining oshishi (kislotalik darajasi ortishi);

2-Gastrit rivojlanishiga moyillik yoki kasallik tashxislanganligi;

3-Anamnezda pankreatit mavjudligi;

4-Allergik (dermatologik) holatlarga moyillik;

5-Tomirlarda tromblar shakllanishi, tromboflebit rivojlanishi;

6-Endokardit (yurak mushaklarining yallig'lanishi).

7-Obstruktiv sariq kasallik rivojlanish ehtimoli mavjud;

8-Safro sekretsiyasini sekinlashtiradi;

Ba'zi holatlarda esa uni ehtiyotkorlik bilan qabul qilish tavsiya etiladi

1-Tish emalining yupqalanishini tezlashtiradi;

2-Spirtli tindirmasidan foydalanish qon bosimi ko'tarilishiga olib kelishi

mumkin;

3-Obstruktiv sariq kasallik rivojlanish ehtimoli mavjud;

4-Safro sekretsiyasini sekinlashtiradi;

5-Ich qotishiga sabab bo'ladi.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

XULOSA

Xulosa qilib aytganda namatakning dorivor xususiyatlari juda ko'p bo'lib, tibbiyotda na'matak mevasidan damlama, ekstarkt va ho'l mevasidan sharbat hamda hab dori va xolosas kabilar tayyorlanib sohalarda foydalaniladi.

REFERENCES

1. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент

2. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995

3. Atabayeva X. O'simlikshunoslik. - Toshkent, 2004.

4. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.

5. Saminov A.A.O'g'li, Nasriddinova D.K.Qizi., Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 2630.

6. Эшпулатов Ш.Я., Тешабоев Н.И., Мамадалиев М.З.У. Евразийский Союз Ученых, 2021 Интродукция, свойства и выращивание лекарственного растение стевия в условиях ферганского долины

7. Mukhtarovna, N.R., Alimardon ugli S.A., and Botiraliyevich U.N., "Features of treatment of winter wheat seeds by different processors." International Engineering Journal For Research & Development 6 (2021): 3-3.

8. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : (419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X

9. Teshaboyev, N., Abduraximova, M., Eshpulatov, A., & Mahkamova, D. (2021, July). Ecological culture is a demand of today. In Конференции.

10. Turdaliev A., Yuldashev G., Askarov K. and Abakumov E. (2021) Chemical and Biogeochemical Features of Desert Soils of the Central Fergana. Agriculture (Pol'nohospodarstvo), Vol.67 (Issue 1), pp. 16-28. https://doi.org/10.2478/agri-2021-0002.

11. Askarov K., Musayev I., Turdaliev A., Eshpulatov Sh. (2020) "Geochemical barriers in irrigated soils and the impact of them on plants." European Journal of Molecular & Clinical Medicine, 7, pp. 3082-3089.

12. Хайдаров М.М., Турдалиев А.Т., Саминов А.А.У. Энергетические особенности аминокислот в светлых сероземах // Тенденции развития науки и образования. -2021. - № 80-3. - С. 45-47. - DOI 13.18411/trnio-12-2021-121.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

13. Абдурах,имова М. А. Dorivor o 'simliklarning o 'sishi va rivojlanishi va dorivor xususiyatlaridan foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 35-42.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 6 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

14. Saminov A.A. O'g'li, Abdug'aniyeva D.O'. Qizi., Nazirova B.H.Qizi. Dollar daraxtining yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 297-300.

15. Mamanazarov B. S., Xoshimova N.G., Saminov A.A., Petrushka o'simligini yetishtirish va undan oqilona foydalanish //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 259-262.

16. Тешабоев Н. И., Бобоев Б. К. Влияние качества зернопроизводства на эффективность урожая //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 31-34.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.