Научная статья на тему 'Farg’ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o’simliklar, ularning tarqalishi va ahamiyati'

Farg’ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o’simliklar, ularning tarqalishi va ahamiyati Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
149
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
flora / shifobaxsh / alkaloid / glikozid / flavonoid / kumarin / saponin / datura stramonium l / semizo‘t / otquloq

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Murodali Umaraliyevich Tojiboyev, Moxinur Diyorbek Qizi Uzoqjonova

Ushbu maqolada Farg‘ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o‘simliklar, ularning ahamiyati, tarqalishi, kasalliklarda qanday tartibda qo‘llanilishi, buyuk allomalarimizning kitoblarida berilgan ma’lumotlari, O‘zbekiston florasida tutgan o‘rni va ahamiyati to‘g‘risida qisqacha tushunchalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Farg’ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o’simliklar, ularning tarqalishi va ahamiyati»

Farg'ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o'simliklar,

ularning tarqalishi va ahamiyati

Murodali Umaraliyevich Tojiboyev [email protected] Moxinur Diyorbek qizi Uzoqjonova moxinuruzoqj onova@gmail .com Andijon davlat pedagogika instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada Farg'ona vodiysida tarqalgan ruderal shifobaxsh o'simliklar, ularning ahamiyati, tarqalishi, kasalliklarda qanday tartibda qo'llanilishi, buyuk allomalarimizning kitoblarida berilgan ma'lumotlari, O'zbekiston florasida tutgan o'rni va ahamiyati to'g'risida qisqacha tushunchalar berilgan.

Kalit so'zlar: flora, shifobaxsh, alkaloid, glikozid, flavonoid, kumarin, saponin, datura stramonium l, semizo't, otquloq

Ruderal medicinal plants distributed in the Fergana Valley, their distribution and importance

Muradali Umaralievich Tojiboyev [email protected] Mohinur Diorbek kizi Uzogjonova moxinuruzoqj onova@gmail .com Andijan State Pedagogical Institute

Abstract: In this article, ruderal medicinal plants distributed in the Fergana Valley, their importance, distribution, how they are used in diseases, the information given in the books of our great scientists, their place and importance in the flora of Uzbekistan brief concepts are given.

Keywords: flora, medicinal, alkaloid, glycoside, flavonoid, coumarin, saponin, datura stramonium l, fat, sorrel

Dorivorlik xususiyatlarga ega bo'lgan o'simliklar haqidagi dastlabki ma'lumotlar, hamyurtlarimiz bo'lgan buyuk allomalar - Abu Ali Ibn Sino, Abu Rayxon Beruniy, Zakariyo Roziy va boshqalarning ilmiy asarlarida ko'plab keltirilgan.

Abu Ali Ibn Sinoning 5 ta kitobdan iborat bo'lgan qisqacha nomi "Tib qonunlari" bo'lgan asarlar to'plamida va Abu Rayxon Beruniyning qisqacha nomi

ISSN 2181-0842 / IMPACT FACTOR 3.848 101 [Ml^^^H

"Saydana" bo'lgan memuar asarlarida ham turli mintaqalar va tog'tizmalarida o'suvchi o'simliklar va ularning dorivorlik xususiyatlari haqida keng va batafsil ma'lumotlar keltirilgan.

O'zbekiston florasidagi 4148 ta turdan 600 taga yaqini dorivor, shifobaxsh o'simliklar hisoblanadi. Keyingi vaqtlarda kimyofanining kuchli taraqqiy etishi natijasida farmatsevtika sanoati ham rivojlandi. Buning natijasida insonga tez ta'sir etuvchi yangidan-yangi dori vositalari sintez qilib olindi. Biroq shunga qaramay, dorivor o'simliklarga, undan tayyorlangan damlama, qaynatma, surtma va tolqonlarga bo'lgan talab xamon kattaligicha qolmoqda.

Ilmiy meditsinada ishlatiladigan dorivor preparatlarning 45% i o'simliklardan ajratib olinadi yoki ulardan tayyorlanadi. Ba'zi o'ta qimmatli dorivor preparatlar, masalan, yurak kasalliklarini davolashda qo'llaniladigan glikozidlar (yurak glikozidlari) shu vaqtgacha faqat o'simliklardan olib kelinadi.

