Научная статья на тему 'O'ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI'

O'ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Биологические науки»

575
45
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qurtana (Sisymbrium L.) / polimorf / sistematika / tur / turkum / botanik tavsifi / Sisymbrium altissimum / Sisymbrium brassicoforme / Sisymbrium irio / Sisymbrium loeselii / Kurttana (Sisymbrium L.) / polymorph / systematics / genus / distribution / botanical description / Sisyumbrium altissimum / Sisyumbrium brassicoforme / Sisyumbrium irio / Sisyumbrium loeselii. KIRISH

Аннотация научной статьи по биологическим наукам, автор научной работы — Xonzoda Abdurahim Qizi Rahmonova, Voxid Baxramovich Fayziev, Charosxon Botirjon Qizi Jumabayeva

Qurtana (Sisymbrium L.) o„simligining bir qator turlari tarqalgan bo„lib, ularning barchasi tabiatda va xalq xo„jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu turkumga mansub Sisyumbrium altissimum, Sisyumbrium loeselii Jusl. kabi turlari tarqalganligi adabiyotlarda keltirilgan bo„lib, ushbu maqolada bu va boshqa mintaqalarda tarqalgan turlarning botanik tavsifi va ahamiyati haqida ma‟lumotlar keltirilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

DISTRIBUTION, BOTANICAL DESCRIPTION, AND SIGNIFICANCE OF SPECIES OF THE GENUS SISYUMBRIUM L. IN UZBEKISTAN

There are a number of species of Kurtana (Sisymbrium L.) that are important in nature and for the national economy. Sisymbrium altissimum, Sisymbrium loeselii Jusl. belonging to this category. The article provides information on the botanical characteristics and importance of the species distributed in this and other regions

Текст научной работы на тему «O'ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.) TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI»

O'ZBEKISTONDA TARQALGAN QURTANA (SISYMBRIUM L.)

TURKUMI TURLARINING BOTANIK TAVSIFI VA AHAMIYATI

Xonzoda Abdurahim qizi Rahmonova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti talabasi [email protected]

Voxid Baxramovich Fayziev

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedgogika instituti dotsenti

[email protected]

Charosxon Botirjon qizi Jumabayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedgogika instituti talabasi botirj onovnacharo sxon@gmail .com

ANNOTATSIYA

Qurtana (Sisymbrium L.) o'simligining bir qator turlari tarqalgan bo „lib, ularning barchasi tabiatda va xalq xo'jaligi uchun muhim ahamiyat kasb etadi. Bu turkumga mansub Sisyumbrium altissimum, Sisyumbrium loeselii Jusl. kabi turlari tarqalganligi adabiyotlarda keltirilgan bo'lib, ushbu maqolada bu va boshqa mintaqalarda tarqalgan turlarning botanik tavsifi va ahamiyati haqida ma'lumotlar keltirilgan.

Kalit so'zlar: Qurtana (Sisymbrium L.), polimorf, sistematika, tur, turkum, botanik tavsifi, Sisymbrium altissimum, Sisymbrium brassicoforme, Sisymbrium irio, Sisymbrium loeselii.

DISTRIBUTION, BOTANICAL DESCRIPTION, AND SIGNIFICANCE OF

SPECIES OF THE GENUS SISYUMBRIUM L. IN UZBEKISTAN

Khonzoda Abdurahim kizi Rakhmonova

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region

Rakhmonovaxonzoda2099@gmail .com

Vokhid Bakhramovich Fayziev

Associate Professor of Chirchik State Pedagogical Institute, Tashkent region

[email protected]

Charoshon Botirjon kizi Jumabayeva

Student of Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent region botirj onovnacharosxon@gmail .com

ABSTRACT

There are a number of species of Kurtana (Sisymbrium L.) that are important in nature and for the national economy. Sisymbrium altissimum, Sisymbrium loeselii Jusl. belonging to this category. The article provides information on the botanical characteristics and importance of the species distributed in this and other regions.

Keywords: Kurttana (Sisymbrium L.), polymorph, systematics, genus, distribution, botanical description, Sisyumbrium altissimum , Sisyumbrium brassicoforme, Sisyumbrium irio, Sisyumbrium loeselii.

