Научная статья на тему 'FORS ZIRASI BUNIUM PERSIDSKIY -BUNIUM PERSICUM (BOISS.) K.POL.'

FORS ZIRASI BUNIUM PERSIDSKIY -BUNIUM PERSICUM (BOISS.) K.POL. Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

CC BY
134
88
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Agro Inform
Область наук
Ключевые слова
Kulinariya / flavonoidlar / karvon / limonen / dizenteriya / meteorizmda / kolit. / Culinary / flavonoids / caraway / limonene / dysentery / flatulence / solitis

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Pirnazar Xo‘jaev, Shuhrat Abdurasulov

Ushbu maqolada Respublikamiz florasida ma’lum bir hududlarida tarqalgan tabiiy holda o‘suvchi dorivor, ziravor o‘simlik zira xususida tegishli ma’lumotlar keltirilgan. O‘simlikning kelib chiqish tarixi, morfologik tasnifi, kimyoviy tarkibi va foydali xususiyatlari hamda undan foydalanish sohalari haqida muhim fikrlar yoritilgan. Soyabondoshlar oilasiga mansub bu o‘simlikning foydali dorivor xususiyatlari maqolada to‘laligicha aks etgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

This article provides up-to-date information about the natural medicinal plant cumin,common in certain regions of the flora of the republic. The history of the origin of the plant,morphological classification,chemical composition and useful properties and its application reflected in the article.

Текст научной работы на тему «FORS ZIRASI BUNIUM PERSIDSKIY -BUNIUM PERSICUM (BOISS.) K.POL.»

Удалить Водяной Знак

Wondershare PDFelement

UDK: 581.1 Tadqiqot

FORS ZIRASI - BUNIUM PERSIDSKIY -BUNIUM PERSICUM

(BOISS.) K.POL.

Pirnazar Xojaev, Shuhrat Abdurasulov,

Toshkent davlat agrar universiteti Ekologiya va botanika kafedrasi

Annotatsiya. Ushbu maqolada Respublikamiz florasida ma'lum bir hududlarida tarqalgan tabiiy holda o'suvchidorivor, ziravor o'simlikziraxususida tegishlima'lumotlar keltirilgan. O'simlikning kelib chiqish tarixi, morfologik tasnifi, kimyoviy tarkibi va foydali xususiyatlari hamda undan foydalanish sohalari haqida muhim fikrlar yoritilgan. Soyabondoshlar oilasiga mansub bu o'simlikning foydali dorivor xususiyatlari maqolada to'laligicha aks etgan.

Kalitso'zlar. Kulinariya, flavonoidlar, karvon, limonen, dizenteriya, meteorizmda, kolit.

Аннотация: В данной статье приведены актуальные сведения о природном лекарственном растении тмин,распространенном в отдельных регионах флоры республики. История происхождения растения,морфологическая классификация,химический состав и полезные свойства и его применение. Полезные лечебные свойства этого растения,который относится к семейству зонтичных,в полной мере отражены в статье.

Ключевые слова: кулинария,флавоноиды,тмин,лимонен,дизентерия,

метиоризм,колит

Abstract: This article provides up-to-date information about the natural medicinal plant cumin,common in certain regions of the flora of the republic.

The history of the origin of the plant,morphological classification,chemical composition and useful properties and its application reflected in the article.

Keywords. Culinary, flavonoids, caraway, limonene, dysentery, flatulence, solitis

