Научная статья на тему 'BEGONA O’TLARNING DORIVORLIK VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI'

BEGONA O’TLARNING DORIVORLIK VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1018
72
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
begona o‟t / dorivorlik hususiyat / bioekologik hususiyat / farmaseftik tadqiqot / Portulaca oleraceae L. Solanum nigrum L. Datura stramonium L. Capsella bursa pastoris L. / Weed / Medicinal / Medical Privalism / Bioecology / Farmameftic Research / Portulaca oleraceae L. Solanum nigrum L. Datura stramonium L. Capsella bursa pastoris L.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Sh. A. Teshabayev, B B. G’ulomov, O. T. Ismoilov, N. F. Rayimjonov

Begona o‟t o‟simliklari ustidagi ilmiy tekshirish ishlari uzoq vaqtlardan beri olib borilmoqda. Bajarilgan hamkorlikdagi botanik, kimyoviy va farmatsevtik tadqiqotlar natijasida ko‟plab begona o‟t o‟simliklarining dorivorlik xususiyatlari aniqlangan va dorivor preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Ulardan xalq tabobatida va zamonaviy meditsinada davolash maqsadlarida keng foydalanilmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Scientific research under weed plants has been carried out for a long time.As a result of performed botanical, chemical and pharmaceutical research, many weeds of weed vegetation are identified and produced medicinal drugs.They are widely used for treatment in folk medicine and modern medicine

Текст научной работы на тему «BEGONA O’TLARNING DORIVORLIK VA BIOEKOLOGIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-376-380

BEGONA O'TLARNING DORIVORLIK VA BIOEKOLOGIK

XUSUSIYATLARI

SH. A. Teshabayev

Andijon qishloq xo'jaligi va agotexnologiyalar instituti, q.x.f.f.d (PhD)

B. B. G'ulomov, O. T. Ismoilov, N. F. Rayimjonov

Andijon qishloq xo'jaligi va agotexnologiyalar instituti talabalari

ANNOTATSIYA

Begona o't o'simliklari ustidagi ilmiy tekshirish ishlari uzoq vaqtlardan beri olib borilmoqda. Bajarilgan hamkorlikdagi botanik, kimyoviy va farmatsevtik tadqiqotlar natijasida ko'plab begona o't o'simliklarining dorivorlik xususiyatlari aniqlangan va dorivor preparatlar ishlab chiqarilmoqda. Ulardan xalq tabobatida va zamonaviy meditsinada davolash maqsadlarida keng foydalanilmoqda.

Kalit so'zlar: begona o't, dorivorlik hususiyat, bioekologik hususiyat, farmaseftik tadqiqot, Portulaca oleraceae L. Solanum nigrum L. Datura stramonium L. Capsella bursa pastoris L.

ABSTRACT

Scientific research under weed plants has been carried out for a long time.As a result of performed botanical, chemical and pharmaceutical research, many weeds of weed vegetation are identified and produced medicinal drugs.They are widely used for treatment in folk medicine and modern medicine.

Keywords: Weed, Medicinal, Medical Privalism, Bioecology, Farmameftic Research, Portulaca oleraceae L. Solanum nigrum L. Datura stramonium L. Capsella bursa pastoris L.

KIRISH

Begona o'tlarnig dorivorlik xususiyatini o'rganishda O'zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi tasarrufidagi "Botanika" ilmiy ishlab-chiqarish markazi va O'simlik moddalari kimyosi ilmiy-tekshirish instituti ilmiy xodimlarining xizmatlari beqiyosdir. Ularning samarali ilmiy-tadqiqot natijalari tufayli nafaqat begona o't o'simliklarinmg, balki barcha o'simliklarning ekologiyasi, kimyoviy tarkibi o'rganilib, ularning dorivorlik xususiyatlari aniqlanib, ishlab-chiqarish va xalq xo'jaligining turli tarmoqlarida keng qo'llanilmoqda.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-376-380

