INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
QIZIL KITOBGA KIRITILGAN DORIVOR O'SIMLIKLAR VA ULARNING
TIBBIYOTDA QO'LLANILISHI Isaqov Tohirjon Tursunboy o'g'li
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, Assistant Esonova Iroda Usmon qizi
Andijon qishloq xo'jaligi va agrotexnologiyalar instituti, talaba https://doi.org/10.5281/zenodo.7295168
Anotatsiya. So'ngi yillarda insonlar sog'lig'iga alohida e 'tibor berishi, salomatlik sirlaridan xabardorligi ortishi, qarigan va surunkali kasalliklarga chalingan insonlar immun tizimini faollashtirish uchun tabiiy vositalarni afzal ko'rishi, tabiiy vositalarning mutloq zararsizligi va foydasi ushbu sohada ilmiy tadqiqotlarga investitsiyalar hajmining va xalqaro bozorlardagi dorivor o'simliklarga bo'lgan talabning keskin ortishiga sabab bo'ldi.
Mamlakatimizda dorivor va ziravor o'simliklarni rivojlantirishga, xususan tabiiy boyliklardan samarali va unumli foydalanishga katta ahamiyat berilmoqda. Ushbu maqolada O'zbekistonda uchraydigon noyob dorivor o'simliklar, ularning soni, dorivorlik xususiyati, ularning tibbiyotda qo'llanilishi va saqlab qolish chora tadbirlari haqida malumotlar berilgan.
Kalit so'zlar: Noyob o'simliklar, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, barg, gul, meva, xom-ashyo, damlama, teri kuyishi, oshqozon-ichak kasaliklari, vitamin yetishmovchiligi, vitaminlar, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar.
ЛЕКАРСТВЕННЫЕ РАСТЕНИЯ, ЗАНЕСЕННЫЕ В КРАСНУЮ КНИГУ, И ИХ
ИСПОЛЬЗОВАНИЕ В МЕДИЦИНЕ
Аннотация. В последние годы особое внимание людей к здоровью, повышение осведомленности о секретах здоровья, предпочтение натуральных средств для активизации иммунной системы людей пожилого возраста и страдающих хроническими заболеваниями, абсолютная безвредность и польза натуральных средств увеличили количество инвестиций в научные исследования в этой области и вызвало резкое увеличение спроса на лекарственные растения на международных рынках.
В нашей стране большое значение придается развитию лекарственных и пряных растений, особенно эффективному и продуктивному использованию природных ресурсов. В данной статье представлена информация об уникальных лекарственных растениях, встречающихся в Узбекистане, их количестве, лечебных свойствах, применении их в медицине и мерах по сохранению.
Ключевые слова: эндемические растения, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, лист, цветок, плод, сырье, настойка, ожоги кожи, желудочно-кишечные заболевания, авитаминоз, витамины, стероиды, алкалоиды, сапонины.
MEDICINAL PLANTS WICH INCLUDED IN THE RED BOOK AND THEIR USE IN
MEDICINE
Abstract. In recent years, people's special attention to health, increased awareness of the secrets of health, the preference for natural remedies to activate the immune system of the elderly and those suffering from chronic diseases, the absolute safety and benefits of natural remedies have increased the amount of investment in scientific research in this area and caused a sharp increasing demand for medicinal plants in international markets.
In our country, great importance is attached to the development of medicinal and spice plants, especially to the efficient and productive use of natural resources. This article provides
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
information about the unique medicinal plants found in Uzbekistan, their quantity, medicinal properties, their use in medicine and conservation measures.
Key words: Rare plants, ferula, acanthophyllum, herba adonidis, lagochilus inebrians, leaf, flower, fruit, raw materials, tincture, skin burns, gastrointestinal diseases, beriberi, vitamins, steroids, alkaloids, saponins.
