Научная статья на тему 'XALQ TABOBATIDA IBN SINO BOBOMIZ CHUQUR E’TIROF ETGAN DORIVOR ’’ZANJABIL’’ NING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI'

XALQ TABOBATIDA IBN SINO BOBOMIZ CHUQUR E’TIROF ETGAN DORIVOR ’’ZANJABIL’’ NING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Ветеринарные науки»

CC BY
44
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Science and innovation
Область наук
Ключевые слова
Zanjabil / Farmaseftik mahsulotlar / texnologiya / dorivor / ildizpoya / kasallik / giyohlar / o’simlik / Janubiy – Sharqiy Osiyo / dori-darmon / Abu Ali ibn Sino / gingerol / doridarmon / texnologiya.

Аннотация научной статьи по ветеринарным наукам, автор научной работы — Abzalova Nodira Akmalovna, Boymirzayeva Dilaro Usmon Qizi

Maqolada zanjabil o’simligining kelib chiqish tarixi va qadimdan bizga ma’lum bo’lgan dorivor o’simlik sifatida qo’llanganligi, zanjabilning foydali xususiyatlari va tabobatda qo’llanilishi haqida shuningdek Zanjabilning ildizini qayerlarda va qanday sharoitda ekilishi yoritib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «XALQ TABOBATIDA IBN SINO BOBOMIZ CHUQUR E’TIROF ETGAN DORIVOR ’’ZANJABIL’’ NING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI»

XALQ TABOBATIDA IBN SINO BOBOMIZ CHUQUR E'TIROF ETGAN DORIVOR ''ZANJABIL'' NING SHIFOBAXSH XUSUSIYATLARI 1Abzalova Nodira Akmalevna, 2Boymirzayeva Dilaro Usmon qizi

1Ilmiy rahbar, Toshkent tibbiyot akademiyasi Sog'liqni saqlash va boshqaruv kafedrasi Ilmiy xodim, Toshkent tibbiyot akademiyasi Farmatsiya yo'nalishi bakalavriat 2-kurs talabasi

https://doi.org/10.5281/zenodo.11206631

Annotatsiya. Maqolada zanjabil o'simligining kelib chiqish tarixi va qadimdan bizga ma'lum bo'lgan dorivor o'simlik sifatida qo'llanganligi, zanjabilning foydali xususiyatlari va tabobatda qo'llanilishi haqida shuningdek Zanjabilning ildizini qayerlarda va qanday sharoitda ekilishi yoritib berilgan.

Kalit so'zlar: Zanjabil, Farmaseftik mahsulotlar, texnologiya, dorivor, ildizpoya, kasallik, giyohlar, o'simlik, Janubiy - Sharqiy Osiyo, dori-darmon, Abu Ali ibn Sino, gingerol,doridarmon, texnologiya.

Kirish:

O'zbekiston Respublikasi Prezentining 2019 yil 30 dekabrdagi ''O'zbekiston Respublikasi farmasevtika tarmog'ida islohatlarni chuqurlashtirishga qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida''gi PQ4554-son Qarorining 2020-2024-yilllarda O'zbekiston Respublikasining farmatsevtika tarmog'ini rivojlantirish konsepsiyasini 2020-yilda amalga oshirish chora-tadbirlari,''IV. Farmatsevtika mahsulotlarining yangi turlarini ishlab chiqish'' 18-bandiga asosan ''O'simliklar, mikroorganizmlar va hayvonlardan farmasevtika tarmog'ida foydalanishga mo'ljallangan biologik faol moddalar olishning yangi texnologiyalarini ishlab chiqish'' chora-tadbirlari tasdiqlangan bo'lib, farmatsevtika sohasida salohiyatli kadrlarni tayyorlash, farmatsevtika ilmfanini rivojlantirish, mahalliy xom ashyo manbalaridan dori vositalarini ishlab chiqarish muhim ahamiyat kasb etmoqda[1]. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 10 apreldagi ,,Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muxofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resursdan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida''gi PQ-4670-son qarori sohani tubdan rivojlanishining huquqiy asoslarini yaratib berdi.Ushbu qarordagi vazifalarni amalga oshirish natijasida dorivor o' simliklarni nafaqat tabiatda yovoyyi holda terib olish,balki madaniy holda plantatsiya usulida ko'paytirish va qayta ishlashni tashkil etish bilan shug'illanuvchi fermerlar va tadbirkorlar soni ham sezilarli darajada ortib bormoqda.Dorivor o'simliklar madaniy plantatsiyalarining kengayib borishi va ishlab chiqarish hajmlarining ortib borishi bilan birgalikda sohaning eksport salohiyati kuchaytirilmoqda . 2020-yil yakunida 29ta xorijiy davlatga 16.0 ming tonnadan ortiq 50.0 mln AQSH do'lliri qiymatidagi dorivor o'simliklar xomashyosi va qayta ishlangan mahsulotlari eksport qilingan bo'lsa,2021-yil yakuni bilan bu ko'rsatkich 37 ta davlatga dorivor mahsulotlar eksporti amalga oshirilmoqda[2].

Tabiat bizga juda ko'p tabiiy boyliklar in'om etganki, biz ulardan kundalik turmushimizda samarali foydalanamiz. Insonlar qadim zamonlardan buyon turli xil giyohlarning davolovchi va quvvat beruvchi xususiyatlarini bilishgan va bu bilimlarini turli xil xastaliklarni davolashda ishlatib kelishgan. Bizning yurtimizda ham dorivor o'simliklar juda ko'p bo'lib, ulardan oqilona foydalanib kelinmoqda.Dorivor o'simliklar- odam va hayvonlarni davolash,kasalliklarning oldini olish uchun,shuningdek oziq-ovqat, atir-upa va kosmetika sanoatida ishlatiladigan o'simliklargiyohlar. Yer yuzida dorivor o'simliklarning 10-12 ming turi borligi aniqlangan.1000 dan ortiq o'simlik turning kimyoviy, farmakalogik va is xossalari tekshirilgan.O'zbekistonda

