JffiTALQINVA
\-/TADQIQOTLAR No3 2022
«O
ilmiy-uslubiy jumaU
ntirota ti ma\iiv\ iYiiunvrni unviíA k ív^imi ir:i\i\r:
NUROTA TUMANIDA UCHROVCHI KOVRAK O'SIMLIGINING
#
>
XUSUSIYATLARI
§ )> •:>
Davronova Z. Z.
J > | > ;
Navoiy Davlat Pedagogika Instituti magistranti Sh. I. Qodirova
OzRFA Navoiy filiali "Kimyo texnologiyasi, nanotexnologiyalar va qishloq xojligi" bolinmasi boshlig'i, q f PhD. https://doi.org/10.5281/zenodo.7240818
Anotatsiya: Ushbu maqolada Nurota tumani hududida uchraydigan " Qizil Kitob" ga kiritilgan Kovrak o'simligining kamyob turlari, ularning botanik ta'rifi, biologiyasi, dorivorlik xususiyatlari, tarqalish areali haqida ma'lumotlar keltirilgan.
Kalit so'zlar: Qizil Kitob, Nurota tumani, Qizilqum, sumbul kovrak, elena kovrak, smola.
Bizni o'rab turgan borliq turli sir-sinoatlarga boy. Tabiatning beadad mo'jizalari, zaminga nur taratayotgan quyosh, oy-yu yulduzlar, ona zaminimiz uzra bo'y cho'zgan har bir giyoh, hayot baxsh etayotgan obi-hayot, inson-u jonzotning
barchasiga hayoti uchun zarur kislorod, asrlardan so'zlayotgan tog'-u toshlar, qir-u adir, cho'l-u biyobonda hatto sahroda o'sayotgan yantog'-u saksovul barchasi go'yoki hayotning, uzilmas zanjiridek, go'yoki behuda emasdek.
Jumladan ona tuprog'imizda hech bir minnatsiz unib- o'sib chiqib turmushning
turli sohalarida foydalanilayotgan o'simliklar ham mavjud. Ulardan biri kovrak
....... , . , „ .................... ., ,
hisoblanadi. Kovrak juda foydali o'simlik hisoblanadi. Tabobatda ham, sanoatda ham
keng o'rin olgan.
Kovrak (Ferula) turkumi Apiaceae (Umbliferae) oilasiga mansub. Hayotiy shakli ko'p yillik o't o'simliklardan iborat. Kavrakning 160 dan ortiq turlari yer yuzida uchraydi. O'rta Osiyoda 104 turi, O'zbekistonda esa ferulaning 50 dan ziyod
m
turlari uchraydi. O'zbekistonda uchraydigan kovrakning 10 foizi muhofazaga molik bo'lib O'zbekiston Respublikasi ''Qizil Kitobi''ga kiritilgan. Ular: Archa kovrak, Nor kovrak, Sumbul kovrak, Tuganakli kovrak va Qizilqum kovragi.
Xalq orasida kovrak turkumining turlari sassiq kovrak, rova, ravshak, kamol, mo'rcha kamol va boshqa nomlar bilan mashhur.
Kovrakning sanoatda ahamiyati katta. Smola-yelim olish uchun asosan 10 turi j > ^^ i ishlatiladi, bular sassiq kovrak, rova, kuhiston kovragi va boshqa nomdagi kovraklar
hisoblanadi. Kovrakning turlari tashqi tuzilishi marfologik jihatdan bir-birlariga juda ham o'xshab ketadi. Tabiatda sassiq kavrak (Ferula assa-foetida) keng tarqalgan. ResPiib1iVarniZHa tawnflanib iste'molr.hilarga yetkazib berilayotgan smola-yelirn ¿4M >
Respublikamizda tayyorlanib iste'molchilarga yetkazib berilayotgan smola-yelim
_ __ _ ____ _____r__1 ____rv „i • 1 ^ A • 1 ___1 •___1 •
asosan aynan shu ferula assa-foetida turidan olinadi.
» ¡ \ i>¡£>
^TOTTOT^- no
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR No, 2022
№3 2022
ilmlyusluWyjumali
Miiiif-iwuuif juman
O'zbekiston Respublikasida "Qizil kitobi"ga kiгitilgan sumbul kovгak va elena
#
>
kovгagi bilan tanishtiгib o'taman.