Meditsinada katta ahamiyatga ega bo'lgan alkaloidlar, glikozidlar, flavonoidlar, kumarinlar, saponinlar, efir moylari va boshqa mddalar ham o'simliklardan ajratib olinadi.

Shifobaxsh o'simliklardan yana turli dorivor preparatlar va vitaminlarga boy kontsentrantlar tayyorlanadi. Odamlar qadim zamonlardan beri turli kasalliklarni davolashda har xil o'simliklardan foydalanib keladilar.

Ilmiy adabiyotlardan foydalanilgan xolda xalqning shifobaxsh o'simliklar haqidagi boy tajribasi yo'q bo'lib ketmasligi hamda insonlarning ulardan foydalanish uchun ushbu o'simliklar haqida qisqacha ma'lumotlar berishga xarakat qildik.

Semizo't - Portulaca oleraceae L. begona o't sifatida madaniy o'simliklar ekiladigan dalalarda, ayniqsa, poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda ko'plab uchraydi. Bahorning iliq yomg'irlari ularning osongina nish urib chiqishiga qulaylik yaratadi.

Semizo't tarkibida ko'p miqdorda S vitamini (300 mg%), K vitamini, glyukoza, alkaloidlar, glikozidlar, fosfor, kalbtsiy, elementlari bor. Semizo't o'simligi qadim zamonlardan beri xalq tabobatida shifobaxsh o'simlik sifatida ishlatib kelinadi.

Abu Ali Ibn Sino semizo'tning shirasini ichdan qon ketishini to'xtatishda, qon tupirishni davolashda, shuningdek, ko'z, jigar kasalliklariga uchragan bemorning dardiga shifo sifatida ishlatgan. Buyuk olim sharob bilan aralashtirilgan semizo't boshdagi yaralarni ketkazishi, undan tayyorlangan damlama esa buyrak, qovuq og'riqlarini, jigar shamollashini, bachadondan qon ketishini to'xtatishi mumkinligi haqida ma'lumot bergan.

Xalq medetsinasida semizo't haroratni bosuvchi, poroshok xoldagisi esa ichak yaralari, qon aralash ich ketishini to'xtatuvchi vosita sifatida tavsiya qilinadi. Semizo't bilan bargizubning sharbati bevosilini davolash uchun ishlatiladi.

Semizo'tni quritib, maydalab sirkaga qo'shib qaynatilsa, hosil bo'lgan malxam yomon yaralarga suriladi.

Ilmiy manbalarga qaraganda, o'simliklarning yer ustki qismida paraadrenalin t'asiriga ega bo'lgan modda mavjud. Shu tufayli xam semizo't, qon tomirning torayishiga sababchi bo'lib, qon bosimini oshirish xususiyatiga ega ekanligi tajribada aniqlangan. Semizo't qoramol yem-hashagiga qo'shib berilsa, ularning vazni va sigir suti ortadi. Chunki semizo't tarkibida yetarli miqdorda oqsil moddalari, 22% azotli moddalar, 1,4% kletchatk, organik kislotalar va boshqa moddalar bor.

Semizo't tarkibida yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, S va K vitaminlari hamda fosfor va kalttsiy elementlari bo'lganligi uchun xalq orasida turli salatlar va sho'rva, har xil dimlamalarga qo'shib ham ist'emol qilinadi. Bu o'simlikni ist'emol qilish yil davomida davom etishi mumkin.

Bangidevona - Datura stramonium L. O'zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Bangidevona o'simligi asosan yo'l yoqalarida, ariq bo'ylarida, aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, begona o't sifatida dalalar, bog'lar va boshqa ekinzorlarda uchraydi.

Dorivor maqsadlarda o'simlikning bargi va mevasi keng qo'llaniladi. Uning barglari o'simlik gullaganidan boshlab to kuzgi sovuqlar tushguncha yig'iladi. Yig'ib terib olingan barglar shamollab turadigan joylarda soya va quruq joyda quritiladi. Mevasi pishganidan so'ng terib olinadi. Yig'ib olingan mevalar quritilib, yanchiladi va g'alvirdan o'tkazilib, urug'laridan ajratiladi.