dorivor o'simliklarning 700 dan ortiq turi mavjud.Shulardan tabiiy sharoitda o'sadigan va madaniylashtirilgan 120 ga yaqin o'simlik turlaridan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.O'simliklar murakkab tuzulishga ega bo'lgan jonli tabiiy kimyoviy labaratoriya bo'lib, oddiy noorganik moddalardan murakkab organik moddalar yoki biriklmalarni yaratish qobiliyatiga ega. Dorivor o'simliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoyasi, tuganagi, piyozi, po'stlog'i, bargi, guli, gulg'unchasi, mevasi, urug'I, danagi, sharbati,qiyomi, toshchoyi, efir moyi va boshqalardan dori-darmon tarzida foydalaniladi.Dorivor o'simliklarni 2xil tasniflash qabul qilingan; 1.Ta'sir qiluvchi moddalarning tarkibiga qarab-alkaloidli, glikozidli,efir moyli, vitaminli va boshqalar, 2.Farmakalogik ko'rsatkichlariga qarab-tinchlantiruvchi, og'riq qoldiruvchi, uxlatuvchi, yurak-tomir tizimiga ta'sir qiluvchi, markaziy nerv sistemasini qo'zg'atuvchi, qon bosimini pasaytiruvchi va boshqalar.Dorivor o'simliklarning organizmga ta'siri uning tarkibidagi kimyoviy birikmalarning miqdoriga bog'liq. Bu birikmalar o'simlikning qismlarida turli miqdorda to'planadi.O'zbekistonda o'sadigan va ekiladigan dorivor o'simliklardan turli-tuman dorilar tayyorlanadi.Dorivor o'simliklarni topish va ulardan alkaloidlar olishda O'zbekiston Fanlar Akademiyasi o'simlik moddalari kimyosi institutining xizmzti katta. Institutda 4000 dan ortiq o'simlikning turli organlari alkaloid olish maqsadida o'rganilib, ulardan 1000 yaqin tabiiy birikmalar ajratib olingan. Shu asosda sitizin, galantamin kabi 20 dan ortiq qimmatli preparat yaratilgan va tibbiyotga joriy qilingan. Dorivor o'simliklarning kelib chiqishi qadimgi Misrda, Hindistonda, Xitoyda, O'rta Osiyoda va boshqa ko'pchillik davlatlarda tabiblar giyohlarning nimaga davo bo'lishi haqida ko'pgina risolalar yozib qoldirganlar. Qadimdan insonlar dorivor o'simliklarni o'z ehtiyojlaridan kelib chiqib o'rganib kelishgan. Bog'dorchilikning hamda dehqonchilikning an'anaviy metodlarini keng foydalangan holda dorivor o'simliklarni yetishtirib undan turli oziq-ovqat va dori-vositalar tayyorlashda keng qo'llab kelmoqda. Qadimdan dorivor o'simliklar orasida imbir ya'ni zanjabil alohida ahamiyatga ega.Ilmiy nomi officinaledir.Bundan 5000 yil oldin Sanskrit xalqi imbirdan keng foydalanishgan va uni shoxli ildiz deya atashgan.Turli xalqlar orasida mashhur bo'lgan bu o'simlik hayot ildizi, oltin jangchi, samuray qilichi degan nomlarni olgan.Shifobaxsh o'simliklardan tibbiyotda foydalanish borasida Abu Ali ibn Sinoning ''Al-qonun'' asarida 476 ga yaqin o'simliklarning shifobaxshligi va ulardan foydalanish usullari to'g'risida malumotlar keltirib o'tilgan.Yer yuzida 10-12 ming dorivor o'simlik turi borligi aniqlangan, shulardan 1000 dan ortiq turlarning kimyoviy va farmakalogik xossalari o'rganilgan. O'zbekiston hududida esa 700 dan ortiq dorivor o'simlik turi bo'lib, 120 ga yaqin o'simlik turidan ilmiy va xalq tabobatida foydalaniladi.Hozirda tibbiyotda qo'llaniladigan dori-darmonlarning 40-47 foiz o'simliklardan olinadi.Asosan o'simliklarning quritilgan o'ti, kurtagi, ildizi, ildizpoya, tugunak, piyozi, bargi, guli, mevasi, urug'idan dori-darmon tarzidan foydalaniladi. Respublikamizda ham keyingi yillarda dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, ularni yetishtiradigan plantatsiyalar plantatsiyalar tashkil qilish va qayta ishlash borasida turli islohatlar amalga oshirilmoqda [3.14.15.16].

Zanjabilni birinchi bo'lib Hindistonning aholisi yetishtirdi

Hindistondan bu ajoyib ziravorlarni dunyoning boshqa qisimlariga olib kelingan. Dastlab Ispaniyaliklar zanjabilni Meksika, G'arbiy Hindiston hududida keng tarqalishiga sababchi bo'ldi, keyinchalik G'arbiy Hindiston zanjabilning asosiy eksportchisiga aylangan.1547-yilda G'arbiy Hindistondan ikki tonnadan ortiq zanjabilni eksport qilgan.Bu arab savdogarlari tomonidan amalga oshirilgan. Bugungi kunda Xitoy, Nigeriya, Avstraliya, Braziliya, Yamayka va Barbados orollari aholisi bu o'simlikni o'stirmoqda. O'rta asrlarda zanjabil vabo, o'lat va boshqa yuqumli kasalliklarning oldini olish uchun asosiy vositalardan biri sifatida tan olingan.Zanjabil

shu qadar mashhur ediki, Gingerstreet hatto Londonda ham paydo bo'ladi. Mashhur ,,O'n ikkinchi tun'' pyesasida Uilyam Shekspir; ''Zanjabil og'izda yonishi kerak'' deb ta'kidlaydi. Zanjabilning ,,og'izda kuyishi'' ,nafasni,tishlarni va tish go'shtini tozalash shuningdek ko'plab yuqumli kasalliklardan himoya qilish qobiliyati Yevropada haddan tashqari ko'p ziravorlar sifatida ham samarali dori sifatida ham, epedemiyalar paytida kasalliklardan himoyalashda ham juda qadrlangan. Uzoq vaqt davomida Germaniyaning Nyunberg shahri yuzlab turli xil retseptlar bo'yicha ishlab chiqarilgan zanjabilning poytaxti hisoblangan .Xitoy zanjabilining yetishtirishning uzoq tarixi va boy manbalari manbalari mavjud. Shandong Laiwu Pie, Jiang, Laiwu Dajiang, Guangdong Shuanda Dawei Jiang, Guangdong Miele qovurilgan zanjabil,

Zhejiang Linping Red Claw Zinger kabi ko'plab mahalliy navlar mavjud. Xitoyda qazish ishlari paytida, zanjabil sumkalari topilgan. Topilma miloddan avvalgi II asrga tegishli edi. Konfutsiy, Gippokrat, Avitsenna ham o'zlarining asarlarida ham bu o'simlikni tasvirlab berishgan.