"SUMBUL KOVRAK- Ferula sumbul (Kauffm.) Pomir-Oloydagi kamyob endemik o'simlik.
J > I > ;
Qisqacha tavsifi. Bo'yi 150 smgacha yetadigan ko'p yillik o't. Poyalaгi 2-5 ta, ingichka, yuqoгi qismi seгshox. Bailan qattiq bo'lib, ildiz bo'g'izida o'mashgan. Yapгog'i uch kaггa patsimon bo'lingan, uzunligi 2-3 sm, kengligi 1-1,5 sm, uchidagi bo'laklaгi tuxumsimon nishli. Uzunligi 2-3 sm, kengligi 1-1,5 sm. Gullari sariq
о о о 1
rangda. Kosacha barglari tishchali. Mevasi mayda, uzunligi 7 mm, eni 4 mm. Iyun oyida gullab, mevasi iyulda yyetiladi.
Tarqalishi. Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlari: Nurota, Turkiston, Zarafshon va Hisor tizmalarida tarqalgan. Tojikistonda ham uchraydi.
O'sish shaгoiti. Tog'laming o'гta qismidagi toshli yonbag'iгlarda, butazorlarda o'sadi. Nihoyatda kamyob, to'p-to'p bo'lib uchraydi. Umg'idan ko'payadi.
Mahalliy aholi tomonidan muttasil va noto'g'гi taTzda atiг-upa sanoati uchun
hamda doгivoг xomashyo sifatida yig'ib olinishi va uгug'ining tuгli hashaгotlar tomonidan zararlanishi uning kamayishiga sabab bo'lmoqda.
O'zbekistan Milliy universitetining Botanika bog'ida bundan bir necha yillar
»
m?
oldin o'stiгilgan. Nuгota, Zomin, Kitob, Hisoг davlat qo'гiqxonalaгida, Zomin milliy tabiat bog'ida muhofaza etiladi.
Elena kovragi - Ferula helenae Rakhm- Nurota oldi qoldiq Tog'larida (Baliqlitog'', Egaгbelistog'') o'sadigan kamyob endemik tur.
Qisqacha tavsifi. Ko'p yillik monokarp o'simlik. Ildizi silindгsimon, ildiz bo'g'zi qurigan baгglaгning ko'p sonli tolalaгi bilan qoplangan. Poyasining balandligi
П(Л rtr» тпп+п1л1лпт ттл ап rinn г!лл\/1 о-пит7л1л1 Kim'imrlnn Kit* г!лл\/
60-70 sm, mustahkam, ingichka, yuqoгidan shoxlanuvchi, bug'inidan bir nechta shox hosil qiladi. Barglari oqish-ko'kimtir qalin dag'al tuklaг bilan qoplangan: to'pbarglari kalta, mustahkam, qalin bandli, yaproqlari keng rombsimon, murakkab patsimon. Poyadagi barglarining yaproqlari juda qisqa. Soyaboni ikki xil. Mevasi kuchli xidga ega. May oyida gullab, iyunda yetiladi.
Tarqalishi. Jizzax viloyati: Nurota oldi qoldiq tog'lari (Baliklitog'', Egarbelistog'')da taгqalgan. J-jt
O'sish sharoiti. Tosh-shag'alli va toshli qoyalarda tarqalgan. Tabiatda yakka-yakka holda o'sadi. Bir nechta joylarda o'sishi aniqlangan. Ko'payishi. Urug'i orqali ko'payadi.
O'simlik soni va arealining o'zgarish sabablari. Tabiiy o'sib turgan joylarining buzilishi va ko'plab mol boqilishi tufayli kamayib ketgan. Muhofaza qilinmaydi."1
O'zbekistonning cho'l zonalarida bu o'simlikning 36 turi madaniylashgan. Cho'l zonalarida kovrakning eng qadimiy turi va ushbu hududlar uchun endemik
hisoblangan F.foetida va F.assafoetida turlari uchraydi.