ADABIYOTLAT TAHLILI VA METODOLOGIYA

Temirtikan-Tribulus terrestris L. Temirtikan o'simligi tuyatovondoshlar (Zygophyllaceae) oilasiga kiruvchi dorivor begona o't o'simlik hisoblanadi. U O'rta Osiyoda, Kavkaz, Oltoy va Sharqiy Sibirdagi cho'llarda, tekisliklarda, avtomobil va temir yo'l bo'ylarida, daryo va soylarning soxillarida hamda ekinzorlarda o'sadi. O'zbekistonda temirtikan o'simligi ko'proq temir yo'l bo'ylarida, soy va daryolarning chetlaridagi yo'l yoqalarida, shag'alli-mayda toshli maydonlarda ko'proq tarqalgan bo'ladi. Namlikka unchalik o'ch emas, Quruq muhitda ham yaxshi o'sadi. Temirtikan o'simligida xalq tabobatida uzoq yillardan beri foydalanib kelinadi. Hozirga kelib esa ilmiy tibbiyotda ham uning qirralari namoyon bo'lmoqda va undan ham farmatsevtika sanoatida zarur dori-darmonlar tayyorlanmoqda. Temirtikan o'simligining yer ustki qismi tarkibida steroid saponinlar, garman alkaloidi, 0,6 % gacha flavonoidlar, kumarinlar, 160 mg% gacha S vitamini, smolalar, bo'yoq, oshlovchi va boshqa bir qancha biologik aktiv moddalar va yuqori molekulyar birikmalar mavjud. O'simlikning yer ustki qismlaridan olingan saponinlardan tribusaponin preparati ishlab chiqilgan. Tabletka shaklidagi ushbu preparat ateroskleroz kasalligini davolashda ishlatiladi. Yer ustki qismidan yana diosgenin degan preparat olinadi va bu vositadan farmatsevtika sanoatida progesteron, kortizon, va boshqa gormonal preparatlar sintez qilib olinadi. Yuqorida ta'kidlanganidek, temirtikan o'simligidan qadimdan xalq orasidagi turli kasalliklarni davolashda foydalanib kelingan. Bu o'simlikdan mashxur tabib va alloma Abu Ali Ibn Sino shishlarni, yaralarni, ayniqsa milkning yiringli yaralarini davolagan hamda uni buyrak va qovuqdagi toshlarni tushirishda siydik haydovchi vosita sifatida qo'llagan.

Semizo't-Portulaca oleraceae L. Semizo't (Portulaca) turkumi vakillari yer sharida juda keng tarqalgan o'simliklardan bo'lib, ularning ko'plab turlari mavjud. Semizo'tlar begona o't sifatida madaniy o'simliklar ekiladigan dalalarda, ayniqsa, poliz ekinlari ekiladigan maydonlarda ko'plab uchraydi. Bahorning iliq yomg'irlari ularning osongina nish urib chiqishiga qulaylik yaratadi. Semizo't semizo'tdoshlar (Portulacaceae) oilasiga kiruvchi bir yilik o'simlik bo'lib, bo'yi 30-35 sm atrofida bo'ladi. Poyasi etdor, tuksiz, poyachalari tarvaqaylab yoki yarim yotib o'sadi. Poyasining ostidagi barglari ketma-ket, yuqori qismidagi bargchalari esa qarama-qarshi joylashgan. Semizo't tarkibida ko'p miqdorda S vitamini (300 mg%), K vitamini, glyukoza, alkaloidlar, glikozidlar, fosfor, kaltsiy, elementlari bor. Semizo't o'simligi qadim zamonlardan beri xalq tabobatida shifobaxsh o'simlik sifatida ishlatib kelinadi. Abu Ali Ibn Sino semizo'tning shirasini ichdan qon ketishini

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-376-380

to'xtatishda, qon tupirishni davolashda, shuningdek, ko'z, jigar kasalliklariga uchragan bemorning dardiga shifo sifatida ishlatgan. Buyuk olim sharob bilan aralashtirilgan semizo't boshdagi yaralarni ketkazishi, undan tayyorlangan damlama esa buyrak, qovuq og'riqlarini, jigan shamollashini, bachadondan qon ketishini to'xtatishi mumkinligi haqida ma'lumot bergan. Xalq medetsinasida semizo't xaroratni bosuvchi, poroshok xoldagisi esa ichak yaralari, qon aralash ich ketishini to'xtatuvchi vosita sifatida tavsiya qilinadi. Semizo't bilan bargizubning sharbati bevosilini davolash uchun ishlatiladi. Semizo't tarkibida yuqorida ta'kidlab o'tilganidek, S va K vitaminlari hamda fosfor va kaltsiy elementlari bo'lganligi uchun xalq orasida turli salatlar va sho'rva, har xil dimlamalarga qo'shib ham ist'emol qilinadi. Bu o'simlikni ist'emol qilish yil davomida davom etishi mumkin.