Qadimgi Tibet tibbiyotida bu bilan bog'liq juda ko'plab afsonalar meros qoldirilgan. Ular ichida hozirga qadar o'z qiymatini yo'qotmagan va amaliyotda ishlatiladigan turli xil giyohlardan tayyorlanadigan dorivor tarkiblarni toppish mumkin. Dorivor o'simliklar - bu inson va hayvonlarda uchraydigan kasalliklarni davolash hamda ushbu kasalliklarning oldini olish maqsadida foydalaniladigan o'simliklarga nisbatan qo'llaniladi. Bu esa o'z navbatida xalq tabobatining asosi bo'lib xizmat qiladi. Dorivor o'simliklar va giyohlarning deyarli barchasini yurtimiz tabiatidan, cho'l-adirlari va tog'laridan topishingiz mumkin. Juda ham noyob, chet ellarda o'sadigan va kam yetishtiriladigan giyohlarni esa shifobaxsh giyohlar sotiladigan fitodorixonalardan bemalol topish mumkin. Hozirgi kunda dorivor o'simliklardan qaynatma, suvli yoki spirtli damlama, shifobaxsh choy, ajratma yoki ekstrakt ko'rinishida tayyorlash yo'lga qo'yilmoqda.Bundan uch ming yil oldin Sharqiy savdogarlar Misrga zanjabil olib kelishdi va shundan beri u Misr tabiblari uchun ajralmas vositaga aylanadi. Miloddan avvalgi IV asrdan beri. Qadimgi Yunonistonda Zanjabil asosan eng boy uylarning eng eng yaxshi taomlari uchun ziravor sifatida xizmat qilgan.Lotin erudit yozuvchisi ,,Tabiiy tarix'' kitobining muallifi Gay Pliniy Sekundus ,,Pliniy Elder'' nomi bilan yaxshi tanilgan. ,,De Materia Medica'' ,,Farmakalogiya'' asarida zanjabilning iliq tasirini tavsiflab, uning hazm qilish uchun foydalari haqida eslatib turadi. Zanjabilning o'simlik sifatida xususiystlarini botanik ta'riflaridan birinchisi XIII asrda Hindiston bo'ylab sayohat qilgan Marko Paloning akasi Javani de Monte Korvino tomonidan Evropaliklarga ma'lumot keltirilgan. Monastika yilnomalariga ko'ra zanjabil IXasrda Germaniya va Fransiyada, X-asrda esa Angliyada paydo bo'lgan.Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino ''Tib qonunlari''asarida ko'plab xastaliklarni davolashda qo'llaniladigan malhamlarni tayyorlashda ular tarkibiga zanjabil qo'shish lozim, deb yozgan. Bir qator xastalilklarni davolashda zanjabildan samarali foydalangan buyuk hakim Abu Ali ibn Sino o'z asarida shunday yozadi;''Zanjabil eslash qobiliyatini oshiradi, bosh va yurak atrofidagi rutubatlarni ketkazadi, ovqatni yaxshi hazm qildiradi''.Mashhur yozuvchilar C.Dikkens, V.Dahl, L Tolstoy, A.Pushkinlar ham zanjabil haqida so'z yuritiladilar. XV-asrda yashab ijod etgan Yusuf Muhammad ibn Yusuf at-Tabib al-Xaraviy ''Xayrli kishilarga foydalar'' asarida zanjabil haqida kengroq ma'lumot bergan. XVI-asrda yashab ijod etgan Hakim Davoiy al-G'iloniy ham ''Insonlarga foydalar'' asarida zanjabil haqida kengroq ma'lumot beradi.XIII-XIV asrlarda arablar Sharqqa zanjabil olib kelishdi.

Portugallar esa G'arbiy Afrikaga olib kelishgan[4.14.15.16].

ADABIYOT TAHLILI VA METODOLOGIYA

Tabobatda qadimdan keng qo'llanilib kelinayotgan dorivor o'simlikdan biri zanjabildir. Zanj abil xalq tabobatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan fitoterapiya va fitoprofilaktika

maqsadida foydalaniladigan o'simlik hisoblanadi. Buyuk hakim Abu Ali ibn Sino "Tib qonunlari" asarida ko'plab xastaliklarni davolashda zanjabildanham turli shifobaxsh damlama va malhamlar tayyorlashda qo'llanilishini yozib qoldirgan. Qadimdan zanjabil universal dori vositasi va zirovor sifatida keng qo'llanilgan. Shuning uchun zanjabil virusli kasalliklarni davolashda va qadimda o'latning oldini olishda asosiy dori vositasi hisoblangan. Zanjabil (Zingibir officinale kose). Zingibir zanjabildoshlar oilasi, bir pallalilar sinfiga mansub yo'g'on ildizpoyali, ko'p yillik o't o'simlik. Bu giyohning ildiz mevasi bo'lib, sahro sabzisi tomiriga o'xshab ketadi, lekin undan maydaroq, barglari ingichka va uzun.Zanjabil ildiz tizimi orqali tarqaladi. Erta bahordan o'simlikning yo'g'on ildizpoyasidan to'pbarglar o'sa boshlaydi.Bu to'pbarglar markaziy poyalarda nav hosil qilib yashaydi.Zanjabilning poyalari baland bo'ladi. Xushbo'y ildiz poyasidan bir necha poya tik ko'tarilib o'sadi. Barglari ikki qator joylashgan.Tabiatda zanjabil sariq, qizil,yoki binafsha rangda gullaydi.Uning juda ajoyib guli bor.lekin u o'simlikning asosiy foydali qismi emas.Zanjabil ildizpoyasi bilan mashhur.Uning ildiz poyasi juda katta dorivor xususiyatga ega. Zanjabil Janubi - Sharqiy Osiyoda paydo bo'lgan. Asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. Zanjabilning balandligi 120 sm gacha o'sadi, barglarining uzunligi 25 sm gacha va 1 sm dan 3 sm gacha ingichka va ko'p yillik o'simlik hisoblanadi. Tashqi ko'rinishi - Zanjabil past bo'yli, butaga o'xshaydi.Ildizpoyalaridan ko'payadigan bu o'simlik 6-8 dyum uzunlikdagi qalamchalari, 2-4 dyumdagi chuqurlikka ekiladi. O'simlikning ildizi yaxshi pishishi uchun olti oy yoki undan ko'proq vaqt talab etiladi.Issiq mintaqalarda o'sish 6-7 oy yetarli bo'ladi va o'rta mintaqalarda o'sish 9 oyni tashkil etadi.O'zbekistonda zanjabilni voyaga yetish davri 10 oyni tashkil qiladi Zanjabil o'simligidan yaxshi hosil olish uchun sakkiz yoki o'n oy muddat kutishni va parvarishni talab qiladi.Zanjabil dorivor va xushbo'y, achchiq o'simlik sifatida qadrlanadi.Zanjabil o'simligining asosan ikki navi yetishtiradi.Bular qora zanjabil yoki Barbados o'tkir ta'mi va kuchli hidi bilan xarakterlanadi. Ikkinchi navi oq zanjabil yoki Bengal turi Rossiya bozorlarida keng tarqalgan.Oq zanjabildan sulfat kislota bilan birga dori vositalari tayyorlanadi. Zanjabil yovvoyi holda uchramaydi. U madaniy holda Avstraliya, Hindiston,Yaponiya, Bengaliya, Xitoy, Indoneziya, Yamayka va

Barbadosda, shuningdek, g'arbiy Afrikadakeng tarqalgan va shu kabi mamlakatlarda ko'p ekilib kelinmoqda.Hozirda zanjabilni yetishtirish O'zbekistonda ham keng yo'lga qo'yilmoqda.Zanjabil iliq Osiyo mamlakatlaridan keltirilgan bo'lsa ham O'zbekistonda maxsus issiqxonalar tashkiletilib ekish yo'lga qo'yildi.Ba'zi zanjabil aholi tomonidan faqat guli uchungina uy sharoitida ekilmoqda.Asosan zanjabilni issiqxonada o'stirish yaxshiroqdir, chunki issiqxonada ildiz uchun zarur namlik va harorat bo'ladi.Zanjabil har doim yashaydigan ko'p yillik o'simlik. Ushbu ziravorning 150 ga yaqin turi mavjud. Uning tog' va sahrolarda o'sadigan navlari ham bor. Zanjabil o'simligi issiq va nam iqlimda yaxshi o'sadi va dengiz sathidan 14001500 m balandlikda o'stiriladi. Zanjabil yomg'irli va sug'oriladigan sharoitlarda o'stirilishi mumkin. Hosilni muvaffaqiyatli yetishtirish uchun ekish vaqtida ildizpoyalarni unib chiqqunga qadar mo'tadil yomg'ir yog'ishi, o'sish davrida yetarlicha kuchli va yaxshi taqsimlangan yomg'ir hosilni yig'ib olishdan oldin taxminan bir oy davomida quruq ob-havo bo'lishi lozim.