Ы> 3 ]> <}>
-.,»., о--И- >
JffiTALQINVA 1
\-#TADOIOOTLAR No, 2022
№3 2022
ilmlyusluWyjumali
Miiiif-iwuuif juman
4 -W><t
Kovгak nafaqat O'гta Osiyo va Maгkaziy Osiyo mintaqasida, balki Afg'oniston,
#
>
Eron, Pokistonning cho'l, qiï va adiгlaгida ham katta-katta maydonlar hosil qilib o'sadi. Biгoq so'ngi yillaMa insoniyat tomonidan tabiatga nisbatan noto'g'ri munosabatda bo'lish oqibatida ushbu noyob o'simlik maydonlaгi yo'q qilindi.
Hozirgi kunda kovrakning ayrim noyob Ferula shair, Ferula sumbul, Ferula mochata turiari tabiatdan yo'q bo'lib ketdi. Mamlakatimiz chegaralarining qo'riqlanishi, tabiatni muhofaza qilish o^arianting haгakatlaгi, "Qizil Kitob" va qo'riqxonalaming tashkil qilinishi tufayli bu noyob o'simlik turiari yurtimiz hududida
1 1 О 1 J J J
saqlab qolindi. Saqlanib qolingan bu turlar tibbiyot uchun dori olishda, chorvachilik uchun fitoestгogen moddato olishda xomashyo zaxiгasi bo'lib xizmat qilmoqda.
Mo'jiza^ tabiatning tabiiy ne'matlaridan sanaladigan kovrak voha iqlim sharoitida kam uchгaydigan noyob o'simlik. U xalq orasida o'zining shifobaxshligi bilan mashhur. Mahalliy xalq tilida uljon va sassiq kavrak degan turlari shifobaxshlik xususiyatlariga ega. Tabiatning mo'jizasi hisoblangan bu ikki to odatda biri
r\'finnirrnti latrnn i Ыл1-плп1г1 плпгптпо о1/ on Vo'm пмап rrol/- л'спптпп тттп попгчл
o'sadigan joyda ikkinchisi uchramas ekan. Ya'ni uljon kawak o'sadigan joyda sassiq
kavгak o'smas ekan, uto alohida-alohida hududlaгda taгqalgan. Bu o'simlikning nozik tabiati shundaki, o'sish uchun o'ziga qulay joy tanlaydi. Barcha hududtoga tarqalib, o'sib ketaveimaydi. O'zbekiston, Tojikiston, Qozog'istonda tog' tuproqli,
»
m?
tog' oldi joylaTda keng taгqalgan. Qashqadaгyoning Dehqonobod tumani, Oqmachit, Cho'bin va Nayman qishloqlarida ko'p uchratishimiz mumkin. Mahalliy aholi uljon kavrakni bahorda, yeг yuziga unib chiqishi bilan sevib iste'mol qiladi. Uljon kovгakning o'ziga xos xususiyatidan biгi - ildizlaridan shira ajralib chiqishida. Kovrak ildizlarining ajralib chiqadigan shira havoda qotib qoladigan yelimi -"asfetida" degan qatronsimon yelimsimon moddalar va efir moylaridan iborat.
ßn >
Kavгak tuгkumiga mansub tuгlaг Kavkaz, O'rta Osiyo гespublikalaгi, G'aгbiy Sibiïda, O'гta eгdengizi mintaqalaгida, Eron, Afg'oniston, Pokiston, Xitoy hamda Hindistonda keng tarqalgan.Toshkent, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax, Navoiy, Buxoro hamda Qoгaqalpog'iston respublikasi hududlaгida qumli cho'llaг, adiгlaг, tog'laT va tog'oldi yalangliqlaгda, sof tuproqli eгlaгda o'sadi.
O'simlikning dorivorlik xususiyatlari: Kovrakdan ajratib olingan smola tarkibida 4-20% (ba'zan 29,2% gacha) efk moyi, 9,3-70% toza smola, 12-49% yelim, vanilin, 0,68% sof holdagi asarezinotanol, asarezinol va ularning ferul kislotasi bilan hosil qilgan efirlari, 1,28% sof holdagi ferul kislota, umbelliferon, asarezen A, farneziferol A, farneziferol V, farneziferol S va boshqa birikmalar bor. Sassiq kovrak yelim-smolasining efir moyi 65% gacha oltingugurt saqlovchi va
i J>:*-
yoqimsiz hid beruvchi birikmalar (disulfidlar, geksenildisulfidlar va boshqalar),
paraoksikumarin va 6-8% pinenlardan tashkil topgan. Sassiq kovrak ildizi tarkibida 67,31% gacha kraxmal, 9% gacha smola, efir moyi va boshqa moddalar bor.