KIRISH

Qurtana (Sisymbrium L.) turkumiga mansub turlarni yurtimizning barcha hududlarida uchratishimiz mumkin. O'zbekistonda ushbu turkumga mansub 5 ta turni juda ham keng tarqalgan. Bular: Sisymbrium altissimum, Sisymbrium loeselii Jusl., Sisymbrium officinale, Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey., Sisymbrium irio L. Har bir tur bir-biridan ko'plab belgilari bilan farq qiladi. Bundan tashqari ular o'ziga xos botanik tavsifga va ahamiyatga ega. Yurtimizda uchraydigan qurtana turkumga mansub turlardan eng foydali ahamiyatga ega bo'lgani "Sisymbrium officinale -dorivor yuruvchi" hisoblanadi. Chunki ushbu o'simlikning dorivorlik jihatdan katta ahamiyatga ega.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Qurtana (Sisymbrium L.) - karamdoshlar oilasiga mansub begona o't bo'lib, poyasi tik, sershox, bo'yi 40-150 sm keladigan, o'q ildiz tizimli, nihoyatda polimorf ya'ni ko'p urug' beradigan, bir yoki ikki yillik o'simlik hisoblanadi. Uning barglari: uzun bandli, patsimon qirqilgan, tukli, navbatlashib joylashgan. Gullari: rovak to'pgulga yig'ilgan, sariq rangli bo'ladi. Asosan urug'idan ko'payadi. Urug'ining rangi sariq yoki qizil-jigarrang bo'lib, bir tup qurtana 730000 dona urug' beradi. Urug' unuvchanligini 3-5 yilgacha saqlaydi, 15-30 C temperaturada unib chiqadi. Mevasi: ko'p urug'li qo'zoq [1; 2; 3].

Qurtana (Sisymbrium L.)- гулявник - o'simligining sistematikasi:

Bo'lim: Magnoliyatoifa ( gulli yoki yopiq urug'li ) o'simliklar -Magnoliophta yoki Angyospermae

Ajdod: Magnoliyasimonlar ( ikki urug„ pallali) o„simliklar - Magnoliopsida yoki Dicotyledones

Ajdodcha: Dalachoykabilar - Dilleniidae Qabila: Kovulnomalar — Capparales Oila: Karamdoshlar — Brassicacacaceae Burnett Turkum: Qurtana - Sisyumbrium L [4].

Qurtana (Sisymbrium L.) o„simligining bir qancha turlari mavjud bo„lib, ular yurtimizning deyarli barcha hududlarida juda keng tarqalgan. O„zbekistonda qurtana turkumiga mansub 5ta turni uchratishimiz mumkin [5].

Quyda ularning har bir turiga alohida to„xtalib o„tamiz.

1. Sisymbrium altissimum - Bo'ychan qurtana - гулявник высочайиший. Sisymbrium altissimum - (Bo'ychan qurtana) - o„simligi, qurtana turkumiga mansub bo„lgan tur hisoblanib, bo„yi 20-80 sm, poyasi to„g„ri, qo„pol, yoyilib ketgan, yuqori qismi silliq, pastki qismi zich tuklar bilan qoplangan bo'ladi. Barglari: tuxumsimon, navbatma-navbat joylashgan, och sariq rangga ega, qurutilgandan keyin oqarib ketadi. Gullari may-iyul oylarida gullaydi. Quyidag (1-rasmda) bo'ychan qurtana o„simligining umumiy ko„rinishi, gullari, urug„i, bargi va poyasining tuzilishini ko„rishimiz mumkin.

Bo'ychan qurtana - o„simligi donli ekinlarga zarar yetkazadi. Asosan ekinzorlarda, haydalmagan yerlarda, turar joylar yaqinida, yo„l bo„ylarida, dalalarda, sabzovotlar orasida va boshqa hududlarda uchraydigan begona o„t hisoblanadi [6;

7].

A.

1-rasm. Bo'ychan qurtana (Sisymbrium altissimum L.) o'simligining

umumiy ko'rinishi. A -guli; B - urug„i, poyasi, bargi.

U o„simliklar orasida tez ko„payib yerdagi asosiy oziqa moddalarni shimib oladi. Natijada madaniy o„simliklarning o„sishi, rivojlanishi va hosildorligi kamayib ketadi. Bu uning zararli tomoni hisoblanadi. Foydali jihatlariga esa ushbu o„simlik

chorva mollari uchun ozuqa hisoblanadi. Bundan tashqari u tabiatga chiroyli manzara bag'ishlaydi.