Qora ituzum- Solanum nigrum L. Qora ituzum (Solanum nigrum L.) tabiiy va o'zlashtirilgan maydonlarda keng tarqalgan bir yillik dorivor begona o'tlardan sanaladi. Ituzumlar avlodi gulli o'simliklar ichidagi eng yirik avlodlardan biri bo'lib, butun yer sharida 1300 dan ortiq turni o'z ichiga oladi. Uning vakillari, asosan Markaziy Amerika, Janubiy Amerika, Afrikada, bir qismi yevroosiyoda va Amerikaning o'rta iqlimli mintaqalarida o'sadi. O'zbekistonda ituzumlarning 7 ta turi uchraydi. Respublikamiz qishloq xo'jaligida ularning bir necha turidan keng foydalaniladi. SHu bilan bir qatorda bu avlodning begona o't sifatida uchraydigan vakillari ham bor. Qora ituzum (Solanum nigrum L..) xuddi shunday turlardan biri hisoblanadi. Ituzum xalq tabobatida uzoq vaqtlardan beri ishlatib keltnayotgan shifobaxsh o'simlik xisoblanadi. O'simlik O'zbekistonning deyarli barcha sug'oriladigan xududlarida uchraydigan begona o't. Xalq tabobatida o'simlikning poyasi, bargi va mevasi ishlatiladi. Ituzumning yer ustki qismi, aloxida xolda bargi ham, o'simlik gullaganida, mevasi esa pishgan paytida yig'ib olinadi. Soya joyda yer ustki qismi, ochiq havoda esa mevalari quritiladi. Ituzumning pishmagan mevasi va yer ustki qismi tarkibida glikoalkaloidlar, vitaminlar, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida ituzum bargidan, mevasidan tayyorlangan damlama yoki pishgan mevasi bolalardagi gijjalarni tushirishda, tomoq og'rig'i, bo'g'ma kasalliklarini davolashda ishlatilgan. Gulidan tayyorlangan damlama bod kasalliklarida hamda siydik haydovchi va balg'am ko'chiruvchi dori sifatida ishlatiladi. YAngi uzib olingan ituzum bargidan bosh og'rig'ini qoldirishda va yaralarni davolashda foydalaniladi. Buning uchun bargni maydalab ezib, bosh og'riganda yoki yaraga qo'yiladi. Bargning shirasi quloq og'rig'ida, surunkali tumov va burun ichidagi yarani davolash uchun quloq va burunga tomiziladi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-376-380

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Bangidevona - Datura stramonium L. Bangidevona - ituzumdoshlar (Solanaceae) oilasiga kiruvchi bir yoki ko'p yillik dorivor, alkaloid tutuvchi o't o'simlik. O'simlik O'zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida tarqalgan. Bangidevona o'simligi asosan yo'l yoqalarida, ariq bo'ylarida, aholi yashaydigan joylarga yaqin yerlarda, begona o't sifatida dalalar, bog'lar va boshqa ekinzorlarda uchraydi. Bangidevona begona o't sifatida tashlandiq yerlarda, aholi yashaydigan joylarning atroflarida, yo'l va ariq yoqalarida hamda ekinzorlar va bog'larda uchraydi. Bangidevonaning barcha qismlari zaxarli hisoblanadi, shuning uchun ham o'simlikdan turli dorivor maqsadlarda foydalaniladi. Dorivor maqsadlarda o'simlikning bargi va mevasi keng qo'llaniladi. Uning barglari o'simlik gullaganidan boshlab to kuzgi sovuqlar tushguncha yig'iladi. Yig'ib terib olingan barglar shamollab turadigan joylarda soya va quruq joyda quritiladi. Mevasi pishganidan so'ng terib olinadi. Yig'ib olingan mevalar quritilib, yanchiladi va g'alvirdan o'tkazilib, urug'laridan ajratiladi. Bangidevona o'simligi tarkibida alkaloid tutuvchi o'simliklar qatoridan muxim joy egallagan. O'simlikning turli organlari tarkibida giostsiamin, atropin, skopolamin kabi bir qancha alkaloidlar uchraydi. Ulardan tashqari o'simlik tarkibida, ayniqsa, bargida biroz efir moylari, karotin, oshlovchi va boshqa xali aniqlanmagan moddalar ham mavjud. Bangidevona o'simligi urug'idan olingan moy bavosil kasalligida og'riq qoldirish maqsadida yo'g'on ichakdagi shishgan joylarga surtiladi. Ilmiy meditsinada o'simlikning bargi nafas qisishi kasalligida bemorlar tomonidan chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi.