Ziradoshlar, soyabonguldoshlar (Apiaceae) — ikki urug'pallalilar yoki magnoliyasimonlar sinfiga mansub o'simliklar oilasi. Asosan, bir yillik yoki ko'p yillik o'tlardan iborat. Tropik va subtropik mamlakatlarda o'sadigan ayrim turlari buta. Poyasi, asosan, tik o'sadi. Ko'pchiligining barglari murakkab, turli darajada qirqilgan. Gullari mayda, oq, ko'kish sariq yoki och qizil rangli, ko'pincha murakkab soyabonsimon to'pgullarga yig'ilgan. Soyaboni oddiy yoki murakkab, uzinligi 1 m.gacha yetadi. Har bir soyabonda bir nechtadan gul o'rnashadi. Pishgan mevasi 2 ta mevachaga ajralib, mevabandda osilib turadigan qo'sh pistachadan iborat. Asosan, yer yuzining quruq mintaqalarida tarqalgan. 300 ga yaqin turkumi, 3000 dan ortiq turi bor. O'zbekistonda 69 turkumi va 198 turi o'sadi. Ziraning ayrim turlari (masalan; zira, kashnich, sabzi, sumbul, shivit, kovrak, arpabodiyon, alqor va b.) tarkibida (ko'pincha, meva va barglarida) xilma

xil efir moylari bo'lganligi uchun ulardan qadimdan foydalanib kelinadi.

O'simlikning tarqalishi. Ziraning tarixiy vatani - Sharq mamlakatlari O'rtayer dengizi, katta ehtimol bilan Misr. Osiyo va janubiy qit'alarda o'stiriladi.

Zira O'rta Osiyoning tog'li hududlarida o'sadi. Yovvoyi tabiatda u o'sha yerda va Sharqiy Himolay tog'larigacha bo'lgan hududlarda uchraydi. Osiyo tarixiy vatani hisoblanadi. Zira tarixan Yevropa va G'arbiy Osiyo davlatlaridan kelib chiqqan. Ko'pgina Yevropa mamlakatlarida yetishtiriladi.

Zira Respublikamiz hududida dengiz sathidan 700-2000 metr balandlikda adir va tog'larda hamda g'arbiy Tyanshan va Pomir-Oloy tog' tizimiga mansub joylarda o'sadi.

Agrotexnik tadbirlar. Zira yorug'sevar, nisbatan qurg'oqchilikka chidamli, unumsiz

Wondershare PDFelement

tuproqda ham o'saveradigan o'simlik. Urug' unish qobiliyati 30% gacha bo'ladi. Maysalari begona o'tlar bilan bemalol raqobatlasha olmaydi. Urug'dan barqaror va yuqori hosil olish uchun begona o'tlardan xalos etilgan, yuqori ta'minlangan lalmi yerlar yoki oz bo'lsada (1000-1500 m3 ga hisobiga) sug'oriladigan yerlar ajratilishi lozim.

Zira ekish uchun ajratilgan yer kech kuzda 25-30 sm. chuqurlikda haydaladi. Sh dgo,. dan oldin gektariga 50 tonnadan go'ng va 10 kg.dan fosfor sepiladi. Gektar hisobiga 4-5 kg.dan urug' sarflanadi va urug'1-2 sm chuqurlikka ekiladi. Bir tekis ekilishi uchun urug' qipiqqa, qum yoki chirindiga aralashtiriladi va qator orala; ^0 sm.dan qilib ekish uskunalarida ekiladi.

Urug' bahorda ekilganida 10-15 kunda unib chiqadi. Harorat pasayib ketishining ziraga salbiy ta'siri kuzatilmagan. Ularning rivojlanishi avgust oyida to'xtaydi, yer ustki qismi quriydi, qayta tiklanish kurtaklari hosil bo'ladi. Ikkinchi yili bo'yi 30-40 sm.ga yetadi, qiyg'os gullab meva tugadi. Zira o'toq qilinadi, yaganalanadi, begona o'tlardan tozalanadi va qator oralari yumshatilib parvarish qilinadi. O'simlik tuplarining zichligi bir metrga 10-15 tadan bo'lishi kerak. Agrotexnik tadbirlarga qat'iy amal qilinganda urug' hosildorligi sug'oriladigan maydonlarda gektar hisobiga 0,3-0,5 sentnerni, ta'minlangan lalmikor yerlarda esa 0,100,15 sentnerni tashkil etadi.