KIRISH
O'zbekiston florasi juda boy bolib, guli osimliklarning 4500 turi malum, ularning 577 taga yaqini dorivor o'simlilardir. Shulardan 120 tasidan hozirgi kunda tibbiyotda keng qo'llanilib kelinmqda. O'zbekistonda tarqalgan
o'simliklarning 10-12% muhofaza qilishga muhtoj o'simlilar xisoblanadi. So'ngi yillarda bu o'simliklardan nato'g'ri foydalanish va ayovsiz yig'ib olinishi va qarovsiz qolganligi sababli turlar soni kamayib, yo'qolib ketish arafasiga kelib qolgan. Bunday o'simliklarni himoyalash maqsadida O'zbekiston Respublikasi qizil kitobi tasis etilgan bo'lib,bu kitobga 4ta kategorya bo'yicha o'simlilar kiritiladi. O'zbekiston Respublikasi Qizil kitobi 1984-yilgi birinchi nashrida 163 tur o'simlik kiritilgan bo'lsa, 1998-yildagi nashrida bu o'simliklar soni 301taga yetdi. So'ngi 2019-yildagi yangi nashirda bu raqamlar 314taga yetdi. Bundan ko'rinib turibdiki, so'ngi yillarda hududimizdagi o'simliklarning maydonlari va turlari kamayib bormoqda. So'ngi o'n yillik natijalar shuni ko'rsatdiki O'zbekiston hududida muhofazaga muhtoj yana 138 o'simlik turlari aniqlandi. O'zbekiston respublikasi fanlar akademyasining izlanishlari natijasida O'zbekistonda uchraydigon chiroyli gullari bilan dunyoga mashxur lola va sallagullarning piyozlari bilan ayovsiz o'rib olinishi natijasida turlar soni keskin kamayib ketganligi aniqlandi. Xalq tabobatida va tibbiyotda keng qo'llaniladigon qimmatbaxo dorivor o'simliklar xisoblangan yetmak, buzulbang, kovrak, shirinmiya, kovul kabi o'simlar soni ham homashyo bazasi ham sezilarli kamaydi. Bundan tashqari Buxoro otostegiyasi, yirik giliostrovskiya, Minkivits teziumi kabi relikt turlar yo'qolib ketish arafasiga kelib qoldi.
METOD VA METODOLOGIYA
Dorivor o'simliklardan olinadigon moddalar hozirgi payitgacha suniy ravishda sintezlanmagan bo'lib, faqat tabiiy usulda o'simliklardan ajratib olish mumkin. Bunday o'simliklarning sonining kamayishi esa farmakalogiya homashyo bazasida kamchiliklarni keltirib chiqaradi. Insonlarning o'simliklardan nato'g'ri foydalanishi natijasida esa bunday o'simliklar tobora kamayib bormoqda. Qizil kitobning yangi nashrida 20 dan ortiq dorivor o'simliklar turlari kiritilgan bo'lib, ularning hammasi ham tarkibi jihatdan juda foydali hisoblanadi. Ularning taribida efir moylari, alkaloidlar, karotinlar flavanoidlar, kumarinlar va bacha turdagi vitaminlar mavjud.
Kovrak-Ferula o'simligi ziradoshlar oilasiga mansub, ko'p yillik o'simlik.Yer yuzida bu o'simlikning 160dan ziyod turi tarqalgan. Bo'yi 1 metrga yetadigon, poyasi tik, yog'on, ichi kovak, yuqori qismi shoxlangan. Ildizoldi bargali bandli, 3 bo'lakli, poyadagilari maydaroq,
poyada ketma-ket joylashgan. Gullari soyabon to'pgulda joylashgan. Kovrak monokarp o'simlik bo'lib, 7-8 yilda bir marotaba gullab, urug' beradi (1-rasm).
Kovrak ildizi tarkibida havoda qotib qoladigon asafetida va efir moylari saqlaydi. Asfetidaning tarkibidan ferfulat kislata, qatron spirtlar, kumarinlar ajratib olingan. Efir moyidan esa sulfidlar, kumarin va boshqa moddalar borligi aniqlangan. Ildiz tarkibida kraxmal ham bor. Kovrak ildizidan olingan yelimdan asab sistemasi kasalliklarida o'pkadagi shamollash astma, ko'k yo'tal, sil, zaxm kasalliklarida foydalaniladi. Kovrakdan tayyorlangan galen pereparatlari esa arterial bosimni pasaytiradi, kapillyar qon tomirlari mo'rtligini bartaraf etadi. Ildizidan tayyorlangan damlama har qanday og'riqni qoldirish xususiyatiga ega. Hozirgi kunda kovrakning ildizi bilan ayovsiz o'rib olinishi natijasida, kovrakning tabiiy tarqalgan xududlari keskin kamayib ketdi. Chunki kovrakning ildizi bilan sug'urib olingan joydan boshqa kovrak unib chiqmaydi bu esa, kovrak o'simligining soni kamayishiga yana bir sabab xisoblanadi.