Zanjabil yaxshi qurigan tuproqlarda yaxshi o'sadi, masalan, qumli, qumloq, qizil qumloq yoki lateritic qumloqlarda, gunusga boy bo'lgan tuproqlarda o'sadi. Eramizning I asrida zanjabil Yevropaga Hindiston orqali eksport qilingan[5]. Daromadli ziravor savdosi natijasida bugungi kunga kelib zanjabil Hindistonning eng yirik ishlab chiqaruvchi maxsuloti hisoblangan. XV asrda yashab ijod etgan Yusuf Muhammad ibn Yusuf at-Tabib al-Xaraviy "Xayrli kishilarga foydalar"

asarida zanjabil haqida ancha mukammal ma'lumot beradi. Quyida shu asardan qisqacha parcha keltirilgan;

Tomirsiz zanjabil bo'lsa qo'lingda, Eski bo'lmay yangi bo'lsa u biroq.

Qorinda yig'ilgan yellarni haydar,

Yuz falaji sholga foydadir har choq.

Har kim undan har kun iste'mol qilsa, Quvvati oshadi shubhasiz mutloq.

Bu asardan parchada zanjabilning foydalari haqida ma'lumot berilgan. Zanjabil muqaddas o'simlik qatorida Qur'oni karimda keltiriladi. (Jannat ahli) u joyda aralashmasi zanjabil bo'lgan qadahlarda - (jannatlardagi salsabil ataladigan chashma) bilan sug'orilar (Inson surasi 17-18-oyat)[6.11.13] Zanjabilning turlari.

1.Yamayka zanjabili. Tarvaqaylab bo'laklarga bo'lingan ildizpoyalar

hosil qiladi. 2.Hind zanjabili sifatlilik jihatdan yamayka zanjabilidan keyin ikkinchi o'rinda turadi.Hind zanjabilining ikkita asosiy turi mavjud; sochin kerala turi tashqi tomondan och jigarrangda sarg'ish, kulranggacha va kalikut-malabara zanjabili to'q sariq yoki qizil jigarrangda bo'ladi.

3. Afrika zanjabili ushbu zanjabil asosan tozalanmagan bentral va dorsal yuzalarining ajinlari bor jigarrangda.

4.Xitoy zanjabili u oq rangda.Bu turning xushbo'yligi yamayka zanjabilidan keyin turadi. Eramizdan 600 yil oldin Hindistonda odamlar tish parazitlariga qarshi xantal, zanjabil va ishqorli kukundan tayyorlangan aralashmadan foydalanishgan.Tabobatda qorin og'rig'i va gaz yig'ilib dam bo'lishini yengillatishda ham ishlatilgan.Zanjabilni imom ibn Qayyim ''At-tibbun-nabaviy'' asarida ''qizdiruvchi, hazmi taomni yengillatuvchi, qorinni yumshatuvchi, me'da va ichaklarda yig'ilgan g'aliz elni haydovchi, balg'am haydab qurituvchi, kuch-quvvatni ko'paytiruvchi shifobaxsh giyoh'' deb ta'riflangan. Zanjabil ildining foydasi va zarari sinchikovlik bilan o'rganishga loyiqdir, chunki bu ko'plab odamlarning sog'ayishiga juda samarali hisoblanadi Hozirgi kunda eng keng tarqalgaan turlari; jigarrang, to'q sariq, sariq,qizil ranglar[7].

Hozirgi davr tibbiyotida odamlar zanjabildan asosan oshqozon og'riqlarini qoldirishda foydalanib kelishmoqda. Sababi noto'g'ri ovqatlanishga odatlanish insonlarda me'da kasalliklarini avj olishiga sabab bo'ladi. Xar bir soha rivojlangani barobarida ovqatlar tarkibi ham ''fast food'' larga almashinib boprayotgani sabab dori vositalarining tarkibiga kirayotgan zanjabilning miqdori ham oshib bormoqda[5].

MUXOKAMA VA NATIJALAR

Zanjabil ilmiy tilda singabera deb atalib, sanskritchada "shoxli ildiz" degan ma'noni anglatadi va universal dori vositasi" sifatida keng qo'llaniladi.Qadim zamonlardan beri qo'llanilib kelinayotgan eng mashhur tabiiy tabiblardan biri bu zanjabildir. Zanjabil Yevropaga o'rta asrlarda savdogarlar tomonidan olib kelingan hamda undan ziravor va dori-darmon sifatida keng foydalanilgan. Markaziy Osiyo bozorlarida bu giyohni tez-tez uchratamiz. Uning yer osti qismi efir moyiga boy hisoblanadi. Zanjabil ildizi xalq tabobatida bir necha ming yillardan beri ishlatilib kelinadi. Xususan, bu o'simlik haqida Abu Ali ibn Sino ham uning xosiyatlari xususida to'xtalib, uning dilni xursand qiluvchi va uning quvvat berishini, qusishni to'xtatishini, ich ketishini qoldirish to'g'risida so'z fikrini aytib o'tgan. Zanjabil dunyodagi ko'pchillik xalqlar o'rtasida ma'lumu-mashhurligi uning shifobaxsh xossalari bilan bog'liq. Zanjabil tarkubida makroelementlar va mikroelementlar mavjud.

Qo'rg'oshin

Bu esa uning kasalliklarning oldini olish va ularni davolashda tabiiy vosita sifatida qo'llaniladi. Zanjabilning foydasi gingerol deb ataladigan aralashmaga bog'liq. Zanjabil jahon bozorida ikki xil ko'rinishda savdoga qo'yiladi.Oq zanjabil yoki Bengal turi Rossiya bozorlarida keng tarqalgan.Oq zanjabildan sulfat kislota bilan birga dori vositalari tayyorlanadi. Oq va qora zanjabil tayyorlanishi jihatidan farq qiladi. Zanjabilni qazib olib, ildiz poyalari pokiza qilib yuvilganidan so'ng quyosh tobiga qo'yib quritilsa, oq zanjabil hosil bo'ladi, agar o'simliklarning ildizpoyalari qozonda yoxud biror idishda qaynatilib, pishirilganidan so'ng quyosh ostida quritiladigan bo'lsa, unda qora zanjabil hosil bo'ladi.Bular qora zanjabil yoki Barbados o'tkir ta'mi va kuchli hidi bilan xarakterlanadi. Qurugan zanjabil ildizi xushbo'y hidli va mazali b'lib, efir moyiga juda boy bo'ladi.Zanjabil tarkibida bioaktiv birikmalar mavjud.Bioaktiv birikmalar inson sog'lig'iga foydali ta'sir ko'rsatadigan ba'zi oziq moddalarda mavjud bo'lgan fitonutrientlardir.Maydalanmagan zanjabilning xushbo'y hidi maydalanganiga nisbatan uzoq saqlanadi. Zanjabil tarkibida; l.Foydali vitaminlar. 2.Qimmatbaho minerallar. 3.Efir moylari va boshqa foydali komponentlar uchraydi[5].