Jag-jag-Capsella bursa pastoris L. Jag'-jag' o'simligi karamdoshlar (Brassicaceae L.) oilasiga mansub vitaminli va dorivor bir yillik, efemer o't o'simlik hisoblanadi. O'zbekistonda jag'-jag' avlodining faqatgina shu turi uchraydi. Jag'-jag' o'simligi tarkibida xolin, atsetilxolin, S va K vitaminlari, inozit, gissopin glikozidi, saponin flavonoidlar, efir moyi, organik kislotalar, oshlovchi va boshqa moddalar bor. Xalq tabobatida o'simlikdan tayyorlangan damlama turli darajadagi qon oqishlarni - bachadondan, o'pkadan, oshqozondan, buyrakdan va yaralardan qonni to'xtatish hamda ich ketish, buyrak, siydik yo'llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Jag'-jag' o'simligidan damlama quyidagicha tayyorlanadi: biror idishga qaynab turgan suv quyib, ustiga o'simlikning maydalangan yer ustki qismidan bir osh qoshiq solinadi, so'ng idishning qopqog'ini yopib, 2 soat damlab qo'yiladi. Dokadan suzib o'tkaziladi. Zarur xollarda kuniga 4 maxal bir osh qoshiqdan ichiladi. Biror idishga bir stakan qaynatib sovutilgan suv quyib, ustiga o'simlikning maydalangan yer ustki qismidan 3 choy qoshiq solinadi va 8 soat qo'yib qo'yiladi. So'ngra

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-376-380

dokadan suzib o'tkazib, kuniga 4 maxaldan 1-2 osh qoshiqdan ichiladi. XULOSA

Xalq tabobatida o'simlikdan tayyorlangan damlama turli darajadagi qon oqishlarni - bachadondan, o'pkadan, oshqozondan, buyrakdan va yaralardan qonni to'xtatish hamda ich ketish, buyrak, siydik yo'llari kasalliklarini davolashda ishlatiladi. Ulardan tashqari o'simlik tarkibida, ayniqsa, bargida biroz efir moylari, karotin, oshlovchi va boshqa xali aniqlanmagan moddalar ham mavjud. Bangidevona o'simligi urug'idan olingan moy bavosil kasalligida og'riq qoldirish maqsadida yo'g'on ichakdagi shishgan joylarga surtiladi. Ilmiy meditsinada o'simlikning bargi nafas qisishi kasalligida bemorlar tomonidan chekiladigan astmatol poroshogi tarkibiga kiradi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 17 iyundagi PF-5742-son «Qishloq xo'jaligida yer va suv resurslaridan samarali foydalanish chora-tadbirlari to'g'risida" gi farmoni

2. Abdukarimov D. Tuproqqa asosisy ishlov berish texnologiyalari // O'zbekiston qishloq xo'jaligi. T. 2000. №2. B. 36-37.

3. Abdukarimov D., O'razmatov N. Asosiy ishlovning tuproq agrofizikaviy xususiyatlariga ta'siri. Paxtachilik va donchilikni rivojlantirish muammolari. T. 2004. B. 101-103.

4. Teshabayev SH.A., Xoshimov I.N. "G'o'za maydonlarida o'suvchi begona o'tlarga qarshi uyg'unlashgan kurash" AGRO ILM 2020 №1.B. 57-59

5. Mo'minov K.M., Rizaev SH.X. Agrotexnicheskiye i ximicheskiye merm borbm s sornyakami na posevax ozimoy pshenitsm // Zernovoye xozyaystvo. 2005. №6. S. 2122

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.