Xom-ashyoni tayyorlash va uning sifati. Ziraning urug' mahsuldorligi uning o'sadigan joyiga bog'liq. Urug'ining eng katta miqdori dengiz sathidan 1400 metr, kamrog'i esa 700 metr balandlikda bo'ladi, shunda 1 gektardan 3-8 kg hosil olinadi. O'zbekistonda zira ekinzorlari 8,2 g2kta~i/ tashkil qiladi. Zira mevalari bir vaqtda pishmaydi. Yetilgan mevalar tez to'kilib shamolda uchib ketadi, shuning uchun uni erta tongda yoki kechqurun teriladi. Adir mintaqasida (800-1000 metr d.s.b.) zirani terish uchun eng qulay payt iyul oyining birinchi yarmi, tog'ning quyi qismlarida (1100-1400 m.d.s.b.) iyul oyining ikkinchi yarmi va avgust oylari hisoblanadi. Zirani qo'lda terish eng samarali usullardan biridir. Qo'lda o'rilgan zirani 5-8 kun mobaynida shamol yaxshi o'tib turadigan joyda quritiladi. Zira tayyor xom-ashyosining hidi xushbo'y, shirinroq hamda mazali bo'lishi kerak. Organik aralashmasi 2 % dan, xushbo'y hidli qoldiq aralashma 4,5-5% dan, namligi 10-13% dan, kul 8% dan oshmasligi kerak. Tayyor mahsulot 2550 kg li qoplarga joylanishi kerak. Zirani boshqa xushbo'y hidli quruq o'simliklardan alohida saqlash kerak.

Tibbiyotda qo'llanilishi va kimyoviy tarkibi.

Ma'lumki zira 250 dan ortiq ovqatga ishlatiladi. Undan tashqari kolbasa, qazi tayyorlashda, go'sht va baliqlarni konservalashda, sabzavotlarni tuzlashda, halq tabobatida esa

N2 [4] 2022 Agro Inform wT

peshob haydovchi vosita sifatida qo'llaniladi. Abu Ali ibn Sino zira urug'ini qora taloq saratonida uning damlamasini qon to'xtatuvchi vosita sisifatida qo'llagan. So'nggi paytlarda zira oziq-ovqat sanoatida, kulinariyada ishlatilmoqda. Shu boisdan tejamli foydalanib, zira ekinzorlarini muhofaza qilish choralarini ko'rish zarur.

Zira odamning me'da-ichak tizimi faoliyatini yaxshilash bilan birga bezlar sekretsiyasining faoliyatini uyg'unlashtiradi.

Qora zira moyi orga^zmdagi z^'t'li mikroblarga qiron keltiradi . Uning yana bir yaxshi tomoni ovqatni hazm qilish bezlarining faoliyatini yaxshilaydi, o't ajralishiga yordam beradi . Qora ziradan tayyorlangan damlama qabziyatda , metiorizmda, kolit va boshqa surunkali ichak kasalliklarini davolashda muhim ahamiyatga ega.

Qora zira mevalari tarkibida 7,17 % efir moylari , 22 % yog' , 23 % oqsil, oshlovchi moddlar , flavonoidlar , 3 % qand va boshqa moddalar mavjud . Qora zirada mavjud bo'lgan efir moyining ko'p qismini karvon, limonen tashkil qiladi.

Qora zira tarkibidagi moddalar iqlim sharoiti va tuproq tuzilishiga qarab o'zgarib turishi mumkin . Xalq tabobatida zira urug'ining qaynatmasidan kamqonlikda , me'da og'riganida , dizenteriya , surunkali jigar kasalliklarida foydalaniladi . Qora zira ona suti kamligida hamda qabziyatda istemol qilinadi.

Qora zira -Xalq tabobatida qaynatmasi

bachadon kasalliklarini davolashda foydalaniladi, shuningdek u ko'z quvvatini oshirish xususiyatiga ham ega. Abu Ali Ibn Sino ham qora ziraning mevasi yurak bezovtalanishini to'xtatuvchi , hiqichoq qoldiruvchi, yel va gijja haydovchi, ovqatni hazm bo'lishiga yordam beruvchi, terlatuvchi omil sifatida tavsiya e^adi .