Zanjabil tarkibidagi aminokislotalar.

Zanjabil tarkibidabi vitamin va minerallar; Zanjabilning tarkibida 400ga yaqin foydali elementlar mavjud.Ushbu ildiz o'z tarkibida juda ko'p kerakli bo'lgan aminokislotalar, uglevodlar oz miqdorda yog', ko'p miqdorda sellyulozani saqlaydi.Zanjabil vitaminlarga juda boy [B guruh vitaminlari, askorbin kislotasi, tokoferol' vitamin K ni alohida takidlasah kerak].Zanjabil davriy jadvaldagi elementlarning xozirgacha 19 tasi o'simlik uchun ahamiyati katta , ularni boshqa elementlar bilan almashtirib bo'lmasligi aniqlangan.Bular uglerod, vodorod, ,kislorod, azod, fosfor, oltingugurt, kaliy, kalsiy, magniy, temir, marganets, mis, rux, molibden, bor, xlor, natriy,

kremniy va kobalt.Shulardan 16 tasi mineral elementlar guruhiga kiradi. Chunki uglerod, vodorod va kislorod o'simlikka CO2, O2 vaN2O holida qabul qilinadi.Mineral moddalar tuproq eritmasida, chirindida, organic va anorganik birikmalar tarkibida va tuproq kolloidlariga adsorbiyalangan holatda uchraydi.O'simlik tanasidagi elementlarning 95foizini to'rtta element; uglerod, vodorod, kislorod va azot tashkil etadi.Bu elementlar organogenlar ham deyiladi, chunki ular o'simlik tanasidagi organik moddalarning [oqsillar, yog'lar, uglevodlar] asosini tashkil etadi.Zanjabilning quruq ildizi dorivor bo'lib, tarkibida 1,5 % dan 3 % efir yog'lari, 70 % gacha organik birikmalar, shuningdek, kamfer, seneol, bisabolen, borneol, sitral, lilanool moddalari, S, B1, B2 darmondorilari aminokislotalar mavjud.Zanjabil ildizpoyalarining asosiy tarkibiy qismlari;uglevodorodlar [50-70]foiz, lipidlar[3-8]foiz, terpenlar va fenollik birikmalardir.Terpen komponentlariga zingiberene, b-bisabolen,a-farnesen, b-seskifellandren va a-kurkumen kiradi.Fenollik birikmalarga esa gingerollar, paradollar va shogaollar kiradi. Gingerollar [23-25]foiz va shogaollar [18-25]foiz boshqalarga qaraganda ko'proq miqdorda topilgan.Bu o'simlik ildizining kaloriyaliligi uning qay holatda ekanligiga bog'liq. 100g barra ildizning energetik qiymati 80kkal ga teng, quritilgan holatda esa bu ko'rsatkich deyarli 4marta oshadi. Buyuk allomamiz Abu Ali ibn Sino zanjabilga piyoz va mingdevona urug'larini aralashtirib dudlatish yo'li bilan kariyesni davolashni eng afzal vosita deb bilgan.Zanjabilning ekspektoran xususiyati nafas yo'llaridan balg'amni yo'q qilish va nafas olish yo'llari kasalliklarini, shu jumladan nafas olish, yo'tal, astma,gripp,bronxitni samarali kamaytirish uchun ishlaydi.Zanjabil antioksidant xususiyatiga ega.Antioksidantlar kasalliklarga qarshi himoya va davolovchi foyda keltirishi mumkin.Bir tadqiqot shuni ko'rsatadiki, yangi zanjabil quritilgan zanjabilga qaraganda ko'proq antioksidant foyda keltiradi. Yangi va maydalangan zanjabil vitamin, microelement, efir moylari manbai bo'lib, organizmga yallig'lanishga qarshi ta'sir ko'rsatadi. Askorbin kislotasi A va B guruhi vitaminlari rux, kalsiy, yod, tabiiy antibiotic va antimikotiklar tufayli zanjabil kuchli antioksidand bo'lib bir vaqtning o'zida immunitetni mustahkamlaydi. Zanjabildagi gengerol modda yallig'lanishga qarshi og'riq va shishni yengillashtirishga yordam beradi. Shuningdek, tarkibida antioksidant bo'lib, tanadagi zararli erkin radikallarni zararsizlantiradi. Bu saraton xavfini kamayishi isbotlangan.Qadimdan to hozirgi kungacha zanjabil turli kasalliklarning oldini olishda qo'llanilib kelinmoqda[5.6.14.15]

Zanjabilning dorivor shifobaxsh xususiyatlari juda ko'p bular quyidagilardan

iborat;

.Prostatit va yurakm qon tomir kasalliklarini oladi;Turli xossalariga qaramay, gingerol qonni yupqaroq qilib to'ldiradi, bu yurak-qon tomir kasalliklarni oldini olishda yordam beradi.Qonni suyiltirishi natijasida qon to'planishini kamaytiradi, bu esa koronar epizodlar yoki insultning miqdorini kamaytiradi.Zanjabil yurak-qon tomir kasalliklarning oldini olishning yana bir usuliqon aylanishi kuchlanishi va xolesterinni kamaytiradi[12].

.Jigarni tozalab, undan zararli moddalarni chiqarib yuboradi va teri holatini yaxshilaydi;Jigarni har yili bir-ikki marta tozalash zarur.Bu hayotiy muhim a'zo qonni filtrlab turadi va qon-tomir tizimidan zararli va zaharli moddalarnin chiqarib yuborish uchun xizmat qiladi.buning uchun albatta zanjabilli choy ichish lozim.Shuningdek zanjabil hujayralarni mustahkamlovchi moddalar, kengaytirilgan qon oqimi va steril xususiyatlar bilan teringizning mustahkamligi ustida ishlaydi.Terini ultirabinafsha nurlanishdan himoya qiladi va kollagen parchalanishini sekinlashtiradi,bu esa terini yoshroq va tarrang qiladi.Dezenfeksiyalovchi xususiyatlar terining nojo'ya ta'sirini yanada kuchaytiradi va xom zanjabil terining shikastlanishi natijasida paydo bo'lgan chandiqlarga yordam beradi[11].

.Bosh og'rig'ini qoldirib, qon aylanishini yaxshilaydi;Yaqinda o'tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda , zanjabilni iste'mol qilish migrenli odamlarda og'riqni yengillashtiradi.Zanjabil yallig'lanish, og'riq va shishlarni bartaraf etadi. Shu sababli bosh og'rig'iganda zanjabil choyi ichishimiz kerak[12].