2. Sisymbrium loeselii Jusl. - Lozyol qurtanasi - гулявник Лезеляю. Sisymbrium loeselii Jusl. - (Lozyol qurtanasi ) - karamdoshlar oilasiga mansub bir yoki ikki yillik begona o't. Poyasi: to'g'ri, shoxlangan , bo'yi 30-110 sm. Barglari: oddiy, navbatma-navbat joylashgan. Ildizi o'q ildiz tizimli. Gullari: asosan sariq rangli bo'lib, may-sentabr oylarida gullaydi. Urug'ining rangi: qizil-jigarrang bo'ladi. Bitta o'simlikning maksimal unumdorligi - 705700 urug' beradi. Urug'lar hayotchanligini 5 yilgacha saqlab qoladi [8].

Quyida (2-rasmda) Lozyol qurtanasi ning poyasi, barglari va gullarini tuzilishini ko'rishimiz mumkin.

A) B) C)

2-rasm. Lozyol qurtanasi (Sisymbrium loeselii Jusl.) o'simligining umumiy korinishi.

A-umumiy ko'rinishi; B-guli; C- bargining tuzilishi.

O'simlikni yurtimizning barcha hududlaridagi dalalarda, sabzovot bog'larida, qumli tuproqlarda, bedazorlarda, paxta dalalarida, daryolarning qirg'oqlarida, ariq va yo'l yoqalarida, uy-hovlilar atrofida, haydalmagan yerlarda, ekinzorlar orasida va boshqa ko'plab joylarda uchratishimiz mumkin. Lozyol qurtanasi donli ekinzorlarga katta zarar yetkazadi. Ular o'simliklar orasida tezlik bilan ko'payib, ularning oziqlanishiga to'sqinlik qiladi ya'ni ozuqa moddalarni o'zi o'zlashtirib oladi. Natijada madaniy o'simliklarning hosildorligi kamayib ketadi. Bundan tashqari ushbu o'simlik chorva mollari uchun ozuqa bo'ladi.

3. Sisymbrium irio L. - irio qurtanasi - гулявник ирио.

Sisymbrium irio L. (irio qurtanasi )- o'simligi karamdoshlar oilasiga mansub, qurtan turkumiga mansub tur hisoblanadi. Poyasi: bir necha metr keladigan, tik, yaltiroq yoki bazasida siyrak tukli o'simlik. Barglari: oddiy, cho'zinchoq shakilga ega. Urug'i: cho'zinchoq shaklda bo'ladi. Irio qurtanasi o'simligini- dalalar, yaylovlar, haydalmagan yerlarda va boshqa ko'plab hududlarda

uchratishimiz mumkin. Quyida (3-rasmda) irio qurtanasining umumiy ko'rinishi va gullarini tuzilishini bilan tanishamiz.

3-rasm. Irio qurtanasi (Sisymbrium irio L.) o'simligining umumiy

ko'rinishi.

A- umumiy ko'rinishi; B- poyasi va barglari; C-gulining tuzilishi.

4. Sisymbrium officinale - dorivor qurtana - гулявник лекарственный.

Sisymbrium officinale (dorivor qurtana) - o'simligi O'zbekistonning mo'tadil iqlim zonalarida keng tarqalgan, poyasi tik, tarvaqaylab ketgan, balandligi 30-60 sm, butun yuzasi qisqa tuklar bilan qoplangan o'simlik hisoblanadi. Gullari: sariq rangda, juda kichik bo'ladi, boshoq shaklidagi cho'tkalarda joylashgan. May-iyul oylarida gullaydi. Urug'i qizil-jigarrang, 2 mm uzunlikda bo'ladi [9]. Quyida (4-rasmda) dorivor qurtana ning umumiy ko'rinishi va gullarini tuzilishini bilan tanishamiz.

Dorivor qurtananing asosiy foydali xususiyatlari: ushbu o'simlik juda ham foydali xususiyatlarga ega hisoblanadi. Dorivor yuruvchi yurtimizda tarqalgan, qurtana turkumiga mansub turlar ichidagi eng foydali tur hisoblanadi. Undan tayyorllangan damlamalar nafas olish tizimining turli xil yallig'lanish va yuqumli kasalliklarini, astma, bronxit, laringit va hatto sil kasalligini davolashda ham qo'llaniladi. Bundan tashqari ovqat hazm qilish tizimini ham yaxshilaydi.

