Научная статья на тему 'Yaylov mintaqasining dorivor o’simliklari'

Yaylov mintaqasining dorivor o’simliklari Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
1327
94
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
vodiy / tog’ / yaylov / dorivor o’simlik / subalp / alp

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Maftuna G’ayrat Qizi Abdurazzakova

Mazkur maqolada dorivor o’simliklarning yaylov mintaqasida balandliklari bo’yicha tarqalishi, tabobatda dorivor o’simliklardan foydalanish, ularning kimyoviy tarkibi, ishlatilishi va boshqa xususiyatlari keng yoritilib berilgan. Shuningdek, dorivor o’simliklarning inson hayotida tutgan o’rni haqida ham ma’lumotlar aytib o’tilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «Yaylov mintaqasining dorivor o’simliklari»

Yaylov mintaqasining dorivor o'simliklari

Maftuna G'ayrat qizi Abdurazzakova maftunaabdurazzoqova507@gmail. com Chirchiq davlat pedagogika universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada dorivor o'simliklarning yaylov mintaqasida balandliklari bo'yicha tarqalishi, tabobatda dorivor o'simliklardan foydalanish, ularning kimyoviy tarkibi, ishlatilishi va boshqa xususiyatlari keng yoritilib berilgan. Shuningdek, dorivor o'simliklarning inson hayotida tutgan o'rni haqida ham ma'lumotlar aytib o'tilgan.

Kalit so'zlar: vodiy, tog', yaylov, dorivor o'simlik, subalp, alp.

Medicinal plants of the steppe region

Maftuna G' ayrat qizi Abdurazzakova maftunaabdurazzoqova507@gmail. com

Chirchik State pedagogical university

Abstract: In this article, the distribution of medicinal plants in the pasture region according to their height, the use of medicinal plants in medicine, their chemical composition, use and other properties are described in detail. Information about the role of medical plants in human life was also mentioned.

Keywords: valley, mountain, pasture, medicinal plant, subalpine, alp.

Yaylov balandlik mintaqasi 2800-3000 metrdan balandda bo'lgan hududlarni o'z ichiga oladi. Bu balandliklarda relyef murakkab bo'lib, doimiy qor bilan qoplangan tog' cho'qqilari, ular orasidagi vodiylarda muzliklar, tik va qoyali tog' yonbag'irlari, chuqur zovlar mavjud. Buning ustiga qishi davomli, sovuq, yozi qisqa va salqin, o'simlik qoplami siyrak, daraxtsiz, subalp va alp o'tloqlari yaxlit, tutash emas. Bunday tabiiy sharoit o'z navbatida hayvonot olamiga ham ta'sir etib, ularning turlari va miqdori tog' balandlik mintaqasiga nisbatan kam. Shuningdek, yaylov mintaqasidagi hayvonlarning aksariyati tosh rangida bo'lib, dushmandan yashirinishga moslashgan, qoyalardan chaqqonlik bilan tezda sakrab o'tish xususiyatlariga ega [6].

6-jadval

Yaylov mintaqasining dorivor o'simliklarining xususiyatlari va rasmlari

T/r

O'simlikning

nomi

Xususiyatlari

O'simlik rasmi

Astragal

Astragal o'simligini ildizi uchun yig'ib olishadi. U mmun tizimini mustaxkamlaydi hamda tumovni yengishda yordam beradi

2.

Buzina plyus

3.

Nay o'ti

Bu o'simlik immune tizimini juda yaxshi mustaxkamlaydi, shuningdek shamollashni kamaytiradi, nafas yo'llarini tinchlantiradi, antioksidant kuchga ega. Ushbu giyoh tumov og'ir kechishini oldini oladi. Ba'zi dorivor o'simliklardan farqli o'laroq uning siropi shirin ta'mga ega.

Nay o'tining moyi balg'am ko'chishiga rag'batlantiruvchi ta'sir ko'rsatadi. U astma, artrit va jarohatlarning bitishida yaqindan yordam beradi. Nay o'tini tabletka, kapsula, choy, quritilgan o't va damlama shaklida iste'mol qilish mumkin.

