TIRNOQ GULNING DORIVORLIK XUSUSIYATLARI VA DORI TAYYORLASH
USULLARI
1Mirzayeva Mutabar Azamovna, 2Ne'matova Dildora Sherzodjon qizi, 3Aliyeva Mushtariy
Ilhomjon qizi
1Farg'ona davlat universiteti aholi tomorqlaridan samarali foydalanish va dorivor o'simliklar
kafedrasi dotsenti., q.x.f.n.
2'3FDU, talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.11214764
Annotatsiya. Maqolada tirnoqgul o'simligining dorivorlik xususiyatlari va o'simlikdan tayyorlangan turli xil mahsulotlarni ishlatilishi va turli soxalarda qo'llash yo'llari yoritilgan.
Kalit so'zlar: Tirnoqgul, kalendula officinalis, gul, efir moy, damlama, preparat, ishlatish.
Аннотация. Статья показывает гвоздь, в котором освещаются лечебные свойства растения розы, а также способы использования и применения различных продуктов, приготовленных из этого растения, в различных отраслях промышленности.
Ключевые слова: Гвоздика, календула лекарственная, цветок, эфирное масло, настойка, препарат, применение.
Abstract. The article shows that the medicinal properties of the Nail plant and the use of various products made from the plant and the ways of application in different cultures are covered.
Keywords: fingernail, calendula officinalis, rose, essential oil, tincture, drug, use.
KIRISH
Dorivor tirnoqgulning (Calendula officinalis L). - Vatani Janubiy va Markaziy Yevropa. O'rta Osiyoning barcha respublikalarida manzarali va dorivor o'simlik sifatida ko'plab ekiladi. Ushbu dorivor o'simlik astraguldoshlar oilasiga mansub.
Yana bu o'simlik kalendula nomi bilan ham ko'pchiligimizga ma'lum. Bu o'simlik qadim zamonlardan beri xalq tabobatida ham keng miqyosda foydalanilib kelinmoqda. Hozirda rasmiy tibbiyotga ham keng qo'llanilmoqda.
TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI
Botanik ta'rifi ko'ra bo'yi - 50 sm gacha bo'lgan bir yillik dorivor o'simlik. Ildizi-shoxlaydigan o'qildiz, poyasi tik o'sadi, qattiq kalta tuklar bilan qoplangan. Barglari navbatma-navbat joylashgan, chetlari mayda tishli. Gullar poyasi va shoxlarining uchdi tomonida joylashgan savatcha ko'rinishida to'pgullar hosil qiladi. Mevalari urug'li meva, tirnoq shaklida bo'ladi. Ushbu o'simlik iyundan kech kuzgacha gullaydi, iyul oxiridan boshlab mevalari yetilib boradi.
Tirnoqgul ko'p dorivorlik xossalarini jamlagani tufayli yurtimizdagi ko'plab hududlarda ekib o'stirilmoqda.
Tirnoqgul o'simligining gullari tarkibida karotin va unga yaqin turadigan boshqa moddalar, efir moylari, azotli shilimshiq moddalar, qatronlar, organik kislotalar bor. Tirnoqgulning yer ustki qismida kalenden achchiq moddasi, oshlovchi moddalar, triterpendiollar va saponinlar mavjud. Urug'larida yog'li moy va biroz miqdorda alkoloidlar bor.
O'simlik gullari tarkibidagi karotenoidlar, kalenden, karotin, qatronlar, organik kislotalar, efir moylari, glikozidlar, taninlar, fitonsidlar miqdori yuqori bo'lganligi sababli maksimal darajada foydalanildi. Pedunkulaning bir qismi bo'lgan inflorescences, kurtaklarning ochilish vaqtida, qamish gullarining yarmi to'liq rivojlangan paytda to'planadi. Xom-ashyo quritiladi, so'ngra kalendula ikki yildan ko'p bo'lmagan muddatga saqlanadi.
TADQIQOT NATIJALARI
Tirnoqgulning juda yaxshi shifobaxsh xususiyatga egaligi, ko'pgina dardlarga davo bo'lib, ko'ngilga orom beruvchi xususiyati qadimdan ma'lum bo'lgan.
Tabiblar undan siydik haydaydigan, balg'am ko'chiradigan, terlatadigan dori sifatida foydalanishgan. Badanning dog' tushgan joylari, gush kasalligi, mastitni davolashda shu o'simlikdan foydalanishgan. Bundan tashqari tirnoqgulni gepatit, xoletsistit, me'da yara kasalligi, gipertoniya, siydik-tosh kasalliklarini ham davolashda ishlatishgan. Tomoq og'rig'i, tish atrofidagi to'qimalar kasalliklari, og'iz elikishini davolash uchun tirnoqguldan tayyorlanadigan har xil dorilar buyurilgan. Ibn Sino ham tirnoqgulni kal kasalligi, belangini davolashda ishlatgan, ilon, chayon chaqqanda buyurgan. Farangistonda bu o'simlik gullaridan yara jarohatlarini bitiradigan, terlatadigan vosita sifatida keng qo'llanilgan. Hind tabobatida uni quvvatga kirgizadigan, tetiklashtiradigan dori sifatida buyurilgan.