Damlamani tayyorlash uchun 1 osh qoshiq ^iTdorda qora zira olinib, yarim choynak (200 gj qaynoq suv bilan 30 daqiqa davomida yopib qo'yiladi . Uning sharbatidan 1 osh qoshiqdan kuniga 3-4 mahal ichiladi. O'simlikdan ishtaha ochuvchi damlama tayyorlash mumkin. Buning uchun ermon o'ti, igir ildizi, uchbarg yaproqlari teng miqdorda olinib, obdon aralashtiriladi. Aralashmadan 1 osh qoshiq olib, 200 g qaynagan suvda 20 daqiqa damlanadi, keyin suzib, ovqatdan 15 daqiqa oldin 1 qoshiqdan ichiladi. Tayyorlanayotgan dorilarning mazasi va hidini yaxshilash uchun qora zira mevalaridan olingan efir moyi qo'shiladi.

100 gramm urug'da ularning ko'pchiligi uglevodlar (44 g dan ortiqj, yarmi ko'p - yog'lar (22,27 gj va oqsillar (taxminan 18 gj. Qolgan qismini suv egallaydi (8 g dan bir oz ko'proqj.

Zira avtonom, vitamin-mineral kompleks hisoblanadi: Zira tibbiyot, parfyumeriya va oziq-ovqat sanoatida ishlatiladi. Ba'zi turlari (mas, sassiq alafj zaharli, ba'zilari ekinlar orasida begona o't sifatida o'sadi.

Wondershare PDFelement

Удалить Водяной Знак

Фоидаланилган адабиётлар

1. Сахобиддинов С.С. Дикорастущие лекарственные растения СреднеИ Азии. Госиздат Уз ССР Ташкент, 1948.

2. Хамдамов И., Шукруллаев П., Тарасова Е., Курбонов Ю., Умирзоцов А. Ботаника асослари -Т : Мехнат, 1990.

3. Курмуков А.Г., Белолипов И.В. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. -Т.: "EXTREMUM PRESS", 2012.

4. Шретер А.И., Муравьев Д.А., Пакалн Д.А., Ефимова Ф.В. Лекарственая флора Кавказа. -М.: Медицина, 1979. - C. 67.

5.Ашурметов О. А., Тухтаев Б. Е. Доривор усимликлар интродукциясининг тарихи, муаммолари ва истицболлари // Усимликлар интродукцияси: муаммолари ва истицболлари: Республика илмиИ - конференция материаллари. . -Хива: ХМА, 2003. - Б. 12-15.

6.Бутков А. Я. Лекарственные растения // Сырьевые ресурсы Узбекистана для местноИ промышленности: Сб. науч. тр. -Ташкент, 1942. ИБ АН УзССР, Т.2.- вып. 1. -С. 70-73.

7.Закиров П. К., Мясникова Л. Лекарственные растения тугаев Узбекистана и перспективы их использования // Сб. науч. трудов Института ботаники АН УзССР. -Ташкент, Фан, 1979. -С. 3-24.

8.Мурдахаев Ю. М. Лекарственное растениеводство - новая отрасль сельского хозяИства // Сельское хозяИство Узбекистана. -Ташкент, 1983. -№ 9. -С. 41-42.

9.Набиев М.М. Ботаника атлас-лугати (Узбекистан усимликлари илмиИ ва махаллиИ номларининг иллюстрацион лугати). Тошкент, Узбекистан ССР. "Фан" нашриёти. 1969 И. - 254 б.

10.Соколов С. Ф., Замотатаев И. П. Справочник по лекарственным растениям (фитотерапия). -М.: Недра, 1987. 2 изд. - 512 с.

11.Справочник по лекарственным растениям / ЗадорожныИ А.М.,Кошкин А.Г., Соколов С.Я., Шретер Д.З. -М.: Лесная промышленность,1988.-415с.

12.Х,олматов Х. Х. Дикорастущие лекарственные растения Узбекистана. -Ташкент: Медицина, 1984. - 277 с.

13.Холматов Х. Х., Ахмедов У А. Фармакогнозия. -Ташкент: Ибн Сино, 1995. -351 с.

N2 [4] 2022 Agro Inform

79

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.