.Suyaklar va bo'g'imlarning mustahkamligini ta'minlaydi va tanadagi shishishlarni ketkazadi;Zanjabil tarkibida kalsiy bo'lganligi tufayli u suyaklar mustahkamligini ta'minlaydi.Tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, kuniga 2gramm zanjabil kukunini ketma-ket 11kun davomida istemol qilinganda mushaklar og'rig'ini yengillashtiradi.

.Imunitet tizimini mustahkamlaydi va shamollashni oldini oladi ;Zanjabil ayniqsa kalsiy, fosfor va vitamin S ga boy, bu moddalar immunitetni mustahkamlaydi, grip va shamollash viruslariga qarshi kurashda muhim ahamiyatga ega.Zanjabilli choy ichilganda u organizmni qizdiradi va sovuqdan himoya qiladi[11].

.Saraton xafini kamaytiradi;Tadqiqotlar shuni isbotladiki, zanjabil maxsulotining o'tkir tami uchun masul bo'lgan gingerol moddalarini o'z ichiga olgan xolda saraton kasalligini rivojlantirish ehtimolini kamaytirishga yordam beradi.Tadqiqotlar olib boorish davom etilayotgan bo'lsa-da, shunisi aniqki, zanjabilni tez-tez iste'mol qilish zarur[12].

.Alsgeymir kasalligidan himoya qiladi; Alsgeymir bugungi kunda ko'pchillik duch keladigan eng daxshatli kasalliklardan biridir. Ushbu kasallikning davosi ham xanuzgacha topilmagan.

Surunkali yallig'lanish va stress kasallikning qo'zg'atuvchisi deb xisoblanmoqda, ammo bazi xayvonlarda olib borilgan tekshiruvlar shuni ko'rsatadiki, zanjabil mazkur jarayonlarni sekinlashtirishi mumkin.Mutaxasislarning fikriga ko'ra, zanjabil Alsgeymir kabi kasalliklar uchun asosiy dori bo'lishi mumkin[10].

.Gijjalarni yo'q qilib, jigarni tozalaydi;Gijjalarni yo'q qilishda zanjabilli choy ichish tavsiya etiladi[12].

.Zanjabil vazinni kamaytirishda ham samarali hisoblanadi;Dunyo bo'ylab odamlar imkon qadar ozishga harakat qilmoqda.Zanjabilni iste'mol qilish esa vazinni kamaytirishga yordam beradi.Chunki u metabolizmni rag'batlantiradi va hamisha to'qlik hissini beradi

.Oshqozon ichak faoliyatini va ovqat hazm bo'lishini yaxashilaydi.Ovqat hazm qilishda muammosi bor bo'lgan kishilar oshqazon ichak faoliyatini yaxshilash maqsadida bu choydan ichishlari mumkin[12].

.Qayt qilishni oldini oladi va ishtahani ochadi;Zanjabil ko'nil aynishini bartaraf etuvchi samarali vositadir.Buning uchun oz miqdorda zanjabillni chaynash yoki zanjabilli choy ichilganda qayd qilishda juda qo'l keladi[9.10].

.Homilador ayollar istemol qilsa taksikozdan halos qiladi ;Tadqiqotlar natijasida homiladorlik paytida ayollar zanjabilni qabul qilganida, muddatdan oildin tug'ulish, o'lik tug'ulish, vazinning pastligi yoki boshqa asoratlar o'rtasida bog'liklik topilmadi[10].

.O't pufagini sog'lomlashtirib,qorin dam bo'lishidan hamda yeldan halos etadi;Agar o't pufagingizda tosh paydo bo'lgan bo'lsa, bu nafaqat jigaringizni himoyalashda yordam qiladi, balki shu bilan bir qatorda o't pufagingizni ham sog'lomlashtiradi va natijada qorin dam bo'lishini bartaraf etib, yeldan halos etadi[11].

.Xotirani kuchaytirib, kayfiyatni ko'taradi;Zanjabil asab tizimini quvvatlantiradi, reflekslarni kuchaytiradi va miya rivojlanishini tezlashtiradi shuningdek miya faoliyatini va xotirani yaxshilaydi.O'rta yoshli ayollarda o'tkazilgan tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, zanjabil bosh miya qobig'ida yoshga bog'liq o'zgarishlarni sekinlashtirish uchun zarur[10].

.Bakteriyalarni yo'q qiluvchi antiseptrik vosita hisoblanadi;Zamonaviy tibbiyotning eng jiddiy muammolaridan biri- bu antibiotiklarning xaddan tashqari ko'p iste'mol qilinishidir.Keng tarqalgan infeksiyalarni antibiotiklar bilan davolashga harakat qilayotgan odamlar ko'pincha bu dorilarni noto'g'ri ishlatishadi va dori darmonlarga chidamli bakteriyalarning nazoratsiz ko'payishiga olib kelganini tushunishmaydi.Bunday holatlarda zanjabildan foydalanish tavsiya etiladi.Zanjabil, sarimsoq kabi, bakteriyalar bilan kurashish qobiliyatiga ega ekanligi isbotlangan. Olimlarning fikriga ko'ra, zanjabil turli kasalliklarni davolashda katta salohiyatga ega[10].

.Og'izdagi badboy hidlarni yo'q qilishda va og'iz bo'shlig'i xaqida g'amxo'rlik qiladi; Zanjabil milk kasalliklarini, ayniqsa gingivit, parodontit, tish bo'shlig'i va ildiz kanallarining infeksiyalarini keltirib chiqaradigan patogen bakteriyalarning faolligini to'xtatib turadi. Buning uchun kuniga bir marta yangi zanjabilning bir bo'lagini chaynash yoki og'zingizni zanjabil kukuni bilan yuvish kifoya[10].