4.

Qizilmiya

Olimlar bu giyohda ko'plab foydali moddalar topishdi. Qizilmiya oshqozon-ichak yazvasining oldini olishi va uni bartaraf etishi mumkin. Shuningdek, u yo'g'on ichakni tozalaydi, jig'ildon qaynashida yordam beradi, immunitetni ko'taradi.

5.

Qichitqi o't

Qichitqi o'ti tabiiy antigistamin preparat hisoblaydi. Ushbu giyoh turli allergiyalarni davolashda, organizmni mustahkamlashda hamda yallig'lanishda samarali natija ko'rsatadi. Shuningdek, u jigar, buyrak va o'pka kasalliklarini davolashda yaqindan yordam beradi.

6.

Zveroboy

Zveroboy o'simligi antidepressiant sifatida xizmat qiladi. Bu o't ba'zi mamlakatlarda bolalar va o'smirlardagi ruhiy tushkunlik holatlarida buyuriladi. Shuningdek, bu giyoh asab zo'riqishi natijasida yuzaga keladigan og'riqlarni bartaraf qiladi.

7.

Arslonquyruq

Arslonquyruq yer ustki qismi tarkibida alkaloidlar, saponinlar-oshlovchi va boshqa moddalar bor. Arslonquyruqdan tayyorgan damlama va yurak, gipertoniya kasalliklarida, asabiylikda (tinchlantiruvchi dori sifatida) qo'llaniladi. Qadimdan aholi arslonquyruqdan yuqoridagi kasalliklarni davolashda ishlatib kelgan.

Ismaloq

9.

Oqquray

Ismaloq xalq tabobatida siydik haydovchi dori sifatida hamda kamqonlik, raxit kasalliklarida qo'llaniladi. Bargidan gidrolizlab olingan maxsus oqsil modda meditsinada me'da osti bezi faoliyatini kuchaytiruvchi vosita sifatida ishlatiladi.

Oqquray dorivor o'simlik hisoblanadi. Ildizi va mevasida furokumarinlar (psoralen, izopsoralen va boshqalar), mevasida efir moyi mavjud. Ildizi va mevasidan olinadigan psoralen preparati pes kasalligini davolashda ishlatiladi.

10.

Rovoch

Rovoch dorivor o'simlik sifatida o'stiriladi. Ildizidan tayyorlangan preparatlar (kukun, damlama va nastoykalar) surunkali qabziyat hollarida surgi sifatida ishlatiladi.

Jadval muallif tomonidan kun.uz sayti orqali tuzilgan.

Yuqoridagi jadvalda yaylov mintaqasining o'ziga xos dorivor o'simliklari xususiyatlari, qaysi kasallikka da'vo ekanligi shuningdek dorivor o'simliklarning rasmlari keltirilib o'tilgan.

7-jadval

O'zbekiston Respublikasining balandlik mintaqalarida tarqalgan zaxarli dorivor

o'simliklar

T/r O'simliklar nomi O'simliklar haqida ma'lumotlar O'simliklarning ishlatilishi

1. Turkiston adonisi Turkiston adonisi ko'p yillik o'simlik.O'simlikning yer ustki qismi xomashyo sifatida yig'ib olinadi. Asosiy biofaol modda-yurak glikozidlari. Turkiston adonisi yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Tabobatda damlama tayyorlab, bezgak tushishida va nafas qisganda ishlatiladi.

2. Oddiy bangidevona Oddiy bangidevona bir yillik o'simlik. Oddiy bangidevona O'zbekistondagi yo'l bo'ylarida, suv bo'ylarida o'sadi. O'simlikning hamma qismi zaxarli. Tarkibida alkaloidlardan atrapin, Oddiy bangidevona ilmiy tibbiyotda astma kasalligini davolashda ishlatiladi. Oshqozon va ichak og'riganda og'riq qoldiruvchi, tinchlantiruvchi vosita

skopolamin bundan tashqari karotin, stramonolid, vitanolid va efir moylari bor. sifatida bangidevona bargi kukunidan 0,2 g dan 2 mahal ichiladi.