Bangidevona o'simliga tarkibida alkaloid tutuvchi o'simliklar qatoridan muxim joy egallagan. O'simlikning turli organlari tarkibida giostsiamin, atropin, skopolamin kabi bir qancha alkaloidlar uchraydi. Ulardan tashqari o'simlik tarkibida, ayniqsa, bargida biroz efir moylari, karotin, oshlovchi va boshqa xali aniqlanmagan moddalar ham mavjud.

Mashxur alloma va xakim Abu Ali ibn Sino bangidevona o'simligi bargini ko'z kasalliklari va yo'talni davolashda ishlatgan.

Xalq tabobatida o'simlikning bargi asab kasalliklarida tinchlantiriuvchi, revmatizm, nafas qisishi, tish, ko'krak, hamda bel og'rig'i kasalliklarida og'riq qoldiriuvchi va uxlatuvchi vosita sifatida qo'llaniladi.

Yuqorida aytib o'tilgan kasalliklarni davolashda bangidevona bargini o'rab chekiladi yoki damlamasi xidlanadi. Ko'z og'riganda yangi uzib olingan bargini ezib, ko'zga bog'lanadi.

Bangidevona o'simligi urug'idan olingan moy bavosil kasalligida og'riq qoldirish maqsadida yo'g'on ichakdagi shishgan joylarga surtiladi.

Ilmiy meditsinada o'simlikning bargi nafas qisishi kasalligida bemorlar tomonidan chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi.

Qora ituzum - Solanum nigrum L. o'simligi poliz va sabzavot ekinlari orasida, paxtazorlarda ko'plab uchraydi. Ituzum xalq tabobatida uzoq vaqtlardan beri ishlatib keltnayotgan shifobaxsh o'simlik xisoblanadi. O'simlik O'zbekistonning deyarli barcha sug'oriladigan xududlarida uchraydigan begona o't.

Xalq tabobatida o'simlikning poyasi, bargi va mevasi ishlatiladi. Ituzumning yer ustki qismi, alohida holda bargi ham, o'simlik gullaganida, mevasi esa pishgan paytida yig'ib olinadi. Soya joyda yer ustki qismi, ochiq havoda esa mevalari quritiladi. Ituzumning pishmagan mevasi va yer ustki qismi tarkibida glikoalkaloidlar, vitaminlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor.

Ituzumning pishib yetilgan mevasidan tashqari barcha qismlari zaharli hisoblanadi. Abu Ali Ibn Sino o'simlikning bosh og'rig'ini qoldirish, shishlarni qaytarish xususiyati borligini bilgan. Shuning uchun quritilmagan o'simlikni maydalab ezib, bosh og'riganda boshga hamda quloq ostidagi, miyadagi shishgan joylarga bog'lashni tavsiya qilgan. Alloma undan tashqari o'simlik shirasi bilan ko'z va tomoq og'rig'i kasalliklarini davolagan hamda uxlatuvchi dori sifatida ishlatgan. Mevasi esa buyrak va qovuq kasalliklarini davolashda, siydik haydovchi va bachadondan qon ketganda qonni to'xtatuvchi vosita sifatida qo'llanilgan.

Xalq tabobatida ituzum bargidan, mevasidan tayyorlangan damlama yoki pishgan mevasi bolalardagi gijjalarni tushirishda, tomoq og'rig'i, bo'g'ma kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Gulidan tayyorlangan damlama bod kasalliklarida hamda siydik haydovchi va balg'am ko'chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. Yangi uzib olingan ituzum bargidan bosh og'rig'ini qoldirishda va yaralarni davolashda foydalaniladi. Buning uchun bargni maydalab ezib, bosh og'riganda yoki yaraga qo'yiladi. Bargning shirasi quloq og'rig'ida, surunkali tumov va burun ichidagi yarani davolash uchun quloq va burunga tomiziladi.

O'simlik bargidan va mevasidan damlama tayyorlash uchun og'zi yopiladigan idishga bir yarim stakan qaynab turgan suv quyib, ustiga 2 choy qoshiq maydalangan barg yoki mevasidan solinadi, so'ng 2 soat damlab qo'yiladi. Keyin dokada suziladi. Damlamadan kuniga 4 mahal bir osh qoshiqdan ichiladi. Gulidan ham xuddi yuqorida ta'kidlab o'tilgan tartibda va usulda damlama tayyorlanadi. Bunda qaynab turgan suvga bir choy qoshiq gulidan solinadi.Damlamadan kuniga 3-4 mahal ichiladi. Yarim stakan qaynatilib, sovutilgan suvga 3 osh qoshiq meva shirasidan solib aralashtiriladi va tomoq og'rig'ida chayiladi.