.Glyukoza miqdorini nazorat qiladi; Avstraliyalik tadqiqotchi olimlar zanjabil qondagi glyukoza miqdorini kamaytirishi mumkin, deb taxmin qilishdi.Glyukoza miqdori vazn ortishi yoki vazn yo'qotishiga bevosita ta'sir qilganligi sababli, zanjabilning ildiz qo'shimchalari har qanday shaklni muntazam ravishda qabul qilish qon shakarining sezilarli o'zgariga olib kelishi mumkin.2015-yilda olib borilgan tadqiqotda qandli diabetning ikkinchi toifasiga chalingan 41 bemor kuniga 2grammdan zanjabil iste'mol qilgach, qondagi, shakar miqdori 12foizgacha kamaygan. Garchi mutaxasislar zanjabilning foydalarini isbotlashda hali ham davom etayotgan bo'lsa-da, dastlabki natijalar qondagi shakarga ta'sirini ko'rsatadi.Ilm-fan zanjabilni qandli diabet uchun yaxshiroq foyda keltirishidan umid qilmoqda.Zanjabil diyabetik nefropatiya [buyrak shikastlanishi] chastotasini kamaytirishda samarali ekanligi aniqlandi. Zanjabilning foydali xususiyatlarining son-sanog'i yoq. Zanjabilning qo'llanilish doirasi shu qadar kengki, uni hech ikkilanmay xaqiqiy mo'jizaviy dori deb atash mumkin. Keyingi bir necha 10 yildirki uning shifobaxsh xususiyatlari zamonaviy mutaxasislar tomonidan keng o'rganilmoqda.Bugungi kunda zanjabil xatto ko'pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli illatlardan ximoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashishda tavsiya etiladi[10].Mutaxassislarning aytishicha kuniga 5g dozada zanjabilni is'temol qilish tavsiya etiladi. Agar zanjabil muntazam iste'mol qilinsa miyya faoliyatini yaxshilaydi, xotirani mustahkamlaydi. Ayniqsa ilmiy ish bilan shug'ullanuvchilar uchun juda ham foydali hisoblanadi.Zanjabil hol holatda ham qujritilgan holda ham juda ham foydali lekin albatta birbiridan farq qiluvchi taraflari ham bor. Ya'ni bu ikkisini iste'mol qilishdagi dozasi o'zgaradi.Hol barra zanjabil kesilgani 1osh qoshiq ishlatilsa quritilgani esa lchoy qoshiq ishlatiladi.Ikkisining ham tarkibida hech qanday o'zgarish kuzatilmaydi.Zanjabilni iste'mol qilishda ko'proq zanjabildan tayyorlangan choy ichish organizm uchun juda ham foydali hisoblanadi.Zanjabil ildizi sharbati asosida tayyorlangan murabbolar ham shu maqsadda qo'l keladi.''Zanjabilli choy''asal va limon bilan birga shamollash xastaliklarida tez-tez qo'llaniladi. Bosh o'rig'ida, yelkada og'riqlar paydo bo'lganida, surunkali bod xastaligida undan compress qilinadi.Yangi sog'ilgan sutga qirg'ichdan o'tkazilgan zanjabil qo'shib ichilsa, yo'talda yaxshi muolaja bo'ladi.Anginaga, tish og'rig'iga ham shifo bo'ladi, organizmni zaharli moddalardan tozalaydi.Buning uchun qirg'ichdan chiqarilgan lgram zanjabilni limon sharbat va ozgina tuz qo'shib,ertalab nonushtaga qadar iste'mol qilish kerak.''Zanjabilli choy''i esa ko'pgina shamollash xastaliklaridan xalos etadi.Bunday choyni tayyorlash usuli.Qirg'ichdan yangi chiqarilgan uch choy qoshiq zanjabil ildizi 100ml suv yoki sutga solinib, qopqog'i zich yopilgan emalli idishda past olovda 10 daqiqa qaynatiladi. So'ng 5-10 daqiqa dimlab qo'yiladi. U iliq holiga

kelganida asal va limon qo'shib ichiladi.Chunki asal issiq choyga, qaynoq suvga aralashtirilsa foydali xususiyatlari pasayadi.Tibetda maydalab kesilgan yoki nafis bo'laklangan zanjabil ildizini choynakka solib, ustidan qaynab turgan suv quyiladi va 10-15daqiqa damlanadi.Qaynoqligi ketgach limon va asal qo'shib ichiladi.Bu juda xushta'm bo'lishidan tashqari, nihoyatda foydali shamollashni, tamoq og'rig'ini davolaydi, immunitetni ko'taradi. Xotirani kuchaytirib insonga quvvat beradi.Balki, tibetcha umr uzoqlikning omili ham shundadir.Agar biron bir ziravorni yaxshi ko'rishingiz kerak b'lsa, u zanjabil bo'lgani ma'qul.Albatta, sog'liq uchun katta foyda keltiradigan ko'plab ajoyib ziravorlar mavjud, ammo ularning ijobiy xususiyatlari zanjabilchalik emas va u boshqa ziravorlarga qaraganda yaxshi ta'mga ega.Zanjabil ildizi ko'pincha ko'plab dorivor choylarda mavjud bo'lib, shu jumladan vazn yo'qotish uchun keng qo'llaniladi.Shuningdek zanjabil ildizidan turli xil taomlar, ichimliklar va shirinliklar tayyorlash uchun mos bo'lgan ajoyib ziravordi. Taom tayyorlashda odatda quritilgan zanjabil kukuni yoki bo'laklarga bo'lingan yoki maydalangan yangi ildiz ishlatiladi. Zanjabil - o'tkir va ozgina qizdiradigan maxsulot bo'lib, u qovurilgan taomlarda sharqona ta'mni ochib beradi. Tibetda maydalab kesilgan yoki nafis bo'laklangan zanjabil ildizini choynakka solib ustidan qaynab turgan suv quyiladi va 10-15 daqiqa damlanadi.

Qaynoqligi ketgach iliq holatda asal va limon qo'shib ichiladi. Bu juda xushta'm bo'lishdan tashqari, nihoyatda foydali shamollashni tamoq og'rig'ini davolaydi, immunitetni ko'taradi. Umuman aqlni va xotirani peshlaydi, meda faoliyatini yaxshilaydi, xazmni kuchaytiradi, tanaga quvvat bag'ishlaydi. Yangi sog'ilgan sutga qirg'ichdan o'tkazilgan zanjabil qo'shib ichilsa, yo'talda yaxshi muolaja bo'ladi, organizmni zaharli moddalardan tozalaydi. Mashinada bosh aylanganida bir bo'lak zanjabil ildizini chaynash kifoya. "Zanjabilli choy" esa ko'pgina shamollash, xastaliklarni oldini oladi. Zanjabil atir-upa sanoatida ham foydali xom ashyo sifatida nihoyatda qadrlanadi. Oziq-ovqat sanoatida konditer maxsulotlari ishlab chiqarishda, pazandachilikda va ziravor sifatida keng qo'llanilmoqda.Shuningdek zanjabildan turli xil damlamalar, pivo, likyorlar,ichimliklar tayyorlanadi Hamma narsaning meyyori bo'lganidek zanjabil iste'mol qilishda ham meyyor bor albatta[12.14.15].

Quyidagi hollarda zanjabilni iste'mol qilish mumkin emas.

.Ichaklarda yara bo'lganida va o't pufagida tosh bo'lganida;

.Homladorlikning 2-3 davrida va tushish xafi kuzatilganida;

.Qon bosimini ko'tarib turuvchi dori bilan birgalikda;

.2 yoshgacha bo'lgan bolalarga;

.Surunkali qabziyatda va harorat yuqori bo'lgan paytda;

.Kuchli antiokogulyant ta'sirga ega dorilar ichib yuruvchi kishilar.

.Oshqozon kasalliklarida also zanjabilni iste'mol qilish mumkin emas[11].