Umuman olganda, bu kuchli vosita:
- dezinfektsiyalash va antiseptik;
- yallig'lanishni yengillashtiradi;
- antispazmodik;
- diuretik va xoleretik ta' sirga ega;
- og'riq qoldiruvchi;
- qon va terini tozalash;
Zamonaviy tibbiyotda tirnoqgul preparatlarining markaziy nerv sistemasini tinchalantirib, qon bosimini pasaytirishi, yurak ishini maromiga keltirishi, kasallik tug'duruvchi ko'pgina bakteryalarga xalokatli ta'sir ko'rsatishi aniqlangan. Bu preparatlardan jigar, taloq, buyrak, me'da, o't yo'llari kasalliklari, gipertoniya, ateroskleroz, ba'zi yurak kasalliklari, klimaksni davolashda foydalaniladi.
Tirnoqguldan tayyorlangan dori vositalari, preparatlar siydik haydashda (qovuqda tosh va qum mavjud bo'lganda), qizilchada, raxitda, bosh aylanishida, yo'talda, qorin og'rig'ida (me'da jarohati, spazmada), iste'mol qilinsa anchagina yengillik beradi.
Ilmiy tibbiyotda tirnoqgul preparatlari keng qo'llaniladi. Undan tayyorlangan turli xil emulsiya, dori tabletkalari bir qator kasalliklarni davolashda ishlatilmoqda. Professor V.V.Xvorovning tajribalariga ko'ra, tirnoqguldan tayyorlangan nastoyka ayollarning klimaks davridagi qon bosimini oshishini me'yoriga keltiradigan ishonchli davo choralaridan biri ekanligi aniqlangan.
Dori tayyorlash va ishlatish
1. 2 choy qoshiq miqdordagi tirnoqgul gullari ustiga 2 stakan qaynoq suv quyib, 15 daqiqa damlab qo'yiladi, keyin suzib olinib, yarim stakandan kuniga 3-4 maxal ichiladi.
2. Bu o'simlik gullaridan 2 osh qoshiq miqdorda olib, ustiga 2 stakan qaynoq suv quyiladi va 3-4 soat damlab qo'yib, keyin suzib olinadi. Ovqat oldidan yarim stakan kuniga 3-4 maxal ichiladi.
3. O'simlikning 1 osh qoshiq mayda yanchilgan gullari ustiga 1 stakan aroq quyib, 7 kun saqlanadi, keyin suzib olinadi va 25-30 tomchidan kuniga 3 maxal ichiladi. Bu tinikturaning 1 choy qoshig'ini 1 stakan qaynagan suvga aralashtirib, yara jaroxatlarni yuvish, chayish uchun ishlatish ham mumkun.
4. Mayda kukun qilib yanchilgan o'simlik gullaridan 1 choy qoshiq miqdorida olib 15 g miqdordagi vazelinga obdan qorishtiriladigan va badanning kasal joylariga surtish uchun ishlatiladi.
Kalendula malhami kuyish va boshqa terining shikastlanishlarini davolashda mashhur xisoblanadi.
Damlamalari va surtmasi jaroxatlarda, yiringli yaralarni davolashda, tomoq chayishda, oshqozon yarasini hamda gastrit va jigar xastaligini davolashda ishlatiladi.
Qo'llash mumkin bo'lmagan holatlar mavjud - Kalendula o'z ichiga olgan preparatlarni qabul qilish butunlay chiqarib tashlanadi.
- qon bosimi pasayganda;
- yurak-qon tomir yetishmasligida;
- oshqozon-ichak kasalliklarining kuchayganda;
- bronxial astmada;
- safro tosh kasalligida;
- homiladorlik davrida.
Tashqi tomondan, siz kalendula bilan mablag'lardan foydalana olmaysiz, agar ularning individual intoleransi bo'lsa. MUHOKAMA
Kalendula asosidagi dorilar juda samarali va kuchli bo'lgani sababli, o'z-o'zini davolashni butunlay bekor qilish kerak. Bunday terapiyani faqat malakali shifokor buyurishi mumkin. Masalan ayollar homiladorlik paytida ko'plab davolovchilar homiladorlikni qo'zg'atmaslik uchun ushbu o'simlikni butunlay yo'q qilishni tavsiya qiladilar.