Otquloq - Rumex confertus L. va uning turlari O'zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ariq va soylarning bo'ylarida, tog'yonbag'irlarida, dalalar va ekinzorlar-ning uvatlarida begona o't o'simligi sifatida va boshqa yerlarda ayniqsa, vaqtinchalik bo'lsa ham, namlik yetarli bo'lgan joylarda ko'p o'sadi.

Xalq tabobatida otquloq turlarining ildizidan, bargidan va mevalaridan tayyorlangan qaynatma yoki damlama ich kentganda, dizenteriyada, ichak yaralarida

va boshqa kasalliklarni davolashda qo'llaniladi. Quritilmagan bargidan siqib olingan shirasi bilan qo'tir, temiratki va yaralar davolanadi.

Otquloq o'simligi vitaminga boy bo'lganligi uchun, ilgari zamonlardan beri tsinga kasalligiga qarshi dori sifatida ishlatilib kelingan. Undan tashqari o'simlikdan teri kasalliklarini davolashda ham foydalanilgan. O'simlikdan tayyorlangan damlama va qaynatmalar juda oddiy yo'llar bilan qilinganligi uchun, uni ko'pchilik osonlik bilan o'zlari uchun tayyorlay olishlari mumkin.

Hozirgi paytda zamonaviy meditsinada ham oddiy otquloqning dorivor preparatlari - damlama, qaynatma, poroshok va suyuq ekstraktlarini me'da - ichak (kolit, enterokolit), qon aralash ich ketishda hamda ichakdan qon ketganda ichish tavsiya etiladi.

Ittikanak - Bidens tripartita L. o'simligi asosan nam yerlarda - ariq va soy bo'ylarida, ko'llar va daryolarning yoqalarida, sholipoyalarda, botqoqliklarda, sernam o'tloqlarda begona o't sifatida o'sadi.

Xalq tabobatida o'simlikning yer ustki qismidan tayyorlangan damlama yoki qaynatma shirincha va rak (saraton) kasalligining ba'zi turlarini davolashda, ishtaxa ochuvchi, qon oqishini to'xtatuvchi, siydik haydovchi va terlatuvchi dori sifatida qo'llaniladi. Shuningdek o'simlikdan tayyorlangan damlama va qaynatma ba'zi teri kasalliklarini - gush va qo'tirni hamda bolalarning diatez kasalliklarida qo'llaniladigan shifobaxsh vannalar tayyorlashda ishlatiladi. Ittikanak - Bidens tripartita L. o'simligining yer ustki qismidan tayyorlangan damlama xalq tabobatida turli kasalliklarda keng ishlatiladi.

Ittikanak - Bidens tripartita L. o'simligidan tayyorlangan dorivor preparatlar ilmiy tibbiyotda buyrak va siydik yo'llari kasalliklarida, siydik haydovchi va shamollashda terlatuvchi hamda ovqat xazm qilishni yaxshilovchi dori sifatida qo'llaniladi. O'simlikning yer ustki qismi shirincha kasalligida qo'llaniladigan choy-yig'masi tarkibiga kiradi.

Ittikanak o'simligi nastoykasi umumiy tinchlantiruvchi hamda qon bosimini pasaytiruvchi ta'sirga ega ekanligi tajribalar davomida aniqlangan.