Zanjabilni meyordan orti iste'mol qilinganda;allergik reaksiyalar, dezbakterioz, kuchli qabziyat, jig'ildon qaynashi, ko'ngil aynishi, qayt qilisah, tomoq atishishi, ko'z xiralashishi, yurak tez urushi, uyqusizlik, kayfiyatning tez o'zgarishishiga olib keladi.Bu kabi holatlarni yo'qotish uchun ko'proq suv ichish tavsiya etiladi, shuningdek zanjabilning ta'sirini yo'qotish uchun har kuni 4-5kungacha yoki mana shu holatlar o'tgincha lstakan sut ichish tavsiya etiladi.Shu holatlar o'tib ketguncha zanjabil istemol qilish mumkin emas.Zanjabilni istemol qilishda ham to'g'ri iste'mol qilish kerak ya'ni ko'p istemol qilinganda halqumga Zarar qiladi.Zanjabilni iste'mol qilishda yaroqlilik muddatiga albatta e'tibor berishimiz kerak. Yaroqlilik muddati o'tmagan bo'lishi kerak.Yaroqlilik muddati o'tmagan zanjabilning usti silliq, qattiq va mog'orlamagan, ustida hech qanday dog'lar bo'lmasligi kerak. Agar zanjabilni ushlab ko'rganingizda yumshoq

bo'lsa demak u ishlatishga yaroqsiz bo'ladi. Zanjabil quruq va salqin joyda saqlanishi kerak. Agar zanjabil noto'g'ri saqlansa uni tarkibi o'zgarib yaroqsiz holga kelishi mumkin.[5.6.8]

XULOSA.

Xulosa o'rnida shuni aytish mumkinki, ona tabiatimiz nihoyatda mo'jizakordir. Sababi birgina o'simlik o'z tarkibida bir vaqtning o'zida bir qancha kasalliklarga shifo bo'luvchi moddalarni saqlaydi. Zanjabil o'simligi ham inson organizmi uchun foydaliligi jihatidan yuqori o'rinlarda turadi.Butunjahon Sog'liqni Saqlash tashkilotining ma'lumotlariga qaraganda mavjud dorixonalarning 60foizini dorivor o'simliklar xom ashyolaridan olingan preparatlar tashkil qiladi. Shundan dunyo miqyosida farmatsevtika korxonalarida ishlab chiqarilayotgan dori vositalarining taxminan 50 foizi dorivor o'simliklar xomashyosidan tayyorlanmoqda.O'zbekiston Respublikasi hududida ham noyob dorivor o'simliklar ko'plab madaniy va yovvoyi holda uchraydi va keng miqyosda xalq tabobatida qo'llanilib kelinadi.

Mutloq ko'pchillik mamlakatlarda, shu jumladan, O'zbekiston Respublikasida farmasevtika sanoatini jadallik bilan rivojlanishi bunday korxonalarning dorivor o'imliklar xomashyosiga bo'lgan talabining keskin ortishiga sabab bo'lmoqda.Shuni ta'kidlash lozimki, tabiiy holda o'suvchi dorivor o'simliklar zaxiralarining chegaralanganligi tufayli farmatsevtika sanoati korxonalarning dorivor o'simliklar xomashyosiga bo'igan talabiga asosan, dorivor o'simliklar o'stirish orqaligina qondirish mumkin.Hozirgi kunda Toshkent, Namangan, Jizzax, Samarqand,

Qashqadaryo, Surxondaryo viloyatlarida va Xorazm Ma'mun akademiyasida dorivor o'simliklar yetishtiradigan maxsus xo'jaliklar bor.Yovvoyi dorivor o'simliklar xom ashyolari asosan

''O'zfarmasanoat'' Respublika davlat aksiyadorlik konserni, matbuot shirkatlari va O'zbekiston

Qishloq va suv xo'jalik vazirligining ''Shifobaxsh'' ishlab chiqarish birlashmasi xo'jaliklari tomonidan tayyorlanadi[3]. Farmatsevtika sanoatida sifatli mo'l, tannarxi arzon va ekalogik sof xomashyo bilan taminlash dorivor o'simliklar xomashyosini yetishtirish bilan shug'ullanuvchi xo'jaliklarni dorivor o'simliklarni o'stirish texnologiyalarini nazariy va amaliy amalga oshirish lozim.Hozirgi kunda aholi salomatligini ta'minlash,tibbiy-sanitar yordam ko'rsatish, turli xil, ayniqsa,surunkali kasalliklar profilaktikasida va ularni davolashda sifat, xavfsizlik va samaradorlik jihatidan amalda sinalgan xalq tabobati muhim o;rin tutadi. Xalq tabobatining eng muhim yo'nalishlaridan biri bo'lgan fitoterapiya va fitoprofilaktika maqsadida foydalaniladigan o'simliklardan biri bu zanjabildir.,Bugungi kunda zanjabil ko'pgina tabiiy dori-darmonlar tarkibiga kiritilib, organizmni turli kasalliklardan himoya qilishda va bir qancha kasalliklarga qarshi kurashda keng iste'mol qilinmoqda.Shundan kelib chiqib zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari keyingi bir necha o'n yilliklarda zamonaviy mutaxasislar tomonidan faol o'rganilmoqda[ 16].

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi farmatsevtika tarmog'ida islohatlarni chuqurlashtirishga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida[1].

2. Yovvoyi holda o'suvchi dorivor o'simliklarni muhofaza qilish, madaniy holda yetishtirish, qayta ishlash va mavjud resurslardan oqilona foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida[2].

3. Dorivor o'simliklar.https;//uz.m.wikipedia.org[3]

4. ''Shifobaxsh zanjabilning tibbiyotda qo'llanilishi''.www.in-academy,uz[4].

5. Olimov, S, M., va Baxramova, B. Z [2020].Zanjabil haqida umumiy ma'lumot. Tibbiyotda qo'llanilishi.Jurnal of new century innovations,156-160.[5].

6. Olimov,S,M., va Baxramova, B.Z[2020].Zanjabil haqida umumiy ma'lumot. Tibbiyotda qo'llanilishi.UzPharmAgency,uz .[6].

7. Xolmatov X.X, Axmedov U.A Farmakaknoziya-1qism.-Toshkent;Fan, 2007.-408 bet[14].

8. Po'latova T.P, Xolmatov X.X. Farmakaknoziya amaliyoti-Toshkent; Abu Ali Ibn Sino nomidagi tibbiyot nashriyoti[15].

9. O'zbekiston xalq tabobati; xalq-tabobati.uz[11]

10. Zanjabilning shifobaxsh xususiyatlari.islom.uz[10].

11. Abu Ali ibn Sino ,,Tib qonunlari'' saylanma 1-jild T-1983 [Tarjimonlar;A.Rasulov va b] 200201-B[7].

12. Shifobaxsh zanjabilning foydali xususiyatlari.srcyrl.gmp-factory.com[5.6.8].

13. Uzpharmagency.uz./uz/new/universal-dori-vositasi[13].

14. Cyberleninka.ru.article/n/zanjabil-bebaho-ne-mat[12].

15. daryo.uz.2023/12/01/zanj abil-chindan-ham-foydal [9].

16. in-academy.uz.index.php/si/article/view/15428[9.10].

17. Ahmedov O'.,Ergashev A., Abzalov A., Yulchiyeva M. Dorivor o'simliklar yetishtirish texnologiyasi va ekalogiyasi.- Toshkent.,2009[16].

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.