O'simlikning turli xil ekstraktlari va tarkibiy qismlari tanaga biriktiruvchi va diuretik ta'sir ko'rsatishi mumkin. Bundan tashqari, yuruvchi kuchli antibakterial va jarohatni davolash ta'sirini ta'minlashga qodir, shuning uchun bu o'simlik dermatit va og'iz bo'shlig'idagi terining shikastlanishiga qarshi kurashda faol qo'llaniladi.

A) B)

4-rasm. Dorivor qurtana (Sisymbrium officinale) o'simligining umumiy

ko'rinishi

A - guli; B - umumiy ko'rinishi.

Shuningdek, yuruvchi yo'tal, dizenteriya va gelmintik shikastlanishlami engishga, shuningdek, organizmning umumiy himoya funksiyalarini tiklashga qodir.

5. Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey. - karamsimon qurtana -гулявник копустовидный.

Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey. - karamsimon qurtana- o'simligi karamdoshlar oilasi, qurtana turkumigaga mansub bo'lgan tur hisoblanadi. Poyasi: tik, baquvvat, barglari: yaxlit va qolga turlarining barglariga nisbatan yirik bo'ladi. Gullari: asosan sariq rangda bo'ladi. Tuzilishidagi ayrim belgilari bilan karamga o'xshab ketadi. Shuning uchun ham karamsimon qurtana deb ataladi. Quyida (5-rasmda) karamsimon qurtana ning umumiy ko'rinishi va barglarining tuzilishini ko'rishimiz mumkin.

A) B)

5-rasm. Karamsimon qurtana (Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey) o'simligining umumiy ko'rinishi. A- umumiy ko'rinishi; B- barglarining tuzilishi. MUHOKAMA

Kuzatuv ishlari "qurtana" turkumiga mansub o'simlik turlari uchraydigan hududlarda amalga oshirildi va ularning asosan 5ta turi yurtimizda juda keng tarqalganligi aniqlandi. Bular:

7-Sisymbrium altissimum - Bo 'ychan qurtana

2-Sisymbrium loeselii Jusl. - Lozyol qurtanasi

3-Sisymbrium irio L. - irio qurtanasi

^-Sisymbrium officinale - dorivor qurtana

5-Sisymbrium brassicoforme C. A. Mey. - karamsimon qurtana

Olib borilgan kuzatishlar natijasida ushbu turlarning tuzilishi va ahamiyati jihatdan bir-biridan farq qiladigan va o'xshash belgilarga ega ekanligi ko'zdan kechirildi. Bundan tashqari turlarning inson, tabiat, o'simlik va hayvonot olamidagi ahamiyati qanchalik muhim ekanligi aniqlandi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Qurtana (Sisymbrium L.) turkumiga mansub turlar yurtimizda juda keng tarqalgan va har bir tur bir-biridan farq qiluvchi belgi-xusiyatlarga ega. Ushbu o'simlik turlarni botanik tavsifi va ahamiyatini o'rganish orqali, ularning tuzilishi, tarqalishi, o'ziga xos va boshqa o'simliklardan farq qiluvchi xususiyatlarini, o'simliklar va hayvonot olamidagi, tabiatdagi va inson hayotidagi foydali va zararli tomonlarini o'rganishimiz mumkin. Shu sababli ham ushbu turkumni o'rganishga katta e'tibor qaratishimiz kerak. Chunki ularning ba'zi turlari donli ekinlar va madaniy o'simliklarga katta ziyon yetkazadi. Ya'ni, ularni orasida tez ko'payib ketadi va yerdagi ozuqa moddalarni shimib oladi. Natijada ma'daniy o'simliklarni oziqlanishi kamayadi, bu esa ularni hayotchanligi, hosildorligi va unumdorligiga katta salbiy ta'sir ko'rsatadi. Ular faqat zararli emas, balki chorva mollari uchun ozuqa bo'lishi ham mumkin. Qurtana turkumiga mansub turlar orasida faqat begona o't-o'simliklar emas, balki dorivor hisoblangan turlari ham bor. Masalan: dorivor qurtana. Ushbu tur qurtana turkumiga mansub turlar ichidagi eng foydali tur hisoblanadi. Ushbu o'simlikdan tayyorlangan damlamalar nafas olish, ovqat hazim qilish, teri yallig'lanish kasalliklarini davolashda keng qo'llaniladi. Bu o'simliklar haqida to'liq ma'lumotlar ega bo'lishimiz esa, ulardan to'g'ri foydalanishimiz va amaliyotda qo'llashimizga imkon beradi.