3. Jut Jut bir yillik o'simlik. Xomashyo sifatida urug'i ishlatiladi. Urug' tarkibida yurak glikozidlari, yog' va boshqa moddalar bor. Jut ilmiy tibbiyotda jut urug'idan ajratib olingan yurak glikozidlari olitorizid va korxorazid yurak kasalliklarini davolashda ishlatiladi.

4. Chalpak isparak Chalpak isparak k'op yillik o'simlik. Chalpak isparak Markaziy Osiyoning tog'li hududlarida, toshli qiyaliklarda, o'rmonlarda, o'tloqlarda o'sadi. Yer ustki qismida alkaloidlar bor. Chalpak isparak tibbiyotda alkaloidlarni ajratib olib preparatlar tayyorlanadi hamda turli kasalliklarga da'vo sifatida ishlatiladi.

5. Itsigak Itsigak o'simligining homashyo sifatida yer ustki qismi bir yillik yashil novdalari ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar, organik kislotalar, uglevodlar va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida Markaziy Osiyo aholisi itsigakning ildizidan va yer ustki qismidan qaynatma tayyorlab, sil kasalligini, astmani davolaydi. Qaynatma bilan tashqi kasalliklar-ekzema, sichima va boshqa kasalliklarda ishlatiladi.

6. Dorivor safrout Dorivor safrout daryo bo'ylarida va nam yerlarda o'sadi. Xomashyo sifatida yer ustki qismi ishlatiladi. Tarkibida grasiozid, grasiotoksin va boshqa glikozidlar, alkaloidlar, saponinlar, flavonoidlar, kukurbitasin E, Y va boshqa moddalar bor. Dorivor safrout xalq tabobatida o't haydovchi vosita sifatida, bezgak, jigar og'riganda va ruhiy kasalliklarda ichiladi.

7. Xapri Xapri o'simligi Markaziy Osiyoning tog'li tumanlarida tog'larning pastki qismidagi toshli va shag'lli qiyaliklarda o'sadi. Xalq tabobatida yer ustki qismi ishlatiladi. Yer ustki qismi tarkibida efir moyi bor. Xapri o'simlikning yer ustki qismidan damlama tayyorlab, yerli aholi mollarning teri kasalliklarini yuvish yo'li bilan davolanadi.

8. Afsonak Turkiston afsonagi ma'lum darajada Markaziy Osiyoning daralarida uchraydi. Xomashyo sifatida asosan yer ustki qismi yig'ib olinadi. Turkiston afsonagi ilmiy tabobatda damlama, ekstrakt va kukuni holatida ishlatiladi. Afsonakdan ajratib olingan alkaloidlar- sitizin va paxikarpin kuchli ta'sir etuvchi moddalar bo'lib, shifokorlar nazorati ostida turli xil kasalliklarni davolashda ishlatiladi.

9. Bo'ymadoron Bo'ymadoron Markaziy Osiyoning hamma tumanlaridagi o'tloqlarida, qirlarda, tog' etaklarida, tog'lardagi o'tloqlarida, butalar orasida, soylarda, ariq bo'ylarida o'sadi. Tarkibida karotin, K va C vitaminlar, axillein va betonitsin alkaloidlari, efir moyi, lakton, xolin, smola, oshlovchi moddalar bor. Bo'ymadorondan xomashyo sifatida o'simlikning poyasining tepa qismi gullari bilan yig'ib olinadi. Xalq tabobatida ildizi ishlatiladi.Bo'ymadoron qon to'xtatuvchi, o't haydovchi, yallig'lanishga qarshi xossalarga ega.