Yuqorida nomlari keltirib o'tilgan dorivor o't o'simliklardan tashqari, yana ko'plab dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan hamda xalq tabobatida va shu bilan birga, ilmiy tibbiyotda ham xozirgi kunlarda keng qo'llanilib kelayotgan ko'plab begona o'tlar mavjud. Ular qatoriga oq sho'ra (Chenopodium album L), sariqbosh (Senecio vulgaris L.), sachratqi (Cichorium intibus L.), uchma, qo'ytikan (Ceratocephalus orthoceras DC.), qumrio't, chakamig'(Galium aparine L.), ermon (Artemisia absinthium L.), yantoq (Alhagi pseudoalhagi (M.B.) Desv.), Qariqiz (Arctium tomentosum Mill.), qashqarbeda (Melilotus officinalis L.), burgan, shuvoq (Artemisia annua L.), zubturum (Plantago lanceolata L.) va boshqalarni kiritishimiz mumkin.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ruzmatov E.Yu., Tukhtaboeva F. M., Usmanov D.D., Khoshimjonova N.N., Yuldashev Kh.E., Tajiboev M.U. 'Study of life forms of some species of the genus Acanthophyllum'. - T.: Jundishapur Journal of Microbiology Vol. 15, No.1 (2022.01). P 1671-1677 JCR 2017. IF:1.233 www.jjmicrobiol.com

2. Foziljonov Sh.F., Tajiboev M.U. "Impotance of studying location in protection of rare plants types: Fergana valley". - T.: Middle European Scientific Bulletin. Volum-9, Febraury 2021, 231. (Journal Impact Factor IFSIJ-5,985). (https://doi.org/10.47494/mesb. 2021.9.231)

3. No'monjonov M.G'., No'monjonova M.G'., Tojiboyev M.U. "Ayrim dorivor o'simliklarni morfobiologik tasnifi, kimyoviy tarkibi va yetishtirish texnologiyasi" -T.: Образование и наука XXI веке // Международный научно-обрвзовательный электронный журналю Выпю 15 (том 2) июнь 2021 гю С. 946-948

4. Tajiboev M.U.'The place and medicinal properties of certain species of the genus of Achillea L. in Uzbekistan plant coverage". - T.: European schoolar journal. Vol.4 No. 1 February 2023

5. Olimova M, Naimsherova S, Tojiboyev M.U. "Lamiaceacemoilasi vakillarining morfologiyasi, bioekologiyasi va dorivorlik hususiyatlari". - T.: Новости образования: исследование в XXI веке 1(6), 835-838

6. Tojiboyev M.U., Samatov O, Nabiyev F. "Moychechak va isriqning shifobaxsh xususiyatlari va tibbiyotga targ'ibi". - T.: Наука и инновация 1 (9), 4649

7. Toshboyeva M, Saloyeva A, Tojiboyev M.U. "Qarag'aytoifa (pinophyta) o'simliklarning botanic tasnifi, sistematikasi, tarqalishi, ahamiyati". - T.: Научный Фокус 1(1), 807-811

8. Тожибоев М.У. "Краткий анализ флоры горы Кунгурбука Чаткальского хребта". - T.: Узбекиский биологический журнал, 20-22

9. Тожибоев М.У. "Распространение Thalictrum minus L. в горах Кунгурбука Чаткальского хребта". - T.: Матер.меж. науч. конференции " Экол. проблемы опустынивания в Узбекистане", 159-160

10. Тожибоев М.У. "Предварительный таксономический анализ флоры горы Кунгурбука Чаткальского хребта ". - T.: Узбекиский биологический журнал, 22-26.

11. Mirzakarimova M. M. The Necessity to Develop Students' Entrepreneurial Skills in English Classes //Telematique. - 2022. - С. 7128-7131.

12. Mirzakarimova M. EFFECTIVENESS OF STUDENTS'ENTREPRENEURIAL SKILLS DEVELOPMENT THROUGH CLIL TECHNOLOGIES //Академические исследования в современной науке. - 2023. -Т. 2. - №. 8. - С. 92-94.

13. Madaminjonovna, M. M. METHODOLOGY OF EDUCATIONAL TEACHING OF GENERAL SCIENCES.

14. Mnp3aKapHM0Ba M. M. ESSENTIAL COMPOSITION OF ENTREPRENEURSHIP FUNCTIONAL LITERACY //INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND TECHNICAL JOURNAL "INNOVATION TECHNICAL AND TECHNOLOGY". - 2020. - T. 1. - №. 1. - C. 63-65.

15. Teshabayev, S. A., G'ulomov, B. B., Ismoilov, O. T., & Rayimjonov, N. F. (2022). BEGONA O'TLARNING DORIVORLIK VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(3), 376-380.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.