TADQIQOT NATIJASI VA MUHOKAMASI
Etmak - Acanthophyllum chinniguldoshlar oilasiga mansub, ko'p yillik o'simlik. O'zbekistonga bu turkumga mansub 2 ta tur o'simlik tarqalgan. Tog' va adir yon bag'irlarida
Etmakdan tabobatda balg'am ko'chiruvchi vosita sifatida va imuninetni ko'tarish uchun foydalaniladi (2-rasm)
Adonis-herba adonidis renunculacae oilasiga mansub ko'p yillik o'simlik. Uzunligi 5-20sm ga yetadi. Ildizi qisqa jigarrang tusda bo'ladi. Barglari tuxumsimon, palmasimon, 5 bo'lakka bo'lingan, tuksiz bo'ladi. Gullari poyaning tepasida yakka yaka joylashadi, yirik sariq rangli bo'ladi. Mevasi yong'oq. Aprel may-oylarida gullaydi, mevalari iyun-iyulda pishadi (3-rasm).
Adonis tarkibida yurak glikozidlari mavjud. Pishmagan mevalari va barglari ularga eng boy hisoblanadi. O'simlikning yer ustki qismida K-strofantin, simarin moddalari bor. Ildiz qimida esa K-sprofantin mavjud. Glikozidlardan tashqari bu o'simlikda:
o'sadi. Bo'yi 50 - 80 sm ildizi 2 m churlikkacha boradi buralgan, barglari qaram-qarshi,qalami yoki nashtarsimon. Barg bandi va poyasi tuksiz yoki mayda mayin tuklar bilan qoplangan bo'ladi. Gullari mayda bo'lib, shoxlarining uchki qismida 2tadan bo'lib joylashadi. Gultoji barglari pushti 5ta, changchisi esa 10ta, urug'chisi 1ta. Mevasi bir urugli meva.
2-rasm. Etmak - Acanthophyllum
Etmakning dorivorlik xususiyati ildizida bo'lib,ildizi tarkibida 10-30% saponin moddasi,aglikonogipsogen, 3 malekula ksiloza va 1 malekula glyukuran kislata galaktoza, ramnoza, furoza, arabinoza moddalari borligi aniqlangan.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
va adenin spirit
3-rasm. Adonis-herba adonidis
• 2,6-dimetoksixinon
• Fitosterollar
• Flavanoidlar
• Sterpid saponinlar
• Organik kislatalar
• Karetenoidlar
• Xolin,kumarin mavjud.
Adonisdan yurak aksalliklarida keng foydalaniladi. Yurak tezligini sekinlashtirish, sistolni oshirish, diastolni uzaytirish, yurak urish hajmini oshirshda keng foydalaniladi Anzur yoki suvarov piyozi piyozdoshlar oilasiga mansub piyozboshli o'simlik xisoblanadi. Bu o'simlikni Oltoy Tyanshan,
Osiyo tog'larida uchratish mumkin. O'imliknng barglari keng 35-40 sm, uchlari pastga qaragan bo'ladi. O'simlikning balandligi 130sm gacha yetadi, to'pgullari yarim shar yoki sharsimon shaklda bo'ladi. To'pgulining diametiri 10-12 smga yetadi. Gullari pushti-binafsha rangda bo'ladi (4-rasm).
Tarkibida boshqa piyozli o'simliklarga nisbata bir-necha marta ko'p C vitamini, barglarida esa B va E vitaminlari, steroidlar, alkaloidlar, saponinlar aniqlangan. Bu o'simlik chiroyli bo'lishi bilan birga foydali ham xisoblanadi. Imunitetni oshirish va qon
aylanishini yaxshilash xususiyatiga ega.
Bozulbang-Lagochilus inebrians Lamiaceae oilsiga mansub yarim buta hisoblanadi.
Balandligi 24-60smo'q ildizli, oddiy yoki shoxlangan tukli poyalardan iborat.barglari qarama qarshi, keng tuxumsimon, 3-5ga bo'lingan. Gullari 4-6 tadan barglar qoltig'idan chiqqan yarim halqali boshoqsimon to'pgulda joylashgan, gultojibarglari 5 bo'lakli, ikki labli, pushti. Mevasi senobiy meva, uzunligi 3-4 mm silliq sarg'ish-kulrang yong'oqchadan iborat. May-iyulda gullaydi, mevasi esa avgust-sentyabr oylarida pishib yetiladi (5-rasm).