10. Mingdevona Mingdevona Markaziy Osiyoning daryo bo'ylarida, o'tloqlarida, ekinzorlarida o'sadi. Xomashyo sifatida bargi ishlatiladi. Tarkibida alkaloidlar, flavonoidlar, rutin va boshqa moddalar bor Mingdevona kuchli ta'sir ettiruvchiga ega. Oz miqdorda ishlatilsa, og'riq qoldiradi. Ko'proq ichilsa bezlar faoliyatini sustlashtirib yuboradi. Tibbiyotda astma kasalligiga qarshi "Astmatin", "Astmatol" tarkibida ishlatiladi.

Jadval muallif tomonidan "Dorivor va ziravor o'simliklar" kitobi asosida tuzildi.

WWW.0PENSCIENCE.UZ / ISSN 2181-0842 151

Yuqoridagi jadvalda tibbiyotda foydalaniladigan lekin tarkibida zaharli moddalar mavjud bo'lgan dorivor o'simliklarning tarqalish hududlari, tibbiyotda qo'llaniladigan qismi, tarkibidagi elementlar va qaysi kasalliklarga da'vo ekanligi keltirib o'tilgan.

Xulosa

Balandlik mintaqalari bo'yicha dorivor o'simliklarni tarqalishida turli xil dorivor o'simliklarni adir, tog' va yaylov mintaqalariga bo'lib ularning tarqalish hududlarini, tibbiyotda qo'llaniladigan qismini, xususiyatlarini va rasmlarini ko'rib ular haqida batafsil o'rganib chiqdik.

O'zbekiston Respublikasida shu jumladan dunyo mamlakatlarida dorivor o'simliklardan foydalanish, ularni zaxiralarini saqlab qolish uchun har bir mamlakatda bir qancha ishlar olib boriladi. Bular quyidagilar:

1) Dorivorlik xususiyatiga ega bo'lgan o'simliklarni yil fasllariga qarab o'z vaqtida ma'lum miqdorda ulardan oqilona foydalanish, quritib navlarini saqlab qolish lozim. Tabiiy ravishda tabiatda o'zi o'sib chiqadigan yovvoyi dorivor o'simliklarni ko'p miqdorda saqlab qolish uchun ko'p yig'ib qo'yish keyin esa ularni xususiyatlarini salbiy tarafga ishlamasligi uchun har xil nojo'ya ta'sirlar yuzaga chiqmasligi uchun ulardan me'yorida ishlatish kerak bo'ladi.

2) Dorivor o'simliklarni sun'iy yetishtirishda ular uchun ajratilgan hududlarni to'g'ri tanlash kerakligi, reja asosida yetishtirilayotganda dorivor o'simliklarni yig'ib olib ularni o'rniga boshqa o'simliklarni ekib almashlab ekish jarayonlarini amalga oshirish lozim. Chunki dorivor o'simliklarni hamda tuproq unumdorligini saqlab qolish uchun almashlab ekish jarayonini yo'lga qo'yish shart hisoblanadi.

3) Dorivor o'simliklarning ko'p qismi ko'p yillik o'simlik bo'lganligi uchun ularni tibbiyotda foydalaniladigan qismlari bargi, ildizi, poyasi, mevasi ishlatilayotganda o'sha qismini uzib ishlatish lozim agar unday bo'lmasa bargi uchun ildizi bilan yulib olinsa, dorivor o'simliklarni sonini kamayishiga olib keladi.

4) Dorivor o'simliklar tabiiy ravishda tabiatda yovvoyi holda o'sganda ularni yig'ib olgandan so'ng tuproqqa yana unumdorlik qaytishi uchun yerga dam olishi uchun vaqt keraklini o'rganib chiqish lozim

Dorivor o'simliklarni tibbiyotda foydalaniladigan qismlarini hamma qismlaridan foydalanilganda ulardan dori tayyorlayotganda kamroq xomashyo tayyyorlash lozim. Chunki dorivor o'simlikni hamma qismidan foydalanilganda dorivor o'simliklarni zaxiralari kamayishiga olib keladi shuning uchun zahiralarini saqlash lozim.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. A.Ya.Ibragimov. Dorivor va ziravor o'simliklar. Toshkent-2010

2. Internet sayti: www.kun.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.