REFERENCES

1. Расулов А.М., Эрматов А.К. Тупродшунослик асослари ва дехкончилик. -Т.: 1960. 173 -b.

2. Beksharipov Sh., Salimova L. O'simlik mahsulotlarini yetishtirish, texnologiyasi va ekologiyasi. -Т.: 1994. 223 -b.

3. Qomus.Info onliyn ensiklopediya - https://qomus.info; www.uuooidata.org; https://library.ziyonet.uz;

4. Pratov P.O'. Nabiyev.M.M. O'zbekiston yuksak o'simliklarining zamonaviy tizimi. I- jild . -Т.: 2007. 18 -b.

5. Тожибоев К.Ш., Бешко Н.Ю., Х. Ф. Шомуродов, У. Х. Кодиров , О. Т. Тургинов, В.К. Шарипов. Кадастр флоры Узбекистан Кашкадарьинская область" -Т.: 2019. -C 256.

6. www.Agroatlas.ru «Агроэкологичиеский атлас россии и сопредельных стран: экономически значемые роастения, их болезни, вредители и сорные растения» 2003-2009 Проект https://www.agroatlas.ru;

7. ru.m.wikipedia.org- https: //ru.m.wikipedia. org/wiki/Гулявник;

8. Agronom.com- https: //Agronom.com;\

9. library.ziyonet.uz- https://library.ziyonet.uz;

10. Жавлиева, Д. Т., Туражонова, Э., & Файзиев, В. Б. (2020). КARTOSHKA X ВИРУСИ НЕКРОТИК ИЗОЛЯТИНИ АЖРАТИШ ВА БАЪЗИ ХУСУСИЯТЛАРИНИ АНИКЛАШ. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

11. Файзиев, В. Б., Жавлиева, Д. Т., Жураева, У. М., Носировна, К. З., & Абдурасул, В. (2020). КАРТОШКА Х ВИРУСИНИНГ БАЪЗИ МОЛЕКУЛЯР-ГЕНЕТИК ХУСУСИЯТЛАРИНИ АНИКЛАШ. Биология ва экология электрон журнали, 4(2).

12. Хусанов, Т. С., Жураева, У. М., Файзиев, В. Б., & Вахабов, А. Х. (2016). ВЛИЯНИЕ ВИРУСА МОЗАИКИ ЛЮЦЕРНЫ (ВМЛ) НА МОРФО-ФИЗИОЛОГИЧЕСКИЕ СВОЙСТВА РАСТЕНИЙ ЛЮЦЕРНЫ. In СОВРЕМЕННОЕ ЭКОЛОГИЧЕСКОЕ СОСТОЯНИЕ ПРИРОДНОЙ СРЕДЫ И НАУЧНО-ПРАКТИЧЕСКИЕ АСПЕКТЫ РАЦИОНАЛЬНОГО ПРИРОДОПОЛЬЗОВАНИЯ (pp. 1187-1192).

13. Файзиев, В. Б., Жавлиева, Д. Т., Жураева, У. М., Вахабов, А. Х., & Кадирова, З. Н. (2019). Изучение распространения и определения растений-резерваторов Х и L вирусов картофеля методом иммуноферментного анализа. Научное обозрение. Биологические науки, (2), 79-86.

14. Sattorov, M., Sheveleva, A. A., Fayziev, V., & Chirkov, S. (2020). First report of Plum pox virus on plum in Uzbekistan. Plant Disease, (ja).

15. Fayziev, V., Jovlieva, D., Juraeva, U., Shavkiev, J., & Eshbоev, F. (2020). EFFECTS OF PVXN-UZ 915 NECROTIC ISOLATE OF POTATO VIRUS X ON AMOUNT OF PIGMENTS OF DATURA STRAMONIUM LEAVES. Journal of Critical Reviews, 7(9), 400-403.

16. Fayziyev Vahid Bakhramovich, & Vakhabov Abdurasul (2019). The study of the biological properties of potato virus x in common environmental conditions of Uzbekistan. European science review, 2 (1-2), 46-50.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.