Bu o'simlk O'zbekistonning Jizzax, Samarqand va Navoiy viloyatlarining tog'
4-rasm. Anzur yoki suvarov piyozi
5-rasm. Bozulbang-Lagochilus inebrians
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
oldi hududlaring shag'alli tuproqlarda uchratish mumkin. O'tgan asrning 80 yillarida ayoviz o'rib olinishi natijasida, senopapulatsyalari deyarli yoqolib ketgan.
Asosiy xomashyo olinadigon qismi bargi va gullari xisoblanadi, tarkibid to'rt atomli spirtlar bo'lgan lagoxilin, barglarida esa efir moylari 0,03%, taninlar 11-14%, shakar organik kislatlar, vitaminlardan K, C, mikroelementladan esa kalsiy tuzlari mavjud.
Bozulbang gullari va barglaridan tayyorlangan qaynatma damlama va nastoykasi qon ivishini tezlashtiradi qon ketishi to'xtatadi. Bozulbang suvi esa tinchlantiruvchi xususiyatga ega. Bu o'simlik xissiyotni pasaytiruvchi adaptogen xususiyatga ega. Ular ko'z ichi bosimini pasaytiradi, ko'rish o'tkirligini oshiradi. Gemafiliya bilan og'rigan bemorlar bu o'simlik damlamasini iste'mol qilishsa qon ivishi yaxshilanadi, bo'g'imlarda va teri osti to'qimalarida paydo bo'lgan gematomalarni tezroq so'rilishiga yordam beradi.
Omonqora-Ungernia viktor Amaryllis oilasining ko'p yillik piyozboshli o'simligi bo'lib, ildizlari toq jigarrang rangda, 7-12 smgacha chozilib ketadi,barglari ikki qatorli, suvli, silliq chiziqli, uzunligi 20-40 sm, kengigi 1-4 sm, fevral oyining ohirida o'sishni boshlaydi. Gullashi
2-11 tadan gullaydi, gullari sarg'ish pushti rangda, iyul avgust oyida gullaydi mevalari sentyabrda pishadi (6-rasm).
Omonqora o'simligi Hisor tizmasining tog' yonbag'irlarida toshli, shag'alli tuproqlarda kichik maydonni egallab o'sadi.
Tibbiyotda bu o'simlikning bargidan keng foydalaniladi. Tarkibida alkaloid va galantamin saqlaydi, alkaloidlarda: likorin, hordenin, tasettin, pankratin uchraydi. Bu
6-rasm. Omonqora-Ungernia viktor moddalar barglarida bo'lib asosan barg
rivojlanishining dastlabki bosqichlarida yuqori miqdorda bo'ladi. Asosan barg yig'ib olinadigon muddat 14-25 aprel hisoblanadi, bunda alkaloidlar 0,52% galantamin esa 0,15 % ga yetkan bo'ladi.
Galontamin poliomiolit va polinevrit kasaliklarida, shuningdek sezgir mator nervlarining travmatik shikastlanishida foydalaniladi. Alkaloidlar esa oshqozon ichak kasalliklarida foydali hisoblanadi.
XULOSA
Xulosa qilib shuni aytish mumkunki, O'zbekiston hududida dorivor o'simliklar ko'p va ularning biz uchun ahamyati juda xam katta. Ammo oxirgi paytlarda bu o'simliklardan noto'g'ri foydalanish va ayovsiz ularni o'rib olish bu o'simliklar soni kamayib ketishiga sabab bo'lmoqda. Yuqoridagi o'simliklar endilikda qizil kitob ro'yhatida ekan ulardan foydalanish mumkin emas. Oldizmida turgan eng muhim vazifa bunday noyob va dorivor o'simliklarni saqalab qolish va sonini ko'paytirish kerak. Ularga kerakli ekologik sharoitni yaratish va ular o'sadigan maydonlarni ko'paytirish va maxsus plantatsiyalarni yaratish lozim. Bu esa bizga farmokologik bazamizdagi xom-ashyolarni ko'paytirish va yana ham tibbiyotimizni rivojlantirishga sharoit yaratadi.
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 7 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337
REFERENCES
1. O'zbeisto Respublikasi "Qizil kitobi" 1-tom. 2019 yil.
2. Xamidov A., Nabiyev M., Odilov T. O'zbekiston o'simliklari aniqlagichi. Qo'llanma. -Toshkent: O'qituvchi, 1987.
3. Xolmatov X.X., Odilov T. O'zbekistonning dorivor o'simliklari. Monografiya. - Toshkent: Fan, 1991. 195 b.