Kalendula asosidagi preparatlardan (spirtli ichimliklarsiz) foydalanishga ruxsat beriladi: emizikli onada turli xil nafas olish kasalliklarini davolashda: sinusit, bronxit, tonzillit, yo'tal va burun oqishi, shamollash, faringit va sinusit. Laksatif sifatida gullarni tayyorlash ham mashhur.
To'pgullaridan har xil tabletkalar tayyorlanadi.Chet ellarda gultojbarglaridan bo'yoq
olinadi.
XULOSA
Xulosa qilib aytganda, bizning asosiy maqsadimiz tirnoqgul dorivor o'simligini shifobaxsh hususiyatlari va farmaseftika sanoatiga tadbiq qilish mobaynida undan tabiiy plantatsiyalar yaratish. Chunki kun sayin dunyoda dorivor o'simliklar homashyosidan olinadigan tabiiy dorilarga talb ortmoqda. Shu sababli bizning eng muhim vazifalarimizdan biri O'zbekistonning dorivor o'simliklaridan olinadigan tabiiy dorilarni jahon miqyosiga tadbiq etish.
REFERENCES
1. Ataboyeva X.N., Xudayqulov J.B., O'simlikshunoslik.Toshkent 2018.
2. Белолипов И. В. Краткие итоги первичной интродукции растений природной флоры Средней Азии в Ботаническом саду // Интродукция и акклиматизация растений: Сб. науч. тр. - Ташкент
3. Xolmatov H.X, Ahmedov O'.A. Farmakognoziya. Toshkent 1995
4. Turdaliev, A. T., Darmonov, D. Y., Teshaboyev, N. I., Saminov, A. A., & Abdurakhmonova, M. A. (2022, July). Influence of irrigation with salty water on the composition of absorbed bases of hydromorphic structure of soil. In IOP Conference Series: Earth and Environmental Science (Vol. 1068, No. 1, p. 012047). IOP Publishing.
5. Saminov A.A.O'g'li, Nasriddinova D.K.Qizi., Zanjabil o'simligini ochiq maydonlarda yetishtirish texnologiyasi //Science and innovation. - 2022. - Т. 1. - №. D3. - С. 26-30.
6. Anvarjonovich D.Q., Saminov A.A., Xusanboyev G'.A., The importance of fungicides and stimulants in preparing seed grains First page : ( 415) Last page : (419) Article DOI : 10.5958/2278-4853.2021.00272.X
7. Алиев Фирдавс Абдусамиевич, Мирзаев Ойбек Олимжон угли, Али Ахунов Амирджон Аминджонович, Холмуродов Темурали Аширали угли. In-situ catalytic hydrogenation of carbon dioxide for decreasing environmental footprints and enhancing heavy oil recovery. Геос.
8. Kholmurodov T. et al. Development of a simple and efficient oil-soluble nanocatalytic system for aquathermolysis upgrading of heavy crude oil //Fuel. - 2023. - Т. 353. - С. 129223.
9. Kholmurodov T. et al. Influence of Anionic and Amphoteric Surfactants on Heavy Oil Upgrading Performance with Nickel Tallate under Steam Injection Processes //Industrial & Engineering Chemistry Research. - 2023.
10. Kholmurodov T. et al. Thermochemical Upgrading of Heavy Crude Oil in Reservoir Conditions //Processes. - 2023. - Т. 11. - №. 7. - С. 2156.
11. Mirzayeva M. A., Abdurahimova M. A., Raxmonova S. B. ROZMARIN (ROSMARINUS OFFICINALIS) NING BIOLOGIK XUSUSIYATLARI //Новости образования: исследование в XXI веке. - 2024. - Т. 2. - №. 17. - С. 80-86.
12. Zhao F. Application and value of painting technique in art education based on improved ARMA model //Applied Mathematics and Nonlinear Sciences.
13. Perdebaeva K. et al. SUV Х07АиШ тШГОА SUV TEJАMKOR TEXNOLOGIYALАRNI QO'LLАSh //INNOVATION IN THE MODERN EDUCATION SYSTEM. - 2023. - Т. 3. - №. 34. - С. 251-255.
14. Nuritdinovna A. D. Methods For Studying the Physical and Mechanical Properties of Chemicals for Pre-Sowing Treatment of Agricultural Crops //Web of Agriculture: Journal of Agriculture and Biological Sciences. - 2023. - Т. 1. - №. 9. - С. 65-73.
15. Azamovna M. M. BIOLOGY OF SUGAR BEET VARIETIES, PESTS, DISEASES AND MEASURES TO ONTROL THEM //British Journal of Global Ecology and Sustainable Development. - 2023. - Т. 24. - С. 55-59.
16. Shokirova, M., Shokirova, G., Mirzayeva, M., & Juraev, Z. Metaphors in Chemistry: Enhancing Scientific Communication and Understanding. Available at SSRN 4533948.