6',31% gacha ^vraxmal, 9 % gacha smola, efir moy i Va boshqa moddalar bor.
v> ¡>
>q ] i )> >
u>,* ^ t<ns
JffiTALQINVA 1
WTADOKOTLAR
Tibbiyotda o'simliklarning ildizi, bargi, po'stlog'i, guli, mevasi va boshqa
qismlaridan foydalaniladi. Kovrak (ferula) o'simligining asosan ildizidan olinadigan smolasi-shirasi tibbiyotda ishlatiladi.
Kovrakning smolasi tabobatida tomir tortishi, o'pka sili, o'lat, zaxm, ko'k yo'tal, tish og'rig'i, asab va boshqa kasalliklarni davolash uchun foydalaniladi. Tibbiyotda esa quvvat beruvchi, balg'am ko'chiruvchi va gijja haydovchi dori sifatida qo'llaniladi.
Kovrakning smolasi asab tizimi faoliyatini yaxshilashda ishlatiladi. Yo'talni
iM.'
о J J
to'xtatishda ham samarali foyda beradi. U og'riqni qoldirishda, tinchlantirishda va ichni yumshatishda juda foydali xususiyatlarga ega. Kovrak tarkibidagi dorivorlik xususiyatiga ega modda bu efir moyidir. Veterinariya amaliyotida u ichak va teri parazitlariga qarshi vosita sifatida foydalaniladi.
Kovrak o'tkir, kuchli, yoqimsiz, uzoq turadigan sarimsoq piyoz hidiga ega. Faol ta'sir qiluvchi moddalari: kavrak kislotasining 60% gacha efirini tutuvchi qatron, azaresitannol, kumarinlar, efir moyi, vanilin va bir qator boshqa moddalar.
Sassiq kovrakning yelim-shirasi qadim-qadimdan tibbiyotda turli xastaliklarni davolashda qo'llanib kelingan. Abu Ali ibn Sino kovrak shirasini me'da, buyrak, taloq, jigar kasalliklarini davolashda, shuningdek, ishtaha ochuvchi, siydik
»
haydovchi, bo'g'im kasalliklarida og'riq qoldiruvchi sifatida foydalangan. Bronxial astma, sariq kasalligi, ko'k yo'tal, sil, zaxmda foydalaniladi. SHuningdek, u diabetga qarshi, qon to'xtatadigan, o't haydaydigan vosita sifatida buyuriladi. Ibn Sino uning yelimini bo'g'im og'riqlari davosiga ishlatish, ishtaha ochadigan va siydik
haydaydigan vosita tariqasida buyurishga tavsiya etgan, lekin kovrak yelimini
..........
qovuqqa zarar qiladi deb hisoblagan.
Kovrak ildizi va mevasidan ichish uchun kukun dori va qaynatma tayyorlanadi, bargi va mevasidan tayyorlangan qaynatmalar badan terisiga qo'yiladigan bog'lamlarda ishlatiladi.
Mana birgina o'simlikning inson hayotidagi o'rni qanchalik katta. Shunday ekan biz ona zamindagi borliqga ijobiy munosabatda bo'lishimiz kerak. Har bir o'simlikni asrab avaylashimiz, ularni tabiatda tarqalishiga o'z hissamizni qo'shmog'imiz lozim. O'z ehtiyojlarimiz qondirish maqsadida aslo va aslo tabiatga ziyon yetkazmasligimiz kerak. Har birimiz "Ona tabiati" mizni asrab avaylashimiz lozim.
Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:
1. O'zbekiston Respublikasi "Qizil Kitob" Toshkent-2016y.
2. 1.Джалалов А. O произрастании семян горицвета золотистого в естественнмх условиях и в культуре // Тез. докл. 8-й профессорско-преподавательской конференции. Андижан, 1966. - С.
3. 2. Дробов В. П. Сем. Vitaceae // Флора Узбекистана. T 4. Ташкент:
ATT W ^Г» лъсс г^ л сп л со
AH УзССР. 1959а. - С. 157-158
Ü>j* ^ » !>